AN’ANAVIY VA INNOVATSION TA’LIMNING QIYOSIY TAHLILI.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
1,9 MB
AN’ANAVIY VA INNOVATSION TA’LIMNING QIYOSIY TAHLILI.
Reja:
1. Ta’lim jarayonida innovatsion dunyoqarashni rivojlantirish.
2. Innovatsion pedagogika tushunchasi.
3. Innovatsion ta’limning qirralari.
Ta’lim jarayonida innovatsion dunyoqarashni rivojlantirish.
«Innovatsion faoliyat bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy
me'yorIarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan
me'yorining mavjud me'yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan, majmuali
muammolarni yechishga qaratilgan faol iyatd in), - deb ta'kidlaydi VI. Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat amaliy nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-
madaniy obyekt sifatIarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat
tizimidir, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har
qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega
bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini
samarali tashkil etishdan iborat. O‘tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M. Arseneva,
K.N. Volkov, M.N. Skatkin va o‘zbekistonlik pedagog-olimlardan bir guruhi
pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilish
borasida samarali g‘oyalarni ilgari surdilar va ta’lim samaradorligini ta'minlashda
o‘qituvchining ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishga tayyorgarlik darajasi asosiy
o‘rin egallashini asoslab berdilar. Shunga ko‘ra «Innovatsion o‘zgarishlarni sezish,
anglash har qanday o‘qituvchiga xos bo‘lavermaydi, - deb yozadi U.NishonaIiyev, -
bu yerda eng asosiysi o‘qituvchining o‘zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan
tayyor bo‘lishidir.
Innovatsion faoliyat - bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-
sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda
yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo‘lib,
uning progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir
subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni
amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo‘ladigan holdagina haqiqiy
innovatsion hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning
shaklIanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi
loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. O‘qituvchi
innovatsion faoliyatni tashkil etib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha
belgilashi mumkin:
Birinchi bosqich - tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko‘chiriladi.
Ikkinchi bosqich - mavjud tizimga ayrim yangi moslama (modifikatsiya)lar.
metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich - yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va
shakli to‘la ishlab chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich - o‘qituvchi o‘qitish va tarbiyalashning o‘z konsepsiyasini
va metodikasini ishlab chiqadi.
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda jamoadagi psixologik
muhitni, jamoa a’zolarining qanchalik darajada dunyo ta’lim bozoridagi
yangiliklardan xabardor ekanligini hisobga olish zarur. Pedagogika - ta’lim-tarbiya
to‘g‘risidagi
ilmiy
bilimlar
tizimi:
obyektivlik,
maqsadga
muvofiqlik,
mustahkamlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik uning asosiy xarakteristikalaridir. Insonning
shakllanganligi, rivojlanganligi va tarbiyasi haqidagi bilim, uning yuksak darajasi,
talabga muvofiqligi obyektivlikning yagona talabidir. O‘sib kelayotgan avlod
tarbiyasijudajiddiy jarayon bo‘lib, uni o‘tkinchi narsalarga bog‘liq qilib qo‘yish
mumkin emas. Chunki uni tashkil etuvchi qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi
haqidagi obyektiv ma'lumotlarga ziddir. Mustahkam, kuchli, ta'sirchan tarbiya
tizimini faqatgina pedagogika fanida o‘rnatilgan obyektiv asoslar va amaliyotda
tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Bu, albatta. innovatsion
pedagogika hamda gumanistik (insonparvarlik) pedagogikalar bilan bog‘- liqdir.
Insonparvarlik lotincha «hunmanus» so‘zidan olingan bo‘lib, «insoniy» degan
ma'noni anglatadi.
Insonparvarlik - inson qadriyatlari. erkinliklari, baxtga bo‘lgan huquqini,
qobiliyatlarini rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi.
