Adabiy tur va janrlar

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

22,9 KB


 
 
 
 
 
 
Adabiy tur va janrlar 
 
Reja: 
1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillari 
2. Adabiy turlar va ifoda shakllari 
3. Epos va epik janrlar tasnifi 
4. Drama va dramaturgik janrlar 
5. Lirika va g‘arbiy yevropada lirik janrlar 
6. Liro-epik janrlar tasnifi 
 
Tayanch tusunchalar: adabiy tur, tamoyil, ifoda shakllari, epos, epik janrlar, 
drama, dramaturgik janrlar, lirika, lirik janrlar, liro-epik janrlar.i 
 
Aflotun (mil. av. IV asr) “davlat qonunlar” kitobida adabiy turlar haqida ilk 
ma’lumot berilgan. Bu ibtidoiy ma’lumotlar arastu hakimning “poetika” kitobida 
qat’iy qonunlashtirgan. Arastu adabiy turlarga munosabatda mimefis nazariyasidan 
kelib chiqqan holda, uch adabiy turni farqlab ko‘rsatgan. San’at o‘xshatish unda 
inson o‘z tuyg‘ularini voqealar orqali ko‘rsatish eposdir. Lirikada esa qalbning tabiiy 
tebranishlari aks ettirish kerak. Lira asbobida kuylar tabiiy chalingani kabi. Gegel 
ta’limotida esa tasnif asosiga obyekt va subyekt munosabati qo‘yadi. Shundan kelib 
chiqib, epos obyektivlik (makon, o‘rin-joy)ni nazarda tutadi. Lirika asosida subyekt 
yotadi va uning holati kechinmalari fikr va tuyg‘ulari badiiy asarning obyekti qilib 
olinadi. 
Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik 
nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi. 
Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq 
qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy 
manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim 
Adabiy tur va janrlar Reja: 1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillari 2. Adabiy turlar va ifoda shakllari 3. Epos va epik janrlar tasnifi 4. Drama va dramaturgik janrlar 5. Lirika va g‘arbiy yevropada lirik janrlar 6. Liro-epik janrlar tasnifi Tayanch tusunchalar: adabiy tur, tamoyil, ifoda shakllari, epos, epik janrlar, drama, dramaturgik janrlar, lirika, lirik janrlar, liro-epik janrlar.i Aflotun (mil. av. IV asr) “davlat qonunlar” kitobida adabiy turlar haqida ilk ma’lumot berilgan. Bu ibtidoiy ma’lumotlar arastu hakimning “poetika” kitobida qat’iy qonunlashtirgan. Arastu adabiy turlarga munosabatda mimefis nazariyasidan kelib chiqqan holda, uch adabiy turni farqlab ko‘rsatgan. San’at o‘xshatish unda inson o‘z tuyg‘ularini voqealar orqali ko‘rsatish eposdir. Lirikada esa qalbning tabiiy tebranishlari aks ettirish kerak. Lira asbobida kuylar tabiiy chalingani kabi. Gegel ta’limotida esa tasnif asosiga obyekt va subyekt munosabati qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, epos obyektivlik (makon, o‘rin-joy)ni nazarda tutadi. Lirika asosida subyekt yotadi va uning holati kechinmalari fikr va tuyg‘ulari badiiy asarning obyekti qilib olinadi. Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi. Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim  
 
xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish 
mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi. 
V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish 
jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday 
terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat 
ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy etayotgan 
kategoriya ekanini ta’kidlash lozim.   
Badiiy adaboyotni turlarga ajratish, ya’ni asar tiplarini belgilash Aflotun 
davridan boshlangani an’anaviy tarzda epos, lirika va dramadan iborat ekani e’tirof 
etiladi. Aflotun “Davlat” asarida bu adabiy tur farqini shunday tushuntirgan: 
birinchidan, (muallif) o‘z nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishi, xuddi difiramblardagi 
kabi; ikkinchidan, o‘z asarini qahramonlarining “nutq almashinish” ko‘rinishiga 
qurishi va bunda shoir so‘zlari aralash-masligi; uchinchidan, o‘z so‘zlarini asarda 
ishtirok etuvchi begonalar so‘zlari orqali aytishi mumkin”. Suqrot asarlariga 
munosabatda aytilgan bu talqin keyinchalik asrlar davomida ad-tni turlarga 
ajratishda mezon vazifasini bajargan. Aflotunning shogirdi Arastu bu fikrlarni 
yanada izchilroq qilib davom ettirgan: “Bu sohada asarlar yana aks ettirish usullari 
jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita b-n 
tasvirlagan holda yo muallif voqealarga aralashmay hikoya qilishi va o‘zini xuddi 
Gomerday tutishi mumkin. Yoki butun tasvir davomida muallif o‘zligicha qolishi 
yoxud barcha aks ettiriluvchilarni harakatdagilar sifatida gavdalantirishi mumkin”. 
Uyg‘onish asrida bu kabi talqinlar yanada konkretlashtirilgan. A.S.Minturno 
“Poetika” (1559) asarida A.t.ni epos, melika (lirika) va sahna poeziyasi (drama) deya 
tasnif qilgan. XIX asrda Gegel tasnif asosiga ob’ektivlik va sub’ektivlikni qo‘ygan 
va V.Belinskiy mana shu asosda maxsus maqola yozgan. O‘zbekistonda adabiy tur 
nazariyasi, asosan, V.Belinskiy qarashlari bo‘yicha shakllangan. Badiiy adabiyotni 
turlarga ajratish G‘arbiy Evropada nutqning ifoda shakllari – poeziya va prozaga 
ajratishga yaqin keladi. Biroq bu tasnifni Sharq ad-tiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib 
bo‘lmaydi. Chunki islom sharqida nasr va nazm A.t. sifatida emas, balki nutqning 
ifoda shakliga ko‘ra belgilangan. Shunday qilib, adabiy turni belgilashda turli 
tasniflarni, birlik va asoslarni uchratish mumkin, lekin deyarli hamma nazariy 
xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi. V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy etayotgan kategoriya ekanini ta’kidlash lozim. Badiiy adaboyotni turlarga ajratish, ya’ni asar tiplarini belgilash Aflotun davridan boshlangani an’anaviy tarzda epos, lirika va dramadan iborat ekani e’tirof etiladi. Aflotun “Davlat” asarida bu adabiy tur farqini shunday tushuntirgan: birinchidan, (muallif) o‘z nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishi, xuddi difiramblardagi kabi; ikkinchidan, o‘z asarini qahramonlarining “nutq almashinish” ko‘rinishiga qurishi va bunda shoir so‘zlari aralash-masligi; uchinchidan, o‘z so‘zlarini asarda ishtirok etuvchi begonalar so‘zlari orqali aytishi mumkin”. Suqrot asarlariga munosabatda aytilgan bu talqin keyinchalik asrlar davomida ad-tni turlarga ajratishda mezon vazifasini bajargan. Aflotunning shogirdi Arastu bu fikrlarni yanada izchilroq qilib davom ettirgan: “Bu sohada asarlar yana aks ettirish usullari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita b-n tasvirlagan holda yo muallif voqealarga aralashmay hikoya qilishi va o‘zini xuddi Gomerday tutishi mumkin. Yoki butun tasvir davomida muallif o‘zligicha qolishi yoxud barcha aks ettiriluvchilarni harakatdagilar sifatida gavdalantirishi mumkin”. Uyg‘onish asrida bu kabi talqinlar yanada konkretlashtirilgan. A.S.Minturno “Poetika” (1559) asarida A.t.ni epos, melika (lirika) va sahna poeziyasi (drama) deya tasnif qilgan. XIX asrda Gegel tasnif asosiga ob’ektivlik va sub’ektivlikni qo‘ygan va V.Belinskiy mana shu asosda maxsus maqola yozgan. O‘zbekistonda adabiy tur nazariyasi, asosan, V.Belinskiy qarashlari bo‘yicha shakllangan. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish G‘arbiy Evropada nutqning ifoda shakllari – poeziya va prozaga ajratishga yaqin keladi. Biroq bu tasnifni Sharq ad-tiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi. Chunki islom sharqida nasr va nazm A.t. sifatida emas, balki nutqning ifoda shakliga ko‘ra belgilangan. Shunday qilib, adabiy turni belgilashda turli tasniflarni, birlik va asoslarni uchratish mumkin, lekin deyarli hamma nazariy  
 
