Antibiotiklar farmakologiyasi
Reja:
1. Antibiotiklar
2. Antibiotiklar guruhlari
3. Sulfanilamidli preparatlar. Nitrofuran unumlari. Fitontsidlar.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
► Antibiotiklarga umumiy xarakteristika berish, ularning olinishi, vakillari,
yaratilish tarixi xaqida.
► Penitsillinlar, tetratsiklinlar, ta’sir mexanizmi, qo‘llanilishi, dozalari va
saqlash qoidalari haqida.
► Antibiotiklarning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarni havola etish.
Kimyoterapevtik moddalar haqida tushuncha
Mikroblar yoki parazitlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadigan, yuqumli va parazitar
kasalliklarda organizmga maxsus dori moddalarni yuborish bilan davolash ishlarini
bajarish ximioterapiya deyiladi. Ximioteraya organizmga emas, balki aniq bir
kasalikni qo‘zg‘atuvchiga yo‘naltirilgan davolash usuli va shu bilan u patogenetik
terapiyadan farq qiladi.
Hozirgi zamonaviy fanlar ximioterapiyani asosiy muvaffaqiyatlarga
erishtirishda rus ximiklari Lomonosovga, N.N Zininga, A.M Butlerovga, D. I
Mendeleevga qarzdor, chunki bu olimlar o‘zining ilmiy ishlari yangiliklari bilan
sintetik ximiya va ratsional ximioterapiyaga asos soldilar, fundament qo‘ydilar. Rus
olimi D. L Romanovskiy birinchilardan bo‘lib, ximioterapiyani asosiy prinsiplarini
aniq tuzib berdi, qaysikim ximioterapevtik moddalar qo‘zg‘atuvchiga ta’sir etib,
organizmni himoya kuchlarini ham kuchaytiradi.
Ximioterapevtik moddalar ximioterapiya va ximioprafilaktika maqsadlarida
hayvon organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish uchun keng qo‘llaniladi.
Bu moddalarni ta’siri organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchiga ta’sir ko‘rsatib, keyin
organizmni himoya kuchlari tomonidan kuchli ta’sir ko‘rsatishga asoslangan.
Aniqlanganki, ximioterapevtik moddalar kasallikni surunkali davriga
qaraganda o‘tkir kechishida juda samarali tavsir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki,
kasallikni boshlang‘ich davrida, bakterial xo‘jayralarni bo‘linish – ko‘payishi
kuchayib, ozuqa moddalarni xo‘jayra ichiga kirishi tezlashadi va shu bilan birga
moddalarni ham ko‘p yutadi; boshqa tomondan bu paytda organizmni himoya
kuchlari maksimal mobilizatsiya qilingan bo‘ladi, surunkali holatda bular susaygan
bo‘ladi.
Ximioterapevtik moddalarni qo‘llashda quyidagilarga rioya qilish shart:
1. Kasallik qo‘zg‘atuvchiga samarali ta’sirga ega preparatlarni
qo‘llash.
2. Davolashni kasallikning erta davrida belgilangan.
3. Preparatni dozasi, qo‘llash usuli va qo‘zg‘atuvchiga maksimal
ta’sir etish paytini tanlash.
4. Kerakli paytda kombinatsiyalangan ximioterapiya qo‘llash.
5. Davolash kasallik belgilari yo‘qolgandan keyin ham 2 – 4 kun
davom etishi kerak.
6. Kasallikni emas, kasalni davolash prinsipini tanlash kerak.
4.Ximioterapevtik moddalarga qo‘yidagilar kiradi:
1. Antibiotiklar.
2. Sulfanilamidlar.
3. Nitrofuranlar.
4. Qon parazitga qarshi moddalar
5. Margimushni organik birikmalari.
6.Koksidiozga qarshi moddalar
7. Antigelment moddalar
Antibiotiklar
“Antibiotiklar” termini 1942 yilda dunyo buyicha qabul qilinib, grekcha anti
– qarshi va bios – hayot degan ma’noni anglatadi.