Gumanistik 56 pedagogika, ko‘pincha, fanda innovatsiya deb ataladi. Bunga
o‘quvtarbiyaviy ta'sir etish natijalari va tizimning ichki qayta tashkil etilishi evaziga
erishiladi. Gumanizm - insonning ma'naviy boyligi va yagona konsepsiyasidir. Bu
konsepsiyaning asosiy maqsadi shaxs qadrqimmatini himoya qilish. uning ijodiy
erkinligini rivojlantirish, o‘z qobiliyatini namoyon etishdan iborat.
Insonparvarlik pedagogikasi o‘z navbatida shaxsga qaratilgan. Uning
belgilari:
- ma'lumotlarni egallab olish va ma'lum doiradagi mahorat va ko‘nikmalarni
yuzaga keltirish hamda ularning psixik, jismoniy, intellektual (aqliy) rivojlanishiga
diqqatning qaratilishi;
- ijodiy, erkin, mustaqil fikrlovchi barkamol shaxsni shakllantirish uchun har
qanday hayotiy va o‘quv vaziyatlarda asosli qarorni tanlab qabul qila oladigan
insonparvar fuqaroni yetishtirish;
- o‘quv-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli qayta yo‘naltirishga erishish uchun
kerakli tashkiliy shart-sharoitlar bilan ta'minlash.
O‘quvtarbiya
jarayonini
insonparvarlashtirishda
avtoritar
(ko‘r-
ko‘rona)likdan voz kechib, o‘quvchi va pedagog o‘rtasida haqiqiy insoniy
munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, shaxs tarbiyasiga qaratilgan pedagogikani
tushunishdan
iborat.
Insonparvarlik
tarbiyasining
maqsadi
har
bir
tarbiyalanuvchining munosabatlarini, o‘zlashtirish faoliyatini to‘la namoyon etib,
haqiqiy mustaqil, izlanuvchan, erkin shaxs qilib yetishtirishdan iborat. Tarbiya
jarayonining insonparvarlik darajasi, shu jarayonda shaxs o‘zini namoyon eta olishi,
o‘zidagi hamma tabiiy imkoniyatlarini ochib berishi, uning qobiliyati, ijodiy
faoliyatini keng yoritishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning o‘ziga xos tomoni, u tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida shaxsning
shakllanishini o‘ziga birlashtirib, ana shu asoslar yordamida pedagogik jarayonni
tuzadi, bu jarayon turli ta’lim-tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari asosida
loyihalashtiriladi va ta’lim tizimi muassasalarida tatbiq etiladi. Ta’lim tushunchasi,
bu umumiy va yaxlit sifat mazmunining bog‘lanishidir.
Gumanistik pedagogika maktabi o‘quvchining moslashuvini va unga qulay
sharoit yaratishni talab qiladi. Insonparvarlik maktabi amaliy innovatsion
faoliyatning aniq shakl va uslublarini ish lab chiqqan. Quyida ulardan ba'zilari
keltirilgan:
- o‘quv-tarbiya faoliyatini differensiallash;
-
o‘quv-ta’lim
jarayonlarini
har
xii
shaxs
faoliyatiga
qarab
muvofiqlashtirish;
- har bir tarbiyalanuvchi qobiliyati va qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli
sharoitIarni yaratib berish;
- o‘quv-tarbiya faoliyatiga psixologik qulaylik yaratish;
- o‘quvchiga va uning kuchi hamda imkoniyatlariga ishonish;
- o‘quvchini qanday bo‘lsa shunday qabuI qilish;
- ta’lim-tarbiya ishlari muvaffaqiyatini ta'minlash;
- maktabning maqsadli YO‘nalishini o‘zIashtirish;
- har bir o‘quvchi rivojlanish darajasining asoslanishi;
- o‘qituvchining shaxsiy ichki yo‘l-yo‘riqlariga qayta yo‘naltirish;
- insonparvarlik ta’limini kuchaytirish.
Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy
yo'nalishlarga qo'shish jamiyatda innovatsion jarayonlar harakatining o'sib
borayotganini tushunish natijasida vujudga keldi. Bizning adabiyotIarimizda
innovatsiya muammolari ko'p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotIar tizimida o'rganib
kelingan. Ammo vaqt o'tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida
innovatsion o'zgarishlar asosida sifat xususiyatlarini baholash muammosi yuzaga
keldi. Ammo bu o'zgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab
bo'lmaydi. Innovatsion jarayonlarni o'rganish uchun boshqa yo'lIar zarur, unda
innovatsiya tahlili faqat fan va texnikada erishilgan zamonaviy yutuqlardan
foydalanishnigina o'z ichiga olmay, balki boshqarish sohalarida, ta'lim sohalarida,
huquq va boshqa sohalarda ham keng joriy etilmoqda.
Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta'lim sohasida
innovatsion jarayonning xususiyati, mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish
natijalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi.
«Innovatsiya»
tushunchasi
birinchi
marta
AQSHda
XX
asrda
madaniyatshunos olimlar tomonidan aniqlangan va paydo bo'lgan. Ularning fikricha,
bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma'nosini bildirgan. Uning bu
ma'nosi etnografiyada hozirgacha saqlanib qolgan.
Olimlar yangiliklar kiritish va tekshirishni uch bosqichga ajratadilar:
Birinchi bosqich - yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki
to'sqinlik qiluvchi omillarni o'rganish va turli xii yangiliklarni tahlil qilish.
Ikkinchi bosqich - yangilik kiritish jarayonini bir soha muhitidan ikkinchi
soha muhitiga olib o'tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o'rganish.
Uchinchi bosqichda yangilik yaratuvchining diqqati turli xii innovatsion
vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ish lab chiqish,
yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Pedagogik innovatsion jarayonlarni G'arb mamlakatlarida 50-yillar
oxirlaridan boshlab, bizning mamlakatimizda esa so'nggi o'n yilliklar ichida olimlar
maxsus fan sifatida o'rgana boshladilar. lahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi
maxsus innovatsion xizmat. nashriyot faoliyati, jurnaUar va informatsion maqolalar
ko'rinishida paydo bo'la boshladi. Xususan, bu to'g'risida YUNESKO qoshida
Ta'limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo'lib,
dunyoning turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta'lim
masalalari bo'yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilik maxsus
nashrlar ular to'g'risida ma'lumotlar tarqatadi.
Olimlar innovatsion jarayonlarning tuzilishini o'rganib, yangilik kiritishning
«hayotiy davri» deb alohida tushuntirib o'tganlar. Bu jarayon yangilikni yaratish va
ijro etishni ta'minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo'linadi.
Hozirgi davrga kelib, ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni
bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Yangi g'oyaning paydo bo'lishi yoki yangilikning yuzaga kelishi bosqichi,
uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo
bo'ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar.
2. Kashf et ish bosqichi, ya'ni moddiy yoki ma'naviy namuna ko'rinishidagi
yangilik yaratish.
3. Yaratilgan yangilikning amalda qo'lIanishi uni qo'shimcha ishlab
Itnikammallashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiriHsh orqali
yuqori samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.
4. Faqatgina yangilikni qabul qilish sharti bilan amalga oshrish.
5. Yangilikning tarqalishi, uning yangi sohalarga keng tatbiq etishni amalga
oshirish.
6. Yangilikning biror soh ad a hukmron bo'lishi, bunda, xususan. yangilik o'z
yangiligini yo'qotib, yangilik sifatida mavjud bo'lmay qoladi.
7. Yangilik qo'lIanilishining doirasi qisqarib. uning yangi mahsuldorligi
bilan almashadi.
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonlar bir-birini ketma-ket almashtirib,
muntazam rivojlanib, soddalashtirilgan tizim asosida ifodalaydi.
Innovatsion jarayon bu bosqichda ketma-ketlikka va o'zaro bog'liqlikka rioya
qilishi shart emas. Yangilik kiritish, yangilik yara tish va tarqatish maqsadga
muvofiq jarayon sifatida inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan
qondirishdan iborat bo'lib, bu uning samaradorligini, muntazamligini va
hayotiyligini ta'minlovchi uslub va tizimlarni ma'lum sifat o'zgarishiga olib keladi.
