AMALIY GEOGRAFIYANING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
2. Amaliy geograftyaning tadqiqot usullari
3. Amaliy geograftyaning ahamiyati
Geografiya fani Yer yuzasini tabiatini, aholisi va uning xo’jalik faoliyatini
o’rganadi.
Amaliy geofrafiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishini baholash
va bashorat qilish bilan shug’ullanadi.
Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va
tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida
mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar
paydo bo’lmoqda.
Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o’rganish, baholash va ularning
sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o’rni va ahamiyati
nihoyatda muhimdir.
Mazkur muammolarni o’rganish va ularning yechimini topish davomida
geografiya fanlari tizimida yangi yo’nalish, ya’ni amaliy geografiya fani paydo
bo’ldi va u hozirgi paytda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning
maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning
o’zgarishini bashorat qilishdan iboratdir.
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
1) xo’jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va
resurslarni o’rganish va baholash;
2) tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish, baholash va bashorat qilish;
3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgartirilishi jarayonini
baholash va bashorat qilish;
4) umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga
kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini
ishlab chiqish;
5) ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi
masalalarini yechish.
Amaliy feografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi
tarmoqlaridan biri bo’lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning muhim
hissa qo’shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg’oniy Nil daryosining suv sarfini
o’rganish va bashorat qilish bo’yicha amaliy geografik ishlarni olib borgan.
Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, Yerning asosiy
o’lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo’shgan.
Geografiya yunoncha so’z bo’lib, “ge”-yer, “o”-bog’lovchi, “grafo”-tasvirlayman,
chizaman degan ma’noni, ya’ni Yerning tasviri degan ma’noni bildiradi.
Geografiya so’zini fanga birinchi marta yunon olimi Eratosfen miloddan
avvalgi III asrda “Geografika” nomli asarida olib kirgan. Vatandoshimiz buyuk
alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy ham IX asrda “Kitob surat ul-Arz” nomli asar
yozgan. Mazkur asarning nomi arabchadan o’zbekchaga tarjima qilinsa, “Yerning
tasviri Haqidagi kitob” ma’nosini beradi.
Jahonda birinchi bo’lib Yerning modeli- globusni ham IX asrda bobokalonimiz
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ixtiro etgan.
Geografiya yunoncha so’z bo’lib, “ge”-yer, “o”-bog’lovchi, “grafo”-
tasvirlayman, chizaman degan ma’noni, ya’ni Yerning tasviri degan ma’noni
bildiradi.
2 . Amaliy geograftyaning tadqiqot usullari
Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o’rganishda turli tadqiqot
usullaridan foydalanadi. Mazkur tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali,
ekologik, landshaft va iqtisodiy. Ushbu usullarni yondashuv deb ham atash mumkin.
Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o’rganilayotgan hudud ma’lum bir
sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir – biri bilan bog’langan qator kichik
sistemalardan iborat bo’ladi. Masalan, Chirchiq vodiysini ma’lum bir yaxlit sistema
sifatida oladigan bo’lsak, u bir-biri bilan bog’langan quyidagi sistemalardan iborat:
geologik tuzilishi; relyefi; suvlari (daryolari, ko’llari, muzliklari, botqoqliklari, yer
osti suvlari); iqlimi; tuproqlari; o’simlik va hayvonot dunyosi; qishloq xo’jaligi;
sanoati; transporti; aholi manzilgohlari (shahar va qishloqlar); gidrotexnik inshootlar
va h.k. Ushbu sistemalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Bu sistemalarning
biri o’zgarsa, boshqalari ham o’zgaradi. Masalan, iqlim yoki suv sistemasi
o’zgaradigan bo’lsa, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi ham o’zgaradi.
Ekologik usul (yondashuv). Ushbu usulda bir hudud yoki muammo
o’rganilayotganda, unga tirik mavjudodlarning (o’simlik va hayvononot dunyosi),
insonning atrof-muhit bilan bo’ladigan o’zaro aloqalari nuqtayi nazaridan qaraladi.
Masalan, Chorbog’ suv ombori qurilishi munosabati bilan vodiyning ancha qismi
suv ostida qoldi, yer osti suvlari sathi ko’tarildi, tuproq va havoda namlik miqdori
oshdi. Buning oqibatida tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi o’zgarishga uchradi.
Suv ostida qolgan qishloqlar aholisi ko’chirildi, yangi, shinam va go’zal Chorbog’
shaharchasi, dam olish zonalari vujudga keldi. Demak, ekologik yondashuvda
tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarning tirik organizmga ta’siri oldindan
o’rganilar va bashorat qilinar ekan.
Landshaft usuli (yondashuv). Mazkur usul qo’llanganda, hudud ma’lum bir
landshaft turlariga bo’lib o’rganiladi. Masalan, biror tuman hududini o’rganadigan
bo’lsak, mazkur tuman hududi avval tabiy va antropogen lantshaftlarga
ajratiladi.Tabiiy landshaftlar o’rmonlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq
va qumlardan, botqoqlardan, sho’xoklardan, soy vodiylaridan, yonbag’irlardan va
boshqa landshaft turlaridan iborat bo’lishi mumkin. Antropogen landshaftlar esa
qishloq xo’jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo’llardan, shahar va
qishloqlardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida-alohida tahlil
qilinadi.
1 rasm. Suv omdori
Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisoblashlar
orqali tabiiy sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo’jalik korxonalariga baho
beriladi hamda ularning o’zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o’sishi
yoki kamayishi va h.k.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi, amaliy
landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan
foydalanadi. Shu bilan birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy
usullardan tabiatni muhofaza qilishda, atrof-muhitning va sun’iy omillar ta’sirida
o’zgarishini bashorat boshqa fanlar ham keng foydalanadi.
3 . Amaliy geograftyaning ahamiyati
Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning tobora
jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar
tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo’lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini
keng miqyosida taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o’zi
ham aks ta’sirga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko’p hollarda tabiat
qonunlarini