Agrokimyo fani maqsadi, vazifalari, Dehqonchilikni kimyolashtirish va o’g’itlarning ahamiyati, Agrokimyo fani va fan uslublari
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
57,4 KB
AGROKIMYO FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA BOSHQA
FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Reja:
1. Agrokimyo fani maqsadi, vazifalari.
2. Dehqonchilikni kimyolashtirish va o’g’itlarning ahamiyati.
3. Agrokimyo fani va fan uslublari.
4. Agrokimyo fanining rivojlanish tarixi.
Agrosanoat
majmuasining
asosiy
vazifasi
-
qishloq
xo’jaligida
yetishtirilayotgan mahsulot hajmini oshirish, Respublikamiz aholisini yetarli
miqdorda oziq - ovqat bilan ta’minlashdan iboratdir.
Agrokimyo fanining maqsadi – o’simlik-tuproq tizimidagi uzviy o’simlik
oziqlanish jarayonida bog’liqligi, o’zaro ta’siri va o’simlikni oziqa moddalar bilan
ta’minlashda o’rni.
Agrokimyo fanining kimyoviy va biologik fan bo’lganligi, o’quv jarayoni
davomida tuproq, o’simlik va o’g’itlarda kimyoviy va biologik jarayonlarning
o’tishi.
Agrokimyo fanining asosiy muammolari:
O’simlik nima bilan va qanday oziqlanishi. Har bir oziqa elementining
o’simlik oziqlanishidagi o’rni, hosil miqdori va sifatiga ta’siri;
Tuproqning asosiy oziqa moddalar zaxirasi sifatida o’rni, uni
unumdorligini saqlash va oshirish muammosi;
O’g’itlarning turlari, hususiyatlari va ularni to’plash va ishlab chiqarish
muammolari;
O’g’itlar qo’llashning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosi;
O’g’it qo’llash jarayonida ekologik muvazonat saqlash muammolari.
Agrokimyo fanini predmeti va usullari, ularni boshqa fanlar bilan uzviy
bog’liqligi. Dehqonchilikni ilmiy asosda rivojlantirishda agrokimyoni vazifalari.
Buning uchun yerlardan samarali foydalanib, tuproq unumdorligini doimiy
ravishda oshirib borish lozim. Tuproqlarning unumdor bo’lishi qishloq xo’jalik
ekinlarining yaxshi o’sishi, rivojlanishi va mo’l hosil berishi uchun qulay sharoit
yaratadi.
Tuproq unumdorligi - bu o’simliklar o’suv davrining barcha rivojlanish
fazalarida uning suv va oziq moddalariga bo’lgan talabini doimo yetarli miqdorda
qondirishdir, tuproqlarning ushbu xususiyati qanchalik yaxshi bo’lsa, u shunchalik
unumdor bo’ladi.
Tuproq unumdorligi ikki turga - tabiiy va foydali unumdorlikka bo’linadi.
Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bo’lishida har xil omillarning ta’sir etish
jarayonida vujudga keladi, bu tuproqlarning turli mexanikaviy va kimyoviy tarkibi
hamda iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Demak har qanday tuproq tabiiy
unumdorlikka ega bo’ladi.
Tuproqning foydali unumdorligini oshirishda organik, mineral, bakterial
o’g’itlardan va boshqa kimyoviy vositalardan foydalanish alohida o’rin tutadi.
Dehqonchilikni kimyolashtirish deganda – qishloq xo’jalik ekinlarining
hosildorligini va hosil sifatini oshirishning muhim vositasi bo’lgan mahalliy va
mineral o’g’itlardan, begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda
kimyoviy vositalardan samarali foydalanish tushuniladi.
Fanda shu narsa aniqlanganki, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan ekinlar
hosilini 50 foizga ya’ni o’g’itlarni qo’llash evaziga olinadi.
Dehqonchilikda ishlatilayotgan o’g’itlarning samaradorligi, uni qo’llash
hisobiga olingan qo’shimcha hosil yoki sof daromad bilan belgilanadi. Ilmiy
tekshirish institutlari va ilg’or xo’jaliklarning tajribalarini ko’rsatishicha, ishlatilgan
1 s o’g’it hisobiga quyidagicha qo’shimcha mahsulot olinar ekan ( s hisobida):
donli ekinlar (don)
1-1,3
kartoshka
6-8
qand lavlagi
6,5-7
paxta
0,6-0,8
sabzavot va poliz
12-14
uzum
3-3,2
xashaki ildizmevalilar
6-8
ko’p yillik o’tlar
3,5-5
O’rtacha miqdorda ishlatilgan o’g’itlar hisobiga asosiy qishloq xo’jalik
ekinlaridan olinadigan qo’shimcha hosil miqdori quyidagi jadvalda berilgan.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pchiligi azotga juda talabchan
bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlarni ko’rsatishicha, ishlatilgan 1 kg azot hisobiga xar bir
gektardan qo’shimcha 4,5 dan 8 kg gacha, 1 kg P2O5 hisobiga 4 dan 7,3 kg va 1 kg
K2O hisobiga esa 2,2 dan 3,7 gacha bug’doy doni yetishtirish mumkin ekan. Lekin
azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni birgalikda qo’llaganda ulardan olinadigan
samaradorlik ancha yuqori bo’ladi. Mineral o’g’itlar to’g’ri ishlatilganda ekinlar
hosili oshibgina qolmay, balki yuqori iqtisodiy samara ham beradi. Birinchi yilning
o’zida o’g’itlarni qo’llashga ketgan barcha sarf-harajatlar qoplanadi va ancha yuqori
iqtisodiy foyda olinadi.
