Adabiyotning vazifadorligi

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

28,5 KB


 
 
 
 
 
 
Adabiyotning vazifadorligi 
 
 
 
Reja: 
1. Vazifadorlik tushunchasi.  
2. Badiiy adabiyotning vazifalari.  
a) ijtimoiy, b) estetik, c) evristik, d) konseptual, e) ekspressiv va boshqa 
vazifalari.  
3. Adabiyot vazifalarining o‘zaro aloqadorligi.  
4. Adabiyot vazifalariga doir konsepsiyalar.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Adabiyotning vazifadorligi Reja: 1. Vazifadorlik tushunchasi. 2. Badiiy adabiyotning vazifalari. a) ijtimoiy, b) estetik, c) evristik, d) konseptual, e) ekspressiv va boshqa vazifalari. 3. Adabiyot vazifalarining o‘zaro aloqadorligi. 4. Adabiyot vazifalariga doir konsepsiyalar.  
 
Tayanch tushunchalar: vazifadorlik, badiiy adabiyot, ijtimoiy, estetik, 
evristik, konseptual, ekspressiv, estetik zavq, kommunikativ, axloqiy tarbiya, 
katarsis, o‘zaro aloqadorlik, konsepsiya. 
 
 
Vazifadorlik tushunchasi. “Adabiyot nazariyasi” fanining maqsad va 
vazifalarini belgilash uning bosh muddaosi bo‘lgan badiiy adabiyotning maqsad 
va vazifalarini anglashdan boshlanadi. Badiiy   ifoda shakli, hajmi va mazmunidan 
qat’i nazar bir emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. T.Iglton 
yozadi: 
“Shundan 
kelib 
chiqib, 
badiiy 
adabiyotning 
vazifadorligi 
(polifunksionalligi)ni 
belgilash 
ham 
aadbiyot 
nazariyasining 
zimmasiga 
yuklanadi”. 
1. Insonshunoslik (I.Sultonga kura) – “bu atamaning aniq ma’nosi shuki, inson 
o‘zining intilishlari, ishlarining xilma-xilligi, o‘sishi va tanazzulga kelish jarayoni 
bilan badiiy adabiyotning materiali bo‘lib xizmat etadi”.1 Bu o‘rinda inson 
adabiyotning tasvir predmeti, muallif faqat o‘zini tasvirlamaydi, balki o‘zgalarning 
his-tuyg‘u, fikr va ruhiyatini aks ettiradi. Shuning uchun yozuvchi faqat o‘zini 
bilishi va “ifoda qilishi”gina emas, o‘zgalar qalb kechinmalarini ham aks ettira 
olishi kerak. Buning uchun o‘zini qanchalik yaxshi bilsa, o‘z kechinmalarini 
qancha badiiy aks ettira olsa, o‘zlarni ham shunchalar aniqlik bilan ko‘rsata olishi 
kerak. Inson tasviri – adabiyotning birlamchi vazifasi, inson uning bosh predmeti 
(I.Sulton, 58 b.). Shu o‘rinda adabiyotning ommaviyligi ayrim o‘rinlarda birlamchi 
vazifa qilib ko‘rsatiladi, bu unchalik to‘g‘ri emas. Ayni yo‘nalish “ommaviy 
adabiyot”ga aylanishi natijasida jahon badiiyati ancha qashshoqlashgani sir emas. 
2. Ijtimoiy vazifasi – Adabiyotning ijtimoiyligi  kishilar ongiga g‘oyaviy-
estetik ta’sir qilishda, sotsial o‘zgarishlarda qatnashishda, muallifning hayot 
haqiqatini o‘rganib yangi poetik dunyo yaratishida va fakt, voqea hamda 
prototiplar asosida ta’sirchan obrazlar yaratishida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. 
Adabiyot muallif uchun emas, balki jamiyat uchun yashaydi. Shuning uchun ham 
                                                          
