Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot haqidagi fan
Reja:
1. Adabiyotshunoslik - filologiyaning bir sohasi
2. “Adabiyot” va “adabiyotshunoslik” atamalari
3. Adabiyotshunoslik metodologiyasi
4. Adabiyotshunoslikning ob’ekti va vazifalari
The architects of the new subject at Cambridge were on the whole
individu-als who could be absolved from the crime and guilt of having led
working-class Englishmen over the top.
Кембриждаги янги фанлар бутунлай олганда уларни тузувчилари,
жиноятдан ва айбдорлардан озод қилиниши мумкин бўлган Инглиз
ишчи халқини юқори чўққига олиб борадиган шахслар эди. Юқори
чўққига
олиб
чиқиш
учун
адабиётдан
фойдаланганлар.
Адабиётшуносликнинг қудрати ва объекти асос бўлган.
1. Adabiyotshunoslik – “filologiya”(gr.philo – sevaman va logos - so’z), ya’ni
“so’zshunoslik” fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi – tilshunoslik
yoki lingvistika (lat. Lingma - til)dir. Ikkalasi ham o’ziga xos tarzda
so’zshunoslikning tabiatini o’rganadi.
Adabiyotshunoslik – jahon adabiyoti durdonalarini o’rganish asosida badiiy
adabiyotning qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug’ullansa,
tilshunoslik – tilning grammatik qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so’z
shakllarini, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zlarning morfema sostavini, so’z
turkumlarini; so’zlarining birikish yo’llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap
bo’laklarini o’rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik - so’zning
san’atini, tilshunoslik – so’zning mag’zini chaqadi.
Bu fanlar doimiy aloqada bo’ladilar va hamisha bir-birlarining kamoloti uchun
xizmat qiladilar. Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug’ilishi va rivoji uchun
qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning poetik tili – tilning rivoji va qonuniyatlari
mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi.
2. “Adabiyot” atamasi (arabcha - adab) “odob” so’zidan olingan. Odob-axloq
jamiyat ma’naviyatining o’zagi, inson kamoloti (insoniyligi)ning ko’rsatgichidir.
Axloq – ma’naviyatning amalidir, ma’naviyat esa o’zlikni anglashdir. Uni o’rganish
– inson qalbiga sayqal berishdir. Shuning uchun ham adabiyot inson tuyg’ularining
adadsiz to’lqinini ezgulik yaratish ishiga safarbar etadi. U turli xalqlar tilida turlicha
ataladi. Chunonchi, ruslarda “literatura” (lat. letera - harf), nemislarda “wortkunst”
(so’zshunoslik), o’zbek va tojiklarda “adabiyot”... Bundan qat’i-nazar “Adabiyot”
so’zi uch xil ma’noda qo’llaniladi:
1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui:
o’zbek adabiyoti, antik adabiyot.
2. San’atning so’z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada
yaratilgan asarlar majmui: she’r, proza, drama.
3. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot,
adabiyotshunoslikka oid kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag’ishlangan asarlar.
Ko’rinadiki, “Adabiyot” atamasi keng ma’noda qo’llanilganda yozilgan barcha
asarlarni qamraydi va tor (professional, maxsus) ma’noda ishlatilganda faqatgina
badiiy asar (romanlar, g’azallar, dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni ko’zda
tutadi.
“Adabiyotshunoslik” atamasi “Adabiyot” so’ziga fors – tojikcha “shinohtan”
(“bilish”, “tayin etish”) fe’lining va o’zbekcha “lik” affiksining qo’shiluvidan
yasalgan. “Shinohtan” singormonizmga uchrab, “shunos” shakliga kelib qolgan va
u o’zbek tilida “biluvchi”, “o’rganuvchi” ma’nolarida ishlatiladi.
Bundan ko’rinadiki, adabiyotshunoslikning o’rganish manbai, asosi – badiiy
asarlar jamidir. Albatta, badiiy asarlar tabiatini o’rganish, o’z navbatida, ijodiy
jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi-obraz-
kitobxon muammolarini ham o’rganishni kun tartibiga chiqaradi.
Ayni paytda, mumtoz (klassik) asarlar tahlili jarayonida badiiy adabiyotning
o’ziga xos qonuniyatlarini o’rgatish barobarida badiiy ijod namunalarini tahlil etish
va bevosita turli-tuman janrlarda asarlar yaratish ko’nikmalarini ham beradi.
“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani – badiiy adabiyotning umumiy
xususiyatlarini, badiiy asar tabiatini, ijodiy jarayonning eng muhim muammolarini,
badiiy ijodning sehrini o’rgatadi. Badiiy asarlar yaratish san’atidan xabar beradi va
poetik asarlarni mustaqil, ob’ektiv tahlil etish ko’nikmalarini yaratadi. Filolog
o’qituvchilar – bakalavr va badiiy ijod oshnalarini tayyorlaydi.
3. Insoniyat va xalq hayoti taraqqiyoti bilan adabiyotning rivojlanish aloqalarini
tushuntirish – metod (gr. Meta–orqali, vositasida va hodos-yo’l)ning vazifasiga
kiradi, demak, bu muayyan muammoni o’z predmeti, materiali vositasida tadqiq
qilish yo’lidir. Metodologiya esa metod haqidagi ilm, metod nazariyasidir.1 Fan
rivojini
ta’minlovchi
umumiy
mezonlar
ta’rifidir,
ularning
asosiy
tamoyil(prinsip)lari, ustuvor qoida(postulat)larini qamragan ilmiy tushunchalardir.