54-jadval
Mineral o’g’itlarning ta’siri (M.P.Petuxov ma’lumoti)
Ekin turi
1 ga uchun qo’llanilgan, kg
1ga hisobiga olingan
qo’shimcha hosil
N
P2O5
K2O
Donli ekinlar (don)
30-45
40-50
40-50
5-8
G’o’za
80-120 80-120
-
6-10
Kartoshka
40-60
40-60
40-60
35-60
qand lavlagi
60-75
65-75
60-75
40-70
Beda (xashaki)
-
50-90
50-90
20-25
Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pchiligi azotga juda talabchan
bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlarni ko’rsatishicha, ishlatilgan 1 kg azot hisobiga xar bir
gektardan qo’shimcha 4,5 dan 8 kg gacha, 1 kg P2O5 hisobiga 4 dan 7,3 kg va 1 kg
K2O hisobiga esa 2,2 dan 3,7 gacha bug’doy doni yetishtirish mumkin ekan. Lekin
azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni birgalikda qo’llaganda ulardan olinadigan
samaradorlik ancha yuqori bo’ladi. Mineral o’g’itlar to’g’ri ishlatilganda ekinlar
hosili oshibgina qolmay, balki yuqori iqtisodiy samara ham beradi. Birinchi yilning
o’zida o’g’itlarni qo’llashga ketgan barcha sarf-harajatlar qoplanadi va ancha yuqori
iqtisodiy foyda olinadi.
Keyingi vaqtlarda MDHga kiruvchi Respublikalarda mineral o’g’itlar ishlab
chiqarish 30-32 mln. tonnani (tarkibidagi oziq moddalarni 100 foizga hisoblaganda),
o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari esa 440-480 ming tonnani tashkil
etib, qishloq xo’jalik ekinlar hosildorligini ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatilmoqda. Shu
bilan birgalikda, qishloq xo’jaligida 1,5 mlrd. tonnaga yaqin organik o’g’itlar ham
ishlatilmoqda.
Keyingi 10-15 yil ichida O’zbekistonda mineral o’g’itlardan foydalanish
(tarkibidagi oziq modda 100 foiz hisobida) -728,0 dan to 1407,0 ming tonnaga yetib,
boshqa ximiyalashtirish vositalaridan foydalanish xajmi ham ancha ortdi:
55- jadval
Rivojlangan davlatlarda o’g’it ishlab chiqarish va sotish
№
Davlatlar
O’git ishlab
chiqarish, mln.
tonna
Import
Eksport
1
Xitoy
30
7
2
AQSh
17
14
8
3
Hindiston
15
2
4
Kanada
13
11
5
Rossiya
12
10
6
Germaniya
4
7
Braziliya
3
Dunyo bo’yicha
142
56 jadval
Dunyoda mineral o’g’itlarni qo’llanilishi
O’g’itlar
Yillar
1965
1970
1975
1980
1985
1990
1995
2000
Azotli
19,1
14,9
31,8
24,4
44,4
33,8
60,8
45,6
70,4
51,3
77,2
55,8
78,4
57,0
81,6
59,8
Fosforli
15,8
12,3
21,1
16,2
25,6
19,5
31,7
23,8
33,5
24,4
36,1
26,1
30,7
22,3
32,6
23,9
Kaliyli
12,1
9,4
16,4
12,6
21,4
16,3
24,2
18,2
25,7
18,7
24,7
17,9
20,7
15,1
22,2
16,3
Jami
47,0
36,6
69,3
53,2
91,4
69,6
116,7
87,6
129,6
94,4
137,8
99,8
129,7
94,4
136,4
100,0
Eslatma: birinchi raqam – mln. tonna; ikkinchi raqam kg/ga
Hozirgi vaqtda Respublikamizda o’g’itlarning asosiy qismi (70 foizga yaqin)
paxtachilik xo’jaliklarida g’o’zani oziqlantirish uchun yetkazib berilmoqda.
Ko’pchilik paxtakor xo’jaliklar g’o’zaga o’g’itlarni katta miqdorda, har bir gektar
hisobiga azotni (250-350 kg), fosforni (180-200 kg) va kaliyni (100-120 kg)
ishlatmoqdalar. Biroq g’o’zaga beriladigan o’g’itlar harajati hamma vaqt ham
hosildorlikni ortishi hisobiga qoplanib ketmaydi. Shuningdek, tuproqlarni, yer osti
suvlarini va atrof-muhitni turli kimyoviy vositalar bilan ifloslanishi va ekologik
muhitni bo’zilishi kuzatiladi. Bu esa, qishloq xo’jaligi xodimlari oldida turgan eng
muxim ekologik muammolardan biri hisoblanadi.
O’g’itlar ishlab chiqarish va ularni qo’llashning hajmini hozirgi bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
kamayib
borayotganligi
munosabati
bilan
ularni
samaradorligini oshirishda ayrim o’g’itlarni qo’llashning to’g’ri nisbatini tanlash
muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ximizasiya vositalaridan ilmiy asoslangan holda
foydalanish mutaxasislardan yuksak saviyali va bilimli bo’lishni takozo etadi. Faqat
o’g’itlardan to’g’ri foydalangandagina tuproqning unumdorligini doimiy oshirishga,
ekinlardan yuqori va sifatli toza mahsulot yetishtirishga hamda o’g’itlash uchun
sarflangan har bir so’m hisobiga qo’shimcha uch-to’rt so’m olishga erishish
mumkin.
Qishloq xo’jaligida paxta, don, poliz-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlar
yetishtirish ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi asosida bo’lib, jadallangan
texnologiya, o’g’itlardan foydalanishni ekologik xavfsizligi taminlangan hamda har
bir tabiiy-iqtisodiy viloyat, tuman, alohida xo’jalik va dala uchun bo’lishi kerak
O’rta Osiyo sharoitida g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarning miqdorlari va
ularning o’zaro nisbatlarini o’rganish masalalari Ya.I.Chumakov, QM.Semergey,
I.I.Madraimov, G.I.Yarovenko, P.V.Protasov, B.P.Machigin, M.A.Belousov,
I.I.Niyezaliyev, J.Sattarov, Ye.I.Stolipin, T.S.Zokirov va F.Q.Kodirxo’jayev
ishlarida bayon etilgan. Ular tomonidan aniqlanishicha, bo’z tuproqlarda g’o’zaga
beriladigan mineral o’g’itlarning optimal miqdorlari, eskidan paxta yetishtirilib
kelingan yerlarda azot bo’yicha gektariga 120-180 kg, fosfor 60-90 kg bo’lib,
azotning fosforga bo’lgan nisbati 1:0,5 o’tloq tuproqlarda 1:0,7-1:0,8 hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida paxta, don, poliz-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlar
yetishtirish ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi asosida bo’lib, jadallangan
texnologiya, o’g’itlardan foydalanishni ekologik xavfsizligi taminlangan hamda har
bir tabiiy-iqtisodiy viloyat, tuman, alohida xo’jalik va dala uchun bo’lishi kerak.
57 jadval
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi (s/ga) va qo’llaniladigan
azotli o’g’it miqdori (kg/ga) (2000 yil)
Davlatlar
Azotli o’g’it
miqdori, kg/ga
Ekin turi
Hosildorlik, s/ga
AQSh
57,9
Boshoqli don ekin
58,4
Kartoshka
427
Qand lavlagi
531
Kanada
34,1
Boshoqli don ekin
28,1
Kartoshka
287
Qand lavlagi
495
Germaniya
156
Boshoqli don ekin
64,5
Kartoshka
450
Qand lavlagi
617
Fransiya
126
Boshoqli don ekin
72,4
Kartoshka
396
Qand lavlagi
759
Xitoy
183
Boshoqli don ekin
47,9
Kartoshka
140
Qand lavlagi
245
Hindiston
67,4
Boshoqli don ekin
23,3
Kartoshka
184
Argentina
19,2
Boshoqli don ekin
34,5
Kartoshka
256
Rossiya
12,5
Boshoqli don ekin
15,9
Kartoshka
114
Qand lavlagi
187
58- jadval
Bedapoyadan keyin o’stiriladigan g’o’zaga azotli va fosforli
o’g’itlarni berishning eng samarali nisbatlari.
Bedadan
so’ngi yillar
Tipik bo’z
tuproq
Och tusli
tuproq
O’tloq
tuproq
Uchinchi
1:0,9
1:1-0,9
1:1,25
To’rtinchi
1:0,9-0,8
1:0,9-0,8
1:1-1,0
Beshinchi
1:0,8-0,7
1:0,9-0,8
1:1-0,9
Oltinchi
1:0,7
1:0,8-0,7
1:0,9-0,8
A.V.Peterburgskiy ko’rsatishicha, o’g’itlar samaradorligini oshirishda qora
tuproqli zonalarda donli ekinlar uchun ularni 1:0,9:0,7 nisbatda qo’llash kerak
Ushbu nisbat tuproq – iqlim sharoitiga va ekinlarning biologik xususiyatlariga qarab
turlicha bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda o’g’it ishlab chiqarishning o’sishi, asosan, yuqori
konsentrasiyalangan va murakkab o’g’itlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularning
o’g’it ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi hissasi 74 foizdan 88 foizga yetdi,
o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarning o’rtacha miqdori 35 foizdan 40 foizga ortdi.
Bu esa, o’g’itlarning fizik massasini kamaytirishga va ularni tashish, saqlash hamda
yerga solishga sarflanadigan mehnat hajmini va ishlatiladigan vositalarini ancha
tejashga imkon berdi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ximizasiya vositalaridan ilmiy asoslangan holda
foydalanish mutaxasislardan yuksak saviyali va bilimli bo’lishni takozo etadi. Faqat
o’g’itlardan to’g’ri foydalangandagina tuproqning unumdorligini doimiy oshirishga,
ekinlardan yuqori va sifatli toza mahsulot yetishtirishga hamda o’g’itlash uchun
sarflangan har bir so’m hisobiga qo’shimcha uch-to’rt so’m olishga erishish
mumkin.
Qishloq xo’jaligida paxta, don, poliz-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlar
yetishtirish ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi asosida bo’lib, jadallangan
texnologiya, o’g’itlardan foydalanishni ekologik xavfsizligi taminlangan hamda har
bir tabiiy-iqtisodiy viloyat, tuman, alohida xo’jalik va dala uchun bo’lishi kerak.
O’rta Osiyo Respublikalari sharoitida o’g’itlardan samarali foydalanish chora
tadbirlarini ishlab chiqish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu sharoitda
ishlatilayotgan o’g’itlar ancha yuqori, dehqonchilik qilinadigan yerlarning ko’p
qismi turli darajada sho’rlangan va eroziyaga uchragan, yer osti suvlari asosiy
ekinlar eqiladigan dalalarda juda yuza joylashgan.Shuning uchun ham bunday
yerlarda dehqonchilik qilganda har bir dalaning tuproq xususiyatlarini va eqiladigan
o’simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan
o’g’itlash tizimini tuzish kerak.
Malumki, fosforitlar konidagi Maroqani turiga mansub donador fosforitlarning
aniqlangan zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Umuman Respublikada
aniqlangan zahiralar 300 mln. tonnaga yaqin. Ammo Respublikada ammofos kabi
o’g’itlar ishlab chiqarilishi talab darajasida emas.
Respublikada Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat, Surxondaryo viloyatidagi
Xo’jayikon va boshqa konlardagi zahiralari juda ko’p yillarga yetishi mumkin.
Bulardan tezkorlik bilan foydalanilsa kaliyli o’g’itlarni narxi qishloq xo’jaligi xarid
qilish qobiliyatiga to’g’ri kelishi mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 7 ta o’g’it ishlab chiqarish kimyo zavodi
(Chirchiq, Samarqand, Qo’qon, Navoiy) ishlab turibdi va ularda ammiakli selitra,
mochevina, ammoniy sulfat, ammofos, ammoniylashtirilgan superfosfat, superfosfat
kabi mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi
fermer xo’jaliklari bilan “O’zkimyosanoat” kompaniyasi tizimidagi korxonalar
o’rtasida jami 524 ming 910 tonna shu jumladan, 371 ming 730 tonna azotli, 100
ming 800 tonna fosforli va 52 ming 380 tonna kaliyli mineral o’g’itlar yetkazib
berish bo’yicha shartnoma tuzilib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga olingan tezkor
ma’lumotlarga ko’ra, jami 496 ming 471 tonna mineral o’g’itlar (shartnomalarga
nisbatan 94,6 %), shu jumladan 379 ming 740 tonna azotli, 88 ming 260 tonna
fosforli va 28 ming 471 tonna kaliyli o’g’itlar yetkazib berilgan.
AGROKIMYO FANI VA FAN USLUBLARI
Agrokimyoviy kimyo yoki agrokimyo – o’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi
fan bo’lib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori,
hamda sifatli hosil yetishtirishda oziq moddalarning dehqonchilikdagi aylanishini va
o’g’itlardan samarali foydalanishni o’rganadi. Demak agrokimyo fani tabiatda oziq
elementlarini aylanishini, o’simliklar bilan munosabatini va qishloq xo’jalik
ekinlarini hosildorligini oshirishda tuproq bilan mineral o’g’itlarni o’zaro
bog’liqligini o’rganadi.
Agrokimyo fanining asosiy vazifasi - tuproq o’simlik tizimida oziq
elementlarining aylanishini va ularning balansini ya’ni tengligini o’rganishdir.
Dehqonchilikda oziq moddalarning aylanishiga insonlar faqatgina mineral va
mahalliy o’g’itlarni ishlatish yo’l bilan aralashadi.
Qishloq xo’jaligida o’g’itlarni qo’llashdan asosiy maqsad – bu dehqonchilik
qilinadigan yerlarda oziq elementlarini aylanishini tartibga solish va o’simliklarni
oziq moddalarga bo’lgan talabini to’lik qondirishdir.
Ma’lum tuproq – iqlim sharoitida mineral o’g’itlardan samarali foydalanishda
o’g’itlarning tuproq va o’simliklar bilan bog’liqligini o’rganish kerak.
Agrokimyo fanining asoschilaridan bo’lgan akademik D.N.Pryanishnikov
shunday deb yozgan edi "o’simlik, tuproq va o’g’itlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni
o’rganish, hamma vaqt agrokimyogarlarni asosiy vazifasi bo’lib kelgan va shunday
bo’lib qoladi".
Agrokimyoni
asosini
tashkil
etuvchi
bu
bog’liqlikni
akademik
D.N.Pryanishnikov quyidagi uchburchak holida tasvirlaydi.(32-rasm)
Bunda tuproq ma’lum iqlim sharoitida hisobga olinadi va o’z navbtida u
o’simlikning oziqlanishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
O’simlikni, tuproq va o’g’itlar bilan o’zaro bog’liqligini ma’lum tuproq iqlim
sharoitida o’rganish natijasida o’simliklarni rivojlanishida va oziqlanishida
yetishmaydigan faktorlar aniqlanilab sifatli yuqori hosil yetishtirish usullari tavsiya
etiladi.
Agrokimyo biologiya va kimyo fani. Biologiya fani o’simlik o’sishi,
rivojlanishi, oziqa o’zlashtirishi uni metobolizimi, genetika va fiziologiyasiga
bog’langan holda o’rganadi.
Agrokimyo tuproq biologiyasi, tuproqda o’tadigan mineral va biologik
jarayonlar bilan bog’liq holda o’simliklarni oziqlanish sharoitini o’rganadi.
Agrokimyo mineral o’g’itlarni to’plash va saqlash jarayonida kechadigan
mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
A
Osimlik
O’g’it
Tuproq
B
32-rasm.
A – Pryanishnikov uchburchagi
B – Mineyev V.G.
Agrokimyo kimyoviy fan chunki tuproq tarkibida bo’ladigan kimyoviy
jarayonlarni, o’simlik metabolizmi jarayonidagi kimyoviy reaksiyalarni hamda
o’g’itlarni ishlab chiqarish davridagi reaksiyalarni o’rganadi.
Agrokimyoning markaziy masalasi o’simlikning oziqlanish va shu jarayon
bilan bog’liq bo’lgan tuproq, o’simlik va o’g’it o’rtasida o’tadigan jarayonlar va
o’zgarishlarni o’rgangan holda o’simlikni kerakli miqdorda to’g’ri shaklda va eng
kulay vaqtda oziqa moddalar bilan ta’minlash.
O’simlik
O’g’it
Tuproq
Iqlim
Asosiy vazifalardan biri oziqlanish jarayonida ekologik muvozanatni saqlash,
sifatli, iqtisodiy, samarali mahsulot yetkazish.
Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida dehqonchilikda yangi oziq elementlari
aylanishiga kiritiladi, organik va o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida paydo
bo’lgan moddalarni daladan asosiy va qo’shimcha hosil bilan chiqib ketgan bir qism
elementlar o’rni to’ldiriladi. Natijada ekinlar hosili bilan, shamol va suv eroziyasi,
sho’rlanishi, gaz holida atmosferaga ketadigan oziq elementlar miqdorini saqlab
qolish bilan bir vaqtda, tuproq unumdorligini oshirish mumkin bo’ladi.
Demak, agrokimyoda o’rganiladigan uchta asosiy manba - o’simlik tuproq va
o’g’itlar bo’lib, ular doimiy ravishda o’zaro aloqada va bir-biriga ta’sir etib turadi.
