1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasi.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
45,0 KB
1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasi.
Reja:
1.
“Ming” mavzusini o’qitish metodikasi.
2.
Nomerlash.
3.
Og’zaki va yozma nomerlash.
Tayanch iboralar: nomerlash, ming, og’zaki nomerlash, yozma nomerlash.
1. Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar ustida arifmetik amallar bajarish
quyidagi sabablarga ko’ra alohida ajratiladi.
Birinchidan, bu yerda sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi (birlar, o’nlar,
yuzlar I sinfi – birlar sinfini tashkil etadi). Keyingi sinflar (IV sinf-minglar sinfi, VII
sinf- milliomlar sinfi va hakazo ) birinchiga o’xshash tuziladi, faqat ularda o’nlar va
yuzliklarga boshqa birliklar guruhlanadi. Ko’p xonali sonlarni nomerlashni
o’zlashtirish haqiqiy asos bo’lishi uchun bolalar uch xonali sonlarni og’zaki va
yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda o’zlshtirib olishlari kerak.
Ikikinchidan “Ming” bo’limida hisoblashlarning og’zaki usullarini o’rganish
asosan tugallanadi. Avvalga o’qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari arifmetik
amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi (hossalar, usullar, va teskari
amallarning o’zaro bog’lanishi). Nazariy bilimlar o’quvchiarga faqat hozir uch
xonali sonlar uchun qo’llaniladigan, avval o’rganilgan hisoblash usullarini
izohlabgina qolmay, balki yangi hisoblash usullarini “ochishga” imkon beradi.
Shunday qilib, 1000 ichida arifmetik amallarni o’rganish og’zaki hisoblash
ko’nikmalarini egallash uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni
chuqurlashtirish uchun zarurdir.
Uchinchidan mazkur bo’limda hisoblashlarning yozma usullari ustida ish
boshlanadi. O’quvchilar qo’shish va ayirishning yozma usullari bilan tanishtiriladi,
chunki sonlarning bu soxasida muhim xollarni qarab chiqish va bua amallarning
yozma algaritmlarini to’liq ochish mumkin, shuningdek yozma usullarning og’zaki
usullardan qo’shish va ayirishning murakkab xollariga nisbatab qo’llanilgandagi
afzalligini ko’rsatish mumkin. Tajribaning ko’rsatshicha ko’paytirish va bo’lishning
yozma usullari bilan tanishishni “Ko’p xonali sonlar” bo’limini o’rganguncha
qoldirgan yaxshi. 1000 ichida yozma usullarni qo’llanishning maqsadga
muvofiqligini va ularning o’gzaki usullardan afzalliklarini har doim ham
ko’rsatishning
iloji
bo’lavermaydi.
Hisoblashlarning
yozma
usullarini
o’rganishning bir joyga to’planganligi (yozma ko’paytirish va bo’lish- “Ming”
bo’limida, yozma ko’paytirish va boi’lish -“Ko’p xonali sonlar bo’limida ) yozma
hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
2. Nomerlash. 1000 ichida sonlarni nomerlshni o’rganishga tayyorgarlik ishini
“Ming” bo’limiga o’tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch
xonali sonlarni nomerlashni o’zlashtirish ikki xonali sonlarning xosil bo’lishi
prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun
birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og’zaki
mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1-2 tadan topshiriq kiritish lozim:
1. Xona birliklarini taqqoslah: o’nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o’n
bor? O’n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o’ndan necha marta katta? va
hokazo.
2. Ikki xonali sonlarning o’nli tarkibi: 4 o’nl. va 6 birl.; 8o’nl. 35 birlikdan
iborat son ayting va hokazo.
3. 1-100 sonlarining natural ketma ketligi: 10 (20,30 va hakozo) sonidan
sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 tadan, 10 tadan) qo’shing; sonlar qatorini
davom ettiring . 47, 48, 49….; sonlar qatorida 9 (99) qo’shnilarining ayting, bu sonlar
qanday hosil bo’ladi?
4. Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo’yicha
quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin.
a)sanashni davom ettiring:66,67,……,…;70,80, 90,…,..96, 98,
b) 34 dan keyinqanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 234 sonidan keyin-
chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldinchi? 346 sonidan
oldinchi? 52 soning qo’shnilarini ayting ; 152 soning qo’shnilarini, 452 sonining
qo’shnilarini ayting?