Shunga binoan adabiyotshunoslik doimo quyidagi asosiy muammolarga javob
izlagan: Nega har bir xalqning, har bir davrning adabiyoti mavjud? U shu xalq
hayotiga va ayni paytda, jahon xalqlariga qanchalik ta’sir ko’rsatgan? Uning
xususiyatlari, yuzaga kelish sabablari, falsafasi nimada? Nega har bir xalqning
adabiyoti taraqqiyoti har bir davrda o’ziga xos bo’ladi? Davrlar adabiyotining farqli
xususiyatlari, mohiyati nimada? Nega u tarixan o’zgaradi va yangilik tomon
rivojlanadi, nega aynan shunday?.. Adabiy rivojlanishning milliy-tarixiy, ijtimoiy-
siyosiy, hayot va mafkura (g’oya)lar bilan bog’liqligini yaxlit tushuntirish uchun
jamiyatning tarixiy rivojlanishini asosli tushuntiruvchi nazariyaga tayanish talab
etiladi.
Bu nazariya – milliy istiqlol mafkurasidir. U “o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning
asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va kelajagini bir-biri
bilan bog’laydigan, asriy orzu istaklarni amalga oshirishga xizmat qilgan g’oyalar
tizimidir” (I.Karimov). Ana shu g’oyalardan biri-komil inson g’oyasidir va u ham
milliy, ham umumbashariy mohiyat kasb etgan, hamisha odamzodni taraqqiyotga,
ezgulikka yetaklagan. “Komil inson – ozod shaxs, erkin fikr qiluvchi, o’z xalqining
1 Введение в литературоведение, Москва, “Высшая школа”, 1988, стр.14.
ideallari uchun kurashuvchi inson, o’z Vataniga halol xazmat qiluvchi kishidir”1ki,
u adabiyotimizning muqaddas qahramoni sifatida tasvirlangan, turli davrlarda
turlicha talqin etilgan, tobora mazmuni chuqurlashib borgan. Jumladan, “Avesto”da
halol mehnat komillikning asosiy mezoni bo’lsa, “Alpomish”da jismoniy kamolot,
mardlik va vatanparvarlik bo’lgan. “Temur tuzuklari”da adolat va qudrat, birlashish
va ezgulik yaratish kabi xislatlar bosh o’lchov sanalgan...
Milliy istiqlol mafkurasi - milliy o’zlikni va umumbashariy vazifani aniq
anglatadigan nurdir. O’zlikni anglagangina insoniyatga tegishli bo’ladi, bashar
odamlari qalbidagi yaratuvchi kuchni-mehr-muruvvatni, adolatni, or-nomusni, iroda
va matonatni, poklik va go’zallikni qadr-qimmatiga yetadi. Doimo faoliyatda,
hushyorlikda, ogohlikda bo’ladi. Eng asosiysi insoniyligini yo’qotmaydi, Alloh
yaratgan har qanday bandani o’ziga do’st tutadi, ulug’laydi, e’zozlaydi. Va shu orqali
o’zi ham e’zozlanadi, ulug’lanadi.
Demak, adabiyotshunoslik metodologiyasi milliy istiqlol mafkurasining
umuminsoniy asoslarini ishlab chiqqan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar”ga va Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga tayanadi. Shu asosda hayot
va adabiyot taraqqiyotini asosli tushuntira oladi.
4. Adabiyotshunoslikning ob’ekti, ya’ni predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va
ijodiy muhit bilan aloqada olingan adabiy asarlar va ularni yaratish jarayonidir. U
tarixiy-adabiy jarayonni chuqur o’rganish asosida, so’z san’atining qonuniyatlarini
ochadi. Hamma yozuvchi san’atkorlarning faoliyati va ular yaratgan poetik
asarlarining badiiyligini tahlil etadi.
So’z san’atining inson va jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyati haqidagi
tushunchalarni boyitish jarayonida o’zlikni toblashga yetaklaydi. Eng asosiysi-
hayotni sevishga, ardoqlashga, boyitishga, go’zallashtirishga o’rgatadi.
Tayanch tushunchalar
Filologiya fani va uning sohalari. “Adabiyot”. “Adabiyotshunoslik”.
Adabiyotshunoslik metodi va metodologiyasi. Adabiyotshunoslikning predmeti.
1 Миллий истиклол Ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, Т., “Янги аср авлоди”, 2001 йил, 131-бет.
Savol va vazifalar
1. Filologiya nima? Uning qaysi qismlari mavjud?
2. “Adabiyot” va “Adabiyotshunoslik” atamalari qanday yasalgan va ularning
ma’nolari nima?
3. Adabiyotshunoslikning predmetini aniqlang, uning maqsad va vazifalarini
sharhlang.
Adabiyotlar:
1. To’xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish,T., “O’qituvchi”, 1979, 5-9 betlar.
2. Abdulla Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 5-13
betlar.
3. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “Vыshaya shkola”, 1988, 4-30 betlar.