Innovatsion jarayon eskirib qolgan qoida va vaziyatlarni qayta ko'rib chiqish va
sifatli holatga o'tish bilan bog'liq bo'ladi. Yangilik kiritish ichki yo'nalishga ega
bo'lib, u yangilik g'oyasi (fikri) tug'ilishidan to uning foydalanila boshlanishigacha
bo'lgan harakatlarni rivojlantirish hamda innovatsion jarayon ishtirokchilari
o'rtasidagi munosabatni to'g'ri ifodalaydi. Shu tariqa yangilik kiritish yuksak tizim
bo'lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi uning atrof-muhit bilan
o'zaro bog'- liqligini ifodalaydi. lnnovatsion jarayon tuzilishi yangilikning bir
bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tib borishi bilan o'zgarib boradi. Shu bilan birga,
yangilikning xususiyatlari uning natijalari va yakuniy samarasiga bog'liq bo'ladi.
Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning
amalga oshirilish darajasida innovatsion jarayonning hamma bosqichlari
muvaffaqiyatli bo'lishiga bog'liqdir.
Innovatsion pedagogika tushunchasi.
Innovatsion pedagogika - hozirgi davrda norasmiy fan sifatida ma'lum
bo'lgan, biroq kun sayin butun jahon soha mutaxassislarining e'tiboriga tushib, jadal
rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir. Hozirgi davrda ta'lim sohasiga yangi
yo'nalishga ega bo·lgan innovatsion pedagogika fani kirib ke!di. Innovatsion
pedagogika atamasi G'arbiy Yevropa va AQSHda 1960-yillarda paydo bo'Jdi.
Innovatsion
pedagogika
va
innovatsion
faoliyat
haqida
O.N.Gonobolin,
V.A.Slastenin, N.Y. Kuzmina, A.I.Hervanov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib
borganlar. lnnovatsion pedagogika nazariy va amaliy muammolarni ha! etish uchun
asos qilib olingan. Amerikalik innovatsiyachi E.Rodjers tomonidan yangilik
kiritishning ijtimoiy-psixologik juhatlari ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish
jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo'lgan munosabati va
boshqalarni ko'rsatgan.
Ta'lim sohasida innovatsion pedagogika shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Mazkur yangi fan haqida olimlar tomonidan jiddiy fikrlar bildirilmoqda. Bu fanning
asosiy vazifasi hukmron bo'lib turgan butun o'quv-tarbiya tizimi nazariyasini
innovatsiya asosida qayta tashkil etib o'zlashtirishdir. Innovatorlar fikriga asosan
odatiy mumtoz pedagogik nazariyalar eskirib qolgan. yangi sharoitda hozirgi avlodni
bu eskirib qolgan yo'l bilan tarbiyalash mumkin emas.
Pedagogika bilimlar tizimidir. Obyektivlik, maqsadga muvofiqlik,
mustahkamlik, birbiriga zid bo'lmaslik uning asosini tashkil etadi. Pedagogik
tizimini loyihalashtirishda har qanday ilmiy nazariya kabi tizimni tashkil etuvchi
tamoyillar birlashtiradi. Obyektiv nazariyaning asosiy tamoyillari faqatgina ilmiy
prinsip bo'lishi shart, ammo g'oyaviy bo'lmasligi lozim.
Insonning aqliy rivojlanishi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasining talabga
muvofiqligi - obyektivlikning yagona talabidir.
M.I.Potashnik innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini ko'rsatadi:
Faoliyat tuzilmasi - motiv-maqsad-vazifa-mazmun-shakl-metodlar - metodik
komponentlar yig'indisi.
Subyektiv tuzilma - innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro,
mintaqaviy, tuman, shahar va boshqalar. Mazmun tuzilmasi - o'quv-tarbiyaviy ishlar,
boshqaruvda yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi.