manbalarda uch adabiy tur – epos, lirika va drama tarzida (ayrim asarlarda ikkinchi 
va uchinchi adabiy tur ning o‘rni almashgan holda) qat’iylashgan.     
Adabiy tajribada ayrim asarlarda ikki turga xos xususiyatlar jamlangani, mas., 
Shelling “eposning drama bilan qo‘shilgan” shakli xususida so‘z yuritadi. Bu holatni 
B.Brext dramaturgiyasida kuzatgan mutaxassislar unga nisbatan “epik teatr” 
istilohini qo‘llashgan. Ayrim janrlar, mas., doston, ballada va masalda lirik va epik 
asos birlashgani kuzatiladi. Biroq yuqoridagi holatlar zinhor to‘rtinchi, yangi adabiy 
tur ni vujudga keltirmaydi. Aksincha, ularning o‘zaro qorishig‘idan yangi “farzand” 
– janrlar tug‘ilgani qayd etiladi. XX asr ad-tida adabiy tur dan tashqari (ruscha: 
vnerodovыe) adabiy shakllar mavjudligi haqida ham kuzatishlar mavjud. Bu istiloh 
rus olimlari tomonidan ocherk, esse janrlariga va “ong oqimi” kuzatilgan 
romanlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Demak, adabiy tur ga an’anaviy 
munosabat b-n bir qatorda noan’anaviy tarzda ularni yangilashga, janrlar diffu-
ziyasiga sabab bo‘ladigan mezonlar axtarishga ham intilish mavjud.  
Adabiy tur nazariyasida munozarali o‘rinlar bo‘lishiga qaramasdan adabiy 
tajribada har uchala turga xos jihatlar aniq belgilangan, ular nafaqat nazariy 
talqinlarda, balki amalda badiiy asarning formal tarkibiy xususiyat-larida, muallif 
pafosida (o‘z asariga munosabatda), uslubida aniq ko‘zga tashlanadiki, ular haqidagi 
ta’limot ad-tshunoslikning asosiy bo‘limini tashkil qiladi. 
Dramaturgiyada obyekt va subyektning o‘zaro munosabati yuzaga chiqadi. 
Chunki harakatdagi shaxs va uning nutqi drammada asosiy mohiyat kasb etadi. 
Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega. Adabiy tur g‘arb 
adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani 
tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm 
shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va 
nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim” 
shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari 
o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy janrlar 
farqlangan.  
Epik janrlar. G‘arb klassik adabiyotida quyidagi epik janrlar farqlangan: epopeya, 
roman, qissa, hikoya, novella. Epopeyada kopgina voqealar, rivoyatlar tushuniladi. 
manbalarda uch adabiy tur – epos, lirika va drama tarzida (ayrim asarlarda ikkinchi va uchinchi adabiy tur ning o‘rni almashgan holda) qat’iylashgan. Adabiy tajribada ayrim asarlarda ikki turga xos xususiyatlar jamlangani, mas., Shelling “eposning drama bilan qo‘shilgan” shakli xususida so‘z yuritadi. Bu holatni B.Brext dramaturgiyasida kuzatgan mutaxassislar unga nisbatan “epik teatr” istilohini qo‘llashgan. Ayrim janrlar, mas., doston, ballada va masalda lirik va epik asos birlashgani kuzatiladi. Biroq yuqoridagi holatlar zinhor to‘rtinchi, yangi adabiy tur ni vujudga keltirmaydi. Aksincha, ularning o‘zaro qorishig‘idan yangi “farzand” – janrlar tug‘ilgani qayd etiladi. XX asr ad-tida adabiy tur dan tashqari (ruscha: vnerodovыe) adabiy shakllar mavjudligi haqida ham kuzatishlar mavjud. Bu istiloh rus olimlari tomonidan ocherk, esse janrlariga va “ong oqimi” kuzatilgan romanlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Demak, adabiy tur ga an’anaviy munosabat b-n bir qatorda noan’anaviy tarzda ularni yangilashga, janrlar diffu- ziyasiga sabab bo‘ladigan mezonlar axtarishga ham intilish mavjud. Adabiy tur nazariyasida munozarali o‘rinlar bo‘lishiga qaramasdan adabiy tajribada har uchala turga xos jihatlar aniq belgilangan, ular nafaqat nazariy talqinlarda, balki amalda badiiy asarning formal tarkibiy xususiyat-larida, muallif pafosida (o‘z asariga munosabatda), uslubida aniq ko‘zga tashlanadiki, ular haqidagi ta’limot ad-tshunoslikning asosiy bo‘limini tashkil qiladi. Dramaturgiyada obyekt va subyektning o‘zaro munosabati yuzaga chiqadi. Chunki harakatdagi shaxs va uning nutqi drammada asosiy mohiyat kasb etadi. Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega. Adabiy tur g‘arb adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim” shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy janrlar farqlangan. Epik janrlar. G‘arb klassik adabiyotida quyidagi epik janrlar farqlangan: epopeya, roman, qissa, hikoya, novella. Epopeyada kopgina voqealar, rivoyatlar tushuniladi.  
 
Unda qahramon xalq bo‘ladi. Hozir u ikki ma’noda qollaniladi: 1. Xalq eposi 
(dostonlari); 2. Yirik hajmli bir necha kitobdan iborat kitob.  
Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da 
yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p 
tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta 
shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin. Jahon 
adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda yozilgan 
roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi she’riy roman 
“Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari.  
Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi 
kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir 
nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida yozilgan 
asarlar roman deb yuritilgan.  
Hikoya – bir voqeali yoki bir mohiyatni ifoda qiladigan bir necha kichik 
voqelardan tashkil topgan, hayotning bir parchasi tasvirlanadigan asar. Hikoya 
qahramoni asosan bir bo‘ladi. 
Novella – syujetdagi voqealar taranglashgan kutilmagan yechimga ega bo‘lgan 
hikoyadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan mashhur bo‘lgan. Uning 
mashhurligida amerikalik Eduvard Fo, O.Henri, rus nasrida Chexov, o‘zbek 
hikoyachiligida A.Qodiriy, A.Qahhor, Cho‘lponlarni aytishimiz mumkin. 
Drama (yunoncha-harakat) – tasvirlanayotgan voqea yoki kechinmaning 
harakatlar orqali ifodasini anglatadi. Dramada harakat birliklari sifatida nutq, imo-
ishora va jismoniy harakatlar nazarda tutiladi. Ifodadagi harakatning mazmuni, 
yo‘nalishi, shakllari va birliklaridan kelib chiqib, dramaturgiya bir necha janrlarni 
o‘z ichiga oladi. Tragediya (fojea) dramaturgiyaning eng yuksak janri bo‘lib, 
voqealar oqimi shiddat bilan rivojlanadi, syujet elementlarida, xususan, ekspozitsiya 
va tugunda yechilishi lozim bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yiladi yoki prologda 
bo‘lajak voqealar rivojiga turtki beradigan alohida bir kichik voqea beriladi. 
Tragediyada dastlabki ko‘rinishdayoq bo‘lajak fojeaning olis shabadalari esib turadi, 
voqea va harakatlar rivoji muallif ixtiyoridan tashqari fojea sari oqib boradi. Ayrim 
hollarda asar so‘nggida fojea berishi shart emas, aksincha, prologda yoki dastlabki 
voqeada ko‘rsatilgan voqea sabablari asar davomida yechilishi mumkin. Demak, 
Unda qahramon xalq bo‘ladi. Hozir u ikki ma’noda qollaniladi: 1. Xalq eposi (dostonlari); 2. Yirik hajmli bir necha kitobdan iborat kitob. Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin. Jahon adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda yozilgan roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi she’riy roman “Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari. Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida yozilgan asarlar roman deb yuritilgan. Hikoya – bir voqeali yoki bir mohiyatni ifoda qiladigan bir necha kichik voqelardan tashkil topgan, hayotning bir parchasi tasvirlanadigan asar. Hikoya qahramoni asosan bir bo‘ladi. Novella – syujetdagi voqealar taranglashgan kutilmagan yechimga ega bo‘lgan hikoyadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan mashhur bo‘lgan. Uning mashhurligida amerikalik Eduvard Fo, O.Henri, rus nasrida Chexov, o‘zbek hikoyachiligida A.Qodiriy, A.Qahhor, Cho‘lponlarni aytishimiz mumkin. Drama (yunoncha-harakat) – tasvirlanayotgan voqea yoki kechinmaning harakatlar orqali ifodasini anglatadi. Dramada harakat birliklari sifatida nutq, imo- ishora va jismoniy harakatlar nazarda tutiladi. Ifodadagi harakatning mazmuni, yo‘nalishi, shakllari va birliklaridan kelib chiqib, dramaturgiya bir necha janrlarni o‘z ichiga oladi. Tragediya (fojea) dramaturgiyaning eng yuksak janri bo‘lib, voqealar oqimi shiddat bilan rivojlanadi, syujet elementlarida, xususan, ekspozitsiya va tugunda yechilishi lozim bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yiladi yoki prologda bo‘lajak voqealar rivojiga turtki beradigan alohida bir kichik voqea beriladi. Tragediyada dastlabki ko‘rinishdayoq bo‘lajak fojeaning olis shabadalari esib turadi, voqea va harakatlar rivoji muallif ixtiyoridan tashqari fojea sari oqib boradi. Ayrim hollarda asar so‘nggida fojea berishi shart emas, aksincha, prologda yoki dastlabki voqeada ko‘rsatilgan voqea sabablari asar davomida yechilishi mumkin. Demak,  
 
tragediyaning asosida fojeaviylik yotadi. Beliniskiy “poeziyaning tur va janrlarga 
bo‘linishi” asarida “Drama poeziyaning gultoji bo‘lsa, tragediya dramaning 
gultojidir”- degan xulosaviy fikr bayon qilgan. Dastlabki tragediyalar yunon 
adabiyotida Esxil, Evripid va Sofoklga tegishli bo‘lib ular tragediyani janrlar otasi 
deb bilishgan. 
Komediya – dramaturgik yana biri hisoblanib, u kulgu so‘zidan olingan bo‘lib, 
dramatik asarda kulgu asar qahramonlaridan ham, voqealar shiddatidan ham 
yuqoriroq o‘ringa qo‘yiladi. Bir ikki epizodda yoki nutqda emas, balki asarning 
yechimida muallif tavsiya etayotgan xulosada ham kinoyaviy harakter kasb etadi. 
Ayrim asarlarda kulguning ro‘li darajasiga qarab satira (hajv), yumor (mutoyiba) va 
boshqa ifodaviy turlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yunon va dunyo 
dramaturgiyasida komediyograf Aristofan hisoblanadi. Uning “Qurbaqalar” nomli 
komediyasi kelgusi komediyalar uchun asos bo‘lib, xizmat qiladi. O‘zbek 
dramaturgiyasida A. Qahhor komediyalari “Ayajonlarim”, “Tobutdan tovush” 
muhim ahamiyat kasb etadi. Dramadagi kulguning vazifasi ochiq, aniq ko‘rsatib 
berilgan. Dramadagi satira va yumor, epik va lirik asarlardagi satirik va yumoristik 
pafosdan farqlanadi. Dramada barcha kitobxonlar bir auditoriyaga yig‘ilib, bir 
paytning o‘zida asarni tomosha qilishi uning ta’sir kuchini oshiradi. Behbudiy “Teatr 
ibodatxonadur”-deganda ko‘proq komediyalarga ishora qilganday bo‘ladi.  
  Drama adabiy janr sifatida. Drama dramaturgik janrlar o‘rtasidagi ko‘proq 
tragediya va komediya o‘rtasidagi oraliq hodisa bo‘lib tushunilishi mumkin. Ammo 
drama asosida dramatizm ya’ni qahramonlarning konfliktlar va kolleziyalar asosiga 
quriladigan ruhiyati yotadi. Dramada qahramon ruhiyati fojea va kulgudan ustunroq 
darajada ko‘rsatiladi. Qahramon voqealarining shunchaki ishtirokchisi emas, balki 
uning mohiyatini bildiradi. Dramaturgiyaning har bir janridagi kabi dramada inson 
qismati birlamchi ifoda obyektivga aylanadi. Antik dramada dramaning alohida janr 
sifatidagi faoliyati ko‘zga tashlanmaydi. XVII asrdan fransuz va olmon sahnalarida, 
XVI 
asrning 
o‘rtalarida 
ingliz 
sahnalarida 
ko‘zga 
tashlanadi. 
O‘zbek 
dramaturgiyasiga kichik sahna asarlari bir ko‘rinishli (parda) aktli hodisalar evaziga 
shakllandi va 10-yilning oxiriga borib, “Chin sevish”, “Hind ixtilochilari” tarzida 
yuzaga chiqdi. O‘zbek dramaturgiyasida tragediya va komediyaga nisbatan drama 
tragediyaning asosida fojeaviylik yotadi. Beliniskiy “poeziyaning tur va janrlarga bo‘linishi” asarida “Drama poeziyaning gultoji bo‘lsa, tragediya dramaning gultojidir”- degan xulosaviy fikr bayon qilgan. Dastlabki tragediyalar yunon adabiyotida Esxil, Evripid va Sofoklga tegishli bo‘lib ular tragediyani janrlar otasi deb bilishgan. Komediya – dramaturgik yana biri hisoblanib, u kulgu so‘zidan olingan bo‘lib, dramatik asarda kulgu asar qahramonlaridan ham, voqealar shiddatidan ham yuqoriroq o‘ringa qo‘yiladi. Bir ikki epizodda yoki nutqda emas, balki asarning yechimida muallif tavsiya etayotgan xulosada ham kinoyaviy harakter kasb etadi. Ayrim asarlarda kulguning ro‘li darajasiga qarab satira (hajv), yumor (mutoyiba) va boshqa ifodaviy turlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yunon va dunyo dramaturgiyasida komediyograf Aristofan hisoblanadi. Uning “Qurbaqalar” nomli komediyasi kelgusi komediyalar uchun asos bo‘lib, xizmat qiladi. O‘zbek dramaturgiyasida A. Qahhor komediyalari “Ayajonlarim”, “Tobutdan tovush” muhim ahamiyat kasb etadi. Dramadagi kulguning vazifasi ochiq, aniq ko‘rsatib berilgan. Dramadagi satira va yumor, epik va lirik asarlardagi satirik va yumoristik pafosdan farqlanadi. Dramada barcha kitobxonlar bir auditoriyaga yig‘ilib, bir paytning o‘zida asarni tomosha qilishi uning ta’sir kuchini oshiradi. Behbudiy “Teatr ibodatxonadur”-deganda ko‘proq komediyalarga ishora qilganday bo‘ladi. Drama adabiy janr sifatida. Drama dramaturgik janrlar o‘rtasidagi ko‘proq tragediya va komediya o‘rtasidagi oraliq hodisa bo‘lib tushunilishi mumkin. Ammo drama asosida dramatizm ya’ni qahramonlarning konfliktlar va kolleziyalar asosiga quriladigan ruhiyati yotadi. Dramada qahramon ruhiyati fojea va kulgudan ustunroq darajada ko‘rsatiladi. Qahramon voqealarining shunchaki ishtirokchisi emas, balki uning mohiyatini bildiradi. Dramaturgiyaning har bir janridagi kabi dramada inson qismati birlamchi ifoda obyektivga aylanadi. Antik dramada dramaning alohida janr sifatidagi faoliyati ko‘zga tashlanmaydi. XVII asrdan fransuz va olmon sahnalarida, XVI asrning o‘rtalarida ingliz sahnalarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbek dramaturgiyasiga kichik sahna asarlari bir ko‘rinishli (parda) aktli hodisalar evaziga shakllandi va 10-yilning oxiriga borib, “Chin sevish”, “Hind ixtilochilari” tarzida yuzaga chiqdi. O‘zbek dramaturgiyasida tragediya va komediyaga nisbatan drama  
 
janri kengroq va chuqurroq ishlanadi. Yuqoridagi janrlar asos o‘laroq tragikomediya, 
vodevil, melodrama kabi qorishiq janrlar shakllangan.  
  Lirika so‘zi yunonlarning musiqa asbobi “lira”dan olingan bo‘lib, insondagi 
ruhiy kechinmalar ifodasining badiiy matnda aks ettirishga qaratilgan bo‘ladi. Lirika 
boshqa adabiy turlardan farqli o‘laroq, muayyan milliy tuyg‘ular ifodasi bo‘lgani 
uchun o‘sha tilning fonetik va grammatik asoslari lirik janrda mutanosib aks etishi 
mumkin. Yevropa adabiyotida quyidagi lirik janrlar mavjud: lirik she’r, satira, 
yumor, oda (qasidaga yaqin), romans, elegiya, sonnet va boshqalar. Lirik she’r 
odatda, tuyg‘u va kechinmalarning ma’lum me’yorda va maromda ifodalanishiga 
asoslanadi. Shuning uchun, boshqa lirik janrlarga nisbatan normativ (me’yoriy) 
oraliq janr hisoblanadi hamda eng faol qo‘llaniladi.  
Oda tantanavorlikni ifodalaydi, ellegiya esa uning aksi mahzun va ma’yus.  
Romans qo‘shiq qilib kuylashga mo‘ljallangan vazn jihatdan ohangdorroq. Ular 
odatda, ashulaga aylangan.  
Sonetning idizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi va asosan yevropa uyg‘onish 
davrida fransuz va ingliz tillarida yozilgan sonetlar mashhur bo‘lgan. Sonet tarixan 
14 qatordan iborat bo‘lgan she’r hisoblanadi. Ilk sonetlar Shekspirga tegishlidir.  
Yapon she’riyatidan kirib kelgan hokku, tanka. Hokku (3 lik), tanka (5 lik) 
Bular qatorida lirik doston va poema ham keladi  
Liro-epik janrlar tabiatan o‘ziga lirik va epik turlarga xos jihatlarni mujassam 
qilgan bo‘ladi. Liro-epik janrlar sifatida asosan, doston masnaviy, ballada va masal 
deb ko‘rsatiladi.  
 