Antibiotiklar,
mikroblar,
zamburug‘lar,
hasharotlar,
hayvonlar
va
o‘simliklarning hayotiy ish faoliyati davrida hosil bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi
mikroblar, viruslar, oddiy hayvonlar kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar, gelmintlar
(helmins helminthes) ni har xil yo‘llar bilan o‘limga olib boradi. Antibiotiklarning
ma’lum bir qismi hayvonlar va parrandalarning o‘sishini tezlashtiradi, tezda
semirtiradi. Ularning ushbu xususiyatlari keyinroq aniqlandi. Antibiotiklarning
nomlari, ya’ni “antibiotik” degan termin eskirsada saqlanib kelinmoqda.
Antibiotiklar tarixi
Antibiotiklarni ingliz olimlari Fleming keyin E.CHeyn va Florilar 1938-1940
yillarda toza penitsillin ajratib olishadi. Rossiyada 1940 yilda Z.V.Ermoleva
penitsillinni o‘rganib, yangi Penicillum Crustosin zamburug‘idan ajratib oladi. 1942
yil Amerikalik olim Vaskman streptomitsinni yaratdi. Xozir antibiotiklarni 140 ga
yaqin preparatlari ixtiro qilingan va amaliyotda qo‘llanilayapdi.
Antibiotiklar farmakologik modda bulib, hayvonlar organizmida modda
almashinuvini kuchaytiradi, tezlashtiradi va hazm qilishni yaxshilaydi. Tirik
organizmda ko‘pgina tizimlar (sistema)ning va organlarning ish faoliyatini
yaxshilaydi. Ularni o‘z vaqtida, hayvonlarga to‘g‘ri diagnoz qo‘yib,qo‘llanilsa kasal
mollarning tashqi muxitning yomon ta’sirlariga qarshi kurashish qobiliyati
(rezistentligi)ni oshiradi, immunitetini mustaxkamlaydi. Ayniqsa, yosh hayvonlar,
parrandalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan , qari hayvonlardan juda ko‘p iqtisodiy
foyda olish mumkin.
Antibiotiklarni birinchi topilgan yillardan boshlab, ularning qo‘yidagi
xususiyatlarini o‘rganishdan boshlangan:
A) bakteriostatik – mikroorganizmlarning taraqqiyoti yoki o‘sishini
susaytirish;
B) bakteriotsid – mikroorganizmlarga o‘ldiruvchi ta’siri;
V) bakteriolitik – mikroorganizmlarnieritib yuborishi ( lizis holatiga olib
borishi).
Hozirgi davrga kelib ularni qo‘llash, kasal hayvonlarni davolash va ularning
oldini olishda antibiotiklar keng-ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda. Ushbu jarayon
o‘simlik (agronomiya)shunoslikda va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham
qo‘llanilib kelinmoqda.
Qisqacha antibiotiklardan foydalanilib kelayotgan tarmoqlarni aytib o‘tamiz:
1. O‘simlikshunoslikda.
2. CHorvachilikda.
3. Veterinariyada.
4. Oziq-ovqat sanoatida.
5. Konserva sanoatida.
6. Sut va sut mahsulotlarini saqlashda.
Oxirgi
60
yil
davomida
antibiotiklarni
o‘simliklarda
fitopatogen
mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, oddiy mikroblar va boshqa)
chaqiruvchi
kasalliklarning
oldini
olish
va
davolashda
qo‘llanilib
kelinmoqda.Fitopatogan organizmlar tuproqda, o‘simliklarning barcha qismlarida,
urug‘i, issiqxona va boshqa joylarda ham uchraydi.
Antibiotiklarni tez buziladigan oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida ham keng
qo‘llanilib kelinmoqda. Shu maqsadda xar xil fizik va kimyoviy metodlar ham
qo‘llaniladi.Ayniqsa 1943 yildan boshlab konserva sanoatida qo‘llaniliyu
kelinmoqda. Antibiotiklarni go‘sht, baliq va parrandalarda mikroblarni yo‘q qilish
maqsadida qo‘llaniladi, chunki ular ushbu mahsulotlarda juda tez ko‘payib ketib,
ularni buzilishiga olib keladi.