Tashkiliy tuzilma - tashxislash, oldindan ko'ra bilish. sof tashkiliy, amaliy,
umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi. Innovatsiya jarayoni o'z ichiga tarkibiy
tuzilmalarni va qonuniyatlarni qamrab olgan.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiyajarayonining kechishini 4 ta
asosiy qonuniyati farqlanadi:
1. Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni.
2. Nihoyat amalga oshirish qonuni.
3. Komillashtirish qonuni.
4. Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanish va qaytish qonuni.
Nihoyat amalga oshirish qonuni yangilikning hayotiyligi bo'lib, erta yo kech,
stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytish qonuni bo'yicha yangilik
yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Slastenin, Levina va boshqalar oliy maktab
innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlar yotadi:
l. Madaniyatshunoslik jihatidan (insonga bilishning ustuvor rivojlanishi)
yondashuv.
2. Shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv.
3.
Ko'p
suhbatli
(dialogik)
yondashuv,
kasbiy
tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish.
4. Individual-ijodiy (o'qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari)
yondashuvi.
Innovatsion faoliyatning subyekti - o'qituvchining shaxsiy imkoniyati
hisoblanadi. Bunda pedagog shaxsining ijtimoiy, madaniy. intellektual va axloqiy
imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi. Innovatsion pedagogik jarayonning
mu him unsurlari shaxsning o'zo'zini boshqarishi va o'zini-o'zi safarbar qilishi
hisoblanadi. Uning eng muhim Yo'nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini
rivojlantirish bo'lib. u talabalarning o'quv ishlarini faollashtirish va kasbiy
ixtisoslashuvining faollashuviga olib keladi. lnnovatsion faoliyatga aksiologik
yondashuv inson tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlarni anglatadi.
Aksiologik yondashuv insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning
birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi. Ma'lum bo'lishicha, amaliyotda yo'l ko'rsatuvchi
pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri bilim va ta'limning
ustunligini qattiq bo'rttirib (kuchaytirib) yuborishdadir. Insonning ma'naviy
tarbiyasida yodlab olish hajmi ko'payib borishi maktab hayotida odatiy hol bo'lib
qoldi. Hozirgi tarbiya nazariyasi va u boshqarayotgan amaliyotning hamma belgilari
bo'yicha inqiroz holatda ekani ko'rinib turibdi. Bu holatdan chiqish uchun bo'lgan
har qanday harakat innovatsion deb hisoblanyapti va bu hold a ular o'z nomlariga
mosdir. Innovatsion pedagogikani ko'pincha an'anaviy, muqobil pedagogika deb
ataydilar. Bu fikrga qo'shilmaslik mumkin emas, he ch bo'hnaganda eng oddiy
tushunchalar bo'yicha: sinf ham, o'qituvchi ham va dars mazmuni va darsliklar
yo'qolib ketmaydi-ku. Agarda, pedagogik tizim saqlanib qolsa, unda faqat uni
mukammallashtirish haqida gapirish mumkin.
Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va
ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar xisobiga,
ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish – ya‟ni, vositalar, asbob-uskunalar,
texnologiyalar xisobiga takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb
hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab
ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini,
mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan
iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u
yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining
konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt
ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni – orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona
tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga
qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.
G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni yangi
informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi
differensatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda.
Shu bilan pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha
qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu
holatdan chiqish yo‘li «O‘zaro bog‘liqlikdagi innovatsiya (yangiliklar)» deb
ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon beruvchi pedagogik
tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini
chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli
darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi.
Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning
umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya
o‘ylab topilgai «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va
tizimni bilish, anglab etilgan qayta tuzish hisoblanadi. Agar shunday nuqtai nazar
bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek
tuyuladi.
Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi «retsept»lar ham yo‘q.
Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi
yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari
qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori
natijalarni kiritishga majburmiz.
Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik
jihatlari bo‘yicha umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek,
pedagogik amaliyotda ulardan foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik
innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
1) Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotni, yangi bo‘lmagan biroq
doimiy dolzarb va o‘zidan o‘quv-tarbiya jarayonini bitimlashtirishning umumiy
g„oyalari va amaliy texnologiyalarini o‘ziga mujassam qilgan.
