Amfibiyalarni sistematikasi. Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Amfibiyalarni ekologiyasi.
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
28,6 KB
Amfibiyalarni sistematikasi. Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi.
Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar.
Amfibiyalarni ekologiyasi.
R E J A
1. Amfibiyalarni sistematikasi. Sinfning umumiy biologik va morfologik
tavsifi.
2. Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar.
3. Amfibiyalarni ekologiyasi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarni o’rganish umurtqali hayvonlar
evolutsiyasi, ayniqsa uiarning suvdan quruqlik muhitiga o’tishini aniqlashda katta
ahamiyatga ega. Suvda hamda quruqlikda yashovchilaming qadimgi ajdodlari
baliqqa, xususan panjaqanotlilarga o’xshagan bo’lishi kerak. Suv muhitidan
quruqlikka o’tishi yangi moslanish belgilarini paydo bo’lishiga olib kelgan. Shu
tarzda juft suzgichlar o’rniga besh barmoqli oyoqlar paydo bo’lgan; jabra bilan nafas
olish o’pka bilan nafas olishga almashingan va boshqa chuqur o’zgarishlar yuz
bergan. Eng qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar stegosefallar
(sovutboshlilar) devon davrida paydo bo’lgan. Bu hayvonlar asosan suvda yashagan,
ba’zan quruqlikka ham chiqqan bo’lishi mumkin. Ularda yon chiziqlarning bo’lishi
buning isbotidir, stegosefallar juda yirikligi, bosh qutisini yopib turuvchi qalqoni
bo’lishi bifan hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farq qilgan. Ayrim
stegosefallarning bosh qutisi 1 m ga yetgan. Stegosefallardan hozirgi suvda hamda
quruqlikda yashovchilar kelib chiqqan.
Ahamiyati: Hozir Yeryuzida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 2600
ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi zararkunandalari, parazit
va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qirib katta foyda keltiradi. Bir qancha turlaridan
Iaboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladi. Bir qator
suvda hamda quaiqlikda yashovchilar (asosan, baqalar) ayrim mamiakatlarda oziq-
ovqat sifatida ishiatiladi. Hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar dumlilar,
dumsizlar va oyoqsizlar turkumiga ajratiladi.
Dumlilar turkumi: Dumlilar suvda hamda quruqlikda yashovchilar-ning eng
qadimgi guruhi bo’lib, 350 ga yaqin turi ma’lum. Ularga salamandmlar, tritonlar,
proteylar, sirenlar kiradi. Dumlilar tuzilishi va hayot kechirishi, tashqi ko’rinishi
bilan baliqlarga o’xshab ketadi. Ular hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi;
o’pkasi sodda tuzilgan; ayrim turlarida jabralari saqlanib qolgan (proteylar, sirenlar).
Proteylar g’or suvlarida yashaydi; ko’zlari reduksiyaga uchragan. Sirenlarning orqa
oyoqlari bo’lmaydi. Dumlilar ikkilamchi marta suvda yashashga o’tgan hayvonlar
hisoblanadi. Ehtimol, dumlilarning qadimgi ajdodlari sudralib yuruvchilar bilan
raqobatda sayoz suv havzalarini tark etmasdan lichinkalik davrida yashab qolgan
bo’lishi kerak. Hayvonlarda voyaga yetish davri bo’lmasdan, lichinka davrida
voyaga yetish neoteniya deyiladi. Bu hodisa boshqa guruhga mansub hayvonlar
orasida ham ma’lum. Yapon salamandrasining uzunligi 1,5 metrga yetadi. Dumlilar
O’rta Osiyo faunasida uchramaydi. Ayrim dumlilar akvariumda boqiladi.
Oyoqsizlar turkumi: Gavdasi chuvalchangsimon shaklda bo’lib, Janu-biy va
Markaziy Amerika, Afrika va Janubiy Osiyoning o’ta nam tropik mintaqalari
tuprog’ida yashaydi. 170 ga yaqin turi ma’lum. Tuproqda yashashi tufayli tanasi juda
o’zgargan; oyoqlari reduksiyaga uchragan; boshi konussimon shaklga ega bo’lgan.
Tropik iqlimda tarqalgan chervagalaring tashqi ko’rinishi yomg’ir chuvalchangiga
o’xshaydi, ko’ztari ten ostidaboiadi. Urug’lanishi ichki.
Dumsizlar turkumi: Dumsizlarga baqalar va qurbaqalar kiradi. Uiarning
gavdasi kalta, keng va yassilashgan bo4lib, voyaga yetgan davrida dumi bo’lmaydi.
Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzun va baquvvat bo’ladi. Shuning uchun ular
sakrab harakatlanadi. Tuxumlari suvda urug’lanadi. 3500 ga yaqin turi bor. Bizning
mamlakatimizda 2 turi: ko’l baqqsi va yashil qurbaqa uchraydi.
Baqa va qurbaqaning tashqi ko’rinishi o’xshash bo’lishiga qaramasdan, bin
ikkinchisidan katta farq qiladi. Baqaning terisi silliq, shilimshiq modda bilan
qoplangan, orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan (uzun); yerda
sakrab harakatlanadi; og’iz bo’shlig’ida mayda tishlaribo’ladi. Baqalar suv bo’yidan
uzoqqa ketmaydi; kunduz kunlari va kechqurun faol hayot kechirishadi. Ular
tuxumlarini suvga to’p qilib qo’yadi. Tuxumlar suv yuzasida qalqib yuradi. Bahorda
ko’payish davrida erkak baqalar vaqillagan ovoz chiqarib sayraydi. Baqalar haqiqiy
baqalar oilasiga kiradi.