Antibiotiklarni qo‘llagandan keyin ularning buzilishi ancha kech bo‘ladi,
ovqatni ancha kun undan keyin saqlash mumkin. Dorilarni qo‘llash ayniqsa baliqni
uzoqroq saqlash uchun ko‘proq kerak bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarining
buzilishidan saqlash uchun ham keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Chorvachilikda antibiotik dorilarni ko‘pgina q\x hayvonlari va parrandalarning
semirtirishni tezlashtirish xossalari borligi aniqlandi.Yana bir axamiyati antibiotiklar
kichik dozalarda qo‘llanganda yangi tug‘ilgan va yoz hayvonlarda chiqim (o‘lim,
majburiy so‘yilish) kam bo‘lishi isbotlandi. Undan tashqari preparatlar optimal doza
va kombinatsiyalarda yosh hayvonlarning tez o‘sishi va kombinatsiyalarda yosh
hayvonlarning tez o‘sishi va taraqqiyotini ancha tezlashtiradi. Bu faktor esa
oziqaning 5-10% kam xarajat qilishga olib keladi.Ushbu hayvonlar kasalliklarga,
ayniqsa miroorganizmlar chaqiruvchilariga kam chalinadi. Ularning eng qulay
tomoni va iqtisodiy samaradorligi oziqa bilan berishdir, oziqaga qo‘shib berilganda
hayvon organizmiga hech qanaqa ziyoni bo‘lmaydi va mahsulot sifatini buzmaydi.
Bizning Respublikamizda ham burdoqiga boqish punktlarida, yangi tug‘ilgan
buzoqlar, qorako‘l va boshqa qo‘ylar qo‘zilari, cho‘chqa bolalari va inkubatsiyadan
keltirilgan jo‘jalarni o‘stirish va boqishda ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda.
Antibiotiklarning ximioterapevtik va ximioprofilaktik ta’sirlari.
Antibiotiklar boshqa dori vositalariga qaraganda ancha yang gurux
moddalari hisoblanadi. Undan tashqari antibiotiklarni boshqa dori moddalaridan
bir necha bor ko‘p qo‘llaniladi, ko‘p ishlab chiqariladi va natijada olinadigan
effektlari ham ancha yuqori. Bunga sabab nimada ekanligini sanab o‘tishga harakat
qilamiz:
1. Spetsifik-maxsus ta’sir mexanizmiga ega.
2. Keng va aniq mikrob va mikroblarga qarshi aniq qarshi ta’siri bor.
3. Mikroorganizmlar hayvon organizmida hosil qilgan toksinlarni
neytrallaydi.(antitoksik t.)
4. Eng kichik dozalarda ham effekti aniq bo‘ladi, bu esa ancha iqtisodiy
samaradorlikni olib keladi.
5. Makroorganizm (hayvon organizmi)larda ham o‘zining ta’sirini yoki
kuchini yo‘qotmaydi.
6. Ta’siri tez va aniq, ko‘zga tez tashlanadigan davolovchi va profilaktik
o‘zgarishlar ro‘yobga chiqadi.
7. Amaliyotda qo‘llaniladigan antibiotiklar eng kam zaxarli ta’sirga ega
bo‘ladi.
Antibiotiklar qanday usullarda qo‘llaniladi va dori shakllari.
Har xil yuqumli kasalliklarni davolash uchun antibiotiklarning fiziko-
kimyoviy xossalari, ta’sir mexanizmi, molning holati, turi va boshqalarga qarab har
xil usullarda qo‘llaniladi. Hamda turli xil shakllarda chiqariladi.
1. Maz (malxam), tomchi, emulsiya, sham va kukun (sepish uchun) tashqi
qo‘llash uchun;
2. Kukun, tabletka va draje – per os – og‘iz orqali yuborish uchun.
3. Flakonlarda – in’eksiya-parenteral qo‘llash uchun ( muskul orasiga, teri
ostiga, venaga yuborish uchun).
4. Aerozol – hidlatish, ingalyasiya uchun.
Antibiotiklarning flakonda ishlatmoqchi bo‘lsa- fiziologik-izotonik (N aCl
) eritmada va 0,25-0,5% novakain eritmasida eritilib muskul orasiga
yuboriladi.Yuborish usulllari ayrim sabablarga ko‘ra ular ma’lum yo‘llar bilan
yuboriladi. M: Benzilpenitsillinlarni og‘iz orqali yuborish foydasiz, chunki ular
ichaklarda neytrallanadi. Streptomitsin- hazm qilish organlari orqali qonga
so‘rilmaydi. Ayrim antibiotiklarni teri ostiga yuborilmaydi.
Antibiotiklarni birga yoki boshqa dorilar bilan qo‘shib qo‘llaganda
ta’sir xususiyatlari
±
±
±
±
±
±
±
±
±
±
±
±
±
±
Antibiotiklarni to‘g‘ri (ratsional) qo‘llash tartiblari.
Uchraydigan asoratlari.
Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklar yoki boshqa ximioterapevtik
dori vositalaridan qo‘llashdan avval kasal hayvonlarning o‘zining ximiyaviy
qobiliyatiga qarash ham kerak. Kasallarning bir qismi o‘zlari ham yaxshi sharotda
saqlansa, yaxshi boqilsa o‘zlari ham tuzalib ketishi ham mumkin.Chunki hayvonlar
kasallikning xiliga qarab har yili vaksinatsiya emlash ( 6 oy 1 yilda) ishlarini o‘z
vaqtida olib borish zarur ularda immunitet paydo bo‘ladi.
Lekin, antibiotiklarni va boshqa ximioterapevtik dori moddalarini qo‘llab,
mikroorganizmlarda qarshi bakteriostatik va antitoksik ta’sir qilish har bir vrach-
hakimning birinchi vazifasidir.
Odatda o‘tkir yuqumli kasalliklarni davolashda bitta antibiotikni 5-7 kun
qo‘llash zarur, agar kasal hayvon sog‘ayib ketmasa, boshqa antibiotik tanlash zarur.
Agar kasallk chaqirgan mikrob ir nrecha antibiotikka sezuvchan bo‘lsa, uning
qaysisini buyurish yoki qo‘llash vrachning ixtiyorida bo‘ladi. Mikroblar bir
shtammga kiruvchi bo‘lsa ham har xil sezuvchanlikka ega bo‘lishi mumkin.
Bakteriyalarning aloxida antibiotiklarga sezuvchanligi va chidamliligi odatda
bakateriyalar vet. laboratoriyalarda aniqlab beriladi.Usullari ko‘p bo‘lib, eng keng
qo‘llaniladigan “agardagi diffuziya yo‘lidir”.Mikrobni Petri kosachasiga ekilib,
ma’lum antibiotik singdirilgan qog‘oz-diski qo‘yiladi va 1 sutkadan keyin natija aniq
bo‘ladi.Agar kasallik chaqiradigan mikrob sezuvchan bo‘lsa qog‘oz diskning
aylanasida sutka davomida termostatda oq zona hosil bo‘ladi. Agar u chidamli,
antibiotik ta’sir qilmaydigan bo‘lsa oq-yorug‘ liniya hosil bo‘lmaydi. Ushbu
engilgina tajriba asosida vrach-bakteriolog amaliyotichi vetvrachga qaysi antibiotigi
xo‘jaligida, fermasmida bor va qaysini qo‘llash mumkinligini tezda aniqlab berishi
mumkin.
Diagnoz o‘z vaqtida qo‘yilsa va tqg‘ri medikamentoz davolash boshlansa
infeksiyani tezda yo‘qotish mumkin. Lekin kasallik chaqiruvchi mikroblar ham
o‘zgarib
turishi
mumkin.
Masalan,
keyingi
paytlarda
pnevmoniyani
pnevmokokkilargina emas, hatto stafilakokki, ko‘kimtir streptokki yoki hatto
achitqilar (drojji) ham chaqirishi mumkin. Ushbu kasallikni asosan penitsillin ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Dozasini aniqlash hamda belgilangan antibiotikni ko‘taraolmasligini ham
avvaldan bilib olish kerak. Agar hayvon buyurilgan antibiotikni ko‘taraolmasa,
albatta va tezda boshqasi bilan almashtirish lozim. Shunday qilib, antibiotiklardan
mikrobni va ulvr ishlab chiqaradigan toksinlarni yo‘q qilish uchun foydalanilganda
qo‘yidaglarga rioya qilish shart:
1) Kasallikni chaqirgan mikrobga qarab antibiotikni to‘g‘ri tanlash lozim va
ularning qaysi antibiotikka chidamliligini aniq bilish kerak;
2) Hayvonning turiga, yoshiga va vazniga qarab dozasini aniq tanlash,
davolovchi ta’siri tezroq va ziyonli ta’siri kam yoki bo‘lmasligi lozim;
3) O‘tkir infeksion kasallikni yo‘q qilish uchun har bir antibiotikni 5-7 kun
qo‘llangandan keyin foyda bo‘lmasa uni boshqasi bilan almashtirish lozim;
4) Antibiotikni uzoq qo‘llaganda hayvonga ziyonli negativ ta’sir paydo bo‘lib,
unga chidamli mikrobning xili paydo bo‘lishi mumkin;
5) Hayvonda qo‘llanilayotgan antibiotikka nisbatan ziyonli ta’sirlari paydo
bo‘la boshlasa (t 0 – ning yuqoriligi, terilardagi qichish, qizarish) un bilan boo‘qa
preparatni almashtirish lozim.
