AHOLI DAROMATLARINING SHALILANTIRILISHI
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning
o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, ‘ul mablag’larini, natural
ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib,
uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan
olingan ‘ul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha
ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidya’in va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi
“Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida
keltirilgan:1
Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan
tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining
‘ul va natural ko’rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir,
chunki harbiy xizmatchilar ham o’z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh
ko’rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo’yicha keltirilgan bandlar
daromad turini emas, balki faoliyat turini ko’rsatadi va h.k.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha ‘ul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk,
2
qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil
xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z
iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim
ko’rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi,
sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.
Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan
tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik
darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.
prezidentimiz
I.Karimov
ta’kidlab
o’tganlaridek:
«Mustaqillik
yillarida
odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo’lgan munosabati ham tubdan
o’zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o’ziga bog’liq ekanligini
tushunib etayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda».1
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real
daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan
daromadlarining ‘ul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va
majburiy to’lov summasiga kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida
bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini
ko’rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan
asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi ‘ul
tushumlari;
1
3
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan ‘ud daromadlari.
Respublikamizda 2004 yilda aholining nominal ‘ul daromadlari 2003 yilga
nisbatan 17,6 foizga o’sib, 7571,4 mlrd. so’mni tashkil etdi. Iste’mol narxlari indeksi
bo’yicha hisoblangan aholining real daromadlari esa 16% ga o’sgan. Aholi real
daromadlarining oshishida asosiy omil bo’lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi,
iqtisodiy o’sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyastiyaning sezilarli darajada
pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya
qilishning kuchayganligi hisoblanadi.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish
haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy
hajmining shakllanishida o’zining etakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi ‘ul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lovlar
sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu manbalar hisobiga ‘ensiya ta’minoti amalga oshiriladi va
turli xil nafaqalar to’lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan ‘ul daromadlari quyidagilardan
iborat: davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot
jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar;
akstiya, obligastiya bahosining ko’’ayishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha
to’lovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil
to’adigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar; har xil turdagi kompensastiya to’lovlar va h.k.
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisining pul daromadlari shakllanish
manbalari bo’yicha quyidagi ma’lumotlar orqali tavsiflanadi (1-chizma).
4
1.1.1-rasm. Mamlakatimiz aholisining pul daromadlari
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari
tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1. Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
2. Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4. Turar joy sharoitlari.
5. Ma’lumot va madaniyat.
6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7. Aholining daromadlari va xarajatlari.
8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9. Trans’ort vositalari.
10.
Dam olishni tashkil etish.
5
11.
Ijtimoiy ta’minot.
12.
Inson erkinligi.
Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar
ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM, aholi jon boshiga
to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste’mol hajmi va
boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to’’lami mehnat sharoiti, ta’lim,
sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga
oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va
oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida
(butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun)
qarab chiqish mumkin. Birinchi yondoshuv turli mamlakatlarda aholining turmush
darajasini aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi
bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash
iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator
turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet,
minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa
ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan
belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil
qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun
kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» deb ataladigan
tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to’’lamiga
uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish
imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Masalan,
O’zbekistonda
aholining
uzoq
muddatli
foydalanish
vositalari
bilan
ta’minlanganligini 4-jadval orqali tasavvur etish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlamining
mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid
6
qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy
imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi –
bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi
hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.
Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
1.2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan
birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha
daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi
darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko`payishiga olib keladi.
Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi.
Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar
tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida
Lorenst egri chizig’idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig’ida aholi
guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan
daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq
teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda
ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos
keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning
7
20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni
olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi
mutloq tenglikni ifodalaydi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin.
Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday
daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo’ladi.
Chizmadagi 0FE siniq chizig’i mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki
aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi.
Bunday taqsimlanishini Lorenst egri chizig’i deb nomlanuvchi 0E egri chizig’i orqali kuzatish
mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan
ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi
to’g’ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g’ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning
eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g’ri keladi. Bu guruh chegarasi
ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga
ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g’ri keladi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorenst egri chizig’i o’rtasidagi tafovut
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorenst
egri chizig’i 0E chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi
ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng
bo’lsa, bunda Lorenst egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq
yo’qoladi.
8
1.2.1-rasm. Lorens egri chizig’i.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o`rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi
daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti) ko`rsatkichi qo`llaniladi.
Djini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizihi bilan mutloq tenglik chizig’i
o`rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu ko`rsatkich qanchalik katta bo`lsa, (ya`ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik
shuncha kuchli bo`ladi.
Jamiyat a`zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko`rsatkich 0 (nol')ga intiladi.
Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,33
ga qadar, AqSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan
9
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar ham mavjud bo`ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
- kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
- ta`lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o`rnatishga layoqatliligi (bozordagi
hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a`zolari uchun
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta`minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert
to`lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to`lovlari eng past daromad
oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va
qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Daromadlar
tabaqalanishini
aniqlashning
ko‘proq
qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichlaridan bir disel koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng yuqori
va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda eng past
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik
borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir138. Yalpi daromadning
aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun aholi daromadlari
tengsizligi indeksi (Djini koeffitsiyenti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatgich
italiya iqtisodchisi va statistigi Кorrado DJini (1889-1965) nomi bilan ataladi.
Mazkur ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik
shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu
ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi.
Larens egri chizig‘i bilan bog‘liq daromadlarining tengsizligi darajasini
aniqlashning usullaridan biri Shvetsariya iqtisodchisi Paretoga tegishli. U daromadlar
taqsimlanishini tadqiq qilib eng kam va eng yuqori darajada daromad oladigan
tabaqalar ulushi aholining kamchilik qismini tashkil etishini ko‘rsatadi. Jumladan,
AQSH da barcha aholiga nisbatan eng kam daromad oluvchilar 13,5 foizni, eng
10
yuqori daromad oladiganlar 5-20 foizini tashkil etgan. Daromadlarning asosiy qismi
o‘rtahol qatlamlarga to‘g‘ri kelgan. Daromadlarning taqsimlanishidagi bu bog‘lanish
iqtisodiy nazariada Pareto qonuni deb yuritiladi. Aholi daromadga qarab
guruhlanishini daromadlar piramidasi orqali tasavvur qilish oson bo‘ladi.
1.2.2-rasm. Daromadlar piramidasi.
Кo‘rinib turibdiki, piramidaning asosiy qismini o‘rta qatlamlar egallagan.
Aholining o‘rta qatlam toifasiga daromadi tirikchilik umumiy qiymatidan yuqori
bo‘lgan, lekin o‘rtacha daromadlar darajasidan oshib ketmaganlar kiradi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi, bozor
tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish, daromadlar tengsizligi
muammosini keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni molmulkka uy-joy, ko‘chmas
mulk, aksiya (va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning
tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n
baravar
yuqori
daromadga
ega
bo‘lgan
ijtimoiy
qatlam
shakllanadi.
Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi
bilan oilalarning to‘plagan molmulki meros qoldirilishi sababli daromadlar
tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol
11
muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlilikni ta’minlab
borish muammolari yuzaga chiqadi. Har qanday iqtisodiyot sharoitida daromadlar
tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning
asosiylari quyidagilar: kishilarning umumiy layoqati (jismoniy, aqliy va estetik) dagi
farqlar; ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; tadbirkorlik
mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; ishlab chiqaruvchilarning
bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib
chiqib). Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert
to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad
oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va
tengsizlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi
25,7 % ni tashkil etdi. Transfertlardan olingan daromadlar ijtimoiy transfertlardan
(pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar) va boshqa joriy transfertlardan olingan
daromadlardan tashkil topadi. 2020- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki
ma’lumotlariga ko‘ra, transfertlardan olingan daromadlarning 41,9 % ini ijtimoiy
transfertlardan olingan daromadlar tashkil qilgan bo‘lsa, 58,1 % ini boshqa joriy
transfertlardan olingan daromadlar tashkil qildi. O‘tgan davr mobaynida pensiya,
nafaqa va stipendiyalarning o‘zgarishi aholi umumiy daromadlarining 2,3 % ga
o‘sishiga imkon berdi.
Daromadlar
tabaqalanishini
aniqlashning
ko’’roq
qo’llaniladigan
ko’rsatkichlaridan bir distel koeffistienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori
ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha
daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu
nisbat 13:1ga, Shvestiyada esa 5,5:1ga teng.
Yal’i daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi
daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini
koeffistienti chizmadagi Lorenst egri chizig’i bilan mutloq tenglik chizig’i o’rtasidagi
12
yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik
katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat
a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan,
keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar,
AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar ‘asaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan
bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi
alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan
birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va
ishlovchilar toifalari bo’yicha yuqori tengsizligi tarkib to’adi.
Jumladan O’zbekistonda o’rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida
tarmoqlarda ish haqi darajasining o’zgarishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlari mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor
tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o’z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning
res’ublikada ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tengsizligi muammosini
keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko’chmas mulk, akstiya va
boshqalar)ga ega bo’lish omili o’ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish
jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o’n baravar yuqori
daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi
mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o’tishi bilan oilalarning to’’lagan mol-
mulki meros qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro’y beradi.
Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhit yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va
daromadlar taqsimotida adolatlikni ta’minlab berishning muhim muammolari kelib
chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
- kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
- ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- ishlab
chiqaruvchilarning
bozorda
narxlarni
o’rnatishga
layoqatliligi
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
13
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar
tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay
moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert
to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng ‘ast daromad
oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va
qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
1.3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy
yo’nalishlari
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan
soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari
o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda
ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fermerlarga
narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan
foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga ‘ul yoki natural yordam ko’rsatishga
qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan
bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni
inson’arvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyastiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol
tovarlariga narxning o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksastiyalash, ya’ni
nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholi
kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy
14
talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat
asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj
qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi,
shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga
va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan
siyosatdir.
Res’ublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik
yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar I.A.Karimovning “O’zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”1 kitobida to’liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish –
bu narxlar erkinlashtirilishi va ‘ulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati
bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish
hisoblanadi. Bunda res’ublikaning o’ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar
nisbatini o’zgartirish, ish haqi, ‘ensiyalar, sti’endiyalarning, jamg’arma banklardagi
aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o’zida qayta ko’rib
chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o’zgartirishda 1993 yil
joriy etilgan yangi yagona ta’rif setkasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu barcha
toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffistientlari orqali, eng kam
ish haqi vositasi bilan bevosita o’zaro bog’lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi - ichki iste’mol bozorini
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari
iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi
mahsulotlar eks’ortini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj
to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-
1
15
ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o’tish
imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning
uchinchi yo’nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va
qo’llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu
yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - ‘ensionerlar, nogironlar, ko’’
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan
miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yal’i ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich
boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga
asoslanib, ijtimoiy ko’maklashishning mavjud usullarini va ‘ul bilan ta’minlash
manbalarini tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq
maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko’zda tutadi. Yordam tizimi
faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo’llanilib, shu
maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda
jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar
yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. Bu tizimda kam
daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali etkaziladi. Shu
maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik
tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus
jamg’armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va
vositalar yangi tuzilmasi ‘aydo bo’lishini ham taqozo qiladi.
16
II-BOB. DAROMADLAR TENGSIZLIGI VA UNI KAMAYTIRISH
SIYOSATI.
2.1.Aholi daromadlari tengsizligini kamaytirish yo’llari va ijtimoiy
farovonligini oshirish
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, daromad bo‘yicha aholi orasidagi tengsizlik
darajasi o‘sib bormoqda. Dunyoning eng boy 10 foiz aholisi dunyo
daromadlarining 40 foiziga ega bo‘lib, aksincha, dunyoning eng kambag‘al 10 foiz
aholisi esa dunyo daromadining atigi 2 dan 7 foizigacha egadir. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda, aholining o‘sishini inobatga olganda, tengsizlik darajasi 11 foizga
o‘sganligi kuzatilmoqda.
Aholi qatlamlari o‘rtasidagi tobora kengayib borayotgan tengsizlikni
qisqartish uchun eng kam daromad oluvchi aholi qatlamlarining iqtisodiy ahvolini
yaxshilashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha dadil choralarning
qabul qilinishi va insonlarning irqi, jinsi va millatiga qaramasdan iqtisodiy o‘sish
jarayoniga qo‘shilishini ta’minlash talab qilinadi.
Daromad bo‘yicha tengsizlik hodisasi butun dunyo mamlakatlariga xos
bo‘lganligi bois, uning yechimini butun dunyo mamlakatlari birgalikda izlashi va
hayotga tadbiq qilishi talab etiladi. Buning uchun qonunchilik mexanizmlarini
takomillashtirish, moliyaviy bozorlar va institutlarni yanada samaraliroq nazorat
qilish hamda eng muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq sarmoya va xorijiy
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish zarur. Migratsiya va
aholi
ko‘chishining xavfsizligini ta’minlash ham kengayib borayotgan ijtimoiy
tengsizlikni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tengsizlikni qisqartirish maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17
maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli
chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni
qo‘llash talab qilinadi.
Aholining turmush darajasi ko`p jihatdan uy xo`jaliklarining jamg’arilgan
aktivlari va oilalarning joriy daromadlariga bog’liq bo`ladi. O`zbekiston uchun
oilalarning 98 foizi joriy moddiy holatidan qat`iy nazar, o`zlarning xususiy mulki
bo`lgan shaxsiy turar joylariga ega.
17
2020- yilning yanvar-sentabr oylarida (to‘qqiz oy davomida), aholi jon boshiga
umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Farg‘ona viloyati (6 271,5
ming so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6 378,0 ming s‘om) va Namangan
(6 562,9 ming s‘om) viloyatida qayd etildi.
COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida aholi jon boshiga real daromadlar
o‘sishiga sezilarli ta’sir etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng
yuqori real o‘sishi Navoiy (3,3 %) va Samarqand (1,5 %) viloyatlarida kuzatildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahri (6,6 %), Sirdaryo (5,0 %) Andijon (4,2 %),
Farg‘ona (4,0 %), Xorazm (3,6 %), viloyatlarida aholi jon boshiga real
daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida
xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun etkazib beriladigan tabiiy gaz narxini
belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizga etkazib berilayotgan tabiiy gaz qo`shni davlatlarga nisbatan
arzon narxlarda etkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni
sotish uchun qirg’izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, qozog’istonda 100-
140 dollar, O`zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. SHuningdek,
mamlakatimizda
mustaqillikka
erishilgach
aholi
uy-joy
va
xonadonlarini
gazlashtirishga katta e`tibor qaratilmoqda . Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlarni
gaz bilan ta`minlanganlik darajasi o`rtasida tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat
berilmoqda.
Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan
olingan daromadlarning (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band
bo‘lishdan olingan daromadlar) eng yuqori ulushi Navoiy (82,6 %) viloyatida
kuzatildi. Aksincha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona,
Surxondaryo, Andijon, Namangan, Qashqadaryo viloyatlarida hamda Toshkent
shahrida o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Shuningdek, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Andijon, viloyatlarida va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, transfertlardan olingan daromadlar aholining umumiy
daromadlariga nisbatan 30 % dan yuqori ulushni tashkil etdi.
18
2020-yilning yanvar-sentabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat faoliyatidan
olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 68,8 % ni tashkil etdi.
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2019-yilning mos
davriga nisbatan 111,4 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal
hajmining 7,9 % ga o‘sishini ta’minladi.
Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar
ham muhim ahamiyatga ega. 2018 yilning yanvar-mart oylari dastlabki
ma`lumotlarga ko’ra o’tgan yilning mos davriga nisbatan transfertlardan olingan
daromadlarning nominal o’sish sur’ati 177,7 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu
davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi 8,2 % punktga
oshdi va 32,2 % ni tashkil etdi. Joriy davrda ijtimoiy transfertlarning o’sish sur’ati
120,2 % ni tashkil etdi.
2.1.1.-rasm. Ijtimoiy transferlarning turlari bo’yicha o’sish sur’ati,%da.
19
Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori nominal o‘sish sur’ati Navoiy
(117,4 %), Toshkent shahrida (114,1 %), Surxandaryo (109,9 %), Buxoro (109,2 %)
va Jizzax (109,1 %) viloyatlarida qayd etildi.
Hududlarda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning eng
yuqori ulushi Jizzax viloyatida 57,7 % kuzatildi. Aksincha Toshkent shahrida va
Qoraqolpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatgich o‘rtacha respublika darajasidan past
bo‘lgan.
Hududlarda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning eng
yuqori ulushi Jizzax viloyatida 57,7 % kuzatildi. Aksincha Toshkent shahrida va
Qoraqolpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatgich o‘rtacha respublika darajasidan past
bo‘lgan.
Aholining tadbirkorlik faoliyatidan, mulki va mustaqil ravishda bandlikdan
olinadigan daromadlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Tahlil davrida dehqon
xo`jaliklari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan umumiy daromadlari salmog’i 26,9
foizdan 36,4 foizgacha o`sdi. SHaxsiy yordamchi va dexqon xo`jaliklari mahsulotlari
tobora ko`proq tovar xarakteriga ega bo`lmoqda. U natural iste`mol manbasidan ko`ra
ko`proq aholining pul daromadlari o`sishi omiliga aylanmoqda.
Bu esa dehqon xo`jaliklariga ajratilgan er maydonlaridan foydalanishning
iqtisodiy samarodligi o`sganligidan dalolat beradi. Ulardan tovar mahsulotlarini
ishlab chiqarish va pul daromadlarini shakllantirishda keng miqyosida va samarali
foydalanilmoqda
Aholi daromadlarning o`sishi xarajatlar tarkibining yanada mukammal
bo`lishiga olib keldi. Aholining xarajatlar strukturasida tovarlar xaridi uchun
xarajatlar salmog’i kamaydi va xizmatlar uchun haq to`lashning salmog’i o`sdi. SHu
bilan bir paytda yordamchi xo`jalik va biznes yuritish, ko`chmas mulklarni xarid
qilish va jamg’arma xarajatlari o`smoqda. Xarajatlarning tovar tarkibida oziq-ovqat
mahsulotlarini xarid qilish xarajatlari salmog’ining kamayishi bilan bir vaqtda,
nooziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, óçîq muddatlarda foydalaniladigan tovarlarni
xarid qilishga sarflanadigan xarajatlar ulushi o`sdi.
20
Shuni ta'kidlash lozimki, 2018 yil yanvar-mart oylari dastlabki ma'lumotlarga
ko'ra
aholi umumiy daromadlari hajmida
kichik tadbirkorlikdan olingan
daromadlarning ulushi 47,7 % ni tashkil etdi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar
Surxondaryo (51 %), Jizzax (50,7 %), Xorazm (50,3 %), Samarqand (49,7 %),
Toshkent (49,3 %), Namangan (48,7 %) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (50,4 %)
sezilarli ulushni egalladi.
2.2 O’zbekistonda aholi daromadlari tengsizligi va ularning tahlili
"Aholi turmush darajasi" tushunchasi juda murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uni
tavsiflash uchun biror indikatorni tanlash qiyin, shuning uchun bu atamaning turli
jihatlarini tavsiflaydigan bir qator statistik ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Bugungi
kunda aholining turli guruhlari manfaatlari hisobga olinmoqda, ish bilan bandlikning
samarali tizimi va ish haqi to’lash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha
chora-tadbirlarni ko’rish orqali har bir insonga munosib hayot bilan ta’minlanmoqda.
So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini
yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan
daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon
bo`lmoqda. Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2017 yillarda aholi jon
boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o`sib borish
tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning
tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish
sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z
ta`sirini ko`rsatgan.O`tgan davr mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam
ravishda oshib borgan va 2017 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar 2000 yildagi
darajasiga nisbatan 13,2 marta real oshgan. Shuningdek, ushbu davr oralig`ida
o`rtacha ish haqi hamda pensiyalar miqdori mos ravishda 24,3 va 18,6 marta ortgani
kuzatildi.
Daromadlar konsentratsiyasi Djini koeffitsienti (KG) mamlakat aholisi
daromadlarining taqsimlanishini ko'rsatadi.
21
O`rganilayotgan davrda daromadlarning taqsimlanishida ham ijobiy o`zgarishlar
kuzatilmoqda. Aholi guruhlari o`rtasida daromadlarning teng taqsimlanishini aks
ettiruvchi Djini koeffitsienti respublikasida 2000 yildagi 0,39 dan 2017 yilda 0,26
gacha kamaydi. Bu esa o`z navbatida jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar
bo`yicha aholining tabaqalanishini sezilarli darajada kamayishidan darak beradi.
2.2.1-rasm. O’zbekiston respublikasida 2000-yilga nisbatan aholi jon boshiga
daromadlar,ish haqi, pensiya o’sish grafikasi,(marta).
O`z
navbatida,
daromadlar
tarkibida
mehnat
faoliyatidan
olingan
daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan
daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2010 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan
daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste`mol uchun o`zida
ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2010
yilda 1,8 %) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi
ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi
22
bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi
natijasida yuzaga kelganligidir .
2.2.2.-rasm. O’zbekiston Respublikasida 2010-2017-yillarda aholining
umumiy daromadlari tarkibi %da.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan
maqsadli
chora-tadbirlarni
amalga
oshirilishi
natijasida
aholining
kichik
tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 2017 yilda 55,7 % ni tashkil etdi .
23
2.2.3.-rasm. O’zbekiston Respublikasida aholi umumiy daromadlari
tarkibida,kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi .
2017 yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning o’rtacha respublika
darajasidan yuqori ko’rsatkichlari Toshkent shahrida - 12,7, Navoiy - 9,0, Buxoro -
6,6, Toshkent viloyatlarida - 6,0 mln.so’m qayd etilganligi kuzatildi .
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sish sur’ati Xorazm
viloyatiga (16,0 %) to`g`ri keladi. Shuningdek, Namangan viloyati (13,5 %),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (12,6 %), Andijon viloyati (11,7%), Toshkent shahri
va Surxondaryo viloyatlarida (9,6%) aholi jon boshiga umumiy daromad
ko’rsatkichlarining real o’sish sur’atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.
Daromadlar
konsentratsiyasi
Djini
koeffitsienti
(KG)
mamlakat
aholisi
daromadlarining taqsimlanishini ko'rsatadi.
24
2.2.4.-rasm. 2020-yilda O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi
jon boshiga umumiy daromadlar real o’sish sur’ati,%da.
O`rganilayotgan davrda daromadlarning taqsimlanishida ham ijobiy o`zgarishlar
kuzatilmoqda. Aholi guruhlari o`rtasida daromadlarning teng taqsimlanishini aks
ettiruvchi Djini koeffitsienti respublikasida 2000 yildagi 0,39 dan 2017 yilda 0,26
gacha kamaydi. Bu esa o`z navbatida jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar
bo`yicha aholining tabaqalanishini sezilarli darajada kamayishidan darak beradi. Bu
o`zgarishlarni yana boshqa ba`zi ko`rsatkichlar yordamida, ya`ni aholini daromadlari
bo`yicha detsil hamda kvintil guruhlari kesimida ham ko`rish mumkin. Jumladan,
2000-2017 yillarda detsil koeffitsientining 21,1 barobardan 6,2 barobargacha, kvintil
koeffitsientining esa 9,9 barobardan 4,1 barobargacha kamayish tendensiyasini
keltirish mumkin .
Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda
iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini
25
oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu
daromadlardan
samarali
foydalanish
uchun
sharoitlar
yaratib
kelinmoqda.
Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-
ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga
qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham
ko`rish mumkin. 2017 yilda 2000 yilga nisbatan aholining iste`mol xarajatlari
tarkibida oziqovqat mahsulotlarining ulushi 14,2 birlikka kamaygan bo`lsa, nooziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajatlar 7,0 birlikka va xizmatlarga
qilingan xarajatlarning ulushi 7,2 birlikka oshgan.
2.2.5.-rasm.2020-yil yanvar-sentabr oylarida Ozbekiston Respublikasi
hududlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi,so’mda.
26
Quyidagi grafikda iste`mol xarajatlari tarkibini yanada kengroq talqin etish orqali,
aholi tomonidan eng ko`p oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga (44,3%), boshqa
nooziq-ovqat mahsulotlariga (21,2%), kiyim kechak va oyoq kiyimlarga (10,7%),
kommunal xizmatlarga (6,9%) xarajatlar amalga oshirilayotganligini ko`rish mumkin.
2.2.6-rasm. Iste’mol xarajatlari tarkibi.
27
XULOSA
Aholining daromadlari jamiyatdagi ijtimoiy holatni aniqlaydi, har bir kishining
daromad darajasi u yashayotgan mamlakat iqtisodiyotiga bog'liq.
Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi
jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Daromadlar
insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini,
yadrosi hisoblanadi. ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish
muhimdir.
Odamlar
hayotining
ijtimoiy
tomoni
iqtisodiyotga
nisbatan
ikkilamchi
hisoblanadi, chunki turmush darajasi iqtisodiy rivojlanish darajasiga bevosita
bog'liqdir.
Aholining daromadlar darajasini oshirishda ish bilan bandlik ham muhim ahamyat
kasb etadi. Bo’sh ish o’rinlarini ko’paytirhs va u yerga ishsiz aholini jalb etish ham
daromadlar oshishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
2018 yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 286,3 trln so‘mni, bir
kishiga o‘rtacha hisoblaganda 8,7 mln so‘mni tashkil etdi, deya xabar qildi Davlat
statistika qo‘mitasi. Aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 10,3 foizni,
aholi jon boshiga umumiy daromadlar 8,686 mln so‘m, aholi jon boshiga real
umumiy daromadlar esa 7,391 mln so‘mni tashkil etdi.
Umumiy daromad doimiy tushib turadigan pul va natural ko‘rinishdagi
daromadlarni o‘z ichiga oladi. Real daromad esa chakana narxlar va tariflar
o‘zgarishlarini hisobga olgan holda real xarid qilish qobiliyatini anglatadi.
Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlari bo‘yicha Toshkent shahrida
(16,262 mln so‘m) hamda Navoiy (13,579 mln so‘m), Buxoro (10,825 mln so‘m),
Xorazm (9,146 mln so‘m) va Toshkent (9,076 mln so‘m) viloyatlarida o‘rtacha
respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgani kuzatildi. Aholi jon
boshiga daromadlarning eng quyi ko‘rsatkichlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi
(6,311 mln so‘m) va Namangan viloyatida (6,801 mln so‘m) qayd etildi.
28
Aholi umumiy daromadining 71,1 foizi mehnat faoliyatidan, 23,5 foizi esa
transfertlardan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mol-mulkdan olingan daromadlar 3,5 foiz,
shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar 1,8
foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy o‘sishga yo‘naltirilgan siyosat har doim ham kambag‘allikni
kamayishiga xizmat qilmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy siyosat ko‘rinishlari
iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi va kambag‘allikni kamaytirishga xizmat
qiluvchi turlarga ajratish mumkin. Jumladan, innovatsiyalarni rivojlantirish,
investitsion
muhitni
yaxshilashga
yo‘naltirilgan
siyosat
iqtisodiy
o‘sishni
ta’minlashga xizmat qilsa, progressiv soliq siyosati, makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash va barcha aholi qatlamlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish siyosati
kambag‘allikni kamaytirishga turtki beradi, bandlikni oshirish, korrupsiyani
kamaytirish, ta’lim sifatini yaxshilash kabilar ham iqtisodiy o‘sish, ham
kambag‘allikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Mol-mulkdan olingan daromadlar 33,5 foizga o‘sib, 9,9 trln so‘mga yetdi.
Bunda Toshkent shahrining ulushi 69 foizdan iborat bo‘ldi.
Transfertlardan olingan daromadlar tuzilmasida ijtimoiy to‘lovlar (pensiya,
nafaqa, stipendiya, dotatsiya va boshqalar) 38,7 foiz, boshqalar esa (chet ellardan pul
o‘tkazmalari va boshqalar) 61,3 foizni tashkil etdi.
Pensiya,
nafaqa
va stipendiyalar
hajmining
o‘zgarishi
aholi
umumiy
daromadining 2,3 foizga o‘sishini ta’minladi. Chet eldan pul o‘tkazmalari hajmi 64,6
foizga, ularning aholi umumiy daromadidagi ulushi 3 foizga oshdi.
29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. 2020 yil 23 sentyabr
O‘RQ-637-son.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2020 yil 24 iyul, O‘RQ-630-son.
4.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2019 yil 29 oktyabr, O‘RQ-576-son
5.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida.
Toshkent sh., 2016 yil 13 aprel, O‘RQ-404-son.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston -
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020 yil 5 oktyabr, PF-6079-son.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent sh.,
2022 yil 28 yanvar, PF-60-son.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlis
Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar. //Xalq so‘zi,
2020 yil 25 yanvar. 19-son.
9.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
10.
Mirziyoev SH.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
“O‘zbekiston” NMIU, 2017.
11.
Mirziyoev SH.M. erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
12.
Gulyamov S.S., Ayupov R., Abdullaev A.M. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn
texnologiyalari. –T.: TMI, 2019.
13.
Gulyamov S.S. Aql kapitalini rivojlantirish uchinchi renesansning eng ustuvor
vazifalaridan sanaladi//Xalq so‘zi, 2022 yil 5 aprel, № 70 (8132).
30
14. Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: nashriyoti, 2020.
15. B.T. Salimov, M.T. Asqarova, IMikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. Darslik. –
T.: “Iqtisodiyot”, 2019.
16. Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov. Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik) -
T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot- matbaa uyi», 2020.
17.Xodiev B.YU., SHodmonov SH.SH. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.:
Barkamol fayz media, 2017. – 783 bet.
18. T. Salimov “Mikroiqtisodiyot” darslik , M.S. Yusupov, B.B. Salimov (18-20-
betlar. 2019-yil).
19. Elizarov, YF Tashkilotlar (korxonalar) iqtisodiyoti: o'quv qo'llanma /
Y.F.Elizarov. - M.: Ekspertiza, 2013. - 495 p.
20. Sergeev, I. V. Tashkilot (korxona) iqtisodiyoti: o'quv qo'llanma /
I. V. Sergeev. - M.: Moliya va statistika, 2012. - 573 p.
21. Firma (tashkilot, korxona) iqtisodiyoti: O'quv qo'llanma / V.Ya. Gorfinkel, T.G.
Popadyuk; Ed. B.N. Chernysheva, V. Ya. Gorfinkel. 2-nashr. - M.: Universitet
darsligi: SRC INFRA-M, 2014. - 296 p.