Shuning uchun ham o’simliklarni oziqlanishini, o’simlik tuproq va o’g’it
orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish agrokimyoning nazariy tashkil etadi. Ushbu
asoslarni bilish dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir amaliy masalalarni ijobiy
hal qilishga imkon beradi va bu masalalarni agrokimyo ishlab chiqadi. Qishloq
xo’jaligida o’g’itlarning eng samarali miqdori, shakllari va nisbatlarini, ularni turli
xil tuproq zonalarida har xil ekinlarga qo’llashning optimal muddatlari va usullari,
o’g’itlarni qo’llashni yerlarga ishlov berish, almashlab ekish, sug’orish va boshqa
agrotexnikaviy tadbirlar bilan birgalikda olib borish ana shunday muhim masalalar
jumlasiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishini o’rganishda agrokimyo fani o’simliklar
fiziologiyasi va bioximiyasi bilan chambarchas bog’liq. Dehqonchilikda
ishlatilayotgan o’g’itlarning tuproqda o’zgarishi tuproq turiga, mexanikaviy
tarkibiga,
asoslar
bilan
to’yinish
darajasiga,
eritma
reaksiyasiga,
mikrororganizmlarni aktivligiga bog’liq bo’lib, u kimyoviy va mikrobiologik
jarayonlar tasirida bo’ladi shuning uchun ham agrokimyo fani tuproqshunosliq
kimyo, biologiya va mikrobiologiyaga asoslanadi.
Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
I
Agrokimyo
II
Agrofizika
III
Agrobotanika
O’simlik
1.O’simliklar
fiziologiyasi
2. O’simlikshunoslik
O’simlik
lar kimyosi
(moddalar
almashinuvi)
O’simlikda
gi fizikaviy
jarayonlar
Ko’payish
fiziologiyasi va
formalar kelib
chiqishi
Atrof muhit
3. Tuproqshunoslik
4. Meliorsiya
5. Meteorologiya
Tuproq
va atmosfera
kimyosi
Tuproq
fizikasi,
atmosferadagi
fizikaviy
xodisalar
Tuproqning
morfologik
belgilari, kelib
chiqishi va
mikrobiologik
faolligi
Agrotexnik tadbirlar
6. Dehqonchilik
7. Mikrobiologiya
8.
Qishloq
xo’jalik
mexanizasiyasi
9.
Menejment
va
iqtisodiyot
Tuproqn
i kimyoviy
tarkibiga
ta’sir
ko’rsatish
(o’g’itlar
to’g’risidagi
ta’limot)
Tuproqni
fizikaviy
xossalariga ta’sir
ko’rsatish
(tuproqqa ishlov
berish
to’g’risida
ta’limot)
O’simlikka
ta’sir ko’rsatish
(agrotexnik
tadbirlar,
parvarishlash va
seleksiya)
O’simlik navini va biologiyasini bilishda o’simlikshunosliq o’g’itlarni yerga
solish usullarini tanlash, almashlab ekish dalasidagi tasipHi o’rganishda –
dehqonchilik, o’simlik zararkunanda va kasalliklariga qarshi kimyoviy vositalarni
qo’llashda o’simliklarni himoya qilish, qo’llanilgan o’g’itlarni iqtisodiy
samaradorligini aniqlashda qishloq xo’jaligini tashkil etish va iqtisodi fanlari bilan
bog’liq bo’ladi.
Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o’rganishda, o’z oldiga qo’ygan
maqsadlarni hal etish jarayonida tekshirishning turli xil usullaridan foydalaniladi:
1) laboratoriya usuli – o’simlik tuproq, mahaliy va mineral o’g’itlarni
kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz qilish:
2) fiziologik yoki vegetasion, yani suniy sharoitda vegetasion uylarda,
issiqxonalarda (teplisalarda), maxsus idishlarda o’simliklar bilan o’tkaziladigan
tajribalar:
3) dala tajribalari-turli tuproq-iqlim sharoitiga ega bo’lgan zonalarda o’g’itlar
bilan tajriba o’tkazish:
4) ishlab-chiqarish tajribasi dala tajribalarida olingan natijalarni iqtisodiy
samaradorligini aniqlash uchun jamoa va fermer xo’jaliklarda tajriba qo’yish.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, oxirgi uchta tekshirish usuli
biologic usul hisoblanadi. Shuning uchun ham agrokimyo biologik fanlar jumlasiga
kiradi. Agrokimyoning qishloq xo’jaligi amaliyotiga tadbig’i, asosan, sanoatda
ishlab chiqarilayotgan va mahalliy o’g’itlardan samarali foydalanish chora
tadbirlarini joriy etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respubikasining iqtisodiy moddiy negizini mustahkamlashda
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishga, uni keng ko’laMga
kimyolashtirishga qaratilgan yo’l, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida agrokimyo
yutuqlarini amalda yanada ko’proq joriy qilishga cheksiz imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi
kunda
O’zbekistonda
va
Samarqand
viloyatida
tuproq
unumdorligining pasayib ketishi va berilgan o’g’itlardan foydalanmaslikning bir
necha sabablari mavjud:
1. Tuproqdan o’simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan oziqa elementlarini
qaytarish azotda 60 – 70 %, fosforda 40 – 50 % va kaliyli deyarli qaytarilmayapti.
Boshqa elementlar, masalan, tuproqlarimizga yetishmaydigan rux, marganes, bor,
molebden va boshqa mikroelementlar umuman qaytarilmayapti.
2. Obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra tuproqqa organik o’g’itlar juda kam
berilishi sababli gumus miqdori kamayib borayapti va mineral o’g’itlar tarkibidan
o’simliklarning oziqa elementlarini o’zlashtirish koeffisiyenti kamayib ketmoqda.
3. Ishlab chiqarilayotgan fosforli o’g’itlar tarkibiy jihatdan ammafosga
qaraganda sifatsiz va ulardan o’simliklar kam foydalanadi.
4. Azotli o’g’itlarni asosan g’allaga yuza sepilishi natijasida azotning ko’p
qismi yuvilishi va havoga uchib ketishi natijasida samaradorligi pasayib ketmoqda.
5. O’g’itlarni qo’llashda tuproq tarkibidagi oziqa elementlar miqdori inobatga
olinmasligi natijasida o’g’itlarni samaradorligi pasayib ketmoqda (Agrokimyo
laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmayapti).
6. Yangi avlod mineral o’g’itlar NKFU, AFU o’rganilmasdan, sinovdan
o’tkazilmay ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. O’g’it sifati nazoratdan chetda
qolyapti.
AGROKIMYO FANINI RIVOJLANTIRISH TARIXI
Ko’p asrlar davomida dehqonchilikning asosiy masalalaridan biri – bu
o’simliklarni oziqlanishi bo’lib keldi. Qadimdan insonlar uchun o’simliklarni yaxshi
rivojlanishi uchun go’ng va boshqa chiqindilar kerakligi malum bo’lgan. Lekin,
o’simliklar nima bilan oziqlanadi degan savolga javob faqatgina o’tgan asrning
o’rtalarida topildi.
O’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi bazi bir taxminiy qarashlar 16-18 asr
o’rtalarida paydo bo’lgan, ammo ushbu fikrlar yetarli darajada baholanmagan, shu
sababli ham o’simliklarni ildizdan oziqlanishi sohasida uzoq vaqtlargacha noto’g’ri
qarashlar hukm surib kelgan. O’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanishi
uchun bir necha asrlar kerak bo’ladi.
Masalan, XVI asrda (1563 y.) fransuz tabiatshunosi Bernar Palisi
o’simliklarni rivojlanishi uchun tuzlar kerakligini aytdi, lekin, asosan qaysi tuzlar
o’simlik uchun zarur ekanligini ko’rsatib bera olmagan.
Oradan qariyib 100 yil o’tgach (1656y.) ingliz ximigi Glauber tuproqqa
solingan selitra o’simliklarni hosildorligini oshirganini aniqladi. Lekin, XVII asr
olimlari buni baholay olishmaganlar, chunki bu davrda o’simliklar uchun azotning
ahamiyati to’liq yechilmagan edi.
O’simliklarni havodan oziqlanishi to’g’risidagi birinchi fikrni buyuk rus olimi
M.V.Lomonosov XVIII asrda (1753 y.) ko’rsatdi – bu fikrni boshqa olimlar Pristli
va Senebyelar ham tasdiqladi. Ular yashil o’simlik havoga kislorod ajratib, o’zida
karbonat angidridni (CO2) olib qoladi deb fotosintezni ochdilar.
Keyinchalik 1761 – 1766 yillarda shved olimi Valerius o’simliklar gumus
(murakkab organik modda) hisobiga oziqlanadi degan g’oyani ilgari surdi. Bu
"gumus qoidasi " asosan oddiy ko’zatishlar natijasida, yani o’simlik chirindiga boy
bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanib yuqori hosil berganligidan kelib chiqqan.
Ushbu "gumus nazariyasining" keng tarqalishiga va ommalashib ketishiga XIX
asrning birinchi yarmida nemis olimi Teyer juda katta hissa qo’shgan.
Fransuz olimi – fiziolog va agroximik Bussengo "gumus nazariyasi" o’rniga
o’simliklarni oziqlanishida azot muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib
(1836y.), tuproqda azot to’planishida almashlab ekishda dukkakli ekinlar azot
balansini yaxshilashiga olib kelishini va ekinlar hosildorligini oshirishni tajribalar
asosida aniq isbotlab berdi.
"Gumus nazariyasi" noto’g’riligini nemis ximigi Libix o’zining 1840 yilda
yozgan "Ximiyaning dehqonchilik va fiziologiyaga tadbiqi" degan kitobiga qattiq
tanqid qilib, o’simlik gumus bo’lmaganda nima bilan oziqlanar edi degan savol
tashlaydi. Libix bir dalada surunkasiga o’sha ekinni takror ekaverish natijasida
tuproq unumdorligini pasayish sabablarini aniq tushuntirib berdi va unumdorlikni
saqlash, hosildorlikni oshirish uchun tuproqlarni o’g’itlash g’oyasini olg’a surdi.
Ushbu g’oya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni yana tuproqqa
qaytarishga asoslangan edi. U tuproqda juda kam miqdorda qolgan moddalarni,
ya’ni mineral minimumdagi oziq elementlarni qaytarish zarur deb, "minimum
qonuniga" asos soldi.
Libix ko’p elementlardan birinchi navbatda fosforni yerga qaytarish zarur,
chunki donli ekinlar doni bilan juda ko’plab fosfor chiqib ketadi deb xulosa qildi.
O’g’itlar tarkibidagi azotning ahamiyatiga Libix yetarlicha baho bera olmadi, u
tuproqqa yog’in – sochinlar bilan havodan tushadigan azot o’simliklarni oziqlanishi
uchun yetarli deb, noto’g’ri fikrga bordi. Shunga qaramasdan, Libix dehqonchilikda
oziq moddalar aylanishini ongli ravishda boshqarish kerakligini, chunki uning
bo’zilishi tuproq unumdorligini keskin pasayishiga olib kelishi xaqidagi nazariyani
birinchi bo’lib ko’rsatib o’tgan edi.
O’simliklarning oziqlanishi to’g’risidagi bilimlarni rivojlanishida o’simliklarni
oziq moddasiz muhitlarda, ya’ni suvda va quMga o’stirishga oid tajribalar muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Ularga zaruriy oziq moddalar mineral tuzlar holida
qo’shilganida o’simliklarni normal o’sishiga va ularning oziqlanishi uchun qaysi
elementlar qancha miqdorda va nisbatda zarur bo’lishini ko’pchilik olimlar (Knop,
Saks va boshqalar) XIX asrning 50-yillaridayoq aniqlashga erishdilar. Dukkakli
o’simliklarning azot bilan oziqlanishi xususiyatlarini o’rganishda Gel’rigerning
tajribalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular dukkakli o’simliklar ildizida
rivojlanadigan tuganak bakteriyalar yordamida havodan molekulyar azotni
o’zlashtirishini va tuproqlarni azot bilan ta’minlashini ko’rsatdi.
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlarining xizmatlari ham juda
kattadir. O’simliklarning oziqlanishini o’rganish va o’g’itlarni qo’llash masalalarini
ishlab chiqish XVIII asr oxiri va XIX asr boshlariga to’g’ri keladi. Ushbu
davrlarning yetuk agronom olimlari I.M.Komov, A.T.Bolotov va boshqalar
tuproqlarning unumdorligini saqlash va uni oshirish uchun go’ng, har xil
kompostlar, kul, ohak va boshqa mahalliy o’g’itlardan foydalanishga katta e’tibor
berdilar.
O’simliklarning oziqlanishi va dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir ilmiy
ko’zatishlar sistemali ravishda asosan XIX asrning 60-70-yillaridan boshlab
o’tkazila boshladi. Bu davrlarda ko’zatish olib borishgan A.N.Engel’gard,
D.I.Mendeleyev, P.A.Kostichev, A.Timiryazovlarning ilmiy ishlari muhim
ahamiyatga ega bo’ldi, A.N.Engel’gard o’zining "Qishloqdan xatlar" va
"Dehqonchilikni kimyoviy asoslari" kabi mashhur kitoblarida mineral o’g’itlardan,
go’ng, ohak va yashil o’g’itlardan foydalanish dehqonchilikda katta samara berishini
aniq ko’zatishlar asosida isbotlab berdi.
D.I.Mendeleyevni agrokimyo fanini rivojlanishidagi xizmatlari juda bebahodir.
Chunki uning rahbarligida birinchi marta mineral o’g’itlarning samaradorligini
o’rganish bo’yicha turli tuproq-iqlim zonalarida dala tajribalari o’tkazilib, ekinlar
hosildorligini oshirishda mineral o’g’itlar muhim vosita ekanligini ko’rsatdi va
isbotlab berdi.
Agrokimyo fanini rivojlanishida K.A.Timiryazovni roli juda katta bo’lib, u
fotosintez va o’simliklarni mineral oziqlanishiga doir olib borgan tadqiqotlarni va
vegetasion tajribalar o’tkazish usullarini joriy etish bilan o’z hissasini qo’shgan.
K.A.Timiryazov "dehqonchilik – dexkonchilik bo’lishida agrokime va
o’simliklar fiziologiyasi" muhim ahamiyatga ega bo’ldi deb ko’rsatib o’tgan edi.
Agrokimyoning keyingi davrlardagi rivojlanishi D.I.Pryanishnikov (1865-
1948 y) va uning shog’irdlarining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lib, uning 550
dan ortiq ilmiy bosilib chiqdi va ularning asoaiy qismi jaxon miqiyosida etirof etildi.
Olimning o’simliklarni azot bilan oziqlanishi va azotli o’g’itlarni dehqonchilikda
ishlatishga doir klassik tadqiqotlarni ayniqsa muxim ahamiyatga ega bo’ldi.
D.I.Pryanishnikovning "O’simlik hayotida va dehqonchiligida azotni roli" asari
K.A.Timiryazovi nomidagi mukofotga sazovor bo’lgan bo’lsa, uning "Agrokimyo"
deb nomlangan fundamental asaridan xozirgi paytlarda ham mutaxassislar
tayyorlashda foydalanib kelinmoqda.
D.N.Pryanishnikov 1941-1943 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik institutini
agrokimyo kafedrasini boshqardi va paxtachilikda, qand lavlagi yetishtirishda azotli
o’g’itlarni qo’llash bo’yicha qator ilmiy ishlar olib bordi.
Agrokimyo
fanini
rivojlantirishda
P.S.Kossovichning
(1862-1915y.)
xizmatlari ham kattadir. U o’simliklarni ammiakli azotni nitrat shakliga o’tmasdan
o’zlashtira olishini, tuproqda erkin holda yashovchi bakteriyalar atmosferadagi
azotni o’zlashtirishini isbotlab berdi.
K.K.Gedroys (1872-1932) tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va
erimagan moddalar, turli gazlar va mikro-organizmlarning tuproqda ushlanib, singib
qolishini, ya’ni tuproqlarni singdirish qobiliyatini aniqlab, uni besh turga
mexanikaviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik singdirishlarga
bo’ldi.
O’simliklarni mineral oziqlanishi va o’simliklar fiziologiyasini boshqa soxalari
bo’yicha D.A.Sabinin (1889-1951) katta ishlar olib borib, "O’simliklarni mineral
oziqlanishi " degan ilmiy asarini chop ettirdi.
Agrokimyo fanining rivojlanishida D.N.Pryanishnikov yaratgan ilmiy maktab
a’zolari B.Sokolov, A.Peterburgskiy, P.Smernov, F.Yanishevskiy, Avdonin,
V.G.Mineyev va boshqalarning xizmati katta.
Ya.V.Peyve, B.A.Yagodin, B.Sokolov, M.Shkolniklar turli tuproqlarni
mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganishib, o’simlikshunoslikda
mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llash usullarini yaratib, uni ishlab chiqarishga
joriy etdilar.
Ma’lumki Markaziy Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan biri
hisoblanadi. Iskandar Zulqaynar (Aleksandr Makedonskiy) lashkarlari Markaziy
Osiyoga bosib kelgan davrlarida Iskandar bilan birga yurgan olim – faylasuflar
Markaziy Osiyo dehqonchilik madaniyatiga, asosan sug’oriladigan dehqonchiligiga
yuqori baho berganlar. Keyinchalik Yevropa davlatlari vakillari (masalan Klaviko)
O’rta Osiyo dehqonchiligini eng yuqori madaniyatga ega ekanligini o’zini asarlarida
aytib o’tgan.
