AGROMETEOROLOGIK POSTLARDA «KN–21» KODI ASOSIDA O‘N KUNLIK VA KUNDALIK AGROMETEOROLOGIK TELEGRAMMALARNI TUZISH
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
224,5 KB
1
AGROMETEOROLOGIK POSTLARDA «KN–21» KODI ASOSIDA O‘N
KUNLIK VA KUNDALIK AGROMETEOROLOGIK
TELEGRAMMALARNI TUZISH
Mashg‘ulotning maqsadi: Agrometeorologik postlarda o‘tkaziladigan
agrometeorologik kuzatish natijalarini kundalik va o‘n kunlik agrometeorologik
telegrammalarini rasmiylashtirish kodlarini tuzishni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.Agrometeorologik kuzatish natijalarini jo‘natishda «KN–21 KOD» idan
foydalanishni o‘rganish;
2.Kundalik agrometeorologik telegrammalarni shifrlashni o‘rganish;
3.Misollar yordamida kundalik telegrammalarni tuzishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: ish daftari, «o‘n kunlik va kundalik
agrometeorologik telegrammalarni tuzish uchun KN–21 kodlari» qo‘llanmasi.
Agrometeorologik kuzatish natijalarini jo‘natishda
«KN–21 KOD» idan foydalanish
Agrometeorologik post ma’lumotlari O‘zgidromet tashkilotlariga kelishilgan
holda muntazam yetkaziladi. Buning uchun uzatish rejaga kiritilish kerak.
Ma’lumotlar shakli va mazmuni O‘zgidromet tomonidan ishlab chiqilib, xo‘jalik
rahbarlari bilan kelishib qo‘yiladi.
2
Agrometeorologik kuzatish natijalarini O‘zgidrometga yetkazib turuvchi
maxsus telegrammalar bilan tanishib chiqamiz.
1. O‘n kunlik agrometeorologik ma’lumotlar telegrammalarning asosiy
shakli hisoblanib, ular asosida tahlillar, prognozlar va boshqa tezkor
agrometeorologik materiallar tayyorlanadi.
2. O‘n
kunlik
agrometeorologik
telegrammalar
meteorologik
va
agrometeorologik kuzatishlarga asoslanib tuziladi. Agar agrometeorologik
postlarda biron–bir element bo‘yicha kuzatish olib borilmagan bo‘lsa, u holda
telegrammaning kerakli joyiga “F” harfi yoziladi.
Telegrammalar kuzatishlardan so‘ng, har oyning 10, 20, 30 (31)–kunida,
dam olish, bayram kunlaridan qat’iy nazar tuzilib jo‘natiladi.
3. O‘n kunlik telegrammalar agrometeorologik postlarga tegishli shartli
telegraf manzillarga yuboriladi:
Masalan: O‘zgidrometning gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash
xizmati – Toshkentga yoki viloyatlarning gidrometeorologiya boshqarmasiga va
boshqa oldindan belgilangan manzillariga yuboriladi va quyidagicha yoziladi:
Meteo Toshkent – agromet
Meteo Andijon – agromet
4. O‘n kunlik agrometeorologik telegrammalar rasmiylashtirilgan sxema
bo‘yicha tuziladi.
Agrometeorologik postlarda o‘n kunlik agrometeorologik telegrammalarni
shifrlash kod sxemasi quyidagicha:
Birinchi guruh – TcTcTcTT;
Ikkinchi guruh – TmTmOODa;
Uchinchi guruh – CCCaGG;
To‘rtinchi guruh – «feno» – KrKrFDdB;
Beshinchi guruh –«bo‘y»– KrKrRRR;
Oltinchi guruh –«zichlik»– KrKrChChCh;
Yettinchi guruh –«o‘sish»– KrKrChvChvChr ChrChcChcDgDyu;
3
Sakkizinchi guruh –«ish»– KrKrYaYaD;
To‘qqizinchi
guruh–«namlik»–
PaPaPbPbPv;
PvPgPgPdPd;
PcPcPjPjPz;
PzPiPiPkPk
O‘ninchi guruh –«zararlanish»–KrKrIIE
Birinchi guruh – TcTcTcTT
TcTcTcTT – havoning butun va o‘ndan bir son hisobidagi o‘rtacha o‘n kunlik
harorat darajasi.
Agar o‘rtacha harorat darajasi faqat bir xonalik butun yoki o‘ndan bir sonlar
bilan ifodalansa, unda birinchi Tc harfi o‘rniga 0 yoziladi, lekin o‘ndan bir daraja
hisobida bo‘lsa, undan TcTc o‘rniga 00 qo‘yiladi, agar o‘rtacha harorat 0o ga teng
bo‘lsa, unda uchchala TcTcTc o‘rniga 000 yoziladi.
Misol:
O‘rtacha o‘n kunlik harorat
Kodning shartli belgisi
0,0
000
0,3
003
4,5
045
25,6
256
Noldan past (manfiy) haroratlarga 50 raqami qo‘shib yoziladi.
Misol:
O‘rtacha o‘n kunlik harorat
Kodning shartli belgisi
–0,4
504
–7,8
578
–13,5
635
–22,7
727
4
Eslatma: Havoning o‘rtacha o‘n kunlik, haroratini topish uchun eng avval
sutkalik haroratlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. So‘ng natijasi 10 yoki 11 kunga
taqsimlanadi (ayrim oylarning uchinchi o‘n kunligi, ya’ni fevralning uchinchi
dekadasi). Mart, may, iyul, avgust, oktabr, dekabr va yanvar oylarining 11 kun
bo‘lganligi sabab haroratlar yig‘indisini hisoblash natijalarini taqsimlashda shu
dekadaning kun soniga e’tibor berish kerak).
Havoning o‘rtacha sutkalik haroratini topish uchun kuzatilgan maksimal va
minimal harorat qo‘shilib, natijasiga ega bo‘linadi.
TT – havoning absolyut (mutlaq) maksimal harorat darajasi butun son
hisobida. Harorat darajasi o‘ndan bir qiymatga ega bo‘lsa, umumiy qoida bo‘yicha
u butun sonlarga aylantirib yoziladi.
Misol:
Kuzatilgan maksimal harorat
Kod belgisi (raqami)
0,300
00
0,5
00
0,9
01
8,4
08
8,5
08
8,6
09
13,6
14
23,2
23
Maksimal
haroratlar
manfiy
bo‘lsa
50
raqam
qo‘shiladi,
lekin
telegrammalarda minus ishorasi qo‘yilmaydi
Eslatma: Absolyut maksimum kuzatilgan o‘n kunlikdagi havoning eng
yuqori haroratidir.
5
Ikkinchi guruh – TmTmOOD
TmTm – havoning 10 (11) kun ichidagi minimal harorat darajasi, butun son
hisobida.
O‘ndan bir qiymatlarni butun sonlarga aylantirish va manfiy haroratlarni
kodlash uslubi yuqorida maksimal harorat uchun keltirilgan misollarning
o‘zginasidir. Lekin manfiy haroratlarga ham 50 raqamini qo‘shib yozish kerak.
Eslatma: Absolyut minimal harorat – 10(11) kun ichida havoning eng past
haroratidir. 00 – bir dekadadagi yog‘ingarchilikning (yomg‘ir, qor va do‘l )
umumiy yig‘indisi, millimetr hisobida.
Eslatma: Agar 10/11 kun ichida yog‘in miqdori 10 mm dan kam bo‘lsa, unda
birinchi o‘ringa 0 raqami yoziladi, agar yog‘in miqdori 0,5 mm va undan kam
bo‘lsa, ikkita 00 yoziladi D– yomg‘irning sutkalik miqdori 1.0 mm va undan ortiq
bo‘lgan o‘n kunliklardagi kunlar soni quyidagi 17.1 – jadval yordamida kodlanadi.
17.1–jadval
O‘n kunlikdagi kunlar sonining kodlanishi
kunlar soni
kodlash
kunlar soni
kodlash
0
0
6
6
1
1
7
7
2
2
8
8
3
3
9
8
4
4
10
9
5
5
11
9
Uchinchi guruh – CCCaGG
6
Bu guruhga kiruvchi ma’lumotlar telegrammalarda qish faslining qor
qoplami yoki tuproqning muzlashi kuzatilgan o‘n kunliklar uchun tuziladi.
CC – o‘n kunliklarning oxirgi kunida doimiy qor o‘lchagich yordamida
o‘lchangan qorning qalinligi, butun santimetr hisobida. Agar qor qoplamining
qalinligi 10 sm dan kam bo‘lsa, telegrammalarda birinchi «C» harfi o‘rniga bitta
nol – 0 yoziladi, agar qor bo‘lmasa, ikkita «CC» harf o‘rniga ikkita nol – 00
yoziladi.
Ca – o‘n kunlikdagi qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 17.1 jadval bo‘yicha
kodlanadi.
GG – o‘n kunliklarning oxirgi kunida tuproqning muzlash chuqurligi, butun
santimetr hisobida. Agar tuproqning muzlash chuqurligi 10 sm dan kam bo‘lsa
telegrammada birinchi G – harfi o‘rniga nol – 0 yoziladi, agarda muzlash
kuzatilmasa, GG – o‘rniga ikkita nol – 00 yoziladi.
Yuqorida keltirilgan uchchala guruh ma’lumoti yil davomida muntazam
telegrammalarda berib boriladi (faqat uchinchi guruhda qor, yerning muzlashi
bo‘lmagan o‘n kunliklarda hamma harflar o‘rniga – 00000 yoziladi).
To‘rtinchi guruh – «feno» KrKrFDdB
Bu guruhga kiruvchi ma’lumotlar asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining ekish
yoki o‘simliklarning ko‘klamda o‘sishi boshlanishidan to uning kech kuzda
o‘sishdan to‘xtashigacha yoki hosilni yig‘ib olguncha davr ichida beriladi. Ammo
o‘n kunlik telegrammalarda kuzgi ekinlar va ko‘p yillik o‘tlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bu o‘simliklarning toki qishki uyqu holatiga o‘tish davrigacha
yuboriladi. Bundan tashqari, ayrim yillari ba’zi joylarda qish mahalda kunlarning
isib ketishi sababli vaqtincha o‘simliklarda o‘sishning yangidan boshlanishi
7
kuzatilsa uni ham xabar qilish kerak. Bu guruh ekinlarning soniga qarab
takrorlanadi.
KrKr – ekinlarning nomini anglatuvchi sonli belgilar 17.2– jadvalda berilgan.
Bu jadvaldan foydalanib ekinlarning nomi kodlanadi.
17.2–jadval
Ekinlarning nomini anglatuvchi sonli belgilar
Ekinlarning nomi
Sonli belgilar
Ekinlarning nomi
Sonli belgilar
Kuzgi bug‘doy
02
G‘o‘za
58
Bahorgi bug‘doy
03
Piyoz
34
Bahorgi arpa
05
Qovun
27
Makkajo‘xori
07
Olma tupi
36
Kuzgi arpa
10
Nok tupi
37
Sholi
11
Olxo‘ri tupi
38
Kartoshka
20
Olcha tupi
39
Tarvuz
28
O‘rik tupi
47
Karam
29
Tut daraxti
49
Bodring
Tok (uzum)
50
Pomidor
32
Beda
51
8
17.3–jadval
O‘simlikning rivojlanish fazalarini (davrlarini) anglatuvchi kodlash raqami
Fazalar
ning
shartli
kod
raqami
Donli
boshoqdoshla
r, bug‘doy,
arpa, sholi
Makka
jo‘xori
Kartoshka
G‘o‘za
Bodring,
tarvuz
Karam
Pomidor
Mevalar,
rezavorlar,
tok, tut
Beda
Piyoz
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
0
urug‘larning
una
boshlashi,
o‘simlikning
qaytadan
o‘sishining
boshlanishi
urug‘lar
ning una
boshlashi
–
urug‘larni
ng una
boshlashi
–
–
–
kurtaklarning
bo‘rtishi
qaytadan
o‘sishnin
g
boshlanis
hi
–
9
1
nihollarning
chiqishi
nihollarni
ng
chiqishi
nihollarnin
g chiqishi
nihollarnin
g chiqishi
nihollarning
chiqishi
nihollarni
ng
chiqishi
nihollarnin
g chiqishi
nihollarning
chiqishi
nihollarnin
g chiqishi
nihollarnin
g chiqishi
2
3–chinbarg
3–
chinbarg
–
1–chinbarg 1–chinbarg
1–
chinbarg
1–chinbarg 1–chinbarg
3–barg
2–bargning
bo‘lagi
3
shonalash
––
–
3–chinbarg 3–chinbarg
3–
chinbarg
3–chanbarg
tut 5– bargning
yozilishi
–
–
4
naychadan
chiqish
–
yon
shoxlarnin
g paydo
bo‘lishi
5–chinbarg
–
karam
o‘raminin
g
boshlanis
hi
yon
shoxlarnin
g paydo
bo‘lishi
tut 10–
bargining
yozilishi
1 yilda yon
shoxlarnin
g paydo
bo‘lishi
–
17.3–jadvalning davomi
10
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
5
boshoq yoki
ro‘vak
chiqarish
chiqqan
ro‘vaknin
g gullashi
tup gulning
paydo
bo‘lishi
8–chinbarg
yoki
shonalash
shonaning
paydo
bo‘lishi
–
to‘pgulning
paydo
bo‘lishi
to‘pgulning
paydo bo‘lishi
to‘pgulning
paydo
bo‘lishi
–
6
gullash
(arpa dan
tashqari)
butanin
g
gullashi
gullash
gullash
gullash
–
gullash
gullashning
boshlanishi
gullash
–
7
donning sut
pishishi
donning
sut
pishishi
gullashni
ng
tamom
bo‘lishi
1–
ko‘sakni
ng
ochilish
–
–
yashil
ko‘k
holatda
dumbul
yetilgan
novda
shoxchalarni
ng bo‘yiga
o‘sishining
to‘xtashi
–
chetki
8
donning
dumbul
yetilganligi
donning
dumbul
yetilgan
ligi
poya–
palaklari
ning
bo‘lishi
sovuq
urishdan
1–
zararla–
uzishga
tayyor
bodring
hosilini
texnik
jihatdan
pishgan
mevanin
g bijg‘ib
tomat
holiga
pishib
etilishi
urug‘larn
ing
pishishi
chekka
barglari
ning
sarg‘a–
11
nish
yetilgani
kelishi
yishi
9
donlar to‘la
pishgan
donlar
to‘la
pishgan
–
o‘sishnin
g tugashi
(to‘xtash
)
–
–
to‘la
pishib
yetilish
barglarining
rang barang
tus olishi
–
Barrasini
ng
sarg‘ayis
hi
12
F–O‘simliklarning rivojlanish fazalarini (davrlarini) anglatuvchi sonli
belgisini kodlash raqami 17.3–jadvalda berilgan.