Antibiotiklar kashf qilinib, keng qo‘llanilayotgandan keyingina meditsinada:
pnevmoniya, peritonit, sepsis, ostemielit kasalliklari ham bir necha bor kamaydi.
YUqumli kasalliklar qorin tifi, dizenteriya, pnevmoniya, kolienterit, sarlatina
kechishi, davolash bir necha bor engillashadi. Oxirgi o‘n yilliklarda o‘smalarni
davolash uchun ham qo‘llanilmoqda. Ammo, antibiotiklar mayda viruslarga:
kishilardagi gripp, qizilcha, ospa, quturish, polimielitlar va boshqalarga ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Hozirgi paytlarga kelib, olimlar ushbu viruslarga ta’sir ko‘rsatuvchi xillarini
topish
uchun
ilmiy-tekshirish
ishlarini
olib
borishmoqdalar
va
ayrim
muvafaqqiyatlarga ham erishganlar. Oxirgi yillari antibiotikka chidamli va o‘rganib
qolish xollari mavjud degan gaplar chorvadorlar va mutaxassislar o‘rtasida ham
uchramoqda. Mikroblar agar ularga o‘rgshanib qolsa uni davolab bo‘lmaydi, qiyin
bo‘ladi. Agar mikrob bir xil antibiotikka o‘rganib qolsa, analogik preparat bilan
almashtirish foyda bo‘lmaydi. Masalan: mikrob agar tetratsiklinga chidamli bo‘lib
qolgan bo‘lsa uni xlortetratsiklin, oksitetratsiklin va boshqa ushbu guruxlardagi
dorilar bilan almashtirish katta xato bo‘ladi.
Antibiotiklar foydali ta’siri bilan bir qatorda kam protsentda bo‘lsada ayrim
sharoitlarda ziyonli ta’srlari ham uchrab turadi. Ziyonli yoki negativ (pobochnoe)
ta’siri ko‘proq allergiya holatida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar asosan ularning
zaxarligiga va hayvonning sezuvchanligiga ko‘proq bo‘ladi. Ularning ushbu
ta’sirlari o‘ziga xos bo‘ladi: Masalan:
1) Streptomitsin katta dozalarda eshitish va muvozanat organldari (vestibulyar
apparati) funksiyalarini buzadi. Streptomitsindan kar bo‘lib qolish mumkin.
2) Levomitsetin, sintomitsin- qon iglab chiqarish organlari funksiyalarni
pasaytiradi.
3) Tetratsiklinlar – ichak epitelial xujayralarini yallig‘laydi va hazm qilish
buziladi.
Meditsina
amaliyotda
ham,
veterinariya
va
chorvachilikda
ham
antibiotiklarning bir o‘zini emas, balkim sinergist moddalar bilan birga qo‘llaganda
kuchliroq va uzoqroq ta’siri bo‘lishi, hamda effektining natijasi yaxshiroq bo‘lishi
ko‘pdan beri ma’lum. Shuning uchun ularni ko‘pincha o‘ziga mos keladigan va bir-
birining ta’sirini kuchaytiradigan dori vositalari bilan birga-kombinatsiya qilib
qo‘llagani ma’qul.Ko‘pincha bir-biriga mos keladigan ximioterapevtik moddalar
bilan birgalikda qo‘llashni ma’qul ko‘rishadi. Keyingi davrga kelib ko‘pgina boshqa
dori vositalari, farmakologik stimulyatorlar va boshqa moddalar bilan qo‘shib (bir
vaqtda ) yuboriladi:
1. Sulfanamidli;
2. Nitrofuranlar;
3. Vitaminlar;
4. Qon o‘rinbosarlari;
5. Globulinlar;
6. Giperimmunlashtirilgan qon zardobi.
7. Yurak glikozidlari va boshqa Yurakning ishini kuchaytiradigan dorivor
moddalar.
