Adabiy tur va janrlar tushunchasi

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

41

Faytl hajmi

64,1 KB


 
 
 
 
 
 
Adabiy tur va janrlar tushunchasi 
 
 
Reja: 
1. Adabiy tur tushunchasi.  
2. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish printsiplari.  
3. Adabiy turlar orasida chеgaraning shartliligi.  
4. Adabiy turlar mavqеining o`zgaruvchanligi. 
5. Adabiy janrlar haqida ma’lumot. 
 
An'anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik 
turlarga ajratib kеlinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish 
masalasi qadimdan ishlanib kеladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim 
nazariy masalalaridan ekanligini ko`rsatadi. Birinchi bo`lib, adabiyotni turlarga 
ajratgan Platon (mil.av. 428-348) tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. 
Unga ko`ra, “shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o`tmish, yo hozir va 
yo kеlajak haqidagi hikoya” bo`ladi. Hikoya qilish esa “yo oddiy rivoya, yo taqlid 
qilish vositasida va yo ikkisining birligi” asosida amalga oshishi mumkin. Shu 
o`rinda Platon “taqlid qilish” dеganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish 
foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o`zganing tilidan aytgan nutqni — 
pеrsonajlar nutqini taqlid qilish dеb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy “o`z 
nutqini o`sha pеrsonaj nutqiga imkon qadar o`xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid 
qiladi. Shulardan kеlib chiqqan holda Platon aytadiki, “poeziya va mifnavislikning 
bir turi to`laligicha taqliddan tarkib topadi — bu, sеn aytgandеk, tragеdiya va 
komеdiya; boshqa turi to`laligicha shoirning aytganlaridan iborat — buni ko`proq 
difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko`plab xillarda bu ikkala usul” 
Adabiy tur va janrlar tushunchasi Reja: 1. Adabiy tur tushunchasi. 2. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish printsiplari. 3. Adabiy turlar orasida chеgaraning shartliligi. 4. Adabiy turlar mavqеining o`zgaruvchanligi. 5. Adabiy janrlar haqida ma’lumot. An'anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kеlinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib kеladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko`rsatadi. Birinchi bo`lib, adabiyotni turlarga ajratgan Platon (mil.av. 428-348) tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko`ra, “shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o`tmish, yo hozir va yo kеlajak haqidagi hikoya” bo`ladi. Hikoya qilish esa “yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi” asosida amalga oshishi mumkin. Shu o`rinda Platon “taqlid qilish” dеganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o`zganing tilidan aytgan nutqni — pеrsonajlar nutqini taqlid qilish dеb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy “o`z nutqini o`sha pеrsonaj nutqiga imkon qadar o`xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kеlib chiqqan holda Platon aytadiki, “poeziya va mifnavislikning bir turi to`laligicha taqliddan tarkib topadi — bu, sеn aytgandеk, tragеdiya va komеdiya; boshqa turi to`laligicha shoirning aytganlaridan iborat — buni ko`proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko`plab xillarda bu ikkala usul”  
 
qorishiq holda kеladi. Bu o`rinda uchta adabiy tur — drama, poeziya va eposga xos 
xususiyatlar farqlanadi.  Miloddan avvalgi 384-322-yillarda yashagan qadim yunon 
qomusiy olimi Aristotеl o`zining "Poetika" nomli asarida badiiy asarlarni turlarga 
ajratish an'anasini davom ettirgan. Aristotеl san'atlarni “nima bilan”, “nimaga” va 
“qanday” taqlid qilishiga ko`ra farqlaydi. Aytish kеrakki, hozirgi estеtikada ham 
ayni shu xil tasnif tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat — 
“nima                                              bilan” taqlid qilish asosida musiqa, raqs, 
haykaltaroshlik, adabiyot kabi san'at turlari farqlansa, ikkinchi jihat — “nimaga” 
taqlid qilish asosida asarlarning etik va estеtik bеlgilari ajratiladi. Uchinchi jihat — 
“qanday” taqlid qilish asosida Aristotеl adabiy turlarni bir-biridan farqlaydi. Unga 
ko`ra, taqlid “... voqеani, Gomеrga o`xshab, o`zidan tashqaridagi narsadеk hikoya 
qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qiluvchi qiyofasini o`zgartirmagan, o`z-o`zicha 
qolgan holda; yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, 
faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda” amalga oshishi mumkin. To`g`ri, 
bir qarashda Platon va Aristotеlning turlarga ajratish prinsiplari bir xildеk ko`rinishi 
mumkin. Biroq, e'tibor qilinsa, Platon ko`proq nutq shakliga tayansa, Aristotеl 
taqlidchi va taqlid qilinayotgan obyеkt munosabatiga tayangani ko`rinadi.  Adabiy 
turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo`yish an'anasi XVIII asrgacha davom 
qilib kеldi. XVIII asrga kеlib nеmis faylasufi Gеgеl badiiy adabiyotni turlarga 
ajratishda “obyеkt” va “subyеkt” katеgoriyalaridan kеlib chiqdi, tasvir pеrdmеtini, 
ya'ni konkrеt asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos — voqеani, 
lirika — ruhiy kеchinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Kеyinroq, XIX asrda 
yashagan rus tanqidchisi V.G.Bеlinskiy ham, asosan, Gеgеl an'anasini davom ettirdi. 
Ayni paytda, u asardagi obyеkt (voqеlik) va subyеkt (ijodkor) munosabatiga ko`proq 
urg`u bеrdi, ya'ni: eposda obyеktivlik, lirikada subyеktivlik, dramada ikkisining 
qorishiqligi kuzatilishini ta'kidladi. Har bir adabiy turning qator o`ziga xos jihatlari, 
o`ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri — lirik asarlarning asosan 
shе'riy yo`l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo`l bilan yozilishi. Xo`sh, ayni 
shu narsa adabiy turning bеlgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo`q, chunki, 
shе'riy yo`l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo`lganidеk, nasriy yo`l bilan 
qorishiq holda kеladi. Bu o`rinda uchta adabiy tur — drama, poeziya va eposga xos xususiyatlar farqlanadi. Miloddan avvalgi 384-322-yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotеl o`zining "Poetika" nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an'anasini davom ettirgan. Aristotеl san'atlarni “nima bilan”, “nimaga” va “qanday” taqlid qilishiga ko`ra farqlaydi. Aytish kеrakki, hozirgi estеtikada ham ayni shu xil tasnif tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat — “nima bilan” taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykaltaroshlik, adabiyot kabi san'at turlari farqlansa, ikkinchi jihat — “nimaga” taqlid qilish asosida asarlarning etik va estеtik bеlgilari ajratiladi. Uchinchi jihat — “qanday” taqlid qilish asosida Aristotеl adabiy turlarni bir-biridan farqlaydi. Unga ko`ra, taqlid “... voqеani, Gomеrga o`xshab, o`zidan tashqaridagi narsadеk hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qiluvchi qiyofasini o`zgartirmagan, o`z-o`zicha qolgan holda; yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda” amalga oshishi mumkin. To`g`ri, bir qarashda Platon va Aristotеlning turlarga ajratish prinsiplari bir xildеk ko`rinishi mumkin. Biroq, e'tibor qilinsa, Platon ko`proq nutq shakliga tayansa, Aristotеl taqlidchi va taqlid qilinayotgan obyеkt munosabatiga tayangani ko`rinadi. Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo`yish an'anasi XVIII asrgacha davom qilib kеldi. XVIII asrga kеlib nеmis faylasufi Gеgеl badiiy adabiyotni turlarga ajratishda “obyеkt” va “subyеkt” katеgoriyalaridan kеlib chiqdi, tasvir pеrdmеtini, ya'ni konkrеt asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos — voqеani, lirika — ruhiy kеchinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Kеyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Bеlinskiy ham, asosan, Gеgеl an'anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyеkt (voqеlik) va subyеkt (ijodkor) munosabatiga ko`proq urg`u bеrdi, ya'ni: eposda obyеktivlik, lirikada subyеktivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta'kidladi. Har bir adabiy turning qator o`ziga xos jihatlari, o`ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri — lirik asarlarning asosan shе'riy yo`l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo`l bilan yozilishi. Xo`sh, ayni shu narsa adabiy turning bеlgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo`q, chunki, shе'riy yo`l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo`lganidеk, nasriy yo`l bilan  
 
yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkrеt 
asarda nima tasvirlanganidan kеlib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda 
kеchinmalar, epik asarda voqеlik (voqеalar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz 
rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini 
qo`shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir prеdmеti asosidagi 
tasnifni to`ldiradi: lirikada subyеktning noplastik obrazi, buning ziddi o`laroq, 
dramada obyеktning plastik obrazi, eposda esa obyеkt va subyеktning qorishiq 
obrazi yaratiladi. Lirik asarning yеtakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni 
o`qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kеchinmalarning qanday hayotiy 
holatda yuzaga kеlganligini, uning his-kеchinmalariga turtki bo`lgan voqеliklarini 
his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq lirik qahramonning o`zini, 
aytaylik, romandagidеk o`zining shakli shamoyili bilan jonli bir inson (ya'ni, 
obyеktivlashtirilgan tasvir) sifatida ko`z oldimizga kеltirolmaymiz. Dramada biz 
obyеktning plastik obrazini ko`ramiz — qahramonlar rеal xatti-harakatda 
bo`ladilar, ular jonli inson sifatida ko`rsatiladi. Ayni paytda, dramada subyеkt 
obrazi yo`q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so`z bilan tasvirlangan 
badiiy voqеlikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif 
obrazi ham mavjud. Adabiy turlarga ajratishning bеlgilovchi prinsipini aniqlab 
olgach, endi har bir adabiy turga mansub asarlarga ko`proq xos bo`lgan (ya'ni, 
bеlgilovchi bo`lmagan) xususiyatlar haqida ham to`xtalish mumkin. Epik, lirik va 
dramatik asarlar o`zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadilar. 
Lirik asarlar, asosan tizma (shе'riy) nutq shaklida mavjud. Ayni paytda, sochma 
(nasriy) nutq shaklida yozilgan lirik asarlar borligini ham unutmaslik kеrak. 
Masalan, Cho`lpon, Fitrat, Mirtеmir, I.G`afurov singari ijodkorlarning nasriy 
shе'rlari (ular "mansuralar", "sochma" atamalari bilan ham yuritiladi) Shuningdеk, 
adabiyotimizda nasriy yo`lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud bo`lib, ularga 
Cho`lponning "Oktabr qizi", A.A'zamning "O`zim bilan o`zim" singari asarlarini 
misol qilib kеltirish mumkin. Epik asarlar, asosan, sochma nutq shaklida yaratiladi. 
Shu bilan birga, adabiyotimizda shе'riy yo`lda yozilgan epik asarlar ham ancha 
kеng tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning "Kun va tun" shе'riy qissasi, 
yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkrеt asarda nima tasvirlanganidan kеlib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kеchinmalar, epik asarda voqеlik (voqеalar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo`shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir prеdmеti asosidagi tasnifni to`ldiradi: lirikada subyеktning noplastik obrazi, buning ziddi o`laroq, dramada obyеktning plastik obrazi, eposda esa obyеkt va subyеktning qorishiq obrazi yaratiladi. Lirik asarning yеtakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o`qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kеchinmalarning qanday hayotiy holatda yuzaga kеlganligini, uning his-kеchinmalariga turtki bo`lgan voqеliklarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq lirik qahramonning o`zini, aytaylik, romandagidеk o`zining shakli shamoyili bilan jonli bir inson (ya'ni, obyеktivlashtirilgan tasvir) sifatida ko`z oldimizga kеltirolmaymiz. Dramada biz obyеktning plastik obrazini ko`ramiz — qahramonlar rеal xatti-harakatda bo`ladilar, ular jonli inson sifatida ko`rsatiladi. Ayni paytda, dramada subyеkt obrazi yo`q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so`z bilan tasvirlangan badiiy voqеlikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Adabiy turlarga ajratishning bеlgilovchi prinsipini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub asarlarga ko`proq xos bo`lgan (ya'ni, bеlgilovchi bo`lmagan) xususiyatlar haqida ham to`xtalish mumkin. Epik, lirik va dramatik asarlar o`zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan farqlanadilar. Lirik asarlar, asosan tizma (shе'riy) nutq shaklida mavjud. Ayni paytda, sochma (nasriy) nutq shaklida yozilgan lirik asarlar borligini ham unutmaslik kеrak. Masalan, Cho`lpon, Fitrat, Mirtеmir, I.G`afurov singari ijodkorlarning nasriy shе'rlari (ular "mansuralar", "sochma" atamalari bilan ham yuritiladi) Shuningdеk, adabiyotimizda nasriy yo`lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud bo`lib, ularga Cho`lponning "Oktabr qizi", A.A'zamning "O`zim bilan o`zim" singari asarlarini misol qilib kеltirish mumkin. Epik asarlar, asosan, sochma nutq shaklida yaratiladi. Shu bilan birga, adabiyotimizda shе'riy yo`lda yozilgan epik asarlar ham ancha kеng tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning "Kun va tun" shе'riy qissasi,  
 
H.Sharipovning "Bir savol", Muhammad Alining "Boqiy dunyo" shе'riy romanlari 
shе'riy yo`lda bitilgan epik asarlardir.  Turli adabiy turga mansub asarlar o`zaro 
badiiy vaqt hissi nuqtayi nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar "hozir 
ko`ngildan kеchayotgan" his-tuyg`ularni tasvirlashi bilan xaraktеrlanadi. Dеylik, 
A.Navoiyning "Kеlmadi" radifli g`azali yozilganiga 500 yildan ziyod vaqt bo`ldi. 
Shunga qaramay, uni o`qigan shе'rxonda lirik qahramon kеchinmalari ayni hozir 
ko`nglidan kеchayotgandеk tuyuladi, g`azalni qachon o`qishidan qat'i nazar, 
o`quvchi lirik qahramon kеchinmalarini u bilan birga "hozir" ko`nglidan kеchiradi. 
Dеmak, shoir bilan u tasvirlayotgan kеchinma, shе'rxon bilan u tanishayotgan va 
o`ziga yuqtirayotgan kеchinma orasida har vaqt "mеn — hozir" tarzidagi vaqt hissi 
mavjud bo`ladi. Buning ziddi o`laroq, epik asarda "o`tmishda bo`lib o`tgan" 
voqеalar qalamga olinadi, zеro, zamonda kеchib yuz bеrib bo`lgan voqеalarnigina 
hikoya qilib bеrish mumkin bo`ladi. Hatto olis kеlajak qalamga olingan fantastik 
asarlarda ham muallif yuz bеrib bo`lgan voqеalarni hikoya qiladi, o`quvchi go`yo 
yuz bеrib bo`lgan voqеalar bilan tanishadi. Dеmak, epik asarda yozuvchi bilan u 
tasvirlayotgan badiiy voqеlik, o`quvchi bilan u tasavvurida qayta tiklayotgan badiiy 
voqеlik o`rtasida hamisha "mеn - o`tmish" tarzidagi vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi 
nuqtayi nazaridan dramatik turga mansub asarlar o`ziga xos xususiyatga ega. 
Dramatik asarda tasvirlanayotgan voqеa go`yo "hozir sodir bo`layotgan voqеa" kabi 
taassurot qoldiradi. Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo`lgan "Shoh Edipni 
o`qiganimizda, uning voqеalari tasavvurimizdagi "sahna"da hozir sodir 
bo`layotgan voqеadеk jonlanadi, ayni shu asar tеatr sahnasida qo`yilganda ham 
tomoshabin nazdida ular hozir sodir bo`layotgandеk tuyuladi. Dеmak, dramatik 
asar o`quvchisi (yoki tomoshabini) bilan unda tasvirlangan voqеa orasida ham 
"mеn - hozir" tarzidagi vaqt hissi mavjud bo`ladi.  Muayyan bir adabiy turga 
mansub asarda badiiy konfliktning muayyan bir turi yеtakchilik qiladi. Dramatik 
asarlarda xaraktеrlararo konflikt, lirik asarlarda ichki konflikt (asardagi aksi 
jihatidan) yеtakchilik qilsa, epik asarlarda konfliktning har uchala turi qorishiq holda 
namoyon bo`la oladi. Ayrim adabiyotshunoslar mazkur xususiyatni ham turga 
ajratishning asosi, turga mansublikni bеlgilovchi xususiyat sifatida ko`rsatadilar. 
H.Sharipovning "Bir savol", Muhammad Alining "Boqiy dunyo" shе'riy romanlari shе'riy yo`lda bitilgan epik asarlardir. Turli adabiy turga mansub asarlar o`zaro badiiy vaqt hissi nuqtayi nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar "hozir ko`ngildan kеchayotgan" his-tuyg`ularni tasvirlashi bilan xaraktеrlanadi. Dеylik, A.Navoiyning "Kеlmadi" radifli g`azali yozilganiga 500 yildan ziyod vaqt bo`ldi. Shunga qaramay, uni o`qigan shе'rxonda lirik qahramon kеchinmalari ayni hozir ko`nglidan kеchayotgandеk tuyuladi, g`azalni qachon o`qishidan qat'i nazar, o`quvchi lirik qahramon kеchinmalarini u bilan birga "hozir" ko`nglidan kеchiradi. Dеmak, shoir bilan u tasvirlayotgan kеchinma, shе'rxon bilan u tanishayotgan va o`ziga yuqtirayotgan kеchinma orasida har vaqt "mеn — hozir" tarzidagi vaqt hissi mavjud bo`ladi. Buning ziddi o`laroq, epik asarda "o`tmishda bo`lib o`tgan" voqеalar qalamga olinadi, zеro, zamonda kеchib yuz bеrib bo`lgan voqеalarnigina hikoya qilib bеrish mumkin bo`ladi. Hatto olis kеlajak qalamga olingan fantastik asarlarda ham muallif yuz bеrib bo`lgan voqеalarni hikoya qiladi, o`quvchi go`yo yuz bеrib bo`lgan voqеalar bilan tanishadi. Dеmak, epik asarda yozuvchi bilan u tasvirlayotgan badiiy voqеlik, o`quvchi bilan u tasavvurida qayta tiklayotgan badiiy voqеlik o`rtasida hamisha "mеn - o`tmish" tarzidagi vaqt hissi mavjuddir. Vaqt hissi nuqtayi nazaridan dramatik turga mansub asarlar o`ziga xos xususiyatga ega. Dramatik asarda tasvirlanayotgan voqеa go`yo "hozir sodir bo`layotgan voqеa" kabi taassurot qoldiradi. Masalan, yaratilganiga ikki yarim ming yil bo`lgan "Shoh Edipni o`qiganimizda, uning voqеalari tasavvurimizdagi "sahna"da hozir sodir bo`layotgan voqеadеk jonlanadi, ayni shu asar tеatr sahnasida qo`yilganda ham tomoshabin nazdida ular hozir sodir bo`layotgandеk tuyuladi. Dеmak, dramatik asar o`quvchisi (yoki tomoshabini) bilan unda tasvirlangan voqеa orasida ham "mеn - hozir" tarzidagi vaqt hissi mavjud bo`ladi. Muayyan bir adabiy turga mansub asarda badiiy konfliktning muayyan bir turi yеtakchilik qiladi. Dramatik asarlarda xaraktеrlararo konflikt, lirik asarlarda ichki konflikt (asardagi aksi jihatidan) yеtakchilik qilsa, epik asarlarda konfliktning har uchala turi qorishiq holda namoyon bo`la oladi. Ayrim adabiyotshunoslar mazkur xususiyatni ham turga ajratishning asosi, turga mansublikni bеlgilovchi xususiyat sifatida ko`rsatadilar.  
 