Sanab o’tilgan mashqlar yuzasidan katta sonlar mavjudligini, bunday ko’
Sanab o’tilgan mashqlar yuzasidan katta sonlar mavjudligini bunday sonlar
ko’pligini ularning hosil bo’lishi va atalishi bolalarga tansh bo’lgan sonlarga
o’xshash ekanini o’quvchilar tushunib olishlariga yordam beradi.
To’rt xonali sonlarni nomerlshni o’rganish uch xonali sonlarni nomerlash
bo’yicha bilim va ko’nikmalarga tayanib olib borilishi kerak. Masalan birinchi
darsda yangi sanoq birligi - ming bilan tanishtirishda ishni quyidagilarni
takrorlashdan boshlash kerak: 10 birlik = 1o’nl., 1 o’nlik – yangi sanoq birligi ularni
xuddi birlar kabi sanash mumkin bularning hammasini cho’tda namoyish qilish
foydali, bunda 1 tadan, 10 tadan 100 tadan qo’shib va ayirib sanash va xar gal tegishli
sanoq birliklari sanoq cho’tining qaysi simiga qo’yilishini aniqlash lozim. Bundan
10 ta yuz mingni tashkil etishga, ming –yangi sanoq birligi bo’lib u ham birlar kabi
sanalishini aytish kerak.
Bolalar bularni yaxshi tushinib olishlari uchun dastlab bu xolatni yaqqol
namoyish qilishdan foydalanish kerak. Faraz qilaylik: birinchi katta bog’lam yuz-
o’nta kichkina bog’lamlardan –o’nliklardan hosil bo’lsin. Bog’langan o’ntaliklardan
dastlabki “yuzta” cho’pni o’qituchi bolalar oldiga bitta bog’lamga birlashtiradi,
keyingi bog’lamlar yuzliklar oldindan tayyorlab qo’yilishi mumkin. O’qituvchi
yuztalab sanab bitta yuztalik ikkita yuztalik va hakozalar qanday aytilishiga
o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. Bu nomlarni o’qituvchidan keyin takrorlab bolalar
o’qituvchining ko’rsatmasiga ko’ra ular uchun yangi bo’lgan bu son turkumlari
qanday hosil bo’lishini kuzatishadi. Bolalarni birliklar, o’nliklar, yuzliklar bilan
sanash asosida keltiriladigan asosiy xulosa sanoqdagi har bir o’n birlik yangi, yanada
yirikroq sanoq birligini tashkil etishiga keltirishdir.
Cho’plardan tashqari, bolalar yuz ishida nomerlarni o’rganishda va amallar
bajarishda qo’llana boshlagan qo’llanmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
N.S.Popova taklif etgan. “Kvadratlar va tasmalar” qo’llanmasidir. U qalin
qog’ozdan tayyorlanadi: birla kvadradlar bilan (o’chamlari 1 sm x1 sm) belgilanadi,
o’nlar -har birida o’nta shunday kvadratchalar bo’lgan tasm bilan yuzlar esa har
birida o’ntadan tasma bo’lgan katta kvadratlar bilan belgilanadi.
Bundan bir necha marta katta o’lchamli shunday qo’llanmadan sinfda
namoyish qilinadigan qo’llanma sifatida foydalanish mumkin. (55 rasm).
O’quvchilar u yoki bu ko’rsatmali qo’llanmalarga asoslanib, o’nta o’likni sanashadi
va ularni bitta yuz bilan almashtirishadi. Keyin yuzliklar sanaladi. (1 yuz, 2 yuz, 3
yuz va h.k) Yuzliklarni qo’shish va ayirishga doir masalalar va misollar yechiladi.
(300+400; 800-500 va h.k). Bu mashqlar asosida yuzlar xuddi o’nlar yoki birlar kabi
hisoblanishi haqida xulosa chiqariladi. Sanash jarayonida bolalar sanoq (xona)
qo’shiluvchilari orasidagi munosabatni aniqlashadi va yozishadi.
10 birlik 1 o’nni tashkil etadi.
10 o’nlik 1 yuzni tashkil etadi.
10 yuzlik 1 mingni tashkil etadi.
