Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy ( 1813- 1869)
1. Dargomijskiyning badiiy printsiplari.
2. Dargomijskiy hayot va ijod yo’lining asosiy bosqichlari.
3. Dargomijskiy ijodiga xarakteristika.
4. Dargomijskiy romanslari .
5. Dargomijskiy opera ijodiyoti.
1. Dargomijskiyning badiiy printsiplari. Aleksandr Sergeevich Dargomijskiy -
M.I.Glinka ijodining asosiy printsiplarini davom ettirgan birinchi rus kompozitoridir.
Dargomijskiyning dunyoqarashi va estetik printsiplari XIX asrning 30-40 yillarida
shakllangan. Bu yillar rus madaniyatining adabiyotga, rassomchilik san’atiga va
musiqaga yangi yo’nalishda, yangi izlanishlarda izchillik bilan kirib kelgan “gullab-
yashnash” davriga to’g’ri keladi. Bu davr san’at arboblarini shu davrning
“tahqirlangan va xaqoratlangan xalqi va ularni shu ahvolga solayotgan zulmkorlar “
mavzusi umumiy ijod tomonidan birlashtirib turar edi.
San’atdagi bu yo’nalish “tanqidiy realizm”(tanqidiy xaqqoniy tasvirlash) deb
atalar edi. Muzikadagi “Tanqidiy realizm”ning birinchi namoyondalardan biri
Dargomijskiy edi. Uning ijodidagi ulkan siljishlar jamiyatdagi badiiy-g’oyaviy
doiralarida o’z ifodasini topdi. Uning ilk asarlaridayoq shu zamonning ilg’or g’oyalari
bilan uzviy bog’langan ijodiy aloqa ko’rinib turar edi. Dargomijskiy o’z ijodida
Pushkin, Gogol, Lermontov kabi ilg’or yozuvchilar bilan juda yaqin edi.
Kompozitorning kelajakdagi ijodiga M.I.Glinkaning ta’siri ham katta edi. Glinkaning
ijodiy asoslariga yondashgan holda, Dargomijskiy o’z asarlarida o’zgacha talqinni
ifoda etgan. Glinka o’z asarlarida xalqni bir butun tarzda va qahramonlarida esa
umuxalq fe’l-atvorining xususiyatlarini ifodalagan bo’lsa, Dargomijskiy esa aksincha,
o’z asarlarida zamonaviy hayotning qarama-qarshi, ziddiyatli tomonlarini xaqiqat ila
ko’rsatadi. U turli xil ijtimoiy tabaqalarda bo’lgan insonlarni aks ettirgan ( hokim,
dehqon,
askar,
amaldor).
Dargomijskiy
dunyoqarashining
shakllanishida
A.S.Pushkinning ham roli katta. Kompozitorning ijodi adib ijodi bilan uzluksiz
bog’langan.
Balakirev to’garagining a’zolari Dargomijskiyni “Musiqiy xaqiqatning buyuk
ustozi” deb atashgan. Uning ijodiy printsiplari rus musiqa san’atining kelajakdagi
rivojlanishida katta rol o’ynaydi.
2. Hayoti va ijod yo’lining asosiy bosqichlari. Aleksandr Sergeevich
Dargomijskiy 1813-yil 2 fevral kuni Tulsk guberniyasining Troitsk qishlog’ida
tavallud topgan. 1817-yilda Dargomijskiylar oilasi Peterburgga ko’chib kelishadi.
Peteburg shahri bilan kompozitorning butun hayoti bog’langan. O’quv ta’limini uy
sharoitida ola bashlaydi. Kompozitorning ota- onasi bolalarda hayotga o’ychanlik
bilan yondashishni, kuzatuvchanlikni, maqsadga intilishni va atrofdagilarga tanqidiy
yondashishni, san’atga va adabiyotga bo’lgan muxabbat kabi xislatlarni
shakllantirishgan. Dargomijskiy 6 yoshidan boshlab musiqadan saboq ola boshladi.
Unga fortepiano ijrochiligining asoslaridan birinchi bo’lib iste’dodli va ma’lumotli
muzikant Danilevskiy saboq bera boshlaydi. Keyinchalik Dargomijskiy skripkada
chalishni va xonandalik sinfidan saboq ola boshlaydi. Bola 10 yoshligida rondo
,romans, variatsiya kabi ilk asarlarini yarata boshlaydi. Bolalikda yaratgan asarlaridan
“Melanxolik vals”(G’amgin vals) “Kazachok” kabi asarlari juda ham ajoyibdir.
F.Shoberlexner kabi mashhur pianinochidan olgan mashg’ulotlari Dargomijskiyga
fortepiano ijrochiligining oliy ta’lim dunyosini ochadi. Uch yil mobaynida
Shoberlexner o’zining o’quvchisida nafaqat fortepiano ijrochilik mahoratini
rivojlantiribgina qolmay ,balki musiqa san’atidagi did va go’zallikka intilish kabi
hislatlarni ham uyg’ota oldi. 1831-yilga kelib Dargomijskiy mahoratli pianinocha
sozanda bo’lib etishdi. Mumtoz klassik an’analari ta’limotidan Dargomijskiy xonanda
va pedagog B.Tseybix kabi o’qituvchi sinfida ham mashg’ulotlar olib borgan.
B.Tseybix unga musiqa elementar nazariyasini ham o’rgatgan.
Shunday qilib 30- yillar boshida kompozitorning umuta’lim o’quv yillari
nihoyasiga etdi. Dargomijskiy juda ham kuchli va mahoratli pianinochi va skripkachi
sozanda hisoblanib, talaygina xonandalar undan mashg’ulotlar olar va uning
maslahatlariga tayanar edilar.
Shu davrda Dargomijskiy skripka va fortepiano uchun ko’plab romanslar va
kvartetlar yaratgan. Bu musiqiy asarlar nashriyotda bosilgan bo’lib, albatta ularda,
kompozitorning hali etilmagan texnikasi sezilib turar edi. Kompozitor sifatida
Dargomijskiy havaskor edi. Keyinchalik mashaqqatli o’z ustida ishlash jarayonida
kompozitor etuklilikka erishadi U xalq musiqasi va mumtoz klassik musiqasini tahlil
eta boshlaydi.
1834- yilda Dargomijskiy Davlat hokimiyati muassasida hujjat ishlarini
yurituvchi lavozimida ishlagan .1836-yilda butun kollejlar kotibi lavozimida ishlaydi.
1843-yilda Davlat maslahatchisi lavozimidan iste’foga chiqadi.
1843- yilda Dargomijskiyning Glinka bilan tanishuvi uning hayotida katta
muhim rol o’ynaydi. Oralaridagi 9 yoshlik farqga qaramasdan ular yaqindan
do’stlashadilar. Birinchi rus operasi “ Ivan Susanin”ning yaratilishi Dargomijskiyning
ko’z o’ngida sodir bo’lgan. Dargomijskiy Glinka qiyofasida buyuk inson, ko’p qirrali
mahoratli musiqachi va uzoqni ko’ra bila oladigan insonni ko’rdi. Dargomijskiyning
Glinka bilan tanishuvi uni kompozitorlik mahoratining asoslari ta’limotini chuqur
o’rganishga etakladi va unda ijodiy yangi g’oyalarning tug’ilishiga turtki bo’ldi.
30- 40 yillar Dargomijskiyning ilk ijodiy davrlaridir. 1839 -yilda
Dargomijskiy adib Gyugo qalamiga mansub “Sobor parijskoy bogomateri”(Parij
Bibimaryam butxonasi) romani syujetiga “Esmeralda” operasini yaratadi. 8 yildan
so’ng “Esmeralda”operasining sahna yuzini ko’rishi juda qiyin kechdi. Imperator
teatrlari rahbarlarining o’z Vatani musiqasiga bo’lgan munosabati shunday edi.
“Esmeralda”dan so’ng kompozitor talaygina vokal p’esalari, romanslar, qo’shiqlar,
ariyalar, duetlar, trio, kvartet va “Vakxa tantanasi” kantatasini yaratadi. Bu kantata
keyinchalik
kompozitor
tomonidan
qayta
ishlanib,
opera-
baletga
aylantiriladi.Dargomijskiy romans janrida ham oliy badiiy mahoratga etishadi.Uning
Pushkin she’rlariga yaratilgan “ Ya vas lyubil”(Sizni sevar edim),” Nochnoy
zefir”(Tungi sabo), “V krovi gorit ogon jelanya”(Qonimda hohish alangasi
yonmoqda), “Shesnadtsat let”(O’n olti yil) kabi romanslari shular namunasidandir.
40- yillar boshida Dargomijskiy o’z uyida o’tkazgan musiqali yig’ilishlarga
ko’p vaqtini ajrata boshlaydi. Dargomijskiy Peterburgda tan olingan, xonandalik sinfi
o’qituvchisi hisoblanib, uning atrofida ko’plab xonandalar to’planar edilar, ulardan
ko’pchiligi keyinchalik mashhur artistlarga aylanishar edi. Mana shu kechki musiqiy
tadbirlarda rus kompozitorlarining asarlari, asosan Glinka va Dargomijskiy asarlari
ijro etilar edi. Xonandalar ijrosi xaqida Dargomijskiy shunday deb yozar edi “ Rus
musiqasi bizda oddiy va dabdabasiz ijro etiladi” . Umrining oxirigacha u o’zining
o’quvchilari bilan mashg’ulotlarni to’xtatmadi. Dargomijskiy o’z o’quvchilari
tarbiyasida Glinka ijodi va an’analarini singdirishga harakat qilgan. O’z operalari
namoyishi oldidan Dargomijskiy xonandalarga o’zi musiqiy partiyalarni o’rgatar va
ularga badiiy to’g’ri oddiy va ifodali kuylashni ta’kidlab o’tar edi.
1843- yilda uning ilk romans va qo’shiqlar to’plami bosmadan chiqadi.
Romanslar unga mashhurlikni olib keladi . 30- yillar oxiri Dargomijskiyning “Bolero”
birinchi simfonik p’esasi yaratiladi.
1844- yilda Dargomijskiy xorijga chiqib Leyptsig, Vena, Bryussel, Parij kabi
shaharlarda bo’ladi. Parijga safar qilishidan maqsad shaharning butunjahon musiqiy
madaniyat markazi hisoblanishida edi. Xorijda ko’plab kompozitorlar va sozanda
muzikantlar bilan tanishadi. Opera, kontsert va teatr namoyishlariga boradi. Xorij
safari davrida Dargomijskiyda Glinka kabi o’z Vataniga muhabbat va sog’inch hissi
uyg’onadi va u rus musiqasini yaratishni hohlaydi. 1845- yilda o’z Vataniga qaytib
keladi.
Ijodiy davrining ikkinchi davriyasi boshlanadi, bu davrda kompozitor
rassomchi -realist bo’lib etishadi . U o’zining Pushkin syujetidan olingan ijtimoiy
xarakterdagi “Rusalka” (Suv parisi) operasini yaratishga kirishadi. Shu bilan bir
qatorda Pushkin va Lermontov she’rlariga bir qator romanslar yozadi. Lermontov
she’rlariga yozilgan romanslarda Dargomijskiy ijodida tanqidiy yo’nalish rivojlana
boshlaydi.” I skuchno i grustno” “Mne grustno” romanslari shular jumlasidandir.
1853- yilda Dargomijskiy asarlari dasturidan tuzilgan katta kontsert juda
ham omadli namoyish etiladi. Dargomijskiyning kompozitor kabi tan olinishi unga
yanada ijodiy kuch- quvvat bag’ishlaydi va u rus milliy asarini yaratishni o’ziga
maqsad qilib qo’yadi. “Rusalka” operasi ustida qizg’in ish boshlanib 1855- yilda opera
yaratilishi o’z nihoyasiga etadi. 1856- yilda “Rusalka” sahna yuzini ko’radi ,lekin
omadsizlikka uchraydi. Dargomijskiy himoyasiga mashhur rus musiqiy tanqidchi
Serov namoyishga chiqadi. Uning opera tahlilida, “Rusalka”ning bizning davrgacha
eng yaxshi asarlardan hisoblanishi isbot qilingan. Dargomijskiy “Rus musiqa
jamiyati” komiteti a’zosi sifatida ham ko’plab ishlarni amalga oshirgan.
1864- yilda Dargomijskiy yana xorij safariga jo’naydi. Leyptsig, Vena, Bryussel,
Parij kabi shaharlarda bo’ladi. Endilikda, u nafaqat o’z yurtida, balki mana shu xorij
shaharlarida ham kompozitor sifatida tanilgan edi. Ayniqsa Bryussel shahrida uning
“Rusalka”operasidagi uvertyurasi, ya’ni muqaddimasi va “Kazachok”simfonik-
p’esasi ijrosi iliq kutib olindi.
Dargomijskiy Peterburgga qaytib kelganida 1856- yilda “Rusalka”
operasining qo’yilishi yangilandi. 60- yillarda yangi demokratik ruhda kelgan yoshlar
opera namoyishini tantanali kutib oldilar. Dargomijskiy o’z Vatanida chuqur e’tibor
va hurmat qozondi.
Bu yillarda Balakirev, Kyui, Borodin, Rimskiy -Korsakov kabi
kompozitorlar va Stasov kabi musiqiy- tanqidchi Dargomijskiy xonadonining doimiy
mehmonlari edilar. Ular Rimsiky- Korsakovning asarlarini, Dargomijskiyning yangi
musiqiy “Kamenno’y gost”(Tosh mehmon) operasidagi asarlarni fortepianoda 4
qo’lda ijro etishar edi. Dargomijskiyning bu so’nggi”Kamenno’y gost” operasi
yakunlanmay qoldi. 1869-yil 5 yanvar kuni kompozitor og’ir yurak -xuruji
kasalligidan vafot etdi. Uni M.I. Glinka qabri yoniga dafn etishdi.
3. Ijodiga xarakteristika. Dargomijskiy musiqiy me’rosi juda ham boy
bo’lmasada, unga o’zining yangi mavzu timsollari va badiiy asoslarini kiritgan.
Shuning uchun ham uning ijodi kelajakdagi rus musiqasining rivojlanishiga o’z ulkan
hissasini qo’shadi. Dargomijskiy o’z asarlarida g’oyaviy xaqiqatga intilgan “
Xaqiqatni hohlayman” ,deb yozadi kompozitor. Kompozitor o’z asarlarida qalb
kechinmalarini turli xil bo’yoqlarda aks ettirgan. U bu hissiyot kechinmalarini
umumiy shaklda emas, balki ularning paydo bo’lish jarayonini va hissiyotlarning
rivojlanishini ko’rsatgan. Dargomijskiy turli xil fe’l- atvorlarning turli xil ko’rinishini
va ularning odatlarini musiqada to’g’ri aks ettirilishiga katta e’tibor qaratgan. Uning
musiqiy portretlari yorqin va ishontiradigan, shu bilan birga o’z qahramonlarining
ruhiy holatini aniq ifodalagan. Uning bu xarakterlarni tasvirlash usuli, musiqiy
ifodalashda yangi qirralarni ochib berishga va foydalanishiga olib keldi. Dargomijskiy
asarlarida xalq musiqasiga yaqinlikni, maishiy- turmush tarzi va shahar qo’shiqlari
romanslarini his qilish mumkin. Ba’zi asarlarida xaqiqiy xalq ohanglarini ham
uchratish mumkin.
4. Romanslari. Dargomijskiy tomonidan 100 dan ortiq romanslar yaratilgan.
Romans janrida Dargomijskiy buyuk novator va ajoyib rassom sifatida o’zini
ko’rsatdi. Uning ilk romans va qo’shiqlar to’plami shu davrning maishiy -romanslari
qatorida Glinka romanslarining ahamiyati sezilib turadi. Shu bilan birga
Dargomijskiyning ham shaxsiy o’z individual qarashlari ham yoritilgan. “To’
xoroshenkaya” (Sen yaxshisan),«Liletta», «Golubo’e glaza» (Moviy ko’zlar) kabi
romanslari shular jumlasidandir. O’z romanslarini Dargomijskiy rus qo’shiqlari
ohangdorligiga, maishiy, lirik -romans va vodevil kuplet asoslariga tayanib yaratgan.
Dargomijskiy Glinka bilan romanslarida kompozitsiyaning ba’zi bir sharqiy va ispan
ohangdorligini qo’llashda hamfikr bo’lgan. Qator romanslari Pushkin she’rlariga
yozilgan. Bular “ V krovi gorit ogon jelanya» «Nochnoy zefir» kabilardir. O’zining
sevimli adibi Pushkin she’rlariga yozilgan romanslari bir talaydir. Dargomijskiy
ijodining o’ziga xoslik xarakteri Pushkin she’riga yozilgan “Ya vas lyubil” ilk
romansida paydo bo’ldi. Romans- elegiya ko’rinishiga yaqin. Shakli kupletli . Kuplet
ohangi bir yo’nalishda bo’lgani bilan qisqa ,kuychan iboralar qaytarilib turishidan
iborat.
Pushkin bilan bir qatorda Lermontov ham Dargomijskiyning sevimli
adiblaridan biri edi. Lermontov she’rlariga yozilgan romanslardan “Mne grustno” “ I
skuchno i grustno” lirik- monologik romanslari ifodali kuychan, deklamatsion- vokal
partiyalaridan iborat. Lermontovning “I skuchno i grustno” she’riy asari lirik, o’ychan,
savol va javob monologidan iborat. “I skuchno i grustno” lirik- monolog romansi
mavzusi davomi “Mne grusto” To’ skoro menya pozabudesh” kabi romanslarda
davom ettirilgan. Bir qator romanslari esa xalq qo’shiqlari ruhida yozilgan. Bular
Koltsov so’zlariga yozilgan “Bez uma, bez razuma”(Aqlsiz va idroksiz), xalq so’ziga
yozilgan “Lixoradushka”(Isitma bezgak kasali), Pushkin she’riga yozilgan
“Melnik”(Tegirmon) romanslaridir. Dargomijskiyning vokal va qo’shiqchilik
ijodiyotida yaratilgan romanslari ijtimoiy va siyosiy xarakterga ham egadir. Ularda
kinoyali satira bor. Romanslar asosan “ kichkina odamlar” xaqida. Dargomijskiyning
“ Chervyak” (Chuvalchang) qo’shig’ida amaldorning amaldorlarga xos ohangi aks
ettirilgan. P.I. Veynberg so’zlariga yozilgan “Titulyarno’y sovetnik”(Titulyar
maslahatchi) ( 9 chi darajali fuqarolik mansabi) qo’shig’ida oddiygina titulyar
maslahatchisi va generalning o’ziga bino qo’ygan qizi obrazlari orasidagi munosabat
yoritilgan. Oddiy titulyar maslahatchisiga xos samimiy xususiyat va o’ziga bino
qo’ygan general qizining xususiyatlari musiqa orqali aniq va ishonchli musiqa
ohangdorligida aks ettirilgan.
Frantsuz adibi P.Beranji qalamiga mansub “Staro’y kapral” (Qari askar), (kichik
komandirlar yoki askarlar unvoni) dramatik qo’shig’ida,ofitserni xaqorat qilgan va
o’lim jazosiga mahkum qilingan qariya- askarning qalb kechinmalari jamiyat tizimiga
g’azabli ayblov sifatida musiqa ohangdorligida yaqqol ifodalangan. Bu qo’shiq
dramatik sahna- monologdir. Qo’shiq kuplet va naqoratli shaklda yozilgan. Bu
qo’shiqda qariya- askar o’z birodarlariga hayot va qalb alamlari o’tmishi va
o’tmishdagi uyini eslab ularga hikoya qiladi. Ammo musiqa ohangida uning mard,
jasurlik kabi xislatlarini ta’kidlagan holda musiqa marsh usulida yozilgan.
5.Opera ijodiyoti. Dargomijskiyning “ Rusalka” ( Suv parisi) operasi rus
klassik musiqasi tarixida yangi sahifani ochdi. Bu birinchi rus xalq- maishiy musiqali
dramasidir. Opera syujetini A.S.Pushkinning o’zi tavsiya qilgan. Dargomijskiy opera
syujeti mazmuniga bir qator o’zgarishlar kiritib, qaytadan ishlab chiqib, syujet oxiriga
knyaz o’limini olib kiradi.”Rusalka” mazmunining asosida ijtimoiy -ziddiyatlar
ko’rinishi yotadi.
“Rusalka”(Suv parisi) operasi qisqacha mazmuni: Dnepr qirg’oqlari yonida
tegirmon.
Tegirmonchining
qizi
Natasha
o’zining
sevimli
yori
knyazni
kutmoqda.Hayoli qochgan, parishon holda otasining” qanday qilib knyaz muxabbati
orqali o’z foydasiga ulush olish”, kabi maslahatlarini eshitmoqda.Knyaz Natashani
sevadi va unda ham o’zaro javobli muhabbat hissini uyg’otgan, lekin so’nggi paytlarda
knyaz’ Natasha oldiga kamnamo qatnaydigan bo’ldi. Kunlarning birida knyaz’
xomush ahvolda paydo bo’lib, Natashaga qimmat taqinchoqni hadya qiladi va unga
abadiy birga bo’la olmasliklarini va xayrlashishga kelganini aytadi. Ayriliqga sabab
knyazning past tabaqadan bo’lgan oila qiziga uylana olmasligidir. Qalbi singan
Natashaning knyazdan homilador bo’lganligi xaqidagi yangiligi ham knyazni to’xta
olmaydi. Aqli hushini yo’qotgan Natasha bo’ynidan qimmatli taqinchoqni yulib olib,
o’zini Dnepr daryosiga tashlaydi. Knyaz’ hurmat e’tiborga sazovor va moliyaviy
ta’minlagan amaldor qizga uylanadi. To’y jarayoni mobaynida qaerdandir
muxabbatdan aldangan qizning g’amgin qo’shig’i sadosi eshitilib turaveradi. 12 yillik
turmush hayotidan so’ng ham Knyaz o’zini baxtsiz his qiladi. Natashaga so’ngmagan
muhabbati uni Dnepr qirg’oqlariga chorlayveradi. Odatiy Dnepr qirg’oqiga kelgan
paytida raqsga tushayotgan suv parilari knyazni payqab g’oyib bo’lishadi.O’tmishdagi
muxabbatining afsusli nadomatlari knyaz qalbini emira boshlaydi. Kutilmaganda
qarshisidan telbanamo- g’arib ahvolda telba bo’lib qolgan Natashaning otasi paydo
bo’lib, knyazga vajohat bilan tashlanadi va undan qizini qaytarib berishini talab qiladi.
Vaqtida etib kelgan ovchilar knyazni telba cholning istehkomidan qutqarib qolishadi.
Ancha yillar o’tib Natasha Dnepr daryosi suvlari hukmdoriga aylangan bo’lsada,
knyazga bo’lgan muhabbati so’ngmagan edi, ammo kemtik qalbining bir chekkasida
undan qasos olish orzusi ham yo’q emasdi. Natasha o’zining farzand- qizi suv parisiga
otasining unga qilgan bevafoligini aytadi va unga qirg’oqga chiqib, otasini makr ila
daryoga chaqirishini tayinlaydi.
Dnepr qirg’oqlari .Odatdagiday knyaz o’tmishdagi baxtli onglarini xotirlash
uchun qirg’oq bo’yiga kelgan paytida, suvdan suv parisi chiqib knyazga uning
farzandi ekanligi aytadi va uni daryoga chorlaydi. Knyaz’ uning orqasidan ketishga
tayyor edi. Qirg’oq bo’yiga etib kelgan rafiqasi va uning xizmatkori Olga uni
to’xtatishga harakat qilganlarida, knyazni undovchi Natashaning ovozi eshitiladi. Suv
parilarining qahrli -kulgu sadolari ostida Knyaz suv parisi ortidan suv tagiga kirib
cho’kadi . Opera syujeti mana shunday fojeali yakun topadi.
“Rusalka” maishiy-turmushiy, lirik -dramatik reja asosidagi operadir.Uning
markazida oddiy, insoniy drama yotadi. Dargomijskiy o’z qahramonlarining ruhiy
kechinmalarini yaqqol tasvirlay olgan. Operaning birinchi qismida asosiy qahramon
Natasha nozik, ehtirosli, hissiyotli, go’zal qiyofada aks ettirilgan. Operaning so’nggi
qismlarida esa irodali va qasoskor qiyofada gavdalanadi.
A.S.Pushkin qalamiga mansub “Kamenno’y gost”(Tosh mehmon) operasi
boshqa yo’nalishda ketgan. Bu asar syujet mazmuni o’zgartirilmagan. “Kamenno’y
gost” operasida Dargomijskiy operaning yangi yo’nalishda yaratilishini o’ziga maqsad
qilgan holda, musiqaning adabiy -matn va sahna harakatlari rivojiga bo’ysunishiga
qo’yib bergan. “Kamenno’y gost” operasining namoyishi birinchi bor Dargomijskiy
xonadonida yangragan, bizga ma’lumki kompozitor bu operani yakunlashga ulgura
olmagan. Kompozitorning vasiyati bilan opera Kyui tomonidan yakunlanib, Rimskiy-
Korsakov tomonidan orkestrlashtirilgan. Glinka an’analarining davomchisi sifatida,
Dargomijskiy ijtimoiy- siyosiy ko’rinishlar mavzusini ko’tarib chiqqan birinchi
kompozitorlardan hisoblanadi. U ko’plab satirik, kinoyali va kulgili qo’shiqlar va lirik
-dramatik
romanslar
avtoridir.
Undan
keyingi
kompozitorlar
ijodida
Dargomijskiyning yo’nalishi salmoqli ahamiyatga ega. Chaykovskiyning psixologik,
musiqali -drama va lirik- drama romanslari janrida Dargomijskiyning asoclari sezilib
turadi. Dargomijskiy ijodiy yo’nalishining davomchisi- Musorgskiydir. Rus musiqa
tarixida Dargomijskiy kompozitor- realist va “ Musiqiy xaqiqatning buyuk ustozi”
sifatida muhrlanib qoldi.
Tayanch iboralar:
1. Interpretatsiya.--- Muzika asarining ijodiy ijro etilishidagi talqin.Muzika
asarining interpretatsiyasi ijro-sozanda yoki xonandalarning xarakter va mazmunini
bayon qilishiga bog’liq.
2. Rechitativ.---Vokal bir turi bo’lib intonatsiya va ritm jihatidan deklamatsiyali
so’zga yaqin bo’ladi. Rechitativ ritm jihatidan erkin holda yozilib, hech qanday
muzika tuzilishlariga (davriya, jumla va b. ) bo’ysunmaydi. Ko’proq operadagi
ariyalar oldidan berilib, bunga qarama-qarshi qo’yiladi va ariyaning ohangdorligi
oshiriladi. Rechitativ opera, oratoriya, va kantatalarda alohida ahamiyatga egadir.
O’zbekiston kompozitorlari operalarida rechitativ, katta ashula yo’llaridagi
ohanglardan foydalanilmoqda.
3. Melodeklamatsiya. --- muzika ( odatda fortepiano, ba’zan orkestr) jo’rligida
badiiy o’qish (aksari she’rlar o’qiladi).Bu ko’proq melodramatik xarakterda bo’ladi.
Adabiyotlar:
1. Pekelis M.S. “Dargomijskiy i ego okrujenie t.1.M.1966. t.2 M.1973.
2. Asafev. Dargomijskiy Izbranno’e trudo’.t.1.M.1955.
3. O.Levasheva,A Kandinskiy .”Istoriya russkoy muzo’ki».vo’p.2.M1987.
4. Muzo’kalnaya entsiklopediya .M.1978.
5. “Operno’e libretto”t.1.M.1982 g.
6. “ 100 oper” Istoriya sozdaniya. Syujet.Muzo’ka. Izdanie 8-e Leningrad “
Muzo’ka” 1987 g.