Xo’jalik jamiyatlari ustav kapitali-jamiyatda ishtirok
uchun hissalar sifatida kiritilgan mulk va mulkiy
huquqlarning pul ko’rinishidagi umumiy qiymatini
ifodalaydi va ulush/aksiyalarning nominal qiymatidan
iborat bo’ladi.
Ustav kapitalining asosiy funksiyalari.
• Taqsimot- ustav kapitali orqali har bir aksiyadorning jamiyatdagi ulishi va
foydasi aniqlanadi.
• Moddiy -ta’minot – mulk sifatida qo’shilgan xissa jamiyatning tashkil
etilishida, faoliyatida va kelajakda ishlashi uchun dastlabki moddiy asosdir.
• Kafolat – jamiyat kreditorlari oldida o’z mulki doirasida javobgar bo’lib va u
ustav kapitalidan kam bo’lishi mumkin emas.
• Ustav fondi o’z mohiyatiga ko’ra
jamiyat tasarrufidagi mol-mulkning
real qiymatini ifodalamaydi. Jamiyat
mol-mulki ustav fondidan kam yoki
ko’p bo’lishi mumkin.
• Ustav fondi miqdori kiritilgan mol-
mulkning real bahosidan kamroq
bo’lishi ham mumkin.
• Jamiyat ustav kapitali jamiyat ustavi
bilan belgilanadi.
• Jamiyat ustav kapitalining eng kam
miqdori litsenziya talablarida
belgilanishi mumkin.
Jamiyatning sof aktivlari – jamiyatga
tegishli bo'lgan mulkning haqiqiy qiymati.
Ustav fondiga qo’shiladigan hissalar-
pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki
mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan
boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar
jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin.
Ulushning nominal qiymati- bu pul
ifodasidagi shartli abstrakt qiymat bo’lib,
jamiyat tashkil etilganda ishtirokchining
qo’shgan hissasi qiymati bilan belgilanadi.
Ulushning nominal qiymati ishtirokchi
hissasining dastlabki bahosi asosida
aniqlanadi.
Xo’jalik jamiyatlari ustav fondini oshirish jamiyatning mol-mulki
hisobiga va jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va,
agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul
qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi
mumkin.
Xo’jalik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish
huquqiga ega, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda esa uning ustav kapitalini kamaytirish shart.
Jamiyat ustav kapitalini aksiyalarining nominal
qiymatini kamaytirish va aksiyalarning umumiy sonini
kamaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.