8. PABK
9. Oqsil moddalari bor preparatlar ushbu dorilarni to‘g‘ri qo‘llanilsa ta’siri 1,5-
2 marta kuchliroq bo‘ladi.
Antibiotiklar sinflari
Antibiotiklarning dori vositasi sifatida ishlatilishi hamda chorvachilik va
veterinariya amaliyotida qo‘llanilishi bo‘yicha veterinariya farmakologiyasida eng
oxirgi sinflari qo‘yidagilar hisoblanadi:
1. Penitsillinlar guruxi –Penicilllium zamburug‘idan olinganlar, asosan 3 xil
bo‘ladi: Penicillium chrysogenium, notatum, crustochum
2. Tetratsiklinlar guruxi – Aktinomitset Actinomycetales –
mikroorganizmlardan olingan va ushbu guruxga kiradi.
3.Levomitsetinlar guruxi – Actinomycetales guruxiga kiruvchi
mikrorganizmdan olinadi.
4.Streptomitsinlar guruxi – Actinomycetales guruxidagi m.o. olinadi.
5.Makrolidlar guruxi - Actinomycetales guruxidagi m. organizmlardan
olinadi.
6.Polienli antibiotiklar guruxi – Actinomycetales mikroorganizmlardan
olinadi.
7.Oligasaxaridlar yoki neomitsinlar guruxi – Actinomycetales guruxidagi
mikroorganizmlardan olinadi.
8.Polipeptidlar va polimiksinlar guruxi – Bacillus polymyxa – guruxidagi
mikroorganizmlardan olinadi.
9.Xar xil guruxdagi antibiotiklar
Penitsillinlar guruxi.
Penitsillin – ko‘k mog‘or –zamburug‘i penicillum lar ishlab chiqaradigan
maxsulotidir. Hozirgi vaqtlarda penitsillinni 3 xil shtammasidan tayyorlanadi:
Penicillium – notatum, Penicillium - crustosum,, Penicillium - chrysogenium
Ularni o‘stirishda 4 tipdagi penitsillinlar hosil bo‘ladi. Mikroblarni yo‘q
qilishda, ya’ni infeksion kasalliklarni davolashda eng aktivi hisoblanadi va ular
benzilpenitsillin va fenoksimetilpenitsillin nomi bilan yuritiladi.
Penitsillin, kislota bo‘lib, tez organizmda parchalanib ketadi va qisqa vaqt
ta’sir qiladi. Uni to‘g‘rilash uchun – natriy va kaliy tuzlariga o‘tkaziladi.
Prolongirlangan xillari yanada uzoq (longus) va kengroq ta’sir ko‘rsatadi,
shulardan yuqumli kasalliklarni davolashda ko‘proq – novakainli va ekmolin bilan
qo‘shilgan kompleks preparatlari ishlatiladi.
Hozirga kelib penitsillinni yarim sintez yo‘li bilan ham olinmoqda, bunda
Penicillium - chrysogenium shtammi ishlatilmoqda. Ushbu yo‘llar bilan bitsillin,
efitsillin,
oksatsillin
va
boshqalari
olinmoqda.Ayrim
penitsillinlar
(fenoksimetilpenitsillin) ni oziqa muxitiga radikalini o‘zgartirish, keraklisini hosil
qilish yo‘li bilan ham olinmoqda.
Kukun hamda preparatlari ta’sir qilmaydi, mikrobga qarshi ta’siri deyarli
bo‘lmaydi, ularni sterillab bo‘lmaydi, yuqori temperaturada buziladi.
Penitsillinlar zavodda kukun holda flakonlarda chiqariladi va sterillangan
(mikrobsizlantirilgan) bo‘ladi.
Penitsillinlarning antimikrob ta’siri ancha kuchli, ayniqsa grammusbat
mikroblarga (aerob va anaerob) qarshi qo‘llaganda effekti juda kuchli bo‘ladi.Ko‘p
yillar uni faqat grammusbat mikroblar chaqiruvchi infeksiyalarda qo‘llab kelishgan
edi.Hozirga davrga kelib, ham grammusbat ham grammanfiy mikroblar
chaqiradigan kasalliklarga qarshi ishglatiladigan preparatlar chiqarilmoqda:
Ampitsillin,ampioks, sefalosporidin, karbenitsillin mikrotsid va boshqalar.
Tuberkullyoz, brutsellyoz, ichak tayoqchalari penitsillinga chidamli,
ularda penitsillin neytrallaydigan – penitsillinaza fermenti hosil qiladi.