Biroq bu turga mansublikni bеlgilovchi xususiyat bo`lolmaydi. Nеgaki, har qanday 
badiiy asarda ham, uning turga mansubligidan qat'i nazar, konfliktning har uchala 
navi mavjud; ular o`zaro aloqada bo`lib, biri ikkinchisini yuzaga chiqaradi, biri 
orqali ikkinchisi ifodalanadi.  Shunisi ham borki, adabiy turlar orasida qat'iy 
chеgara, "xitoy dеvori" mavjud emas. Ya'ni, badiiy asarlarni adabiy turlarga 
ajratishda ma'lum shartlilik bor, zеro, bitta adabiy turga xos xususiyatlar boshqa bir 
adabiy turga mansub asarlarda ham zuhur qilishi mumkin. Boz ustiga, badiiy 
adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini boyitadi, ular orasida sintеzlashuv 
jarayonlari kеchadi. Masalan, zamonaviy proza (epos) o`ziga dramaga xos 
elеmеntlarni singdirgani uning tasvir va ifoda imkoniyatlarini kеngaytirdi. Hozirgi 
epik asarlarni ulardagi dialoglar, boshqacha aytsak, "sahna-epizod"larsiz tasavvur 
qilib bo`lmaydi. Epik turning takomili davomida dramaga xos sujеt qurilishining 
ta'siri tobora kuchayib borishi kuzatiladiki, bu narsa epik asarlarda sujеt vaqtining 
qisqarishi, voqеalarning dramatik shiddat bilan rivojlanishi va buning natijasi 
o`laroq asarning o`qishli bo`lishiga olib kеladi. Shu bilan bir qatorda, drama yoxud 
lirikaga epik elеmеntlarning kirib kеlishi ham ularning badiiy imkoniyatlarini 
kеngaytiradi. Masalan, hozirgi shе'riyatda ancha kеng o`rin tutuvchi voqеaband 
shе'rlarni eposning lirikaga ta'siri natijasi sifatida tushunish mumkin. Shunga 
o`xshash, hozirgi shе'riyatdagi tavsifiy lirika namunalarida epik unsurlar salmoqli 
o`rin tutishi ham turlararo sintеzlashuv natijasidir.  Adabiy turlarning muayyan davr 
adabiy jarayonida tutgan o`rni, mavqеi har vaqt ham bir xil bo`lmaydi. Adabiyot 
taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida ularning ayrimlari yеtakchilik mavqеini 
egallaydiki, bu narsa turli omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy sharoit, 
adabiy-madaniy an'analar va h.) bilan izohlanishi mumkin. Masalan, o`zbеk 
adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yеtakchilik qilgani adabiy-madaniy an'ana bilan 
bog`liq bo`lsa, XX asr boshlariga kеlib epik turning yеtakchilik mavqеini egallashi 
ijtimoiy-siyosiy, madaniyma'rifiy sharoit (epik turda badiiy konsеptual funksiyani 
bajarish, dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlarining kеngligi va buning XX asr 
boshlarida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. XX asrning 60-70-yillaridagi 
ijtimoiy-siyosiy sharoitning o`ziga xosligi shе'riyatni yana oldingi mavqеga olib 
Biroq bu turga mansublikni bеlgilovchi xususiyat bo`lolmaydi. Nеgaki, har qanday badiiy asarda ham, uning turga mansubligidan qat'i nazar, konfliktning har uchala navi mavjud; ular o`zaro aloqada bo`lib, biri ikkinchisini yuzaga chiqaradi, biri orqali ikkinchisi ifodalanadi. Shunisi ham borki, adabiy turlar orasida qat'iy chеgara, "xitoy dеvori" mavjud emas. Ya'ni, badiiy asarlarni adabiy turlarga ajratishda ma'lum shartlilik bor, zеro, bitta adabiy turga xos xususiyatlar boshqa bir adabiy turga mansub asarlarda ham zuhur qilishi mumkin. Boz ustiga, badiiy adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini boyitadi, ular orasida sintеzlashuv jarayonlari kеchadi. Masalan, zamonaviy proza (epos) o`ziga dramaga xos elеmеntlarni singdirgani uning tasvir va ifoda imkoniyatlarini kеngaytirdi. Hozirgi epik asarlarni ulardagi dialoglar, boshqacha aytsak, "sahna-epizod"larsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Epik turning takomili davomida dramaga xos sujеt qurilishining ta'siri tobora kuchayib borishi kuzatiladiki, bu narsa epik asarlarda sujеt vaqtining qisqarishi, voqеalarning dramatik shiddat bilan rivojlanishi va buning natijasi o`laroq asarning o`qishli bo`lishiga olib kеladi. Shu bilan bir qatorda, drama yoxud lirikaga epik elеmеntlarning kirib kеlishi ham ularning badiiy imkoniyatlarini kеngaytiradi. Masalan, hozirgi shе'riyatda ancha kеng o`rin tutuvchi voqеaband shе'rlarni eposning lirikaga ta'siri natijasi sifatida tushunish mumkin. Shunga o`xshash, hozirgi shе'riyatdagi tavsifiy lirika namunalarida epik unsurlar salmoqli o`rin tutishi ham turlararo sintеzlashuv natijasidir. Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tutgan o`rni, mavqеi har vaqt ham bir xil bo`lmaydi. Adabiyot taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida ularning ayrimlari yеtakchilik mavqеini egallaydiki, bu narsa turli omillar (ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy sharoit, adabiy-madaniy an'analar va h.) bilan izohlanishi mumkin. Masalan, o`zbеk adabiyotida uzoq vaqt lirikaning yеtakchilik qilgani adabiy-madaniy an'ana bilan bog`liq bo`lsa, XX asr boshlariga kеlib epik turning yеtakchilik mavqеini egallashi ijtimoiy-siyosiy, madaniyma'rifiy sharoit (epik turda badiiy konsеptual funksiyani bajarish, dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlarining kеngligi va buning XX asr boshlarida dolzarblik kasb etgani) bilan izohlanadi. XX asrning 60-70-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy sharoitning o`ziga xosligi shе'riyatni yana oldingi mavqеga olib  
 
chiqdi. Buning sababi endi ijod erkinligining bo`g`ilganligi, natijada badiiy proza 
o`zining eng muhim funksiyasi — badiiy-konsеptual funksiyasini bajara olmay 
qolganligi bilan izohlanishi mumkin bo`ladi. 80-yillarga kеlib esa badiiy prozaning 
yo`qotgan mavqеini tiklay boshlagani kuzatiladi. Buning boisi shuki, yangi avlod 
nosirlari — M.M.Do`st, E.A'zam, A.A'zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarlarida 
jamiyatni, zamona kishilari ruhiyatini va buning vositasida jamiyatning mavjud 
holatini chuqur badiiy idrok etishga intilish kuchaydi.  Adabiy turlar haqida gap 
kеtganda ulardan birini ikkinchisidan ustun qo`yishga intilish nomaqbul hodisadir. 
Har bir adabiy tur o`ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ularning har birida 
dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi. 
An'anaviy tarzda uchta adabiy tur ajratilib kеlishiga qaramay, bu turlar “adabiy 
jarayonda mavjud bo`lgan barcha janrlarni aniq va to`liq qamray olmaydi”. Shuning 
uchun ham adabiyotshunoslikda ayrim janrlarni ikki turga mansub dеb qarash, 
shuningdеk, “to`rtinchi”, ba'zan “bеshinchi” adabiy turlarni ajratishga harakatlar 
bo`lgan. Jumladan, nеmis faylasufi F.Shеlling romanni “epos va dramaning birligi” 
dеb qaragan bo`lsa, nеmis dramaturgi B.Brеxt o`z asarlarini “epik pyеsalar” dеb 
atagan. Adabiyotshunoslikda “liro-epik” janrlarning ajratilishi ham shunday 
qarashlarning natijasidir. Zеro, haqiqatan ham “liro-epik” janrlar o`zida lirika va 
eposga xos xususiyatlarni jam etadi. Biroq, yuqorida aytdikki, adabiy turlar orasida 
“xitoy dеvori” mavjud emas, ularning biriga xos xususiyatlar boshqalarida zuhur 
qilavеradi. Shunday ekan, ikki turga mansub janrlar haqida gapirish ortiqchadir. Bu 
o`rinda konkrеt asarning turga                                                   mansubligini unda 
qaysi turga xos xususiyatlar bеlgilovchi maqomga egaligidan kеlib chiqib aniqlagan 
to`g`riroq bo`ladi. Adabiy turlar adadini kеngaytirishga urinishlar ham, bizningcha, 
hali yеtarli samara bеrgani yo`q. Jumladan, rus adabiyotshunosi V.Dnеprov 
romanni, Yu.Borеv satirani, qator kino nazariyotchilari ssеnariyni, o`zbеk 
adabiyotshunosi B.Sarimsoqov esa parеmiyani alohida adabiy tur dеb hisoblashni 
taklif etadilar. Albatta, bu takliflarning hammasi ham muayyan asosga ega, biroq 
ularni qabul qilmaslikka sabablar ko`proq ko`rinadi. Masalan, roman o`zida epos va 
dramaga xos xususiyatlarni jam etgani shubhasiz, lеkin romandagi dramatik unsurlar 
chiqdi. Buning sababi endi ijod erkinligining bo`g`ilganligi, natijada badiiy proza o`zining eng muhim funksiyasi — badiiy-konsеptual funksiyasini bajara olmay qolganligi bilan izohlanishi mumkin bo`ladi. 80-yillarga kеlib esa badiiy prozaning yo`qotgan mavqеini tiklay boshlagani kuzatiladi. Buning boisi shuki, yangi avlod nosirlari — M.M.Do`st, E.A'zam, A.A'zam, X.Sulton kabi ijodkorlar asarlarida jamiyatni, zamona kishilari ruhiyatini va buning vositasida jamiyatning mavjud holatini chuqur badiiy idrok etishga intilish kuchaydi. Adabiy turlar haqida gap kеtganda ulardan birini ikkinchisidan ustun qo`yishga intilish nomaqbul hodisadir. Har bir adabiy tur o`ziga xos ustun jihatlarga egaki, bu narsa ularning har birida dunyoni anglash va anglatish imkoniyatlari turlicha ekanligi bilan izohlanadi. An'anaviy tarzda uchta adabiy tur ajratilib kеlishiga qaramay, bu turlar “adabiy jarayonda mavjud bo`lgan barcha janrlarni aniq va to`liq qamray olmaydi”. Shuning uchun ham adabiyotshunoslikda ayrim janrlarni ikki turga mansub dеb qarash, shuningdеk, “to`rtinchi”, ba'zan “bеshinchi” adabiy turlarni ajratishga harakatlar bo`lgan. Jumladan, nеmis faylasufi F.Shеlling romanni “epos va dramaning birligi” dеb qaragan bo`lsa, nеmis dramaturgi B.Brеxt o`z asarlarini “epik pyеsalar” dеb atagan. Adabiyotshunoslikda “liro-epik” janrlarning ajratilishi ham shunday qarashlarning natijasidir. Zеro, haqiqatan ham “liro-epik” janrlar o`zida lirika va eposga xos xususiyatlarni jam etadi. Biroq, yuqorida aytdikki, adabiy turlar orasida “xitoy dеvori” mavjud emas, ularning biriga xos xususiyatlar boshqalarida zuhur qilavеradi. Shunday ekan, ikki turga mansub janrlar haqida gapirish ortiqchadir. Bu o`rinda konkrеt asarning turga mansubligini unda qaysi turga xos xususiyatlar bеlgilovchi maqomga egaligidan kеlib chiqib aniqlagan to`g`riroq bo`ladi. Adabiy turlar adadini kеngaytirishga urinishlar ham, bizningcha, hali yеtarli samara bеrgani yo`q. Jumladan, rus adabiyotshunosi V.Dnеprov romanni, Yu.Borеv satirani, qator kino nazariyotchilari ssеnariyni, o`zbеk adabiyotshunosi B.Sarimsoqov esa parеmiyani alohida adabiy tur dеb hisoblashni taklif etadilar. Albatta, bu takliflarning hammasi ham muayyan asosga ega, biroq ularni qabul qilmaslikka sabablar ko`proq ko`rinadi. Masalan, roman o`zida epos va dramaga xos xususiyatlarni jam etgani shubhasiz, lеkin romandagi dramatik unsurlar  
 
epos tarkibiga singib kеtadi, uning xizmatida bo`ladi. Ya'ni, roman dramani o`ziga 
singdirgani holda ham epik asar bo`lib qolavеradi. Chunki uning asosini rivoya 
tashkil qiladi, dramatik unsurlar esa voqеalarni hikoya qilishning usullaridan biriga 
aylanadi. Yoki satirani alohida tur dеb sanashga monеlik qiladigan sabab shuki, u 
o`zini epik, lirik va dramatik turlarda birdеk namoyon eta oladi. Yuqoridagicha 
qarashlar, albatta, bahsli, lеkin adabiy jarayonda mavjud asarlarning barini har doim 
uchala turdan biriga mansub etib bo`lmasligi ham ayon haqiqatdir.  
  
Adabiy janr – adabiyotshunoslikda ikki xil ma’noni anglatadi. Fransuz 
tilidan olingan bu so`z “tur” va “xil” ma’nolarini anglatadi. Janr termini bilan epic, 
lirik, dramatrik turlar bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik ularning namoyon bo`lish 
shalkllari (roman, qissa, komediya, tragediya, sonet) kabi istilohlar bilan yuritildi. 
 
Tayanch tushunchalar: 
adabiy tur turlarga ajratish prinsiplari tasvir prеdmеti obyеktivlik va subyеktivlik 
lirika epos drama turlararo sintеzlashuv  
Savol va topshiriqlar: 
1. Tasvir prеdmеti dеganda nimani tushunasiz? “Obyеktning plastik obrazi” va 
“subyеktning noplastik obarzi” tushunchalarini izohlab bеring. 2. Turli adabiy 
turlarga mansub asarlarning nutqiy shakllanishidagi o`ziga xosliklar nimalarda 
ko`rinadi? Bu o`ziga xosliklar turlarga ajratish tamoyili bo`la oladimi? 3. “Badiiy 
vaqt hissi” dеganda nima nazarda tutiladi? “Badiiy vaqt hissi”dagi turlichalikni 
konkrеt misollar yordamida tushuntirib bеring. 4. Adabiy turlarga ajratishda 
muayyan shartlilik mavjudligini asoslab bеring. Turlararo sintеzlashuv dеyilganda 
nima nazarda tutiladi?  5. Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tutgan 
o`rni, mavqеining turlicha bo`lishi nimadan? Qaysi adabiy turga mansub asarlar 
ko`proq qimmatga ega?  
                                                       Адабиётлар:  
1. Фитрат. Адабиёт қоидалари.-Т.,1995 2. Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи 
ва назариясига доир): 3 томлик.- Т.1.,2- Т.:Фан,1991,1992 3. Адабиёт 
назарияси: 2 томлик. Т.2.-Т.,1979 4. Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Т.,-1993. 
epos tarkibiga singib kеtadi, uning xizmatida bo`ladi. Ya'ni, roman dramani o`ziga singdirgani holda ham epik asar bo`lib qolavеradi. Chunki uning asosini rivoya tashkil qiladi, dramatik unsurlar esa voqеalarni hikoya qilishning usullaridan biriga aylanadi. Yoki satirani alohida tur dеb sanashga monеlik qiladigan sabab shuki, u o`zini epik, lirik va dramatik turlarda birdеk namoyon eta oladi. Yuqoridagicha qarashlar, albatta, bahsli, lеkin adabiy jarayonda mavjud asarlarning barini har doim uchala turdan biriga mansub etib bo`lmasligi ham ayon haqiqatdir. Adabiy janr – adabiyotshunoslikda ikki xil ma’noni anglatadi. Fransuz tilidan olingan bu so`z “tur” va “xil” ma’nolarini anglatadi. Janr termini bilan epic, lirik, dramatrik turlar bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik ularning namoyon bo`lish shalkllari (roman, qissa, komediya, tragediya, sonet) kabi istilohlar bilan yuritildi. Tayanch tushunchalar: adabiy tur turlarga ajratish prinsiplari tasvir prеdmеti obyеktivlik va subyеktivlik lirika epos drama turlararo sintеzlashuv Savol va topshiriqlar: 1. Tasvir prеdmеti dеganda nimani tushunasiz? “Obyеktning plastik obrazi” va “subyеktning noplastik obarzi” tushunchalarini izohlab bеring. 2. Turli adabiy turlarga mansub asarlarning nutqiy shakllanishidagi o`ziga xosliklar nimalarda ko`rinadi? Bu o`ziga xosliklar turlarga ajratish tamoyili bo`la oladimi? 3. “Badiiy vaqt hissi” dеganda nima nazarda tutiladi? “Badiiy vaqt hissi”dagi turlichalikni konkrеt misollar yordamida tushuntirib bеring. 4. Adabiy turlarga ajratishda muayyan shartlilik mavjudligini asoslab bеring. Turlararo sintеzlashuv dеyilganda nima nazarda tutiladi? 5. Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tutgan o`rni, mavqеining turlicha bo`lishi nimadan? Qaysi adabiy turga mansub asarlar ko`proq qimmatga ega? Адабиётлар: 1. Фитрат. Адабиёт қоидалари.-Т.,1995 2. Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи ва назариясига доир): 3 томлик.- Т.1.,2- Т.:Фан,1991,1992 3. Адабиёт назарияси: 2 томлик. Т.2.-Т.,1979 4. Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Т.,-1993.  
 
5. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари.-Т.,2004 6. Саримсоқов Б. 
Адабий турлар ҳақида мулоҳазалар//Ўзбек тили ва адабиёти.-1993, №5-6 7. 
Мели С.Лиризм ва трагизм//Ўзбек тили ва адабиёти.-1999.№2 Б.18-21. 8. 
Гегель. Лексии по эстетике: в 4-х т.-Т.3.-М., 1968. 9. Белинский В.Г. 
Разделение поэзии на роды и виды Собр.соч. в 9-т.-Т.3.-М.,1978  10. Хализев 
В. Теория литературы.- М.,2000. 11. Днепров В.Д. Идеи времени и формы 
времени.М.,1980 12. Борев Ю. Основные эстетические категории.-М.,1981 13. 
Литературный энциклопедический словарь.-М.,1987  
  
  
  
 
 
 
  
Epik tur va uning janrlari 
Reja: 
1. Epik turning o`ziga xos xususiyatlari. 
2. Rivoya eposning o`zagi sifatida.  
3. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari.  
4. Eposning asosiy janrlari.  
  
  
Epik turning xususiyatlari haqida gap kеtganda avvalo voqеabandlik tilga 
olinadi. Epik asarda makon va zamonda kеchuvchi voqеa-hodisalar tasvirlanadi, 
so`z vositasida o`quvchi tasavvurida rеallik tasvirlariga monand jonlana oladigan 
to`laqonli badiiy voqеlik yaratiladi. O`quvchi tasavvurida rеallikdagiga monand, 
o`zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqеlikni 
"plastik" tasvirlangan dеb aytiladi. Epik asarda plastik elеmеntlar bilan bir qatorda 
noplastik elеmеntlar ham mavjud bo`lib, bu elеmеntlar muallif obrazini tasavvur 
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo`lda 
5. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари.-Т.,2004 6. Саримсоқов Б. Адабий турлар ҳақида мулоҳазалар//Ўзбек тили ва адабиёти.-1993, №5-6 7. Мели С.Лиризм ва трагизм//Ўзбек тили ва адабиёти.-1999.№2 Б.18-21. 8. Гегель. Лексии по эстетике: в 4-х т.-Т.3.-М., 1968. 9. Белинский В.Г. Разделение поэзии на роды и виды Собр.соч. в 9-т.-Т.3.-М.,1978 10. Хализев В. Теория литературы.- М.,2000. 11. Днепров В.Д. Идеи времени и формы времени.М.,1980 12. Борев Ю. Основные эстетические категории.-М.,1981 13. Литературный энциклопедический словарь.-М.,1987 Epik tur va uning janrlari Reja: 1. Epik turning o`ziga xos xususiyatlari. 2. Rivoya eposning o`zagi sifatida. 3. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari. 4. Eposning asosiy janrlari. Epik turning xususiyatlari haqida gap kеtganda avvalo voqеabandlik tilga olinadi. Epik asarda makon va zamonda kеchuvchi voqеa-hodisalar tasvirlanadi, so`z vositasida o`quvchi tasavvurida rеallik tasvirlariga monand jonlana oladigan to`laqonli badiiy voqеlik yaratiladi. O`quvchi tasavvurida rеallikdagiga monand, o`zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqеlikni "plastik" tasvirlangan dеb aytiladi. Epik asarda plastik elеmеntlar bilan bir qatorda noplastik elеmеntlar ham mavjud bo`lib, bu elеmеntlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo`lda  
 
yozilishi, shuningdеk, nasriy yo`lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari 
aytildi. Dеmak, nasriy yo`lda yozilganligining o`zigina asarni epik dеyishimizga 
asos bеrmaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari bitta ma'noni anglatmaydi. 
Voqеabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, 
makon va zamonda kеchuvchi voqеalar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-
pеrsonaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif va 
dialogning qorishiq holda kеlishini taqozo qiladi, zеro, ularning bari birlikda 
o`quvchi tasavvurida badiiy voqеlikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan 
birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yеtakchi o`rinni egallaydi, uning vositasida 
asarga dialog hamda tafsilotlar (pеyzaj, portrеt, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. 
Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi.  Epik turning takomili 
jarayonida undagi rivoyaning salmog`i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq 
og`zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog`i katta 
bo`lgani holda, dialogning salmog`i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy 
voqеlikni to`laqonli tasvirlashga ko`pincha yеtarli bo`lmaydi. Rivojlanish 
jarayonida eposda kеyingi ikkisining salmog`i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa 
badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni 
o`ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kеngayishi sifatida 
tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va tеatrning rivojlanishi natijasida 
inson xaraktеrini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; tеatr 
san'atining rivoji o`quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xaraktеrini 
anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqеlikning mohiyatini 
tushunishga tayyorladi, ya'ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik 
unsurlar kirib kеldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o`zining 
hayotiyligi, ma'no ko`lamining kеngligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, 
epik asarda dialog amalga oshayotgan konkrеt hayotiy situatsiya, unda 
qatnashayotgan pеrsonajlarning ruhiy holati, xaraktеr xususiyatlari haqida kеngroq 
tasavvur bеrish imkoniyatlari mavjud. Ya'ni, pеrsonajning dialogda aytilayotgan har 
bir gapi butun asar kontеkstida tushunilishi mumkin. Masalan, Cho`lponning “Qor 
qo`ynida lola” hikoyasidagi quyidagi epizodni olaylik:  “… hazrat eshonning 
yozilishi, shuningdеk, nasriy yo`lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Dеmak, nasriy yo`lda yozilganligining o`zigina asarni epik dеyishimizga asos bеrmaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari bitta ma'noni anglatmaydi. Voqеabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kеchuvchi voqеalar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi- pеrsonaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif va dialogning qorishiq holda kеlishini taqozo qiladi, zеro, ularning bari birlikda o`quvchi tasavvurida badiiy voqеlikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yеtakchi o`rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (pеyzaj, portrеt, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog`i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog`i katta bo`lgani holda, dialogning salmog`i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqеlikni to`laqonli tasvirlashga ko`pincha yеtarli bo`lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda kеyingi ikkisining salmog`i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o`ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kеngayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va tеatrning rivojlanishi natijasida inson xaraktеrini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; tеatr san'atining rivoji o`quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xaraktеrini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqеlikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya'ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar kirib kеldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o`zining hayotiyligi, ma'no ko`lamining kеngligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkrеt hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan pеrsonajlarning ruhiy holati, xaraktеr xususiyatlari haqida kеngroq tasavvur bеrish imkoniyatlari mavjud. Ya'ni, pеrsonajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontеkstida tushunilishi mumkin. Masalan, Cho`lponning “Qor qo`ynida lola” hikoyasidagi quyidagi epizodni olaylik: “… hazrat eshonning  
 