Qurbaqalarning
terisi birmuncha
quruq va
dag’alroq sirti qisman
muguzlashgan. Orqa oyoqlari baqalarnikiga nisbatan kaltaroqbo’lganidan yerda
qisqa-qisqa sakrab yoki qadamlab yuradi. Qurbaqalarning og’iz bo’shlig’ida tishlari
bo’lmaydi. Ular qurg’oqchilikka baqalarga nisbatan chidamli. Qurbaqalar suv
havzalari bilan nisbatan kam bog’langan bo’lganidan dasht va sahrolarda ham
uchraydi. Ular kechasi faol hayot kechiradi, kunduz kunlari nam va salqin joylarga
yashirinib oladi. Tuxumlarini oqmaydigan suvlarga marjon shodasiga o’xshash tizim
qilib qo’yadi. Yoz kunlari kechqurun va kechasi uiarning cho’ziq qurillagan ovozini
deyarli hamma joyda eshitish mumkin. Yashil qurbaqa terisida sassiq hidli
modda ishlab chiqaradigan bezlar bo’iadi. Havf tug’ilganida qurbaqa ana shu
bezlaridan sassiq hidli modda chiqaradi. Shuning uchun yirtqich hayvonlar
qurbaqaga tegmaydi. Yashil qurbaqa va oddiy qurbaqa qurbaqalar oilasiga kiradi.
Dumsizlar turkumi vakillari, ayniqsa qurbaqalar ekinlarga zarar
yetkazadigan qo’ng’izlar, shiliqqurtlarni qirib qishloq xo’jaligiga katta foyda
keltiradi.Bundan
tashqari
ulardan
laboratoriya
hayvonlari
sifatida
ilmiy
tadqiqotlarda foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, Filippin) baqa
go’shtidan tansiq taom tayyorlanadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun test savollari.
1. Baqaning nafas olish jarayonida tomog’i pastga tortilganda ... .
1.og’iz bo’shlig’ida bosim oshadi 2.og’z bo’shlig’da bosim kamayadi 3.havo burun
teshigi orqali o’pkaga o’tadi 4.havo og’iz bo’shlig’i orqali o’pkaga o’tadi 5. havo
o’pkadan kapillyarlarorqali qonga o’tadi 6. qondagi karbanat angidrid gazi havoga
chiqariladi 7.qondan kislarod havoga chiqariladi
a) 2, 3, 4, 5, 6 b) 1, 3, 4, 5, 6 c) 2, 3, 4, 5, 7 d) 1, 3, 4, 5, 6
2. Baqa ko’zini nechta qovoq himoya qiladi?
a) 1 ta b) qovog’i bo’lmaydi c) 2 ta d) 3 ta
3. Qaysi hayvonning urug’langan tuxumi tiniq, yopishqoq, shilimshiq modda hosil
qiladi?
a) osyotr b) ugor c) lansetnik d) baqa
4. Qaysi hayvonlarning kloakasi bo’lmaydi?
a) qurbaqa b) itbaliq c) kvashka d) salamandra
5. Quyidagi hayvonlarning eshitish a’zolari qanday qismlardan iborat?
1. baliq 2. baqa 3. it.
a. ichki va o’rta quloq b. ichki quloq v. tashqi, o’rta va ichki quloq.
a) 1-a 2-b 3-b b) 1-v 2-b 3-a c) 1-b 2-a 3-b d) 1-b 2-v 3-b
Glossariy
1. Stegosefallar (sovutboshlilar) -Eng qadimgi suvda hamda quruqlikda
yashovchilar devon davrida paydo bo’lgan hayvon.
2. Dumli amfibiyalar (Caudata Urodela) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. D.a.
Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida, bir nechta turi Jan. Amerikada tarqalgan.
Hammasi boʻlib 150 ga yaqin turi bor. Ularning tashqi koʻrinishi kaltakesakka
oʻxshaydi.
3. Dumsiz amfibiyalar (Salientia, Ecaudata, Anura) — amfibiyalar sin-fining bir
turkumi. 2500 turi maʼlum. Keng tarqalgan, amfibiyalarning eng yuqori tuzilgan
guruhi. Tuzilishi baqaga oʻxshaydi. Tanasi kalta, yapaloq va keng; dumsiz.
4. Neoteniya – shuning bilan birga dumli amfibiyalarda metomorfoz prostessi
yashash sharoitining xususiyatlari o’zgarishi munosabati bilan bir qancha vaqt
to’xtab turishi va butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya, ya’ni
lichinkani urchishi deyiladi.
5. Yer kavlovchi amfibiyalar – bularning vakillari 6 oilada uchraydi.
Chesnoinistalar oilasining deyarli hamma turi er kavlab yashaydi. Erni orqa oyoqlari
bilan kavlaydi. Orqa oyoqning birinchi barmoida o’rkit uchli shox (qadoq)lar hosil
bo’ladi, bu shox “Chesnoinista” da kurak shaklida bo’ladi. Sakray olmaydi. Oyoqlar
qisqargan.