1000 ichida va koʻp xonali nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasi
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
135,1 KB
1000 ichida va koʻp xonali nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish
metodikasi.
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun
sonlarni yuz, ming ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi boʻyicha olgan bilim,
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini mustahkamlash, mavzu yuzasidan
o‘rganilgan malaka talablarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish.
Mashgʻulot materiallari: “Boshlangʻich sinflarda matemalika o‘qitish
metodikasi” darsligi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi, tarqatma materiallar, AKT
va boshqalar.
Tayanch tushunchalar: nomerlash, tayyorgarlik davri, yuzlik konsentri,
minglik, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, bosqich, didaktik o‘yin,
matematik diktant, og‘zaki, yozma, usul, hisoblash, ketma-ketlik.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni yuz ichida nomerlashga
o‘rgatish metodikasi.
2. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga
o‘rgatish metodikasi.
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga
o‘rgatish metodikasi. Uch xonali sonlarni raqamlash. 1000 ichida sonlarni
raqamlashni oʻrganish natijasida oʻquvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va
koʻnikmalarni egallab olishlari kerak: 1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish,
sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil boʻlishini, har bir
berilgan son bevosita oʻzidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va oʻzidan
bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi; 2. Har bir sonning
sonlar qatoridagi oʻrnini bilishi; 3. Raqamlarning oʻrin qiymatini bilgan holda
sonlarni oʻqishi va yoza olishi; 4. Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan
foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan oʻrinlari boʻyicha
taqqoslay olish 5. Sonni uning xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi bilan
almashtira olishi; 6. Sonlarning natural ketma-ketligi va oʻnli tarkibini bilganlik
asosida sonlarni qoʻshishi va ayira olishi; 7. “Uch xonali son”, “uchinchi xona
birliklari” atamalarini bilishi lozim.
1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganishda oʻqituvchining asosiy vazifasi
oʻquvchilarni quyidagilarga oʻrgatishdan iborat: 1. Ming ichida sonlarni
nomerlashni oʻrganishda tayyorlash ishi. 2. Ming bilan tanishtirish. 3. Og‘zaki
nomerlash. 4. Yozma nomerlash. 1000 ichida sonlarni nomerlshni o‘rganishga
tayyorgarlik ishini “Ming” bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga
muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning
xosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi,
shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak,
bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1-2 tadan topshiriq kiritish
lozim: 1. Xona birliklarini taqqoslah: o‘nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o‘n
bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan necha marta katta? va
hokazo. 2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi: 4 o‘nl. va 6 birl.; 8 o‘nl. 5 birlikdan
iborat son ayting va hokazo. 3. 1-100 sonlarining natural ketma ketligi: 10 (20, 30
va hakozo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 tadan, 10 tadan) qo‘shing;
sonlar qatorini davom ettiring 47, 48, 49….; sonlar qatorida 9 (99) qo‘shnilarini
ayting, bu sonlar qanday hosil bo‘ladi? Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan
sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin. a)
sanashni davom ettiring: 66, 67,……,…; 70, 80, 90,…,..96, 98, b) 34 dan keyin
qanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 234 sonidan keyin-chi? 46 sonidan
oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldinchi? 346 sonidan oldinchi? 52 sonining
qo‘shnilarini ayting; 152 sonining qo‘shnilarini, 452 sonining qo‘shnilarini
ayting?
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Talabalar ikki guruhga boʻlinadi va berilgan topshiriqlarni bajarishadi, har bir
guruh topshiriqlar boʻyicha taqdimot qilishadi.
1-GURUH 1. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni yuz ichida
nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
2-GURUH 1. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida
nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
Uyga topshiriq. 1-2-3-4-sinflar uchun har bir arifmetik amalga doir
matematik diktant yozish.