Bundan keyingi namoyish qilishlar uchun abakdan foydalanish mumkin, u bir
o’n, yuz xonalarga mos keluvchi uchta grafaga bo’lingan jadvaldan iborat (56 rasm)
har bir grafadagi cho’ntakchalarga bog’lamlar- yuzta cho’p, bog’lamlar – o’nta
cho’p va alohida cho’plar solinadi, bu istalgan uch xonali sonni hosil qilishi haqida
tassavvur beradi. Keyinchalik cho’plar bog’lamlari o’rniga yuz, o’n, birni
tasvirlochi kartochkalardan (57 rasm) foydalanish mumkin va ular yordamida 1000
ichida istagan sonni hosil qilsihi mumkin. Agar bolalalarda ham shunday shaxsiy
abak bor bo’lsa, u holda o’quvchilar bilan turli hil mustqail ishlar o’tkazish mumkin
bu ishlar o’qituvchi vazifa qilib ergan sonlarni o’quvchilarning o’zlari tuzishiga
yordam beradi.
O’quvchilar abakda uch xonali sonlarni chiqarishni o’rganishlari bilanoq 100
dan 1000 gacha bo’lgan natural sonlar qatorini to’ldirishiga kirishadi. O’qituvchi
sonlar qatoridagi har bir keyingi sonni hosil qilishni bolalar bilan birga eslaydi va bu
bilimlarni sonlarning yangi sohasiga ko’chiradi.
U quyidagi mashqlardan foydalanishi mumkin:
1. Men sonlarni aytaman, sizlar keyingi sonlarni aytasiz. (9, 10, 19,
30,99,100,199 va boshqalar)
2. Men sonni aytaman, sizlar esa undan keyingi keladigan uchta sonni ayting
(8, 59, 98, 387, 499 va boshqalar)
3. Men sonni aytaman sizlar esa shu sonning qo’shnilarini ayting (10,
100,200,350,400 va boshqalar)
4. 798 va 805, 849 va 860 sonlari orasidagi hamma sonlarni ayting 100 bilan
200,, 300 bilan 500, 100 bilan 1000 sonlari orasida nechta son bor vahokazo.
Bolalalarning diqqatini tegishli sonlarning hosil bo’lishi hususiyatlariga
qaratish, o’quvchilarni zarur umumlashtirishlariga olib kelish muhimdir, bunda ular
mohiyatini tushinib olib faqat hotiraga emas balki shu bilimga tayangan holda
yuzdan o’n mingacha bo’lgan sonlarni ketma ketligini va ularning aytilishini
o’zlashtirib olishlar kerak.
Natural qatordagi sonlarni hosil qilishda ruletkadan foydalanish muhim
ahamaiyatga ega unda bolalar birdan mingacha bo’lgan har bir sonni ( 1 sm ga teng
bo’limni birlik qilib olib) aniq ko’rishadi.
Ruletka bo’lganda natural sonlar ketma ketligi tushunchasini shakllantiruvchi
mashqlardan foydalanish mumkin:
• Ruletkaning uzunligi 380 sm bo’lgan qismini ko’rsating. Unga (undan) 1 sm
dan (10 sm dan 100 sm dan) qo’shib (ayirib) sanang.
• Tasmaning uzunligi 400 sm bo’lgan qismini ko’rsating. Agar tasma 1 sm
uzaytirilsa (qisqartirilsa) uning uzunligi qancha bo’ladi.
• Ruletkada 489 va 500 sonlarini toping. Bu sonlarning qaysinisi katta.
Qaysinisi kichik? Qancha kichik yoki katta?
• 700 dan bitta kam sonni ayting va ruletkada ko’rsating; bu sinlar qatorining
qayerida turadi? Unga nisbatan 700 soni qanday ataladi?
• Misollarni og’zaki yechin va javobini ruletkada ko’rsating? 449+1, 850-
1, 300-1, 599+1
O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarishda o’nlik va yuzlik bo’limlarni
o’rganishda olingan natural sonlar ketma ketligi haqida bilimlardan foydalanishlari
muhimdir. Shuning uchun bolalar o’z javoblarini avval o’zlashtirilgan xulosalarga
tayangan holda asoslashlari kerak ( sanoqda har bir keyingi son oldingisidan bitta
ortiq; agar bir ayrilsa u holda sanoqda avvalgi deb ataluvchi sonni hosilqilamiz
vahokazo). Bu holda o’quvchilarda natural sonlar qatori haqida to’g’ri tushuncha
shakllanadi chunki ular 100 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar qatori birdan yuzgacha
bo’lgan sonlar qatori kabi qurilishiga ishonch hosil qiladilar.
