“Adabiyotshunoslikka kirish” fanining ob’ekti va predmeti

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

22,2 KB


 
 
 
 
 
 
“Adabiyotshunoslikka kirish” fanining ob’ekti va predmeti 
 
Reja: 
1. Fanning maqsadi va vazifalari 
2. Adabiyotshunoslikning obyekti va predmeti 
3. Badiiy adabiyot va uning san’atning bir turi ekanligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Adabiyotshunoslikka kirish” fanining ob’ekti va predmeti Reja: 1. Fanning maqsadi va vazifalari 2. Adabiyotshunoslikning obyekti va predmeti 3. Badiiy adabiyot va uning san’atning bir turi ekanligi  
 
 
Tayanch tushunchalar: Adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot, san’atning 
turlari, adabiyotshunoslik nazariyasi 
 
1. Fanning maqsadi va vazifalari. Adabiyotshunoslik nazariyasi – adabiyot 
ilmiga oid eng umumiy qoidalar, adabiy jarayonning nazariy masalalari, badiiy ijod 
falsafasi va psixologiyasi va boshqa nazariy muammolarni oʻrganuvchi fandir.  
Adabiyotshunoslik nima, degan savolga hozirga qadar qisqa tarzda “badiiy 
adabiyot haqidagi fan” deb javob berib kelingan. Bu, ixcham va ta’rif bo‘lishi bilan 
birga yetarli emas. Chunki bugungi kunda adabiyotshunoslik ilmining ko‘lami shu 
qadar kengayganki, uning tarkibida biz an’anaviy tartibda sanaydigan “asosiy” va 
“yordamchi” fanlar doirasida cheklash mumkin emas.  
Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotning vujudga kelishi, tarixiy taraqqiyoti, 
mohiyati va aloqalarini ko‘p tarmoqlar orqali har tomonlama o‘rganuvchi qadimgi 
filologik fanlardan biridir. Adabiyotshunoslik o‘ziga xos fan sifatida amaliyotda o‘z 
obyekti – so‘z san’atidan uzoqlashmagan holda uning qonuniyatlari asosida badiiy 
matnni tadqiq qiladi. Adabiyotshunoslik ko‘lami keng bo‘lib, badiiy tafakkur 
spetsifikasi haqidagi bilimlar, adabiy ijod genezisi, tarkibi va vazifalari; adabiy 
jarayonning umumiy qoidalari va boshqalarni ham o‘rganadi. Tor ma’noda esa 
badiiy adabiyot va ijodiy jarayonning tamoyillarini o‘rganuvchi fandir.  
Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining maqsadi ushbu fanga oid istiloh (atama) 
qamrovi va ma’nosini bilish ularni adabiy tahlil jarayonida qo‘llay olish va 
mohiyatini anglab yetish, umuman olganda, adabiyotshunoslik fanining barcha 
jabhalari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishlikdan iborat. Fanning asosiy 
maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi: 
1. Adabiyotshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan tushuncha va atamalar 
mohiyatini anglash; 
2. Badiiy asar tahliliga kirishish va unda zarur adabiy tur va janrlar haqida 
ma’lumotga ega bo‘lish; 
3. Badiiy adabiyotni san’atning bir turi sifatida tushunish, qabul qilish; 
4. Adabiy jarayon masalalarini yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib 
chiqib anglash; 
Tayanch tushunchalar: Adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot, san’atning turlari, adabiyotshunoslik nazariyasi 1. Fanning maqsadi va vazifalari. Adabiyotshunoslik nazariyasi – adabiyot ilmiga oid eng umumiy qoidalar, adabiy jarayonning nazariy masalalari, badiiy ijod falsafasi va psixologiyasi va boshqa nazariy muammolarni oʻrganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nima, degan savolga hozirga qadar qisqa tarzda “badiiy adabiyot haqidagi fan” deb javob berib kelingan. Bu, ixcham va ta’rif bo‘lishi bilan birga yetarli emas. Chunki bugungi kunda adabiyotshunoslik ilmining ko‘lami shu qadar kengayganki, uning tarkibida biz an’anaviy tartibda sanaydigan “asosiy” va “yordamchi” fanlar doirasida cheklash mumkin emas. Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotning vujudga kelishi, tarixiy taraqqiyoti, mohiyati va aloqalarini ko‘p tarmoqlar orqali har tomonlama o‘rganuvchi qadimgi filologik fanlardan biridir. Adabiyotshunoslik o‘ziga xos fan sifatida amaliyotda o‘z obyekti – so‘z san’atidan uzoqlashmagan holda uning qonuniyatlari asosida badiiy matnni tadqiq qiladi. Adabiyotshunoslik ko‘lami keng bo‘lib, badiiy tafakkur spetsifikasi haqidagi bilimlar, adabiy ijod genezisi, tarkibi va vazifalari; adabiy jarayonning umumiy qoidalari va boshqalarni ham o‘rganadi. Tor ma’noda esa badiiy adabiyot va ijodiy jarayonning tamoyillarini o‘rganuvchi fandir. Adabiyotshunoslik nazariyasi fanining maqsadi ushbu fanga oid istiloh (atama) qamrovi va ma’nosini bilish ularni adabiy tahlil jarayonida qo‘llay olish va mohiyatini anglab yetish, umuman olganda, adabiyotshunoslik fanining barcha jabhalari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishlikdan iborat. Fanning asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilanadi: 1. Adabiyotshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan tushuncha va atamalar mohiyatini anglash; 2. Badiiy asar tahliliga kirishish va unda zarur adabiy tur va janrlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 3. Badiiy adabiyotni san’atning bir turi sifatida tushunish, qabul qilish; 4. Adabiy jarayon masalalarini yozuvchi va kitobxon munosabatidan kelib chiqib anglash;  
 
5. Ilmiy tizimda ishtirok etayotgan har bir fanning mohiyati va ilmiy tizimdagi 
o‘rnini belgilashdan iborat. 
Adabiyotshunoslikning obyekti sifatida badiiy asar, kengroq ma’noda esa badiiy 
adabiyot tushuniladi. Badiiy adabiyot haqidagi har qanday ilmiy qarashlar ma’lum 
ma’noda adabiyotshunoslikni ilmiy tizim sifatida o‘rganishga yordam beradi. Bu 
o‘rinda adabiyot “odobi kulliyot”, “adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqidagi fan” 
degan qarashlar istiloh qilinib, ular ilmiy jihatdan to‘ldiriladi. Fanning predmeti 
uchun esa adabiy nazariy qarashlar asos qilib olinadi. 
Adabiyotshunoslik yoki biz o‘rganayotgan fanning obyekti, badiiy adabiyot 
san’atning bir turi sifatida ma’lumot berish, xabar tarqatish, fikr aytish bilan birga 
o‘quvchilarga hissiy tarbiya berish, ularning tuyg‘ular olamini boyitish, ruhiy 
tushunchalarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Lev Tolstoy: “Agar kishilar til 
orqali o‘zaro fikr almashsalar, san’at esa tuyg’ulararo muloqotdan iboratdir”. 
San’atning asosiy turlari: raqs, musiqa, rang-tasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik 
va badiiy adabiyotdan iborat. Mana bu ilk san’at turlari asosida keyinchalik, 
san’atning boshqa hosila turlari vujudga kelgan va asrlar davomida ular taraqqiy etib 
kelgan.  
Adabiyotshunoslik professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga 
kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi. 
Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini 
isbotlaydi. Adabiyotshunoslik. dastlabki bosqichda (Gomer asarlariga bo‘lgan 
munosabatda va  Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan 
bo‘lsa, ellinizm davrida filologiyaning bir qismi sifatida, falsafiy taraqqiyot 
davomida (Aflotundan Gegelga qadar) falsafaning tarkibida qaralib kelindi. Nihoyat, 
Gerder ta’limoti orqali adabiyotshunoslik. tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan 
sifatida nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan 
bo‘ldi.      
Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari b-n ijodkorlar olamini 
o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish 
ko‘rayotgan 
tushuncha 
va 
istilohlarda 
har 
xillik 
kuzatilishi 
mumkin. 
Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va 
5. Ilmiy tizimda ishtirok etayotgan har bir fanning mohiyati va ilmiy tizimdagi o‘rnini belgilashdan iborat. Adabiyotshunoslikning obyekti sifatida badiiy asar, kengroq ma’noda esa badiiy adabiyot tushuniladi. Badiiy adabiyot haqidagi har qanday ilmiy qarashlar ma’lum ma’noda adabiyotshunoslikni ilmiy tizim sifatida o‘rganishga yordam beradi. Bu o‘rinda adabiyot “odobi kulliyot”, “adabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqidagi fan” degan qarashlar istiloh qilinib, ular ilmiy jihatdan to‘ldiriladi. Fanning predmeti uchun esa adabiy nazariy qarashlar asos qilib olinadi. Adabiyotshunoslik yoki biz o‘rganayotgan fanning obyekti, badiiy adabiyot san’atning bir turi sifatida ma’lumot berish, xabar tarqatish, fikr aytish bilan birga o‘quvchilarga hissiy tarbiya berish, ularning tuyg‘ular olamini boyitish, ruhiy tushunchalarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Lev Tolstoy: “Agar kishilar til orqali o‘zaro fikr almashsalar, san’at esa tuyg’ulararo muloqotdan iboratdir”. San’atning asosiy turlari: raqs, musiqa, rang-tasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik va badiiy adabiyotdan iborat. Mana bu ilk san’at turlari asosida keyinchalik, san’atning boshqa hosila turlari vujudga kelgan va asrlar davomida ular taraqqiy etib kelgan. Adabiyotshunoslik professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi. Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini isbotlaydi. Adabiyotshunoslik. dastlabki bosqichda (Gomer asarlariga bo‘lgan munosabatda va Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan bo‘lsa, ellinizm davrida filologiyaning bir qismi sifatida, falsafiy taraqqiyot davomida (Aflotundan Gegelga qadar) falsafaning tarkibida qaralib kelindi. Nihoyat, Gerder ta’limoti orqali adabiyotshunoslik. tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari b-n ijodkorlar olamini o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish ko‘rayotgan tushuncha va istilohlarda har xillik kuzatilishi mumkin. Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va  
 