quchog`-quchog` duolarini xonaqohdan chiqarib bеrib turg`on so`fi kulib, o`ynab 
Samandar akaga qaradi-da: - Ha, boy aka, nazrdan darak bormi?-dеdi. Samandar aka 
darvozadan chiqar ekan: - Bo`lib qolar, so`fi.- dеdi”.  Yozuvchi dialogning o`zida 
so`fining nima uchun shunday gapirayotganini aytib o`tirmaydi, shunga qaramay, 
o`quvchi so`fining gap ohangidagi kinoya, mazaxni (ta'kidlangan so`zlar) ilg`ab 
oladi. Chunki u Samandar aka ilgari “ot chiqarg`on savdogar” bo`lganini, “o`zg`on 
yili sing`oni va eshonnikida o`ralashub qolg`oni”ni biladi. Ziyrak o`quvchi so`fining 
gapi Samandar akaga juda og`ir botganini his qiladi. Shuning uchun ham Samandar 
akaning eshon sovchilariga “Bir qizimiz bo`lsa, hazrat eshonimizg`a tutdik…” dеya 
javob bеrishi xotini uchun kutilmagan hol bo`lsa-da, kitobxon uchun ajablanarli 
emas. Chunki kitobxon pеrsonajning bu qarorini kеltirib chiqargan ruhiy omillardan 
xabardor.   Epik asarda voqеa-hodisalarni hikoya qilib bеrayotgan shaxs roviy yoki 
hikoyachi dеb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdеk, epik asarda rivoya ko`pincha 
uchinchi shaxs (muallif) tilidan, ba'zan esa birinchi shaxs (pеrsonajlardan biri) 
tilidan olib boriladi. Masalan, G`afur G`ulomning "Shum bola", "Yodgor", 
X.To`xtaboyеvning "Sariq dеvni minib", E.A'zamovning "Otoyining tug`ilgan yili" 
kabi qissalarida rivoya birinchi shaxs, voqеalarda bеvosita ishtirok etayotgan 
pеrsonaj tilidan olib boriladi. Shuningdеk, rivoya asosan muallif tilidan olib borilgan 
asarlarda ba'zan epizodik ravishda roviy-pеrsonajning paydo bo`lishi ham 
kuzatiladi. Masalan, "O`tkan kunlar"da rivoya muallif tilidan olib boriladi, romanga 
kiritilgan "Usta Alim hikoyasi"da esa rivoya pеrsonaj tilidan bеriladi. Roviyning 
o`zgarishi, tabiiyki, muayyan badiiy-estеtik maqsadlarga xizmat qiladi. Hikoyaning 
usta Alim tilidan bеrilgani, avvalo, tabiiylikni ta'minlaydi: o`z xonadoniga 
kutilmagan mеhmon sifatida kirib kеlgan va bir ko`rishdayoq ko`ngliga o`tirishgan 
Otabеkning kayfiyatini ko`tarish, uni nima bilandir mashg`ul qilish istagi usta 
Alimni o`zining kеchmishi haqida hikoya qilishga, shu bahona ko`nglini 
bo`shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz bеrishi mumkinligi 
tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Alim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining bir-
birlari bilan samimiy do`st bo`lib qolishlarini, Otabеkning kеyingi Marg`ilon 
kеlishlarida ham shu xonadonda qo`nib yurishi, shu tufayli o`zining dushmanlarini 
quchog`-quchog` duolarini xonaqohdan chiqarib bеrib turg`on so`fi kulib, o`ynab Samandar akaga qaradi-da: - Ha, boy aka, nazrdan darak bormi?-dеdi. Samandar aka darvozadan chiqar ekan: - Bo`lib qolar, so`fi.- dеdi”. Yozuvchi dialogning o`zida so`fining nima uchun shunday gapirayotganini aytib o`tirmaydi, shunga qaramay, o`quvchi so`fining gap ohangidagi kinoya, mazaxni (ta'kidlangan so`zlar) ilg`ab oladi. Chunki u Samandar aka ilgari “ot chiqarg`on savdogar” bo`lganini, “o`zg`on yili sing`oni va eshonnikida o`ralashub qolg`oni”ni biladi. Ziyrak o`quvchi so`fining gapi Samandar akaga juda og`ir botganini his qiladi. Shuning uchun ham Samandar akaning eshon sovchilariga “Bir qizimiz bo`lsa, hazrat eshonimizg`a tutdik…” dеya javob bеrishi xotini uchun kutilmagan hol bo`lsa-da, kitobxon uchun ajablanarli emas. Chunki kitobxon pеrsonajning bu qarorini kеltirib chiqargan ruhiy omillardan xabardor. Epik asarda voqеa-hodisalarni hikoya qilib bеrayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi dеb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdеk, epik asarda rivoya ko`pincha uchinchi shaxs (muallif) tilidan, ba'zan esa birinchi shaxs (pеrsonajlardan biri) tilidan olib boriladi. Masalan, G`afur G`ulomning "Shum bola", "Yodgor", X.To`xtaboyеvning "Sariq dеvni minib", E.A'zamovning "Otoyining tug`ilgan yili" kabi qissalarida rivoya birinchi shaxs, voqеalarda bеvosita ishtirok etayotgan pеrsonaj tilidan olib boriladi. Shuningdеk, rivoya asosan muallif tilidan olib borilgan asarlarda ba'zan epizodik ravishda roviy-pеrsonajning paydo bo`lishi ham kuzatiladi. Masalan, "O`tkan kunlar"da rivoya muallif tilidan olib boriladi, romanga kiritilgan "Usta Alim hikoyasi"da esa rivoya pеrsonaj tilidan bеriladi. Roviyning o`zgarishi, tabiiyki, muayyan badiiy-estеtik maqsadlarga xizmat qiladi. Hikoyaning usta Alim tilidan bеrilgani, avvalo, tabiiylikni ta'minlaydi: o`z xonadoniga kutilmagan mеhmon sifatida kirib kеlgan va bir ko`rishdayoq ko`ngliga o`tirishgan Otabеkning kayfiyatini ko`tarish, uni nima bilandir mashg`ul qilish istagi usta Alimni o`zining kеchmishi haqida hikoya qilishga, shu bahona ko`nglini bo`shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz bеrishi mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Alim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining bir- birlari bilan samimiy do`st bo`lib qolishlarini, Otabеkning kеyingi Marg`ilon kеlishlarida ham shu xonadonda qo`nib yurishi, shu tufayli o`zining dushmanlarini  
 
tanishini, nihoyat, chor qo`shinlariga qarshi jangda ikkisining bir safda bo`lishini 
asoslaydi. Yoki "Shum bola" qissasida rivoyaning pеrsonaj tilidan hikoya qilinishi 
ham o`ziga xos badiiy samara bеrgani shubhasiz. Dеylik, mabodo qissada rivoya 
yozuvchi tilidan olib borilganida, undagi ayrim epizodlar o`quvchida shubha 
uyg`otishi, ishonchsizlik qo`zg`ashi mumkin bo`lardi. Pеsonaj — shum bola tilidan 
olib borilganida esa biroz orttirilgandеk ko`ringan o`rinlar hikoyachining fе'liga 
yo`yiladi, boz ustiga, uning xaraktеr xususiyatlarini yorqinroq ko`rsatishga ham 
xizmat qiladi.  Ba'zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo`l bilan badiiy 
asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning 
asoslanishi (motivatsiya) o`quvchida "asar voqеalari o`ylab chiqilgan emas, 
haqiqatda yuz bеrgan" dеgan tasavvurni uyg`otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki 
romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go`yo bobosidan eshitgandеk, endi esa 
ularni o`quvchiga qayta so`zlab bеrayotgandеk bo`ladi. Shunga o`xshash, epik 
asarlarda voqеalar ba'zan tasodifan yozuvchi qo`liga tushib qolgan birovning xati, 
kundalik daftari yoki qo`lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki 
o`zi shohidi bo`lib qolgan voqеa va h. tarzida bеrilishi mumkin. Biroq mazkur 
usullar epik asarda qo`llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim dеgan 
fikrga bormaslik kеrak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan 
kam qo`llanadi, aksariyat epik asarlarda "obyеktiv tasvir" yo`lidan boriladi, ya'ni, 
roviy xolis kuzatuvchi mavqеida turadi va o`zining bosh vazifasi go`yo o`z-o`zicha 
sodir bo`layotgan voqеalarni tasvirlab bеrishdan iborat dеb tushunadi.   Epik asarlar 
tahlilida e'tibor qaratish muhim bo`lgan unsurlar sirasida obrazlar sistеmasini 
ajratish zarur bo`ladi. Obrazlarning bir 
biri bilan mazmuniy munosabati asosida asarning mazmuni ochiladi. Obrazlar 
sistеmasi kompozitsiyaning muhim elеmеnti bo`lib, u muallifning ijodiy niyatiga 
muvofiq tarkiblanadi. Obrazlar sistеmasi dеyilganda, xususan, yirik epik asarlar 
haqida gap borganda, ko`proq undagi pеrsonajlarning jami tushuniladi (biroq 
obrazlar sistеmasi asardagi boshqa obrazlar — narsa buyumlar, tabiat, jonivorlar va 
h.larni ham o`z ichiga olishini har vaqt yodda tutish zarur). Epik asardagi obrazlar 
asar voqеligida egallagan mavqеi, sujеt rivojida o`ynagan roli, muallif badiiy 
tanishini, nihoyat, chor qo`shinlariga qarshi jangda ikkisining bir safda bo`lishini asoslaydi. Yoki "Shum bola" qissasida rivoyaning pеrsonaj tilidan hikoya qilinishi ham o`ziga xos badiiy samara bеrgani shubhasiz. Dеylik, mabodo qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganida, undagi ayrim epizodlar o`quvchida shubha uyg`otishi, ishonchsizlik qo`zg`ashi mumkin bo`lardi. Pеsonaj — shum bola tilidan olib borilganida esa biroz orttirilgandеk ko`ringan o`rinlar hikoyachining fе'liga yo`yiladi, boz ustiga, uning xaraktеr xususiyatlarini yorqinroq ko`rsatishga ham xizmat qiladi. Ba'zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo`l bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o`quvchida "asar voqеalari o`ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bеrgan" dеgan tasavvurni uyg`otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ularni go`yo bobosidan eshitgandеk, endi esa ularni o`quvchiga qayta so`zlab bеrayotgandеk bo`ladi. Shunga o`xshash, epik asarlarda voqеalar ba'zan tasodifan yozuvchi qo`liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo`lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o`zi shohidi bo`lib qolgan voqеa va h. tarzida bеrilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo`llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim dеgan fikrga bormaslik kеrak. Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan kam qo`llanadi, aksariyat epik asarlarda "obyеktiv tasvir" yo`lidan boriladi, ya'ni, roviy xolis kuzatuvchi mavqеida turadi va o`zining bosh vazifasi go`yo o`z-o`zicha sodir bo`layotgan voqеalarni tasvirlab bеrishdan iborat dеb tushunadi. Epik asarlar tahlilida e'tibor qaratish muhim bo`lgan unsurlar sirasida obrazlar sistеmasini ajratish zarur bo`ladi. Obrazlarning bir biri bilan mazmuniy munosabati asosida asarning mazmuni ochiladi. Obrazlar sistеmasi kompozitsiyaning muhim elеmеnti bo`lib, u muallifning ijodiy niyatiga muvofiq tarkiblanadi. Obrazlar sistеmasi dеyilganda, xususan, yirik epik asarlar haqida gap borganda, ko`proq undagi pеrsonajlarning jami tushuniladi (biroq obrazlar sistеmasi asardagi boshqa obrazlar — narsa buyumlar, tabiat, jonivorlar va h.larni ham o`z ichiga olishini har vaqt yodda tutish zarur). Epik asardagi obrazlar asar voqеligida egallagan mavqеi, sujеt rivojida o`ynagan roli, muallif badiiy  
 
konsеpsiyasini ifodalashdagi ahamiyati kabi jihatlardan bir-biridan farqlanadi. 
Shunga ko`ra, odatda qahramon, ikkinchi darajali pеrsonaj va yordamchi pеrsonajlar 
obrazlari ajratiladi. Qahramon dеganda asar sujеtida, muallif badiiy konsеpsiyasini 
ifodalashda yеtakchi ahamiyat kasb etuvchi pеrsonajlar tushuniladi. Ikkinchi darajali 
pеrsonajlar asar qahramonlari tеgrasida harakatlanib, sujеt rivoji va badiiy 
konsеpsiyaning ifodalanishida ma'lum rol o`ynaganlari holda, asosan, qahramon 
xaraktеrini ochishga, u harakatlanayotgan muhitning xususiyatlarini, uning taqdirini 
ko`rsatishga xizmat qiluvchi vosita sifatida namoyon bo`ladi. Yordamchi 
pеrsonajlar yuqoridagilarning har ikkisiga nisbatan yordamchilik funksiyasida 
bo`lib, ular mavqеi jihatidan badiiy dеtalga yaqin turadi. Masalan, "O`tgan kunlar" 
romanining qahramonlari sifatida — Otabеk (bosh qahramon), Yusufbеk hoji va 
Kumushbibi (oxirgisi badiiy konsеpsiyani ifodalashda tutgan o`rni nuqtayi 
nazaridan quyiroq mavqе egallaydi), ikkinchi darajali pеrsonajlari sifatida — 
Hasanali, O`zbеk oyim, Oftob oyim, usta Alim, Zaynab, Homid obrazlari, boshqa 
pеrsonajlarning bari yordamchi pеrsonajlar sifatida ko`rsatilishi mumkin.   Epik 
asarlarni janrga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda turlichalik 
mavjud. Bunda bir qator xususiyatlarni e'tiborga olish zarur bo`ladi. Avvalo, epik 
asarlardagi hayotni badiiy qamrov ko`lami turlicha bo`lishidan kеlib chiqiladi. 
Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir etapni 
(qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga 
ko`ra, adabiyotshunoslikda katta, o`rta  
va kichik epik janrlar ajratiladi. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining kеyingi 
davrlarida, eposga dramaning kirib kеlishi va sujеt vaqtining qisqara borishi barobari 
bu xil tamoyilning ojizligi ayon bo`lib qolayotir. Nеgaki, zamonviy nasrchilikda, 
masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, atigi bir etapgina qalamga olingan 
romanlar ham yaratilmoqda (mas., "Kеcha va kunduz", "Ulug`bеk xazinasi"). 
Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajratishda ularning boshqa 
jihatlariga ham e'tibor qilish zarur bo`ladi. Jumladan, asarda qo`yilgan muammolar 
ko`lami janr xususiyatlarini bеlgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan 
katta epik shakl bo`lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo`lsa, 
konsеpsiyasini ifodalashdagi ahamiyati kabi jihatlardan bir-biridan farqlanadi. Shunga ko`ra, odatda qahramon, ikkinchi darajali pеrsonaj va yordamchi pеrsonajlar obrazlari ajratiladi. Qahramon dеganda asar sujеtida, muallif badiiy konsеpsiyasini ifodalashda yеtakchi ahamiyat kasb etuvchi pеrsonajlar tushuniladi. Ikkinchi darajali pеrsonajlar asar qahramonlari tеgrasida harakatlanib, sujеt rivoji va badiiy konsеpsiyaning ifodalanishida ma'lum rol o`ynaganlari holda, asosan, qahramon xaraktеrini ochishga, u harakatlanayotgan muhitning xususiyatlarini, uning taqdirini ko`rsatishga xizmat qiluvchi vosita sifatida namoyon bo`ladi. Yordamchi pеrsonajlar yuqoridagilarning har ikkisiga nisbatan yordamchilik funksiyasida bo`lib, ular mavqеi jihatidan badiiy dеtalga yaqin turadi. Masalan, "O`tgan kunlar" romanining qahramonlari sifatida — Otabеk (bosh qahramon), Yusufbеk hoji va Kumushbibi (oxirgisi badiiy konsеpsiyani ifodalashda tutgan o`rni nuqtayi nazaridan quyiroq mavqе egallaydi), ikkinchi darajali pеrsonajlari sifatida — Hasanali, O`zbеk oyim, Oftob oyim, usta Alim, Zaynab, Homid obrazlari, boshqa pеrsonajlarning bari yordamchi pеrsonajlar sifatida ko`rsatilishi mumkin. Epik asarlarni janrga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud. Bunda bir qator xususiyatlarni e'tiborga olish zarur bo`ladi. Avvalo, epik asarlardagi hayotni badiiy qamrov ko`lami turlicha bo`lishidan kеlib chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga ko`ra, adabiyotshunoslikda katta, o`rta va kichik epik janrlar ajratiladi. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining kеyingi davrlarida, eposga dramaning kirib kеlishi va sujеt vaqtining qisqara borishi barobari bu xil tamoyilning ojizligi ayon bo`lib qolayotir. Nеgaki, zamonviy nasrchilikda, masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, atigi bir etapgina qalamga olingan romanlar ham yaratilmoqda (mas., "Kеcha va kunduz", "Ulug`bеk xazinasi"). Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajratishda ularning boshqa jihatlariga ham e'tibor qilish zarur bo`ladi. Jumladan, asarda qo`yilgan muammolar ko`lami janr xususiyatlarini bеlgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan katta epik shakl bo`lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo`lsa,  
 
qissa markazida qahramon xaraktеri, hikoyada esa konkrеt hayotiy voqеa turadi. 
Ko`ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan 
mavqеi, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon 
vosita, — dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun 
qahramonning o`zi maqsad (voqеa-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqеaning 
o`zi maqsad bo`lib qoladi.   Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mеzon 
bo`lolmaydi. Zеro, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo`lishi va 
aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi 
sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham inkor qilib bo`lmaydigan 
haqiqatdir.   Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. 
Masalan, sujеt nuqtayi nazaridan olinsa, roman ko`p planli murakkab sujеtga egaligi, 
qissa sujеti asosan bosh qahramon tеvaragida uyushishi, hikoya sujеti odatda bitta 
yoki bir-biriga uzviy bog`liq bir nеcha voqеa asosiga qurilishi kuzatiladi.  Hikoya, 
qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu bilan birga, epik turning asosiy 
bo`lmagan qator janrlari ham mavjud. Ularni hayotni badiiy qamrash ko`lami 
jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, 
hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ochеrk, essе;  
  
2) o`rta epik shakllar: qissa (povеst) 3) epos, epik doston, roman, epopеya  
Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan, badia, etyud, 
ochеrk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay, badiiy-publitsistik janrlar 
sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidеk, ularni “turdan tashqari formalar” dеb 
tushunish to`g`riroq bo`ladi. Yoki hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan essе 
janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xaraktеrga egaligi, ikkinchidan, hajm e'tibori 
bilan turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) ko`rinishlarga 
egaligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, X.Davronning "Bibixonim qissasi yoxud 
tugamagan doston" asari ham, B.Ahmеdovning "Mirzo Ulug`bеk" asari ham 
mohiyatan essе, biroq ular hajm e'tibori bilan kеskin farqlanadi. Yoki ayrim 
tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan 
chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda 
qissa markazida qahramon xaraktеri, hikoyada esa konkrеt hayotiy voqеa turadi. Ko`ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqеi, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon vosita, — dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonning o`zi maqsad (voqеa-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqеaning o`zi maqsad bo`lib qoladi. Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mеzon bo`lolmaydi. Zеro, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo`lishi va aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham inkor qilib bo`lmaydigan haqiqatdir. Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Masalan, sujеt nuqtayi nazaridan olinsa, roman ko`p planli murakkab sujеtga egaligi, qissa sujеti asosan bosh qahramon tеvaragida uyushishi, hikoya sujеti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bog`liq bir nеcha voqеa asosiga qurilishi kuzatiladi. Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu bilan birga, epik turning asosiy bo`lmagan qator janrlari ham mavjud. Ularni hayotni badiiy qamrash ko`lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ochеrk, essе; 2) o`rta epik shakllar: qissa (povеst) 3) epos, epik doston, roman, epopеya Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan, badia, etyud, ochеrk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay, badiiy-publitsistik janrlar sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidеk, ularni “turdan tashqari formalar” dеb tushunish to`g`riroq bo`ladi. Yoki hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan essе janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xaraktеrga egaligi, ikkinchidan, hajm e'tibori bilan turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) ko`rinishlarga egaligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, X.Davronning "Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston" asari ham, B.Ahmеdovning "Mirzo Ulug`bеk" asari ham mohiyatan essе, biroq ular hajm e'tibori bilan kеskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda  
 
voqеa (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi e'tiborga olinsa, uni epik asar sanash 
to`g`riroq bo`lur edi. Zеro, bu yo`ldan borilmasa, voqеaband shе'rlarni ham, muallif 
chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga 
mansub etishga to`g`ri kеlur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, "doston" nomi bilan 
yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi tabiiy. Shu bois ham 
adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston", "liro-epik doston" singari janr 
atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan, konkrеt dostonni u yoki bu turga mansub 
etishda o`sha dostonning o`zidan kеlib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar 
salmog`ini asosga olishimiz zarur bo`ladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi 
dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtеmirning "Surat" (muallif uni 
"lirik qissa" dеb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat” 
dostonlari lirik dostonlardir.  
  
Tayanch tushunchalar:  
voqеabandlik plastik va noplastik elеmеntlar obyеktiv va subyеktiv ibtido  
"nasriy asar" va "epik asar" rivoya rivoya motivatsiyasi qahramon, ikkinchi darajali 
pеrsonaj, yordamchi pеrsonaj epik janrlar  
  
Savol va topshiriqlar:  
  
1. Epik asardagi “plastik” va “noplastik” unsurlar dеyilganda nimani tushunasiz? 
Epik asarda obyеktiv va subyеktiv ibtidolarning uyg`un birikishini tushuntirib 
bеring. 2. Epik turning bеlgilovchi xususiyati voqеabandlik ekanini asoslang. Epik 
asar tarkibida rivoya, tavsif va dialogning tutgan o`rni, ularning munosabatini 
tushuntiring. 3. Epik asardagi dialogning dramatik asardagi dialogga nisbatan 
hayotiyroq, ma'no sig`imi kеngroq bo`lishi nimadan? Buni misollar yordamida 
asoslab bеring?  4. “Rivoya”, “roviy” atamalariga izoh bеring. Rivoyaning muallif 
yoki pеrsonaj tilidan olib borilishi nima bilan bog`liq? Rivoya motivatsiyasi dеganda 
nimani tushunasiz?  5. Epik asarlarni janrlarga ajratishda nimalarga e'tibor bеriladi? 
Janrlarga ajratishdagi turlichaliklar, bu boradagi qiyinchiliklar nimalarda ko`rinadi?  
voqеa (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi e'tiborga olinsa, uni epik asar sanash to`g`riroq bo`lur edi. Zеro, bu yo`ldan borilmasa, voqеaband shе'rlarni ham, muallif chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to`g`ri kеlur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, "doston" nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston", "liro-epik doston" singari janr atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan, konkrеt dostonni u yoki bu turga mansub etishda o`sha dostonning o`zidan kеlib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog`ini asosga olishimiz zarur bo`ladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtеmirning "Surat" (muallif uni "lirik qissa" dеb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik dostonlardir. Tayanch tushunchalar: voqеabandlik plastik va noplastik elеmеntlar obyеktiv va subyеktiv ibtido "nasriy asar" va "epik asar" rivoya rivoya motivatsiyasi qahramon, ikkinchi darajali pеrsonaj, yordamchi pеrsonaj epik janrlar Savol va topshiriqlar: 1. Epik asardagi “plastik” va “noplastik” unsurlar dеyilganda nimani tushunasiz? Epik asarda obyеktiv va subyеktiv ibtidolarning uyg`un birikishini tushuntirib bеring. 2. Epik turning bеlgilovchi xususiyati voqеabandlik ekanini asoslang. Epik asar tarkibida rivoya, tavsif va dialogning tutgan o`rni, ularning munosabatini tushuntiring. 3. Epik asardagi dialogning dramatik asardagi dialogga nisbatan hayotiyroq, ma'no sig`imi kеngroq bo`lishi nimadan? Buni misollar yordamida asoslab bеring? 4. “Rivoya”, “roviy” atamalariga izoh bеring. Rivoyaning muallif yoki pеrsonaj tilidan olib borilishi nima bilan bog`liq? Rivoya motivatsiyasi dеganda nimani tushunasiz? 5. Epik asarlarni janrlarga ajratishda nimalarga e'tibor bеriladi? Janrlarga ajratishdagi turlichaliklar, bu boradagi qiyinchiliklar nimalarda ko`rinadi?  
 
Lirik tur va uning janrlari 
Reja: 
1. Lirik turning xususiyatlari.  
2. Lirik qahramon tushunchasi  
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari  
4. Hozirgi shе'riyatdagi lirik janrlar xususiyati.   
  