Penitsillinlar mikroblar devorining hosil bo‘lishini buzadi. Muskul orasiga
va teri ostiga in’eksiya qilingach tez ta’sir qiladi. Og‘iz orqali berilganda ingichka
so‘riladi, yo‘g‘on ichaklarda esa parchalanib ketadi, parchalanishini saprofit
grammanfiy mikrofloralar hosil qiladigan penitsillinaza fermenti amalga oshiradi.
Organizmga shimilgach, butun organ va to‘qimalarga tarqaladi, hamda tezda
neytrallanadi va chiqariladi (siydik va o‘t orqali). Qo‘llanilishi: Biz yuqorida ham
grammusbat, ham grammanfiy mikroblarga qarshi ta’sir qiluvchi penitsillinlar
haqida biroz yozib o‘tgan edik. Ular asosan: streptokokklar, diplokokklar,
stafilokokklar,
spiroxetalar,
pnevmokokklar,
sibirskaya
yazva
(kuydirgi)
minengokokklar tayoqchalariga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, ularning aerob va anaerob
xillarining ham yo‘q qiladi. Viruslar, tuberkulyoz (sil), ichak tayoqchalari,
brutsellyozlar va boshqalari penitsillinlarga ancha chidamli.
Amaliyotda qo‘yidagi infeksion kasalliklarning oldini olish va davolash
uchun
qo‘llaniladi:Otlarning
manqa
kasalligida,
Cho‘chqalarning
roja
Qoramollarning plevropnevmoniyasida, Otlarning krupoz Nafas olish organlarining
kasalliklarida, Leptospiroz kasalligida, Nekrobatsillyoz Pasterellyozda Emfizematoz
karbunkullyozida (emkar) – qorason Aktinomikoz kasalligida, Zlokachestvenniy
otekda Mastitlarda Yosh mollarning oshqozon ichak kasalliklarida, yuqumsiz
kasalliklarda: jaroxatlarda, tuyoq kasalliklarida, siydik ajratish organlari
kasalliklarida, burun, quloq, ko‘z va teri kasalliklarida o‘tkir, o‘rta va surunkali
yiringli yallig‘lanishlarda, bo‘g‘im, pay (artrit, tendenit va boshqa) kasalliklarda
qo‘llaniladi. Penitsillinlarni yuqori dozada va uzoq qo‘llanganda ziyonli ta’sirlari
ham ruyobga chiqishi mumkin.Ko‘proq yosh hayvonlar qon ishlab chiqaruvchi
organlari, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ziyonli ta’sirlari bo‘lganda – dori
bo‘lishini to‘xtatilib, penitsillinaza fermenti yuboriladi.
Penitsillinning veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan preparatlari:
1. Benzilpenitsillinning natriy tuzi;
2. Benzilpenitsillinning kaliy tuzi;
Ularning o‘rtacha dozalari ( xar xil hayvonlar uchun);
Qoramolga - 1 kg og‘irligiga 2000-3000
Otlarga -1 kg og‘irligiga 2000-3000
Qo‘ylarga - 1 kg og‘irligiga 4000 – 5000.
CHo‘chqalarga - 1 kg og‘irligiga 3000-5000.
Parrandalarga - 1 kg og‘irligiga 40 000-50 000.
3. Bitsillin – 1
4. Bitsillin – 3.
5. Bitsillin - 5.
Bu uchalasi ham benzilpenitsillinning dibenziletilendiamin tuzi hisoblanadi.
Ularning qo‘llanilishi va ta’siri penitsillindan farq qilmaydi, ammo ta’siri uzoq
davom etadi. Muskul orasiga in’eksiya qilinganda qondagi terapevtik dozasi 3
sutkadan ziyodroq davom etadi.
Bitsillin 3 va 5- tarkibi 1 qismdan benzilpenitsillinning natriy va kaliy
tuzidan iborat.
6. Almetsillin – Allmecillinum – Allilmerkaptometilpenitsillin kislotasining
kaliyli tuzi.
7. Efitsillin.
8. Oksatsillin.
9. Fenoksimetilpenitsillin
10.
Metitsillin -
11.
Ampitsillin –
Penitsillinning ham grammusbat, ham grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi
ta’sirini yuqorida izoxlab, yozib o‘tgan edik.