istiloh-larni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy 
ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan.  
Adabiyotshunoslikni bugungi kunda mafkuraviy tazyiq, sotsrealizm kabi 
metodologik siquv va yuqoridan boshqarilish jihatlaridan xoli bo‘lgan, estetika, 
lingvistika, falsafa, tarix, ruhshunoslikdan tashqari kibernetika, semiotika, 
sinergetika v.b. fanlar bilan erkin aloqaga kirishadi. Lekin mifopoetikani ustuvor 
qo‘yish, postmodernizm sharoitida “adabiy o‘yin nazariyasi”ga aylanish, 
postfreydizmdagi  “panseksualizm”, ommaviy adabiyot kabi salbiy holatlarni 
adabiyotshunoslik nazariy jihatdan oqlashni o‘z zimmasiga olmagan.  
 
Adabiyotshunoslik lugʻatida shunday tanishtirilgan: “Adabiyotshunoslik – 
badiiy adabiyotning kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy 
aloqalarini o‘rganuvchi fan. Adabiyotshunoslikning ob’ekti bo‘lmish badiiy 
adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami – predmeti juda keng. Ularning bir 
qismi umumestetik (ya’ni badiiy san’at sohalarining barchasiga taalluqli, mas.: 
badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va 
badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni 
xususiyatlari va b.) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof 
Adabiyotshunoslik muammolari sanaladi… Zamonaviy adabiyotshunoslik fani 
uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy 
tanqid. Mazkur sohalarning har biri badiiy adabiyot bilan bog‘liq muayyan masalalar 
majmuini o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda 
o‘rganadi. Ayni chog‘da, bu sohalar o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lib, bir-birini 
to‘ldiradi, bir-biriga manba yaratadi, asos bo‘lib xizmat qiladi va shu tarzda yagona 
bir tizimga birikadi. Bulardan tashqari, Adabiyotshunoslikning matnshunoslik, 
manbashunoslik, bibliografiya singari yordamchi sohalari ham mavjud”1.  
Adabiyotshunoslik  asoslari – badiiy adabiyotni o‘rganish, tahlil va talqin etishda 
dastlabki ma’lumotlar, istilohlar mohiyati, nazariy qonuniyatlarni amalda tahlil 
jarayoniga tatbiq qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi soha. Badiiy adabiyot 
                                                          
 
1 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010. 
istiloh-larni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan. Adabiyotshunoslikni bugungi kunda mafkuraviy tazyiq, sotsrealizm kabi metodologik siquv va yuqoridan boshqarilish jihatlaridan xoli bo‘lgan, estetika, lingvistika, falsafa, tarix, ruhshunoslikdan tashqari kibernetika, semiotika, sinergetika v.b. fanlar bilan erkin aloqaga kirishadi. Lekin mifopoetikani ustuvor qo‘yish, postmodernizm sharoitida “adabiy o‘yin nazariyasi”ga aylanish, postfreydizmdagi “panseksualizm”, ommaviy adabiyot kabi salbiy holatlarni adabiyotshunoslik nazariy jihatdan oqlashni o‘z zimmasiga olmagan. Adabiyotshunoslik lugʻatida shunday tanishtirilgan: “Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotning kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini o‘rganuvchi fan. Adabiyotshunoslikning ob’ekti bo‘lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami – predmeti juda keng. Ularning bir qismi umumestetik (ya’ni badiiy san’at sohalarining barchasiga taalluqli, mas.: badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari va b.) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof Adabiyotshunoslik muammolari sanaladi… Zamonaviy adabiyotshunoslik fani uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid. Mazkur sohalarning har biri badiiy adabiyot bilan bog‘liq muayyan masalalar majmuini o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda o‘rganadi. Ayni chog‘da, bu sohalar o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga manba yaratadi, asos bo‘lib xizmat qiladi va shu tarzda yagona bir tizimga birikadi. Bulardan tashqari, Adabiyotshunoslikning matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya singari yordamchi sohalari ham mavjud”1. Adabiyotshunoslik asoslari – badiiy adabiyotni o‘rganish, tahlil va talqin etishda dastlabki ma’lumotlar, istilohlar mohiyati, nazariy qonuniyatlarni amalda tahlil jarayoniga tatbiq qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi soha. Badiiy adabiyot 1 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. T.: Akademnashr, 2010.  
 
tez o‘zgaruvchan san’at turi ekani hisobga olingan holda, o‘zgarayotgan jarayondagi 
adabiy hodisalarni o‘rganish uchun ham yo‘llanma beriladi. 
Adabiyotshunoslik asoslari o‘z tarkibiga badiiy asar haqidagi ma’lumot, 
adabiyot spetsifikasi, badiiy shakl va mazmun munosabati va ularning 
komponentlari, poetika asoslari, jumladan, adabiy tur va janrlar, she’rshunoslik, 
adabiy til, uslub hamda adabiy jarayon masalalarini oladi.  
Adabiyotshunoslik va boshqa fanlar deyilganda, uning, birinchi navbatda, o‘z 
tizimiga va vazifasiga ko‘ra, filologik (folklorshunoslik va tilshunoslik) va falsafiy 
fanlar (axloqshunoslik, estetika, germenevtika), shuningdek, gumanitar tizimdagi 
fanlar (tarix, ruhshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlar) bilan yaqin aloqadorligi 
haqida fikr yuritish mumkin. 
Adabiyotshunoslik va tilshunoslik – adabiyotshunoslik va tilshunoslik nafaqat 
tadqiqot obyekti va materialning umumiyligi, balki vazifadorligi nuqtai nazaridan 
ham yaqinlashadi. So‘z mohiyati va uning matndagi o‘rnini o‘rganishda, ayrim 
adabiy hodisalarning struktural jihatlarini tadqiq etishda umumiylik mavjud. 
Masalan, badiiy tasvir vositalari adabiyotshunoslikda “Poetik leksika” tarkibida 
o‘rganilsa, ayni shu holatga tilshunoslikning “Leksikologiya” bo‘limida ko‘chim 
turlari nuqtai nazaridan qaraladi. Yoki ritorikada stilistik figuralarning matn 
tarkibidagi va badiiy nutq shakllanishidagi o‘rni o‘rganilsa, tilshunoslikning 
“Sintaksis” va “Stilistika” bo‘limlarida nutq uslublari jihatidan yondashish orqali 
ularning natijalaridan biri ikkinchisini to‘ldiradi. Til qonuniyatlarini bilish orqali 
asar mohiyati va obrazlar vositasida anglatilayotgan badiiy niyat kitobxonga yetib 
boradi. Tilshunoslik badiiy nutqqa fikr almashish vositasi sifatida qarasa, 
adabiyotshunoslik uni estetik muloqot vositasi sifatida tadqiq etadi. Demak, filologik 
tizimdagi fan sifatida Adabiyotshunoslik nafaqat tilshunoslik, balki uning alohida 
sohalari bilan ham mustahkam aloqaga kirishadi. Bir tizimdagi bu ikki fanning 
o‘zaro yaqinlashuvi natijasida lingvopoetika va ritorika singari oraliq fanlar vujudga 
kelganki, ularning ishtirokisiz na adabiyotshunoslik, na tilshunoslik rivoj topa oladi. 
A.dagi struktural poetika bilan struktur tilshunoslik, generativ poetika bilan kognitiv 
tilshunoslik kabi sohalarning vujudga kelishi adabiyotshunoslik va tilshunoslikdagi 
akademik maktablarning ham yaqinlashuvidan darak bermoqda. 
tez o‘zgaruvchan san’at turi ekani hisobga olingan holda, o‘zgarayotgan jarayondagi adabiy hodisalarni o‘rganish uchun ham yo‘llanma beriladi. Adabiyotshunoslik asoslari o‘z tarkibiga badiiy asar haqidagi ma’lumot, adabiyot spetsifikasi, badiiy shakl va mazmun munosabati va ularning komponentlari, poetika asoslari, jumladan, adabiy tur va janrlar, she’rshunoslik, adabiy til, uslub hamda adabiy jarayon masalalarini oladi. Adabiyotshunoslik va boshqa fanlar deyilganda, uning, birinchi navbatda, o‘z tizimiga va vazifasiga ko‘ra, filologik (folklorshunoslik va tilshunoslik) va falsafiy fanlar (axloqshunoslik, estetika, germenevtika), shuningdek, gumanitar tizimdagi fanlar (tarix, ruhshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlar) bilan yaqin aloqadorligi haqida fikr yuritish mumkin. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik – adabiyotshunoslik va tilshunoslik nafaqat tadqiqot obyekti va materialning umumiyligi, balki vazifadorligi nuqtai nazaridan ham yaqinlashadi. So‘z mohiyati va uning matndagi o‘rnini o‘rganishda, ayrim adabiy hodisalarning struktural jihatlarini tadqiq etishda umumiylik mavjud. Masalan, badiiy tasvir vositalari adabiyotshunoslikda “Poetik leksika” tarkibida o‘rganilsa, ayni shu holatga tilshunoslikning “Leksikologiya” bo‘limida ko‘chim turlari nuqtai nazaridan qaraladi. Yoki ritorikada stilistik figuralarning matn tarkibidagi va badiiy nutq shakllanishidagi o‘rni o‘rganilsa, tilshunoslikning “Sintaksis” va “Stilistika” bo‘limlarida nutq uslublari jihatidan yondashish orqali ularning natijalaridan biri ikkinchisini to‘ldiradi. Til qonuniyatlarini bilish orqali asar mohiyati va obrazlar vositasida anglatilayotgan badiiy niyat kitobxonga yetib boradi. Tilshunoslik badiiy nutqqa fikr almashish vositasi sifatida qarasa, adabiyotshunoslik uni estetik muloqot vositasi sifatida tadqiq etadi. Demak, filologik tizimdagi fan sifatida Adabiyotshunoslik nafaqat tilshunoslik, balki uning alohida sohalari bilan ham mustahkam aloqaga kirishadi. Bir tizimdagi bu ikki fanning o‘zaro yaqinlashuvi natijasida lingvopoetika va ritorika singari oraliq fanlar vujudga kelganki, ularning ishtirokisiz na adabiyotshunoslik, na tilshunoslik rivoj topa oladi. A.dagi struktural poetika bilan struktur tilshunoslik, generativ poetika bilan kognitiv tilshunoslik kabi sohalarning vujudga kelishi adabiyotshunoslik va tilshunoslikdagi akademik maktablarning ham yaqinlashuvidan darak bermoqda.  
 