 
1 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.53. 
Tayanch tushunchalar: vazifadorlik, badiiy adabiyot, ijtimoiy, estetik, evristik, konseptual, ekspressiv, estetik zavq, kommunikativ, axloqiy tarbiya, katarsis, o‘zaro aloqadorlik, konsepsiya. Vazifadorlik tushunchasi. “Adabiyot nazariyasi” fanining maqsad va vazifalarini belgilash uning bosh muddaosi bo‘lgan badiiy adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashdan boshlanadi. Badiiy ifoda shakli, hajmi va mazmunidan qat’i nazar bir emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. T.Iglton yozadi: “Shundan kelib chiqib, badiiy adabiyotning vazifadorligi (polifunksionalligi)ni belgilash ham aadbiyot nazariyasining zimmasiga yuklanadi”. 1. Insonshunoslik (I.Sultonga kura) – “bu atamaning aniq ma’nosi shuki, inson o‘zining intilishlari, ishlarining xilma-xilligi, o‘sishi va tanazzulga kelish jarayoni bilan badiiy adabiyotning materiali bo‘lib xizmat etadi”.1 Bu o‘rinda inson adabiyotning tasvir predmeti, muallif faqat o‘zini tasvirlamaydi, balki o‘zgalarning his-tuyg‘u, fikr va ruhiyatini aks ettiradi. Shuning uchun yozuvchi faqat o‘zini bilishi va “ifoda qilishi”gina emas, o‘zgalar qalb kechinmalarini ham aks ettira olishi kerak. Buning uchun o‘zini qanchalik yaxshi bilsa, o‘z kechinmalarini qancha badiiy aks ettira olsa, o‘zlarni ham shunchalar aniqlik bilan ko‘rsata olishi kerak. Inson tasviri – adabiyotning birlamchi vazifasi, inson uning bosh predmeti (I.Sulton, 58 b.). Shu o‘rinda adabiyotning ommaviyligi ayrim o‘rinlarda birlamchi vazifa qilib ko‘rsatiladi, bu unchalik to‘g‘ri emas. Ayni yo‘nalish “ommaviy adabiyot”ga aylanishi natijasida jahon badiiyati ancha qashshoqlashgani sir emas. 2. Ijtimoiy vazifasi – Adabiyotning ijtimoiyligi kishilar ongiga g‘oyaviy- estetik ta’sir qilishda, sotsial o‘zgarishlarda qatnashishda, muallifning hayot haqiqatini o‘rganib yangi poetik dunyo yaratishida va fakt, voqea hamda prototiplar asosida ta’sirchan obrazlar yaratishida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Adabiyot muallif uchun emas, balki jamiyat uchun yashaydi. Shuning uchun ham 1 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.53.  
 
uning asariijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin jamiyatga 
taraqqiyotiga naf keltirishi kerak. I.Sulton o‘z nazariyasi bu hodisaga alohida bob 
ajratgan va “adabiyot – ijtimoiy ongning o‘ziga xos sohasi”, “hayot va adabiyot” 
va “adabiyot va zamonaviylik” bo‘limlarida fikr yuritgan (I.Sulton. B.19-50).    
3. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu 
vazifa adabiyotning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat, 
jarayon va boshqalar haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda 
asarning mavzusi, sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy 
diskurs jarayonida bad. asarning barcha a’zo (komponent)lari ishtirok etadi. 
Masalan., Balzak romanlari XIX asr fransuz hayotini o‘rganishda tarixiy 
asarlardan ham muhimroq vazifani bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. Shu 
kabi Abdulla Qodiriy romanlari yaqin o‘tmishimizni, xonlik zamonlarini 
o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi.Shundan badiiy adabiyotni “hayot 
darsligi” deb ataydilar. 
4. Konseptuallik. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. Adabiyot 
kitobxonni hissiy bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq 
qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda 
va badiiy asarlarda inson qadriyatini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir inson 
jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga 
hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u asariga muallif 
konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o‘z usulini tavsiya etadi. 
Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi.  
5. Emotsional, hissiy tarbiya berish. Bu bilan adabiyot inson tuyg‘ularini 
yangilaydi, uni his qilishga, sevishga, ardoqlashga o‘rgatadi. U kitobxon 
tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak,aks 
holda adabiyot tashigan tuyg‘ular chala, yuzaki, yengil-yelpi va muayyan 
maqsadga yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi 
sifatida kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi) 
vazifasi uning boshqa barcha vazifalarini bajarishga zamin yaratadi. Qadimgi 
kishilar san’at asarlari beradigan ma’naviy lazzat, rohatni jismoniy lazzatga 
uning asariijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin jamiyatga taraqqiyotiga naf keltirishi kerak. I.Sulton o‘z nazariyasi bu hodisaga alohida bob ajratgan va “adabiyot – ijtimoiy ongning o‘ziga xos sohasi”, “hayot va adabiyot” va “adabiyot va zamonaviylik” bo‘limlarida fikr yuritgan (I.Sulton. B.19-50). 3. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu vazifa adabiyotning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat, jarayon va boshqalar haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda asarning mavzusi, sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy diskurs jarayonida bad. asarning barcha a’zo (komponent)lari ishtirok etadi. Masalan., Balzak romanlari XIX asr fransuz hayotini o‘rganishda tarixiy asarlardan ham muhimroq vazifani bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. Shu kabi Abdulla Qodiriy romanlari yaqin o‘tmishimizni, xonlik zamonlarini o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi.Shundan badiiy adabiyotni “hayot darsligi” deb ataydilar. 4. Konseptuallik. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. Adabiyot kitobxonni hissiy bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda va badiiy asarlarda inson qadriyatini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir inson jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u asariga muallif konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o‘z usulini tavsiya etadi. Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi. 5. Emotsional, hissiy tarbiya berish. Bu bilan adabiyot inson tuyg‘ularini yangilaydi, uni his qilishga, sevishga, ardoqlashga o‘rgatadi. U kitobxon tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak,aks holda adabiyot tashigan tuyg‘ular chala, yuzaki, yengil-yelpi va muayyan maqsadga yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi sifatida kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi) vazifasi uning boshqa barcha vazifalarini bajarishga zamin yaratadi. Qadimgi kishilar san’at asarlari beradigan ma’naviy lazzat, rohatni jismoniy lazzatga  
 