2) Insonparvarlik pedagogikasini barcha nazariy qoidalari va amaliy
texnologiyalarining yig„indisi jamlangan.
3) Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yangi g„oyaviy
yondashuvga asoslangan.
4) Axborotlashtirish, ommaviy kommunikatsiyalashning yangi g„oyalari va
vositalarini qo‘llashga asoslangan texnologiyalar innovatsion texnologiyalar
hisoblanadi.
Innovatsion ta’limning qirralari.
Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim jarayoniga innovatsion
yondashuvga kirib borishini taqozo etmoqda. O'qitish muammolari nafaqat
pedagoglar, sotsiologlar, balki faylasuftar, psixologlarning ham diqqatini o'ziga
qaratmoqda. «Innovatsiya» tushunchasi o'zining asosiy mazmun-mohiyatiga ko'ra
yangiliklarni kiritish, ularni tarqatishni emas, balki bu faoliyat bilan bog'liq bo'lgan
ta'limdagi faoliyat o'zgarishlarini, fikrlash yo'lIarini ham o'z ichiga oladi.
Innovatsion ta'lim o'quvchini jamiyatda o'zgarishlarini qabul qila oladigan, ijodkor,
ishbilarmon
qilib
tarbiyalaydi.
Innovatsion
ta'limning
asosiy
mohiyati
quyidagilardan iborat: ta'limning ochiq istiqbol, qadriyatlarni baholay olish, yangi
vaziyatlarga kirisha olish.
Innovatsion ta'lim qirralari quyidagi jadvalda keitirilgan:
Bu holat o'qituvchidan pedagogik faoliyatdagi innovatsion xUlqni talab
etadi. VA. Slastenin va L.S. Podimovalarning ishlarida keltirilgan psixologik
nazariyaga oid ma'lumotlarga ko'ra o'qituvchilarning innovatsion faoliyatiga xalaqit
beruvchi quyidagi sabablar mavjud: 1. Pedagog tomonidan tanaffuslarning maqsadi
tushuntirilmasligi. Noaniqlik va ikkifikrlilik o'qituvchida yangilikka nisbatan
qo'rqinch hissini uyg'otadi. 2. Yangilikning kiritilishi va amalga oshirilishida
pedagoglarning ishtirok etmasligi. 3. lamoada mavjud an'analarni hamda ishlash
uslubining o'zgarishi. 4. Yangiliklarga sUbyektiv yondashuv. 5. Ish hajmining
ortishi. Bu holatning bo'lish xavfi asosan tajriba rahbarining faoliyati oldindan
rejalashtirilganligi. 6. Yangilikni olib kiruvchi nisbatan ishonchsizlik, hurmatning
talab darajasida emasligi. Afsuski, o'qituvchilar asosan yangilik mazmuniga 83
emas, balki uning muallifiga e'tibor qaratishadi. Agar bu muallif jamoada hurmatga,
e'tiborga ega bo'lmasa, bu o'zining salbiy ta'sirini kO'rsatadi. VA. Slastenin va L.S.
Podimovalarning
pedagogning
kasbiy
tayyorgarligi,
uning
qarashlarining
innovatsion tizimi, yangiliklarni ular tomonidan tavsiya etilgan texnologik xarita
quyidagi modellar yordamida aniqlashtirilgan:
Kasbiy tayyorgarlikning I-bosqichida o'qituvchini innovatsion faoliyatga
tayyorlash:
Ta'lim o'qituvchining innovatsion tayyorgarligi hilan bog'liq, ko'p darajali
ta'lim agar OTM da shaxsga yo'naltirilgandagina o'z samarasini heradi. Afsuski,
hozircha o'quv dasturlari faqatgina hilim, malaka va ko'nikmalarning hajmini
ko'rsatib, o'ziga xos tinglovchilarning individual xususiyatlaridan qat'iy nazar
o'zlashtirilishi majburiy bo'lgan o'ziga xos axborot tizimidan iborat bo'lmoqda.
