AGROMETEOROLOGIK OB’EKTLARDA KUZATISHLAR, ULARDAN QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARIDA FOYDALANISH
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
1,9 MB
1
AGROMETEOROLOGIK OB’EKTLARDA KUZATISHLAR, ULARDAN
QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI VA ILMIY-TADQIQOT
ISHLARIDA FOYDALANISH
Agrometeorologik kuzatishlar deb o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanish fazalari
va hosilining shakllanishini ob-havoning holatiga, meteorologik kattaliklar (havo
harorati, namligi, atmosfera yog‘inlari va boshqalarning) o‘zgarishiga hamda tuproq
namligiga bog‘lagan holda olib boriladigan kuzatishlar majmuiga aytiladi.
Agrometeorologik kuzatishlarning asosiy tamoyili-muvoziyligi (paralelligi)
bo‘lib, unda agrometeorologik omillarning o‘zgarishi va holatini kuzatish bilan
barobar qishloq xo‘jalik ob’ektlarining (o‘simlik, hayvonlar va boshqalar) holatini
hamda unumdorlik elementlarining shakllanishidan tortib to so‘nggi mahsulot -
hosilni yig‘ishtirib olishga qadar kuzatish olib borilishi shartdir.
Bunday parallel kuzatishlar natijasida ob-havo sharoitlarining ekinlarning
o‘sishi va rivojlanishiga, zararkunandalar va kasalliklarning tarqalishiga,
shuningdek qishloq xo‘jalik ishlarini o‘tkazish va boshqalar ta’sirini miqdoriy
jihatdan ilmiy baholash mumkin. Natijalari agrometeorologik xizmat ko‘rsatishda
foydalaniladi.
Agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazishning standart shakli faqat yagona
«Raxnamo» bo‘yicha bayon etilgan uslubga, muddatga va tartibga qa’tiyatlik bilan
rioya qilinadi. SHuning uchun «Raxnamo» bilan tanishib chiqamiz
13.1. Agrometeorologik kuzatishlarni o‘tkazishga jalb qilingan agro va
gidrometeorologik stansiya hamda
postlarning asosiy vazifalari
2
Eng avval agrometeorologik kuzatishlar, agrometeorologik stansiya va post
deganda nima tushuniladi, shu haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishib chiqamiz.
Agrometeorologik kuzatishlarni yanada soddaroq tushuntirsak, bunda bir
tomondan ma’lum joyda va vaqtda meteorologik kattaliklar miqdorlari (havo va
tuproq harorati, atmosfera yog‘inlari va boshqalar) ni kuzatish olib borilsa, ayni
shu vaqtda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, hosilining shakllanishini ham
kuzatish olib borish va barcha belgilab qo‘yilgan qoida asosida maxsus kitobchaga
yozish kabi ishlar majmui tushuniladi.
Agrometeorologik stansiya - bu regionda, mintaqada, muayyan hududda
etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining agrometeorologik sharoitlarini
o‘rganuvchi, doimiy (standart) meteorologik va agrometeorologik kuzatuv va
o‘lchashlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan stansiya. To‘plangan kuzatuv
materiallari asosida ixtisoslashtirilgan maxsus xos raqamlar (kod) tuzib
Gidrometeorologiya xizmati markaziga telegrammalar asosida ma’lumotlar
yuboradi, O‘zgidromet yoki GMITI ning maxsus dasturi bo‘yicha tadqiqiy ishlarni
bajaradi, tezkor muhim agrometeorologik axborotnomalar bilan zaruriy ma’lumot
tayyorlash xizmatini ta’minlaydi.
Demak, agrometeorologik stansiya bu majmuiy muassasa hisoblanib, uning
tarkibida meteorologik stansiya va o‘zining maxsus xo‘jaliklarida agrometeorologik
kuzatish olib boruvchi uchastkalari mavjud.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, mustaqil meteorologik stansiyalarga
biriktirilgan xo‘jaliklarda ham kuzatishlar o‘tkaziladi.
Meteorologik stansiya. Bu ma’lum talablarga javob beradigan maydonchada
joylashgan, kuzatishlar olib boradigan muassasa. Meteorologik stansiya
ma’lumotlari ob-havo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun ob-havo bashoratini
tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Meteorologik stansiya uch toifaga bo‘linadi. I
toifali meteorologik stansiya vazifalariga kuzatishlarni o‘tkazish va ishlab
chiqishdan tashqari, unga biriktirilgan II va III toifali meteorologik stansiya va
postlar ishiga texnik rahbarlik qilish va manfaatdor tashkilotlar, korxonalar,
muassasalarga meteorologik sharoitlar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek iqlim
materiallari bilan xizmat ko‘rsatish kiradi. SHuning uchun meteorologik stansiya va
3
uni tasavvur etish uchun quyidagi fotolavhani keltiramiz (13.1-rasm).