Dd – O‘simliklarda tegishli rivojlanish fazasi (10 foizni tashkil etuvchi “a”
fazasi) kuzatilgan kunni anglatuvchi belgi, mabodo rivojlanish fazasining
boshlanishi o‘n kunlikning 10–yoki 11– kunida kuzatilsa, 0 deb kodlanadi
(shifrlanadi). Agarda telegramma tuzilayotgan o‘n kunlikda yangi rivojlanish
fazasi kuzatilmasa, unda Dc harfi o‘rniga “/” belgi qo‘yiladi: ammo 10(11) kun
ichida kuzatilayotgan o‘simlikda ikkita faza qayd etilsa, unda har bir rivojlanish
fazasi haqida alohida – alohida xabar qilinadi.
B– O‘n kunliklarning oxirgi kunida kuzatilayotgan ekinzorlardagi
o‘simliklar holatiga berilgan ball (kodlash raqami 17.4– jadvalda berilgan).
Beshinchi guruh – “bo‘y” – KrKrRRR
KrKr – o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam, kod raqami 17.2 – jadvalda
berilgan.
17.4 –jadal
O‘simliklar holatiga berilgan ball, kodlash raqami
O‘simlik holati
Kodlash raqami
A’lo
5
Yaxshi
4
Qoniqarli
3
Yomon
2
Juda yomon
1
Bug‘doy nobud bo‘lgan yoki rivojlanish
to‘xtagan
0
RRR – o‘n kunlikning oxirgi kunida o‘lchangan o‘simlikning o‘rtacha bo‘yi,
santimetr hisobida.
13
Bu guruh o‘simlikning bo‘yi birinchi o‘lchangan vaqtdan boshlab oxirgi,
o‘sish tugagungacha o‘lchangan davr ichida berib boriladi.
Oltinchi guruh – “zichlik” – KrKr ChCHCH
(1 gektar yerdagi o‘simlikning soni, ko‘chat qalinligi)
KrKr – o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam, kod raqami 17.2 – jadvalda
berilgan.
ChChCh – g‘o‘za, jo‘xori o‘simligining 100 m2 maydondagi soni va doni,
boshoqli ekinlarning (bug‘doy, arpa, sholi, suli) 1m2 maydondagi ko‘chati
qalinligi. G‘o‘zaning ko‘chat qalinligi 10 marotaba kamaytirilgan holda kodlanadi.
Bu guruhdagi o‘simliklar uchun telegrammalarda quyidagi rivojlanish
fazalari beriladi. Kuzgi va bahorgi donli, boshoqli ekinlar uchun 3–chin bargi,
naychaga kirish hamda sut pishiqlik fazalar, g‘o‘za gullaganda, jo‘xori uchun
yaganalash tugallangandan so‘ng yuboriladi.
Yettinchi guruh – “o‘sish” – KrKrChvChvChrChrChcChcDgDyu
Bu guruhdan g‘o‘za tuplarida hosil bo‘lgan, ochilgan va terimga tayyor
ko‘saklar sonini xabar qilishda foydalaniladi.
KrKr – g‘o‘za o‘simligini anglatuvchi raqam kod raqami 17.2– jadvalda
keltirilgan.
ChvChv – jami ko‘saklarning o‘rtacha soni (bunga ochilgan, terimga tayyor
va terib olingan ko‘saklar ham hisobga kiradi).
ChrChr – ochilgan ko‘sakning soni bo‘lib (bunga terimga tayyor va terib
olingan ko‘sak ham hisobga kiradi).
ChcChc – terimga tayyor, yetilgan ko‘saklar soni (terib olinganlari ham
hisobga kiradi).
14
Bir tup g‘o‘zada yetilgan, ochilgan va terimga tayyor ko‘saklar yaxlit son
hisobida beriladi. Umumiy qoidaga asosan ko‘saklarning o‘rtacha sonini hisoblab
chiqishda o‘ndan bir darajali qiymatlar butun songa aylantirib yoziladi. Agarda
ko‘sakning o‘rtacha soni 0,5 va undan kam bo‘lsa – 00 deb kodlanadi.