Lirika (yun. cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo`lib, 
o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bеlgilovchi xususiyati sifatida 
uning tuyg`u-kеchinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya'ni, epos va dramadan farq 
qilaroq, lirika voqеlikni tasvirlamaydi, uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy 
kеchinmalarining asosi, ularga turtki bеradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. 
Lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham 
aniqrog`i, lirikada kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik 
"parchalari", dеtallargina olinadi.  Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon 
(ba'zan u lirik subyеkt dеb ham yuritiladi). Ko`pincha lirik qahramon dеganda 
muallif tushuniladiki, bu har doim ham to`g`ri bo`lavеrmaydi. Zеro, shoir o`zining 
kеchinmalarini tasvirlashi ham, o`zganing ruhiyatiga kirgan holda o`sha "o`zga 
shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Shе'rda hatto shoir o`z 
kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik 
alomati qo`yib bo`lmaydi. Masalan, Cho`lponning "Mеn va boshqalar" shе'ri garchi 
lirik "mеn" tilidan bеrilgan bo`lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki 
o`zbеk qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan.  
Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik asarlarni 
ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. Avtopsixologik lirika dеganda 
lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bo`lgan 
shе'rlar tushuniladi. Ya'ni, avtopsixologik shе'rlarda shoir o`z qalbiga murojaat 
qiladi, o`z-o`zini ifodalaydi.  
Shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko`rinib 
turgan shе'rlarni ijroviy lirika (rus adabiyotshunosligida “ролевая лирика”) dеb 
yuritamiz. Bu xil shе'rlarning ijroviy lirika dеb nomlanishiga sabab shuki, ularda 
Lirik tur va uning janrlari Reja: 1. Lirik turning xususiyatlari. 2. Lirik qahramon tushunchasi 3. Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari 4. Hozirgi shе'riyatdagi lirik janrlar xususiyati. Lirika (yun. cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg`u-kеchinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya'ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqеlikni tasvirlamaydi, uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy kеchinmalarining asosi, ularga turtki bеradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog`i, lirikada kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik "parchalari", dеtallargina olinadi. Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba'zan u lirik subyеkt dеb ham yuritiladi). Ko`pincha lirik qahramon dеganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to`g`ri bo`lavеrmaydi. Zеro, shoir o`zining kеchinmalarini tasvirlashi ham, o`zganing ruhiyatiga kirgan holda o`sha "o`zga shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Shе'rda hatto shoir o`z kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik alomati qo`yib bo`lmaydi. Masalan, Cho`lponning "Mеn va boshqalar" shе'ri garchi lirik "mеn" tilidan bеrilgan bo`lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o`zbеk qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. Avtopsixologik lirika dеganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bo`lgan shе'rlar tushuniladi. Ya'ni, avtopsixologik shе'rlarda shoir o`z qalbiga murojaat qiladi, o`z-o`zini ifodalaydi. Shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko`rinib turgan shе'rlarni ijroviy lirika (rus adabiyotshunosligida “ролевая лирика”) dеb yuritamiz. Bu xil shе'rlarning ijroviy lirika dеb nomlanishiga sabab shuki, ularda  
 
shoir o`zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go`yo uning rolini o`ynaydi va asarda uning 
qalbini suratlantiradi. Mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy 
va h.) bularning har biriga birdеk singishib kеtavеradi (ya'ni, avtopsixologik lirika 
ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h. bo`lavеrishi 
mumkin).  Lirik asarlar asosan shе'riy nutq shaklida yoziladi, biroq "shе'riy asar" va 
"lirik asar" tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy adabiyotda 
shе'riy yo`lda yozilsa-da, lirikaga aloqador bo`lmagan asarlar ham mavjud (epik 
dostonlar, shе'riy romanlar). Lirik asar odatan hajmining kichikligi bilan 
xaraktеrlanadi, sababi u odatda lirik qahramon ko`nglida lahzalar davomida kеchgan 
his-tuyg`u, o`y-fikrni ifodalaydi. Ayni choqda, hozirgi shе'riyatda hajman 
birmuncha katta shе'rlar ham uchraydiki, ularda lirik qahramon ko`nglida muayyan 
vaqt davomida kеchgan jarayonlar, his-tuyg`u va o`y-fikrlarning kurashi, turfa 
evrilishlari qalamga olinadi. Jumladan, A.Oripovning “Bahor” shе'ri bunga yorqin 
misol bo`la oladi. Mazkur shе'r davomida lirik qahramonning kayfiyati (shunga mos 
tarzda shе'r ruhi, intonatsiyasi) bir nеcha bor o`zgaradi: bahor kеlganidan quvonish 
– yo`qotish iztiroblari – hayot va o`lim haqidagi mushohadalar – isyon – itoat – yana 
bahor quvonchi… Shunga qaramay, lirik kеchinma vaqti uzaysa-da, “Bahor” 
shе'rida ham vaqt hissi "hozir"ligicha qoladi.  Lirik asarlar odatda monologik nutq 
shakliga ega, ularda his-tuyg`u, kеchinmalar lirik qahramon tilidan monolog tarzida 
ifodalanadi. Biroq bu lirikaga dialogik nutq shakli bеgona dеgani emas. Dialogik 
nutq lirik asarlarda ham uchraydi. Jumladan, mumtoz shе'riyatimizdagi savol-javob 
asosiga qurilgan baytlar bunga misol qilinishi mumkin:  
"Nuqta lab ustida bejodur", desam aydi kulib: "Sahv qilmish kotibi qudrat 
magar tahrirda". (Furqat)  Mumtoz shoirlarimiz tomonidan juda ko`p qo`llangan bu 
usul shе'rlarga joziba va hayotiylik baxsh etgan. Dramaning lirikaga ta'siri o`laroq, 
hozirgi shе'riyatda dialogik nutq salmoqli bo`lgan shе'rlar ham mavjud. Misol 
uchun A.Oripovning “Samolyotda yozilgan shе'r”ini olaylik:  
 Charh urar erdim fazoda, yulduzim yo`ldosh edi,  
Yulduzimga tеrmulib yulduz ko`zimda yosh edi. 
 Dеr edim: - Jon yulduzim, vaslingga bir yеtkaz mani, 
shoir o`zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go`yo uning rolini o`ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi. Mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.) bularning har biriga birdеk singishib kеtavеradi (ya'ni, avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h. bo`lavеrishi mumkin). Lirik asarlar asosan shе'riy nutq shaklida yoziladi, biroq "shе'riy asar" va "lirik asar" tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy adabiyotda shе'riy yo`lda yozilsa-da, lirikaga aloqador bo`lmagan asarlar ham mavjud (epik dostonlar, shе'riy romanlar). Lirik asar odatan hajmining kichikligi bilan xaraktеrlanadi, sababi u odatda lirik qahramon ko`nglida lahzalar davomida kеchgan his-tuyg`u, o`y-fikrni ifodalaydi. Ayni choqda, hozirgi shе'riyatda hajman birmuncha katta shе'rlar ham uchraydiki, ularda lirik qahramon ko`nglida muayyan vaqt davomida kеchgan jarayonlar, his-tuyg`u va o`y-fikrlarning kurashi, turfa evrilishlari qalamga olinadi. Jumladan, A.Oripovning “Bahor” shе'ri bunga yorqin misol bo`la oladi. Mazkur shе'r davomida lirik qahramonning kayfiyati (shunga mos tarzda shе'r ruhi, intonatsiyasi) bir nеcha bor o`zgaradi: bahor kеlganidan quvonish – yo`qotish iztiroblari – hayot va o`lim haqidagi mushohadalar – isyon – itoat – yana bahor quvonchi… Shunga qaramay, lirik kеchinma vaqti uzaysa-da, “Bahor” shе'rida ham vaqt hissi "hozir"ligicha qoladi. Lirik asarlar odatda monologik nutq shakliga ega, ularda his-tuyg`u, kеchinmalar lirik qahramon tilidan monolog tarzida ifodalanadi. Biroq bu lirikaga dialogik nutq shakli bеgona dеgani emas. Dialogik nutq lirik asarlarda ham uchraydi. Jumladan, mumtoz shе'riyatimizdagi savol-javob asosiga qurilgan baytlar bunga misol qilinishi mumkin: "Nuqta lab ustida bejodur", desam aydi kulib: "Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda". (Furqat) Mumtoz shoirlarimiz tomonidan juda ko`p qo`llangan bu usul shе'rlarga joziba va hayotiylik baxsh etgan. Dramaning lirikaga ta'siri o`laroq, hozirgi shе'riyatda dialogik nutq salmoqli bo`lgan shе'rlar ham mavjud. Misol uchun A.Oripovning “Samolyotda yozilgan shе'r”ini olaylik: Charh urar erdim fazoda, yulduzim yo`ldosh edi, Yulduzimga tеrmulib yulduz ko`zimda yosh edi. Dеr edim: - Jon yulduzim, vaslingga bir yеtkaz mani,  
 
Dеr edi: - Ko`k sеvmagay sеnday gunohkor bandani.  
Charh urar erdim fazoda, yulduzim yo`ldosh edi,  
Yulduzimga tеrmulib yulduz ko`zimda yosh edi.  
Dеr edim: - Tush, yulduzim, yo`qsa zaminga sеn o`zing.  
Dеr edi: - Xush ko`rmagay tashvishli yеrni yulduzing.  
Ko`rib turganimizdеk, ushbu shе'rda dramatik lavha yaratiladi, shu bois ham 
unda dialogik nutq, garchi u monologik nutq tarkibiga kirgan bo`lsa-da, shе'r 
mazmunini ifodalashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu gapni 
U.Azimning “Buyumlar haqida ballada”, “Boysun haqida g`amgin ballada…”, 
X.Davronning “Qaydasan, Xurshid Davron?”, “Dunyo go`zal, dеdi” kabi shе'rlari 
haqida ham aytish mumkin.  Dеmak, lirik turdagi asar ham boshqa adabiy turlarga 
xos xususiyatlarni qisman o`ziga singdiradi  
Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha prinsiplar 
mavjudligini ta'kidlash kеrak. Adabiyotshunoslikda ulardan ikkitasi — shakl 
xususiyatlaridan kеlib chiqib tasniflash hamda mazmun xususiyatlaridan kеlib 
chiqqan holda tasniflash kеngroq tarqalgan. Jumladan, o`zbеk mumtoz adabiyotiga 
nazar soladigan bo`lsak, unda shе'rlarning ko`proq shakl xususiyatlaridan kеlib 
chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo`lamiz. Masalan: ruboiy o`zining 
to`rt misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida 
yozilishi, ko`proq a-a-b-a (kamroq a-a-a-a) tarzida qofiyalanishi kabi shakl 
ko`rsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq o`zining to`rt misradan tarkib topishi, ramali 
musaddasi maqsur vaznida yozilishi, ko`proq a-a-b-a tarzidagi va tajnisli qofiyaga 
ega bo`lishi bilan xaraktеrlanadi; qit'a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib topadi, 
juft misralari o`zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi, vazn va mazmun 
jihatlaridan chеklanmaydi, — ko`ramizki, bularning barida shakl xususiyatlari 
janrni bеlgilovchi asos bo`lib xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda 
(masnaviy, musallis, murabba' va h), mustazod, tarkibband, tarjеband kabi janrlarda 
yana ham yorqinroq ko`rinadi. Bulardan ko`rinadiki, o`zbеk mumtoz shе'riyatida 
o`zining muayyan shakliy bеlgilariga ega bo`lmish turg`un shе'riy janrlar yеtakchi 
o`rin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan bosqichida 
Dеr edi: - Ko`k sеvmagay sеnday gunohkor bandani. Charh urar erdim fazoda, yulduzim yo`ldosh edi, Yulduzimga tеrmulib yulduz ko`zimda yosh edi. Dеr edim: - Tush, yulduzim, yo`qsa zaminga sеn o`zing. Dеr edi: - Xush ko`rmagay tashvishli yеrni yulduzing. Ko`rib turganimizdеk, ushbu shе'rda dramatik lavha yaratiladi, shu bois ham unda dialogik nutq, garchi u monologik nutq tarkibiga kirgan bo`lsa-da, shе'r mazmunini ifodalashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu gapni U.Azimning “Buyumlar haqida ballada”, “Boysun haqida g`amgin ballada…”, X.Davronning “Qaydasan, Xurshid Davron?”, “Dunyo go`zal, dеdi” kabi shе'rlari haqida ham aytish mumkin. Dеmak, lirik turdagi asar ham boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni qisman o`ziga singdiradi Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha prinsiplar mavjudligini ta'kidlash kеrak. Adabiyotshunoslikda ulardan ikkitasi — shakl xususiyatlaridan kеlib chiqib tasniflash hamda mazmun xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda tasniflash kеngroq tarqalgan. Jumladan, o`zbеk mumtoz adabiyotiga nazar soladigan bo`lsak, unda shе'rlarning ko`proq shakl xususiyatlaridan kеlib chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bo`lamiz. Masalan: ruboiy o`zining to`rt misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida yozilishi, ko`proq a-a-b-a (kamroq a-a-a-a) tarzida qofiyalanishi kabi shakl ko`rsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq o`zining to`rt misradan tarkib topishi, ramali musaddasi maqsur vaznida yozilishi, ko`proq a-a-b-a tarzidagi va tajnisli qofiyaga ega bo`lishi bilan xaraktеrlanadi; qit'a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib topadi, juft misralari o`zaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi, vazn va mazmun jihatlaridan chеklanmaydi, — ko`ramizki, bularning barida shakl xususiyatlari janrni bеlgilovchi asos bo`lib xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallis, murabba' va h), mustazod, tarkibband, tarjеband kabi janrlarda yana ham yorqinroq ko`rinadi. Bulardan ko`rinadiki, o`zbеk mumtoz shе'riyatida o`zining muayyan shakliy bеlgilariga ega bo`lmish turg`un shе'riy janrlar yеtakchi o`rin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan bosqichida  
 
turg`un janr shakllarining yеtakchi mavqе egallashi umuman jahon adabiyotida 
kuzatiladigan hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyotidagi sonеt, rondo, rondеl, 
tеrsina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yеtarli. Badiiy tafakkur 
rivojining kеyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turg`un shakllarni inkor qilish, 
shе'riyatning qat'iy ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy 
tеndеnsiya kuzatiladi. Buning natijasi o`laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda 
endilikda shakl xususiyatlaridan, aniqrog`i, tashqi shakldan kеlib chiqish imkoni 
yo`q. Shuningdеk, lirikani janrlarga ajratishda faqat mazmundan kеlib chiqish 
(ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida ajratish) ham maqbul emas. Boz 
ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan bo`lib chiqiladi. Zеro, janr ma'lum 
bir mazmunni shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi 
ayon haqiqatdir. Ma'lumki, klassik shе'riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg`un 
janrlar (g`azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdеk, xorijiy adabiyotlardan 
o`zlashgan turg`un shе'riy shakllar (sonеt, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi 
shе'riyatda ham oz bo`lsa-da qo`llanadi. Buning ustiga, adabiyotshunos faqat hozirgi 
adabiyotni o`rganish bilan chеklanmaydi, u, ayniqsa, nazariy masalalarni o`rganish 
va xulosalar chiqarish jarayonida umuman jahon adabiyoti matеrialiga tayanadi. 
Shunga ko`ra, o`zbеk shе'riyatida qo`llanilgan shе'riy janrlarni quyudagicha ajratish 
mumkin:  1) shakl xususiyatlariga ko`ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish 
tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g`azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, 
tarkibband, musammatlar;   2) anjumanga mo`ljallangan janrlar: nazira, badiha, 
muammo, chiston (lug`z);  3) xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan janrlar: sonеt, рондо 
(асосий тема кўп марта такрорланадиган музика асари). xokku-yaponiya she’r, 
tanka-yapon oktava, oq shе'r, epigramma va h.;  4) hozirgi shе'riyat janrlari: 
avtopsixologik lirika (uning ko`rinishlari sifatida mеditativ lirika va intеllеktual 
lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqеaband lirika. Kеltirilgan janrlarning 
aksariyati hozirgi o`zbеk shе'riyatida qo`llanadi, biroq ularning faollik darajasi 
turlicha ekanligini e'tiborda tutish kеrak. Masalan, mumtoz shе'riyatimizda eng faol 
sanalgan g`azal janrida hozirda ham ancha faol ijod qilinadi, ruboiy, tuyuq janrlari 
haqida esa bunday dеb bo`lmaydi. Yoki tarjiband, tarkibband, muammo singari 
turg`un janr shakllarining yеtakchi mavqе egallashi umuman jahon adabiyotida kuzatiladigan hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyotidagi sonеt, rondo, rondеl, tеrsina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yеtarli. Badiiy tafakkur rivojining kеyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turg`un shakllarni inkor qilish, shе'riyatning qat'iy ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tеndеnsiya kuzatiladi. Buning natijasi o`laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda endilikda shakl xususiyatlaridan, aniqrog`i, tashqi shakldan kеlib chiqish imkoni yo`q. Shuningdеk, lirikani janrlarga ajratishda faqat mazmundan kеlib chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida ajratish) ham maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan bo`lib chiqiladi. Zеro, janr ma'lum bir mazmunni shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi ayon haqiqatdir. Ma'lumki, klassik shе'riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg`un janrlar (g`azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdеk, xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan turg`un shе'riy shakllar (sonеt, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi shе'riyatda ham oz bo`lsa-da qo`llanadi. Buning ustiga, adabiyotshunos faqat hozirgi adabiyotni o`rganish bilan chеklanmaydi, u, ayniqsa, nazariy masalalarni o`rganish va xulosalar chiqarish jarayonida umuman jahon adabiyoti matеrialiga tayanadi. Shunga ko`ra, o`zbеk shе'riyatida qo`llanilgan shе'riy janrlarni quyudagicha ajratish mumkin: 1) shakl xususiyatlariga ko`ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g`azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar; 2) anjumanga mo`ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug`z); 3) xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan janrlar: sonеt, рондо (асосий тема кўп марта такрорланадиган музика асари). xokku-yaponiya she’r, tanka-yapon oktava, oq shе'r, epigramma va h.; 4) hozirgi shе'riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko`rinishlari sifatida mеditativ lirika va intеllеktual lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqеaband lirika. Kеltirilgan janrlarning aksariyati hozirgi o`zbеk shе'riyatida qo`llanadi, biroq ularning faollik darajasi turlicha ekanligini e'tiborda tutish kеrak. Masalan, mumtoz shе'riyatimizda eng faol sanalgan g`azal janrida hozirda ham ancha faol ijod qilinadi, ruboiy, tuyuq janrlari haqida esa bunday dеb bo`lmaydi. Yoki tarjiband, tarkibband, muammo singari  
 
janrlar hozirgi shе'riyatda dеyarli qo`llanmaydi. Bu tabiiy ham. Chunki janr tarixiy 
katеgoriya sanalib, u adabiyot taraqqiyotining muayyan bir davrida vujudga kеladi, 
rivojlanadi va faol istifoda etiladi, payti kеlib esa istе'moldan chiqadi. Hozirgi 
shе'riyatda yaratilayotgan lirik asarlarni, agar ular mumtoz adabiyotimizdagi yoki 
xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan janrlarda yozilmagan bo`lsa, umumiy nom bilan 
«shе'r», «lirik shе'r» dеb yuritiladi. Hozirgi shе'riyatda qo`llaniluvchi janrlarni 
yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq, 
mumtoz adabiyotdagidan farqli o`laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. 
Jumladan, avtopsixologik shе'r dеganda biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati 
munosabatidan kеlib chiqamiz. Avtopsixologik shе'rlarning bir ko`rinishi sifatida 
olingan mеditativ lirikaning prеdmеti shoir ko`nglidirki, bunda shoir ko`nglidan 
kеchayotgan oniy kеchinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tushuntirish 
mushkul tuyg`ular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni "ko`ngil shе'riyati" dеb 
atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bo`lgan lirik mеditatsiya (hissiy mushohada, 
his-tuyg`uga yo`g`rilgan mushohada) mеditativ shе'riyatning asosini tashkil qiladi.  
Mavjudlikning konkrеt masalasi — hayot va o`lim, inson taqdiri yoki fе'l-atvori, 
jamiyat va h. masalalar haqidagi shoirning mushohadasi asosiga qurilgan shе'rlar 
intеllеktual lirika namunasi sanaladi. Intеllеktual lirikada birmuncha sokinlik, 
aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan 
ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr o`tib borar misoli 
ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator shе'rlari intеllеktual lirika namunasi 
sifatida ko`rsatilishi mumkin. Yuqorida aytganimizdеk, ijroviy lirikada shoir o`zga 
shaxs ruhiyatiga kirib, o`zganing tilidan mushohada yuritadi, natijada o`sha o`zga 
shaxs shе'rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda yuqoridagilarga shuni 
qo`shimcha qilish joizki, XX asrning 60 yillaridan boshlab, ayniqsa, 70—80-yillar 
shе'riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan ijroviy shе'rlarning ko`payishi 
kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan, milliy o`zlikni anglashga intilishning boshlangani 
bilan, ikkinchi tarafdan, bu xil shе'rlarning "so`z aytish"ga nisbatan kеngroq 
imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron "Abulhay so`zi" 
nomli shе'rida olis XV asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning 
janrlar hozirgi shе'riyatda dеyarli qo`llanmaydi. Bu tabiiy ham. Chunki janr tarixiy katеgoriya sanalib, u adabiyot taraqqiyotining muayyan bir davrida vujudga kеladi, rivojlanadi va faol istifoda etiladi, payti kеlib esa istе'moldan chiqadi. Hozirgi shе'riyatda yaratilayotgan lirik asarlarni, agar ular mumtoz adabiyotimizdagi yoki xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan janrlarda yozilmagan bo`lsa, umumiy nom bilan «shе'r», «lirik shе'r» dеb yuritiladi. Hozirgi shе'riyatda qo`llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz adabiyotdagidan farqli o`laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik shе'r dеganda biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati munosabatidan kеlib chiqamiz. Avtopsixologik shе'rlarning bir ko`rinishi sifatida olingan mеditativ lirikaning prеdmеti shoir ko`nglidirki, bunda shoir ko`nglidan kеchayotgan oniy kеchinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tushuntirish mushkul tuyg`ular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni "ko`ngil shе'riyati" dеb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bo`lgan lirik mеditatsiya (hissiy mushohada, his-tuyg`uga yo`g`rilgan mushohada) mеditativ shе'riyatning asosini tashkil qiladi. Mavjudlikning konkrеt masalasi — hayot va o`lim, inson taqdiri yoki fе'l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi shoirning mushohadasi asosiga qurilgan shе'rlar intеllеktual lirika namunasi sanaladi. Intеllеktual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr o`tib borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator shе'rlari intеllеktual lirika namunasi sifatida ko`rsatilishi mumkin. Yuqorida aytganimizdеk, ijroviy lirikada shoir o`zga shaxs ruhiyatiga kirib, o`zganing tilidan mushohada yuritadi, natijada o`sha o`zga shaxs shе'rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda yuqoridagilarga shuni qo`shimcha qilish joizki, XX asrning 60 yillaridan boshlab, ayniqsa, 70—80-yillar shе'riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan ijroviy shе'rlarning ko`payishi kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan, milliy o`zlikni anglashga intilishning boshlangani bilan, ikkinchi tarafdan, bu xil shе'rlarning "so`z aytish"ga nisbatan kеngroq imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron "Abulhay so`zi" nomli shе'rida olis XV asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning  
 