nisbatan afzal deb bilar edilar. Bu vazifa quyidagi sabablardan kelib chiqadi 
(boshqacha aytsak, lazzatlanish manbalari quyidagilar): 1) san’atkor hayot 
go‘zalliklarini nozik his etadi, estetik boyliklarni tez, mohirona va erkin 
o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi va zavqlantiradi; 2) san’atkor 
insoniyat tarixidagi qiziqarli voqea-hodisalarning estetik qimmatini ko‘rsatib 
beradi; 3) san’at asari ma’no va badiiy shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq, 
lazzat beradi; 4) real voqelikka nisbatan badiiy voqelik go‘zallik va haqiqat 
qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom 
bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – idron etuvchiga ham ilhom va shodlik 
baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan (topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va 
san’atning mana shu erkin o‘yinlari kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya 
zavqlantiradi. Sazef Xeyzin: “San’atda o‘yin, o‘zni unutish va ruhlanish – 
muqaddas yoki bayramona kayfiyat, ma’rifat yoki ermak uchundir. Bu o‘yin 
(asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. Poetik shakl yasashning 
barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar), 
kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdorlik), yashirin ma’nolar, jumlaning 
qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarni go‘zallikni anglatishi va badiiy haqiqati 
bilan quvontiradi. San’atning gedonistik funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli 
degan g‘oyaga asoslanadi.  
6. Estetik zavq berishi – so‘z san’atining asosiy vazifalaridan. Adabiyot 
ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini 
yaratishga dalda bo‘ladi.Adabiyot insonga zavq beradi, hayot go‘zalliklarini 
sevishni o‘rgatadi. Qadimdan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi 
bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy 
hodisalardan hayratlanish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy qiyofalarda 
tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat 
holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand 
qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob, 
himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik vazifasi: 1) 
insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat 
nisbatan afzal deb bilar edilar. Bu vazifa quyidagi sabablardan kelib chiqadi (boshqacha aytsak, lazzatlanish manbalari quyidagilar): 1) san’atkor hayot go‘zalliklarini nozik his etadi, estetik boyliklarni tez, mohirona va erkin o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi va zavqlantiradi; 2) san’atkor insoniyat tarixidagi qiziqarli voqea-hodisalarning estetik qimmatini ko‘rsatib beradi; 3) san’at asari ma’no va badiiy shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq, lazzat beradi; 4) real voqelikka nisbatan badiiy voqelik go‘zallik va haqiqat qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – idron etuvchiga ham ilhom va shodlik baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan (topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va san’atning mana shu erkin o‘yinlari kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya zavqlantiradi. Sazef Xeyzin: “San’atda o‘yin, o‘zni unutish va ruhlanish – muqaddas yoki bayramona kayfiyat, ma’rifat yoki ermak uchundir. Bu o‘yin (asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. Poetik shakl yasashning barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar), kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdorlik), yashirin ma’nolar, jumlaning qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarni go‘zallikni anglatishi va badiiy haqiqati bilan quvontiradi. San’atning gedonistik funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli degan g‘oyaga asoslanadi. 6. Estetik zavq berishi – so‘z san’atining asosiy vazifalaridan. Adabiyot ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini yaratishga dalda bo‘ladi.Adabiyot insonga zavq beradi, hayot go‘zalliklarini sevishni o‘rgatadi. Qadimdan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy hodisalardan hayratlanish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy qiyofalarda tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob, himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik vazifasi: 1) insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat  
 
