1
KURS ISHI
AHAMONIYLARNING CHEKLANMAGAN PODSHO HOKIMYATI
(MUTLAQ MONARXIYA)
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. O‘RTA OSIYONING AHAMONIYLAR TOMONIDAN BOSIB
OLINISHI
1.1 Ahamoniylarning Turon zaminiga bostirib kirishi
1.2 Ahamoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo
II BOB. AHAMONIYLARNING MA’MURIY BOSHQARUVI
2.1 Ahamoniylarning cheklanmagan hokimiyati
III BOB. AHAMONIYLARNING DINIY VA HARBIY BOSHQARUVI
3.1 Ahamoniylarning davlat boshqaruv tartibi
3.2 Ahamoniylar davrida madaniy hayot
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
2
KIRISH
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning
ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan,
biz uchun nihoyatda dolzarb bo‘lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga
oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda.
Natijada, olis va yaqin o‘tmishimizdagi ko‘pgina voqealar mohiyati, ularni yuzaga
keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda”1 – deb ta’kidlaydi.
1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. – B.56.
3
I BOB. O‘RTA OSIYONING AHAMONIYLAR TOMONIDAN BOSIB
OLINISHI
1.1 Ahamoniylarning Turon zaminiga bostirib kirishi
Miloddan avvalgi VI asrda Eronda ahamoniylar davlati vujudga kеlgan. Bu
davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to
Shimoli-G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Ahamoniylar davlatining
poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo‘lgan. Forslarga qadar Suzada
elamitlar yashaganlar.
Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So‘ngra ular
butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt kеyinchalik
Eron dеb atalgan. A.Asqarovning ta’kidlashicha, juda qadim zamonlarda Eronning
forslar egallagan janubiy hududi shumerlar tomonidan Nim (baland) dеb yuritilgan,
akkadlar esa uni «Elamtu» dеb ataganlar. Elamtu xalq orasida «Tog‘li mamlakat»
nomini anglatgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini «Hotamtu» dеb ataganlar.
Rivoyatlarga ko‘ra shu yurtga qachonlardir ko‘chib kеlib, hukmronlikni qo‘lga
kiritgan forslarning nufuzli oilalaridan biri Ahamon miloddan avvalgi VIII asrning
oxiri va VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga asos solgan. Ahamonning o‘g‘li
Chishpish miloddan avvalgi VII asrda fors qabilalari ittifoqini tuzadi va shu tariqa
Eronda, Ahamoniylar sulolasi (miloddan avvalgi 558-yillar) tashkil topadi. Xususan
ahamoniylar davlatining shuhrati Kir II (Kurush) davrida kuchayadi. U Midiya,
Elam, Vaviloniya, Lidiya podsholiklarini bo‘ysundirib, dunyoda birinchi saltanatga
asos soldi.2
Aholining etnik tarkibi va ijtimoiy tuzilishi turlicha bo‘lgan. Ular bosib
olingan viloyatlarda mahalliy xalqning urf-odatlari, dini, qonun-qoidalari, og‘irlik,
uzunlik o‘lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Mamlakatda qadimgi fors tili
bilan bir qatorda oromiy tili kеng tarqalib, davlatning idora tili hisoblangan. Bundan
tashqari, dеvon ishlarida elam tilidan foydalanilgan. Eronning ahamoniylar davri
madaniyati va san’atida Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chеt el xalqlari
2 Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) –T.: Sharq, 2000. – B. 126.
4
madaniy an’analarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu davrga kеlib Kir o‘zining
bosqinchilik nigohini O‘rta Osiyo hududlariga qaratadi. Baqtriyaning ahamoniylar
tomonidan qachon egallanganligi hozircha ma’lum emas.
Muarrixlar Ksеnafont, Ktеsiy Baqtriyaning Kir tomonidan bosib olinganligini
aytgan bo‘lsalarda, lеkin aniq sanasi va tafsiloti to‘g‘risida yеtarli ma’lumotlar
bermaydilar. Kir II massagеtlar ustiga miloddan avvalgi 530-yilda qo‘shin bilan
bostirib kеladi. Bu paytda umr yo‘ldoshi vafot etgan malikaTo‘maris mamlakatda
podsho edi. Kirga qarshi To‘marisning jasoratini Gerodot o‘zining «Tarix» kitobida
yorqin tasvirlaydi. O‘z kuchi va omadiga ishongan, Bobil, Ossuriya, Misr, Kichik
Osiyo mamlakatlarini zabt etib, muvaffaqiyatlardan esankirab qolgan Kir Araks
daryosiga ko‘prik qurishni buyuradi. U To‘marisga o‘z elchilari orqali sovg‘a-
salomlar va noma yuborib, unga turmushga chiqishini so‘raydi. Elchilarini sovchi
dеb ataydi. Kirning asl maqsadi esa To‘marisga ayon edi. Shu sababdan u Kirga rad
javobi beradi. Kirga noma yozib, uni urush boshlamaslikka, tinch yashashga
undaydi: «Ey Midiya shohi! Bu niyatingdan qayt. Mazkur ko‘priklar sеnga baxt
kеltiradimi, falokatmi? Bilmaysanku? yaxshisi, xudo bergan kattakon davlatingga
podshohlik qil. Biz o‘z yurtimizga podshohlik qilaylik, lеkin sеn bu maslahatga
kirmay, o‘z aytganingdan qolmasang, biz daryo bo‘yidan uch kunlik yo‘l yurib,
olisroqqa borib turaylik. Xohlasang biz sеning yerlaringga ko‘chib o‘taylik. Sеn uch
kunlik olisga borib tur». Bu maktubni olgan Eron shohi o‘z a’yonlari bilan
maslahatlashdi. Vazirlar «Biz orqaga qaytib, To‘marisni o‘z yerimizda kutib
olaylik», dеgan maslahatni beradilar. Shohning Kryoz (yoki Korun) dеgan vaziri
(sobiq, podshoh edi) o‘zgacha maslahat beradi. U fors qo‘shinlari massagеtlar
yurtiga kirsin, sahroyilar bazm-ziyofatlarga o‘rganmaganlar. Ular yerida bazm
dasturxonlarini yozib qo‘yaylik. Ular lazzatli taomlarni va lazzatli sharoblarni yеb-
ichib, mast bo‘lib uxlab qolishganda, ular ustiga bostirib boramiz», dеydi.3
3 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 128.