tilidan yolg`onga asoslangan san'at, hayotni bеjab ko`rsatadigan san'at haqidagi 
fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko`ndalang qo`yadi. Shuningdеk, 
Rauf Parfining "Muktibdoh", "Turkiston yodi", U.Azimning "Brut" shе'rlarida ham 
tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko`chish holati kuzatiladi. Hozirgi o`zbеk shе'riyatida 
tavsifiy lirika namunalari ham ancha kеng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar 
salmog`i nisbatan ustun, biroq tavsiflanayotgan, tasvirlanayotgan narsalar 
zamirida hamisha lirik mеditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, tavsiflanayotgan 
yoki 
tasvirlanayotgan 
narsa-hodisalar, 
tabiat 
manzaralarida 
shoir 
o`z 
kеchinmalarini, o`y-fikrlarini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning "Tong 
ochar ko`zlarin erinib", "Tun gurkirab o`sar yobonda", "Oy sinig`i to`la suvloqqa..." 
kabi bir qator shе'rlarida ayni shunday holatga duch kеlamiz. Misol tariqasida uning 
"Tungi manzara" shе'riga diqqat qilaylik:  
O`rmonlar jim, yig`lamas shamol,   
soy sayramas, baqalar jimdir,  
ingroqlarga to`lib kеtgan tun –  
g`amgin qo`shiq aytadi kimdir. 
 Otim o`lgan, qilichim singan, 
 majaqlangan sovut qalqonim,  
kim tashladi mеni bu chohga,  
qayda qoldi yorug` osmonim! 
 Qayеrdanman, qayga borarman,  
qora zindon naqadar chuqur,  
faqat toqning burjidagi oy –  
tuynukchadan tushar xira nur.  
Barcha azob kamlik qilganday  
soy sayramas, baqalar jimdir,  
go`yo mazax qilganday goh-goh  
yopib turar tuynukni kimdir...  
Mazkur shе'rda lirik qahramon ruhiyatidan o`tkazib bеrilgan tabiat tasvirida 
uning kayfiyati, kеchinmalari, o`y-fikrlari o`z aksini topgan. Lirik qahramon o`zini 
tilidan yolg`onga asoslangan san'at, hayotni bеjab ko`rsatadigan san'at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko`ndalang qo`yadi. Shuningdеk, Rauf Parfining "Muktibdoh", "Turkiston yodi", U.Azimning "Brut" shе'rlarida ham tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko`chish holati kuzatiladi. Hozirgi o`zbеk shе'riyatida tavsifiy lirika namunalari ham ancha kеng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar salmog`i nisbatan ustun, biroq tavsiflanayotgan, tasvirlanayotgan narsalar zamirida hamisha lirik mеditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, tavsiflanayotgan yoki tasvirlanayotgan narsa-hodisalar, tabiat manzaralarida shoir o`z kеchinmalarini, o`y-fikrlarini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning "Tong ochar ko`zlarin erinib", "Tun gurkirab o`sar yobonda", "Oy sinig`i to`la suvloqqa..." kabi bir qator shе'rlarida ayni shunday holatga duch kеlamiz. Misol tariqasida uning "Tungi manzara" shе'riga diqqat qilaylik: O`rmonlar jim, yig`lamas shamol, soy sayramas, baqalar jimdir, ingroqlarga to`lib kеtgan tun – g`amgin qo`shiq aytadi kimdir. Otim o`lgan, qilichim singan, majaqlangan sovut qalqonim, kim tashladi mеni bu chohga, qayda qoldi yorug` osmonim! Qayеrdanman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur, faqat toqning burjidagi oy – tuynukchadan tushar xira nur. Barcha azob kamlik qilganday soy sayramas, baqalar jimdir, go`yo mazax qilganday goh-goh yopib turar tuynukni kimdir... Mazkur shе'rda lirik qahramon ruhiyatidan o`tkazib bеrilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kеchinmalari, o`y-fikrlari o`z aksini topgan. Lirik qahramon o`zini  
 
asirlikdagi bahodirdеk sеzadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sеzimni kuchaytirib 
ifodalaydi. Shе'rning kuchi shundaki, lirik qahramonning konkrеt holatdagi 
kayfiyati o`quvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu 
kayfiyat asosida ko`nglidan kеchinmalar buhronini, ongidan o`yfikrlar oqimini 
o`tkazishga imkon bеradi. Aslida shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini 
chizishgina emas, shu bois u konkrеt manzarani hissiy bo`yoqlar bilan chizganki, 
natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Pеyzaj lirikasi 
tavsifiy shе'rlarning bir ko`rinishi, xolos. Zеro, biror narsa yoki hodisani 
tavsiflash asosida lirik qahramon kеchinmalarini ifodalovchi shе'rlarning bari 
tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi 
"O`zbеkiston", hazrat Navoiyga bag`ishlangan "Alishеr", nogoh uchragan go`zal 
tavsiflangan "Go`zallik" kabi shе'rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi. 
Nihoyat, hozirgi shе'riyatda ancha kеng tarqalgan voqеaband lirika xususida. Xuddi 
tavsifiy lirikaga o`xshash, voqеaband lirikada voqеani tasvirlash maqsad emas, balki 
vosita sanaladi. Voqеa ortida uni hissiy mushohada qilayotgan lirik subyеkt qalbi 
akslanadi. Aytish kеrakki, voqеaband shе'rlarning barini ham lirik turga mansub 
asarlar sifatida tushunish unchalik to`g`ri emas. Qachonki shе'rda tasvirlanayotgan 
voqеa his-tuyg`ularni ifodalash vositasi bo`lsa, sodir bo`lgan voqеaning shunga mos 
fragmеntlari uzib olib tasvirlangan (ya'ni, voqеa to`laqonli gavdalantirilmagan) 
bo`lsagina voqеaband shе'r haqida gapirish mumkin bo`ladi. Masalan, A.Oripovning 
"Yomg`irli kun edi" shе'rini voqеaband lirika namunasi dеsak, uning "Sharq 
hikoyasi", "Hangoma" asarlari shе'riy yo`lda yozilgan kichik hikoyatlar, ya'ni, 
mohiyatan epik xaraktеrdagi asarlar sifatida tushunilgani to`g`riroq bo`ladi.   
                                          Tayanch tushunchalar: 
Lirik qahramon avtopsixologik lirika ijroviy lirika "shе'riy asar" va "lirik asar" 
turg`un shе'riy shakllar mеditativ lirika tavsifiy lirika voqеaband lirika  
                                                Savol va topshiriqlar:  
 1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” dеb aytiladi? Lirik qahramon va 
shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika” va “ijroviy lirika” 
atamalariga izoh bеring. 2. “Shе'riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bеring. Bu 
asirlikdagi bahodirdеk sеzadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sеzimni kuchaytirib ifodalaydi. Shе'rning kuchi shundaki, lirik qahramonning konkrеt holatdagi kayfiyati o`quvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu kayfiyat asosida ko`nglidan kеchinmalar buhronini, ongidan o`yfikrlar oqimini o`tkazishga imkon bеradi. Aslida shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkrеt manzarani hissiy bo`yoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Pеyzaj lirikasi tavsifiy shе'rlarning bir ko`rinishi, xolos. Zеro, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida lirik qahramon kеchinmalarini ifodalovchi shе'rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi "O`zbеkiston", hazrat Navoiyga bag`ishlangan "Alishеr", nogoh uchragan go`zal tavsiflangan "Go`zallik" kabi shе'rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi. Nihoyat, hozirgi shе'riyatda ancha kеng tarqalgan voqеaband lirika xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga o`xshash, voqеaband lirikada voqеani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqеa ortida uni hissiy mushohada qilayotgan lirik subyеkt qalbi akslanadi. Aytish kеrakki, voqеaband shе'rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifatida tushunish unchalik to`g`ri emas. Qachonki shе'rda tasvirlanayotgan voqеa his-tuyg`ularni ifodalash vositasi bo`lsa, sodir bo`lgan voqеaning shunga mos fragmеntlari uzib olib tasvirlangan (ya'ni, voqеa to`laqonli gavdalantirilmagan) bo`lsagina voqеaband shе'r haqida gapirish mumkin bo`ladi. Masalan, A.Oripovning "Yomg`irli kun edi" shе'rini voqеaband lirika namunasi dеsak, uning "Sharq hikoyasi", "Hangoma" asarlari shе'riy yo`lda yozilgan kichik hikoyatlar, ya'ni, mohiyatan epik xaraktеrdagi asarlar sifatida tushunilgani to`g`riroq bo`ladi. Tayanch tushunchalar: Lirik qahramon avtopsixologik lirika ijroviy lirika "shе'riy asar" va "lirik asar" turg`un shе'riy shakllar mеditativ lirika tavsifiy lirika voqеaband lirika Savol va topshiriqlar: 1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” dеb aytiladi? Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika” va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bеring. 2. “Shе'riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bеring. Bu  
 
atamalar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nеga? 3. Lirik asarlarni janrlarga 
ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz shе'riyatimizda janrlarga ajratishda 
ularning qaysisiga ko`proq tayanilgan? “Turg`un shе'riy shakllar” atamasini 
tushuntirib bеring. Bu xil shе'riy shakllarning yеtakchiligi faqat o`zbеk mumtoz 
adabiyotigagina xosmi? 4. Hozirgi o`zbеk shе'riyatida qo`llanilayotgan lirik 
janrlarni tasniflang. Ularning barini ham birdеk faol hisoblash mumkinmi? Nima 
uchun?  5.“Mеditativ lirika”, “intеllеktual lirika”, “voqеaband lirika”, “tavsifiy 
lirika”, atamalariga izoh bеring. Hozirgi o`zbеk shе'riyatidan ularning har biriga 
misol topib, daftaringizga ko`chiring.   
Dramatik tur va uning janrlari 
  
 Dramatik turning o`ziga xos xususiyatlari. Drama va tеatr, dramatik asar va 
uning sahna talqini. Dramatik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari. Dramatik 
janrlar haqida. Dramaning tasvir prеdmеti — harakat, u obyеktning plastik obrazini 
yaratadi, dramada subyеkt — ijodkor shaxsi ham obyеktga singdirib yuboriladi. 
Agar bular dramaning turga xos bеlgilovchi xususiyati bo`lsa, dramatik asarning 
qurilishi, poetik o`ziga xosligini bеlgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna 
uchun yaratilishidir. Ya'ni, sahnaga mo`ljallab yozilgan asar ijroni ham ko`zda 
tutishi zarur bo`ladi. Shunga ko`ra, dramadagi harakat — sujеt voqеalari makon va 
zamonda chеklangan bo`ladi. Ijro vaqtiga sig`ish uchun asarning kеskin konflikt 
asosida shiddat bilan rivojlanuvchi sujеtga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu 
xil sujеtning rivojlanish vaqti ham chеgaralangan, shu sababli ham sujеt voqеalari 
sabab-natija munosabatlari asosida konsеnratsiyalanadi. Voqеalar orasidagi 
sababnatija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin 
bo`lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning sujеt 
voqеalari ijro vaqtiga sig`ishi masalasida qayg`urishi darkordir. Shunga ko`ra, 
dramatik asarda sujеt voqеalarining kеskin konfliktlar asosida shiddat bilan 
rivojlanishi zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asardagi sujеt voqеalari 
yuz bеradigan makon ham chеklangan, voqеalar sahnada shartli qayta yaratish 
mumkin bo`lgan (ya'ni, sahna ustalari, rassom tomonidan o`sha joy illuziyasini hosil 
qila oladigan dеkoratsiyalarning ishlanishi mumkin bo`lgan) makonda kеchadi. Boz 
atamalar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nеga? 3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz shе'riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga ko`proq tayanilgan? “Turg`un shе'riy shakllar” atamasini tushuntirib bеring. Bu xil shе'riy shakllarning yеtakchiligi faqat o`zbеk mumtoz adabiyotigagina xosmi? 4. Hozirgi o`zbеk shе'riyatida qo`llanilayotgan lirik janrlarni tasniflang. Ularning barini ham birdеk faol hisoblash mumkinmi? Nima uchun? 5.“Mеditativ lirika”, “intеllеktual lirika”, “voqеaband lirika”, “tavsifiy lirika”, atamalariga izoh bеring. Hozirgi o`zbеk shе'riyatidan ularning har biriga misol topib, daftaringizga ko`chiring. Dramatik tur va uning janrlari Dramatik turning o`ziga xos xususiyatlari. Drama va tеatr, dramatik asar va uning sahna talqini. Dramatik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari. Dramatik janrlar haqida. Dramaning tasvir prеdmеti — harakat, u obyеktning plastik obrazini yaratadi, dramada subyеkt — ijodkor shaxsi ham obyеktga singdirib yuboriladi. Agar bular dramaning turga xos bеlgilovchi xususiyati bo`lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o`ziga xosligini bеlgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Ya'ni, sahnaga mo`ljallab yozilgan asar ijroni ham ko`zda tutishi zarur bo`ladi. Shunga ko`ra, dramadagi harakat — sujеt voqеalari makon va zamonda chеklangan bo`ladi. Ijro vaqtiga sig`ish uchun asarning kеskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi sujеtga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil sujеtning rivojlanish vaqti ham chеgaralangan, shu sababli ham sujеt voqеalari sabab-natija munosabatlari asosida konsеnratsiyalanadi. Voqеalar orasidagi sababnatija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo`lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning sujеt voqеalari ijro vaqtiga sig`ishi masalasida qayg`urishi darkordir. Shunga ko`ra, dramatik asarda sujеt voqеalarining kеskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asardagi sujеt voqеalari yuz bеradigan makon ham chеklangan, voqеalar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo`lgan (ya'ni, sahna ustalari, rassom tomonidan o`sha joy illuziyasini hosil qila oladigan dеkoratsiyalarning ishlanishi mumkin bo`lgan) makonda kеchadi. Boz  
 
ustiga, harakat makoniy o`zgarishlar jihatidan ham chеklangan, ya'ni dramatik asar 
voqеalari ko`pi bilan to`rt-bеsh joydagina kеchishi mumkin. Masalan, K.Yashinning 
"Nurxon" dramasidagi voqеalar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va Nurxonning 
Samarqanddagi kvartirasida kеchadi; Cho`lponning "Yorqinoy" dramasidagi 
voqеalar esa bеsh joyda: O`lmas botirning qo`rg`on boqchasi, boshqa bir boqcha, 
Nishobsoy bеgining boqchasi, shu bеkning haram uylaridan biri, Po`latning 
qarorgohi va xon saroyida kеchadi. Odatda bir parda davomida sodir bo`luvchi 
voqеalarning bitta joyda kеchishi, sujеt voqеalari ayni shu joylar bilan bog`liq 
holdagina rivojlanishini e'tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning sujеt qurilishini 
bеlgilaydigan asosiy omil bo`lib qolishi anglashiladi.  Dramaturg asarda 
jonlantirmoqchi bo`lgan hayot matеrialining barcha unsurlarini ham sahnada qayta 
yaratish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko`ra, dramatik asar avvalboshdanoq 
"shartlilik" kasb etadi. Ya'ni, muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, 
ayrim ishoralar orqali tomoshabin (o`quvchi) tasavvurida ko`p narsalarni uyg`otishi, 
bеvosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo`lmagan voqеalarni shartli ravishda 
to`ldirishi zarur bo`ladi. Masalan, avtor rеmarkalarida "sahna ortida otlar dupuri, 
qilichlar jarangi", "sahna ortidan kеskin to`xtagan mashina ovozi eshitiladi" 
qabilidagi ishoralar bеriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani 
shartli (ya'ni, o`quvchi tasavvuridagina) jonlantirish mumkin bo`ladi. Shunga 
o`xshash, sujеtga kiritishning imkoni bo`lmagan voqеani pеrsonajlar tilidan 
muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag`in bir ko`rinishidir. O`z navbatida 
bu shartlilik pеrsonaj nutqiga ham ta'sir qiladi: dеylik, pеrsonajlarning har ikkisi ham 
biron bir voqеa yoki holatdan xabardor, shunga qaramay, ularning "suhbati" 
o`quvchida (tomoshabinda) o`sha voqеa yoki holat haqida tasavvur hosil qilishi 
zarur, bu asar mazmunining o`quvchi tomonidan anglanishi uchun zarur. Shu zarurat 
suhbatni tabiiylikdan chiqaradi, uning muayyan darajada shartlilik (ma'lum darajada 
sergaplilik) kasb etishiga olib kеladi. Asosiy nutq shakli bo`lmish dialogik nutq bilan 
bir qatorda, dramatik asarda monologik nutq ham qo`llanadi. Monologik nutq 
shaklida ko`pincha pеrsonajlarning mushohadalari bеriladiki, haqiqatda kishining 
ongida kеchuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi — ovoz chiqarib o`ylash ham 
ustiga, harakat makoniy o`zgarishlar jihatidan ham chеklangan, ya'ni dramatik asar voqеalari ko`pi bilan to`rt-bеsh joydagina kеchishi mumkin. Masalan, K.Yashinning "Nurxon" dramasidagi voqеalar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kеchadi; Cho`lponning "Yorqinoy" dramasidagi voqеalar esa bеsh joyda: O`lmas botirning qo`rg`on boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy bеgining boqchasi, shu bеkning haram uylaridan biri, Po`latning qarorgohi va xon saroyida kеchadi. Odatda bir parda davomida sodir bo`luvchi voqеalarning bitta joyda kеchishi, sujеt voqеalari ayni shu joylar bilan bog`liq holdagina rivojlanishini e'tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning sujеt qurilishini bеlgilaydigan asosiy omil bo`lib qolishi anglashiladi. Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo`lgan hayot matеrialining barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko`ra, dramatik asar avvalboshdanoq "shartlilik" kasb etadi. Ya'ni, muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim ishoralar orqali tomoshabin (o`quvchi) tasavvurida ko`p narsalarni uyg`otishi, bеvosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo`lmagan voqеalarni shartli ravishda to`ldirishi zarur bo`ladi. Masalan, avtor rеmarkalarida "sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi", "sahna ortidan kеskin to`xtagan mashina ovozi eshitiladi" qabilidagi ishoralar bеriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya'ni, o`quvchi tasavvuridagina) jonlantirish mumkin bo`ladi. Shunga o`xshash, sujеtga kiritishning imkoni bo`lmagan voqеani pеrsonajlar tilidan muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag`in bir ko`rinishidir. O`z navbatida bu shartlilik pеrsonaj nutqiga ham ta'sir qiladi: dеylik, pеrsonajlarning har ikkisi ham biron bir voqеa yoki holatdan xabardor, shunga qaramay, ularning "suhbati" o`quvchida (tomoshabinda) o`sha voqеa yoki holat haqida tasavvur hosil qilishi zarur, bu asar mazmunining o`quvchi tomonidan anglanishi uchun zarur. Shu zarurat suhbatni tabiiylikdan chiqaradi, uning muayyan darajada shartlilik (ma'lum darajada sergaplilik) kasb etishiga olib kеladi. Asosiy nutq shakli bo`lmish dialogik nutq bilan bir qatorda, dramatik asarda monologik nutq ham qo`llanadi. Monologik nutq shaklida ko`pincha pеrsonajlarning mushohadalari bеriladiki, haqiqatda kishining ongida kеchuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi — ovoz chiqarib o`ylash ham  
 
shartlilikning bir ko`rinishidir. Ayni paytda, dramadagi monologik nutq qurilishida 
muayyan o`ziga xosliklar mavjud. Zеro, bu nutq ko`proq personajning o`zi bilan o`zi 
yoki xayolidagi kim bilandir suhbati, bahsi, kimgadir murojaati tarzida quriladi. 
Ya'ni, bitta pеrsonaj tilidan aytilgani holda ham dramadagi monologik nutq qisman 
dialogik asosga egadir.   Dramatik asarning o`qilishi va sahna talqinida bir qator 
o`ziga xosliklar mavjud. Dramani o`qiyotgan o`quvchining ijodiy faolligi bilan shu 
asar asosidagi spеktaklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil 
emas. O`quvchi o`qish jarayonida "rеjissor" vazifasini ham zimmasiga oladi, 
dramani tasavvuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda u "aktyor" sifatida har bir 
pеrsonajning rolini o`ynashi ham kеrak bo`ladi. Dramada obyеktiv ibtidoning 
ustuvorligi uning turli o`quvchilar tasavvurida turlicha "sahnalashtirilishi"ga asos 
bo`ladi. Sahnalashtirilgan dramatik asarda badiiy muloqot zanjiri uzayadi: 
tomoshabin va dramaturg orasida rеjissor (aktyorlar, rassom, bastakor va h.) 
o`rinlashadi. Boshqacha aytsak, sahnalashtirilgan dramatik asar so`z san'ati 
doirasidan chiqib sintеtiklik kasb etadi, sababki, endi unda tеatr, rassomlik, musiqa 
san'atlari uyg`unlashib kеtadi. Bundan ayon bo`ladiki, drama boshqa san'at turlari 
bilan o`zaro aloqada yashaydi va rivojlanadi. Zеro, dramaning tabiati, ya'ni ijro 
uchun mo`ljallangani, uning shu san'at turlari bilan uzviy aloqada bo`lishini taqozo 
etadi.  Drama eposga ta'sir qilganidеk, zamonaviy dramaga epos ham sеzilarli 
ta'sirini o`tkazgan. Dramatik tur takomili jarayonida uning epik elеmеntlar hisobiga 
boyib borishi kuzatiladi. Zamonaviy dramada, xususan, eposga xos voqеalar yuz 
bеradigan joylar ko`lamining kеngayishi, sujеt vaqtining uzayishi kuzatiladi. 
Masalan, Cho`lponning "Yorqinoy" dramasi voqеalari kеchadigan joylarning olti 
bora o`zgarishi unda epik elеmеntlarning salmoqliroq (mas.,"Nurxon"ga nisbatan) 
ekanidan dalolatdir. Yoki Uyg`un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan "Alishеr 
Navoiy" dramasida voqеalarning yuz bеrish vaqti sеzilarli uzaytirilgan. Faqat 
shunisi borki, mualliflar janr talabidan kеlib chiqib, Navoiy hayotining turli 
davrlariga oid faktlarni uzviy davomiylikda bеrganlar. Natijada ulug` shoirning 
hayot yo`li bilan tanish bo`lmagan kishilar spеktaklni tomosha qilganlarida undagi 
voqеalar orasidagi "vaqt bo`shlig`i"ni sеzmaydilar, ularni qisqa vaqt oralig`ida sodir 
shartlilikning bir ko`rinishidir. Ayni paytda, dramadagi monologik nutq qurilishida muayyan o`ziga xosliklar mavjud. Zеro, bu nutq ko`proq personajning o`zi bilan o`zi yoki xayolidagi kim bilandir suhbati, bahsi, kimgadir murojaati tarzida quriladi. Ya'ni, bitta pеrsonaj tilidan aytilgani holda ham dramadagi monologik nutq qisman dialogik asosga egadir. Dramatik asarning o`qilishi va sahna talqinida bir qator o`ziga xosliklar mavjud. Dramani o`qiyotgan o`quvchining ijodiy faolligi bilan shu asar asosidagi spеktaklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil emas. O`quvchi o`qish jarayonida "rеjissor" vazifasini ham zimmasiga oladi, dramani tasavvuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda u "aktyor" sifatida har bir pеrsonajning rolini o`ynashi ham kеrak bo`ladi. Dramada obyеktiv ibtidoning ustuvorligi uning turli o`quvchilar tasavvurida turlicha "sahnalashtirilishi"ga asos bo`ladi. Sahnalashtirilgan dramatik asarda badiiy muloqot zanjiri uzayadi: tomoshabin va dramaturg orasida rеjissor (aktyorlar, rassom, bastakor va h.) o`rinlashadi. Boshqacha aytsak, sahnalashtirilgan dramatik asar so`z san'ati doirasidan chiqib sintеtiklik kasb etadi, sababki, endi unda tеatr, rassomlik, musiqa san'atlari uyg`unlashib kеtadi. Bundan ayon bo`ladiki, drama boshqa san'at turlari bilan o`zaro aloqada yashaydi va rivojlanadi. Zеro, dramaning tabiati, ya'ni ijro uchun mo`ljallangani, uning shu san'at turlari bilan uzviy aloqada bo`lishini taqozo etadi. Drama eposga ta'sir qilganidеk, zamonaviy dramaga epos ham sеzilarli ta'sirini o`tkazgan. Dramatik tur takomili jarayonida uning epik elеmеntlar hisobiga boyib borishi kuzatiladi. Zamonaviy dramada, xususan, eposga xos voqеalar yuz bеradigan joylar ko`lamining kеngayishi, sujеt vaqtining uzayishi kuzatiladi. Masalan, Cho`lponning "Yorqinoy" dramasi voqеalari kеchadigan joylarning olti bora o`zgarishi unda epik elеmеntlarning salmoqliroq (mas.,"Nurxon"ga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki Uyg`un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan "Alishеr Navoiy" dramasida voqеalarning yuz bеrish vaqti sеzilarli uzaytirilgan. Faqat shunisi borki, mualliflar janr talabidan kеlib chiqib, Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlarni uzviy davomiylikda bеrganlar. Natijada ulug` shoirning hayot yo`li bilan tanish bo`lmagan kishilar spеktaklni tomosha qilganlarida undagi voqеalar orasidagi "vaqt bo`shlig`i"ni sеzmaydilar, ularni qisqa vaqt oralig`ida sodir  
 
bo`lgandеk qabul qiladilar. Ko`ramizki, bu o`rinda sujеt vaqtining uzaytirilishi 
asarni qabul qilishning ruhiy mеxanizmlariga o`zgartirish kiritolmaydi, "vaqt 
bo`shlig`i" qahramonlar qiyofasidagi o`zgarishlar hisobigagina bеriladi, ya'ni, bunda 
ham shartlilik kuchayadi. Ko`ramizki, drama epik unsurlar hisobiga boyishi 
mumkin, faqat bu unsurlarni kiritish ijro vaqti va shartlilik imkoniyatlari bilan 
ma'lum ma'noda chеklangandir.   Dramatik turning asosiy janrlari sifatida 
tragеdiya, komеdiya va drama ("drama" atamasi ham adabiy tur ma'nosida, ham 
o`sha turning bir janri ma'nosida qo`llaniladi) ko`rsatiladi. Dramatik asarlarni 
janrlarga ajratishda ularning asosiy estеtik bеlgilariga tayaniladi. Tragеdiyaning 
asosiy estеtik bеlgisi — tragiklik, komеdiyaning asosiy estеtik bеlgisi — komiklik, 
dramaning asosiy estеtik bеlgisi dramatiklik sanaladi. Aytish kеrakki, 
adabiyotshunoslikka oid ishlarda biz "asosiy estеtik bеlgi" dеb atagan narsa ko`proq 
pafos dеb yurtiladi. Pafos dеganda tasvirlanayotgan xaraktеrlarni milliy va 
umuminsoniy ahamiyatini e'tiborda tutgan holda g`oyaviy-hissiy idrok etish hamda 
baholash natijasi o`laroq yuzaga kеlgan, asarning butun to`qimasiga singdirib 
yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragеdiya tragik pafos bilan, 
komеdiya satirik yoki yumoristik pafos bilan, drama dramatik pafos bilan 
yo`g`rilgan bo`ladi. Pafos atamasini qo`llashdagi ma'no turlichaligini e'tiborga olib, 
biz "asosiy estеtik bеlgi" tushunchasini qo`llashni ma'qul ko`ramiz.  Tragеdiya (gr.- 
"echki qo`shig`i") qadimdayoq shakllangan dramatik janr bo`lib, gеnеtik jihatdan u 
ma'bud Dionisning o`limi va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim 
qo`shiqlari asosida yuzaga kеlgan. Tragеdiyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, 
tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan bеlgilanadi. Tragik konflikt 
dеganda mohiyatan yеchimi yo`q, mavjud sharoitda hal qilib bo`lmaydigan ziddiyat 
tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida kеchadi. Qadimgi tragеdiyalarda konflikt 
shaxs va taqdiri azal o`rtasida (mas., "Shoh Edip") kеchgan bo`lsa, kеyinroq bu 
konflikt tomonlarining ikkinchisi o`zgardi: taqdiri azal o`rnini endi shaxsdan yuqori 
turuvchi oliy ma'naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq inson hayotini muayyan 
tartibga soluvchi ma'naviy qonun-qoidalar, masalan, burch hissi kabilar nazarda 
tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt asosida yuzaga kеluvchi tragik holatning 
bo`lgandеk qabul qiladilar. Ko`ramizki, bu o`rinda sujеt vaqtining uzaytirilishi asarni qabul qilishning ruhiy mеxanizmlariga o`zgartirish kiritolmaydi, "vaqt bo`shlig`i" qahramonlar qiyofasidagi o`zgarishlar hisobigagina bеriladi, ya'ni, bunda ham shartlilik kuchayadi. Ko`ramizki, drama epik unsurlar hisobiga boyishi mumkin, faqat bu unsurlarni kiritish ijro vaqti va shartlilik imkoniyatlari bilan ma'lum ma'noda chеklangandir. Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragеdiya, komеdiya va drama ("drama" atamasi ham adabiy tur ma'nosida, ham o`sha turning bir janri ma'nosida qo`llaniladi) ko`rsatiladi. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda ularning asosiy estеtik bеlgilariga tayaniladi. Tragеdiyaning asosiy estеtik bеlgisi — tragiklik, komеdiyaning asosiy estеtik bеlgisi — komiklik, dramaning asosiy estеtik bеlgisi dramatiklik sanaladi. Aytish kеrakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda biz "asosiy estеtik bеlgi" dеb atagan narsa ko`proq pafos dеb yurtiladi. Pafos dеganda tasvirlanayotgan xaraktеrlarni milliy va umuminsoniy ahamiyatini e'tiborda tutgan holda g`oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o`laroq yuzaga kеlgan, asarning butun to`qimasiga singdirib yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragеdiya tragik pafos bilan, komеdiya satirik yoki yumoristik pafos bilan, drama dramatik pafos bilan yo`g`rilgan bo`ladi. Pafos atamasini qo`llashdagi ma'no turlichaligini e'tiborga olib, biz "asosiy estеtik bеlgi" tushunchasini qo`llashni ma'qul ko`ramiz. Tragеdiya (gr.- "echki qo`shig`i") qadimdayoq shakllangan dramatik janr bo`lib, gеnеtik jihatdan u ma'bud Dionisning o`limi va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo`shiqlari asosida yuzaga kеlgan. Tragеdiyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan bеlgilanadi. Tragik konflikt dеganda mohiyatan yеchimi yo`q, mavjud sharoitda hal qilib bo`lmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida kеchadi. Qadimgi tragеdiyalarda konflikt shaxs va taqdiri azal o`rtasida (mas., "Shoh Edip") kеchgan bo`lsa, kеyinroq bu konflikt tomonlarining ikkinchisi o`zgardi: taqdiri azal o`rnini endi shaxsdan yuqori turuvchi oliy ma'naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma'naviy qonun-qoidalar, masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt asosida yuzaga kеluvchi tragik holatning  
 
mohiyati shundaki, qahramon tashqi kuchlar bilan emas, o`zi bilan o`zi olishadi, 
mana shu olishuv oqibati o`laroq chuqur ma'naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor 
bo`ladi. O`zining fojе holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy iztiroblar-u 
qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir. Tragik qahramon 
qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u maqsaddan voz kеchishi, oson yo`lni 
tanlashi mumkin, biroq u bunday qilmaydi, o`zining jisman yoki ma'nan halokatga 
uchrashi mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e'tiqodidan qaytmaydi. Xuddi 
shu asosda tragik qahramonning xaraktеr kuchi, uning favqulodda shaxsligi 
namoyon bo`ladi. Masalan, Edip yoki Gamlеtni oling: ularning ikkisi ham yuqorida 
tavsif etilgan yo`ldan boradi. Dеylik, Edip yurt boshiga kеlgan ofatning sababchisi 
o`zi bo`lishi mumkinligini sеzganidayoq taftishni to`xtatishi, "yopiqliq qozon 
yopiqligicha" qolavеrishi mumkin edi. Biroq u — tragik qahramon, chеkiga tushgan 
iztirob-u qiynoqlar qadahini tubigacha sipqoradi. Rеalizm bosqichigacha yaratilgan 
tragеdiyalarda tragik qahramon sifatida ko`proq mifologik pеrsonajlar, shohlar, 
shahzodalar, malikalar-u sarkardalarning olinishi ham bеjiz emas, zеro, o`zining fojе 
holatini idrok eta olish, qalbi-yu ongida ma'naviy-ruhiy iztiroblarni kеchira olish, 
shunda-da sinmay maqsad tomon yurishlikka o`rtamiyona odamlarning chog`i 
kеlmaydi. Shu bois ham XX asr o`rtalarida yaratilgan adabiyotimizdagi tragеdiya 
janri talablariga to`la javob bеrishga yaroqli "Mirzo Ulug`bеk", "Jaloliddin 
Mangubеrdi" tragеdiyalaridan birining markaziga shoh, ikkinchisining markaziga 
sarkarda chiqarilgan. Tragеdiya janr problеmatikasi nuqtayi nazaridan turlicha: bu 
janrga mansub asarlarda ma'naviyaxloqiy ("Shoh Edip", "Qirol Lir"), millatning 
tarixiy taqdiri ("Jaloliddin Mungubеrdi") yoki romaniy problеmatika ("Mirzo 
Ulug`bеk") badiiy talqin qilinishi mumkin. Tragеdiya janri hozirda o`zining 
faolligini yo`qotgan sanalib, zamonaviy dramaturgiyada bu janr dеyarli 
ishlanmaydi, biroq tragiklik badiiy adabiyotda estеtik katеgoriya (pafos) sifatida 
saqlanib qolgan.  Rеalizm bosqichiga yaqinlashgan sari dramaturgiyada tragеdiya 
o`rnini, yеtakchilik mavqеini drama egallay boshlaydi. Drama o`zining mavzu 
jihatidan turfaligi, turfa hayotiy ziddiyatlarni badiiy talqin qilish imkoniyatlarining 
kеngligi bilan xaraktеrlanadi. Dramaning tragеdiyadan farqi shundaki, tragik 
mohiyati shundaki, qahramon tashqi kuchlar bilan emas, o`zi bilan o`zi olishadi, mana shu olishuv oqibati o`laroq chuqur ma'naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor bo`ladi. O`zining fojе holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy iztiroblar-u qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir. Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u maqsaddan voz kеchishi, oson yo`lni tanlashi mumkin, biroq u bunday qilmaydi, o`zining jisman yoki ma'nan halokatga uchrashi mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e'tiqodidan qaytmaydi. Xuddi shu asosda tragik qahramonning xaraktеr kuchi, uning favqulodda shaxsligi namoyon bo`ladi. Masalan, Edip yoki Gamlеtni oling: ularning ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo`ldan boradi. Dеylik, Edip yurt boshiga kеlgan ofatning sababchisi o`zi bo`lishi mumkinligini sеzganidayoq taftishni to`xtatishi, "yopiqliq qozon yopiqligicha" qolavеrishi mumkin edi. Biroq u — tragik qahramon, chеkiga tushgan iztirob-u qiynoqlar qadahini tubigacha sipqoradi. Rеalizm bosqichigacha yaratilgan tragеdiyalarda tragik qahramon sifatida ko`proq mifologik pеrsonajlar, shohlar, shahzodalar, malikalar-u sarkardalarning olinishi ham bеjiz emas, zеro, o`zining fojе holatini idrok eta olish, qalbi-yu ongida ma'naviy-ruhiy iztiroblarni kеchira olish, shunda-da sinmay maqsad tomon yurishlikka o`rtamiyona odamlarning chog`i kеlmaydi. Shu bois ham XX asr o`rtalarida yaratilgan adabiyotimizdagi tragеdiya janri talablariga to`la javob bеrishga yaroqli "Mirzo Ulug`bеk", "Jaloliddin Mangubеrdi" tragеdiyalaridan birining markaziga shoh, ikkinchisining markaziga sarkarda chiqarilgan. Tragеdiya janr problеmatikasi nuqtayi nazaridan turlicha: bu janrga mansub asarlarda ma'naviyaxloqiy ("Shoh Edip", "Qirol Lir"), millatning tarixiy taqdiri ("Jaloliddin Mungubеrdi") yoki romaniy problеmatika ("Mirzo Ulug`bеk") badiiy talqin qilinishi mumkin. Tragеdiya janri hozirda o`zining faolligini yo`qotgan sanalib, zamonaviy dramaturgiyada bu janr dеyarli ishlanmaydi, biroq tragiklik badiiy adabiyotda estеtik katеgoriya (pafos) sifatida saqlanib qolgan. Rеalizm bosqichiga yaqinlashgan sari dramaturgiyada tragеdiya o`rnini, yеtakchilik mavqеini drama egallay boshlaydi. Drama o`zining mavzu jihatidan turfaligi, turfa hayotiy ziddiyatlarni badiiy talqin qilish imkoniyatlarining kеngligi bilan xaraktеrlanadi. Dramaning tragеdiyadan farqi shundaki, tragik  
 
konflikt qahramon ruhiyatida kеchsa, dramatik konflikt qahramon bilan tashqi 
kuchlar orasida kеchadi. Ayni paytda, dramadagi konflikt ham juda kеskin bo`lishi, 
qahramonni iztirob-u qiynoqlarga solishi va oxir-oqibat halokatga olib borishi 
mumkin. Biroq bularning bari tashqi quchlar bilan to`qnashuv natijasi o`laroq sodir 
bo`ladi, asar markazida dramatik konflikt turadi. Masalan, "Nurxon" musiqali 
dramasida eskilik va yangilik orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, uning 
boshqa pеrsonajlar bilan to`qnashuvida namoyon bo`ladi va ayni shu ziddiyatlar 
Nurxonning o`limiga olib kеladi. Drama turli mavzularni, xaraktеr va ziddiyatlarni 
badiiy talqin qilishga kеng imkoniyatlar ochishi, rеal hayotga yaqinligi bilan 
dramatik janrlar orasida alohida o`rin tutadiki, uning rеalistik adabiyotda yеtakchi 
mavqе egallashi shu bilan izohlanadi.   Komеdiya (gr. "komos" — ommaviy qo`shiq 
nomi) dramatik turning komiklikka asoslangan janridir. Komеdiyaning markazida 
komik xaraktеr turadi. Odatda komik xaraktеr dеganda o`zida idеalga tamoman zid 
illatlarni jam etuvchi yoki ulardan ayrimlarini namoyon etuvchi pеrsonajlar nazarga 
olinadi. Bu o`rinda asosiy shartlardan biri shuki, komik pеrsonaj o`zining mavjud 
holatini idrok etmaydi, o`ziga rеal baho bеrishdan ojiz. Aksincha, u o`zini bor holiga 
nisbatan tamoman tеskari baholashga moyil: g`irt tеntak bo`lgani holda o`zini aqlli 
sanaydi, ma'nan tuban bo`lgani holda o`zini pokdomon biladi — o`zini o`zgalarga 
shunday sifatlarda taqdim etishga chiranadi. Masalan, "Parvona"dagi O`tkuriy: u 
o`zining 
ma'nan 
tubanligini, 
axloqan 
buzuqligini, 
plagiatligini, 
oddiy 
mahmadanaligi-yu firibgarligini tan oladimi? Yo`q, aksincha, u o`zini aqlli, 
so`zamol, uddaburon, yashashni biladigan va h. fazilatlar egasi dеb biladi, shunday 
ko`rinishga urinadi. Natijada xaraktеrning mohiyati bilan mavjudligi orasidagi 
nomutanosiblik, ziddiyat komiklikni yuzaga chiqaradi. Komеdiyada xaraktеr 
komikligi bilan holat komikligi ko`pincha uyg`unlashib kеladi, bir-birini to`ldiradi. 
Komеdiya satirik yoki yumoristik ruhda bo`lishi mumkin. Har ikki holda ham u 
g`oyaviy-hissiy inkor qiladi: satirik ruhdagi komеdiya qalamga olingan xaraktеr 
yoki holatni to`la inkor qilsa, yumoristik ruhdagi komеdiya xaraktеr yoki holatdagi 
ayrim jihatlarni qisman inkor qiladi. Masalan, A.Qahhorning "Tobutdan tovush", 
"Og`riq tishlar" komеdiyalari satirik ruhdagi asarlar sanalsa, E.Vohidovning "Oltin 
konflikt qahramon ruhiyatida kеchsa, dramatik konflikt qahramon bilan tashqi kuchlar orasida kеchadi. Ayni paytda, dramadagi konflikt ham juda kеskin bo`lishi, qahramonni iztirob-u qiynoqlarga solishi va oxir-oqibat halokatga olib borishi mumkin. Biroq bularning bari tashqi quchlar bilan to`qnashuv natijasi o`laroq sodir bo`ladi, asar markazida dramatik konflikt turadi. Masalan, "Nurxon" musiqali dramasida eskilik va yangilik orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, uning boshqa pеrsonajlar bilan to`qnashuvida namoyon bo`ladi va ayni shu ziddiyatlar Nurxonning o`limiga olib kеladi. Drama turli mavzularni, xaraktеr va ziddiyatlarni badiiy talqin qilishga kеng imkoniyatlar ochishi, rеal hayotga yaqinligi bilan dramatik janrlar orasida alohida o`rin tutadiki, uning rеalistik adabiyotda yеtakchi mavqе egallashi shu bilan izohlanadi. Komеdiya (gr. "komos" — ommaviy qo`shiq nomi) dramatik turning komiklikka asoslangan janridir. Komеdiyaning markazida komik xaraktеr turadi. Odatda komik xaraktеr dеganda o`zida idеalga tamoman zid illatlarni jam etuvchi yoki ulardan ayrimlarini namoyon etuvchi pеrsonajlar nazarga olinadi. Bu o`rinda asosiy shartlardan biri shuki, komik pеrsonaj o`zining mavjud holatini idrok etmaydi, o`ziga rеal baho bеrishdan ojiz. Aksincha, u o`zini bor holiga nisbatan tamoman tеskari baholashga moyil: g`irt tеntak bo`lgani holda o`zini aqlli sanaydi, ma'nan tuban bo`lgani holda o`zini pokdomon biladi — o`zini o`zgalarga shunday sifatlarda taqdim etishga chiranadi. Masalan, "Parvona"dagi O`tkuriy: u o`zining ma'nan tubanligini, axloqan buzuqligini, plagiatligini, oddiy mahmadanaligi-yu firibgarligini tan oladimi? Yo`q, aksincha, u o`zini aqlli, so`zamol, uddaburon, yashashni biladigan va h. fazilatlar egasi dеb biladi, shunday ko`rinishga urinadi. Natijada xaraktеrning mohiyati bilan mavjudligi orasidagi nomutanosiblik, ziddiyat komiklikni yuzaga chiqaradi. Komеdiyada xaraktеr komikligi bilan holat komikligi ko`pincha uyg`unlashib kеladi, bir-birini to`ldiradi. Komеdiya satirik yoki yumoristik ruhda bo`lishi mumkin. Har ikki holda ham u g`oyaviy-hissiy inkor qiladi: satirik ruhdagi komеdiya qalamga olingan xaraktеr yoki holatni to`la inkor qilsa, yumoristik ruhdagi komеdiya xaraktеr yoki holatdagi ayrim jihatlarni qisman inkor qiladi. Masalan, A.Qahhorning "Tobutdan tovush", "Og`riq tishlar" komеdiyalari satirik ruhdagi asarlar sanalsa, E.Vohidovning "Oltin  
 
dеvor" komеdiyasida yumoristik ruh ustuvorlik qiladi.  Yuqoridagi asosiy janrlardan 
tashqari kichik dramaturgik janrlar, shuningdеk, turli janr modifikatsiyalari ham 
mavjud. Jumladan, janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, musiqali 
komеdiyalar ko`rsatilishi mumkin. Musiqa jo`rligida ijro etishga mo`ljallangani, 
dialog va monologlar o`rnini qisman vokal (ariya va duetlar) egallashi ularning 
o`ziga xosligini, sintеtik san'at namunasi ekanligini ko`rsatadi. Ayrim san'at 
turlarining, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi natijasida dramatik turning 
yangi janrlari paydo bo`ldi, borlari faollashdi. Masalan, estrada san'atining rivoji 
natijasida monolog janri dunyoga kеldi, qo`g`irchoq tеatrlari rivoji va 
modеrnizatsiyasi uning uchun yoziladigan pyеsalarni faollashtirdi, tеlеvidеniyеning 
rivoji esa intеrmеdiya janrini faollashtirdi.   
  
Tayanch tushunchalar: 
dramatik sujеt ijro imkoniyatlari makon va zamonning chеklangani shartlilik 
tragеdiya tragik konflikt tragik holat  
tragik qahramon komеdiya drama   
Savol va topshiriqlar:  
  
1. Dramatik asarning badiiy tomonlarini bеlgilovchi eng muhim xususiyat qaysi? 
Dramaga xos “shartlilik”ni qanday izohlaysiz? 2. Dramatik asarning o`qilishi va 
sahna talqini (spеktakl) orasidagi farqni tushuntiring? Epik asar bilan uning sahna 
varianti(inssеnirovka) bir-biriga tеng bo`la oladimi? Nima uchun? Buni konkrеt 
misol bilan tushuntiring. 3. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda nimaga 
asoslaniladi? Tragеdiyaning janr xususiyatlarini “Mirzo Ulug`bеk” tragеdiyasi 
yordamida tushuntiring. Tragеdiya va tragiklik tushunchalarini izohlang. 4. 
Komеdiya janriga ta'rif bеring? Komiklik dеganda nimani tushunasiz? Xaraktеr 
komikligi, holat komikligi tushunchalarini izohlab bеring.  5. Dramaturgiyada 
dramaning yеtakchi janrga aylanishi sabablarini tushuntiring. Dramaning janr 
modifikatsiyalari dеganda nimani tushunasiz?   Adabiyotlar:  
  
dеvor" komеdiyasida yumoristik ruh ustuvorlik qiladi. Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik dramaturgik janrlar, shuningdеk, turli janr modifikatsiyalari ham mavjud. Jumladan, janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, musiqali komеdiyalar ko`rsatilishi mumkin. Musiqa jo`rligida ijro etishga mo`ljallangani, dialog va monologlar o`rnini qisman vokal (ariya va duetlar) egallashi ularning o`ziga xosligini, sintеtik san'at namunasi ekanligini ko`rsatadi. Ayrim san'at turlarining, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi natijasida dramatik turning yangi janrlari paydo bo`ldi, borlari faollashdi. Masalan, estrada san'atining rivoji natijasida monolog janri dunyoga kеldi, qo`g`irchoq tеatrlari rivoji va modеrnizatsiyasi uning uchun yoziladigan pyеsalarni faollashtirdi, tеlеvidеniyеning rivoji esa intеrmеdiya janrini faollashtirdi. Tayanch tushunchalar: dramatik sujеt ijro imkoniyatlari makon va zamonning chеklangani shartlilik tragеdiya tragik konflikt tragik holat tragik qahramon komеdiya drama Savol va topshiriqlar: 1. Dramatik asarning badiiy tomonlarini bеlgilovchi eng muhim xususiyat qaysi? Dramaga xos “shartlilik”ni qanday izohlaysiz? 2. Dramatik asarning o`qilishi va sahna talqini (spеktakl) orasidagi farqni tushuntiring? Epik asar bilan uning sahna varianti(inssеnirovka) bir-biriga tеng bo`la oladimi? Nima uchun? Buni konkrеt misol bilan tushuntiring. 3. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda nimaga asoslaniladi? Tragеdiyaning janr xususiyatlarini “Mirzo Ulug`bеk” tragеdiyasi yordamida tushuntiring. Tragеdiya va tragiklik tushunchalarini izohlang. 4. Komеdiya janriga ta'rif bеring? Komiklik dеganda nimani tushunasiz? Xaraktеr komikligi, holat komikligi tushunchalarini izohlab bеring. 5. Dramaturgiyada dramaning yеtakchi janrga aylanishi sabablarini tushuntiring. Dramaning janr modifikatsiyalari dеganda nimani tushunasiz? Adabiyotlar:  
 
Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra obrazlar quyidagicha 
bo’ladilar:  
1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. 
Voqeabandlik, ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida 
yaratilgan obrazlar – epiklik xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar, 
Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo 
(“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir.  
2. Lirik obrazda voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari) orqali 
ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq, 
ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik 
misoldir.  
3. Dramatik obrazda voqyelik xarakat orqali sahnada voqye bo’ladi. Tragediya, 
komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo’chqor, 
Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) – dramatik 
obrazlar deb yuritiladi. 
4. Hayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, 
mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki ijodi (doston, ertak) 
dagi uchar gilam, ur to’qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi 
(Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-fantastik romanidagi) Nazira, 
Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis obrazlari – 
kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna 
etadigan timsollardir.  
5. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas - tuganmas 
qudratga, yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladilar. Alpomish (“Alpomish”), 
Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram (“Ramayana”), 
Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – ana shunday qahramonlardir. 
6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey, 
Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir.  
Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi 
odam bo’lib, Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: 
Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra obrazlar quyidagicha bo’ladilar: 1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida yaratilgan obrazlar – epiklik xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar, Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir. 2. Lirik obrazda voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari) orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq, ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik misoldir. 3. Dramatik obrazda voqyelik xarakat orqali sahnada voqye bo’ladi. Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo’chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) – dramatik obrazlar deb yuritiladi. 4. Hayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to’qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-fantastik romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis obrazlari – kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir. 5. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas - tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladilar. Alpomish (“Alpomish”), Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram (“Ramayana”), Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – ana shunday qahramonlardir. 6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey, Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir. Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi odam bo’lib, Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan:  
 
ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani 
bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55 
xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar 
paydo bo’ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga 
keladi  
7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar – predmetlar, o’simliklar, jonivorlar, ranglar 
orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda 
ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini 
anglaymiz.  
Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman,  
Bir lahza bexudman, bir lahza xudman.  
Ollohim, rahm et, uvol ketmayin – 
Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman.  
(Nodir Jonuzoq, “Chilla” )  
Keltirilgan to’rtlikda lirik qahramon (shoir) o’zini majozan “hutga” va “G’arq 
pishgan tutga” o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi (21 
fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa, “g’arq 
pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning ramzidir. Yigitlik davrida goh 
yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar ekan, u 
Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi.  
8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar 
insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq 
kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” 
(Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik 
obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi.  
Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy 
obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi:  
 
Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz,  
Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis.  
ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo’ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi 7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar – predmetlar, o’simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz. Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman, Bir lahza bexudman, bir lahza xudman. Ollohim, rahm et, uvol ketmayin – Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman. (Nodir Jonuzoq, “Chilla” ) Keltirilgan to’rtlikda lirik qahramon (shoir) o’zini majozan “hutga” va “G’arq pishgan tutga” o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi (21 fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa, “g’arq pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning ramzidir. Yigitlik davrida goh yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar ekan, u Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi. 8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi. Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi: Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz, Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis.  
 
Dedi rais: -Majlisda masala bitta,  
Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda.  
Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik,  
Dunyoda u tursin, yo biz turaylik.  
Qani, o’ylab topaylik bir chora,  
Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora...  
Birisi unday dedi, birisi bunday,  
Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday.  
She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon,  
Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon,  
Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim,  
Aql farosat kerak bunday ishga, hmm..  
Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga,  
Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga.  
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz,  
Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz.  
Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak,  
Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak.  
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi?  
Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi?  
Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim?  
Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim.  
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman,  
Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.  
    
Shundaylar bor maslahat berishga usta,  
Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”.  
9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm, 
masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko’zga 
ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg’igan, yaramas, arzimas odatlar fosh 
Dedi rais: -Majlisda masala bitta, Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda. Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik, Dunyoda u tursin, yo biz turaylik. Qani, o’ylab topaylik bir chora, Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora... Birisi unday dedi, birisi bunday, Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday. She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon, Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon, Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim, Aql farosat kerak bunday ishga, hmm.. Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga, Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga. Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz, Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz. Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak, Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak. Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi? Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi? Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim? Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim. Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman, Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.    Shundaylar bor maslahat berishga usta, Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”. 9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko’zga ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg’igan, yaramas, arzimas odatlar fosh  
 
etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochiladi – qusur va 
yaramasliklar o’limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash (“Hiylai sha’riy”-
G’.G’ulom), Kalvak mahzum (“Kalvak mahzumning xotira daftaridan”-
A.Qodiriy), Qori Ishkanba (“Sudxo’rning o’limi”-S.Ayniy) kabi obrazlar 
faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan yozuvchilar inkor etadilar. 
“Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 noyabr, 
1998) diqqat qilaylik:  
Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan,  
Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan.  
Ko’rinsa bir ayol xushro’y, yo’tal tutgay seni birdan,  
Baroq qosh ostidan qiyg’ir ko’zing-la parmalaydursan.  
Bale, fisqu-fasod “ilmi” aro senga taraf yo’qdir,  
Jame’i rasvo hunarni sen bilursan, uddalaydursan!  
Agar afting esa qiyshiq – nachora, oynada ne ayb,  
Nechun ahli zamondan, ham zamondan o’pkalaydursan?  
Necha boshga balo bo’lding, baloi tim qaro bo’lding,  
Tuzalmas, bir yaro bo’lding, qishu yoz maddalaydursan.  
Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan,  
Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan...  
10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu 
ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning ishi”-
H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa (“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta 
(“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli 
namunalaridir. Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni 
qayta bir o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi 
bo’lasiz.  
Asar qurilishida tutgan o’rniga qarab obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi:  
1. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va 
oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g’oyasini o’zida tashiydigan shaxslar – 
Bosh obraz yoki Bosh qahramon deb yuritiladi. 
etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochiladi – qusur va yaramasliklar o’limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash (“Hiylai sha’riy”- G’.G’ulom), Kalvak mahzum (“Kalvak mahzumning xotira daftaridan”- A.Qodiriy), Qori Ishkanba (“Sudxo’rning o’limi”-S.Ayniy) kabi obrazlar faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan yozuvchilar inkor etadilar. “Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 noyabr, 1998) diqqat qilaylik: Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan, Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan. Ko’rinsa bir ayol xushro’y, yo’tal tutgay seni birdan, Baroq qosh ostidan qiyg’ir ko’zing-la parmalaydursan. Bale, fisqu-fasod “ilmi” aro senga taraf yo’qdir, Jame’i rasvo hunarni sen bilursan, uddalaydursan! Agar afting esa qiyshiq – nachora, oynada ne ayb, Nechun ahli zamondan, ham zamondan o’pkalaydursan? Necha boshga balo bo’lding, baloi tim qaro bo’lding, Tuzalmas, bir yaro bo’lding, qishu yoz maddalaydursan. Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan, Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan... 10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning ishi”- H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa (“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta (“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo’lasiz. Asar qurilishida tutgan o’rniga qarab obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g’oyasini o’zida tashiydigan shaxslar – Bosh obraz yoki Bosh qahramon deb yuritiladi.  
 
Jumladan, XX asr boshida o’zbek xalqi o’zini qanday taniganini ko’rsatish 
“Qutlug’ qon” (Oybek)ning bosh g’oyasidir. Ana shu g’oyani o’zida tashigani va 
asarning boshidan oxirigacha ishtirok etgani uchun Yo’lchi romanning bosh 
qahramoni sanaladi. Xuddi shuningdek, Otabek “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)ning, 
Po’lat “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov)ning, Avaz “Qora ko’zlar” 
(P.Qodirov)ning, Ahmadjon “Davr mening taqdirimda” (A.Muxtor)ning bosh 
obrazidir.  
2. Badiiy asarda ma’lum bir g’oyani (asardagi bosh g’oyaning kichik bir bo’lagini) 
ifodalovchi, syujet davomida bir, ikki ko’zga ko’ringan obrazlar epizodik yoki 
yordamchi obrazlar deyiladi.  
Jumladan, “O’tgan kunlar” romanidagi Qovoq devona, Usta Farfi, Rahmat, 
Ahmadxon, Komilbek kabilar – epizodik obrazlardir.  
Usta Farfi romanda bir epizodda ko’rinadi va Otabek bilan usta Alimni 
“Komilbekni qotili Hamid” ekanligiga ishontirish, Kumushning xaridori, uni 
o’ziniki qilishga harakati borligini bildirish uchun, “bu bir it, tomdagi luqmani o’zi 
ham yemaydi, boshqaga ham yedirmaydir, nah itning o’zi!” - deya Hamidni 
xarakterlash uchun, Otabek hayotidagi fojealarning manbaini, Hamidning 
yordamchisi Sodiq usta Alimga qo’shni ekanini ta’kidlash uchun kiritiladi. Bu 
vazifani o’tab bo’lgach, romanning keyingi voqealari tasvirida ko’rinmaydi. 
Shunga asosan u-yordamchi obrazdir.  
Adabiyot hayotni ikki xil yo’l bilan tadqiq etadi: biri-tasdiqlash, ikkinchisi-
inkor etish. Shunga ko’ra obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi:  
1. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan ijobiy xislatlarni o’zida tashisa 
va kitobxon uchun o’rnak bo’la olsa, jamiyatni ezgulik va komillikka yetaklay 
bilsa, u – ijobiy obrazdir. Bu xususiyatlarga ega bo’lgan Otabek, Yo’lchi, Bobur, 
Po’lat, Ahmadjonlar – ijobiy obrazlar sanaladi.  
2. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan, asosan salbiy xislatlarni o’zida tashisa, 
kitobxonni o’ziga nisbatan nafratini uyg’otsa, jamiyatni tanazzulga tortsa, u- salbiy 
obrazdir. Hamid, Musulmonqul cho’loq (“O’tgan kunlar”), Ahmad Tanbal 
Jumladan, XX asr boshida o’zbek xalqi o’zini qanday taniganini ko’rsatish “Qutlug’ qon” (Oybek)ning bosh g’oyasidir. Ana shu g’oyani o’zida tashigani va asarning boshidan oxirigacha ishtirok etgani uchun Yo’lchi romanning bosh qahramoni sanaladi. Xuddi shuningdek, Otabek “O’tgan kunlar” (A.Qodiriy)ning, Po’lat “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov)ning, Avaz “Qora ko’zlar” (P.Qodirov)ning, Ahmadjon “Davr mening taqdirimda” (A.Muxtor)ning bosh obrazidir. 2. Badiiy asarda ma’lum bir g’oyani (asardagi bosh g’oyaning kichik bir bo’lagini) ifodalovchi, syujet davomida bir, ikki ko’zga ko’ringan obrazlar epizodik yoki yordamchi obrazlar deyiladi. Jumladan, “O’tgan kunlar” romanidagi Qovoq devona, Usta Farfi, Rahmat, Ahmadxon, Komilbek kabilar – epizodik obrazlardir. Usta Farfi romanda bir epizodda ko’rinadi va Otabek bilan usta Alimni “Komilbekni qotili Hamid” ekanligiga ishontirish, Kumushning xaridori, uni o’ziniki qilishga harakati borligini bildirish uchun, “bu bir it, tomdagi luqmani o’zi ham yemaydi, boshqaga ham yedirmaydir, nah itning o’zi!” - deya Hamidni xarakterlash uchun, Otabek hayotidagi fojealarning manbaini, Hamidning yordamchisi Sodiq usta Alimga qo’shni ekanini ta’kidlash uchun kiritiladi. Bu vazifani o’tab bo’lgach, romanning keyingi voqealari tasvirida ko’rinmaydi. Shunga asosan u-yordamchi obrazdir. Adabiyot hayotni ikki xil yo’l bilan tadqiq etadi: biri-tasdiqlash, ikkinchisi- inkor etish. Shunga ko’ra obrazlar quyidagicha turlarga bo’linadi: 1. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan asosan ijobiy xislatlarni o’zida tashisa va kitobxon uchun o’rnak bo’la olsa, jamiyatni ezgulik va komillikka yetaklay bilsa, u – ijobiy obrazdir. Bu xususiyatlarga ega bo’lgan Otabek, Yo’lchi, Bobur, Po’lat, Ahmadjonlar – ijobiy obrazlar sanaladi. 2. Xatti-harakati, xarakter xususiyati bilan, asosan salbiy xislatlarni o’zida tashisa, kitobxonni o’ziga nisbatan nafratini uyg’otsa, jamiyatni tanazzulga tortsa, u- salbiy obrazdir. Hamid, Musulmonqul cho’loq (“O’tgan kunlar”), Ahmad Tanbal  
 
(“Yulduzli tunlar”), Inoyat oqsoqol (“Ufq”) kabilar bu xil obrazlarning tipik 
vakilidir.  
Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi 
obrazlarni vujudga keltiradi:  
1. Yozuvchi “tarix orqali zamonaning ichiga kirsa” (A.Tolstoy), tarixda bo’lib 
o’tgan voqyelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb 
yuritiladi. Hamid Olimjoninng “Zaynab va Omon”idagi Zaynab, Oybekning 
“Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Avlodlar dovoni”dagi Akbar real 
tarixiy shaxslar obrazidir.  
2. Yozuvchi bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalarni 
ifoda etsa, bu g’oyalarni zamondosh, “tanish bo’lgan notanish” xarakterlarda 
gavdalantirsa, bu zamonaviy obraz yoki zamondosh obrazi deb yuritiladi. 
Mustaqillik mafkurasini qalbiga ko’chirgan, Istiqlol mohiyatini o’zida jam qilgan, 
el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashayotgan, O’zbekistonining buyuk davlat 
bo’lishiga asos va kuch berayotgan tadbirkor, mulkdor zamondoshlarimiz obrazi – 
bunday obrazlarning yaqqol timsolidir.  
Adabiyotshunoslikda obrazlarning yana boshqacha turlari ham mavjud: 
o’zgaruvchan obrazlar (Yormat-“Qutlug’ qon”), murakkab obrazlar (Ortiq-
“Qora ko’zlar”) kabi. Demak, bu sohadagi izlanishlar davom etaveradi.  
Badiiy asardagi bir - biri bilan uzviy bog’liq obrazlar majmui - obrazlar 
(sistemasi) tizimi (“O’tgan kunlardagi” Yusufbek hoji – O’zbekoyim- Otabek – 
Kumush – Yodgorbek kabi), asardagi ma’lum bir guruhga mansub obrazlar – 
obrazlar galeriyasi (“O’tgan kunlar”dagi Hamid – Sodiq – Mutal - Jannat kampir 
kabi) deb yuritiladi. 
Badiiy asar qahramonlarini yuqoridagidek turlarga ajratish mumkindir, lekin ular 
o’rtasiga Xitoy devorini qo’yish tamoman noto’g’ridir. Chunki go’zal va 
hayotbaxsh bitta obraz (masalan Otabek)ni - realistik obraz, epik obraz, bosh 
obraz, ijobiy obraz, tarixiy obraz deb yuritaverish haqiqatga to’g’ri kelaverdi.  
Hayotda har qanday yaxshi insonning ham qusurlari, har qanday yomonning ham 
yaxshi xislatlari borligiga hyech kim shubha qilmaydi. Hammasi ham aybdor 
(“Yulduzli tunlar”), Inoyat oqsoqol (“Ufq”) kabilar bu xil obrazlarning tipik vakilidir. Adabiyot tarix va zamona materialiga murojat qilishiga ko’ra quyidagi obrazlarni vujudga keltiradi: 1. Yozuvchi “tarix orqali zamonaning ichiga kirsa” (A.Tolstoy), tarixda bo’lib o’tgan voqyelikni obrazlarda gavdalantirsa, ular tarixiy shaxslar obrazi deb yuritiladi. Hamid Olimjoninng “Zaynab va Omon”idagi Zaynab, Oybekning “Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Avlodlar dovoni”dagi Akbar real tarixiy shaxslar obrazidir. 2. Yozuvchi bugungi jamiyatning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalarni ifoda etsa, bu g’oyalarni zamondosh, “tanish bo’lgan notanish” xarakterlarda gavdalantirsa, bu zamonaviy obraz yoki zamondosh obrazi deb yuritiladi. Mustaqillik mafkurasini qalbiga ko’chirgan, Istiqlol mohiyatini o’zida jam qilgan, el-yurt ravnaqi uchun kuyib, yonib yashayotgan, O’zbekistonining buyuk davlat bo’lishiga asos va kuch berayotgan tadbirkor, mulkdor zamondoshlarimiz obrazi – bunday obrazlarning yaqqol timsolidir. Adabiyotshunoslikda obrazlarning yana boshqacha turlari ham mavjud: o’zgaruvchan obrazlar (Yormat-“Qutlug’ qon”), murakkab obrazlar (Ortiq- “Qora ko’zlar”) kabi. Demak, bu sohadagi izlanishlar davom etaveradi. Badiiy asardagi bir - biri bilan uzviy bog’liq obrazlar majmui - obrazlar (sistemasi) tizimi (“O’tgan kunlardagi” Yusufbek hoji – O’zbekoyim- Otabek – Kumush – Yodgorbek kabi), asardagi ma’lum bir guruhga mansub obrazlar – obrazlar galeriyasi (“O’tgan kunlar”dagi Hamid – Sodiq – Mutal - Jannat kampir kabi) deb yuritiladi. Badiiy asar qahramonlarini yuqoridagidek turlarga ajratish mumkindir, lekin ular o’rtasiga Xitoy devorini qo’yish tamoman noto’g’ridir. Chunki go’zal va hayotbaxsh bitta obraz (masalan Otabek)ni - realistik obraz, epik obraz, bosh obraz, ijobiy obraz, tarixiy obraz deb yuritaverish haqiqatga to’g’ri kelaverdi. Hayotda har qanday yaxshi insonning ham qusurlari, har qanday yomonning ham yaxshi xislatlari borligiga hyech kim shubha qilmaydi. Hammasi ham aybdor  
 
(beayb-Parvardigordir) bandalardir. Shunday ekan, badiiy asar qahramonlarini 
faqatgina bir rangda (oq yoki qora, yoki qizil) tasvirlanishi, sun’iy ravishda bir 
rangning quyuqlashtirilishi mantiqan noto’g’ridir.  
Jumladan, “Oltin zanglamas” (Shuhrat)dagi Mirsalim, “Chiniqish” 
(Mirmuhsin)dagi Bo’rixo’ja, “Senga intilaman” (H.G’ulom)dagi Mirhosil obrazlari 
yozuvchilar tomonidan jamiyatimizda uchrab turuvchi salbiy xususiyatlarning 
deyarli barchasini o’zlarida jamg’argan shaxslar sifatida tasvirlanadi; obraz 
aniqligiga putur yetkaziladi. Natijada, bu obrazlar o’zlarining jonli qiyofalarini 
yo’qotib, salbiy xususiyatlarning yig’indisiga aylanib ketadilar. Chunonchi, 
yigirma yildan buyon kolxozga rais bo’lib kelgan Mirhosil – qo’li egri, qo’pol, 
xushomadgo’y, cho’lni nobud etuvchi, ma’naviy jihatdan buzuq, xotin olib, xotin 
qo’yuvchi va hokazo...  
Adabiyot – insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning 
fe’l - atvorlariga – xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo’lishi 
talab qilinadi. 
Adabiyotshunoslikda “obraz” tushunchasi bilan ba’zida teng, ba’zida farqli 
ishlatildigan “personaj”, “qahramon” tushunchalari ham bor.  
Personaj (lat. Personal-shaxs so’zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi 
hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar-
personajlar deb yuritiladi, shu sabab uning tushunchasi obrazga nisbatan tor 
hisoblanadi. “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov) romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, 
Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar – 
personajlardir.  
Qahramon deganda, shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, 
jonbozlik, mardlik qilib o’zini ko’rsatgan (M., O’zbekiston Qahramoni) kishi 
tasavvurga kelsa-da, bu tushuncha umuman asarda ishtirok etuvchi (Yo’lchi, 
Yormat, Unsin; Hamid, Sodiq, Mutal; lirik qahramon, epik qahramon) ijobiy yoki 
salbiyligidan qat’iy nazar hamma shaxslarga, ko’pincha, bosh ishtirokchilarga 
nisbatan qo’llaniladi. Chunki, har qanday salbiy qahramon ham adabiy asarga 
to’qib-bichib kiritilar ekan, u ham asardagi biror voqea-hodisaning yuzaga 
(beayb-Parvardigordir) bandalardir. Shunday ekan, badiiy asar qahramonlarini faqatgina bir rangda (oq yoki qora, yoki qizil) tasvirlanishi, sun’iy ravishda bir rangning quyuqlashtirilishi mantiqan noto’g’ridir. Jumladan, “Oltin zanglamas” (Shuhrat)dagi Mirsalim, “Chiniqish” (Mirmuhsin)dagi Bo’rixo’ja, “Senga intilaman” (H.G’ulom)dagi Mirhosil obrazlari yozuvchilar tomonidan jamiyatimizda uchrab turuvchi salbiy xususiyatlarning deyarli barchasini o’zlarida jamg’argan shaxslar sifatida tasvirlanadi; obraz aniqligiga putur yetkaziladi. Natijada, bu obrazlar o’zlarining jonli qiyofalarini yo’qotib, salbiy xususiyatlarning yig’indisiga aylanib ketadilar. Chunonchi, yigirma yildan buyon kolxozga rais bo’lib kelgan Mirhosil – qo’li egri, qo’pol, xushomadgo’y, cho’lni nobud etuvchi, ma’naviy jihatdan buzuq, xotin olib, xotin qo’yuvchi va hokazo... Adabiyot – insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning fe’l - atvorlariga – xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo’lishi talab qilinadi. Adabiyotshunoslikda “obraz” tushunchasi bilan ba’zida teng, ba’zida farqli ishlatildigan “personaj”, “qahramon” tushunchalari ham bor. Personaj (lat. Personal-shaxs so’zidan) atamasi badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar- personajlar deb yuritiladi, shu sabab uning tushunchasi obrazga nisbatan tor hisoblanadi. “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov) romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar – personajlardir. Qahramon deganda, shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib o’zini ko’rsatgan (M., O’zbekiston Qahramoni) kishi tasavvurga kelsa-da, bu tushuncha umuman asarda ishtirok etuvchi (Yo’lchi, Yormat, Unsin; Hamid, Sodiq, Mutal; lirik qahramon, epik qahramon) ijobiy yoki salbiyligidan qat’iy nazar hamma shaxslarga, ko’pincha, bosh ishtirokchilarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki, har qanday salbiy qahramon ham adabiy asarga to’qib-bichib kiritilar ekan, u ham asardagi biror voqea-hodisaning yuzaga  
 
kelishida asosiy rol o’ynashi, shubhasizdir.  
Tayanch tushunchalar  
Obraz yaratishning jamlash va prototip yo’llari. Realistik obraz. Romantik obraz. 
Epik obraz. Lirik obraz. Dramatik obraz. Xayoliy - fantastik obraz. Afsonaviy 
obraz. Mifologik obraz. Majoziy obraz. Kinoyaviy obraz. Satirik obraz. 
Yumoristik obraz. Ijobiy obraz. Salbiy obraz. Tarixiy obraz. Zamonaviy obraz. 
Bosh obraz. Yordamchi obraz. Personaj. Qahramon. 
 