boyliklarini qadrlashga o‘rgatish; 3) odamlarda  ijodiy ruhni, go‘zallik qonunlari 
asosida ijod qilish qobiliyati va malakalarini shakllantirish. E.Averbax “Mimemis” 
kitobida Gomerning tasvir uslubini tahlil qilar ekan, eposga xos bo‘lgan syujet 
rivojida shoir shiddatli jangni tasvirlayotib, birdan lirik chekinish qiladi. Shoir 
nigohida tabiat, olam go‘zalligi she’rga, sahna asariga, kartinalar, manzaralarga 
aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida adabiyotning estetik funksiyasi yanada 
o‘sadi, o‘sha jamiyat a’zolarining badiiy didi, ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi. 
6. Muloqotga kirishish (kommunikativ vazifa). Xuddi til odamlararo muomala 
vositasi bo‘lgani kabiadabiyotham badiiy muloqot vositasidir. Faqat til orqali 
kishilar fikriy aloqaga kirishsalar, adabiyottufayli his-tuyg‘ular munosabati yuzaga 
chiqadi. 
L.Tolstoy 
“san’atning 
vazifasi 
- 
tuyg‘ulararo 
muloqot”2deb 
hisoblagan.Adabiyot vositasida turli xalqlar bir-birining madaniyatlari bilan 
tanishadilar, ulug‘ san’atkorlari bilan muloqotga kirishadilar. Badiiy asar o‘zining 
emotsional ta’siriga ko‘ra, unda tasvirlanayotgan xalqning ruhiy olamini, qalbini 
tushuna oladi. Adabiyot insonlarni yaqinlashtiradi, birlashtiradi. Qadim 
zamonlarda turli qabilalar o‘zaro sulh tuzgan vaqtlarida musiqa va raqs vositasida 
ahillikka erishganlar. Badiiy asar xuddi jonli kishiday kitobxonga ta’sir etadi, hatto 
uning tuyg‘ularini boshqaradi. 
7. Axloqiy tarbiya quroli, vositasi bo‘lishlik. Katarsis, ya’ni kishi qalbini 
poklovchi, ezgulikka yo‘naltiruvchi vositadir. Adabiyotaxloqiy mezonlarni 
shakllantirib, kishi aqliga va qalbiga ta’sir ko‘rsatadi va uni chin inson bo‘lishiga 
xizmat qiladi. Arastu adabiyot insonlarning fojeiy dramada tasvirlangan affektlar 
(ruhiy nuqsonlar)dan poklanishi – katarsis nazariyasini estetik kategoriya, deb 
anglatgan edi. Arastu fikricha, badiiy asar qahramonlarining boshiga tushgan 
qayg‘u, kulfatlarga hamdardlik bildirish orqali tomoshabinlar va o‘quvchilar ruhan 
poklanadilar. Adabiyot san’at asari sifatida insonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pand, 
nasihat yo‘li bilan emas, balki ijobiy va salbiy qiyofalarda ifodalangan estetik ideal 
orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.  
                                                          