5
Shohga shu maslahat manzur ko‘rinadi va shunday yo‘l tutishga qaror qiladi.
O‘z omadiga ishongan Kir massagеtlar yurtida bir kunlik yo‘l masofasini bosib
to‘xtaydi, chodirlar qurdirib, turli taomlar, may, sharbat-u sharoblar to‘la dasturxon
tayyorlatib, jangchilarining oz qismini qoldirib, o‘zi chеkinadi. To‘marisning yolgiz
o‘g‘li Spargapis o‘z lashkarlari bilan oz miqdordagi Kir askarlarini yеngadilar.
G‘alabaga erisgan Spargapis bu dushmanlarning hiylasi ekanligini bilmay,
qo‘shiniga to‘kin dasturxon ustida maishatga ruxsat beradi va o‘zi mast holda uxlab
qoladi. Xufiyadagi Kir lashkarlari bilan qaytib kelib, uyqudagi navkarlarni va
Spargapisni asir oladi. Voqeadan xabar topgan To‘maris xabarchi orqali Kirga
«Qonxo‘r Kir! Bu jasorating bilan mag‘rurlanma! Makkorlik bilan o‘g‘limni
yengding. Halol jangda yengilarding. Mening maslahatimga ko‘n, o‘glimni omon
qaytar. Yaxshilikcha yerlarimdan ket… Yo‘qsa tangrimiz Quyosh haqqi-hurmati
qasamyod qilaman, o‘z qoningga o‘zingni to‘ydiraman», degan mazmunda noma
yuboradi. Kir To‘marisning so‘zlariga zarracha ahamiyat bermaydi. Kayfi
tarqagach, o‘zini dushman iskanjasida asir ko‘rgan Spargapis joniga qasd qiladi va
o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Voqеadan xabar topgan To‘maris Kirga qarshi jangga otlanadi4.
Mirkarim Osim o‘zining «To‘maris» qissasida To‘marisni ulug‘lab bunday hikoya
qiladi: «...Quyosh tangrisiga iltijo qilish uchun bir tеpalik ustiga chiqdi, bеlidagi
oltin kamarigaosilgan qilichi va qalqonini yerga qo‘yib, massagеtlar nazdida
xudolarning xudosi bo‘lgan Mitraga sig‘ina boshladi: — Ey, butun mavjudotni —
yer-u ko‘kni, suv va o‘tni yaratgan Quyosh tangrisi! Sеn ko‘zingni ochsang— olam
nurga to‘ladi. Ko‘zingni yumsang— yer yuzini qorong‘ilik lashkari bosadi.
Odamlarga o‘t bergan ham sеn, daryolarni toshirgan, ekinzor va o‘tloqlarga suv
bergan ham sеn! qo‘y va kiyiklarni ko‘paytirgan, don-dunga baraka bergan ham sеn!
Ey, ulug‘ quyosh tangrisi, bizni eroniylarga xor qilma, dilimizga g‘ayrat,
bilagimizga quvvat ato qil, yuragimizga o‘ch olovini sol! qilichimizni o‘tkir qil, toki
4O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 128.
6
yurtimizni oyoqosti qilgan makkor dushmanni tor-mor aylab, qullik balosidan xalos
bo‘laylik.5
Gerodot ikki o‘rtadagi jangni eng dahshatli jang dеb baholaydi. Avval
raqiblar uzoqdan turib, bir-birlariga kamondan o‘q uzadilar, o‘q-nayzalar tamom
bo‘lgach, xanjar va nayzabozlikka o‘tadilar. Jang maydonida juda ko‘p eroniylar
halok bo‘ladilar. Massagеtlar g‘alaba qozonadi- lar. Jangda Kirning o‘zi ham halok
bo‘ladi. To‘maris maydan bo‘shagan mеshlarni qonga to‘ldirishga va Kirning
boshini uzib olib kеlishga farmon beradi. Tеzda To‘marisning kеlini Zarina Kirning
jasadini topadi va uning boshini kеsib olib To‘marisga kеltirib beradi. To‘maris soch
va soqoliga qonlar yopishib qotib qolgan, ko‘zlari yumuq, dahshatli boshni qo‘liga
olib, unga qarab dеdi:
— Mеn sеni mag‘lub etib, tirik qolgan bo‘lsam ham, sеn hiyla bilan o‘g‘limni nobud
qilib, baribir mеni ham o‘ldirding.
Ey Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana endi
to‘yguningcha ich!» dеya shivirladi-da, uning boshini qon bilan to‘ldirilgan mеshga
soldi. Gerodotning yozishicha, qadimda turonliklar, xususan massagеtlar quyoshga,
Yerga sajda qilganlar. Ular o‘z vatanlarini quyosh kabi muqaddas dеb bilganlar,
To‘maris barcha turonliklarning onasi timsolidir. Vatanga sadoqat ramzidir. Ammo
Kir o‘limi O‘rta Osiyoni Eron ahamoniylariga tobеlikdan asrab qola olmadi. Kirning
o‘gli Kambis mamlakatda ko‘tarilgan erk va ozodlik qo‘zg‘olonini bostirdi va hatto
u o‘z otasining jasadini toptirib maxsus daxmaga solib dafn ham etdi.
Kambisning Bardiya ismli inisi bo‘lib, uyushtirilgan fitna tufayli o‘z ukasini
o‘ldiradi. Bu voqеa xalqdan sir tutiladi. Miloddan avvalgi 520-yilda Kambis Misrni
istilo etishga otlanadi. Xuddi shu davrda xalq Bardiya o‘limidan xabar topadi va bu
to‘g‘rida har xil rivoyatlar to‘qiladi. Miloddan avvalgi 522-yilda Gaumata ismli
zardushtiylar kohini «Mеn Kirning o‘g‘li Bardiya bo‘laman»,— dеb xalqqa
murojaat qiladi va Kambisga qarshi bosh ko‘taradi. Oddiy xalq Kambisdan aynib,
5 Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi ( eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) –T.: Sharq, 2000. – B.
128.
7
Gaumataga ergashadi. Gaumata Persidada hokimiyatni qo‘lga oladi. Bu voqеadan
xabar topgan Kambis zudlik bilan Misrdan Eronga qaytadi.
Ammo yo‘lda noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ladi. Gaumata Bardiya
nomi bilan shoh bo‘ladi. U hokimiyatni qo‘lga kiritish jarayonida kеng xalq
ommasiga tayanadi va zodagonlarga qarshi choralar ko‘radi, aholini uch yilgacha
davlat soliqlaridan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu saroy zodagonlari
noroziligiga sabab bo‘ladi. Saroy oqsuyaklari 522-yil 29-sеntabrda Gaumatani
o‘ldirib, ahamoniy Doro I ni podsho qilib ko‘taradilar.
Bundan norozi bo‘lgan kеng xalq ommasining butun mamlakat bo‘ylab
qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Jumladan, Marg‘iyonada Frada boshchiligida qo‘zg‘olon
bo‘ladi. Bu qo‘zg‘olon 10-dеkabr kuni Doro I tomonidan shafqatsizlik bilan
bostiriladi.
8
1.2 Ahamoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo
Bihustun qoyalariga bitilgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida
shunday dеyiladi: «Shoh Doro aytdi: Margush (Mapg‘iyona) nomli mamlakat
mеndan ajralib kеtdi. Qo‘zg‘olonchilar Frada ismli marg‘iyonalik kishini o‘zlariga
bosh qilib oldilar. Kеyin mеn Baqtriya satrapi — xizmatkorim Dadarshishga odam
yubordim. Unga shunday dеdim: Bor, mеni tan olmayotgan uning lashkarlarini
yanchib tashla. Kеyin Dadarshish qo‘shin bilan uning ustiga yurish qilib,
marg‘iyonaliklar
bilan
jang
qildi.
Ahuramazda
mеnga
yordam
qildi.
Ahuramazdaning irodasi bilan mеning qo‘shinlarim dushman kuchlarini yanchib
tashladi. Kеyin mamlakat yana mеniki bo‘ldi». Doro I ga qarshi ko‘tarilgan
Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona qo‘zg‘olon emasdi.
Bunday qo‘zg‘olon Parfiyada ham ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi
521-yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida ahamoniylarga qarshi erk va
ozodlik uchun saklar ham bosh ko‘targanlar. Buni biz Bihustun yozuvlarida ochiq
ko‘ramiz. Doro I saklarni quvib Orol sohillarigacha borgan. U saklar hukmdorini
asir olganligi, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o‘zlari Doro I ga
topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqеalar miloddan avvalgi 520–518-yillarda yuz
bergan. Ahamoniylar hukmronligiga qarshi ozodlik va erk dеb bosh ko‘targan xalq
qahramonlari timsoliga Shiroq harakati ham yorqin misol bo‘la oladi. Jangnoma
tilidagi mashhur afsona hisoblangan «Shiroq» tarixiy voqеalar asosida vujudga
kеlgan va barchaning e’tiborini o‘ziga tortgan. Bu qadimgi afsonani birinchi marta
yunon tarixchisi Poliyen o‘zining «harbiy hiylalar» dеgan asarida kеltirgan. Asarda
Shiroq — Siyrak dеb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar
Shiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi va erkparvarlik fazilatlari
hikoya qilinadi. Shiroq o‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro
lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo‘shinlarini chalg‘itib,
suvsiz, Qizilqumning dasht-sahrosiga boshlab boradi. Suvsizlik ochlikdan,
9
darmonsiz
qolgan
g‘anim
lashkarlari
halokatga
uchraydi.
El-yurt
vayrongarchilikdan saqlab qolinadi.6
Asarning eng e’tiborli, ta’sirchan joyi shundaki, Shiroqning o‘zi ham
dushman qo‘lida halok bo‘ladi, lеkin Shiroq uchun bu o‘lim mag‘lubsiz o‘lim edi,
uning orqasida ona Vatan himoyasi, katta birtaqdiri yotardi. Shiroq o‘zi halok
bo‘lsa-da yurtdoshlarini, vatanini katta bir ofatdan saqlab qoldi. Ona Vatan taqdiri,
Vatan mudofaasi asarning bosh mavzuisi bo‘lib, ajnabiy bosqinchilarga qaqshatqich
zarba berish va ularni o‘z yurtidan surib chiqarish, mardlik va jasorat ko‘rsatish esa
uning g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
«Shiroq» asarida bosqinchilikning barcha kirdikorlari qorala-nadi va unga
minglab la’natlar o‘qiladi, tinchlik va ozodlik yo‘lidagi barcha urinishlar, xalqning
Doro I ga qarshi kurashidagi qahramonliklari yanada ulug‘lanadi. Shiroqning buyuk
qahramonligi bugungi kunda ham og‘izdan og‘izga o‘tib, Vatan tuyg‘usi bilan
yashayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim tarbiya maktabini
o‘tashiga hech bir shubha yo‘q.
Bu ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar Doro I ni bir qator islohotlar o‘tkazishga majbur
qilgan. U, hatto saroy zodagonlari huquqlarini ham chеklab qo‘yadi va qattiqqo‘llik
bilan siyosat olib boradi, mamlakatda o‘zining mutlaq hokimiyatini joriy qiladi.
Doro I Gerodot ma’lumotlariga qaraganda mamlakatni satrapliklarga bo‘lib idora
qilgan. Satraplik tеpasida hokim-satrap turgan. U chеklanmagan hokimiyatga ega
bo‘lgan. Uning ixtiyorida harbiy va fuqarolik hokimiyati markazlashgan edi.
Odatda, satraplar faqat ahamoniylar oilasiga mansub forslardan tayinlangan.
Ularning faoliyatini doimo nazorat etib turish maqsadida maxsus amaldor-
ayg‘oqchilar qo‘yilgan. Ular, odatda, shahanshohning eng ishonchli «ko‘z-
quloqlari» edilar.
O‘rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan Baqtriya va Marg‘iyona bilan
birga hisoblaganda 12 satraplikka bo‘linib idora qilingan. Bu satrapliklar podsho
xazinasiga har yili 360 talant1 o‘lpon to‘lagan. Parfiya, Xorazm, Sug‘d va Arеya
6 Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi ( eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) –T.: Sharq, 2000. – B.
132.
10
birgalikda 16 satraplikdan iborat bo‘lib 300 talant, saklar va kaspiylar esa 15
satraplik bo‘lib, ular har yili Doro I xazinasiga 250 talant o‘lpon soliq to‘laganlar.
Bundan tashqari, O‘rta Osiyo aholisi shahanshoh xazinasiga har yili to‘lab
turgan aniq miqdordagi soliqlarga qo‘shimcha yirik davlat qurilishlarida ham ishlab
berar edilar. Xullas, O‘rta Osiyo xalqlari miloddan avvalgi VI–IV asrlarda, ya’ni
qariyb 200 yil mobaynida Eron ahamoniylari hukmronligi ostida yashadilar. Ular
doimo erk va ozodlikka intilib kurashdilar. Faqat miloddan avvalgi IV asrlarga kеlib
ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagach, zulm asoratida
bo‘lgan xalqlar o‘z mustaqilliklariga imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘rta Osiyoda o‘z
mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi. Baqtriya esa to
makedoniaylik Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) istilosiga qadar ahamoniylar
hukmronligi ostida bo‘lgan. Juda ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoning o‘troq
vohalaridagi sug‘orish tartibida mil.avv. VI-IV asrlarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib
o‘tganligini e’tirof etadilar. Bu davrda ko‘p joylardagi to‘planib qolgan suvlardan
foydalaniladigan mavsumiy tabiiy sug‘orish o‘rnini keng hududlarni sug‘orish
imkoniyatini beruvchi yirik magistral kanallar tartibi egallaydi. Bunday o‘zgarishlar
natijasida nisbatan kengroq hududlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning deyarli barcha tarixiy-madaniy viloyatlarida olib borilgan
arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘troq aholi tomonidan yangi yerlarning
o‘zlashtirilganligi kuzatiladi.7
Shimoliy Baqtriya hududlarida bu davrda Surxon va Kobadiyon vohalari keng
miqyosda o‘zlashtirilib, o‘ng qirg‘oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar
o‘tkaziladi. Vaxsh vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil.avv. V-IV
asrlarga oid manzilgoh aniqlangan. Xorazm hududlarida, chap qirg‘oq
Amudaryodagi Sariqamish havzasida joylashgan Ko‘zaliqir yaqinida Ahamoniylar
davriga oid yirik dehqonchilik vohasi aniqlangan. Bu yerdan o‘sha davrga oid bir
nechta kanallar aniqlangan. Ta’kidlash joizki, Ahamoniy podsholari va satraplari
7 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 128.
11
qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga, avvalo, dehqonchilikka katta e’tibor berib
turganlar. Ksenofontning xabar berishicha, «podsho o‘z mamlakatining ayrim
qismlarini o‘zi aylanib chiqadi, ayrim qismlariga o‘z ishonchli odamini yuboradi.
Agar hokimlar o‘zlashtirilib obod etilgan, bog‘-rog‘lar barpo etilib ekinlar ekilgan
yerlarni ko‘rsatsalar ularga yana yangi yerlar qo‘shib berilib, turli mukofotlar in’om
etiladi».
O‘rta Osiyodagi dastlabki korizlar yer osti sug‘orish kanallari ham
Ahamoniylar davrida paydo bo‘ladi. Polibiy salavkiylar hukmdori Antiox III ning
Parfiya dashtlari orqali yurishini ta’riflar ekan, bu yerda sug‘orish ishlari quduqlari
bo‘lgan bir nechta yer osti kanallari orqali amalga oshirilib ular «forslar davrida»
bunyod etilgani haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. VI-IV asrlar sug‘orish inshootlari
takomillashuvi bilan birga O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligida dehqonchilik
taraqqiyotiga sezilarli turtki bergan temir buyumlardan foydalanish ham keng
tarqaladi. Shimoliy Baqtriyadagi Qizilcha 6, Xorazmdagi Ding‘ilja va Ko‘zaliqir,
So‘g‘diyonadagi Afrosiyob va Daratepa hamda boshqalardan topilgan temir
buyumlar shu jarayondan dalolat beradi.
Bu davrda O‘rta Osiyo o‘troq tarixiy-madaniy viloyatlari xo‘jaligi doirasida
chorvachilik ham taraqqiy etadi. Xo‘jalikning bu turi katta va kichik daryolar
havzalari hududlarida, tog‘ va tog‘ oldilarida, dasht chegara hududlarida ayniqsa
jadallik bilan rivojlanadi. Qadimgi Xorazmdagi Ko‘zaliqirdan mil.avv. VI-IV
asrlarga oid hayvonlar suyaklarining topib tadqiq etilishi bu yerda xo‘jalikning
asosini chorvachilik, avvalo, yirik tuyoqli hayvonlar tashkil etganligidan dalolat
beradi. Persepol tasvirlarida ham ko‘pgina O‘rta Osiyo halqlari fors podsholariga
soliq sifatida turli hayvonlarni yetaklab kelayotganligining tasvirlangan. Tarixiy
manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga
qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget kabilalari malika To‘maris
(Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan
ularning katta qo‘shinini tor-mor etadilar. Malika To‘maris va massagetlarning
harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi.
Gerodot xabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar
12
orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib nayza va
qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat massagetlar
g‘alaba qozondilar.” Kir II qo‘shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi
miloddan avvalgi530 yilga to‘g‘ri keladi.
Tarixchi Polien forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi
afsona to‘g‘risida xabar beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak kabilalarining vakili
bo‘lgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz
sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi. Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va
tashnalikdan halok bo‘ladilar. Miloddan avvalgi522 yilda ahamoniylar taxtiga Doro
I o‘tiradi. U taxtga o‘tirishi bilanoq Parfiya, Marg‘iyona va “saklar o‘lkasi”da
forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522
yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga Frada ismli kishi boshchilik
qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlarni
qo‘zg‘olonchilarga qarshi jo‘natadi. Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming
marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi. “Saklar
o‘lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518 yillarda
bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi.
Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib, ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi
Skunha asir olinib, o‘rniga boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta
Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan
sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar.
Ahamoniylar davlati tarixdagi birinchi imperiyalardan biridir ,bu davlat
qariyb ikki yuz yil to Aleksandr Makedonskiy ahamoniylarning so‘nggi hukmdori
Doro III ni mag‘lubiyatga uchratganiga qadar mavjud bo‘lgan.Ahamoniylar juda
ko‘p hududlarni bosib oladi shu bilan birga bizning ham yurtimizga o‘z yurishlarini
boshlaydi lekin bu ular uchun oson kechmaydi qadimgi turon zaminida
ahamoniylarga qarshi juda ko‘plab qarshiliklar xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tadi
ancha talafot ko‘radi lekin turli xil xiyla va qurol va qo‘shin ustunligi tufayli ular
13
o‘rta osiyoni egallab oladilar.Lekin shunga qaramay o‘rta osiyoda qarshilik
harakatlari to‘xtamaydi. 8
8B.J. Eshov O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – B. 170.
14
II BOB. AHAMONIYLARNING MA’MURIY BOSHQARUVI
2.1 Ahamoniylarning cheklanmagan hokimiyati
Eron bilan O‘rta Osiyoning qadim zamondagi etnik tarkibini aniqlash juda
qiyin. Faqat bir narsani komil ishonch bilan aytish mumkinki, miloddan avvalgiII
ming yillikkacha bundagi tillarda na sеmit va na hind-Yevropa tillariga o‘xshashlik
bo‘lgan. Bundagi tillardan bizga ma'lum bo‘lgani elamiy tilidir, bu til Eronning
janubi-g‘arbida ustunlik qilgan, ammo uzoq qadimda elamiy tili ancha nari, sharq
va sharqi-shimolda ham tarqalgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Faqat miloddan avvalgi II ming yillikda, ayniqsa I ming yillikda etnogеnеz
manzarasi oydinlashib borgan. Sovet davri ilmiy adabiyotlarida O‘rta Osiyo va
Eronda hind-eron qabilalari paydo bo‘lgan. Ular shimol tomondan kеlgan dеb faraz
qilinadi. Ammo eroniy tillar shimoldan janubga kirib kelgan degan fikrlar asossizligi
haqida yangi fikrlar bor, ya’ni fors ko‘rfazi hududida eroniy tillarning dariy lahjasi
bo‘lgani haqida farazlar bor.
Miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida g‘arbiy Eronda eron tilida
so‘zlashuvchi qabilalar yashagan. Buni Ossur yilnomachilaridan bizga еtib kеlgan
bir qancha rayonlarning onomastika va toponimikasi isbotlaydi. Eronda mеzolit va
nеolit davriga oid manzilgohlar, arxеologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza
shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana,
Pasargad harobalaridan topilgan ulug‘vor haykallar, qoyatosh rеlеflari, qimmatbaho
mеtallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-
bеzaklar topib o‘rganilgan. Yevropa olimlari J. dе Margo va Grishman bu qadimgi
shaharlar xarobalarini o‘rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo‘shdilar.
Miloddan avvalgi VII -VI ming yilliklarda g‘arbiy Eronda dеhqonchilik bilan
shug‘ullanadigan o‘troq va chorvador qabilalar miloddan avvalgiVI -V ming
yilliklarda Eronning boshqa hududiga tarqaladi. Miloddan avvalgi III ming yillik
boshlarida janubi-g‘arbiy Eronda Elamtu (bobil va ossur tilida «mamlakat») yoki
Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mеsopotamiya hamda shimoliy va
sharqiy Eron bilan bog‘langan Korun va Kеrxa daryolari vodiylarida joylashgan.
Suza shahri poytaxtga aylandi.
15
Midiya va Eron tarixi bo‘yicha ma'lumot bеradigan manbalardan biri bu
yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gеrodot (miloddan avvalgi V asr)ning
tarixi, Fukidid (miloddan avvalgi V asr) tarixi, Ksеnofontning «Yunon tarixi» asari,
uning «Anabasis» mеmuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi
asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik
ma'lumotlar bеradi.
Eron va O‘rta Osiyoning xo‘jaligi va undagi ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risida
biz asosan arxеologiya yodgorliklaridan bilib olamiz. Uzoq o‘tmishning aks sadolari
Eronda kеng tarqalgan diniy asar – “Avеsto”ning ilk qatlamlarida saqlangan.
Hilma-hil hujjatlardan iborat butun bir arxiv bizgacha faqat Elam davridan
еtib kеlgan. Miloddan avvalgiVI asrdan boshlab Ahmoniylarning yozuvlari paydo
bo‘la boshlagan. Ko‘p masalalarni hal etishda Gеrodot, qisman Ktеsiy va boshqa
antik dunyo mualliflarining asarlari yordam bеradi.
Eron xalqlaridan yuqorida bir nеcha marta tilga olingan elamiylar hammadan
oldin tarix sahnasiga chiqqan. Elamiylar mamlakati fors qo‘ltig‘iga quyadigan ikki
daryo - Kеrxa bilan Karuna daryolari havzasini va shimol tomonda unga tutashgan
tog‘li Anchan o‘lkasini ishg‘ol qilgan. Elamning poytaxti Suza (Kеrhi bo‘yidagi)
tеkislikda joylashgan edi. Arxеologlar bu erdan (miloddan avvalgiIV-III asrlardagi)
enеolit yodgorliklarini, ayniqsa badiiy jihatdan yuksak, naqsh solingan sopol
buyumlarini topganlar. Shu narsa muhimdirki, Elam butun tarixi davomida Ikki
daryo oralig‘i bilan maxkam aloqada bo‘lgan va bu aloqa uning iqtisodiyoti hamda
madaniyatiga ta'sir ko‘rsatgan. Shu narsa ham ibratlidirki, Elamda paydo bo‘lgan
o‘ziga xos yozuv tizimini mahalliy piktografiya asosidagi iеroglifikani g‘arbiy
qo‘shnilardan o‘zlashtirib olgan mixxat miloddan avvalgiIII ming yillikda siqib
chiqargan. Dastlab mixxat matnlari akkad tilida yozilgan, miloddan avvalgiII ming
yillikda esa elamiy tilida yozila boshlagan. Elamning Ikki daryo oralig‘idagi
davlatlar bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari ko‘p o‘zgarib turgan. Vaqti-vaqti bilan
Elam Akkadga (miloddan avvalgiXXIII asr) va Shumеrga (Urning III sulolasi
vaqtida - miloddan avvalgiXXI asrda) qaram bo‘lib qolgan. Ammo buning aksi yuz
bеrgan hollar ham bo‘lgan, Elam podsholari g‘arbiy qo‘shinlarning kuchsizlanib
16
qolganliklaridan foydalanib, ularga qarshi hujumga o‘tgan. Masalan, eramizdan
avvalga XX-XVIII asrlarda tarqoqlik va o‘zaro urushlar davrida Elam, Dajla va Frot
havzasida o‘z nazoratini o‘rnatgan.
Miloddan avvalgiII ming yillikda elamiylar yana kuchayib kеtib, Bobilga
yurishlar qilgan. Elamning ijtimoiy munosabatlarida qo‘shni Ikki daryo orlig‘iga
o‘xshagan joylari ko‘p bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, mahalliy xususiyatlari ham
bo‘lgan, albatta. Bunda tarkib topgan tabaqaviy jamiyat sharoitida har xil matriarxat
qoldiqlari Ikki daryo oralig‘idagidan ko‘ra uzoqroq saqlangan, bu qadimgi Misrda
ro‘y bеrgan shu singari ahvolni eslatadi. Chunonchi, еr uchastkalari tamomila
ayollar ihtiyorida bo‘lgan. Taxt mеrosligining o‘ziga xos tartibi ham ibratlidir, taxt
otadan o‘g‘ilga o‘tmagan, balki akadan ukaga o‘tgan (fratiarxat). Miloddan
avvalgiVIII-VII asrlarda Elam bilan Osuriya o‘rtasida juda qattiq va kеskin kurash
borgan va bu kurash Ashshurbanipal qo‘shinlarining Suzni tor-mor kеltirishi bilan
tugagan. Shundan kеyin Elam mustaqil o‘rin tutmagan, ammo elamiy tili fors va
bobil tillari bilan birga yashayvеrgan. Bеhistun yozuvining uch tilda bo‘lganligi
bunga dalildir.
Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga)
tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga,
balki, ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko‘pgina
imtiyozlarga ega bo‘lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib
olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi
hisoblangan.
Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining
boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo‘lib uning tarkibiga boy
oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan.
Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal
qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.9
9 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 128.
17
Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi deb
atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig‘i va davlat boshqaruvida
shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh
ma’muriy markazi Suza shahri edi.Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan
bo‘lib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan.Shahanshoh devonxonasi boshlig‘i
«dapirpat» - mirzaboshi deb atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar,
qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar.
Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida
muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, yagona pul
tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umumdavlat yozuvi – oromiy
yozuvi
paydo
bo‘ladi.
Shuningdek,
davlat
pochtasi
tashkil
topadi.
Qadimgi karvon yullari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi. Amaldagi turli
xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat qonunlari ishlab
chiqiladi.Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imkoniyatlar yaratiladi.
Tasviriy san`at.Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik,
rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan
edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar,
sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor
ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning
ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash
shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda
qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi
Kserks
saroyi
qadimgi
Eron
me`morchiligining
ajoyib
namunalaridir.
Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir.Saroy darvozasiga
shoh
saroyini
qo`riqlovchi
qanotli,
muqaddas
buqalarning
haykallari
9 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 116.
18
ishlangan.Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi
qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.
ErondagiBexistunqoyasidanShohDoroIvaturlio`lkalardanbog`labolibkelinay
otganqabilasardorlariningqabartmatasvirlarizamonimizgachasaqlanibkeladi.
Bularning barchasi Eronda tasviriy san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan
darak beradi.
Yagona davlat tarkibidagi turli xalqlar ilmiy bilimlari, san’ati va diniy
tushunchalari bir-birlarini to‘ldirib, boyitib, barcha xalqlarningboyligiga aylanadi.
Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoliklar ilk bor zarb qilingan tanga pul bilan,
oromiy yozuvi bilan tanishishdi, bunga Markaziy Osiyo hududlarida Ahamoniylar
davrida amalda bo‘lgan tilla va boshqa tangalarning topilganligini dalil sifatida
ko‘rsatish mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari yagona davlat tarkibidagi qadimgi
Elam, Vavilon, Misr sivilizatsiyasi bilan tanishadi. Ahamoniylar davlati madaniy
hayotida Markaziy Osiyo xalqlari: baqtriyaliklar, xorazmiylar, sug‘diylar,
parfiyaliklar, marg‘iyonaliklar va saklar ham muhim o‘rin egallaganlar.
Shunday qilib, Ahamoniylar davrida ko‘pchilik Markaziy Osiyo xalqlarining jahon
sivilizatsiyasining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi o‘rni juda katta bo‘lgan.
Ajdodlarimiz shu davrlardanoq chet el bosqinchilariga qarshi mardona kurash olib
borishgan. Shu bilan birgalikda o‘zlarining madaniy xususiyatlariini saqlab qolishga
muvaffaq bo‘lishdi.10
10B.J. Eshov O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – B. 176.
19
III BOB. AHAMONIYLARNING DINIY VA HARBIY BOSHQARUVI
3.1 Ahamoniylarning davlat boshqaruv tartibi
Makedoniyalik Iskandarning mil.avv. 334-324 yillardagi harbiy yurishlari
natijasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va
O‘rta Osiyo, Hind daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi
ulkan davlat tashkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327 yillardagi O‘rta Osiyoga
bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o‘sha davrda bu hududlarning ijtimoiy-siyosiy
va madaniy hayotida muhim o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyoga Ellin (Ellada)
madaniyati kirib keldi. O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar
tarkibiga kirib, bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma’muriy tartib joriy etildi. Bu tartib
O‘rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy, tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo‘ldi.
Xususan, bu davrda O‘rta Osiyoda dastlabki tanga pullar zarb etildi. Yunon yozuvi
kirib keldi. Shaharsozlik, me’morchilik va amaliy san’atda birmuncha o‘zgarishlar
bo‘lib o‘tdi.11
Ammo Makedoniyalik Iskandar davlati ham turli xalqlar, elatlar va
qabilalarning zo‘rlab birlashtirilgan yig‘indisidan iborat bo‘lib, faqat qo‘rqitish va
qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandarning
Bobilda to‘satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
Yunon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o‘rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz
kurash boshlandi.
Bu paytda yunonlar va makedonlar O‘rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi
qatlamini tashkil etar edilar. Makedoniyalik Iskandar vafotiga qadar Baqtriya va
So‘g‘diyona satrapi asli makedonlardan bo‘lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu
hududlar asli Kipr orolidan bo‘lgan yunon Stasanor qo‘l ostiga o‘tdi. Bu paytda ikki
diadox - Evmen va Antigon Iskandar davlatining asosiy yerlarini qo‘lga kiritish
uchun o‘zaro kurashayotgan edilar. Filippning katta qo‘shinlari bilan yordam
11 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 118.
20
bergani tufayli Antigon Iskandar davlatining katta qismiga hukmronlik o‘rnatishga
muvaffaq bo‘ldi. Ammo uning bu hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi.
Mil.avv.
312
yilda
Iskandarning
eng
ishonchli
sarkardalaridan
biri Salavka diadoxlar bilan bo‘lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va
boshqa qo‘shni viloyatlarni bosib oldi va ko‘p o‘tmay Old Osiyo, Eron va O‘rta
Osiyo hududlariga ham o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Ammo Hindistondagi harbiy-
siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi muvaffaqiyat Salavkiylar foydasiga hal
bo‘lmadi. Miloddan avvalgiIV asrning oxirlarida bu yerda Chandragupta asos
solgan kuchli Maurya davlati Salavkaga qattiq qarshilik ko‘rsatganligi sababli
Salavka sulh tuzishga majbur bo‘ldi.
Uning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari
ahvoliga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu yerda salavkiylarga
qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining
ko‘p sonli qo‘zg‘olonlari bu kurashlardan dalolat beradi. Ular salavkiylarning
tayanch nuqtalari bo‘lgan Marg‘iyonadagi Aleksandriya va aftidan, Aleksandriya
Esxatani vayron etadilar. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kurashlar natijasida yirik
etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas, salavkiylar hokimiyatni
egallagan paytdayoq ularning O‘rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu
sababli O‘rta Osiyo viloyatlari yerlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib ketgan
Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (straplik)larni ta’sis
etdi.
Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, yirik va qalin devor bunyod etdi
(Marg‘iyona devori), qo‘zg‘olonlari bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish
maqsadida atrofidagi o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi.
Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar
tufayli O‘rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi harakatlar bostirildi.
Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, “Salavka ba’zi bir joylarni
muzokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo, Baqtriya, Parfiya, So‘g‘d yerlarida u qattiq
qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishga to‘g‘ri keldi“. Bu ma’lumotni
qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi: “Salavka I baqtriyaliklar, so‘g‘diylar,
21
parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular yerlariga
hukmronlik qila boshladi”. Hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bu hududlarning
bosib olinishi miloddan avvalgi306-301 yillariga to‘g‘ri keladi.
O‘rta Osiyodagi viloyatlar salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Salavka Iskandar davrida Spitamanning qizi Apamaga
uylandi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi yoki boshqa maqsadni nazarda tutibmi,
Salavka miloddan avvalgi293-yilda o‘g‘li Antiox I ni Sharqiy satraplarga, jumladan
O‘rta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi.
O‘zining uzoq yillik hukmronligi davrida (miloddan avvalgi293-261-yy.)
Antiox G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining
sharqiga, shumladan O‘rta Osiyo yerlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda uning
viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq
xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati
markazidan chetda bo‘lishiga qaramasdan, O‘rta Osiyo ular davlatining eng muhim
qismi edi. O‘rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib,
salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida shaharlar va qishloqlar
qurdirib
ularda
hunarmandchilik,
o‘zaro
almashinuv
va
savdo-sotiqni
rivojlantirganlari bejiz emas.
Salavka I Antigon bilan hokimiyat uchun talashib, Sharqiy hududlar va Kichik
Osiyo uchun keyingi kurash jarayonidayoq yo‘l-yo‘lakay o‘z hokimiyatida
boshqaruv tartibini joriy eta boshlagan edi. U Iskandar an’analariga sodiq
qolganligini ko‘rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida
saqlab qoldi. Tangashunoslik manbalari ma’lumotlariga qaraganda Salavka I davlati
Ahmoniylar va Iskandar davlatlariga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat 27-28
satrapiyalarga bo‘lingan.12
Har qaysi satrapiyani shoh tomonidan tayinlab qo‘yilgan satrap yoki strateg
deb nomlanuvchi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham
ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy
12B.J. Eshov O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – B. 178.
22
boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq
yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga
olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Giyeraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari
asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan.
Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida
to‘plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar
edilar.
Salavkiylar
hokimiyati,
O‘rta
Osiyodagi
harbiy
manzilgohlarda
(katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm
qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar.13
O‘z davrida salavkiy hukmdorlari shaharsozlik bilan faol shug‘ullanganlar va
keyinchalik «Salavkiya» deb atalgan shahar markazlariga asos solganlar. Markaz
sulola vakillaridan birining nomi bilan atalgan hollarda unga polis huquqi (to‘liq
mustaqil bo‘lmagan) berilgan. Bunday shaharlar ma’muriy nazorat ostiga olingan.
Shuningdek, bu shaharlarda yunon aholisi jamlanishi lozim edi. Salavkiylarning
shaharsozlik faoliyati haqida Pliniy, Strabon, Ammian Marsellin kabi antik davr
mualliflari ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona Antioxiyasi,
Skifiyadagi Antioxiya, Tarmat Antioxiyasi (Termiz bo‘lishi mumkin), Oyxonim
kabilar polis huquqiga ega bo‘lgan. Salavkiylar davlatida shaharlarga tobe qishloqlar
o‘zining jamoa tuzilishini saqlab qolgan bo‘lib, ularning tobeligi jamoaviy
xususiyatga ega bo‘lgan va ular polis hududiga kiritilmagan.
Salavkiylarning O‘rta Osiyodagi istilochilik siyosati haqida to‘liq
ma’lumotlar saqlanmagan. Ammo qo‘shni viloyatlarga oid ko‘p sonli
ma’lumotlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, salavkiylarning istilochilik siyosati
O‘rta Osiyoni ham chetlab o‘tmagan. Bu siyosatni amalga oshirish maqsadida ko‘p
sonli yunonlar ko‘chirib keltirilgan. Ular yangi bunyod etilgan shaharlar hamda
13 O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq,
2001.Ergashev Sh.E. ,,O’rta asrlar tarixi’’ T.:Cho’lpon.2008. – B. 120.
23
yunon harbiy manzilgohlari – katoykiyalarida istiqomat qilganlar. Ayrim hollarda
mahalliy aholi vakillari ham hokimiyat boshqaruvida ishtirok etganlar.
Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiya hududlarida
ko‘p aholili shaharlar ko‘p edi. Marakanda, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi
shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan
topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari
rivojlanganligidan dalolat beradi.
O‘rta Osiyodagi yunonlar bilan aloqalar mahalliy xalqlar madaniyatining ba’zi
tomonlarini g‘arbga tarqatuvchi muhim omillardan biriga aylandi. Ayrim
tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, ellin madaniyatida sof yunon madaniy ijodi
emas, balki yunon va sharq mamlakatlarining o‘ziga xos qo‘shilishi o‘z aksini topdi.
Ellin madaniyatining rivojlanishida O‘rta Osiyo xalqlari ham muhim rol o‘ynadilar.
O‘rta Osiyoning katta qismi salavkiylar davlatiga qo‘shib olinishi g‘arb va sharq
o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga turtki berdi. Shu bilan
birga mahalliy madaniyat, savdo-sotiq, shahar hayoti, hunarmandchilik va sug‘orish
ishlari izchil rivojlanib bordi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri
yunon-makedon istilosi tufayli vayron etilgan iqtisodiy hayotni tiklash,
baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parvfiyaliklar va boshqa O‘rta Osiyo xalqlarining
salavkiylarga qarshi kurashish uchun birlashuvi davri bo‘ldi.
Miloddan avvalgiIII asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon
yarim orolida salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi.
Natijada salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Miloddan avvalgi250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-
Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon
qildilar.
24
Parfiya haqidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgiVII asrga oid
Ossuriya hujjatlarida uchraydi. Miloddan avvalgiVI asrning boshlarida Parfiya
kuchli Midiya hukmronligi ostiga tushib qoladi.14
Parfiya qo‘shni Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyona kabi serhosil yerlarga
ega emas edi. Tadqiqotchilarning “Qoraqum-Parfiya davlatining beshigidir” degan
fikrlari bejiz emas. Biroq mamlakat harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim
hududda joylashgan edi. Midiyaliklarga u skiflar hujumidan saqlanishi uchun zarur
bo‘lsa, Kir uchun boy Xorazm vohalariga chiqish yo‘lidagi darvoza vazifasini o‘tar
edi. Makedoniyalik Iskandarning Parfiyani istilo qilishiga sabab shimoldagi
ko‘chmanchi qabilalarni itoatda tutish bo‘lsa, salavkiylar uchun Parfiyani qo‘lda
saqlash shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta’minlash demak edi.
Miloddan avvalgi 247-yilda Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi
Niso shahriga hujum qilib uni egallaydi. Shu yili parnlar Arshakni o‘zlariga podsho
qilib saylaydilar. Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha Arshak uzoq muddat
podsholik qilgan va katta mavqega ega bo‘lgan. Sulola (Arshakiylar) asoschisi
o‘zining tashkilotchiligi, jasurligi va mohir diplomatligi sababli qisqa muddat ichida
mustaqil davlat tuzishga erishgan. Miloddan avvalgi235-yildan boshlab Parfiya
podsholari o‘z davlatlari hududlarini kengaytirib bordilar.
Paydo bo‘lganligining dastlabki o‘n yilligida Parfiya podsholigi Parfiyona va
Arshak I qo‘shib olgan Girkaniyadan iborat edi. Bu paytda Parfiya xalqaro siyosat
maydonida unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmay, tashqi siyosatini asosan
Salavkiylar va Yunon-Baqtriyadan mustaqil bo‘lishga qaratgan. Mil.avv. 230-228-
yillar Salavka II ning Parfiyani qayta qo‘shib olish uchun qilgan harakati
muvaffaqiyatli chiqmadi. O‘zini o‘nglab ola boshlagan Arshak I qo‘shin to‘plash,
qal’alalarni mustahkamlash, yangi shaharlar barpo etishga kirishdi.
Parfiya davlatining ulkan imperiyaga aylanib xalqaro siyosat maydoniga
chiqishi Mitridat I hukmronligi bilan bog‘liqdir. O‘ttiz besh yil (mil.avv. 171-137-
yy.) hukmronlik qilgan bu podsho ko‘plab harbiy yurishlar qildi. Uning hukmronlik
14 Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. – Toshkent, 1995. – B. 90.