Agrometeorologik post - bu qisqartirilgan dastur asosida meteorologik va
agrometeorologik kuzatuv ishlarni olib boruvchi ixtisoslashtirilgan muassasa.
Agro
va
gidrometeorologik
stansiyalarning
uslubiy
raxnamosida
agrometeorologik postlarda havo harorati, yog‘inlar va atmosfera hodisalari, qishloq
xo‘jalik dalalarida fenologik kuzatishlar olib boriladi, ayrim hollarda tuproqning
muzlashi va erishi, namligi va harorati aniqlanadi. Agrometeorologik postlarda
kuzatilgan materiallardan xo‘jalik ishlarini rejalashda, agrotexnik tadbirlar
muddatlarini o‘tkazishga aniqlik kiritishda foydalaniladi.
Agrometeorologik post qanday ko‘rinishga
ega ekanligini tasavvur etish uchun quyidagi
13.2-rasmda agrometeorologik postning tasviri
keltirildi.
O‘zgidrometning
tarmoqlarida
agrometeorologik kuzatishlarni muntazam
o‘tkazishga quyidagi stansiya va postlar jalb
etilgan:
- barcha agromete-orologik stansiyalar;
- qishloq xo‘jalik rayonlarida:
- meteorologik;
- gidrologik;
- aerologik stansiyalar va alohida ixtisoslashtirilgan stansiyalar;
- qishloq xo‘jalik rayonlarining boshqarmalariga tegishli agrometeorologik
postlar;
- qishloq xo‘jalik rayonlarida joylashgan meteorologik toifadagi postlar.
Agrometeorologik kuzatishga jalb etilgan stansiya, postlar ro‘yxatini va kuzatish
ishlarining hajmini O‘zgidromet belgilaydi.
Agro va gidrometstansiya, postlarning asosiy vazifalari quyidagilar:
a) kuzatuvchi faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan jabhani, hodisani kuzatishi, o‘lchashi
va yozishi shart;
b) gidrometstansiya va postlar joylashgan hududlarda kuzatishlar o‘tkazish;
13.2-расм. Агрометеорологик
постдаги метеорологик майдонча
13.1-расм. «Тошкент обсерваторияси»
метеорологик станциясининг умумий кўриниши
(Ҳ.Р. Қутлимуратов фотолавҳаси)
4
v) kuzatish natijalarining birlamchi ma’lumotlarini ishlab chiqish;
g) belgilangan vaqtda agrometeorologik axborotlarni tuzish va tegishli tashkilot,
xo‘jaliklarga etkazish.
SHuning bilan bir qatorda agro- va gidrometeostansiya, postlar vazifa - reja
bo‘yicha muntazam agrometeorologik ta’minot xizmatlarini o‘tashlari kerak.
Oxirgi bosqichda kuzatuv natijalarini O‘zgidrometning arxiviga topshiriladi.
O‘zgidromet kuzatishni o‘tkazmaslikka yo‘l qo‘ymaydi, o‘lchashlar uchun
faqat soz asboblar ishlatiladi. Kuzatuvchi faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini va
o‘lchaganini yozadi. Begona odamlarning ko‘rganlarini, so‘zlarini hisob-kitob
ma’lumotlarini yozishga ruxsat etilmaydi. Istisno tariqasida xo‘jaliklardagi
agronom, brigada yoki fermer boshlig‘i va ma’sul xodimlarning ma’lumotlaridagi
ekinlarning zarar ko‘rganini, o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni yozishi mumkin.
Bunday hollarda dala kuzatuv kitobiga axborotni qaysi manbadan olganligi yozib
qo‘yilishi kerak.
13.2. Meteorologik stansiya va agrometeorologik
postlardagi maydonchalar joylashuvi va
ob-havoni kuzatish muddatlari, tartibi
Meteorologik va agrometeorologik post maydonlari 5x6 m o‘lchamli to‘g‘ri
burchak shakldagi joyni, standart meteorologik stansiya kvadrat shaklida 26x26 m
er sathini o‘z ichiga oladi va atroflari temir to‘r bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Stansiyada to‘liq dastur bo‘yicha kuzatish olib borilmasa, masalan tuproq
harorati turli chuqurliklarda o‘lchanmasa, maydoncha o‘lchami 20x16 m gacha
kamaytirilishga ruxsat beriladi.
BMT qoshidagi Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) ning tavsiyasiga muvofiq
dunyo mamlakatlarida, shular qatorida O‘zbekistonda barcha meteorologik budkacha
ichidagi termometrlar rezervuarlari er sirtidan 2 m balandlikda o‘rnatilgan. Asbob va
uskunalar meteorologik maydonchaga joylashtirilganda biri ikkinchisiga ta’sir
qilmasligi va soya solmasligiga katta ahamiyat beriladi. Flyuger machtasi,
anemorumbometr va shamolni avtomatik tarzda o‘zi yozar asboblar maydonning
shimoliy qismida, maydonning o‘rta qismida psixrometrik budka va o‘zi yozar
5
asboblar, yog‘in o‘lchagich, plyuviograf o‘rnatilgan bo‘ladi. Meteogeliograf,
rosograf, tuproq termometrlari bir-biriga soya tushmasligi uchun maydonchaning
janubiy qismiga o‘rnatiladi.
Meteorologik maydonchaning tuprog‘i yopishqoq bo‘lsa, kuzatishga boradigan
yo‘lkani mayda shag‘al tosh (sheben) bilan bosiladi, ammo yo‘lkani asfaltlash yoki
betonlashga ruxsat etilmaydi. Budkaga va tuproq termometriga boradigan yo‘lka
shimol tomondan, geliograf esa janubda bo‘lishi va eng muhimi kuzatuv asboblariga
borishda va kuzatishga vaqtni tejashga imkoniyat yaratilgan.
Meteorologik maydon va undagi asbob-uskunalarni navbatchi kuzatuvchi
doimo nazorat qiladi. Stansiyaning xizmat xonasi asosan 100-120 m uzoqlikda
joylashadi. Xonada, devorga havo bosimini o‘lchaydigan maxsus shkaf ichiga
joylashtirilgan kosali barometr osib qo‘yiladi, havo bosimi tekshirilgan aneroid yoki
barograf yordamida ham aniqlanishi mumkin.
Maydonchada o‘tlar balandligi 20 sm dan oshgan bo‘lsa o‘rib tashqariga chiqarib
tashlanishi lozim. Qishda qor qoplamini, ayniqsa (tuproq termometri joylashgan erda)
tabiiy holatda saqlanadi. Qorni maydonchadan chiqarib tashlash yoki bahor davrida
suniy ravishda erishini tezlashtirishga ruxsat etilmaydi.
Budkaning tepasi, yon tomoni va yog‘in o‘lchagich tayoqcha (reyka) si
kuzatishdan oldin maydonchani aylanib chiqish vaqtida qordan tozalanadi.
Meteorologik stansiya va agropostlar maydonchasiga kirish eshigi asosan
shimol tarafda bo‘lishi, lekin istisno tariqasida eshik sharq yoki g‘arbda bo‘lishi ham
mumkin va yopiq qulflanadigan holda saqlanishi lozim.
Meteorologik maydonchaga o‘rnatilgan asboblar yordamida asosiy meteorologik
kattaliklarga: quyosh radiatsiyasi, havo harorati va namligi, tuproq harorati, bulutlik,
tuman, bug‘lanish va atmosfera hodisalari, changli bo‘ron, tuman, momaqaldiroq, sel,
garmsel, jala, do‘l, izg‘irin va boshqalar bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkaziladi va maxsus
daftarchaga yozib boriladi.
Barcha stansiyalarda havo harorati va namligi, havo bosimi, shamol tezligi va
yo‘nalishi, tuproq harorati, ko‘rinuvchanlik va bulutlilik va boshqalarni kuzatishlar
sutka davomida 8 marta ya’ni har 3 soat (0, 3, 6, 9, 12, 15, 18 va 21) da o‘tkaziladi.
YOg‘inlar yig‘indisini o‘lchash 12 soat oralig‘ida (3-15 va 15-3 soat) kuzatiladi.
6
Kunduzlik va yarim kechadagi yog‘in miqdori ajratib kuzatish vaqti soat 3 va 15
deb belgilangan, hamda tuproqning yuzasi qanday holatda ekanligi qayd etiladi.
Stansiya va postlarda kuzatish tartibi va muddatiga oid maxsus dastur mavjud.
Meteorologik stansiya ma’lumotlari son qiymatlari ko‘rinishida maxsus kod
telegrammasi tuzilib O‘zgidromet tarkibidagi «Meteoinfosistem» tizimiga kelib
tushadi. Rasshifrovkalangan telegramma ma’lumotlarini mutaxassislar qayta ishlab
O‘zbekistonning barcha xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida foydalanish uchun
stansiyalardan olingan ko‘p yillik meteorologik kattaliklar ma’lumotlari asosida
hududlar iqlimiga oid ilmiy-amaliy bildirgich - ma’lumotnomalar tayyorlanadi.
Bunday ma’lumot ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Xulosa qilib aytganda, agro va gidrometeorologik stansiya va postlarda
meteorologik kattaliklar va hodisalarni kuzatishga oid materiallar to‘plash, tahlil
qilish va ulardan foydalanish amalga oshiriladi.
13.3. Agrometeorologik kuzatish tarkibi va dasturi
Qishloq ho‘jalik ekinlari va chorvachilik sohasida asosiy agrometeorologik
kuzatishlar hamda o‘lchashlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- o‘simliklar rivojlanishini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar;
- o‘simliklar qalinligi va bo‘yini o‘lchash;
- ekinlarning meteorologik hodisalar (qora sovuq, qurg‘oqchilik, do‘l, kuchli
shamol va boshqalar) dan zarar ko‘rishi;
- zararkunandalardan zarar ko‘rishi va kasallanishi;
- yig‘ish-terishda noqulay ob-havo sharoitlari tufayli o‘simliklarning yotib
qolishi;
- qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy holatini baholash;
- qishloq xo‘jalik ekinlarini mahsuldorlik elementlari va hosilini aniqlash;
- barcha dala ishlarini kuzatish va ob-havo ta’sirini baholash;
- qoramol va qorako‘l qo‘ylarini boqishda yaylov sharoitlarini hisobga olgan
holda kuzatish;
- qishda kuzgi don ekinlari va mevali daraxtlar holatini kuzatish;
7
- bog‘larda va kuzgi don ekinlari dalalarida harorat, qor qoplami, tuproqning
muzlashi va erishini kuzatish;
- asosiy ekinzorlarda va yaylovlarda tuproqning turli chuqurligida namligini
aniqlash. Bunda tuproq namligi oddiy ko‘z bilan kuzatiladi va asboblar yordamida
aniqlanadi;
- qishdagi sovuqning ta’sirini aniqlash: a) kuzgi bug‘doy ekilgan maydondan
30x30 sm yuzali, balandligi 15-20 sm bo‘lgan tuproq qatlamini issiq xonaga
ko‘chirish, yaxi erigandan so‘ng tirik va nobud bo‘lgan o‘simliklar sonini hisoblash;
b) mevali daraxtlarni 1 yoki 2 yoshdagi novda shoxchasini xonada suvli idishga
solib kuzatish.
YUqorida keltirilgan agrometeorologik kuzatishlar va o‘lchashlar butun MDH
mamlakatlari, shular qatorida O‘zbekistondagi stansiya va postlarda qabul etilgan
yagona uslubda «Raxnamo» dan foydalanib, agrometeorolog xodimlar tomonidan
bajariladi.
Agro va gidrometstansiyalarda, postlarda meteorologik kuzatish olib borilishi
majburiydir.
Gidrometstansiya va postlarda quyidagi asosiy standart agrometeorologik
kuzatishlar olib boriladi:
Yilning iliq-issiq davrida
1. Haydalma tuproq qatlamining harorati.
2. SHoli paykalidagi suvning harorati.
3. Qishloq xo‘jalik ekin dalalarida yog‘inlar.
4. Tuproq yuqori qatlamining namligi (oddiy kuzatish-vuzual tarzda). Tuproq
qatqalog‘i.
5. Tuproqda ildiz joylashgan qatlamdagi namlik (asbob yordamida).
6. Qishloq xo‘jalik ekinlari, o‘t, daraxt va butazorlarning rivojlanish fazalari.
7. Ekinlarning holati: o‘simlikning zichligi, bo‘yi, begona o‘t bosganligi; nomaqbul
meteorologik hodisalardan, hashoratlardan zararlanganligi va kasalligi, yotib
qolganligi hamda o‘simlikning umumiy holatini sifatiy va miqdoriy baholash.
8. Mahsuldorlik elementlarining shakllanishi, o‘simlik massasining ortishi,
ekinlarning hosili.
8
9. Dalada o‘tkazilayotgan turli-tuman tadbirlar va hayvonlarni (qoramollarni)
o‘tlatishni kuzatish.
Yilning sovuq davrida
10. Kuzgi ekilgan ekinlarni tuplanish-bachkilanish (poyaning pastki qismlaridan
bachki poyalarni o‘sib chiqish joyida), ko‘p yillik o‘tlar, mevali daraxtlarning ildiz
qismidagi tuproq harorati.
11. Tuproq qatlamining muzlagan va erigan chuqurligi (asbob yordamida).
12. Qishlaydigan dala ekinlari va mevali daraxtlar.
13. Qishlaydigan ekin dalalaridagi va mevali daraxt dalalaridagi qor qoplami.
14. Ildiz joylashgan tuproq qatlamlarning namligi (asbob yordamida).
Ilova: Qishloq xo‘jalik tumanlari boshqarmalariga tegishli agrometeorologik
postlarda № 8, 14 raqamlarda belgilangan kuzatishlar o‘tkazilmaydi; meteorologik
postlar birinchi toifada bo‘lsa № 2, 3, 8, 10, 11, 14 va ikkinchi toifadagilarida esa
№ 2, 3, 5, 8, 10, 11, 14 raqamda ko‘rsatilgan agrometeorologik kuzatishlar
o‘tkazilmaydi.
13.4. Agrometeorologik kuzatish uchastkalarini tanlash,
tashkillashtirish va kuzatishni o‘tkazish
13.4.1. Kuzatish uchastkalarini tanlash tamoyillari
Barcha agrometeorologik kuzatishlar qishloq xo‘jaligida maxsus ajratilgan
uchastkalarda olib boriladi. Qishloq xo‘jaligiga tegishli muassasalarning xo‘jalik
dalalarida: ekinzorlarda, tajriba dalalarida, bog‘larda, polizlarda, yaylovlarda uni
tanlab olinishi va stansiya yoki postlarga kuzatish olib borishga biriktirilishi
agrometeorologik kuzatish uchastkalari (AKU) deyiladi
AKU ni tanlashda quyidagi ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Tajriba kuzatish olib boriladigan erdagi ekinlarning maydoni bir gektardan
kam bo‘lmasligi kerak.
2. Meteorologik maydoncha (yoki post) bilan kuzatish uchastkalarining
oralig‘idagi masofa 3 km dan oshmasligi kerak. Transport bilan ta’minlangan
stansiyalarda 5-10 km bo‘lishi mumkin, lekin dala sharoitida relef bo‘yicha va
tabiiy omillarning ta’siri jihatdan farq qilmasligi kerak.
3. Meteorologik maydonchaga yaqin xo‘jaliklarda turli ekinzorlar, bog‘-polizlar
9
va boshqalar mavjud bo‘lsa kuzatuvchining ishini-yo‘lini qisqartirish uchun AKU
ni shu xo‘jalikdan tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
AKU tanlashda sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan er bo‘lishidan qat’iy
nazar xo‘jalikdagi ishlab chiqarish jabhalaridagi ekinlarga mos bo‘lishiga e’tibor
berish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish talab darajasida bo‘lishi kerak. Har qaysi
kuzatish uchastkalari doimiy son-raqam bilan belgilab qo‘yiladi. Bu qo‘yilgan
raqam uchastkalarning chizma shakllarida va dala kitobchasiga yoziladi. AKU ning
hududi iloji boricha bir turda bo‘lishini ta’minlash kerak. Masalan, relefga nisbatan
AKU ning tanlash nisbiy bo‘lib bunda tekis va egri-bugri erlar bir-biridan 200 m
balandlikdan oshmasligi lozim. Qiyalik ochiq erlarda shimoldan, sharqdan,
g‘arbdan va janubdan erga yorug‘lik tushadigan joylar tanlanadi. Ochiq tekis
dalalarda AKU tanlangan erlarning qiyaligi 2° (gradus) dan oshmasligi kerak.
Xo‘jaliklarda ekinlar joylashgan nishab erlarning yonbag‘irlaridagi maydonlarning
qiyaligi 2-5°, o‘rtacha qiyalik 5-10°, tikroq qiyaliklarida - 10° dan oshishi mumkin.