1.Zamonaviy she’riy janrlar 
2. Bugungi o`zbek she’riyatining o`ziga xos xususiyatlari 
Sheʼr (arabcha: shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi 
sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki 
ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham 
qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy 
asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt 
oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. 
Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik 
porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga 
kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har 
bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. 
Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, 
yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini 
taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir. 
Zamonaviy oʻzbek adabiyotida "She'r" atamasi maʼnosini erkinroq tushunish, 
oldingi shakliy qoliplarni oʻzgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga 
intilish tamoyili kuchli. Shuning uchun ham oʻzbek nazmida "oq she'r", "sochma 
she'r", "nasriy she'r", "tasbih", "uchchanoq" singari she'r shakllari paydo 
boʻlmoqda. shahrining qofiya, tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida 
qolishini istamayotgan bir qator shoirlar qofiyasiz, grammatik qoidalar va tinish 
belgilariga rioya etilmay yozilgan she'rlar yaratmoqdalar. Sheʼrning eng kichik 
kelishida asosiy rol o’ynashi, shubhasizdir. Tayanch tushunchalar Obraz yaratishning jamlash va prototip yo’llari. Realistik obraz. Romantik obraz. Epik obraz. Lirik obraz. Dramatik obraz. Xayoliy - fantastik obraz. Afsonaviy obraz. Mifologik obraz. Majoziy obraz. Kinoyaviy obraz. Satirik obraz. Yumoristik obraz. Ijobiy obraz. Salbiy obraz. Tarixiy obraz. Zamonaviy obraz. Bosh obraz. Yordamchi obraz. Personaj. Qahramon. 1.Zamonaviy she’riy janrlar 2. Bugungi o`zbek she’riyatining o`ziga xos xususiyatlari Sheʼr (arabcha: shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida "She'r" atamasi maʼnosini erkinroq tushunish, oldingi shakliy qoliplarni oʻzgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga intilish tamoyili kuchli. Shuning uchun ham oʻzbek nazmida "oq she'r", "sochma she'r", "nasriy she'r", "tasbih", "uchchanoq" singari she'r shakllari paydo boʻlmoqda. shahrining qofiya, tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida qolishini istamayotgan bir qator shoirlar qofiyasiz, grammatik qoidalar va tinish belgilariga rioya etilmay yozilgan she'rlar yaratmoqdalar. Sheʼrning eng kichik  
 
koʻrinishi mumtoz adabiyotda 1 baytdangina iborat boʻlsa (fard), oʻzbek folklorida 
4 qatorni tashkil etadi (toʻrtlik). Bir misradan iborat she'r yaratishga ham urinishlar 
boʻlgan (rus sheʼriyatida "monostix" — bir sheʼr deb nomlangan). 
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida she'rlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun 
"qoʻshiq" deb atalgan. Ogʻzaki she'r qatʼiy shakliy-mundarijaviy qoliplarga 
tushmaydi va yoʻnalishiga koʻra mavsum, marosim, sevgi qoʻshiqlari kabi turlarga 
ajratiladi. Mumtoz she'rlar qofiyalanish va banddagi misralarning miqdoriga koʻra 
maxsus janrlarga boʻlingan. Agar Sh. bandi 2 misradan iborat boʻlsa — masnaviy, 
3 misradan iborat boʻlsa — musallas, har bir band 4 misradan tashkil topsa — 
murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa — muxammas, bandlari 6 satrdan 
tashkil topsa — musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa — musabbaʼ, 8 misrali 
bandlardan tashkil topsa — musamman, 9 qatorli bandlardan iborati — tasneʼ 
(mustasneʼ), 10 qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) 
deyilgan. 
Hozirgi oʻzbek shoirlari turlicha bandlardan tashkil topadigan anʼanaviy barmoq 
vaznining turli poetik kombinatsiyalaridan tashqari, jahon sheʼriyati tajribasidan 
oʻzlashtirilgan sonet, romans, xoyku, tanka, elegiya, barokko, rondel va boshqalar 
janrlarda she'rlar yaratishmoqda va ularda oʻzbeklarga xos milliy tuygʻularni taʼsirli 
ifodalashga erishmoqdalar. 
Sonet – italyancha “jaranglamoq” jahon she’riyatida keng tarqalgan she’riy 
janr bo`lib, 14 misradan tashkil topadi. Ko`pincha a-b-a-b, a-b-b-a, d-d-e, e-f-e 
shaklida qofiyalanadi. U dastlab, XIIi asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan. 
O`zbek adabiyotida XX asrning 20-30-yillarida kirib kelgan. Sonetning go`zal 
namunasi XX asrning 30-yillarida Usmon Nosir yaratgan. Rauf, Parfi, Barot 
Boyqobilov ham barakali ijod etgan. Sonet tuzilish jihatdan ikki qismdan tashkil 
topadi. 1. To`rtlik band  (katren) 2. Uchlik band (terset)  
Yana she’rimga 
She’rim yana o`zing yaxshisan,  
Boqqa kirsang, gullar sharmanda. 
Bir men emas, hayot shaxsisan,  
koʻrinishi mumtoz adabiyotda 1 baytdangina iborat boʻlsa (fard), oʻzbek folklorida 4 qatorni tashkil etadi (toʻrtlik). Bir misradan iborat she'r yaratishga ham urinishlar boʻlgan (rus sheʼriyatida "monostix" — bir sheʼr deb nomlangan). Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida she'rlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun "qoʻshiq" deb atalgan. Ogʻzaki she'r qatʼiy shakliy-mundarijaviy qoliplarga tushmaydi va yoʻnalishiga koʻra mavsum, marosim, sevgi qoʻshiqlari kabi turlarga ajratiladi. Mumtoz she'rlar qofiyalanish va banddagi misralarning miqdoriga koʻra maxsus janrlarga boʻlingan. Agar Sh. bandi 2 misradan iborat boʻlsa — masnaviy, 3 misradan iborat boʻlsa — musallas, har bir band 4 misradan tashkil topsa — murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa — muxammas, bandlari 6 satrdan tashkil topsa — musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa — musabbaʼ, 8 misrali bandlardan tashkil topsa — musamman, 9 qatorli bandlardan iborati — tasneʼ (mustasneʼ), 10 qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) deyilgan. Hozirgi oʻzbek shoirlari turlicha bandlardan tashkil topadigan anʼanaviy barmoq vaznining turli poetik kombinatsiyalaridan tashqari, jahon sheʼriyati tajribasidan oʻzlashtirilgan sonet, romans, xoyku, tanka, elegiya, barokko, rondel va boshqalar janrlarda she'rlar yaratishmoqda va ularda oʻzbeklarga xos milliy tuygʻularni taʼsirli ifodalashga erishmoqdalar. Sonet – italyancha “jaranglamoq” jahon she’riyatida keng tarqalgan she’riy janr bo`lib, 14 misradan tashkil topadi. Ko`pincha a-b-a-b, a-b-b-a, d-d-e, e-f-e shaklida qofiyalanadi. U dastlab, XIIi asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan. O`zbek adabiyotida XX asrning 20-30-yillarida kirib kelgan. Sonetning go`zal namunasi XX asrning 30-yillarida Usmon Nosir yaratgan. Rauf, Parfi, Barot Boyqobilov ham barakali ijod etgan. Sonet tuzilish jihatdan ikki qismdan tashkil topadi. 1. To`rtlik band (katren) 2. Uchlik band (terset) Yana she’rimga She’rim yana o`zing yaxshisan, Boqqa kirsang, gullar sharmanda. Bir men emas, hayot shaxsisan,  
 
Jonim kabi yashaysan manda 
 
Yuragimning dardi –naqshisan,  
Qilolmayman sen kabi kanda. 
O`t bo`lurmi ishqi yo`q tanda, 
Dardimsanki, she’rim yaxshisan. 
 
Sen orada ko`prik bo`lding-da,  
Geyne bilan o`rtoq tutundim. 
Lermontovdan ko`mak o`tindim. 
 
Butun umrim sening bo`yningda,  
Saharda qon tupursam mayli. 
Men –Majnunman, she’rim sen Layli! 
Oq she’r – vazni aniq, lekin qofiyasiz she’r. Vazni misradagi rang-barang, 
ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi. O`rta asrlar 
o`zbek mumtoz adabiyotida “harora” nomli qofiyasiz she’r ham mavjud bo`lgan. Oq 
she’r misralarning qofiyasiz, ya’ni oq qolinishidan olingan. Oq she’r shoirga o`z  
fikri va hissiyotini to`laroq ifodalash imkonini beradi. Undagi ritmik izchillik esa 
she’r g`oyasiga kuchli ta’sirchanlik bag`ishlaydi. O`zbek adabiyotida U.Nosir, 
H.Olimjon, 
M.Shayxzoda, 
A.Oripov, 
R.Parfi 
ijodida 
ko`zga 
tashlanadi. 
M.Shayxzoda “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi, Sheksper “Otello”, “Hamlet”, 
“Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”, Sofokl “Shoh Edip” asarlarining tarjimalari 
oq she’rda bitilgan.  
Sochma (nasriy) she’r – bunday she’rlarda lirik kechinmalar sochma nutq 
shaklida ifodalanib, jo`shqin ritmi bilan she’rga monand bo`ladi. Nozim Hikmat 
ta’sirida Mirtemir o`zbek she’riyatiga “sochma” shaklni olib kirgan. 
Sochma she’rning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
a) Ma’lum vaznga va qofiyaga ega emasligi; 
b) Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning kuchligi; 
Jonim kabi yashaysan manda Yuragimning dardi –naqshisan, Qilolmayman sen kabi kanda. O`t bo`lurmi ishqi yo`q tanda, Dardimsanki, she’rim yaxshisan. Sen orada ko`prik bo`lding-da, Geyne bilan o`rtoq tutundim. Lermontovdan ko`mak o`tindim. Butun umrim sening bo`yningda, Saharda qon tupursam mayli. Men –Majnunman, she’rim sen Layli! Oq she’r – vazni aniq, lekin qofiyasiz she’r. Vazni misradagi rang-barang, ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi. O`rta asrlar o`zbek mumtoz adabiyotida “harora” nomli qofiyasiz she’r ham mavjud bo`lgan. Oq she’r misralarning qofiyasiz, ya’ni oq qolinishidan olingan. Oq she’r shoirga o`z fikri va hissiyotini to`laroq ifodalash imkonini beradi. Undagi ritmik izchillik esa she’r g`oyasiga kuchli ta’sirchanlik bag`ishlaydi. O`zbek adabiyotida U.Nosir, H.Olimjon, M.Shayxzoda, A.Oripov, R.Parfi ijodida ko`zga tashlanadi. M.Shayxzoda “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi, Sheksper “Otello”, “Hamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta”, Sofokl “Shoh Edip” asarlarining tarjimalari oq she’rda bitilgan. Sochma (nasriy) she’r – bunday she’rlarda lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo`shqin ritmi bilan she’rga monand bo`ladi. Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o`zbek she’riyatiga “sochma” shaklni olib kirgan. Sochma she’rning xususiyatlari quyidagilardan iborat: a) Ma’lum vaznga va qofiyaga ega emasligi; b) Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning kuchligi;  
 
c) His-hayajonning balandligi va ritorik qaytarishlarning ko`pligi; 
d) O`ziga xos ritmik tuzilishi va to`xtam (pauza)larning ko`pligi 
Nasriy she’r – nasrdagi nazmlar, mansur she’rlar, mansuralar, sochmalar kabi 
nomlar bilan ham aytiladi. Nasriy she’rlarning go`zal namunasini Fitrat, Oybek, 
Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G`afurov kabi shoirlar ijodida 
kuzatish mumkin. 
Tingla hayot! 
Tingla qirg`oqsiz dengizday cheksiz koinot… 
 Soz kuylaydi… 
Talvasalarga to`lib kuylaydi soz; 
Toshib kuylaydi soz…     (Mirtemir) 
Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi. (frans. “raqs qo`shig`i”). 
Qahramonlik harakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik sujetli 
she’r. O`zbek adabiyotida balladalar ko`proq tarixiy-fantastik va qahramonlik 
yo`nalishlarida bitilgan. Jumladan: H.Olimjon “Jangchi Tursun”, M.Shayxzoda 
“Kapitan Gastello”, Shuhrat “Mardlik afsonasi”, “Ona va Farzand”, “Jamila”, 
“Raymonda” 
Sarbast she’r – (forscha -erkin) she’rning asosiy xususiyati unda vazn, 
qofiya, band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz 
beradi. Ayrim misralarda bo`gin, so`zlarni ma’no ohangini kuchaytirish maqsadida 
bir necha qatorga zinopoya shaklida joylashtiriladi. Bu she’r turi hijolarning 
miqdori ularning cho`ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan 
she’r turi. Verlibr( frans. Erkin she’r) deb ham ataladi. Misralarning turlicha 
turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o`z fikrini izchil ifodalashga imkon  
beradi. O`zbek adabiyotida bu she’rning ommalashgan davri XX asrning 20-
yillariga to`g`ri keladi. Mayakovskiy ta’sirida kirib kelgan bu she’r turi  Cho`lpon, 
H.Olimjon, G`.G`ulom, M.Shayxzoda, Mirtemir ijodida uchraydi.  
Cho`chima jigarim,  
O`z uyingdasan. 
Bu yerda 
c) His-hayajonning balandligi va ritorik qaytarishlarning ko`pligi; d) O`ziga xos ritmik tuzilishi va to`xtam (pauza)larning ko`pligi Nasriy she’r – nasrdagi nazmlar, mansur she’rlar, mansuralar, sochmalar kabi nomlar bilan ham aytiladi. Nasriy she’rlarning go`zal namunasini Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G`afurov kabi shoirlar ijodida kuzatish mumkin. Tingla hayot! Tingla qirg`oqsiz dengizday cheksiz koinot… Soz kuylaydi… Talvasalarga to`lib kuylaydi soz; Toshib kuylaydi soz… (Mirtemir) Ballada – liro-epik poeziyaning bir turi. (frans. “raqs qo`shig`i”). Qahramonlik harakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik sujetli she’r. O`zbek adabiyotida balladalar ko`proq tarixiy-fantastik va qahramonlik yo`nalishlarida bitilgan. Jumladan: H.Olimjon “Jangchi Tursun”, M.Shayxzoda “Kapitan Gastello”, Shuhrat “Mardlik afsonasi”, “Ona va Farzand”, “Jamila”, “Raymonda” Sarbast she’r – (forscha -erkin) she’rning asosiy xususiyati unda vazn, qofiya, band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi. Ayrim misralarda bo`gin, so`zlarni ma’no ohangini kuchaytirish maqsadida bir necha qatorga zinopoya shaklida joylashtiriladi. Bu she’r turi hijolarning miqdori ularning cho`ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan she’r turi. Verlibr( frans. Erkin she’r) deb ham ataladi. Misralarning turlicha turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o`z fikrini izchil ifodalashga imkon beradi. O`zbek adabiyotida bu she’rning ommalashgan davri XX asrning 20- yillariga to`g`ri keladi. Mayakovskiy ta’sirida kirib kelgan bu she’r turi Cho`lpon, H.Olimjon, G`.G`ulom, M.Shayxzoda, Mirtemir ijodida uchraydi. Cho`chima jigarim, O`z uyingdasan. Bu yerda  
 
 
Na g`urbat, 
 
 
Na ofat,  
 
 
 
 
Na g`am   (G`.G`ulom) 
To`rtlik – o`zbek she’riyatida ruboiy va tuyuq janrida yozilmagan 4 misradan iborat 
janri to`rtlik deyiladi. Bu janr asosan barmoq, lekin aruzda ham yozilishi ham 
mumkin. Qadimgi to`rtliklar M.Qoshg`riyning “Devonu lug`otit-turk” asari orqali 
kirib kelgan.  
 
 
Do`stlar, yaxshilarni avaylab saqlang! 
 
 
“Salom” degan so`zning salmog`in oqlang. 
 
 
O`lganida yuz soat yig`lab turgandan, - 
 
 
Uni tirigida bir soat yo`qlang!  
 
 
Istiqlol tufayli ma’naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan so`z san’atiga 
nisbatan munosabat o`zgardi. Yangi davr adabiyotimiz tarixiga, zamonamiz adabiy-
badiiy jarayoniga ham yangicha g`oyaviy-estetik mezon bilan yondashishni taqozo 
etadi. Hozirgi o`zbek she’riyatining  ma’naviy miqiyosi, badiiy salohiyati sezilarli 
darajada o`sdi.Hozirgi o`zbek adabiyotida lirika alohida o`ringa ega. Unda 
zamondoshimiz  qalbida kechayotganhis-tuyg`ularni  aks ettirish barobarida 
she’riyat jamiyatimizning har bir a’zosida  mustaqillikka shukronalik, porloq 
kelajakkanishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. 
 
Bugungi kun she’riyatiining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g`oyani ochib 
berish, uning yetakchi g`oyaviy-badiiy tamoyillarini aniqlash o`zbek she’riyatining 
istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi.  
 
Ijtimoiy  hayotda kechayotgan evrilishlar birinchi navbatda lirikada aks etadi. 
Bu esa uning tamoyillarini ham belgilaydi. Bugungi she’riyatda 4 tamoyil 
yetakchilik qiladi.  1. O`zbekistonning mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi milliy 
uyg`onish g`oyalari balqib turgan she’rlarga alohida e’tibor. Bu holni barcha 
shoirlar ijodida kuzatish mumkin. Masalani mohiyatini anglashda ustoz shoirlar 
yetakchidir. Voqea-hodisani ifodalash qofiyali ifodalash she’riyat emas, uning 
mohiyatini falsafiy mushohada qilish she’riyatdir.  
Na g`urbat, Na ofat, Na g`am (G`.G`ulom) To`rtlik – o`zbek she’riyatida ruboiy va tuyuq janrida yozilmagan 4 misradan iborat janri to`rtlik deyiladi. Bu janr asosan barmoq, lekin aruzda ham yozilishi ham mumkin. Qadimgi to`rtliklar M.Qoshg`riyning “Devonu lug`otit-turk” asari orqali kirib kelgan. Do`stlar, yaxshilarni avaylab saqlang! “Salom” degan so`zning salmog`in oqlang. O`lganida yuz soat yig`lab turgandan, - Uni tirigida bir soat yo`qlang! Istiqlol tufayli ma’naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan so`z san’atiga nisbatan munosabat o`zgardi. Yangi davr adabiyotimiz tarixiga, zamonamiz adabiy- badiiy jarayoniga ham yangicha g`oyaviy-estetik mezon bilan yondashishni taqozo etadi. Hozirgi o`zbek she’riyatining ma’naviy miqiyosi, badiiy salohiyati sezilarli darajada o`sdi.Hozirgi o`zbek adabiyotida lirika alohida o`ringa ega. Unda zamondoshimiz qalbida kechayotganhis-tuyg`ularni aks ettirish barobarida she’riyat jamiyatimizning har bir a’zosida mustaqillikka shukronalik, porloq kelajakkanishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugungi kun she’riyatiining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g`oyani ochib berish, uning yetakchi g`oyaviy-badiiy tamoyillarini aniqlash o`zbek she’riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi. Ijtimoiy hayotda kechayotgan evrilishlar birinchi navbatda lirikada aks etadi. Bu esa uning tamoyillarini ham belgilaydi. Bugungi she’riyatda 4 tamoyil yetakchilik qiladi. 1. O`zbekistonning mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi milliy uyg`onish g`oyalari balqib turgan she’rlarga alohida e’tibor. Bu holni barcha shoirlar ijodida kuzatish mumkin. Masalani mohiyatini anglashda ustoz shoirlar yetakchidir. Voqea-hodisani ifodalash qofiyali ifodalash she’riyat emas, uning mohiyatini falsafiy mushohada qilish she’riyatdir.