Og’zaki nomerlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar uch xonali sonlarning
o’nli tarkibini o’zkashtirib olishlari bu sonlar yuz o’n va birlarni sanash natijasida
hosil bo’lganini tushunib olishlari kerak. Sonlarni xona sonlaridan tashkil qilish
mashqlari shu maqsad uchun xizmat qiladi. (3 ta yuz 5 ta o’n 7 ta bir; 5 ta yuz 5
ta o’n; 2 ta yuz 3 ta birdan iborat sonni ayting va kvadratchalar hamda tasmachalar
yordamida tasvirlang), shuningdek berilgan sonlarni xona sonlariga ajratishga
teskari amshqlar ham shu maqsad uchun hizmat qiladi. (725 sonida 420 305
sonlarida nechta yuz o’n va bir bor)
Uch xonali sonlarning o’nli tarkibini bilish ushbu: 100+20, 100+5, 348-300,
348-40, 348-8, 100+20+5, 348-40-8, vahokazo ko’rinishidagi qo’shish va ayirishni
bajarishda qo’llaniladi bular nomerlashni o’rganishda kiritilgan edi va avval
ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanib bajariladi. O’quvchilar natijanigina
aytmasdan balki hisoblash usulini tushuntirishlari muhimdir. Masalan 200+5, 200-
bu 2 ta yuz 2 ta yuz bilan besh birlik 205 birlikni yoki 205 sonini tashkil etadi; 348-
40, 348- bu 3 ta yuz 4 ta o’n 8 ta bir, agar 4 o’n ayirilsa u holda 3 yuz 8 birlik ya’ni
308 soni hosil bo’ladi.
Shunga o’xshash topshiriqlarni bajarishda bolalar sondagi u yoki bu xona
birliklarining umumiy miqdorini aytishni o’rganishadi (100 hammasi bo’lib nechta?
10 lar hammasi bo’lib nechta? Alohida birlar hammasi bo’lib nechta?) Masalan, 684
sonida – yuzlar 6 ta, o’nlar 8 ta, birlar 4 ta. Agar hamma o’nlar ya’ni yuzlar ichiga
kirgan o’nlar ham sanalsa, u holda bu sonda 68 ta o’n ( 6ta yuzda 60 ta o’n va 8 ta
alohida o’n, jami 68 ta o’n) bo’ladi. 684 sinida birlar 684 ta (6 ta yuzda-600 ta bir, 8
ta o’nda – 80 ta bir, yana 4 ta alohida bir; hammasi bo’lib, 600+80+4= 684).
Bolalar u yoki bu sonda hammasi bo’lib nechta bir (o’n) borligini tez va hatosiz
aniqlay olishlariga erishish kerak, chunki istalgan xonadagi birlarning umumiy
miqdorini ajrata olish ko’nikmasi ancha kichik birliklarda ifodalangan sonlarni
ancha yirik birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish uchun zarurdir (3 so’m
20 tiyin= 320 tiyin, 785 tiyin= 7 so’m 85 tiyin, 6 m 05 sm =605 sm va hakozo),
shuningdek ko’paytirish va bo’lishni bajarishda kerakdir.
Og’zaki nomerlashni o’rganish jarayonida yozma nomerlashga tayyorgarlik
ishi boshlanadi. Shu maqsadda ikki xonali sonlarni yozma nomerlash takrorlanadi:
o’quvchilar sonlarni diktovka ostida yozishadi, ular ular sonlar qanday raqamlar
bilan yozilganini va bu sonlardagi (67, 76, 60, 70, 100) har bir raqam nimani
anglatishini tushuntirishadi; birlar o’ngdan chapga qarab hisoblanganda birinchi
o’rniga ular esa ikkinchi o’rniga yozilishi haqidagi qaoidani takrorlashadi.
Yozma nomerlashni o’rganishda uch xonali sonlar bolalarga oldindan tanish
bo’lgan raqamlar yordamida yozilishini, lekin har bir xona birliklari esa sondagi
o’zining aniq o’rnida yozilishini ko’rsatish kerak.
Namoyish qilish uchun nomerli jadvaldan (58 rasm) va yuzliklarni (100, 200,
300….900), o’nliklarni (10, 20,….90), birliklarni (1, 2, ….9) tasvirlovchi
kartonchalardan foydalanish ,aqsadga muvofiqdir. Har bir o’quvchida shunday
kartochkalar to’plami bo’lishi kerak. (59 rasm). Masalan o’qituvchi nomerli jadvalda
567 sonini tasvirlashni taklif etsin. Partada o’tirgan o’quvchilar ham shu sonni
to’plamdan foydalanib tuzishadi. Ular 500 sonini tasvirlovchi kartochkani olishadi,
uning ustiga 60 sonini tasvirlovchi kartochkani shunday qo’yishadiki, u birinchi
sonning yozuvdagi ikkita 0 raqamni bekitadigan qilib, 7 raqamli kartochkani
qo’yishadi. So’ngra bu son tahlildan so’ng (unda nechta yuzlik, nechta o’nlik, birlik
bor; yuzliklar, o’nliklar birliklar o’ndan nechanchi o’rinda yozliladi.) daftarlariga
yoziladi. 940, 309, 800 sonlarning yozuvi ham ya’ni u yoki bu xona (“xona” atamasi
bolalarga aytilmaydi) birliklari bo’lmagan sonlar ham huddi shunga o’xshash qarab
chiqiladi.
