AGROKIMYONING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Reja
1.
Azotli o’g’itlarning ekologik roli.
2.
Fosforli o’g’itlarning ekologik roli.
3.
Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
4. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi va o’simliklarni og’ir
metallardan muxofaza qilish.
Kalit so’zlar: o’g’itlar qo’llash va ekologiya, agrokimyoning ekologik
muammolari, azotli o’g’itlarning ekologik roli, fosforli o’g’itlarning ekologik roli,
kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
Inson hayoti, uning sog’ligi, ish qobiliyati atrofdagi tabiatning holatiga ko’p
tomonlama bog’liqdir.
Atrof-muhitning asrlardan buyon insonga ko’rsatib kelgan salbiy ta’siri tabiiy
ofatlar yoki epidermiya bilan bog’liq edi.
Inson bu omillarning ko’pchiligi bilan kurashish usullarini masalan, yuqumli
kasalliklarga qarshi ko’rashish usullarini o’rganib oldi.
Ta’kidlash lozimki, fan-texnika revolyusiyasi bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy
ishlab chiqishning o’sishi atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatmoqda: ichimlik suvlar
ifloslanmoqda, dunyo okeanlari, yer atmosferasi zaharlanmoqda, yening yashil
maysa qatlami bo’zilmoqda, tuproq unumdorligi, mikroflorasi va faunasi yo’q
qilinmoqda, ekin dalalaridagi chuvalchanglar deyarli yo’qotildi. Umuman olganda,
tabiatning noyob boyligi bo’lgan o’simlik va hayvonot olami xavf ostida qolmoqda.
Natijada butun olam mohiyati bilan energetik va sosial krizisga teng bo’lgan
ekologik krizisga yuz tutmoqda.
Birinchi marta 1930 yilda, Belgiyada, havoning ifloslanishi natijasida ommaviy
kasallanish qayd etilgan bo’lsa, 1952 yilda Londonda ushbu kasallik tufayli 4000
kishi vafot etdi. Atmosfera havosida changlar, uglevodlarning fotokimyoviy
reaksiya
mahsulotlari, azot oqsillarning bo’lishi, nafas olish organlari
kasalliklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu o’rinda, surunkali bronxit
kasalligidan o’lim har o’n ikki yilda ikki marta ortayotganligini ta’kidlash kifoya.
Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra, har to’rtta rak
kasalligining uchtasi atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog’liq.
Atrof-muhitning ifloslanishi hayotga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi: yirik
shaharlarda quyoshli kunlar soni kamayadi va o’simliklar nobud bo’ladi.
Ifloslanishning eng katta xavfi shundaki, atrof-muhitdagi kimyoviy mutagenlarning
ko’payishi natijasida inson organizmida xavfli mutasiyalarning paydo bo’lishi
mumkinligidadir. Buning natijasida aqliy va jismoniy taraqqiy etmagan chaqaloqlar
tug’ilishi ko’payadi va yangi oilalarda chaqaloq umuman tug’ilmaydi.
Ob-havo bo’yicha Xalqaro konferensiyaning bergan ma’lumotlariga ko’ra,
uglerod (II) oksidi miqdorining ortishi yer shari haroratini 1,5-30S ga oishirish
mumkin. Yer sirtining bunday isishi, qutblardagi muzliklarning beto’xtov erishiga
va dunyo okeanlari suv balandligi 4-8 m ga ko’tarilishiga olib kelib, quruqlikni
butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin. Yoki, ikkinchi bir dahshat
stratosferadagi azon himoya qavatining bo’zilishi bilan bog’liq bo’lib,
stratosferadagi azon o’g’itlardan ajralib chiqadigan moddalarning oksidlanishiga
sarf bo’ladi.
Mutaxasislarning ma’lumotlariga ko’ra, Yerni quyosh reaksiyasidan himoya
qilib to’rgan azon (balandligiga ko’ra 15%) himoya qavatining bo’zilishi, barcha
tirik organizmlarni radiasion o’limga mahqum etishi mumkin.
Shu o’rinda V.A SolouxiNning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: «Agar
qandaydir «koinot diversantlarini» Yer yuzini toshga aylantirish maqsadida, barcha
jonzotni qirib tashlash uchun yuborilganda ham ular bizchalik ya’ni yer yuzida
yashovchi va uni o’ziga do’st deb hisoblayotganlarchalik makkorona va aqlli harakat
qilisha olmas edi»».
Atmosferadagi ifloslik miqdorining ortishi qishloq xo’jalik ekinlari
hosildorligining kamayishiga, o’simliklarning sifati va o’sishiga, chorva
mahsulotlari va sonining kamayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida erishilgan muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan
o’g’it ishlatish, undan foydalanish va qo’llash usullari bilan bog’liqdir. Chunki
Birlashgan Millatlar tashkilotining ma’lumotiga ko’ra jaxon qishloq xo’jaligidan
olinayotgan hosilning o’rtacha 50%i mineral o’g’itlar zimmasiga to’g’ri kelmoqda.
Shu sababli ham kishi boshiga bir yilda o’rtacha 9 kg azot, 9 kg fosfor va 9 kg kaliy
o’g’iti ishlatish kerak deb hisoblansa, u holda mineral o’g’it ishlab chiqarishni ikki
barobar ko’paytirish kerak bo’ladi.
Agar gektariga solinadigan mineral NPK o’g’itlarning o’rtacha 100 kg/ga deb
olsak unda hozir mavjud ekin maydonlarini o’g’itlash uchun har yili 150 mln.t. o’g’it
ishlab chiqish kerak bo’ladi.
V.A.Kovda hisoblashlariga ko’ra, XXI asrning boshlarida, o’rtacha 300-400
mln.t. o’g’it ishlab chiqarish bilan davr talabini qondira olish mumkin yoki hozirda
ishlab chiqilayotgan o’g’itlarga nisbatan ishlab chiqarish salmog’ini 5-6 marta
ko’paytirish lozim bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qishloq xo’jaligini kimyolashtirish faqat mineral
o’g’itlardan to’g’ri va samarali foydalanilgandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Bu sohada agrokimyogarlar doimo izlanishlari, o’g’itlarning yangi turlarini yaratish,
ulardan foydalanishning eng maqbul muddatlari va normalarini belgilash bo’yicha
ish olib borishlari zarur va shart. Aks holda kimyo mahsulotlari hosildorligining
pasayishiga, sifatining bo’zilishiga, atrof-muhit, tuproq va suv havzalarining
ifloslanishiga xizmat qiladi.
Azot tanqisligi oqsil, ferment, xlorofill moddalar sintezini susuaytiradi,
uglevodlar sintezi esa xlorofilsiz amalga oshmaydi. Azot, uning paydo bo’layotgan
hujayralar uchun muhim bo’lib, o’simliklarning o’sib rivojlanishi va eng muhimi
hosil tugish davrida juda zarur elementdir. Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil
olish uchun 150-350, hatto 400 kg gacha sof holatdagi azot talb etiladi. Lekin
o’g’itlardan to’g’ri, isrofsiz foydalanish uchun tuproq unumdorligi, ya’ni
tuproqlardagi azot zahirasi, o’simliklarning azotga bo’lgan talabchanligini hisobga
olish va hosilning pishib yetilish davrida vegetativ organlardagi azotning generativ
organlari tomon o’tishini (bunda azotning yetishtirilgan hosil bilan tuproqlardan
chiqib ketishini) hisobga olish lozim. Yetishtirilgan hosil inson extiyojlari uchun
foydalaniladi. Demak o’simlik tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa
qaytib tushmaydi. Shuning uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun
tuproqni qo’shimcha mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan
tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-50%, organik
o’g’it tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot tanqisligi yaqqol
seziladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tuproq tarkibidagi azot miqdori
va o’simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan azot miqdorini aniq bilib, ekilgan
ekin extiyojiga qarab tuproq o’g’itlansa, birinchidan, sifatli (nitratsiz) hosil
yetishtiriladi, ikkinchidan, atrof-muhit (azot va azot birikmalari bilan) ortiqcha
ifloslanmaydi. Tuproq tarkibidagi ortiqcha azot asosan, nitratlar shaklida bo’lib, bu
birikma tezlikda suv bilan yuvilib yoki gaz holatiga o’tib atmosferaga chiqib ketadi.
Demak o’simlik tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa qaytib
tushmaydi. Shuning uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun
tuproqni qo’shimcha mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan
tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-50%, organik
o’g’it tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot tanqisligi yaqqol
seziladi. .
Yetishtirilgan hosil inson extiyojlari uchun foydalaniladi. Demak o’simlik
tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa qaytib tushmaydi. Shuning uchun
tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun tuproqni qo’shimcha mineral va
organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi
azotning foydali koeffisiyenti 40-50%, organik o’g’it tarkibidagisi esa 30-40%
bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot tanqisligi yaqqol seziladi.
V.A.Kovda ma’lumotlariga ko’ra, biosferada har yili 9 mln.t. azot
ortiqcha to’planadi. Biosferada azot balansi.
Azotli birikmalarning hosil bo’lish
manbai
mln.
tonna
Sarflanishi
mln.
tonna
Tuproqdagi biologik fiksasiya
30
denitrifikasiya
43
Dukkakli o’simliklar
14
dengizda
40
Dengiz fiksasiyasi
10
yotqiziqlarda
0,2
Sanoatdagi fiksasiya
30
yo’qolish (hammasi b.)
83,2
Atmosfera havosidagi fiksasiyasi
7,6
qolgani (hammasi b.)
8,6
Boshqa yo’llar bilan hos.bo’l.
0,2
-
Azotning to’planishi
91,8
-
Nazarda tutish kerakki, mineral o’g’itlar miqdorini uzluksiz oshirish bilan
hosilni oshirib bo’lmaydi. Ortiqcha berilgan o’g’itlar atrof-muhitning ifloslanishi va
ichimlik suv manbalarida nitrat miqdorining keskin oshib ketishiga sabab bo’ladi.
Suv manbalarida nitrat miqdorining 40-45 mg/l ga yetishi kishilarda turli xil
kasalliklarning kelib chiqishi va suvdagi jonivorlarning zaharlanishiga olib keladi.
Nitratlar zaharli bo’lmasada, ular ichakka o’tgandan keyin ichak bakteriyalari
ta’sirida nitritlarga aylanib, qondagi gemoglobin bilan birikib, uni metgemoglobinga
aylantiradi. Metgemoglobin esa qoNning organizmini kislorod bilan ta’minlash
faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va zaxarlaydi.
Ammiakli formadagi azotli o’g’itlar atrof-muhitni ifloslantirib, suvdagi
miqdori 0,02 mg/l bo’lganda, o’ta zaharli hisoblanadi. Atrof-muhitni ammiakli
shakldagi azotli birikmalar bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalar parrandachilik
chorvachilik fermalari va shahar chiqitlaridir. Bu chiqitlarda tarqalayotgan nitrat
(NO3) miqdori tuproqda 380-400 kg/ga, ammiak (NH3), miqdori esa 2000-2300
kg/ga qadar yetishi mumkin. Faqat yomg’ir suvlari bilan 13-15 kg/ga gacha azot
tuproqqa tushmoqda. Azot muammosini hal etishning eng asosiy yo’llaridan biri,
tuproqda biologik azotni ko’paytirish bo’lib, yomg’ir chuvalchanglari, azot
to’plovchi mikroorganizmlar va dukkakli o’simliklardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. G.Z.Kuk va R.Vilyams ma’lumotlariga ko’ra, bir gektar yepHi organik
azot bilan to’la ta’minlash uchun 2500 bosh tovuq yoki 250 bosh kurka yoki 25 bosh
cho’chqa yoki 2-3 bosh sigirdan yil davomida chiqqan chiqitlarni solish yetarlidir.
Fosforli o’g’itlar havo va tuproqdan olingan anorganik moddalardan
aminokislota, oqsil, yog’, kraxmal, shakar va boshqa bir qator mahsulotlarni sintez
qilishda ishtirok etadi. O’simliklar o’sib rivojlanishini bir me’yorda bo’lishini
ta’minlaydi, hosildorlikni oshirida va uning sifatini yaxshilaydi. Ayni paytda fosfor
muammosi ham yuzaga kelmoqda, uning tabiiy zahiralari kundan kunga kamayib
tugab bormoqda. Ma’lumki, tuproqqa beriladigan NPK ning miqdoriy nisbati
bo’zilsa qishloq xo’jalik mahsulotlarida qayta tiklangan azot miqdori orta borib,
uning kuchi zahar darajasigacha yetishi mumkin.
Suvda biomassasining ko’payishi kislorodning kamayishiga olib keladi,
anaerob jarayon kuchayadi. Natijada oltingugurt, ammiak kabi bir qator kimyoviy
element va moddalar to’planadiki, oqibatda baliq va boshqa suvda yashovchi
jonivorlar yashash sharoiti og’irlashadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir manba detergentlar bo’lib, ular orqali
har yili atrof-muhitga chiquvchi fosfor 46% ni tashkil etadi. Detergentlar neft
distillyasiyasining maxsuloti bo’lib, tozalash inshootlari orqali osongina o’tib, suv
va tuproqlarni ifloslantiradi, ular fermentlar ta’sirida parchalanmaydi.
Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli
Kaliyli o’g’itlar azot va fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmidan kam bo’lib,
12 mln. t. ni tashkil etadi. Bu o’g’it o’simlik organizmida muxim xayotiy
jarayonlarni bajaradi. Masalan, hujayraning suv faoliyatini tartibga solishga,
uglevodlarning barglardan boshqa organlarga oqib o’tishiga, fotosintez jarayonining
bir maroMga borishiga olib keladi. O’simlik tarkibidagi kaliy miqdori 0,01% dan 2-
3% bo’lib, bu o’g’itni tuproqqa berishda tuproqdagi harakatchan kaliy miqdorini
qat’iy hisobga olish kerak bo’ladi. Chunki 1 kg tuproq tarkibida 400 mg dan ortiq
kaliy bo’lsa, ayni tuproqqa yillik normadagi kaliy miqdorining 20-40% ni berish
lozim. Sho’rlangan yoki sho’rlanishga moyil tuproqlarga kaliyli o’g’itni sulfatli
tuzlari shaklida berish maqsadga muvofiq. Agarda u KCl holida berilsa, xlor ionlari
tuproqda yanada ko’payib ketishi va ekinlarning zaharlanishiga olib keladi. Kaliyli
o’g’itlarni agrokimyoviy xaritanomalarga rioya qilmasdan tuproqqa berish,
hosilning pishib yetilishini kechiktiradi, sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, atrof-muhit,
tuproq, suv va suv xavzalarining ifloslanishiga sabab bo’ladi. Salbiy ta’sirning oldini
olish:
-o’g’itlarni saqlashda omborxonalarni suv xavzalari va aholi punktlaridan
uzoqroqda qurish;
-tashish va qo’llash qoidalariga rioya qilish;
-mineral o’g’itlarning yillik normasini belgilashda tabiiy geografik sharoit,
tuproq unumdorligi va rejalashtirilgan hosilni hisobga olish;
-yer osti sizot suvlar satxini xisobga olish.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metall ishlab
chiqarish sanoati chiqindilari, turli yoqilg’ilarning yonish maxsulotlari, avtomobil
dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar
tashkil etadi. Og’ir metallarga qo’rg’oshin, vanadiy, xrom, marganes, kobalt, nikel,
mis, rux, vismut, molibden, surma, kadmiy, temir va boshqalar kiradi.
Atrof-muhit uchun xavflilariga simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyaq selen, ftor
kirsa, ular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.
Ko’mir, neft, gaz va boshqa bir qator yoqilg’ilardan foydalanish shu darajada
oshib ketganki, atrof-muhitni metall ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan bir necha
bor ortiq ifloslantirmoqda. Avtomobil dudlari va tashlandiq gazlari orqali tuproqqa
xar yili 200-250 ming t. qo’rg’oshin tushadi. Shuningdek, og’ir metallar biosidlar va
mineral o’g’itlar bilan ham tuproqqa tushadi.
Og’ir metallar tuproqdan o’simlikka, o’simlikdan esa hayvon organizmiga
o’tadi va tirik organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Simob – eng xavfli kimyoviy element bo’lib, uning metil simob birikmasi
tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitda, organik moddalar bilan
ta’sirlashishi natijasida hosil bo’ladi.
Metilsimob o’ta xavfli zaxarli modda bo’lib, suv, tuproq, o’simlik va boshqa
oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushishi mumkin. Odam organizmiga
o’tgan simob buyraq jigar, hatto miyaga juda katta ta’sir etib, asab kasalligini keltirib
chiqarishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qo’rg’oshin – yem-xashak tarkibidagi 100 mg/kg qo’rg’oshin xayvonlarni
o’limga olib kelishi mumkin. Tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalarining
organizmda saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo’lib,
u o’z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab tura olishi mumkin.