AKU ni tanlashda tuproq osti chuqurliklardagi suvlarning ko‘tarilishi va pastga
siljishi kabi ma’lumotlarga e’tiborni qaratish kerak. Bunda quyidagilarga rioya
qilinadi:
a) yil davomida qumloq tuproqlarda er osti suvining ko‘tarilishi 5 m dan,
qumtosh tuproqlarda 3 m dan ziyod bo‘lmasin. Tuproqning yaxlashiga va namlik
tartibotiga er osti suvining ta’siri sezilmasiligi kerak;
b) er osti suvi qumloq tuproqlarda 2 dan 5 m gacha, qumtosh tuproqli dalalarda
- 1 dan 3 m gacha bo‘lishi kerak. Bunda faqat ayrim davrlarda tuproqning
muzlashida va namlik tartibotida er osti suvlarining ta’siri bo‘ladi.
v) yilning ayrim davrlarida er osti suvlarining ko‘tarilishi qumloq tuproqlarda 2
m va undan kam, 1 m ham bo‘lishi mumkin.
AKU ni tanlashda tuproqning agrogidrologik xususiyatlarini ham e’tiborga
olish zarur. Tuproqning 10 sm qatlamida o‘simlikning so‘lish namligi miqdori 3%,
maksimal gigroskopikligi esa absolyut quruq tuproqqa nisbatan 2% bo‘lsa;
qumtosh aralashgan dalalarda so‘lish mumkin bo‘lgan namlik miqdori 2%,
maksimal gigroskopik namlik 1% bo‘lgan maydonlar bir turdagi uchastkalar deb
hisoblanadi.
10
13.4.2. Tuproqning tarkibi va uning mexanik
xususiyatlarini hisobga olgan holda AKU ni tanlash
AKU ni bunday tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
a) loyli va qumoq tuproqli erlarning cuv o‘tkazishi sust, quriganda yoki er
yaxlagan va muzdan erigan vaqtda tez sementlashib qolishi;
b) qumloq er va qumtoshli tuproq suvni tez shimib olish va o‘zidan o‘tkazib
yuborish xususiyatiga ega, hamda namlik hajmi kichik bo‘ladi. Bunday tuproqlar
tez yaxlaydi va eriydi, hamda namlik tez bug‘lanadi;
Har bir xo‘jalikda tuproqning tarkibi va xususiyati ifoda etilgan tuproq xaritalari
bo‘ladi va AKU ni tanlashda ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Tanlangan AKU
ning chizma shakli va u haqida yozma ma’lumotlar-maxsus shaklda jadval-
qog‘ozda mujassamlashtiriladi.
Agrometeorologik kuzatish uchastkasi joylashgan maydonchaning
kichraytirilgan shakl chizmasi va kuzatish joylarining belgilari 13.3-rasmda
keltirilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sish, rivojlanish va hosilini shakllanishiga
agrometeorologik omillarning ta’sirini to‘g‘ri baholash uchun AKU joylashgan
dalaning o‘rni, tabiiy sharoitga yaqinligi (relef shakli, yonbag‘irlardagi qiyalik,
tuproq turi, o‘rmon va yo‘lga, suvga, transportga yaqinligi, elektrik ustun bor bo‘lsa
belgilari haqidagi ma’lumotlar) yozma ravishda ko‘rsatiladi. AKU haqidagi
ma’lumot stansiya va postlarda saqlanadi. Nusxasi O‘zgidromet va uning tarkibidagi
GMITI ga yuboriladi. AKU uchun 1 gektar maydon ajratiladi. Maydonning
ko‘rinishiga qarab yuzasi 100x100 m, 50x200 m bo‘lishi mumkin. Albatta, kvadrat
shaklida bo‘lishi shart emas. AKU maydoni dala chetidan, jarliklardan, yo‘l
chetidan, suv jabhalaridan 100 m masofada uzoq bo‘lishi kerak.
11
13.3-rasm. Yilning iliq va issiq davrlaridagi AKU ning
taxminiy chizma shakli va kuzatish joylarining belgilari.
Rasmdagi shartli belgilar: 1-Agrometeorologik kuzatish uchastkasi (AKU) ning
chegarasi; 2-uchastkani shartli ravishda bo‘linish chizig‘i, 3-kuzatish olib
borishga qatnaydigan yo‘l. Kuzatish turlari; 4–tuproq namligini asbob
bilan aniqlash va ularni uchastka bo‘yicha o‘rnatish, 5–tuproqning yuqori
qatlami holatiga oddiy kuzatish; 6-o‘simlik balandligi va fazalarini kuzatish, 7–
o‘simlikning zichligini aniqlash, 8–mahsuldorlik va hosil tarkibini tekshirish joyi,
9-haydaladigan tuproq qatlami haroratini o‘lchash joyi, 10-yog‘inlarni kuzatish
joyi, 11-biologik hosilni hisobga olish qismi.
