Reja:
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
2. Sudda vakillik qilish turlari.
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning topshirig'iga
ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik qilish deb
ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma,
vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik
institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi.
Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati:
sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga
chiqarishga ko'maklashish;
sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy
huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash;
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
buzilgan huquqlarni tiklash
mexanizmini kuchaytirish:
fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish. huquq va
manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish;
fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga
ko'maklashish;
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish;
ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish
imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan;
Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protsessual huquqiy holati:
vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti:
vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs;
vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va
protsessual-huquqiy manfaatdor
shaxs: vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana
oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus
ko'rsatilganda amalga oshiriladi);
isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari);
vakilga nisbatan protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun protsessual
majburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish,
advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish).
2. Vakillik qilish turlari.
Sudda vakillik qilishning asosan qonuniy va shartnomali turlarga bo’linadi.
Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham
mavjudligi tadqiq etilgan.
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda ishtirok
etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek,
yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli.