Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida
Reja:
1. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari.
2. Adabiyotshunoslikning ilmiy tizim ekanligi.
3. Adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqidning ilmiy tizimdagi
ishtiroki
4. Matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya va
boshqalarning ilmiy tizimdagi oʻrni.
Tayanch tusunchalar: asosiy sohalar, ilmiy tizm, adabiyot tarixi, nazariyasi,
adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya
Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari bilan ijodkorlar olamini
o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish
ko‘rayotgan
tushuncha
va
istilohlarda
har
xillik
kuzatilishi
mumkin.
Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va
istilohlarni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy
ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan.
Tizim – o’zaro ichki aloqadorlikka quriladigan bir necha tizim osti
tarmoqlarining yaxlit harakati. Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida musulmon
sharqi mamlakatida IX asrdan boshlab mavjud bo‘lgan. Akademik Botir
Valixo‘jayev “Adabiyotshunoslik” kitobida, ilmi adab tarkibiga kiruvchi fanlar
sifatida lug‘at, sarv, nahv, ishtiqoq, aruz, qofiya, badoye kabi 12 ta fanni keltiradi va
bu bilan filologik tizimni mumtoz adabiyotdagi o‘rnini ta’kidlaydi. Sarv-
morfologiya, nahv-sintaksis, ishtiqoq-so‘z yasalishi, badoye-badiiy san’atlar
haqidagi ilm. Ilmi adab (filologiya) adabiyot “odob ilmlarining yig’indisi”.
Adabiyotshunoslik IX asrda filologiya tarkibida ma’lum fanlarning yig’indisi ya’ni
ilmiy tizim sifatida mavjud bo’lgan. Hozirda u o’z tarkibiga 30 dan ortiq fanlarni
oladi.
An’anaviy adabiyotshunoslik o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan adabiyot
tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid asosida tarkiblanadi. Shuningdek, ularga
munosabatda mustaqil tarzda shakllangan adabiyotshunoslik metodologiyasi ham
mavjud. Shuning uchun ham bu fanlar adabiyotshunoslikning “asosiy sohalari” deb
yuritiladi. Bu bevosita konkret adabiy-tarixiy faktlar va ular o‘zaro aloqadorligining
keng jabhalari bo‘lib, adabiyot tarixi nomi bilan markazlashadi. Shu bilan birga,
adabiyot nazariyasi yoki nazariy adabiyotshunoslik ham mavjud bo‘lib, u adabiy
hayotning umumiy qonuniyatlari va birinchi navbatda, adiblar ijodini o‘rganishga
kirishadi.
Adabiyot tarixi – insoniyat tarixining bir qismi, madaniy tarix tarkibida qaraladi.
Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi, madaniy
tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi san’at tarixi,
shaharlar tarixi va boshqa qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng unumli
sohalaridan biri san’at tarixidir. Bu tarix, o‘z navbatida, san’atning turlaridan kelib
chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi, raqs tarixi v.b.
qatorida adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq madaniy tarixining
harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi.
Adabiyot tarixi ilk badiiyat namunalari (dastlab og‘zaki shaklda yoki mifik
tafakkur asosida)dan tortib hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy asarlarga, ya’ni
o‘tmish adabiyotiga nisbatan qo‘llaniladi. Turli milliy adabiyotlarning tarixan o‘ziga
xosligi, taraqqiyot tamoyillari, adabiy avlodlar o‘zgarishi va boshqa. adabiy
hodisalarni tarixiy jarayonda tadqiq etadi. Konkret adabiy asarlar yakka shaxslar
tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham yozuv hali shakllanmagan dastlabki davrda
jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni bir iste’dod tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u
og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada
jamoaviy xarakter kasb etgan. Shunday ekan, adabiy asarning yaratuvchisi bir shaxs
bo‘lishi mumkin, lekin adabiyot tarixining yaratuvchisi bir kishi bo‘lolmaydi.
Adabiyot xalq tomonidan yaratiladi. Qaysi xalq vakillari iste’dodliroq bo‘lsa, ular
o‘z iste’dodiga yarasha kuchliroq (badiiy jihatdan) asarlarni ertaroq yaratganlar.
Adabiyot tarixidagi asarlar, mualliflar ijodiga baho berganda ularning o‘zlarigacha
o‘tgan adabiyotga qanday yangilik qo‘shganlari yoki mavjud adabiy hodisalarning
qay jihatini yangilaganiga qarab baho beriladi.
Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida tushunilar ekan, u milliy xarakterga ega.
Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti tarixi, rus adabiyoti tarixi… kabi millat madaniy
tarixi bilan bog‘liq taraqqiy etadi. Adabiyot tarixini o‘rganishda tarixiylik tamoyiliga
asoslaniladi, ya’ni adabiy manbalar, siymolar va hodisalar xronologik tartibda
o‘rganiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, adabiy muhit, adabiyot rivojiga ta’sir
ko‘rsatgan mintaqaviy manbalar ham shu soha doirasida tahlil qilinadi. Milliy
adabiyot tarixini yaratish XX asr boshiga to‘g‘ri keldi. Biroq bunga qadar yaratilgan
mumtoz adabiyotshunoslikdagi tazkira, risolalar hamda badiiy va tarixiy asarlar
tarkibidagi lavhalar Adabiyot tarixining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbek adabiyoti tarixining yaratilishida prof. Fitratning “Eng eski turk adabiyoti
namunalari” (1927), “O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild” (1928) bu yo‘nalishdagi
ilk qo‘llanmalar sanaladi. Shuningdek, A.Sa’diy, O.SHarafiddinov, P.SHamsiev,
V.Zohidov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, R.Orzibekov va
boshqalarning adabiyot tarixiga oid ishlari ahamiyatlidir. Uzoq yillar oliy o‘quv
yurtlarida N.Mallaev, V.Abdullaev, G‘.Karimov tomonidan yaratilgan “O‘zbek
adabiyoti tarixi” asosiy darslik sifatida qo‘llanildi.
Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi to‘plagan materiallarni umumlashtiradi,
konkret adabiy tadqiqotlar sari yo‘naltiradi, unga tadqiqiy xarakter beradi.
Adabiyotshunoslikning bu sohalari biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ularning biri
boshqasiga material bo‘lsa, ikkinchisi birinchisiga nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat
qiladi, demak, ularga yaxlit bir umumiy tizimdagi fanlar sifatida qarash kerak
bo‘ladi.
Adabiyot nazariyasi – badiiy adabiyotning o‘ziga xos turi, estetik va ijtimoiy
funksiyasi, adabiy jarayon masalalarini o‘rganuvchi fan. Adabiyot nazariyasi
adabiyotshunoslik tarkibidagi (adabiyot tarixi, adabiy tanqid kabi) fan bo‘lgani
uchun, birinchi navbatda, adabiyotshunoslik masalalari bilan bog‘lanadi. Adabiyot
nazariyasi zamonaviy aspektda xorijiy manbalarda quyidagi yo‘nalishlarda taraqqiy
etmoqda: 1. Matnga asoslangan nazariyalar (formal-struktural yondashuv, yangi
tanqid, narratologiya). 2. Muallifni o‘rganishga qaratilgan nazariyalar (biografik va
psixoanalitik
yondashuv,
shu
bilan
birga
feministik
adabiyotshunoslik,
fenomenologik tadqiqotlar. 3. Kitobxonga qaratilgan nazariyalar (retseptiv estetika,
asarni qabul qilish tarixi; tarixiy-funksional tadqiqotlar). 4. Adabiy va madaniy-
tarixiy kontekstga oid nazariyalar (reminissensiya, intertekstual) tadqiqotlar,
sotsiologik va tarixiy-materialistik yondashuv, “yangi istorizm” va kulturologik
metodologiya.
ot nazariyasining o‘z tadqiq predmeti, dasturi va o‘qitish metodikasi bor. Shunga
ko‘ra u adabiyotshunoslik predmet – inson ruhiy dunyosining ifoda shakli sifatida
badiiy adabiyot spetsifikasi va adabiy ijodning ijtimoiy mohiyati (1); adabiyot tarixiy
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari – adabiy tur va janrlar, oqim va yo‘nalishlar,
hayotni aks ettirish tamoyillari, badiiy uslub, shakl va mazmun hamda uning
komponentlari (2); adabiyotshunoslik terminologiyasi va ularning identifikatsiyasi (3)
kabi masalalarni o‘rganadi. Ushbu masalalar doirasidan kelib chiqib, adabiyot
nazariyasining turli aspektlari va bo‘limlari mavjud. Biroq, uning asosiy aspekti, o‘zak-
negizi poetika masalalari bo‘lib, zamonaviy darslik va qo‘llanmalarda nazariy va tarixiy
poetika tasnifida qaraladi (N.D.Tamarchenko). Nazariy poetika badiiy matn, uning
tarkibi, vazifasi, adabiy tur va janrlar, til va uslub jihatlarini tadqiq qilsa, tarixiy poetika
ayni
shu
adabiy
hodisalarning
tarixan
shakllangan
holati,
mumtoz
adabiyotshunoslikdagi jihatlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, adabiyotning
mohiyatini so‘z san’ati sifatida tushunish, adabiy jarayonning nazariy muammolarini
o‘rganish ham Adabiyot nazariyasi doirasida amalga oshiriladi. Adabiyot
nazariyasining turli aspekt va bo‘limlari orqali ilgari surilayotgan g‘oyalar doimiy amal
qilinadigan qonunlar deb qaralmasligi kerak. Chunki o‘zgarayotgan dunyoda adabiyot
ham o‘zgarmoqda, uning imkoniyatlari kengayib, ifoda vositalari rang-baranglashishi
natijasida ayrim nazariy qoidalar tor kelishi, ayrimlari esa iste’moldan chiqishi mumkin.
Masalan, sho‘ro davrida Adabiyot nazariyasining o‘zak vazifasi sifatida ideologik
ustqurma belgilangan, nafaqat o‘z davri adabiyotiga, balki o‘tmish adabiyotiga
munosabatda ham mafkuraviy talqin yetakchilik qilgan. O‘z zamoniga xizmat qilib,
vazifasini
o‘tab
bo‘lgan
bu
qarashlarni
doimiy
suratda
joriylartirishga,
abadiylashtirishga urinish adabiyot nazariyasi imkoniyatlarini toraytiradi. Shunday
ekan, adabiyot nazariyasi yagona metodologiya asosiga qurish, bir metodni etakchi
bilib, qolganlaridan voz kechish yoki ikkilamchi xarakterda, deb talqin qilish mumkin
emas. Biroq buning aksiga olib, adabiyot nazariyasi yagona umumadabiy talablari yo‘q
ekan, degan gumonga ham bormaslik kerak. Adabiyot nazariyasiga yuqorida tilga
olingan aspektlari va masalalari jahondagi barcha adabiyotlar tajribasidan kelib chiqib,
ularni nazariy umumlashtirgan holda vujudga kelgan fan sifatida qaralishi kerak.
Adabiyot nazariyasi milliy adabiyotshunoslik yutuqlariga tayanadi, biroq uni bir
millat yoki til doirasida identifikatsiyalash yaramaydi. Tarixda yaratilgan har bir
nazariy risola yoki adabiyotshunoslik asari Adabiyot nazariyasini boyitib kelgan,
shunday davom etadi ham. Biroq Adabiyot nazariyasi tarixiy poetika
qonuniyatlarini aynan qabul qilmaydi, balki davrlar sinovidan o‘tgan qarashlar,
metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlar va kelajakda ham adabiy samara
beradigan tajribalarni nazariy umumlashtirish yo‘lidan boradi.
G‘arbda ilk Adabiyot nazariyasiga oid asar Arastu «Poetika»sidir. So‘ngra
Bualo, Didro, Lessing, Gerder, Gegel, Potebnya, Veselovskiy v.b. olimlarning
ishlari mavjud. XX asrda Rossiyada A.N.SHaligin, I.Vinogradov, L.Timofeev.
N.Gulyaev, G.N.Pospelov, V.E.Xalizev, N.D.Tamarchenko va boshqalar
tomonidan yozilgan “Adabiyot nazariyasi” bo‘yicha darsliklar faol qo‘llanishda
bo‘lgan.
Mumtoz adabiyotshunoslikda nazariy tamoyillar bevosita poetika qonuniyatlari
doirasida taraqqiy etgan. Shuning uchun ilmi adab tarkibiga kiruvchi: aruz, qofiya va
balog‘at (badiiy san’atlar) ilmi hamda adabiy nav’, she’riy shakllar nazariyasi va
amaliyoti tajribalari asosida shakllangan. O‘zbekistonda adabiyot nazariyasiga
oid Evropa tipidagi qarashlar XX asr boshlarida vujudga kelgan. Bu jihatdan prof.
Fitratning “Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari ham havaslilari uchun
qo‘llanma” (1926), Abdurahmon Sa’diyning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari”
(1924) ilk qo‘llanmalar hisoblanadi. So‘ngra Izzat Sulton (1939, 1980 va 2004),
jamoa tadqiqoti sifatida 2 jildda (1978) va H.Umurov (2002) darsliklarining
Adabiyot nazariyasi taraqqiyotida muayyan xizmati bor.
Adabiy tanqid (arabcha: نقدون– saralamoq) – nazariy adabiyotshunoslikda ishlab
chiqilgan tahlil tamoyillari, badiiy matnni talqin etish tajribalari asosida adabiy
harakatdagi asarlarni o‘rganish, tadqiq qilish. Agar adabiyot nazariyasi adabiy
jarayon masalalariga e’tibor qaratsa, adabiyot tarixi bevosita ayni shu davrda
yaratilgan adabiy-badiiy asarlarni o‘rganadi, ularni tahlil obyekti qilib belgilaydi.
Adabiy tanqid adabiyotlikning tezkor va safarbar sohasi bo‘lgani uchun yangi e’lon
qilingan asarlarga munosabat bildiradi, ularning adabiy jarayondagi va o‘sha muallif
adabiy hayotidagi o‘rnini belgilaydi.
Adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning ko‘hna sohalaridan bo‘lib, uning ildizlari
mumtoz merosimizdagi tazkiralarga borib taqaladi. Chunki tazkira nafaqat ma’lumot
va namuna beruvchi, balki asar va muallifga munosabat bildiruvchi janr sifatida
taraqqiy etgan.
Munaqqid badiiy asarni tushunish va tushuntirishda, uning targ‘iboti va talqinida
yozuvchi bilan kitobxonning o‘rtasida turuvchi (murosaga kelishtiruvchi emas)
do‘sti hisoblanadi. Lekin munaqqid adabiy jarayon hodisalaridan kelib chiqib, asarga
xolis baho berishi, adabiy tilda so‘zlashi va o‘z qarashlarini elga tushunarli uslubda
ifodalashi kerak. Adabiy tanqid alohida soha bo‘lgani tufayli uning taqriz, maqola,
portret, ocherk, suhbat kabi o‘ziga xos janrlari mavjud. Adabiy tanqid zamonaviy
adabiy tilda so‘zlashi, zamonning dolzarb muammolariga munosabati nuqtai
nazardan, ayrim hollarda publitsistikaga yaqinlashishi mumkin, biroq bu davriy
muvaqqat yaqinlikni adabiy tanqid xos asosiy jihat deb qaramaslik kerak. Tanqidchi
publitsist-jurnalist emas, adabiyotshunos olim sifatida ish ko‘rishi lozim.
Adabiy tanqid milliy adabiyotdagi asosiy tendensiyalarni ilg‘ay olishi, millat va
xalq kelajagiga asqotadigan badiiy tajriba va yangiliklarni ommalashtirishi va
adabiyotning jamiyat oldidagi umuminsoniy burchini bajarishiga ko‘maklashishi
zarur.
Shuningdek, adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik,
manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya,
evristika,
paleografiya,
adabiy
sharh,
xronologiya
kabi
sohalar
ham
adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik
taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot
ta’minlovchi,
tayanch
sohalari
hisoblanadi”
(A.Prozorov).
“Bu
sohalar
adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik
jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash
mushkul.
Adabiyotshunoslik professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga
kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi.
Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini
isbotlaydi. Adabiyotshunoslik dastlabki bosqichda (Gomer asarlariga bo‘lgan
munosabatda va Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan
bo‘lsa, ellinizm davrida filologiyaning bir qismi sifatida, falsafiy taraqqiyot
davomida (Aflotundan Gegelga qadar) falsafaning tarkibida qaralib kelindi. Nihoyat,
Gerder ta’limoti orqali adabiy-tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida
nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan bo‘ldi.
Adabiyotshunoslik
shakllanishiga
xizmat
qilgan
matnshunoslik,
manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya,
evristika,
paleografiya,
adabiy
sharh,
xronologiya
kabi
sohalar
ham
adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik
taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot
ta’minlovchi,
tayanch
sohalari
hisoblanadi”
(A.Prozorov).
“Bu
sohalar
adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik
jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash
mushkul.
Bibliografiya (yunoncha: biblion – kitob, grapho – yozmoq; kitoblar ro‘yxati) –
bosma asarlarni ilmiy tavsiflash va ularning batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular
haqida
axborotlar
tayyorlash,
ularni
targ‘ib qilish bilan
shug‘ullanish;
adabiyotshunoslik shu yo‘nalishdagi yordamchi sohasi. Biror mavzu yoki sohaga oid
ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati ham bibliografiya deyiladi. Bibliografiya
kitoblar, vaqtli nashrlarda e’lon qilingan asarlar ro‘yxatini tuzish, ularni mavzulariga
ko‘ra yoki boshqa (fan sohalari bo‘yicha, alifbo tartibi – mualliflar ismi-sharifi
bo‘yicha v.h.) jihatlarga ko‘ra tasniflash, qisqa annotatsiyalar yozish kabi vazifalarni
o‘z oldiga qo‘yuvchi ilmiy-amaliy sohadir1. Bunday ko‘rsatkichlar biron-bir mavzu
bo‘yicha izlanadigan tadqiqotchining vaqtini tejaydi, ilmiy faoliyati samarasini
oshiradi, shu b-n birga mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar b-n to‘liq tanishish
imkonini beradi, ilmiy xulosalarning ob’ektiv va ahamiyatli bo‘lishiga ham zamin
hozirlaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida ulug‘ adiblar ijodi bibliografiyasini
tuzishda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zRFA Ilmiy kutubxonasi
tomonidan tayyorlangan “Adabiy hayot” bibliografik ko‘rsatkichi; Bobur, Fitrat,
A.Qodiriy, CHo‘lpon, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, E.Vohidov, O‘.Hoshimov kabi
ijodkorlar, M.Qo‘shjonov, O.SHarafiddinov, U.Normatov, N.Karimov kabi olimlar
faoliyatini yorituvchi bibliografik ko‘rsatkichlar nashr etilgan. Bobur va boburiylar
bibliografiyasi O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan salmoqli ishdir.
Matnshunoslik ‒ filologiya fanining tarmog‘i, adabiyotshunoslik sohasi.
Matnshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi
uchun manbaviy (matniy) asos bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli unga
adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. SHunga
qaramay, matnshunoslikni filologiyaning alohida tarmog‘i, mustaqil bir sohasi
sifatida tushunishga asos beruvchi jihatlar ham bor. Birinchidan, matnshunoslik
faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi;
ikkinchidan, matnshunoslikning o‘zi qator yordamchi sohalar (paleografiya,
1 Библиография литературная / Литературный энциклопедический словарь. М.: СЭ, 1987.
С.52.
uslubshunoslik, arxeografiya va x.)ga ega. Matnshunoslikning vazifasi – adabiy
matnlarni o‘rganish va nashrga tayyorlashdir. Matnshunoslikning vazifasi qisqa
ifodalangan bo‘lsa-da, uning amalga oshirilishi juda katta mexnatni, chuqur bilim va
tajribani talab qiladi. Adabiy matnni o‘rganayotgan matnshunos oldida turli-tuman
ilmiy muammolar ko‘ndalang bo‘ladi. Deylik, matnshunos muallifi noma’lum asar
(matn)ga duch keldi. Bu holda u asar muallifini, matnning yoshi (yozilgan,
ko‘chirilgan vaqti)ni aniqlashi zarur. Buning uchun esa u adabiyot tarixi, til tarixi,
manbashunoslik, uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabardor bo‘lishi va ularga
tayangan holda matnni tadqiq etishi lozim bo‘ladi. YOki matnshunoslikning boshqa
bir vazifasi – asarning ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlash ham juda mashakkatli ish.
Mas., Alisher Navoiy asarlarining turli davrlarda, turli kotiblar tomonidan
ko‘chirilgan qo‘lyozmalari mavjud. Matnshunos qarshisida ularni qiyosiy o‘rganish,
birining kamchiliklarini boshqalari bilan to‘ldirish va shu asosda eng mukammal –
ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi. Tayyor bo‘lgan ilmiy-tanqidiy
matnni nashr ettirish uchun matnshunos uni izohlar, sharhlar, lug‘atlar bilan
ta’minlashi keraq. “Mukammal asarlar” ortidagi har bir izoh, har bir sharh yoki lug‘at
birligi juda katta mexnat orqasida dunyoga keladi. Zero, matnda uchragan so‘z
ma’nosini topish, undagi biror shaxs, joy nomi va sh.k.larga izoh berish uchun
matnshunos juda ko‘p izlanishi, ko‘plab manbalarni ko‘rib, o‘rganib chiqishi zarur
bo‘ladi.
SHu
bilan
birga,
matnshunoslik
adabiyotshunoslikning
ayrim
muammolarini xal qilishda muhim yordamchi soha, tadqiqot usuli bo‘lib ham xizmat
qiladi. Mas., uning tadqiq usullari, tajribalaridan yozuvchi ijodiy laboratoriyasini,
muayyan asarning ijodiy tarixini o‘rganish yo‘lidagi izlanishlarda keng
foydalaniladi.
Manbashunoslik, adabiy manbashunoslik – adabiyotshunoslikning yordamchi
sohalaridan biri. Manbashunoslik adabiyotga taalluqli manbalar (asar qo‘lyozmalari,
koralamalari, ijodkorlarning kundaliklari, yozishmalari, ularning hayoti va faoliyati
bilan bog‘liq xujjatlar va b.)ni izlab topish, tavsiflash, tasniflash va muayyan tartibga
solish, ilmiy muomalaga kiritish hamda tadqiq etish bilan shug‘ullanadi, bu ishlarni
amalga oshirishning nazariy tamoyillarini ishlab chikadi va amalda qo‘llaydi.
Manbashunoslik faoliyati adabiyot tarixi va matnshunoslik sohasidagi tadqiqotlar
uchun muhim ahamiyatga ega. “SHarq manbashunosligi lug‘ati”da shunday
deyilgan: “Bu atamani ko‘proq adabiy manbashunoslik, tarixiy manbashunoslik,
ilmiy manbashunoslik va hujjatshunoslik shaklida ishlatish odat tusiga kirgan.
Darhaqiqat,
hamma
fanlarning
o‘z
manbashunosligi
bor...
Biz
adabiy
manbashunoslik deganda, adabiyot tarixining hamma davrlarida yaratilgan yozma
manbalarini, alohida shoirlarning yoxud muallifi noma’lum bo‘lgan asarlarning
yaratilgan davridan boshlab to hozirgacha ko‘chirilgan qo‘lyozmalarni, bosma holda
amalga oshirilgan nusxalarini tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqish sohasidagi hamma
jarayonlarni tushunamiz”.2
Adabiyotshunoslik va boshqa fanlar deyilganda, uning, birinchi navbatda, o‘z
tizimiga va vazifasiga ko‘ra, filologik (folklorshunoslik va tilshunoslik) va falsafiy
fanlar (axloqshunoslik, estetika, germenevtika), shuningdek, gumanitar tizimdagi
fanlar (tarix, ruhshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlar) bilan yaqin aloqadorligi
haqida fikr yuritish mumkin.
Adabiyotshunoslik va tilshunoslik – adabiyotshunoslik va tilshunoslik nafaqat
tadqiqot obyekti va materialning umumiyligi, balki vazifadorligi nuqtai nazaridan
ham yaqinlashadi. So‘z mohiyati va uning matndagi o‘rnini o‘rganishda, ayrim
adabiy hodisalarning struktural jihatlarini tadqiq etishda umumiylik mavjud.
Masalan, badiiy tasvir vositalari adabiyotshunoslikda “Poetik leksika” tarkibida
o‘rganilsa, ayni shu holatga tilshunoslikning “Leksikologiya” bo‘limida ko‘chim
turlari nuqtai nazaridan qaraladi. Yoki ritorikada stilistik figuralarning matn
tarkibidagi va badiiy nutq shakllanishidagi o‘rni o‘rganilsa, tilshunoslikning
“Sintaksis” va “Stilistika” bo‘limlarida nutq uslublari jihatidan yondashish orqali
ularning natijalaridan biri ikkinchisini to‘ldiradi. Til qonuniyatlarini bilish orqali
asar mohiyati va obrazlar vositasida anglatilayotgan badiiy niyat kitobxonga yetib
boradi. Tilshunoslik badiiy nutqqa fikr almashish vositasi sifatida qarasa,
adabiyotshunoslik uni estetik muloqot vositasi sifatida tadqiq etadi. Demak, filologik
tizimdagi fan sifatida Adabiyotshunoslik nafaqat tilshunoslik, balki uning alohida
sohalari bilan ham mustahkam aloqaga kirishadi. Bir tizimdagi bu ikki fanning
o‘zaro yaqinlashuvi natijasida lingvopoetika va ritorika singari oraliq fanlar vujudga
kelganki, ularning ishtirokisiz na adabiyotshunoslik, na tilshunoslik rivoj topa oladi.
2 Ҳакимов М. Шарқ манбашунослиги луғати. Т.: Davr press, 2013. Б. 158.
A.dagi struktural poetika bilan struktur tilshunoslik, generativ poetika bilan kognitiv
tilshunoslik kabi sohalarning vujudga kelishi adabiyotshunoslik va tilshunoslikdagi
akademik maktablarning ham yaqinlashuvidan darak bermoqda.
Adabiyotshunoslik va falsafa – adabiyotshunoslik va falsafa dunyoni bilishda,
uning hodisalarini qabul va talqin qilishda yaqinlashadi. Falsafa tabiat va
jamiyatning
umumiy
taraqqiyot
qonuniyatlarini,
insoniyat
tafakkuri
va
dunyoqarashining o‘ziga xos jihatlari tadqiq qilsa, adabiyotshunoslik ana shu
dunyoning badiiy asardagi aksi, matn modeli bilan ish ko‘rishi natijasida
umumiylikdan xususiylikka qarab boradi, inson va uning borliqdagi mohiyati, uning
yaratuvchilik qudrati va dunyo tamaddunidagi o‘rnini badiiy timsollar vositasida
anglatgan badiiy adabiyotni tahlil qilish orqali umumiylikka erishadi. Turli
dunyoqarashga ega, turli ijodiy maneradagi adiblarning ijod mahsulini o‘rganish
orqali adabiyotshunoslik faylasuf anglab yetgan dunyoni qayta badiiy kashf qiladi.
Bu kabi parallelliklarni ko‘plab keltirish mumkin. Azaldan har ikki fan o‘zaro yaqin
aloqadorligining belgisi sifatida adabiyotshunoslikka Yevropa faylasuflari deyarli
ikki ming yildan ortiq muddat davomida falsafiy fanlar tizimida qarab kelishgan.
Adabiyotshunoslik asosini yaratgan va jahoniy taraqqiyotiga xizmat qilgan Arastu,
Gegel kabi daholar, asosan, falsafiy fikr taraqqiyoti bilan shug‘ullanishgan.
Savol va topshiriqlar
1. Adabiyotshunoslik tarkibiga qanday fanlar kiradi?
2. Adabiyot tanixi nimani oʻrganadi?
3. Adabiyo nazariyasining ilmiy qamrovini tushuntiring.
4. Adabiy tanqidning vazifasini izohlang.
Адабиётлар
Сорокин В.И. Теория литературы. М., 1960; Теория литературы в 4 т-х т.
т.1. М.: Наука, 1962, т.4. 2001; Юдкевич Л.Г. Теория литературы в связи с
проблемами эстетики. М., 1970; Хрестоматия по теории литературы. Сост.
Л.В.Осьмакова. М.: Просвещение, 1980; Кормилов С.И. Основные понятия
теории литературы. М., 1999 Современная литературная теория. Антология.
М.: Флинта, Наука, 2004; У.Иглтон. Теория литературы. Введение. М., 2010;
Егоров Б. О мастерстве литературной критики (жанры, композиция и стиль).
Л.: Сов. писатель, 1980; Бочаров А.Г. Жанры литературно-художественной
критики. М., 1982; Ўзбек совет адабий танқиди тарихи. 1–2 ж. Т.: Фан, 1987;
Соловьев В.С. Философия искусства и литературная критика. М.: 1991;
История русской литературной критики. М., 2002; Штейнгольд А.М.
Анатомия литературной критики. Природа, структура, поэтика. Спб., 2003;
Введение в литературоведение. Под ред. Л.М.Крупчанова. М.: ОНИКС, 2007.
С.8-9; Назаров Б., Расулов А., Аҳмедова Ш., Қаҳрамонов Қ. Ўзбек адабий
танқиди тарихи. Дарслик. Т.: Тафаккур қаноти, 2012; Озод Ватан саодати:
Адабий танқид (нашрга тайёрл. Ҳ.Болтабоев). Т.: ADIB, 2013; Бушмин А.С.
Наука о литературе. М., 1980; Вопросы литературоведения. Хрестоматия. М.:
1992; Прозоров В.В. О составляюших современного литературоведения //
Филология. Саратов, 1996; Современное зарубежное литературоведение.
Страны Западной Европы и США. Концепции, школы, термины / Сост.
И.П.Ильин, Е.А. Цурганова. М., 1996; Литературоведение на пороге XXI века.
М., 1998; Литературная энциклопедия терминов и понятий / Сост.
А.Н.Николюкин. М., 2001; Литературоведение как проблема. М.: Наследие,
2001; Хализев В.Е. Теория литературы / Введение. М.: Высшая школа, 2005.
С.7-13; Давыдова Т.Т., Пронин В.А. Теория литературы / Учебник XXI века. М.:
Логос, 2003. С.10-12; Лотман Ю.М. Текст в тексте / Культура и взрыв. М.,
1992. С.117-119.