Xo‘jaliklarda poliz ekinlarining maydoni 0,01 ga dan ortiq bo‘lgan taqdirda
AKU uchun joy tanlanadi. Agarda polizning maydoni 1 gektar bo‘lsa hammasi
agrometeorologik kuzatish uchastkasi (AKU) hisoblanadi.
O‘tloq yaylovlardagi AKU. Imkoniyatga qarab AKU uchun ikkita uchastka
tashkil qilinadi. Bittasi tabiiy sharoitda o‘sadigan va rivojlanadigan o‘tzorlar bo‘lsa,
ikkinchisi toshqin vaqtida suv bosadigan ko‘kalamzor joylardir. Bunda hayvonlarni
o‘tlatish tizimi asosida AKU tanlab olinadi. AKU uchun qaysi o‘simlik fenolog
indikator bo‘lishi mumkinligiga ahamiyat beriladi va atrofdagi o‘tzor,
ko‘kalamzordagi o‘simliklarning qaysi biri ustivorligiga e’tibor qaratiladi.
Bog‘zorlardagi AKU. Bog‘zorlarda 15-20 ta sog‘lom meva beradigan daraxt
turlarini kuzatish tashkil qilinadi. Bu 15-20 mevali daraxt joylashgan maydon AKU
bo‘ladi. Kuzatiluvchi daraxtlar iloji boricha bog‘ning chetidan yiroq bo‘lishi kerak.
Agar daraxtlar 3 qator bo‘lsa har qatordan 5 tadan kuzatish uchun mevali daraxt
12
ajratish kerak yoki daraxtlar 2 qatorlik bo‘lsa unda kuzatish uchun 10 ta mevali
daraxt olinishi mumkin. Lekin daraxtlar betartib ekilgan bo‘lsa bog‘ning o‘rtasidagi
daraxtlar kuzatish uchun ajratib olinadi. Kuzatiluvchi daraxtlarga qog‘oz (etiketka)
lar osiladi va tayoqchaga belgilar qo‘yiladi. Xo‘jalik atrofida boshqa mevali daraxt
bo‘lmasa istisno tariqasida 1 ta mevali daraxt bo‘lsa, unda kuzatish olib boriladi va
AKU ning yozma ma’lumotida belgilanib qo‘yiladi.
Har yili xo‘jalik jabhalariga AKU joylar biriktirilgandan so‘ng qishloq xo‘jalik
ekinlariga alohida yagona uslubda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va
hosilining shakllanishini kuzatish reja asosida olib boriladi.
AKU da kuzatishlarni boshlashdan avval uning maydoni, 1 ga er uch qismga
bo‘linadi: birinchi qism - 0,25 ga, ikkinchi qism - 0,50 ga, uchinchi qism esa -0,25
ga ni tashkil etadi. SHunda birinchi 0,25 ga qismli joyda I va II qaytariq kuzatish
joyi bo‘ladi, ikkinchi 0,50 ga qismida biologik hosilni terib-yig‘ib olish uchun
ajratilgan joy va uchinchi 0,25 ga qismida III va IY qaytariq kuzatish joylari bo‘ladi.
Agrometeorologik kuzatishlar bir xil bo‘lsa, ammo uni 4 ta joyda o‘tkazilishini
qaytariq kuzatish deyiladi.
13.5. Tuproqning haydalma qatlami haroratini kuzatish
Ekin ekishga mo‘ljallangan erdagi kuzatish uchastkasida tuproqning haydalma
qatlami haroratini bilish uchun kuzatishlar o‘tkaziladi. Mazkur kuzatish
uchastkasida 2-3 m2 maydoncha ajratiladi. Ajratilgan maydoncha tekis joyda va
tuproq turlari bir xil bo‘lishi kerak. Tanlab olingan kuzatish uchastkasini ajratish
uchun qoziqlar qoqiladi va har safar shu ajratilgan maydonchada tuproq harorati
kuzatib boriladi. Agarda ekin ekishga mo‘ljallangan dala nishab bo‘lsa kuzatishga
ikkita maydoncha ajratiladi: shulardan biri dalaning yuqori qismida, ikkinchisi esa
qiyalik pastida bo‘ladi.
Kuzatish ishlari erta bahordan, tuproqning qurishi boshlanganidan boshlab to
uning yumshoq qayishqoqlik holatigacha hamda kuzatish uchastkasiga ekilgan
issiqsevar o‘simliklarning unib chiqishigacha davom etadi.