Avtomashinalarning detonasiyasini kamaytirish uchun benzinga qo’shiladigan
tetraetil qo’rg’oshin o’ta zaxarli qo’rg’oshin birikmasi bo’lib, bu kabi benzinning 1
l yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo’rg’oshin ajralib chiqadi.
Tuproqda qo’rg’oshinning ko’payishi mikroorga-nizmlarning kamayishiga
olib keladi. Masalan, tuproqqa 0,1-0,5% qo’rg’oshin qo’shilganda bakteriyalar
koloniyasining rivojlanishi 50-75% gacha kamayadi.
Katta yo’l yoqalarida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari tarkibida qo’rg’oshin
miqdori normal sharoitda yetishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko’p
bo’ladi. Har soatda, o’rta hisobda 2000 dan ko’p avtomashina o’tadigan magistral
yo’l yoqasidagi tuproq tarkibida qo’rg’oshin 7000 mg/kg gacha yetgan. Shu sababli
ham ekin maydoni avtomashinalar serqatnov yo’llardan 300 metr uzoqlikda bo’lib,
oraliq masofaning ixotalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mishyak – tuproqqa, ko’mir kuli, metallurgiya va mineral o’g’itlar sanoati
chiqindilari orqali tushadi. Juda zaxarli, ayni element bilan zaxarlangan tuproqlarda
yomg’ir chuvalchangi butunlay yo’qolib ketadi.
Tuproqda mishyakning miqdori 165 mg/kg ga yetganda ekilgan makkajo’xori
hosil bermaydi. 1 kg tuproqdagi mishyak miqdori 100 mg dan 1 g ga yetganda tuproq
o’ta zaxarli hisoblanadi.
Ftor – asosan tuproqqa alyuminiy zavodlaridan chiqqan chiqindilar va
shuningdek, turli pestisid va mineral o’g’itlar bilan tushadi.
Ftor elementlar ichida eng aktiv va eng oson reaksiyaga kirishuvchi element
bo’lib, mikro miqdori hayot uchun zarur bo’lsa, makro miqdori hayot uchun xavfli.
FtopHing yuqori konsentrasiyasi suyak va tiproqlarni mo’rt qilib, tishni
bo’zadi, qon tomirlar faoliyatini keskin yomonlashtiradi. Ftorning normadan yuqori
bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, oziq moddalar
muvozanatini bo’zilishiga olib keladi.
Ftor bilan ifloslangan tuproqlarning donadorligi bo’zilib, suv o’tkazuvchanligi
yomonlashadi.
Rux – boshqa og’ir metallarga nisbatan kam zaxarli bo’lsada, lekin uning
tuproqda ko’plab to’planib qolishi atrof-muhitning bo’zilishiga olib keladi. Ruxning
tuproqdagi milliondan 200-300 qismi beda va qand lavlagini, mln.dan 400 qismi esa
sulini zaxarlab hosilni umuman nobud qiladi.
Shuningdek, tuproqning nafas olishi, uning biologik va fermentativ aktivligi,
simbiotik bo’lmagan azot to’plashi va shunga o’xshash ko’rsatkichlari ham
tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish darajasidan darak beradi. Zaharli
metallarning atrof-muhitga tarqalish darajasini aniqlash uchun tuproqshunos va
agrokimyogarlar tuproq va tabiiy biosenoz komponentlari holatini aks ettiruvchi
yirik masshtabli xaritalar tuzishi kerak Bu xaritalar yordamida tuproq va biosenoz
komponentlarining og’ir metallar bilan ifloslanish darajasini nazorat qilib turishlari
lozim. Bu xaritalarni tuzish uchun zahar tarqatuvchi manbadan shamol yo’nalishini
hisobga olib, 25-30 km o’rta hisobda har gektaridan 20 tagacha tuproq namunalari
olinadi. Zahar tarqatuvchi manba bilan ifloslangan zona orasidagi masofa zahar
tarqatish intensivligiga qarab har xil bo’ladi. Shunga qarab, namuna olish uchun
kovlanadigan rumbalar va namunalar soni ham ko’paytirilishi yoki qisqartirilishi
mumkin.
Atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishdan muxofaza qilish uchun
avvalo, ayni metallarni ishlab chiqaradigan sanoatning puxta takomillashtirish
maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1 t. xlor ishlab chiqarish uchun 45 kg simob
ishlatiladigan texnologiyani, simob miqdorini 14-18 kg gacha kamaytirib ham
shuncha xlor olishga imkon beruvchi texnologiya bilan almashtirish mumkin. Xatto,
1t. xlor olish uchun ishlatiladigan simobni 1,0 kg gacha kamaytirish imkoni ham
mavjud.
Quyidagi jadvalda ifloslanish darajasiga qarab o’rtacha tuproq namunalari va
chuqurlar soni keltirilgan.
101 - jadval
Ifloslangan zonani aniqlash uchun namunalar olish.
Zonalar
Zahar chiqar
manba
oralig’i, km
Zonadan
olin.
o’rtacha
namuna soni
Zonadagi
kuzatish
nuqtalar soni
Har bir namuna bilan,
xaritada ko’rsatil.
maydon,ga
Muxofaza
zonasi i/ch
muassasalari
0,5-0,75
1-2
1
1(100-50)
1
0,75-1,5
30
2-3
2-3(80-30)
2
2-8
60
3-4
3-4(30)
3
4-15
80
4-6
4-6(30)
So’nggi yillarda o’zida metallar to’plovchi mikroorganizmlarning kashf etilishi
fandagi juda katta yangilik bo’ldi. Bunday mikroorganizmlar yordamida mis, uran,
mishyak kabi elementlarni to’palash mumkin.
Masalan, so’nggi yillarda, toshko’mir koni chiqindilaridan germaniy,
vaNHadiy, uran va boshqa bir qator kimyoviy elementlar olinmoqda va eng so’nggi
qoldig’idan esa sement va boshqa bir qancha qurilish materiallari tayyorlanmoqda.
Xozirigi kunda, og’ir metallar aktivligini kamaytiruvchi bir qator kimyoviy
preparatlar ham ishlab chiqilgan bo’lib, shu maqsadda Germaniyada ion
almashinuvchi smolalar keng qo’llanilmoqdaki, bu smolalar og’ir metallar bilan
birikib «xelat» birikmalar hosil qiladi va shu tarzda ayni og’ir metallar
zararsizlantiriladi. Yaponiyada ishlab chiqilgan Merkato-8 triazin preparati Angliya,
Fransiya, Germaniyada keng qo’llanilmoqda. Bu preparat tuproq tarkibidagi
kadmiy, simob, rux, qo’rg’oshin va boshqa bir qancha og’ir metallarni suvda
erimaydigan va o’simlikka singmaydigan shaklga o’tkazib, uni tuproqqa mustaxkam
bog’laydi. Preparat eritma yoki aerozol holatida qo’llaniladi.
Tabiatni muxofaza qilish muammosini hal etish 1-2 yil yoki 1-2 o’n yillik tadbir
bo’lmasdan, u uzoq davom etadigan jarayon hisoblanib, unda fan va texnika
tariqqiyotiga, insoNning yashash sharoitini yaxshilashga keng o’rin ajratildi.
Atrof-muhitni sofligini ta’minlash allaqachonlar davlatlar doiarsidan
tashqariga chiqqan xalqaro muammodir. Landshaft, qobiq, bir butun daryolar turli
davlatlar chegarasini kesib o’tib, bir davlat xududidagi o’rmonlar, dengiz va ko’llar
ikkinchi bir davlat xududiga ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera chegara nimaligini
bilmaydi. Shuning uchun ham «Inson va tabiat» muammosini faqat Xalqaro
ko’laMga hal etish maqsadga muvofiqdir. Tabiiiy muhit muammosi bo’yicha
davlatlararo hamkorlikni faqat tinchlik sharoitidagina amalga oshirish mumkin.
Nazorat savollari
1. Azotli o’g’itlarning ekologik rolini ayting?
2. Fosforli o’g’itlarning ekologik roli tushuntiring?
3. Kaliyli o’g’itlarning ekologik rolini ayting?
4. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi va o’simliklarni og’ir
metallardan muxofaza qilish?
Tavsiya qilingan adabiyotlar
1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси, 2001.
2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011
3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат», 1989.
4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета 1990 г.
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий
машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989.