Ularning ko'pchiligida innovatsion faoliyatning asosini tashkil qiluvchi shaxsiy
sifatlarini rivojlamirishga kam e'tibor qaratilgan. Shuning uchun ham mahoratni
egallash uzoq yillarga (oliygohni bitirgandan so'ng) cho'ziladi va ko'pgina hollarda
katta qiyinchiliklar, ko'p mehnat evaziga erishiladi.
Bundan xulosa shuki, talabalarning qobiliyatlarini differensiatsiyalashga
xizmat qiladigan, shaxsiy xususiyatlarini yuzaga chiqaradigan o'rganuvchi mu hit
qanchalik erta yaratilsa, yangiliklarni kiritish jarayoni shunchalik tezlashadi va
osonlashadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning tashkil etilishi o'quv dasturlarini ish
lab chiqish imkoniyatini beradi. Oliy ta'lim muassasasi ta'limining turli bosqichlarida
tayanch tayyorgarligiga nisbatan talablarning qo'yilishi turlicha tavsifianadi. Shaxs
rivojlanishiga ta'sir etishiga ko'ra a'quv dasturining baholanishiga munosabat
bildiradi.
Psixologik-pedagogik fanlarda bo'lajak o'qituvchi-innovatorning shaxsiy
sifatlari: tashabbuskorlik, mustaqillik, refiektivlik, natijaning yaxshilanishi, o'z
imkoniyatlarini adekvat baholash, tanqidiy tahlil shakllanadi. Psixologik tadqiqotlar
shuni ko'rsatadiki, OTM bitiruvchilari faqatgina bilim, ko'nikma va malakalari
bilangina farq qilmaydilar. Bir xii ta'lim muassasalarini tugatgan bitiruvchilar turli
kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lib, bu holat ularning kasbiy o'sish darajalarini ham
belgilaydi. Yaxshi o'zlashtirilmagan bilimlarni o'z ustida ishlab to'ldirish mum kin,
lekin kasbiy ijodkorlikni tarbiyalash ancha qiyin kechishini qayd etish lozim. Buning
uchun ta'limiy dasturlar talab etiladi. Agar bilim yetarli bo'lmasa, uni o'qib-o'rganish
mum kin, biror kasbiy ijodkorlik haqida bunday ish qilish qiyin kechadi. Inson
xulqida bunday sifatlarni shakllantirish uchun maxsus dasturlar asosida ularni
modellashtirish va qabul qilishni amalga oshirish mumkin. Bizningcha, bu jarayonda
unchalik qiyin bo'lmagan psixotreninglar, innovatsion o'yinlar, refieksiv amaliyotlar
o'qitishning asosiy vositalari bo'lishi darkor. Ilmiy bilimlarni o'zlashtirish mobaynida
yuqorida keliirilgan metodologik yondashuvlar xilma-xildir. Bunday holatlarning
bo'lishi saralash, ta'minlash asosida amalga oshadi. Iabiyat, jamiyat qonuniyatlarini
o'rganish metodologik yondashuvning xilma-xilligini aniqlaydi.
Aytish lozimki, ilmiy metodologiyada hech bir yondashuv rad etilmaydi va
hech biri asosiy o'ringa chiqmaydi. Ularning har biri yordamida umumiy tarzda
obyektiv borliq qonuniyatlarini o'rganish mumkin.
Savol va topshiriqlar
l. «Innovatsiya» atamasini siz qanday tushunasiz?
2. Innovatsion o'quv jarayonini yo'lga qo'yishda nimalar talab qilinadi?
3. «Pedagogik tizim» va «yangilik kiritish» tushunchasini izohlang.
4. Gllmanistik pedagogikani innovatsion pedagogika deb atashning ma'nosini
qanday tllshllnasiz?
5. «Innovatsion pedagogika» tllshunchasini izohlang.
6. Innovatsion pedagogika hukmron nazariya, nazariy va amaliy muammolarni hal
etishning asoslari, deganda nimani tushunasiz?