 
2 Толстой Л. Что такое искусство? М.: Художественная литература, 1972. 
boyliklarini qadrlashga o‘rgatish; 3) odamlarda ijodiy ruhni, go‘zallik qonunlari asosida ijod qilish qobiliyati va malakalarini shakllantirish. E.Averbax “Mimemis” kitobida Gomerning tasvir uslubini tahlil qilar ekan, eposga xos bo‘lgan syujet rivojida shoir shiddatli jangni tasvirlayotib, birdan lirik chekinish qiladi. Shoir nigohida tabiat, olam go‘zalligi she’rga, sahna asariga, kartinalar, manzaralarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida adabiyotning estetik funksiyasi yanada o‘sadi, o‘sha jamiyat a’zolarining badiiy didi, ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi. 6. Muloqotga kirishish (kommunikativ vazifa). Xuddi til odamlararo muomala vositasi bo‘lgani kabiadabiyotham badiiy muloqot vositasidir. Faqat til orqali kishilar fikriy aloqaga kirishsalar, adabiyottufayli his-tuyg‘ular munosabati yuzaga chiqadi. L.Tolstoy “san’atning vazifasi - tuyg‘ulararo muloqot”2deb hisoblagan.Adabiyot vositasida turli xalqlar bir-birining madaniyatlari bilan tanishadilar, ulug‘ san’atkorlari bilan muloqotga kirishadilar. Badiiy asar o‘zining emotsional ta’siriga ko‘ra, unda tasvirlanayotgan xalqning ruhiy olamini, qalbini tushuna oladi. Adabiyot insonlarni yaqinlashtiradi, birlashtiradi. Qadim zamonlarda turli qabilalar o‘zaro sulh tuzgan vaqtlarida musiqa va raqs vositasida ahillikka erishganlar. Badiiy asar xuddi jonli kishiday kitobxonga ta’sir etadi, hatto uning tuyg‘ularini boshqaradi. 7. Axloqiy tarbiya quroli, vositasi bo‘lishlik. Katarsis, ya’ni kishi qalbini poklovchi, ezgulikka yo‘naltiruvchi vositadir. Adabiyotaxloqiy mezonlarni shakllantirib, kishi aqliga va qalbiga ta’sir ko‘rsatadi va uni chin inson bo‘lishiga xizmat qiladi. Arastu adabiyot insonlarning fojeiy dramada tasvirlangan affektlar (ruhiy nuqsonlar)dan poklanishi – katarsis nazariyasini estetik kategoriya, deb anglatgan edi. Arastu fikricha, badiiy asar qahramonlarining boshiga tushgan qayg‘u, kulfatlarga hamdardlik bildirish orqali tomoshabinlar va o‘quvchilar ruhan poklanadilar. Adabiyot san’at asari sifatida insonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pand, nasihat yo‘li bilan emas, balki ijobiy va salbiy qiyofalarda ifodalangan estetik ideal orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. 2 Толстой Л. Что такое искусство? М.: Художественная литература, 1972.  
 
Badiiy asar qahramonlarining hayoti, ruhiy iztirob va sevinchlari kitobxon yoki 
tomoshabinga o‘z hayoti va kechinmalariday ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli 
kitobxon, tomoshabin begonalarning hayotidan, tajribalaridan foydalanib, ular 
asosida o‘z tajribalarini boyitadi, shaxsiy hayotiga tatbiq etadi. Muallif asarlarida 
ko‘ringan tajribalarni o‘zlashtirgan kitobxonlar ularda tasvirlangan, umumlashgan 
voqea-hodisalardan ibrat olib, ma’naviyati, ma’rifati boyib, kamol topib boradi. 
 
Adabiyotlar 
1. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.19-50; 53-
65. 
Badiiy asar qahramonlarining hayoti, ruhiy iztirob va sevinchlari kitobxon yoki tomoshabinga o‘z hayoti va kechinmalariday ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli kitobxon, tomoshabin begonalarning hayotidan, tajribalaridan foydalanib, ular asosida o‘z tajribalarini boyitadi, shaxsiy hayotiga tatbiq etadi. Muallif asarlarida ko‘ringan tajribalarni o‘zlashtirgan kitobxonlar ularda tasvirlangan, umumlashgan voqea-hodisalardan ibrat olib, ma’naviyati, ma’rifati boyib, kamol topib boradi. Adabiyotlar 1. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.19-50; 53- 65.