100
10
1
Bumashqlarasosidaquyidagixulosachiqariladi:
o’ngdanchapgaqarabsanagandabirliklar-
birinchi,
o’nliklarikkinchi,
yuzliklaruchunchio’rnigayoziladi;
agarsondao’nliklaryokibirliklarbo’lmasa,
uningo’rniganolyoziladi.
Kartochkadan foydalanish uch xonali sonlarni yozishda bolalar juda ko’p
qo’yadigan hatolarning oldini olishga yordam beradi. Masalan bolalar 740 sonini
70040 tarzida yoki 3004 tarzida yozishadi. Bu hatolar o’quvchilarning sonlar
yozuvda raqamlarning qiymatini yomon o’zlashtirgandan dalolat beradi. Shuning
uchun ular bilan uch xonali sonlarni tasvirlash uchun nima sababdan bir kartochka
ikkinchi kartochkaning ustiga qo’yilishini va buni qanday qilish kerakligini
tushuntirish ayniqsa muhimdir. Bunga quyidagi ko’rinishdagi mashqlar yordam
beradi: 900+90,=990, 380-80=300, 540-500=40, 400+20+3= 423, va hakozo.
O’qituvhi bolalarning nutqini juda diqqat bilan kuzatish kerak. Ularning son
bilan raqamni chalkashtirib yuborishlariga yo’lq o’ymasligi kerak. Masalan 200 soni
haqida gapirganda unda 20 ta o’nlik borligini unda hamasi bo’lib 206 ta birlik
borligini sondagi o raqami o’nliklarning ayrim birliklari yo’qligini ko’rsatishni
aytish mumkin, ammo 0 raqami sonda o’nliklar umuman bildiradi deb aytib
bo’lmaydi va hokazo.
Raqamlarning turgan o’rniga ko’ra qiymatiga alohida e’tibor beriladi. Masalan
666 sonida o’ngdan chapga qarab hisoblaganda birinchi 6 raqami ayrim birliklar
miqdorini ikkinchi 6 raqami o’nliklar miqdorini, uchunchi 6 raqam esa yuzliklar
miqdorini anglatadi. Bolalar ayni bir raqam yordamida turli xil bir xonali ikki xonali,
uch xonali sonlarni yozish mumkinligini ko’rishadi.
Bolalar masalan 3, 30, 300 ko’rinishdagi sonlardagi farq va o’xshashlikni
aniqlashga o’rgatiladi. Bu yerda 3 raqami bir xolda odiy birliklarni anglatsa ikkinchi
holda o’nliklar miqdorini, uchinchi holda yuzliklar miqdorini ko’rsatadi.
Taqqoslash uchun 356, 306, 350 va hakozo ko’rinishdagi sonlarni ham tavsiya
qilish qiziqarlidir.
Yozma nomerlash bo’yicha bilim va o’quvchilarni o’zlashtirishga
quyidagicha topshiriqlarni bajarish yordam beradi:
1) 346, 643, 364, 463 sonlarni yozuvdagi har bir raqam nimani anglatadi.
2) 586, 59, 508, 905, 556, 354 sonlaridan har birining yozuvda 5 raqami nimani
bildiradi?
3) 74, 77, 737, 777, 700, 1000 sonlaridan har birining yozuvda hammasi nechta
raqam va nechta har xil raqamlardan foydalanilgan.?
4) 0, 1, 5 raqamlari bilam oltita uch xonali son yozing.
5 2 va 3 raqami yordamida iloji bo’ladigan hamma bir xonali, ikki xonali va
uch xonali snlarni yozing. Yozuvda nollar qatnshgan sonlarga alohida e’tibor berish
kerak. Shunday bir maxsus mashqlar berish ularni bajarishda o’quvchilar bunday
sonlarning yozilishini tahlil qilishsin. Masalan: