Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)
1. Aleksandr Nikolaevich Skryabinning ijod yo’li.
2. A.N. Skryabin musiqiy tili.
3. Aleksandr Skryabinning fortepiano ijodi.
4. Aleksandr Skryabinning simfonik ijodi.
1. Ijod yo’li. Aleksandr Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist,
pedagog. O’z zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib
turadi. Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu
davrning keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy
vaziyati aks etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ’iboti o’zining serma’noliligi va
g’oyalarning yangi ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan.
Uning g’oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo’li mobaynida katta
evolyutsiyani bosib o’tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador
bo’lgan bo’lsa, keyingi yillarida, XIX asrning boshi impressionizm va ekspressionizm
oqimlariga murojaat qilgan. Hayotining kechki davrida esa simvolizmning adabiy -
badiiy oqimiga aloqador bo’lgan.
Aleksandr Nikolaevich Skryabin 1871-yil 26 dekabr Moskva shahrida
tavallud topdi. Uning otasi Nikolay Aleksandrovich Skryabin diplomat, onasi Lyubov
Petrovna Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin yoshligida
Moskva kadet korpusida( Dvoryanlarning bolalaridan ofitserlar tayyorlagan o’rta
harbiy bilim yurti) tahsil olgan. Musiqaga bo’lgan layoqati bolaligidan boshlangan.
Georgiy Eduardovich Konyus, Nikolay Sergeevich Zverevlardan fortepiano darslarini
olgan.1888-yilda Moskva konservatoriyasiga o’qishga kirib Vasiliy Ilich Safonov
sinfida
fortepianodan,
S.I.Taneev
sinfida
nazariyadan,
Arenskiy
sinfida
kompozitorlikdan saboq ola boshlagan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin umri
mobaynida ikki marotaba uylangan bo’lib birinchi rafiqasi Vera Ivanovna Skryabina
(Isakovich), ikkinchi rafiqasi esa Tatyana Fedorovna Shletser edi.
Uning ijodiy yo’lini uch davrga bo’lamiz. Ilk ijod davri 80-90 yillar oxiri.
1894-yil Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo’lib o’zining pedagogik
qobiliyatini ko’rsatdi.
U Rossiya va xorijda kontsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning
asarlarini nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy kontsert safarlariga homiylik
qilgan Belyaev unga katta yordam ko’rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha
xarakterli bo’lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali
mazmun kasb etdi. Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir.
Ijodining ikkinchi davri 1900-1909 yillarga to’g’ri keladi. Bu davr Skryabin
uchun “gullab yashnash” davri bo’ldi. Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, (“Ilohiy poema”)
simfoniyalari ko’rimli o’rinni egallaydi. Bir paytning o’zida fortepiano uchun -
To’rtinchi sonata, “Tragicheskaya poema” (Fojeali poema), “Sataninskaya poema” (
Shayton poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan.
1904-1910 yillari Shveytsariya, Italiya, Frantsiya, Amerika Birlashgan
shtatlarida yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”,
Beshinchi sonata kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so’nggi 1910-1915
yillari Moskvada o’tdi. Rossiya, Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga kontsert
safarlarini amalga oshirdi. Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada
ko’rimli joyni egallaydi. Bu davrda orkestr, fortepiano va xor uchun so’zsiz
kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta
sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, fortepiano uchun p’esalarlarni
yaratadi. Skryabinda, san’at turli ko’rinishlarini bir butunlikka birlashtiruvchi
“Misteriya”(O’rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish fantastik g’oyasi
tug’ildi. U san’at sintezini orzu qilar edi. “Prometey” partiturasiga mavjud bo’lmagan,
cholg’uga atalgan, bo’lak nota yo’lagini olib kirdi. Shu bilan birga ma’lum mavzu va
garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko’k va boshqa ranglar to’lqinida yoritilishi
kerak.
2. Musiqiy tili. Skryabin XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy
madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o’zining tovush dunyosini,
obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ’ibotchidir. Musiqiy tilidagi
yangi xususiyatlar uning garmoniyasida yorqin ifoda kasb etdi. Yangi ifodali
vositalarni topishda izlanish Skryabinning ijodiy yo’lidir. Rimskiy-Korsakov va
boshqa bir kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda,
Skryabin o’zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o’tkir garmoniya, spetsifik
xususiyatlariga keladi. Nonakkordlarning keng qo’llanilishi Skryabin garmonik
tilining xususiyatiga kiradi.
Skryabin musiqasining usuliga kelsak u impulsli, tezkordir. Urg’uning keskinligi,
muayyan aniqlikga ega bo’lmagan variantlarning ko’pliligi, yangi usul tarkibida
takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko’pliligi Skryabin musiqasiga notinch,
besabrlik xarakterini beradi.
3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o’z ijrosida asabiy
hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini, sur’at
va usulning o’zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va boyligini
pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali etkazib bera olar edi. “Unda go’zal va yumshoq
tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo’lib royal kichik
passajlarda ajoyib mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “
Skryabin ijrosi aniq badiha kabi, sirli, ishqiy bo’lib, uning texnikasi xaqida gapirish
kerak emas . Uning o’yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o’ylamaysiz, hayolingizga
ham kelmaydi. Uni faqat tinglab, ijodiy irodasi bilan sizni tinglashga va
hayajonlanishga majbur qilayotgani ----Buyuk san’at ekanligiga amin bo’lib, bosh
egasiz”, deb xarakterlagan ekan, Skryabin ijrosi ashaddiy ixlosmandi bo’lgan
taqrizchilardan biri .
Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Kontsert , 10
ta sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy),
“ K plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga
kiradi. Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar,
noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini
aks ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost”
(Ajiblik) kabi poemalari ajoyib sirli nomlarga ega.
10 sonatasining ichidan 3 ta sonatasi an’anaviy sonata tsikllaridir, qolgan sonatalar
esa bir qismlidir.
Skryabin fortepiano asarlari uning uslubi evolyutsiyasini aks ettirgan. Ilk
davrining asarlari melodik tilning go’zalliligi va kuychanligi bilan ajralib turadi.
Skryabin lirik melodiyasi egiluvchan va bukiluvchan bo’lib, qalb kechinmalarini
nozik tuslarda etkazadigan, o’ziga xos (izvilisto’y) suratiga ega. Skryabin, ohang
kuychanligidan qat’iy nazar, vokal qo’shiqli xarakteridan holiroq, instrumental
cholg’u musiqasiga ahamiyat bergan, bu xislat aynan uning dramatik epizodlaridagi
musiqasida paydo bo’ladi. O’tkir sinishlar, sakramalar, qo’shimcha ta’kidlangan
skryabincha usulning xarakterli xislatlari uning melodikasiga xosdir. Skryabin uchun
odatiy bo’lgan metrik siljishlar, sinkopalar, punktir usuli, pauzalar, titroq hayajon
bilan nozik ifodaning bo’rtirilgan, notinchlikning mardonavor yuksalish bilan bo’lgan
uyg’unligini yaratadi.
Skryabin deyarli fuga, fugato kabi imitatsion polifoniya shakllariga murojaat
qilmagan, biroq polifoniyacha fikr yuritgan. Murakkab ohanglashtirilgan shakllar
bilan boyitilgan bayon cholg’u vosita ifodasini chuqur anglaganligini ko’rsatadigan
skryabincha fortepiano uslubiga xosdir.
4. Simfonik ijodi. 1900-yillarda kompozitorning falsafiy kontseptsiyasi
tiniqlashib, g’oyalari ulkan qanot qoqdi. San’at vositasida dunyoni o’zgartirib
yuborish g’oyasi uning birinchi simfoniyasi(1900 y.), ”Bojestvennaya poema” (Ilohiy
poema) G’1904 y.G’ nomli uchinchi simfoniyasi, “Poema ekstaza”(Jazava
dostoni(1907y.), “Prometey” (1910y. ) kabi bir qismli poema asarlarida aks etgan.
Kulminatsiyaning (avj, cho’qqi) yuqori yuksakligiga intilgan holda, kompozitor
orkestr tarkibini kengaytirib organ, qo’ng’iroqlar partiyasini, “Prometey”ga so’zsiz
xor va maxsus chiroqlar partiyasini olib kirgan. Skryabin asarlari ekstaz g’oyasini,
ko’rinmas kosmik sohalarga intilish g’oyasini, san’at kuchining o’zgartirilib
yuborilishi g’oyasini tug’diradi. A.N. Skryabin fikriga ko’ra --- musiqa, she’riyat,
raqs, me’morchilik va chiroq kabi, san’atning barcha turlari birlashmasini o’z ichiga
olgan “Misteriya” asari shohona ixtiroga aylanishi kerak edi. Uning asarlari katta
darajada badiiy yakunliligi, katta, kuchli emotsional ta’sirliligi bilan ajralib turadi.
A.N. Skryabin ijodi XX asr fortepiano va simfonik musiqasiga katta ta’sir etdi.
Musiqa va chiroqni umulashtirish (sintezi) g’oyalari kelajakda rivojlana boshladi.
Tayanch iboralar:
1. Impressionizm.---XIX asr 70-yillarida avval frantsuz rassomchiligida, so’ngra
musiqa, adabiyot, teatrda paydo bo’lgan badiiy oqim. Kompozitor impressionistlar
musiqasida arang ko’zga ilingan psixologik ruhiy holat kayfiyatlarining etkazilib
berilishi eng asosiydir. Ipressionizm namoyondalari K.Debyussi, M.Ravel, P.Dyuk va
boshqalar.
2. Simvolizm.---Frantsiyada paydo bo’lgan adabiy-badiiy, falsafiy-estetik
yo’nalish. Simvolizm asosida xaqiqiy dunyo sirlariga g’ayri-tabiiy, mistik tarzda
kirish, “yuqori sezgirlik “ tushunchasi.
Adabiyot:
1. Levashova O.E., Keldo’sh Yu.V., Kandinskiy AI. Istoriya russkoy muzo’ki.
M. 1979. t II
2. Igor Belza. “ Aleksandr Nikolaevich Skryabin” Izdatelstvo “Muzo’ka”
Moskva.1983 g.