Buyruq tartibida ish yuritish
•Reja:
• 1. Sud buyrug‘iga oid umumiy qoidalar.
• 2. Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar.
• 3.Sud
buyrug‘ini
berish
to‘g‘risidagi
arizani
qabul
qilishni rad etish asoslari.
• 4. Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar.
Sud buyrug‘iga oid umumiy qoidalar.
• Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazmasdan
berilgan sud hujjatidir.
• Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv
buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud
hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
• Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan
ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi
lozim.
Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar
• 1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa;
• 2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
• 3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga
asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
• 4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash bilan yoki
uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa;
• 5) hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish
haqida talab arz qilingan bo‘lsa;
• 6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab
arz qilingan bo‘lsa;
• 7) ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni
undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
• 8) ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish to‘g‘risida
talab arz qilingan bo‘lsa;
• 9) 9) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
• 1)
davlat
boji
va
pochta
xarajatlari
belgilangan
tartibda
va
miqdorda
to‘langanligini;
• 2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish
tartibiga
rioya
qilinganligi
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni,
agar
bu
qonunda
yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
• 3) talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
• 4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar
ilova qilinadi.
•
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
2) qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda bo‘lsa;
3) huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa.
Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch
kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida
da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo
ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji
undiriladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda,
undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan
davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan
da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat
boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.
Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani
qaytarish
•1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida
belgilangan talablarga rioya etilmagan holda
berilgan bo‘lsa;
•2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda
tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
•3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar
taqdim etilmagan bo‘lsa;
•
4) davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan
bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda
tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud
iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
•
5) sud buyrug‘i berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrug‘ini berish
to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
•
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza
sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ajrim
chiqaradi.
•
Sud
buyrug‘ini
berish
to‘g‘risidagi
arizaning
qaytarilishi
yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan
sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
• Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati.
• Arz qilingan talabning mazmuni bo‘yicha sud buyrug‘i ariza sudga kelib
tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi.
• Sud buyrug‘i sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan,
ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz
beriladi.
• Sud buyrug‘i sudya tomonidan imzolanadi.
• Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz kelib tushmasa, sudya
undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq ko‘chirma nusxasini
ijroga taqdim etish uchun beradi.
• Undiruvchining iltimosiga ko‘ra sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud
tomonidan yuborilishi mumkin.
• Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud
buyrug‘ining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun
yuboriladi.
Sud buyrug‘ining mazmuni
• 1) ishning raqami va buyruq berilgan sana;
• 2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining
ismi;
• 3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki
joylashgan eri (pochta manzili);
• 4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki
joylashgan eri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan
jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari),
shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;