Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

27,4 KB


 
 
 
 
 
 
Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887) 
 
  
 1. Borodinning hayotiy va ijodiy yo’li. 
 2. Borodin ijodiga xarakteristika. 
 3. Borodinning ”Knyaz Igor” operasi. 
 4. Borodin simfonik ijodi. 
 5. Borodin romanslari. 
 
 
 
1.Hayotiy va ijodiy yo’li. Aleksandr Porfirevich Borodin--kompozitor ,yirik olim 
– ximik, jamoat arbobi va musiqiy tanqidchidir. U “Knyaz’ Igor” buyuk operasi, 
simfoniyalar, kamer cholg’u va fortepiano asarlari, Borodinning o’z she’rlariga 
yozilgan romans, qo’shiqlarining avtoridir. Borodin musiqa xaqida ko’plab maqolalar 
yozgan, adabiyot va musiqiy tanqid javhalarida ham o’z ishlari bilan mashhurdir. 
Pedagoglik sohasida ham faoliyat yuritib 42 tadan oshiq ilmiy ishlar muallifidir. Bular, 
Borodin yaratib ketgan ishlarning to’liq ro’yxati emas. 60-yillar rus musiqa 
madaniyatining daho namoyondalari o’ziga xos keng dunyo qarashlari bilan ajralib 
turar edilar. Borodin qudratli yirik olim va buyuk kompozitor, adabiyotni ham yaxshi 
tushunishidan, fikrlarining aniq va teranligi bilan ajralib turar edi. Bir so’z bilan 
aytganda u go’zal, kelishgan, mehribon zukko, hayotiy kuch quvvatga ega inson edi. 
  
Aleksandr Porfirevich Borodin 1833-yil 11 noyabr Peterburg shahrida 
tug’ilgan. Aleksandr Porfirevich Borodinning asl otasi gruzin millatiga mansub knyaz 
Luka Stepanovich Gedeanov bo’lib, onasi esa oddiy mayda savdogar-askar oilasidan 
bo’lgan Avdotya Konstantinovna Antonova edi. Borodin o’z familiyasini knyaz 
xizmatkori Porfiriy Ionovich Borodindan meros qilib olgan, uning onasi oddiy oiladan 
bo’lganligi uchun knyaz bolaga o’z familiyasini berishi mumkin emas edi. Ilk 
Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887) 1. Borodinning hayotiy va ijodiy yo’li. 2. Borodin ijodiga xarakteristika. 3. Borodinning ”Knyaz Igor” operasi. 4. Borodin simfonik ijodi. 5. Borodin romanslari. 1.Hayotiy va ijodiy yo’li. Aleksandr Porfirevich Borodin--kompozitor ,yirik olim – ximik, jamoat arbobi va musiqiy tanqidchidir. U “Knyaz’ Igor” buyuk operasi, simfoniyalar, kamer cholg’u va fortepiano asarlari, Borodinning o’z she’rlariga yozilgan romans, qo’shiqlarining avtoridir. Borodin musiqa xaqida ko’plab maqolalar yozgan, adabiyot va musiqiy tanqid javhalarida ham o’z ishlari bilan mashhurdir. Pedagoglik sohasida ham faoliyat yuritib 42 tadan oshiq ilmiy ishlar muallifidir. Bular, Borodin yaratib ketgan ishlarning to’liq ro’yxati emas. 60-yillar rus musiqa madaniyatining daho namoyondalari o’ziga xos keng dunyo qarashlari bilan ajralib turar edilar. Borodin qudratli yirik olim va buyuk kompozitor, adabiyotni ham yaxshi tushunishidan, fikrlarining aniq va teranligi bilan ajralib turar edi. Bir so’z bilan aytganda u go’zal, kelishgan, mehribon zukko, hayotiy kuch quvvatga ega inson edi. Aleksandr Porfirevich Borodin 1833-yil 11 noyabr Peterburg shahrida tug’ilgan. Aleksandr Porfirevich Borodinning asl otasi gruzin millatiga mansub knyaz Luka Stepanovich Gedeanov bo’lib, onasi esa oddiy mayda savdogar-askar oilasidan bo’lgan Avdotya Konstantinovna Antonova edi. Borodin o’z familiyasini knyaz xizmatkori Porfiriy Ionovich Borodindan meros qilib olgan, uning onasi oddiy oiladan bo’lganligi uchun knyaz bolaga o’z familiyasini berishi mumkin emas edi. Ilk  
 
bolaligidan boshlab uning musiqaga qiziqishi va xarakterida maqsadga intiluvchanlik 
xislatlari paydo bo’la boshladi. O’qituvchilarining rahnamoligi ostida fortepiano va 
fleyta musiqa cholg’ularida va violonchel cholg’usida mustaqil chalishni o’rgana 
boshladi. Borodinda kompozitorlik qobiliyati erta boshlandi. Bolaligida fortepiano 
uchun polka, fleyta uchun kontsert, ikkita skripka va violonchel uchun trio asarlarini 
yaratgan. O’zining do’sti bilan Betxoven, Gaydn va Mendelson asarlarini fortepianoda 
4 qo’lda ijro etishar edi. 
 Borodinni yoshligidan ikkita hissiyot qiziqtirar edi: musiqaga bo’lgan qiziqish va 
ximiyaga bo’lgan qiziqish. Borodinning ijodiy etuklik davrida ximiyachi olimlar 
“Borodinni 
musiqa 
ilm 
fandan 
chalg’itmoqda“deb 
o’pkalanishsa, 
musiqa 
namoyondalari “ Ilm fan unga musiqa bilan shug’ullanishga xalaqit bermoqda “ deb 
ayblashar edi. 
  
1850-yilda Borodin Peterburgdagi Tibbiy xirurgik akademiyasiga o’qishga 
kiradi. Bu erda u ximiyani chuqur o’zlashtira boshladi. U o’qituvchisi, do’sti va 
rahbari bo’lgan professor N.Zininning sevimli o’quvchilaridan biri edi. N.Zininning 
laboratoriyasida ko’p yillar mobaynida o’tkazgan tashviqotlari mobaynida M.Butlerov 
bilan do’stlashadi va tez orada Borodin olim bo’lib etishadi. 
  
Ammo Borodin musiqani unutmagan holda ansambl jamoalarida chalar va 
romans, kamer ansambl uchun asarlar yaratar va havaskor to’rtlik kvartet kichik 
jamoalarida chalar edi.Glinkaning “Ivan Susanin” operasini yoddan bilar edi. 
Akademiyada ishlash bilan birgalikda u musiqa garmoniyasi va polifoniyasini ham 
o’rganib borar edi. 1855-yilda Borodinga imtiyozli tabib diplomi topshiriladi. Keyingi 
yilda Borodin harbiy gospital shifoxonasining ikkinchi ordinatori bo’lib tayinlanadi. 
Shunday qilib uning hayotida uchinchi yo’l, tibbiyotga bo’lgan yo’l ochiladi. Bu 
gospitalda u keyinchalik eng yaqin do’sti bo’lib qoladigan ofitser Modest Petrovich 
Musorgskiy bilan tanishadi. 
  
Borodinning doktorlik dissertatsiyasiga tanlagan mavzusi tibbiyotdan ko’ra 
ximiyaga yaqinroq edi. 1858-yilda dissertatsiyani omadli himoya qilib, “Tibbiyot 
fanlari doktori” nomiga sazovor bo’ldi va shu davrdan boshlab ximiya kafedrasida 
assistent lavozimida ishlay boshladi. Yosh mutaxassis sifatida uni xorijga safariga, 
komandirovkaga jo’natishadi 1859-yilda Borodin, Evropaning ilmiy markazi 
hisoblanmish Germaniyaning Geydelburg shahridagi eng qadimiy universitetiga 
bolaligidan boshlab uning musiqaga qiziqishi va xarakterida maqsadga intiluvchanlik xislatlari paydo bo’la boshladi. O’qituvchilarining rahnamoligi ostida fortepiano va fleyta musiqa cholg’ularida va violonchel cholg’usida mustaqil chalishni o’rgana boshladi. Borodinda kompozitorlik qobiliyati erta boshlandi. Bolaligida fortepiano uchun polka, fleyta uchun kontsert, ikkita skripka va violonchel uchun trio asarlarini yaratgan. O’zining do’sti bilan Betxoven, Gaydn va Mendelson asarlarini fortepianoda 4 qo’lda ijro etishar edi. Borodinni yoshligidan ikkita hissiyot qiziqtirar edi: musiqaga bo’lgan qiziqish va ximiyaga bo’lgan qiziqish. Borodinning ijodiy etuklik davrida ximiyachi olimlar “Borodinni musiqa ilm fandan chalg’itmoqda“deb o’pkalanishsa, musiqa namoyondalari “ Ilm fan unga musiqa bilan shug’ullanishga xalaqit bermoqda “ deb ayblashar edi. 1850-yilda Borodin Peterburgdagi Tibbiy xirurgik akademiyasiga o’qishga kiradi. Bu erda u ximiyani chuqur o’zlashtira boshladi. U o’qituvchisi, do’sti va rahbari bo’lgan professor N.Zininning sevimli o’quvchilaridan biri edi. N.Zininning laboratoriyasida ko’p yillar mobaynida o’tkazgan tashviqotlari mobaynida M.Butlerov bilan do’stlashadi va tez orada Borodin olim bo’lib etishadi. Ammo Borodin musiqani unutmagan holda ansambl jamoalarida chalar va romans, kamer ansambl uchun asarlar yaratar va havaskor to’rtlik kvartet kichik jamoalarida chalar edi.Glinkaning “Ivan Susanin” operasini yoddan bilar edi. Akademiyada ishlash bilan birgalikda u musiqa garmoniyasi va polifoniyasini ham o’rganib borar edi. 1855-yilda Borodinga imtiyozli tabib diplomi topshiriladi. Keyingi yilda Borodin harbiy gospital shifoxonasining ikkinchi ordinatori bo’lib tayinlanadi. Shunday qilib uning hayotida uchinchi yo’l, tibbiyotga bo’lgan yo’l ochiladi. Bu gospitalda u keyinchalik eng yaqin do’sti bo’lib qoladigan ofitser Modest Petrovich Musorgskiy bilan tanishadi. Borodinning doktorlik dissertatsiyasiga tanlagan mavzusi tibbiyotdan ko’ra ximiyaga yaqinroq edi. 1858-yilda dissertatsiyani omadli himoya qilib, “Tibbiyot fanlari doktori” nomiga sazovor bo’ldi va shu davrdan boshlab ximiya kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi. Yosh mutaxassis sifatida uni xorijga safariga, komandirovkaga jo’natishadi 1859-yilda Borodin, Evropaning ilmiy markazi hisoblanmish Germaniyaning Geydelburg shahridagi eng qadimiy universitetiga  
 
keladi. Bu erda, kelajakda mashhur bo’lgan fiziolog I.M.Sechenov, vrach S.P.Botkin, 
ximik Dmitriy Ivanovich Mendeleev kabi yosh mutaxassilar bilan do’stlashadi. 
Komandirovka nihoyasida Borodin ko’plab ilmiy ishlarni yaratdi. 
  
Geydelberg shahrida keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan iste’dodli rus 
pianinochisi Ekaterina Sergeevna Protopova bilan tanishadi. Bu ayol Betxoven, 
Shuman, List kabi kompozitorlarning fortepiano uchun yaratgan asarlarini juda yaxshi 
bilar edi. Aynan shu ayol, Borodinning musiqa olamiga kirib kelishiga yordam berdi. 
Borodin Shuman va Shopen kabi kompozitorlar ijodining ixlosmandiga aylandi. 1862-
yilda Borodin Rossiyaga qaytib keldi va ximiya tibbiy-xirurgiya kafedrasiga professor 
bo’lib tayinlanganidan so’ng, ximiya sohasida yangi ilmiy izlanishlar qilishga kirishib 
ketdi. 
  
Borodinning Balakirev bilan bo’lgan tanishuvi uning hayotida keskin 
o’zgarishlar bo’lishiga turtki bo’ldi. Borodinning Balakirev, Stasov va “Qudratli 
To’da”ning qolgan a’zolari ta’siri ostida kompozitorlik faoliyati boshlandi. Borodinda 
Glinka kabi musiqiy estetik dunyoqarashlari paydo bo’ldi. Uning ilk asarlarida “milliy 
epik” ,“mardlilik” tematikasidagi ko’rinishlar paydo bo’la boshladi. “Qudrat To’da” 
to’garagiga a’zo bo’lganidan boshlab rus xalq milliy maktabining mustaqil etuk 
kompozitorlik xususiyati paydo bo’la boshladi unda. Rafiqasi Protopovaning 
salomatligi og’irlashgani sababli, ular Italiyaga ketishadi. Italiyada Borodinni iliq 
kutib olishadi va uning tasarrufiga qulay sharoitda bo’lgan ajoyib laboratoriyani 
berishadi. U tezda italyan tilini o’zlashtirib olish bilan birga fizikani ham o’rgana 
boshlaydi . Ishdan bo’sh paytlarida 2 ta skripka 2 ta alt skripka va violonchel uchun 
kvintet va fortepiano 4 qo’l ijrosi uchun tarantella asarlarini yozadi. 
  
1862-69 yillarda, Borodin o’zining “Bogato’ri” (Pahlavonlar) nomli birinchi 
simfoniyasini yaratadi. « Spyahaya knyajna»( Uxlayotgan knyazning uzatilmagan 
qizi), «Morskaya tsarevna” (Dengiz malikasi), “Pesnya temnogo lesa”( Zulmatli 
o’rmon qo’shig’i) romanslari, “More”(Dengiz) dramatik balladasi, “Otravoy polno’ 
pesni moi” (Qo’shiqlarim zaharga to’la), “Falshivaya nota” kabi lirik romanslari uning 
asarlaridir. 1869-yilda Balakirev rahbarligida, sahnada ijro etilgan Borodinning 
birinchi simfoniyasi omadli namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab, Borodin to’garak 
a’zolari oldida nafaqat yirik olim va jamoat arbobi sifatida, balki yorqin, iste’dodli 
kompozitor sifatida ham tan olinadi. O’zining kompozitorlik qobiliyatiga ishona 
keladi. Bu erda, kelajakda mashhur bo’lgan fiziolog I.M.Sechenov, vrach S.P.Botkin, ximik Dmitriy Ivanovich Mendeleev kabi yosh mutaxassilar bilan do’stlashadi. Komandirovka nihoyasida Borodin ko’plab ilmiy ishlarni yaratdi. Geydelberg shahrida keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan iste’dodli rus pianinochisi Ekaterina Sergeevna Protopova bilan tanishadi. Bu ayol Betxoven, Shuman, List kabi kompozitorlarning fortepiano uchun yaratgan asarlarini juda yaxshi bilar edi. Aynan shu ayol, Borodinning musiqa olamiga kirib kelishiga yordam berdi. Borodin Shuman va Shopen kabi kompozitorlar ijodining ixlosmandiga aylandi. 1862- yilda Borodin Rossiyaga qaytib keldi va ximiya tibbiy-xirurgiya kafedrasiga professor bo’lib tayinlanganidan so’ng, ximiya sohasida yangi ilmiy izlanishlar qilishga kirishib ketdi. Borodinning Balakirev bilan bo’lgan tanishuvi uning hayotida keskin o’zgarishlar bo’lishiga turtki bo’ldi. Borodinning Balakirev, Stasov va “Qudratli To’da”ning qolgan a’zolari ta’siri ostida kompozitorlik faoliyati boshlandi. Borodinda Glinka kabi musiqiy estetik dunyoqarashlari paydo bo’ldi. Uning ilk asarlarida “milliy epik” ,“mardlilik” tematikasidagi ko’rinishlar paydo bo’la boshladi. “Qudrat To’da” to’garagiga a’zo bo’lganidan boshlab rus xalq milliy maktabining mustaqil etuk kompozitorlik xususiyati paydo bo’la boshladi unda. Rafiqasi Protopovaning salomatligi og’irlashgani sababli, ular Italiyaga ketishadi. Italiyada Borodinni iliq kutib olishadi va uning tasarrufiga qulay sharoitda bo’lgan ajoyib laboratoriyani berishadi. U tezda italyan tilini o’zlashtirib olish bilan birga fizikani ham o’rgana boshlaydi . Ishdan bo’sh paytlarida 2 ta skripka 2 ta alt skripka va violonchel uchun kvintet va fortepiano 4 qo’l ijrosi uchun tarantella asarlarini yozadi. 1862-69 yillarda, Borodin o’zining “Bogato’ri” (Pahlavonlar) nomli birinchi simfoniyasini yaratadi. « Spyahaya knyajna»( Uxlayotgan knyazning uzatilmagan qizi), «Morskaya tsarevna” (Dengiz malikasi), “Pesnya temnogo lesa”( Zulmatli o’rmon qo’shig’i) romanslari, “More”(Dengiz) dramatik balladasi, “Otravoy polno’ pesni moi” (Qo’shiqlarim zaharga to’la), “Falshivaya nota” kabi lirik romanslari uning asarlaridir. 1869-yilda Balakirev rahbarligida, sahnada ijro etilgan Borodinning birinchi simfoniyasi omadli namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab, Borodin to’garak a’zolari oldida nafaqat yirik olim va jamoat arbobi sifatida, balki yorqin, iste’dodli kompozitor sifatida ham tan olinadi. O’zining kompozitorlik qobiliyatiga ishona  
 
boshlagan Borodin “Knyaz’ Igor” operasi va 2 chi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 
Stasov uning 2 chi simfoniyasini “ Bogato’rskaya” deb bejiz nomlamagan. Borodin 
o’zining kompozitorlik faoliyatiga juda ham jiddiy yondashgan. Borodin “Knyaz 
Igor”operasi ustida 18 yil davomida ishlaganiga qaramasdan operani tugatishga ulgura 
olmagan, bunga sabab uning ilm, jamoat va pedagoglik sohalarida bandligi edi. 
  
Hayotining so’nggi 10 yilligida biz Borodinni kompozitor sifatida ko’ramiz. 
1877-yilda venger kompozitori va pianinochisi Ferents List bilan tanishuvi natijasida 
Baden-Baden shahrida uning birinchi simfoniyasi namoyish etilgan. 1879-81 yillarda 
Borodin “Knyaz Igor”operasiga bir qancha sahnalarni, birinchi kamonli kvartetini, “V 
sredney Azii” (O’rta Osiyoda) deb nomlangan simfoniyasini, bir talay romanslarni 
yaratgan bo’lib, uchinchi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 1882-yilda “Rus musiqa 
jamiyati” Moskva kontsertida uning ikkinchi kamonli kvartetining 3 chi qismi 
(“Noktyurn”) omadli ijro etiladi, bu asarni rus lirik qo’shig’ining marvaridi desak 
adashmaymiz. Bu kvartet Peterburgda ham ijro etilgan.  
  
1877-yilda Borodinning xorijga bo’lgan safari boshlanadi u erda 
kompozitorning asarlari ijro etiladi. Borodin xorijda ko’plab frantsuz, nemets, belgiya 
muzikantlari bilan tanishadi. Borodinning simfoniyalari va kvartetlari Evropa va 
Amerika kabi xorij mamlakatlarida juda mashhur bo’lgan. 1886-yilda Antverpen 
shahrida uning asarlari juda tantanali qabul qilingan.  
  
1887-yil 15 fevral kuni Borodin yurak xurujidan vafot etgan. Vafot etgan 
kunining erta tongida kompozitor uchinchi simfoniyasining tugallanish qismini 
yozayotgan edi. Simfoniyani nihoyasiga etkazishga ulgura olmadi. Simfoniyani, 
Borodin xotirasini xotirlab Glazunov nihoyasiga etkazgan. Tugallanmagan “Knyaz 
Igor” operasini esa Glazunov va Rimskiy- Korsakov kabi kompozitorlar yozib va 
orkestrlashtirib nihoyasiga etkazib qo’yishgan.Opera premerasi 1890-yilda birinchi 
bor Peterburgda va 1898- yil Moskva shahrida namoyish etilgan. Bu opera- opera 
teatrlari asarlar dasturining sevimli operalaridan biri hisoblanadi. 
  
 
  
2. Ijodiga xarakteristika. Borodin musiqiy me’rosiga xarakteristika 
berishdan oldin Borodinning shaxsini tavsiflaymiz. Borodin rus ilm-fani va rus 
olimlarining qiziqishlarida mustaqil yo’nalishni lozim topgan inson edi. U avvalambor 
boshlagan Borodin “Knyaz’ Igor” operasi va 2 chi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. Stasov uning 2 chi simfoniyasini “ Bogato’rskaya” deb bejiz nomlamagan. Borodin o’zining kompozitorlik faoliyatiga juda ham jiddiy yondashgan. Borodin “Knyaz Igor”operasi ustida 18 yil davomida ishlaganiga qaramasdan operani tugatishga ulgura olmagan, bunga sabab uning ilm, jamoat va pedagoglik sohalarida bandligi edi. Hayotining so’nggi 10 yilligida biz Borodinni kompozitor sifatida ko’ramiz. 1877-yilda venger kompozitori va pianinochisi Ferents List bilan tanishuvi natijasida Baden-Baden shahrida uning birinchi simfoniyasi namoyish etilgan. 1879-81 yillarda Borodin “Knyaz Igor”operasiga bir qancha sahnalarni, birinchi kamonli kvartetini, “V sredney Azii” (O’rta Osiyoda) deb nomlangan simfoniyasini, bir talay romanslarni yaratgan bo’lib, uchinchi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 1882-yilda “Rus musiqa jamiyati” Moskva kontsertida uning ikkinchi kamonli kvartetining 3 chi qismi (“Noktyurn”) omadli ijro etiladi, bu asarni rus lirik qo’shig’ining marvaridi desak adashmaymiz. Bu kvartet Peterburgda ham ijro etilgan. 1877-yilda Borodinning xorijga bo’lgan safari boshlanadi u erda kompozitorning asarlari ijro etiladi. Borodin xorijda ko’plab frantsuz, nemets, belgiya muzikantlari bilan tanishadi. Borodinning simfoniyalari va kvartetlari Evropa va Amerika kabi xorij mamlakatlarida juda mashhur bo’lgan. 1886-yilda Antverpen shahrida uning asarlari juda tantanali qabul qilingan. 1887-yil 15 fevral kuni Borodin yurak xurujidan vafot etgan. Vafot etgan kunining erta tongida kompozitor uchinchi simfoniyasining tugallanish qismini yozayotgan edi. Simfoniyani nihoyasiga etkazishga ulgura olmadi. Simfoniyani, Borodin xotirasini xotirlab Glazunov nihoyasiga etkazgan. Tugallanmagan “Knyaz Igor” operasini esa Glazunov va Rimskiy- Korsakov kabi kompozitorlar yozib va orkestrlashtirib nihoyasiga etkazib qo’yishgan.Opera premerasi 1890-yilda birinchi bor Peterburgda va 1898- yil Moskva shahrida namoyish etilgan. Bu opera- opera teatrlari asarlar dasturining sevimli operalaridan biri hisoblanadi. 2. Ijodiga xarakteristika. Borodin musiqiy me’rosiga xarakteristika berishdan oldin Borodinning shaxsini tavsiflaymiz. Borodin rus ilm-fani va rus olimlarining qiziqishlarida mustaqil yo’nalishni lozim topgan inson edi. U avvalambor  
 
rus ilm-fanini va rus musiqasi yutuqlarini xorijda targ’ib qilinishini tarafdori bo’lgan. 
Borodinda rus jamiyati oldidagi javobgarlik hissi kuchli bo’lgan. 1870- yillarda “Xotin 
qizlar tabibchilik kurslarida”, “Pedagoglik va ilmiy jamoatchilik ishlari”da ulkan 
ishlarni olib borgan. “Rus ximiklar jamiyati” qoshidagi “Rus tabiblari jamiyati”da 
tashabbuskor insonlardan biri bo’lgan. U ilm-fan va san’at sohalarida bir so’z bilan 
aytganda, entsiklopediya darajasida oliy, serqirrali ma’lumotga ega bo’lgan. U har bir 
sohadagi o’z ishlariga ma’suliyatlik va javobgarlik hissi bilan yondashgan. O’zining 
qarashlari va ishga va insonlarga bo’lgan munosabatlari bilan barchaga o’rnak bo’la 
olgan. Borodinni juda hurmat qilgan musiqiy tanqidchi Stasov Borodin xaqida barcha 
ma’lumotlarni to’plab, 1889-yil “A.P. Borodin : Ego jizn perepiska i muzo’kalno’e 
stati” nomli, kompozitorning biografiyasi tushirilgan kitobni yozgan. Hozirgi kunda 
bu kitob Borodinning hayoti va ijodi dokumentlashtirilgan, hujjatiy kitob hisoblanadi. 
Glinkaning an’analarini davom ettirgan holda, Borodin rus simfonizmining yangi 
mustaqil epik ko’rinishini va shu bilan birga rus epik operasini yaratdi. A.S. Pushkin, 
M.I.Glinka, Borodin kabi insonlar hayotni kuch va quvonchga to’la tarzda, rus 
xalqining qudratli ruhiga ishongan holda, hayotga ishonuvchanlik, optimistik ruhda 
qarashgan. Borodinning epik obrazlari rus tarixi va xalq qahramonlik eposidan 
olingan. 
  
Shu qatorda Borodin asarlarida ravon, mardona va shu bilan bir qatorda 
ehtirosli lirika yo’g’rilgan. Kulgu va askiyaga to’la obrazlari ham yo’q emas, masalan 
“Knyaz Igor” operasidagi Skula va Eroshka obrazlari, simfoniya va kvartetlardagi 
skertso, “Spes”(Kibr-havo), “Serenada cheto’rex kavalerov”( To’rt kavalerlar 
qo’shig’i) kabi romanslaridir. 
  
Rus obrazlari bilan bir qatorda, Sharq obrazlari ham bor. Borodin musiqiy 
dramaturgiyasidagi asosiy printsiplar, ichki g’oyaviy va qarama- qarshili tugallangan 
obrazlarni o’z ichiga oladi. Uning musiqasi xuddi bir tarix kabi, voqealarning sekin 
rivojlanishi, insonlar va tabiat obrazlari kabidir. 
  
Borodin 
musiqasi 
sonata 
shaklida 
rivojlangan, 
uch 
qismli 
kontsentratsiyalidir (Zich joylashuv). Borodin musiqasi, rus dehqon qo’shiqlari kabi 
sokin, ravon va tuzilishi tomonidan davriyasizdir. 
rus ilm-fanini va rus musiqasi yutuqlarini xorijda targ’ib qilinishini tarafdori bo’lgan. Borodinda rus jamiyati oldidagi javobgarlik hissi kuchli bo’lgan. 1870- yillarda “Xotin qizlar tabibchilik kurslarida”, “Pedagoglik va ilmiy jamoatchilik ishlari”da ulkan ishlarni olib borgan. “Rus ximiklar jamiyati” qoshidagi “Rus tabiblari jamiyati”da tashabbuskor insonlardan biri bo’lgan. U ilm-fan va san’at sohalarida bir so’z bilan aytganda, entsiklopediya darajasida oliy, serqirrali ma’lumotga ega bo’lgan. U har bir sohadagi o’z ishlariga ma’suliyatlik va javobgarlik hissi bilan yondashgan. O’zining qarashlari va ishga va insonlarga bo’lgan munosabatlari bilan barchaga o’rnak bo’la olgan. Borodinni juda hurmat qilgan musiqiy tanqidchi Stasov Borodin xaqida barcha ma’lumotlarni to’plab, 1889-yil “A.P. Borodin : Ego jizn perepiska i muzo’kalno’e stati” nomli, kompozitorning biografiyasi tushirilgan kitobni yozgan. Hozirgi kunda bu kitob Borodinning hayoti va ijodi dokumentlashtirilgan, hujjatiy kitob hisoblanadi. Glinkaning an’analarini davom ettirgan holda, Borodin rus simfonizmining yangi mustaqil epik ko’rinishini va shu bilan birga rus epik operasini yaratdi. A.S. Pushkin, M.I.Glinka, Borodin kabi insonlar hayotni kuch va quvonchga to’la tarzda, rus xalqining qudratli ruhiga ishongan holda, hayotga ishonuvchanlik, optimistik ruhda qarashgan. Borodinning epik obrazlari rus tarixi va xalq qahramonlik eposidan olingan. Shu qatorda Borodin asarlarida ravon, mardona va shu bilan bir qatorda ehtirosli lirika yo’g’rilgan. Kulgu va askiyaga to’la obrazlari ham yo’q emas, masalan “Knyaz Igor” operasidagi Skula va Eroshka obrazlari, simfoniya va kvartetlardagi skertso, “Spes”(Kibr-havo), “Serenada cheto’rex kavalerov”( To’rt kavalerlar qo’shig’i) kabi romanslaridir. Rus obrazlari bilan bir qatorda, Sharq obrazlari ham bor. Borodin musiqiy dramaturgiyasidagi asosiy printsiplar, ichki g’oyaviy va qarama- qarshili tugallangan obrazlarni o’z ichiga oladi. Uning musiqasi xuddi bir tarix kabi, voqealarning sekin rivojlanishi, insonlar va tabiat obrazlari kabidir. Borodin musiqasi sonata shaklida rivojlangan, uch qismli kontsentratsiyalidir (Zich joylashuv). Borodin musiqasi, rus dehqon qo’shiqlari kabi sokin, ravon va tuzilishi tomonidan davriyasizdir.  
 
  
Borodin garmoniyada o’zini novator sifatida ko’rsatdi.Uning garmoniyasi 
go’zal va rang-barang, turli-xil ladlar, kvarta va sekunda akkordlari tuzilmasidan, 
asosan diatonika va ba’zi paytda chiroyli xromatizmlardan iborat. 
  
 
3.”Knyaz Igor” operasi. Borodinning eng katta ahamiyatga ega musiqasi, milliy 
qahramonona eposga tegishli bo’lgan asari “Knyaz Igor.” operasidir. XII asr 
madaniyatining qadimiy rus haykali “Slovo o polku Igoreve” opera syujetini 
Borodinga Stasov taklif etgan. Bu voqeada erga ega bo’lgan rus xalqi va o’troq Sharq 
xalqi o’rtasidagi yorqin fojeali asr kurashi aks etgan. Borodin bu voqea davrining 
tarixiy materialini o’rganib chiqib, bir paytning o’zida “Knyaz Igor” operasiga libretto 
yozadi. “Knyaz Igor” operasi 4 sahna va prologdan iborat. Bu operada, tarixiy xalq 
musiqa dramasi, epos-doston ko’rinishlari yoritilgan. Opera 18 yil yozilsada 
nihoyasiga etkazilmgan edi. Borodin xotirasiga bag’ishlab A.K.Glazunov avtor 
xomaki nusxasi va dastlabki namunalaridan asolanib etishmayotgan epizodlarni 
tamomlab qo’ygach, N.A. Rimskiy-Korsakov katta qismini cholg’ulashtirdi.” Igorev 
qo’shini xaqida so’z” Shimoliy Novgorod knyazi Igor Svyatoslavichning 
qipchoqlarga yurgan qo’shini xaqidadir. 
“Knyaz Igor”operasi mavzusi: Qadim rus Putivle shahri hokimi knyaz Igor o’z 
qo’shini bilan qipchoqlarga yurish qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Xalq tantana 
bilan knyazni sharaflamoqda.To’satdan erni qorong’ulik qoplab, quyosh tutiladi. Buni 
yomonlik nishonasiga yo’ygan xalq va boyonlar (boyarlar) knyazga safarni qoldirish 
kerak ekanligini aytib, ko’ndirmoqchilar. Knyaz rafiqasi Yaroslavna ham unga qolishi 
kerak ekanligini uqtirib, yalinmoqda. Igor o’z so’zidan qaytmoqchi emas. Rafiqasini, 
uning akasi Vladimir Galitskiy qaramog’iga topshirib, dushman bilan jang qilish 
uchun qo’shin tortib ketadi. Galitskiy Igor ketganidan foydalanib, qarol, cho’ri, 
malaylar bilan araqxo’rlik qilib, o’zboshimchalik qila boshlaydi. Ziyofat tepasida Igor 
qo’shinidan qochib kelgan Skula va Eroshkalar turadi. Anchadan beri Putivle 
hokimligini qo’lga kiritish orzusida bo’lgan Galitskiy saroy ichida yashovchi xalqga 
zulm qilib, jabrlashni boshlaydi. Qo’rslik bilan bir qizni o’g’irlab olib keladi. Qizni 
qo’yib yuborishini iltimos qilib kelgan dugonalarini haydab yuboradi. Ularni xafa 
qilgan surbet, dilozordan himoya qilishni Yaroslavnadan iltimos qilishadi. Yaroslavna 
Borodin garmoniyada o’zini novator sifatida ko’rsatdi.Uning garmoniyasi go’zal va rang-barang, turli-xil ladlar, kvarta va sekunda akkordlari tuzilmasidan, asosan diatonika va ba’zi paytda chiroyli xromatizmlardan iborat. 3.”Knyaz Igor” operasi. Borodinning eng katta ahamiyatga ega musiqasi, milliy qahramonona eposga tegishli bo’lgan asari “Knyaz Igor.” operasidir. XII asr madaniyatining qadimiy rus haykali “Slovo o polku Igoreve” opera syujetini Borodinga Stasov taklif etgan. Bu voqeada erga ega bo’lgan rus xalqi va o’troq Sharq xalqi o’rtasidagi yorqin fojeali asr kurashi aks etgan. Borodin bu voqea davrining tarixiy materialini o’rganib chiqib, bir paytning o’zida “Knyaz Igor” operasiga libretto yozadi. “Knyaz Igor” operasi 4 sahna va prologdan iborat. Bu operada, tarixiy xalq musiqa dramasi, epos-doston ko’rinishlari yoritilgan. Opera 18 yil yozilsada nihoyasiga etkazilmgan edi. Borodin xotirasiga bag’ishlab A.K.Glazunov avtor xomaki nusxasi va dastlabki namunalaridan asolanib etishmayotgan epizodlarni tamomlab qo’ygach, N.A. Rimskiy-Korsakov katta qismini cholg’ulashtirdi.” Igorev qo’shini xaqida so’z” Shimoliy Novgorod knyazi Igor Svyatoslavichning qipchoqlarga yurgan qo’shini xaqidadir. “Knyaz Igor”operasi mavzusi: Qadim rus Putivle shahri hokimi knyaz Igor o’z qo’shini bilan qipchoqlarga yurish qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Xalq tantana bilan knyazni sharaflamoqda.To’satdan erni qorong’ulik qoplab, quyosh tutiladi. Buni yomonlik nishonasiga yo’ygan xalq va boyonlar (boyarlar) knyazga safarni qoldirish kerak ekanligini aytib, ko’ndirmoqchilar. Knyaz rafiqasi Yaroslavna ham unga qolishi kerak ekanligini uqtirib, yalinmoqda. Igor o’z so’zidan qaytmoqchi emas. Rafiqasini, uning akasi Vladimir Galitskiy qaramog’iga topshirib, dushman bilan jang qilish uchun qo’shin tortib ketadi. Galitskiy Igor ketganidan foydalanib, qarol, cho’ri, malaylar bilan araqxo’rlik qilib, o’zboshimchalik qila boshlaydi. Ziyofat tepasida Igor qo’shinidan qochib kelgan Skula va Eroshkalar turadi. Anchadan beri Putivle hokimligini qo’lga kiritish orzusida bo’lgan Galitskiy saroy ichida yashovchi xalqga zulm qilib, jabrlashni boshlaydi. Qo’rslik bilan bir qizni o’g’irlab olib keladi. Qizni qo’yib yuborishini iltimos qilib kelgan dugonalarini haydab yuboradi. Ularni xafa qilgan surbet, dilozordan himoya qilishni Yaroslavnadan iltimos qilishadi. Yaroslavna  
 
akasining qilmishlarini qoralagan taqdirda ham unga kuchi etmasligini tushunar edi. 
Boyonlar yomon xabar olib kelishadi. Igor qo’shini engilib, o’zi yaralangan va o’g’li 
bilan birga asrlikka olingan edi. Putivlega esa qipchoqlar qo’shin tortib kelayotgan 
edilar. Xavf xatar bonglari eshitilmoqda.  
Qipchoqlar qarorgohida oqshom. Qipchoq qizlari o’z qo’shiq-raqslari bilan 
qipchoq xoni Konchakov qizi ko’nglini olmoqdalar. Ammo u Igor o’g’li Vladimirni 
sevib qolgan. Igor og’ir o’yga tolgan. Sodiq Ovlur unga qochishni taklif qilmoqda. 
Igor asrlikdan qutulishni orzu qilsada, sirli ravishda qochib ketishni o’ziga ep ko’rmay 
ikkilanmoqda. Uning olijanobliligi va jasoratiga qoyil qolgan Konchakov xoni Igorni 
faxrli mehmoni deb biladi. Xon uni mehmoni sifatida ozod qilmoqchi, faqat Igor 
qipchoqlarga boshqa qilich ko’tarmaslikka so’z berishi kerak. Igor agar ozodlikka 
erishsa, qipchoqlarga yana qo’shin tortib kelishini dadil aytadi. Knyazning o’y 
fikrlarini tarqatish maqsadida xon qizlarga qo’shiq aytishlarini amr qiladi.  
Qipchoq xoni qo’shini Putivle shahridan boy o’lja bilan qaytib kelayotganini 
eshitgan Igor qochishga ahd qiladi.Ovlur bilan kelishgan holda soqchilar uyquga 
ketganida qochishni rejalashtiradilar. Bu suhbatdan xabar topgan xon qizi 
Vladimirdan uni tashlab ketmasligini yalinib yolvoradi. Qizga befarq bo’lmagan 
Vladimirni Vatan oldidagi vazifasi burchi hissi qiynaydi va qochishga ahd qiladi. Xon 
qizi uxlayotgan soqchilarni uyg’otib, qochayotgan Vladimirni olib qoladi. 
G’azablangan qipchoqlar xondan Vladimirni qatl etishlarini talab qiladi, ammo Xon 
Vladimirni o’zining kuyovi deb e’lon qiladi.  
Putivle erta tongida, shahar devori oldida Yaroslavna achchiq alam bilan 
yig’lamoqda. U shamolga, quyoshga va Dnepr daryosiga murojaat qilib, sevimli Igorni 
qaytarib berishlarini so’ramoqda. Uzoqdan otliqlar paydo bo’ladi. Ular Igor va 
Ovlurdir. Ularni esankirab qolgan Skula va Eroshkalar ko’radi. Mug’ombir, ziyrak 
Skula qo’ng’iroq bonglarini urib, birinchi bo’lib Knyaz qaytib kelayotgani xaqida 
xalqga xabar berish lozimligini taklif qiladi. Uning bu mug’ombirlik taklifi qo’l kelib, 
xursandchilik xabarini olib kelganlari uchun kechiriladilar. Xalq bilan birga ular Igorni 
sharaflaydilar.  
  
4. Simfonik ijodi. Borodin rus klassik simfoniyalarini yaratgan kompozitorlardan 
biridir. Uning birinchi simfoniyasi Rimskiy-Korsakov va Chaykovskiyning 
akasining qilmishlarini qoralagan taqdirda ham unga kuchi etmasligini tushunar edi. Boyonlar yomon xabar olib kelishadi. Igor qo’shini engilib, o’zi yaralangan va o’g’li bilan birga asrlikka olingan edi. Putivlega esa qipchoqlar qo’shin tortib kelayotgan edilar. Xavf xatar bonglari eshitilmoqda. Qipchoqlar qarorgohida oqshom. Qipchoq qizlari o’z qo’shiq-raqslari bilan qipchoq xoni Konchakov qizi ko’nglini olmoqdalar. Ammo u Igor o’g’li Vladimirni sevib qolgan. Igor og’ir o’yga tolgan. Sodiq Ovlur unga qochishni taklif qilmoqda. Igor asrlikdan qutulishni orzu qilsada, sirli ravishda qochib ketishni o’ziga ep ko’rmay ikkilanmoqda. Uning olijanobliligi va jasoratiga qoyil qolgan Konchakov xoni Igorni faxrli mehmoni deb biladi. Xon uni mehmoni sifatida ozod qilmoqchi, faqat Igor qipchoqlarga boshqa qilich ko’tarmaslikka so’z berishi kerak. Igor agar ozodlikka erishsa, qipchoqlarga yana qo’shin tortib kelishini dadil aytadi. Knyazning o’y fikrlarini tarqatish maqsadida xon qizlarga qo’shiq aytishlarini amr qiladi. Qipchoq xoni qo’shini Putivle shahridan boy o’lja bilan qaytib kelayotganini eshitgan Igor qochishga ahd qiladi.Ovlur bilan kelishgan holda soqchilar uyquga ketganida qochishni rejalashtiradilar. Bu suhbatdan xabar topgan xon qizi Vladimirdan uni tashlab ketmasligini yalinib yolvoradi. Qizga befarq bo’lmagan Vladimirni Vatan oldidagi vazifasi burchi hissi qiynaydi va qochishga ahd qiladi. Xon qizi uxlayotgan soqchilarni uyg’otib, qochayotgan Vladimirni olib qoladi. G’azablangan qipchoqlar xondan Vladimirni qatl etishlarini talab qiladi, ammo Xon Vladimirni o’zining kuyovi deb e’lon qiladi. Putivle erta tongida, shahar devori oldida Yaroslavna achchiq alam bilan yig’lamoqda. U shamolga, quyoshga va Dnepr daryosiga murojaat qilib, sevimli Igorni qaytarib berishlarini so’ramoqda. Uzoqdan otliqlar paydo bo’ladi. Ular Igor va Ovlurdir. Ularni esankirab qolgan Skula va Eroshkalar ko’radi. Mug’ombir, ziyrak Skula qo’ng’iroq bonglarini urib, birinchi bo’lib Knyaz qaytib kelayotgani xaqida xalqga xabar berish lozimligini taklif qiladi. Uning bu mug’ombirlik taklifi qo’l kelib, xursandchilik xabarini olib kelganlari uchun kechiriladilar. Xalq bilan birga ular Igorni sharaflaydilar. 4. Simfonik ijodi. Borodin rus klassik simfoniyalarini yaratgan kompozitorlardan biridir. Uning birinchi simfoniyasi Rimskiy-Korsakov va Chaykovskiyning  
 
simfoniyalari bilan bir paytda paydo bo’ldi. Bu opera, rus simfonizmidagi 
qahramonona-epik yo’nalishi boshlanishiga yo’l qo’yib berdi. Borodin simfonik 
g’oyalarining xususiyatlari, 
birinchi simfoniyasi 
va 
1876-yilda 
yaratilgan 
“Bogato’rskaya”(Qahramonona) nomli ikkinchi simfoniyalarida yorqin ifoda aks etdi. 
Bu simfoniyalar jahon xalq pahlavonlik dostonlari bilan aloqador, qahramonona 
ruhiyatda yaratilgan. 1880-yilda yaratilgan “V sredney Azii”(O’rta osiyoda) simfonik 
kartinasida qarama qarshi, rus ruhida bo’lgan qo’shiqlar va sharqiy musiqiy ohanglari 
o’rtasidagi musiqiy ishlanmani ko’rishimiz mumkin. Musiqada mardonavor ruh aksini 
kuchaytirish uchun Borodin butun orkestr unisonini(bir xil balandlikda bo’lgan 
ovozlar o’zaro mosligini) ko’p ishlatgan.  
  
 
 
5. Romanslari. Borodin kamer-vokal janrlarida Glinkaning an’analarini 
davom ettirgan va yangilagan. Borodin tomonidan Pushkin, Nekrasov, A.Tolstoy, 
Geyne matnlariga yozilgan 18 ta romans va qo’shiqlar yaratilgan. Borodinning 
she’rlariga yozilgan romanslari ham yo’q emas. Borodin o’z romanslarida 
Dargomijskiy va Musorgskiy kabi insoniy nutqga emas, asosan musiqa ohangiga 
e’tibor qaratgan. Fortepiano ijrosi,uning uchun juda muhim edi. Rus qahramonlari 
eposi obrazlarini romansga olib kirgan birinchi kompozitordir.  
  
Musorgskiyning bevaqt o’limiga bag’ishlab 1881-yilda yozilgan “ Dlya 
beregov otchizno’ dalnoy “ romansida fojeali hissiyotning kuchi va chuqurligi, 
sokinlik va taqvodorlik xususiyatlari ifoda etilgan. Romans musiqasida afsus, nadomat 
hissiyoti ifodalangan. 
  
  
Tayanch iboralar: 
 
1. Organno’y punkt pedal –bir tovushning basda uzoq vaqt cho’zilib turishi yoki 
bir xil balandlikdagi tovushning basda qaytarilishi. Bu vaqt yuqorigi tovushlarda 
muzika asarining akkordlari almashib turadi. Ikkinchi turli Organ punkti pedal deb 
ataladi. 
simfoniyalari bilan bir paytda paydo bo’ldi. Bu opera, rus simfonizmidagi qahramonona-epik yo’nalishi boshlanishiga yo’l qo’yib berdi. Borodin simfonik g’oyalarining xususiyatlari, birinchi simfoniyasi va 1876-yilda yaratilgan “Bogato’rskaya”(Qahramonona) nomli ikkinchi simfoniyalarida yorqin ifoda aks etdi. Bu simfoniyalar jahon xalq pahlavonlik dostonlari bilan aloqador, qahramonona ruhiyatda yaratilgan. 1880-yilda yaratilgan “V sredney Azii”(O’rta osiyoda) simfonik kartinasida qarama qarshi, rus ruhida bo’lgan qo’shiqlar va sharqiy musiqiy ohanglari o’rtasidagi musiqiy ishlanmani ko’rishimiz mumkin. Musiqada mardonavor ruh aksini kuchaytirish uchun Borodin butun orkestr unisonini(bir xil balandlikda bo’lgan ovozlar o’zaro mosligini) ko’p ishlatgan. 5. Romanslari. Borodin kamer-vokal janrlarida Glinkaning an’analarini davom ettirgan va yangilagan. Borodin tomonidan Pushkin, Nekrasov, A.Tolstoy, Geyne matnlariga yozilgan 18 ta romans va qo’shiqlar yaratilgan. Borodinning she’rlariga yozilgan romanslari ham yo’q emas. Borodin o’z romanslarida Dargomijskiy va Musorgskiy kabi insoniy nutqga emas, asosan musiqa ohangiga e’tibor qaratgan. Fortepiano ijrosi,uning uchun juda muhim edi. Rus qahramonlari eposi obrazlarini romansga olib kirgan birinchi kompozitordir. Musorgskiyning bevaqt o’limiga bag’ishlab 1881-yilda yozilgan “ Dlya beregov otchizno’ dalnoy “ romansida fojeali hissiyotning kuchi va chuqurligi, sokinlik va taqvodorlik xususiyatlari ifoda etilgan. Romans musiqasida afsus, nadomat hissiyoti ifodalangan. Tayanch iboralar: 1. Organno’y punkt pedal –bir tovushning basda uzoq vaqt cho’zilib turishi yoki bir xil balandlikdagi tovushning basda qaytarilishi. Bu vaqt yuqorigi tovushlarda muzika asarining akkordlari almashib turadi. Ikkinchi turli Organ punkti pedal deb ataladi.  
 
2. Ostinatnost- Musiqa asarida biron bir melodik yoki ritmik yoki garmonik 
aylanmasining qaytarilib turishi. Boshqa tovush va ovozlarning mustaqil 
rivojlanishida birlashadi, shakllangan muhim vazifani ijro etadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar : 
1. A.N. Soxor .”A.P.Borodin” v kn. Russkaya muzo’kalnaya literatura. L. 1980. g. 
2. A.P. Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985 .g. 
3. Yakovlev V. «Jizn muzo’ka Borodina» v kn. Izbranno’e trudo’ o muzo’ke. M. 
1971. g. 
4. Elena Dulova « A.P.Borodin»Moskva « Detskaya literatura» 1990 g. 
5. R.Dobrovenskiy «Kompozitor ihuhiy neizvestnosti» Povest o Borodine. 
Moskva « Muzo’ka» 1978 g. 
6. T.Popova « Borodin» Izdatelstvo «Muzo’ka» Moskva 1972 g. 
 
2. Ostinatnost- Musiqa asarida biron bir melodik yoki ritmik yoki garmonik aylanmasining qaytarilib turishi. Boshqa tovush va ovozlarning mustaqil rivojlanishida birlashadi, shakllangan muhim vazifani ijro etadi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. A.N. Soxor .”A.P.Borodin” v kn. Russkaya muzo’kalnaya literatura. L. 1980. g. 2. A.P. Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985 .g. 3. Yakovlev V. «Jizn muzo’ka Borodina» v kn. Izbranno’e trudo’ o muzo’ke. M. 1971. g. 4. Elena Dulova « A.P.Borodin»Moskva « Detskaya literatura» 1990 g. 5. R.Dobrovenskiy «Kompozitor ihuhiy neizvestnosti» Povest o Borodine. Moskva « Muzo’ka» 1978 g. 6. T.Popova « Borodin» Izdatelstvo «Muzo’ka» Moskva 1972 g.