Janubiy viloyatlarda qish faslida ham tuproqning yumshoq qayishqoqlik holati
kuzatiladi. SHuning uchun bunday hududlarda tuproq haroratini kuzatishni boshlash
sanasini O‘zgidromet belgilaydi. Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha kuzatishlar boshqa
13
kuzatish uchastkalarida va sanalar, davrlarda hamda qo‘shimcha ishlar bajarilishi
mumkin.
Tuproqning 5-10 sm chuqurlikdagi qatlamining haroratni kuzatish juft sanalarda
soat 15-16 da olib boriladi. Kuzatish uchastkasidagi kuzatuvlarning vaqti boshqacha
bo‘lsa u holda maxsus dala kitobchasining oxirgi betlariga ilova sifatida yozib
qo‘yiladi.
Kuzatish uchastkalardagi tuproqning chuqurlikdagi haroratini o‘lchash
termometrlar yordamida amalga oshiriladi.
13.6. YOg‘inlarni kuzatish
O‘simliklar uchun yog‘inlarning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar 7-bobda
berilgan. Uning foydali va salbiy tomonlari ham ko‘rsatilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlari dalalarida yog‘inlarni o‘lchash, tuproq namligini
asboblar bilan aniqlanadigan joydagi hamma kuzatish uchastkalarida bajariladi.
Agarda kuzatish uchastkasi meteorologik maydonchadan 2 km dan kam
masofada
joylashgan
bo‘lsa
bunday
kuzatish
uchastkalarida
yog‘inlar
o‘lchanmaydi.
Sug‘oriladigan va yog‘inlardan ortiqcha namlanadigan rayonlardagi dala va
ekinzorlardagi yog‘inlarni o‘lchash masalasi O‘zgidrometning ko‘rsatmasi bilan
amalga oshiriladi.
YOg‘inlarni o‘lchash yilning iliq-issiq davridagi kuzatish dasturi asosida olib
boriladi va tuproq namligini asboblar bilan o‘lchanadigan joylarda bajariladi.
Lalmikor uchastkalar, paxtazor, ozuqabob ekinlar ekilgan uchastkalar bundan
istisnodir. Bu uchastkalarda yog‘inlarni kuzatish ishlari xo‘jalikda bahoriy dala
ishlari boshlanishidan biroz kechroq, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan kundan
boshlab kuzatish ishlari boshlanadi. Kuzgi bug‘doy ekilgan uchastkalarda esa
yog‘inlarni kuzatish ekilgan kundan boshlab vegetatsiya davri tugaguncha davom
etadi. Kuzatishni o‘tkazish kunora amalga oshiriladi va o‘simlikning rivojlanish
fazalariga kuzatish o‘tkazilgan kunlar (juft sanalar) moslashtiriladi yoki har o‘n
kunlikda (4, 10, 14, 20, 24 va 30 sanada) ikki marotaba hamda tuproq namligidan
namuna olib tekshirish kunlari o‘lchanadi. Uzoq va davomli yog‘inli kunlari
yomg‘ir o‘lchagich to‘lib-toshib ketmasligi uchun qo‘shimcha o‘lchash ishlari
14
amalga oshiriladi.
savollar va topshiriqlar
1. Agrometeorologik kuzatishlar deb qanday kuzatishlarga aytiladi?
2. Agrometeorologik kuzatishlarning asosiy tamoyili nimadan iborat?
3. Agrometeorologik stansiya va agrometeorologik postlarning kuzatuv dasturidagi
farqlarni tavsiflang.
4. Meteorologik
maydonchaga
asboblar
va
qurilmalar
qanday
tartibda
joylashtiriladi?
5. O‘simlikshunoslikda va chorvachilikda meteorologik kuzatishlar va o‘lchashlar
tarkibiga qanday kuzatishlar va o‘lchashlar kiradi?
6. Yilning iliq-issiq davridagi agrometeorologik kuzatishlar dasturi, yilning sovuq
davridagi kuzatishlar dasturidan qanday farq qiladi?
7. Agrometeorologik kuzatish uchastkalarini tanlashda qanday qoidalarga rioya
qilinadi?
8. YOg‘inlarni kuzatish qanday tartibda olib boriladi?
9. Tuproq namligini oddiy usulda aniqlashni bayon qiling.
10.
Tuproq qatqalog‘i mo‘rtligini oddiy usulda ballar yordamida qanday baholanadi?
11.
Fenologik kuzatishlarning maqsadi qanday?
12.
G‘o‘za o‘simligida qanday fazalar kuzatiladi? Kungaboqardachi?
13.
Mevali daraxtlarda rivojlanishning qanday fazalari kuzatiladi?
14.
Agrometeorologik kuzatishlarning ahamiyatini tushuntiring.