Fuqarolik protsessual huquqi
FUQAROLIK SUDIDA VAKILLIK
Reja:
1.Sudda vakilllik
1.Qonuniy va shartnomaviy vakillik
1.Vakilning vakolatlari va uni
rasmiylashtirish
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali yuritishi
mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha
vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni
o‘z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala
layoqati cheklangan shaxslarning
huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda
ularning qonuniy vakillari (ota-onalari,
ularni farzandlikka olganlar, vasiylar,
homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok
etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida mazkur
fuqaroning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan
shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok
etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy,
homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs
merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga
topshirish huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz
yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan
shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar
ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni
amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning,
muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib
chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni
cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy)
vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha
qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari
bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning
topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari
sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat
advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb
etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga
qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan
advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi
tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun
kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan
ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial
harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar
tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ
rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma
bo‘yicha harakat qiladi.