AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR (Agrogeografik tadqiqotlar va yer kadastri, Muhandis-geografik tadqiqotlar, Tibbiy-geografik tadqiqotlar)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

441,6 KB


 
 
 
 
 
 
AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR 
 
Reja:  
1. Agrogeografik tadqiqotlar va yer kadastri 
2. Muhandis-geografik tadqiqotlar 
3. Tibbiy-geografik tadqiqotlar 
 
Geografiya serqirra fan bo’lib, uni o’rganish jarayonida juda ko’plab sohalar, 
kasblar, mutaxassisliklar bilan tanishish imkoni bo’ladi. Amaliy geografiya fani 
ko’plab tadqiqot usullarini o’z ichiga oladi va ishlab chiqarish faoliyatining ko’plab 
sohalarida amaliy geografiya ishtirok etadi. Amaliy geografiyaning asosiy tadqiqot 
yo’nalishlari: agrogeografik, muhandis-geografik, tibbiy-geografik, yo’nalishlardan 
iborat, quyida ular haqida bilib olasiz. 
Agrogeografik ( “agro” – yunoncha so’z bo’lib, dala ma’nosini bildiradi) 
tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo’jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan 
baholanadi. Agrogeografik tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar asosida har 
bir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.  
Qishloq xo’jalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo’z yerlar, ko’p yillik 
daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini 
joylashtirishda relyef va uni tashkil qilgan yotqiziqlar muhim ahamiyatga ega. 
Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yer usti suvlari me’yorini, 
o’simlik qoplami va iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy 
relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, 
Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori 
terrasalari sug’oriladigan yerlardan iborat bo’lib, ularda paxta, g’alla, yem-xashak 
ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi terrasalarida (I – II) sholi va boshqa suvni 
ko’p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o’rtacha balandlikdagi 
AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR Reja: 1. Agrogeografik tadqiqotlar va yer kadastri 2. Muhandis-geografik tadqiqotlar 3. Tibbiy-geografik tadqiqotlar Geografiya serqirra fan bo’lib, uni o’rganish jarayonida juda ko’plab sohalar, kasblar, mutaxassisliklar bilan tanishish imkoni bo’ladi. Amaliy geografiya fani ko’plab tadqiqot usullarini o’z ichiga oladi va ishlab chiqarish faoliyatining ko’plab sohalarida amaliy geografiya ishtirok etadi. Amaliy geografiyaning asosiy tadqiqot yo’nalishlari: agrogeografik, muhandis-geografik, tibbiy-geografik, yo’nalishlardan iborat, quyida ular haqida bilib olasiz. Agrogeografik ( “agro” – yunoncha so’z bo’lib, dala ma’nosini bildiradi) tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo’jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Agrogeografik tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar asosida har bir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Qishloq xo’jalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishda relyef va uni tashkil qilgan yotqiziqlar muhim ahamiyatga ega. Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yer usti suvlari me’yorini, o’simlik qoplami va iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori terrasalari sug’oriladigan yerlardan iborat bo’lib, ularda paxta, g’alla, yem-xashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi terrasalarida (I – II) sholi va boshqa suvni ko’p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o’rtacha balandlikdagi  
 
tog’larning yonbag’irlarida lalmi ekinlar, cho’llrda va tog’ yonbag’irlarida yaylov va 
pichanzorlar joylashgan.  
Shunga ko’ra, O’zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyilmali, adirli, tog’ 
yonbag’irli yerlarga ajratilishi mumkin.  
Ma’lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo’yicha 
muntazam ravishda o’tkaziladigan kuzatishlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlarning 
jamlanmasi kadastr deyiladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o’rmon va 
boshqalar bo’yicha ham tuzilishi mumkin.  
Davlat ter kadastri quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: yerning kimga 
qarashli ekanligi; uning miqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning 
iqtisodiy baholanish natijalari.  
Yer kadastri mamlakat bo’yicha yagona tizimga ega bo’lib, unda yerning aniq 
maydoni va sifati, xo’jalik va huquqiy holati to’g’risida to’liq ma’lumot bo’ladi. Yer 
kadastri asosini tuproq bonitirovka tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan 
qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deb ataladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq 
hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi.  
O’zbekiston bonitirovkasi asosini paxta hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektariga 
40 sentner hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. O’zbekistonda 
eroziyaga uchramagan tipik va bo’z tuproqlar yuqori bonitetga (80 – 100 ball), 
deltalardagi sho’rlangan, sug’oriladigan o’tloq tuproqlar o’rtacha bonitetga (40 – 60 
ball), kuchli sho’rlangan, toshloq, taqirli va gilli tuproqlar past bonitetga (10 – 39 
ball) ega.  
Sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi tuproq unumdorligining pasayib 
ketishiga kuchli ta’sir etadi. Yer osti suvlari sathi ko’tarilib ketgan joylarda 
tuproqlarning sho’rlanishi kuzatiladi. Sho’rlanishning oldini olish uchun quritish 
melioratsiyasi amalga oshiriladi (“melioratsiya” so’zi – lotin tilidan olingan bo’lib, 
“yaxshilash” degan ma’noni bildiradi), buning uchun zovurlar qaziladi. Masalan, 
Mirzacho’l, Qarshi cho’llarida yerlarning zaxini qochirish uchun zovurlar 2,5 – 3,5 
m chuqurlikda qaziladi. Bu esa ikki zovur oralig’ida yer osti suvlarining chuqurligi 
2 – 3 m bo’lishini ta’minlaydi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqur bo’lsa, 
bug’lanish shuncha kam bo’ladi va tuproqlar sho’rlanmaydi.  
tog’larning yonbag’irlarida lalmi ekinlar, cho’llrda va tog’ yonbag’irlarida yaylov va pichanzorlar joylashgan. Shunga ko’ra, O’zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyilmali, adirli, tog’ yonbag’irli yerlarga ajratilishi mumkin. Ma’lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo’yicha muntazam ravishda o’tkaziladigan kuzatishlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlarning jamlanmasi kadastr deyiladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o’rmon va boshqalar bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Davlat ter kadastri quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: yerning kimga qarashli ekanligi; uning miqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari. Yer kadastri mamlakat bo’yicha yagona tizimga ega bo’lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, xo’jalik va huquqiy holati to’g’risida to’liq ma’lumot bo’ladi. Yer kadastri asosini tuproq bonitirovka tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deb ataladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston bonitirovkasi asosini paxta hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektariga 40 sentner hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. O’zbekistonda eroziyaga uchramagan tipik va bo’z tuproqlar yuqori bonitetga (80 – 100 ball), deltalardagi sho’rlangan, sug’oriladigan o’tloq tuproqlar o’rtacha bonitetga (40 – 60 ball), kuchli sho’rlangan, toshloq, taqirli va gilli tuproqlar past bonitetga (10 – 39 ball) ega. Sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi tuproq unumdorligining pasayib ketishiga kuchli ta’sir etadi. Yer osti suvlari sathi ko’tarilib ketgan joylarda tuproqlarning sho’rlanishi kuzatiladi. Sho’rlanishning oldini olish uchun quritish melioratsiyasi amalga oshiriladi (“melioratsiya” so’zi – lotin tilidan olingan bo’lib, “yaxshilash” degan ma’noni bildiradi), buning uchun zovurlar qaziladi. Masalan, Mirzacho’l, Qarshi cho’llarida yerlarning zaxini qochirish uchun zovurlar 2,5 – 3,5 m chuqurlikda qaziladi. Bu esa ikki zovur oralig’ida yer osti suvlarining chuqurligi 2 – 3 m bo’lishini ta’minlaydi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqur bo’lsa, bug’lanish shuncha kam bo’ladi va tuproqlar sho’rlanmaydi.  
 
Yer osti suvlarining sathi yer yuzasiga juda yaqin joylashgan hududkarda 
tuproqlarning sho’rlanishi juda kuchli bo’ladi. Uning oldini olish uchun har yili 
qishda tuproqlarning sho’ri yuvilib turadi (Xorazm, Qoraqalpog’iston, Buxoro, 
Sherobod, Mirzacho’l, Qarshi vohalari).  
Shamol kuchli esadigan hududlarda (Markaziy Farg’ona, Mirzacho’l, 
Dalvarzin, Qarshi, Sherobod cho’llarida) tuproqning ustki qismi eroziyaga uchraydi, 
oqibatda tuproqning unumdor chirindili qatlami uchib ketadi. 
 Shamol eroziyasining oldini olish uchun, shamolning yo’nalishiga ko’ndalang 
tarzda ihota daraxtzorlari tashkil qilinadi.Ihota daraxtzorlari shamolning kuchini 
kamaytiradi va tuproqdagi namni uzoqroq ushlab turishga imkon beradi. 
 Sug’orish jarayonida nishab yerlar suv eroziyasiga uchraydi. Bunday eroziya 
sug’orish (irrigatsiya) eroziyasi deb ataladi. Sug’orish eroziyasining oldini olish 
uchun nishab yerlarni haydash va sug’orishni ko’ndalangiga amalgam oshirish 
lozim.Bunday suv nishab joylarda tuproqni o’yib ketmaydi va bir tekis oqadi. 
 
2. Muhandis-geografik tadqiqotlar 
 
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida 
vujudga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda 
ularning oldini olish muammolari bilan shug’ullanadi.  
   
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos 
bo’lib xixmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini 
joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to’g’onlar, suv omborlari va h.k.), 
yo’llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi.  
   
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki 
bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida 
mahsulot ishlab chiqarishi va atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik 
sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi (geologic tuzilishi, relyefi, iqlimi, 
suvlari, tuorog’i, o’simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, xo’jaligi). Sanoat korxonasi 
zararli chiqindilarni ko’proq chiqaradigan bo’lsa (ko’mir asosida ishlaydigan issiqlik 
elektrostsnsiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzilgohlaridan olisda, 
shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro 
Yer osti suvlarining sathi yer yuzasiga juda yaqin joylashgan hududkarda tuproqlarning sho’rlanishi juda kuchli bo’ladi. Uning oldini olish uchun har yili qishda tuproqlarning sho’ri yuvilib turadi (Xorazm, Qoraqalpog’iston, Buxoro, Sherobod, Mirzacho’l, Qarshi vohalari). Shamol kuchli esadigan hududlarda (Markaziy Farg’ona, Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarshi, Sherobod cho’llarida) tuproqning ustki qismi eroziyaga uchraydi, oqibatda tuproqning unumdor chirindili qatlami uchib ketadi. Shamol eroziyasining oldini olish uchun, shamolning yo’nalishiga ko’ndalang tarzda ihota daraxtzorlari tashkil qilinadi.Ihota daraxtzorlari shamolning kuchini kamaytiradi va tuproqdagi namni uzoqroq ushlab turishga imkon beradi. Sug’orish jarayonida nishab yerlar suv eroziyasiga uchraydi. Bunday eroziya sug’orish (irrigatsiya) eroziyasi deb ataladi. Sug’orish eroziyasining oldini olish uchun nishab yerlarni haydash va sug’orishni ko’ndalangiga amalgam oshirish lozim.Bunday suv nishab joylarda tuproqni o’yib ketmaydi va bir tekis oqadi. 2. Muhandis-geografik tadqiqotlar Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish muammolari bilan shug’ullanadi. Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos bo’lib xixmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to’g’onlar, suv omborlari va h.k.), yo’llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi (geologic tuzilishi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuorog’i, o’simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, xo’jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko’proq chiqaradigan bo’lsa (ko’mir asosida ishlaydigan issiqlik elektrostsnsiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzilgohlaridan olisda, shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro  
 
viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi 
Sho’rtang gazni qayta ishlash zavodi cho’lda, ya’ni aholi zich yashaydigan 
hududlardan ancha olisda joylashgan, shuning uchun ularning tabiat va insonga 
ta’siri kam.  
    
Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib 
borishda quyidagilarga e’tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy muhit o’zaro 
ta’sirining asosiy qirralari, suvning kirish-chiqishi, sho’rlanganlik darajasi, 
loyqaligi, bug’lanishi, to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlarning yemirilishi, suvning 
shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish, tuz to’planishi, o’simlik 
va tuproq qoplamining o’zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush hodisalarning 
oldini olish bo’yicha choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyqa 
bo’lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu-Buxoro, 
Qarshi, Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda “o’tirib” qoladigan loyqa 
nasoslar yordamida qirg’oqqa chiqarib tashlanadi.  
 
Yo’l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan 
relyefning tahliliga yo’naltirilgan bo’ladi. Chunki ko’p hollarda loyihalanayotgan 
yo’lning yo’nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti 
belgilab beradi. Shuning uchun yo’llarni loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday 
tog’ jinslaridan tashkil topganligi, mutlaq balandligi birinchi navbatda tahlil qilinadi. 
Avtomobil yo’llarining qiyaligi 12 – 15 gradusdan oshmasligi lozim.  
    
 Baland va qiyaligi yuqori bo’lgan joylarda yo’llar yer osti tunnellari orqali 
o’tkaziladi. Masalan, Toshkent – Andijon avtomobil yo’lining Kamchiq dovonida 
uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan.  
     
Bundan tashqari, yo’llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko’chkilari, 
daryo toshqinlari ham hisobga olinadi.  
     
Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar 
ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalishda kon joylashgan hududning tabiiy 
va iqtisodiy-geografik sharoiti o’rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo’nalishda 
foydali qazilma konini qazib olish jarayonida atrof-muhitda ro’y beradigan 
o’zgarishlar bashorat qilinadi.  
 
viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho’rtang gazni qayta ishlash zavodi cho’lda, ya’ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha olisda joylashgan, shuning uchun ularning tabiat va insonga ta’siri kam. Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib borishda quyidagilarga e’tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy muhit o’zaro ta’sirining asosiy qirralari, suvning kirish-chiqishi, sho’rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug’lanishi, to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlarning yemirilishi, suvning shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish, tuz to’planishi, o’simlik va tuproq qoplamining o’zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush hodisalarning oldini olish bo’yicha choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyqa bo’lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu-Buxoro, Qarshi, Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda “o’tirib” qoladigan loyqa nasoslar yordamida qirg’oqqa chiqarib tashlanadi. Yo’l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning tahliliga yo’naltirilgan bo’ladi. Chunki ko’p hollarda loyihalanayotgan yo’lning yo’nalishini, uzunligini, kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo’llarni loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog’ jinslaridan tashkil topganligi, mutlaq balandligi birinchi navbatda tahlil qilinadi. Avtomobil yo’llarining qiyaligi 12 – 15 gradusdan oshmasligi lozim. Baland va qiyaligi yuqori bo’lgan joylarda yo’llar yer osti tunnellari orqali o’tkaziladi. Masalan, Toshkent – Andijon avtomobil yo’lining Kamchiq dovonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan. Bundan tashqari, yo’llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko’chkilari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi. Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy-geografik sharoiti o’rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo’nalishda foydali qazilma konini qazib olish jarayonida atrof-muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bashorat qilinadi.  
 
  
          
 
 
             a)                                         b) 
3-rasm Tog’ yollari. a - Tog’lardagi avtomobil yo’llari; b – Kamchiq govonidagi 
tunnel 
 
 3. Tibbiy-geografik tadqiqotlar 
 
Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik 
tarqalishini o’rganadi. 
Hozigi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo’nalishda olib 
borilmoqda. Birinchi yo’nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri 
baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo’nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy 
o’choqlari aniqlanadi. 
 
Atrof-muhitning tozaligi ko’p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U 
tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy 
omillarga shamol ( havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan 
otilishi(atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, 
qurg’oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiradi. 
 
Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’sirida atrof-muhit 
(zavodlar, 
fabrikalar, 
metallurgiya, 
kimyo 
zavodlari, 
konlar, 
issiqlik 
elektrostansiyalari, transport kabilar) ko’proq ifloslanadi.  
  
Atrof-muhitning og’ir metallar bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli 
salbiy ta’sir etadi. Masalan, qo’rg’oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi. 
a) b) 3-rasm Tog’ yollari. a - Tog’lardagi avtomobil yo’llari; b – Kamchiq govonidagi tunnel 3. Tibbiy-geografik tadqiqotlar Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadi. Hozigi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo’nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo’nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo’nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy o’choqlari aniqlanadi. Atrof-muhitning tozaligi ko’p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol ( havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi(atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurg’oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiradi. Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’sirida atrof-muhit (zavodlar, fabrikalar, metallurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektrostansiyalari, transport kabilar) ko’proq ifloslanadi. Atrof-muhitning og’ir metallar bilan ifloslanishi inson salomatligiga kuchli salbiy ta’sir etadi. Masalan, qo’rg’oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi.  
 
Simob ko’proq jigar va buyrakda to’planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy 
bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o’pka va teri rakini keltirib 
chiqaradi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 
million kishi zaharlanadi, ulardan tahminan 15-20 ming kishi hayotdan ko’z yumadi. 
Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o’pka rakini 
keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda 
kislorod yetishmovchiligiga sabab bo’ladi hamda asab va yurak-qon tomir 
tizimlarini ishdan chiqaradi.  
 
Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoitini inson salomatligiga 
turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miqdori, havo bosimi, harorat va 
namlikning o’zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati 
bilan bog’liq turli asoratlar paydo qiladi.  
 
Atmosferadagi kislorod miqdorining ortishi gipertoniya krizlari va miya 
insultlarining ko’payishiga olib keladi. Kislorod miqdorining ortishi asosan qishda 
kuzatiladi. Tog’larda balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm simob ustuniga 
kamayadi va inson organizmiga tushadigan og’irlik (bosim) ortadi.  
 
Havoda namlik qanchalik yuqori bo’lsa, issiq harorat insonga shunchalik 
kuchli ta’sir etadi. Nisbiy namlik 50 %, havo harorati 16 – 18 °C bo’lishi inson 
organizmi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Havo harorati 24 °C, nisbiy namlik 44 – 
60 %, shamol tezligi sekundiga 0,7 – 1 m bo’lganda inson organizmi uchun juda 
qulay sharoit vujudga keladi.  
 
Suvda, tuproqda va ba’zi mahsulotlarda yod elementining yetishmasligi buqoq 
kasalligini keltirib chiqaradi.  
 
Yer kadastri- yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer 
resursining tabiy, xo’jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, 
yeruchastkalari o’rni, o’lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, 
yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi 
ma’lumotlar hamda hujjatlar majmui. 
 
Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi.: aerokosmik 
suratga olish, topografiya – geodeziya, xaritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, 
geobotanika, gidrogeologiyaga oid izlanishlar va tadqiqotlarni o’tkazish; yerlarni 
Simob ko’proq jigar va buyrakda to’planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o’pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 million kishi zaharlanadi, ulardan tahminan 15-20 ming kishi hayotdan ko’z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o’pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab bo’ladi hamda asab va yurak-qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi. Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoitini inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miqdori, havo bosimi, harorat va namlikning o’zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog’liq turli asoratlar paydo qiladi. Atmosferadagi kislorod miqdorining ortishi gipertoniya krizlari va miya insultlarining ko’payishiga olib keladi. Kislorod miqdorining ortishi asosan qishda kuzatiladi. Tog’larda balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm simob ustuniga kamayadi va inson organizmiga tushadigan og’irlik (bosim) ortadi. Havoda namlik qanchalik yuqori bo’lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta’sir etadi. Nisbiy namlik 50 %, havo harorati 16 – 18 °C bo’lishi inson organizmi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Havo harorati 24 °C, nisbiy namlik 44 – 60 %, shamol tezligi sekundiga 0,7 – 1 m bo’lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi. Suvda, tuproqda va ba’zi mahsulotlarda yod elementining yetishmasligi buqoq kasalligini keltirib chiqaradi. Yer kadastri- yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiy, xo’jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yeruchastkalari o’rni, o’lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar majmui. Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi.: aerokosmik suratga olish, topografiya – geodeziya, xaritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiyaga oid izlanishlar va tadqiqotlarni o’tkazish; yerlarni  
 
miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash; yuridik va jismoniy shaxslarning 
yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatiga olish; yerlarni taqsimlash.  
    Bilimingizni sinab ko’ring: 
1. Qishloq xo’jalik yerlari qanday qismlardan iborat? 
2. Yer kadastri nima? 
3. Tuproq bonitirovkasi nima? 
4. O’zbekistondagi bonitirovka asosini nima tashkil qiladi? 
5. Tuproqlarning sho’rlanishi qanday sodir bo’ladi?  
6. Muhandislik geografiyasi nimani o’rganadi? 
7. Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandislik-geografik tadqiqotlar 
qanday bosqichlarda olib boriladi? 
 
miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash; yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatiga olish; yerlarni taqsimlash. Bilimingizni sinab ko’ring: 1. Qishloq xo’jalik yerlari qanday qismlardan iborat? 2. Yer kadastri nima? 3. Tuproq bonitirovkasi nima? 4. O’zbekistondagi bonitirovka asosini nima tashkil qiladi? 5. Tuproqlarning sho’rlanishi qanday sodir bo’ladi? 6. Muhandislik geografiyasi nimani o’rganadi? 7. Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandislik-geografik tadqiqotlar qanday bosqichlarda olib boriladi?