Savol va topshiriqlar 
1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillarini aniqlashtiring. 
2. Adabiy turlar va ifoda shakllarining farqlanishini ko’rsating. 
3. Epos va epik janrlar tasnifini keltiring. 
4. Drama va dramaturgik janrlar haqida tushuncha bering. 
5. Lirika va G‘arbiy Yevropada lirik janrlar xususida to’xtaling. 
6. Liro-epik janrlar tasnifini keltiring. 
 
janri kengroq va chuqurroq ishlanadi. Yuqoridagi janrlar asos o‘laroq tragikomediya, vodevil, melodrama kabi qorishiq janrlar shakllangan. Lirika so‘zi yunonlarning musiqa asbobi “lira”dan olingan bo‘lib, insondagi ruhiy kechinmalar ifodasining badiiy matnda aks ettirishga qaratilgan bo‘ladi. Lirika boshqa adabiy turlardan farqli o‘laroq, muayyan milliy tuyg‘ular ifodasi bo‘lgani uchun o‘sha tilning fonetik va grammatik asoslari lirik janrda mutanosib aks etishi mumkin. Yevropa adabiyotida quyidagi lirik janrlar mavjud: lirik she’r, satira, yumor, oda (qasidaga yaqin), romans, elegiya, sonnet va boshqalar. Lirik she’r odatda, tuyg‘u va kechinmalarning ma’lum me’yorda va maromda ifodalanishiga asoslanadi. Shuning uchun, boshqa lirik janrlarga nisbatan normativ (me’yoriy) oraliq janr hisoblanadi hamda eng faol qo‘llaniladi. Oda tantanavorlikni ifodalaydi, ellegiya esa uning aksi mahzun va ma’yus. Romans qo‘shiq qilib kuylashga mo‘ljallangan vazn jihatdan ohangdorroq. Ular odatda, ashulaga aylangan. Sonetning idizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi va asosan yevropa uyg‘onish davrida fransuz va ingliz tillarida yozilgan sonetlar mashhur bo‘lgan. Sonet tarixan 14 qatordan iborat bo‘lgan she’r hisoblanadi. Ilk sonetlar Shekspirga tegishlidir. Yapon she’riyatidan kirib kelgan hokku, tanka. Hokku (3 lik), tanka (5 lik) Bular qatorida lirik doston va poema ham keladi Liro-epik janrlar tabiatan o‘ziga lirik va epik turlarga xos jihatlarni mujassam qilgan bo‘ladi. Liro-epik janrlar sifatida asosan, doston masnaviy, ballada va masal deb ko‘rsatiladi. Savol va topshiriqlar 1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillarini aniqlashtiring. 2. Adabiy turlar va ifoda shakllarining farqlanishini ko’rsating. 3. Epos va epik janrlar tasnifini keltiring. 4. Drama va dramaturgik janrlar haqida tushuncha bering. 5. Lirika va G‘arbiy Yevropada lirik janrlar xususida to’xtaling. 6. Liro-epik janrlar tasnifini keltiring.