Ma’lumki, miloddan avvalgi VI-V ming yillarda avvaldan dehqonchilik bilan
shug’ullanib kelgan qabilalar xozirgi Eron xududiga Janubiy Turkistonga ko’chib
o’tadilar va bu yerda " Jaytun " deb nomlangan dehqonchilik madaniyatini yuzaga
keltiradilar.
Bronza (miloddan avvalgi VI-III ming yillar) davriga kelib Zarafshon
vodiysida ham dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar, katta ariqlar qazib
dalalarga suv chiqarganlar.
Muqaddas "Avesto" kitobida ma’lum qilinishicha O’rta Osiyoda dehqonchilik
va chorvachilik 7-10 ming yillar avval paydo bo’lgan.
O’zbek halqining buyuk allomalaridan, qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (X-
XI asrlar) mashxur "Kitob-ul jamoxir-fi ma’rifatil javoxir" nomli asarida tuproq
mineral qismi bo’yicha dastlabki ma’lumotlar berganlar va tuproqlar nurash
jarayonida hosil bo’ladigan ona jinsi maxsuli ekanligi aytilgan.
O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi tarixi xaqida ma’lumot beruvchi "Fani ikishtu
ziroat" (Ziroatshunoslik) asari XV-XVI asrlarda chop etilgan va shu asarda mahalliy
o’g’itlar, kompostlar, eski devor qoldiqlari, ariq loyqalaridan hosildorlikni va
mahsulot sifatini oshirishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi olimlari agrokimyo fanining rivojlanishiga bebaho
hissa qo’shdilar. Chunonchi, R.R.Shreder, M.M.Bumuyev, I.K.Negodnov,
S.A.Kudrin, Ye.A.Jorikov, O.F.Tuyeva, V.I.Sivinskiy, S.N.Rijov, B.P.Machigin,
N.B.Balyabo,
M.A.Belousov,
Ye.I.Stolipin,
G.I.Yarovenko,
P.V.Protasov
T.P.Piroxunov,
J.S.Sattarov,
N.N.Zelenin,
M.Niyozaliyev
va
boshqalar
paxtachilikda va turli xil ekinlar yetishtirishda o’g’itlardan, tuproqlarni
unuMgroligini oshirishda azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning samaradorligi, bu
samaradorlikni pasayish sabablari va uni oldini olish choralarini ishlab chiqish
bo’yicha juda muhim ilmiy ko’zatishlar olib borishganlar va qishloq xo’jaligi uchun
zarur bo’lgan tavsiyanomalarni joriy etishdilar.
Paxtani o’sish rivojlanish fiziologik va jarayonlarni jadalashtirishda asosiy
elementlarni ahamiyati, ularni o’zlashtirish miqdori. Mudatlari va eng qulay
shakllari tug’risida M.P.Belousov, O.F.Tuyeva, S.T.Piroxunovlar ishlaganlar
o’g’itlarni qullash texnologiyasi, samaradorligini oshirishni yo’llari, har xil ekinlarni
o’g’itlash sistemasiga yaratishda B.P.Machigin, P.V.Protasov, G.I.Yarvenko,
Ye.I.Stolipin, I.I.Madraimov, B.M. Isayev, J.Sattarov, N. Niyazoliyevlarni xizmati
katta.
Agrokimyo fanining rivojlanishida D.N.Pryanishnikov yaratgan ilmiy maktab
a’zolari B.Sokolov, A.Peterburgskiy, P.Smernov, F.Yanishevskiy, Avdonin,
V.G.Mineyev va boshqalarning xizmati katta.
Ya.V.Peyve, B.A.Yagodin, B.Sokolov, M.Shkolniklar turli tuproqlarni
mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganishib, o’simlikshunoslikda
mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llash usullarini yaratib, uni ishlab chiqarishga
joriy etdilar.
Ma’lumki Markaziy Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan biri
hisoblanadi. Iskandar Zulqaynar (Aleksandr Makedonskiy) lashkarlari Markaziy
Osiyoga bosib kelgan davrlarida Iskandar bilan birga yurgan olim – faylasuflar
Markaziy Osiyo dehqonchilik madaniyatiga, asosan sug’oriladigan dehqonchiligiga
yuqori baho berganlar. Keyinchalik Yevropa davlatlari vakillari (masalan Klaviko)
O’rta Osiyo dehqonchiligini eng yuqori madaniyatga ega ekanligini o’zini asarlarida
aytib o’tgan.
Ma’lumki, miloddan avvalgi VI-V ming yillarda avvaldan dehqonchilik bilan
shug’ullanib kelgan qabilalar xozirgi Eron xududiga Janubiy Turkistonga ko’chib
o’tadilar va bu yerda " Jaytun " deb nomlangan dehqonchilik madaniyatini yuzaga
keltiradilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida keng ko’lamga olib boriladigan
agrokimyoviy tekshirishlar dehqonchilikni ximiyalashtirish rivojlantirish uchun,
mahaliy va mineral o’g’itlardan tug’ri va samarali foydalanish atrof- muhitni har xil
kimyoviy vositalar bilan ifloslanishini oldini olish uchun ilmiy asos bo’lib xizmat
qiladi.
Nazorat savollari.
1. Kimyolashtirishning hosildorlikka va hosil sifatiga ta’siri
2. Agrokimyoning asosiy vazifalari
3. Agrokimyoning muammolari nimadan iborat?
4. Laboratoriya uslubini o’g’itlash tizimini yaratishda ahamiyati
5. Dala tajribaning mohiyati nimada?
6. Gumus nazariyaning asoschilari kimlar?
7. Mineral oziqlanish nazariyaning asoschilari kimlar?
8. Markaziy osiyoda agrokimyoviy izlanishlar va tavsiyalarning rivojlanishi?
9. Agrokimyoning rivojlanishiga O’zbekistonlik oilmlarning qo’shgan
hissasi?