Adabiyotshunoslik va falsafa – adabiyotshunoslik va falsafa dunyoni bilishda, 
uning hodisalarini qabul va talqin qilishda yaqinlashadi. Falsafa tabiat va 
jamiyatning 
umumiy 
taraqqiyot 
qonuniyatlarini, 
insoniyat 
tafakkuri 
va 
dunyoqarashining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilsa, adabiyotshunoslik ana shu 
dunyoning badiiy asardagi aksi, matn modeli bilan ish ko‘rishi natijasida 
umumiylikdan xususiylikka qarab boradi, inson va uning borliqdagi mohiyati, uning 
yaratuvchilik qudrati va dunyo tamaddunidagi o‘rnini badiiy timsollar vositasida 
anglatgan badiiy adabiyotni tahlil qilish orqali umumiylikka erishadi. Turli 
dunyoqarashga ega, turli ijodiy maneradagi adiblarning ijod mahsulini o‘rganish 
orqali adabiyotshunoslik faylasuf anglab yetgan dunyoni qayta badiiy kashf qiladi. 
Bu kabi parallelliklarni ko‘plab keltirish mumkin. Azaldan har ikki fan o‘zaro yaqin 
aloqadorligining belgisi sifatida adabiyotshunoslikka Yevropa faylasuflari deyarli 
ikki ming yildan ortiq muddat davomida falsafiy fanlar tizimida qarab kelishgan. 
Adabiyotshunoslik asosini yaratgan va jahoniy taraqqiyotiga xizmat qilgan Arastu, 
Gegel kabi daholar, asosan, falsafiy fikr taraqqiyoti bilan shug‘ullanishgan. 
 
Savol va topshiriqlar 
1. Fanning maqsadi va vazifalarini tushuntiring. 
2. Adabiyotshunoslikning obyekti nima va uning predmeti nimadan iborat. 
3. San’at nima va uning qanday turlarini bilasiz?  
4. Badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligini asoslangю 
5. Adabiyotshunosliknin boshqa gumanitar fanlar bilan aloqadorligini 
koʻrsating. 
 
Adabiyotshunoslik va falsafa – adabiyotshunoslik va falsafa dunyoni bilishda, uning hodisalarini qabul va talqin qilishda yaqinlashadi. Falsafa tabiat va jamiyatning umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini, insoniyat tafakkuri va dunyoqarashining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilsa, adabiyotshunoslik ana shu dunyoning badiiy asardagi aksi, matn modeli bilan ish ko‘rishi natijasida umumiylikdan xususiylikka qarab boradi, inson va uning borliqdagi mohiyati, uning yaratuvchilik qudrati va dunyo tamaddunidagi o‘rnini badiiy timsollar vositasida anglatgan badiiy adabiyotni tahlil qilish orqali umumiylikka erishadi. Turli dunyoqarashga ega, turli ijodiy maneradagi adiblarning ijod mahsulini o‘rganish orqali adabiyotshunoslik faylasuf anglab yetgan dunyoni qayta badiiy kashf qiladi. Bu kabi parallelliklarni ko‘plab keltirish mumkin. Azaldan har ikki fan o‘zaro yaqin aloqadorligining belgisi sifatida adabiyotshunoslikka Yevropa faylasuflari deyarli ikki ming yildan ortiq muddat davomida falsafiy fanlar tizimida qarab kelishgan. Adabiyotshunoslik asosini yaratgan va jahoniy taraqqiyotiga xizmat qilgan Arastu, Gegel kabi daholar, asosan, falsafiy fikr taraqqiyoti bilan shug‘ullanishgan. Savol va topshiriqlar 1. Fanning maqsadi va vazifalarini tushuntiring. 2. Adabiyotshunoslikning obyekti nima va uning predmeti nimadan iborat. 3. San’at nima va uning qanday turlarini bilasiz? 4. Badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligini asoslangю 5. Adabiyotshunosliknin boshqa gumanitar fanlar bilan aloqadorligini koʻrsating.