DgDyu – chigitning ekilgan kuni, Dg– oy ichidagi besh kunliklarning tartib
raqami, Dyu – oyning tartib raqami.
Eslatma: Bir oyda 6 ta besh kunlik bo‘ladi.
Misol: Chigit 12–aprelda ekilgan. Bu 32 raqam bilan kodlanadi, ya’ni 3–
besh kunlik tartib raqami, 4 esa aprel oyi. Agarda 25–martda chigit ekilgan bo‘lsa,
telegrammadagi kodda 53 raqami qayd qilinadi.
Sakkizinchi guruh – “ish” – KpKpYaYaD– kuzatish
olib borilayotgan dalada qilingan ishlar
KpKp–o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam. 17.2–jadval bo‘yicha
kodlanadi.
YaYa– bajarilgan ishlarni anglatuvchi raqam, kod raqami 17.5–jadval
berilgan.
17.5–jadval
Bajarilgan ishlarni anglatuvchi raqam kodi
Ishlarning nomi
Shartli
son
belgisi
Ishlarning nomi
Shartli son
belgisi
Ko‘klamgi haydov
11
O‘tlarning pichan (xashak)
ga o‘rish
40
Shudgorni haydash
12
O‘tlarni urug‘ga yig‘ish
41
15
Kuzgi haydov
15
Paxtazorni (defoliatsiyalash)
mashina terimiga tayyorlash
42
Kultivatsiya (qator
oralarini ishlash)
17
Paxtani mashinada terish
43
Urug‘ni ekish, sepish,
ko‘chat o‘tqazish
20
Ko‘saklarni yig‘ib terish
45
Ko‘chatni ko‘chirib
o‘tkazish
22
Qishki va ekishdan oldin
sug‘orish
50
Yaganalash, siyraklash
28
Mavsumiy sug‘orish
51
Tokni ochish va
ko‘mish
30
Oziqlantiruvchi (urug‘
tuproqning namligi kam
bo‘lganligi sababli
chiqmaganda) sug‘orish
57
Chekanka yoki chilpish,
xomtok qilish,
bachkidan tozalash
31
Ekinni qo‘shimcha (qayta)
ekish
56
Hosilni terish, o‘rish
32
Tutlarning bargini qurt
boqish uchun kesish
59
D–tegishli dekadada qilinayotgan ishning boshlanish kuni. Agarda
bajarilayotgan ishning boshlanishi dekadaning 10(11)–kuniga to‘g‘ri kelsa, unda D
o‘rniga 0 yoziladi.
Misollar: Tut daraxtining bargi 16–mayda qurt boqish uchun kesiladi.
Telegrammadagi raqam 49596 ko‘rinishda bo‘ladi. Paxta dalasi 2–iyulda
kultivatsiya qilinsa, unda 58172 bo‘ladi. Jo‘xori maydoni 31–iyulda sug‘orilsa,
bunda kod soni 07510 bo‘ladi (17.1; 17.2; 17.5 jadvallarga qarang).
To‘qqizinchi guruh – “namlik” – PaPaPbPbPv; PvPgPgPdPd; PcPcPjPjPz;
PzPiPiPkPk (har xil chuqurlikdagi tuproqning namligi)
16
Bu guruhdagi ma’lumotlar tuproqning namligini ifodalaydi va birinchi
aniqlashdan boshlab to oxirgi aniqlashgacha telegrammalarda xabar qilib turiladi.
Guruhda ekinzorlardagi tuproq namligi har bir o‘simlik uchun butun foiz (%)
hisobida berilib boriladi. Telegrammalar tuzishda guruhning oldiga “namlik” va
ekinning kodi yoziladi. Namligi aniqlanayotgan ekinzorning nomini kodlash 17.6–
jadvalda keltirilgan.
Misol: Mart oyining birinchi dekadsining oxirgi kunda kuzgi bug‘doyzorda
tuproqning namligi aniqlandi: tuproqning 0–10 sm chuqurlikdagi namligi 6,7 (7)
foiz bo‘ldi:
17.6-jadval
Namligi aniqlanayotgan ekinzorning nomi kod
Kuzatuv olib borilayotgan ekinzorning nomi
Yozma ravishda kodlash
belgisi
Kuzgi bug‘doy
Kuzgi bug‘doy
Kuzgi arpazor
Kuzgi bug‘doy
Bahorgi bug‘doyzorlar
Bahorgi bug‘doy
Kuzgi arpazor
Arpa
Paxtazor
G‘o‘za
Kuzgi shudgor
Shudgor
Hosili yig‘ib olingan ekinzor (ang‘iz)
Ang‘iz
9–guruh harf
belgilari
Tuproq
chuqurligi
Aniqlangan tuproqning namligi yaxlit son
kod raqamining o‘zginasidir
PaPa
0–10 sm
PbPb
11–20 sm
17
PvPv
21–30 sm
PgPg
31–40 sm
PdPd
41–50 sm
PePe
51–60 sm
PjPj
61–70 sm
PzPz
71–80 sm
PiPi
81–90 sm
PkPk
91–100 sm
11–20 sm da 9,6 (10);
21 – 30 sm da 10,9 (11);
31– 60 sm da 11,7 (12); 41 – 50 sm da 12,8 (13);
51 – 60 sm da 14,0 (14); 61 – 70 sm da 14,6 (15);
71 – 80 sm da 18,4 (18); 81 – 90 sm da 20,1 (20);
91 – 100 sm da 24,9 (25) foizga teng bo‘lgan.
Eslatma: Yuqoridagi misolimizda tuproq namligini yaxlit son belgisi qavs
ichida berilgan.
Guruhdagi telegrammada “namlik” PaPaPbPbPv PvPgPgPdPd; PePePjPjPz
PzPiPiPkPk o‘rniga misolimizda ma’lumot “namlik” 07101 11213 14151 82025
ko‘rinishida yoziladi.
O‘ninchi guruh – “zararlanish” – KrKrIIYe
(o‘simliklarning zararlanishi yoki shikastlanishi)
Bu guruh qishloq xo‘jalik ekinlari qora sovuqdan zararlanishi va do‘ldan,
jaladan
hamda
kuchli
shamoldan
shikastlanganligi
aniqlangan
taqdirda
tuzilayotgan mavsumiy telegrammalarga qo‘shib beriladi. Lekin kuzatish
maydonlarida o‘simliklar bu hodisadan zararlanmagan yoki shikastlanmagan
bo‘lsa ammo tevarak–atrofdan, shirkat va fermer maydonlarida kuzatilsa, albatta,
unda ham bu guruh tuzilishi va telegrammalarga qo‘shib berilishi kerak.
18
KrKr – o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam, (kod raqam 17.2–jadvalda
berilgan).
II–o‘simlikning zararlanish yoki shikastlanish holatini anglatuvchi raqam;
kod raqami 17.7–jadvaldan olinadi.
Ye–o‘simlikning zararlanish yoki shikastlanish foizini kodlash (17.8–
jadval).
17.7–jadval
O‘simlikning zararlanish yoki shikastlanish holatini anglatuvchi kod raqami
Zararlanish (shikastlanish) xarakteri
Kodlanishi
Qora sovuqdan zararlanishi
Barglarning zararlanishi
01
G‘uncha, tuguncha, shona, gul va kurtaklarning zararlanishi 03
Urug‘don va ekilmagan mevalarning zararlanishi
04
O‘simlik butunlay halok bo‘lgan
06
Do‘l va jala–seldan zararlanishi yoki shikastlanishi
Qatqaloq
hosil
bo‘lib
nihollarning
unib
chiqishi
qiyinlashgan
07
Barglar zararlangan
08
O‘simlik poyalari singan
09
G‘uncha, tuguncha, shona, gul, kurtaklar urib tushirilgan
10
Ekinlarni sel yuvib ketgan
12
Ekinlarning egilib yoki yotib qolishi
14
Kuchli shamoldan zararlanishi
19
Ekinlarni uchirib ketishi
17
Ekin poyasining (daraxt shozining) sinishi
19
Shona, tuguncha va gullarning uzilib ketishi
20
Daraxtlar singan, ag‘darilgan
23
Shamoldan ekinlar egilib yoki yotib qolgan
24
Qurg‘oqchilik, garmseldan zararlanishi
Boshoqli o‘simliklar barglarining uchki qismining buralib
turishi
28
O‘simlikning so‘liy boshlashi
29
Barglarning zararlanishi
31
Poya, tugunchalar, to‘p gullarning qurib qolishi
33
Kuzgi ekinlar va o‘tlarning zararlanishi (qor qoplamidan
bo‘shagandan so‘ng)
Sovuq urib nobud bo‘lishi
36
Namgarchilikdan nobud bo‘lishi, zax bosib chirishi
37
Namlikdan bo‘kib, ivib qolishi
39
O‘simliklarning kasaliklardan zararlanishi
40
17.8–jadval
O‘simlikning zararlanish yoki shikastlanish foizini kodlash
Zararlanish yoki shikastlanish foiz hisobida
Kodlanishi
20
O‘simliklarning ayrim turlari zararlangan yoki shikastlangan
(10% gacha)
1
O‘simliklarning ancha qismi zararlangan yoki shikastlangan
(10–50%)
2
O‘simliklarning ko‘pchiligi zararlangan yoki shikastlangan
(50–90%)
3
O‘simliklar yoppasiga zararlangan yoki shikastlangan (90–
100%)
4
Misol: sentabr oyining uchinchi dekadasida havoning minimal harorati
+2oC, +3oC gacha pasayishi natijasida tekis joylarda g‘o‘zaning barglari 12%ga
shikastlangan. Bu 10–guruh telegrammasini tuzish quyidagicha bo‘ladi:
“zararlanish” 58012
17.2. Kundalik agrometeorologik telegrammalar
Agrometeorologik postlarda kundalik agrometeorologik telegrammalarni
shifrlash kod sxemasi:
Birinchi guruh – TTTmTmE
Ikkinchi guruh – OOOxTnTn
Uchinchi guruh –“shup”TjTjTzTz
To‘rtinchi guruh – AABB
Beshinchi guruh – “feno “KrKrFFBBz
Oltinchi guruh – “ish” KrKrYaYaX
Yettinchi guruh – “zararlanish” KrKrIIYe
Birinchi guruh – TTTmTmE
TT–havoning maksimal (eng yuqori) harorati.
21
TmTm –havoning minimal (eng past) harorati.
E – tuproqning namlanganlik darajasini yoki holatini kodlash 17.9–jadvalda
berilgan.
17.9 – jadval
Tuproqning namlanganlik darajasini yoki holatini kodlash
Tuproqning namlik holatlari
Kod raqami
Tuproq qor bilan qoplangan
0
Tuproq ortiqcha namlangan, suyuq loy holatda
1
Juda yaxshi namlangan–yopishqoq loy
2
Yaxshi namlangan–yumshoq plastik loy
3
Sust namlangan–qattiq plastik loy
4
Quruq, qattiq yoki sochiluvchan
5
Muzlagan tuproq
6
Tuproqning 1–5 sm chuqurlikdagi muzi erigan (yaxlagan)
7
Tuproqning 6–10 sm chuqurlikdagi muzi erigan (yaxlagan)
8
Tuproqning
11–20
sm
chuqurlikdagi
muzi
erigan
(yaxlagan)
9
Ikkinchi guruh – OOOxTnTn
OO – jami yog‘inlarning miqdori;
Ox – yog‘inlarning turi (xarakteri). Kod raqami 17.10–jadvalda berilgan
17.10 – jadval
Yog‘inlarning turi (xarakteri) kod soni
Yog‘inning turi (xarakteri)
Kod raqami
Sidirg‘a bulutdan yog‘ayotgan yomg‘ir
1
22
Jala
2
Do‘l
3
Qor
4
TnTn – tuproq sathidagi minimal harorat
Uchinchi guruh – “shup” TjTjTzTz
TjTj–tuproqning 5 sm chuqurlikdagi harorati
TzTz – tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorati.
To‘rtinchi guruh – AABB
AA – qor qoplamining qalinligi, sm,
BB – tuproqning muzlagan chuqurligi.
Beshinchi guruh – “feno” – KrKrFBBz
KrKr – o‘simlik nomini anglatuvchi raqam, kod raqami 17.2 – jadvalda
berilgan;
F – o‘simlikning rivojlanish fazasini anglatuvchi raqam, kod raqami 17.3 –
jadvalda berilgan;
B – kuzatish olib borilayotgan maydondagi o‘simliklar holati, kod raqami
17.4 – jadvalda belgilangan;
Bz – ekinzorning o‘t bosishini kodlashda ikki ball shkala ishlatiladi;
0 – begona o‘tlar yo‘q;
1 – begona o‘tlar kam;
2 – begona o‘tlar ko‘p.
Oltinchi guruh – “ish” KrKrYaYaX
23
KrKr – o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam, kod raqami 17.2– jadvaldan
olinadi;
YaYa – dalalarda bajarilgan ishlar nomini kodlash 17.5–jadvalda berilgan;
X – ob–havo sharoitiga qarab, dalada qilingan ishlarning unumdorligini
kodlash 17.11–jadvalda berilgan.
17.11–jadval
Ob–havo sharoitiga qarab, dalada qilingan ishlarning unumdorligini kodlash
Ishlarning unumdorligi
Kodlanishi
Ish qilinmagan
1
Dalada uzluksiz ish olib borilmagan
2
Dalada ish kun bo‘yi uzluksiz bajarilgan
3
Yettinchi guruh – “zararlanish” KrKrIIYe
KrKr – o‘simlikning nomini anglatuvchi raqam, belgilanish 17.2–jadvalda
berilgan
II – zararlanish yoki shikastlanish xarakterini anglatuvchi raqam, kod raqami
17.7–jadvaldi;
Ye – o‘simlikning zararlanish yoki shikastlanish foizini kodlash 17.8 –
jadvaldan foydalaniladi.
Kundalik telegrammalarni tuzishga doir misollar:
1. Qish mavsumida; 18–noyabrda havoning maksimal harorati +19oC
bo‘lgan, 19–noyabrda ertalab havoning minimal harorati –2oC bo‘lgan, tuproq sust
24
namlangan, 18–noyabrda yomg‘ir yog‘magan, 19–noyabrda ertalab tuproq
sathidagi minimal harorat –6oC bo‘lgan, qor qoplami yo‘q tuproq 2 sm
chuqurlikkacha muzlaganligi aniqlangan.
Telegramma 19–noyabrda ertalabki kuzatish tamom bo‘lgandan so‘ng
tuziladi va quyidagi ko‘rinishda yuboriladi:
Meteo Samarqand agromet: 19524 00056 0002
2. Bahor mavsumida: 5– aprelda havoning maksimal harorati +12oC
bo‘lgan, 6–aprelda havoning minimal harorati –5oC bo‘lgan, osmonni bulut qoplab
yomg‘ir yog‘ayotganligi kuzatilgan, yomg‘irning 5–aprel ertalab soat 9 dan to 6–
aprel ertalab soat 9 gacha o‘lchangan bir kecha kunduzdagi miqdori 6 mm ni
tashkil etgan, tuproq sathining harorati 3oC issiq bo‘lgan, tuproq sust namlangan 6–
aprelda quyidagi telegramma yuboriladi.
Meteo Toshkent agromet: 12054 06103
3. Yoz mavsumida: 28–iyunda havoning maksimal harorati +34oC bo‘lgan,
29–iyunda ertalab havoning minimal harorati –22oC bo‘lgan, yomg‘ir yog‘ishi
kuzatilmagan, tuproq sathida minimal harorat +22oC bo‘lgan, g‘o‘zaning gullash
fazasi boshlangan, g‘o‘zaning ko‘rinish holati yaxshi deb baholangan, begona
o‘tlar bosib ketmagan. Tuproqning holati aniqlanmagan 29–iyundan quyidagi
telegramma tuziladi va yuboriladi.
Meteo Farg‘ona agromet: 34221 00022 58640
O‘n kunlik agrometeorologik telegrammalarni tuzishga misollar:
1. Qish mavsumida: noyabrning birinchi o‘n kunligi. O‘rtacha o‘n kunlik
havo harorati +4,8oC, eng yuqori maksimal harorat +24,0oC, eng past minimal
havo harorati esa –8,0oC bo‘lgan, jami yog‘inlarning miqdori 4 mm ni tashkil
etgan, dekadada har kuni o‘lchangan sutkalik yog‘in miqdori 1–kun 1 mm dan
ortiq yog‘in va boshqa kunlari 1 mm dan kam bo‘lgani kuzatilgan, qor qoplami
kuzatilmagan, dekadaning oxirgi kunida tuproq 4 sm chuqurlikkacha muzlagan. Bu
ma’lumotlarni shifrlash quyidagicha:
25
Meteo Guliston agromet: 04824 58041 00004
2. Yoz mavsumida: iyunning ikkinchi o‘n kunligi. O‘rtacha o‘n kunlik
havoning harorati +28,90C bo‘lgan, dekada ichida kuzatilgan maksimal havo
harorati +41,70C, minimal harorati +14,20C, yog‘ingarchlik bo‘lmagan, 20–iyunda
va g‘o‘zada gullash fazasi boshlangan, g‘o‘zaning holati yaxshi deb baholangan,
o‘n kunlikning oxirgi kunida g‘o‘zaning bo‘yi 45 sm bo‘lgan.
Telegramma 21–iyunda berilib, quyidagicha belgilanadi;
Meteo Toshkent agromet: 28942 14000 00000
“feno” 58604 “o‘sish” 58045.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O‘n kunlik agrometeorologik telegramma kodlari necha guruxga
bo‘linadi?
2. KN–21 kodi haqida nimalarni bilasiz?
3. O‘n kunlik agrometeorologik telegrammalarning rasmiylashtirish sxemasi
qanday ?
4. O‘simliklarning zararlanish va rivojlanish holatini anglatuvchi raqamni
ayting.
5. Agrometeorologik postlarda kundalik agrometeorologiya tenglamalarini
shifrlash uchun qo‘llaniladigan kod sxemasini yozib bering.
6. Tuproqning namlanganlik darajasini yoki holatini anglatuvchi kod
raqamlari qanday yoziladi?
7. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini anglatuvchi kodlash raqamlariga
misollar keltiring;
8. Kunlik agrometeorologik telegrammalarni shifrlash kodi nechta guruhga
bo‘linadi?
9. Ob–havo sharoitiga qarab, amalda qilinadigan ishlarning unumdorligi
qanday nomlanadi?
26