II. Tetratsiklin guruxiga kiruvchi preparatlar:
Tetratsiklin
preparatlari
Astinomycetales
guruxiga
kiruvchi
mikroorganizmlardan
olinib,
4-yadroli
gidroaromatik
kondensirlangan
birikmalardan tashkil topgan. Penitsillinlardan ta’sir mexanizmi kengroq, ya’ni ular
grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham antimikrob ta’sirini
ko‘rsatadi. Boshqa ta’sirlari ham bor: ular kislotaga chidamli bakteriyalarga,
rikketsiyalarga va ayrim yirik viruslarga ham bakteriotsid ta’siri bor. Bakteriolitik
ta’siri 10 marta bakteriostatik ta’siridan kuchliroqdir.
Ta’sirining asosini mikroblardagi gaz almashinuvi va fosforlanish protsessini
buzadi. Zaxarliligi juda past. Toksik dozasi terapevtik dozasidan 20-40 marta
ko‘proq.
Qo‘llanilishi: Hayvonlarning o‘sishini va emirishini stimullashdan tashqari
qo‘yidagi infeksion va ko‘pgina noinfeksion kasalliklarda ishlatiladi: Dizenteriya
kasalliklarida, Dispepsiya va boshqa diareya kasalliklarida, Salmonellyoz
(paratifda), oshqozon va ichakkasalliklarining boshqa surunkali xillarida, O‘pka
kasalliklarida, Sibirskaya yazva – kuydirgida, Zlokachestvenniy otyok – yomon
sifatli shishda , Teylerioz, brodzot, emfizematoz (qorason) karbunkulda,
Nekrobatsillyozda, leptospiroz, atroficheskiy rinit atrofiyaga uchraydigan rinitda va
boshqalarda
Tetratsiklinlar har xil dori shakllarida tashqi va ichki usullarda keng
qo‘llaniladi, Ko‘z kasalliklarida ko‘pgina maz (malxamlari) va linimentlari bor.
Preparatlari:
1.
Tetratsiklin
2.
Tetratsiklin gidroxlorid,
3.
Oksitetratsiklin, digidrat,
4.
Tetratsiklin, terramitsin gidroxlorid,
5.
Xlortetratsiklin – biomitsin.
6.
Morfotsiklin
7.
Metatsiklin
8.
Dioksitsiklin gidroxlorid
9.
Dibiomitsin
A) Xlortetratsiklin gidroxlorid:
Qoramollarga – 0,01- 0,02 / kg.
Qo‘ylarga - 0,007-0,01/ kg
Kuram-parranda - 0,02-0,03 / kg
Sutkasiga 2 marta – per os .
B) Dibiomitsin – muskul orasiga:
Qoramollarga – 20.000 – 30.000 ED – TB/kg.
Qo‘ylarga - 30.000 -50.000 TB/ kg.
V) Oksatetratsiklin (terramitsin )
Barcha hayvonlarga o‘rtacha -5000-10000 TB/kg.
Tetratsiklinlarning arzon, tayyorlanishi oson bo‘lgan tozalanmagan, yarim
tozalangan (polufabrikatlar) ham ko‘p miqdorda qo‘llaniladi. Ular yosh hayvonlarni
tez o‘stiradi, semirtiradi, kasalning oldini oladi va davolaydi. Tarkibida vitamin va
boshqa stimulyatorlar mavjud.
Yuqoridagilardan tashqari tetratsiklin, dibiomitsin va boshqalarning maz
(malxam)lari ham chiqarilib ularni ko‘pincha ko‘z (kon’yuktivit) kasalliklari va
boshqa yiringli jaroxat, yaralarda ham qo‘llaniladi.
III. Levomitsetinlar guruxiga kiruvchi preparatlar.
Levomitsetinlar guruxiga kiruvchi preparatlar:
1.
Levomitsetin –
2.
Levomitsetin stearat,
3.
Levomitsetin suksinat
4.
Sintamitsin –
5.
Eusintomitsin –
6.
Levovinizol –
7.
Iruksal –
Ular turli mamlakatlarda chiqarilib, asosan Actinomyces venezulae –
mikroorganizmidan olinadi,
Mikroblarga qarshi ta’siri keng: brutsella, sibirskaya yazva (kuydirgi),
salmonella, stafilokokk, diplokokk, pasterella va boshqa mikroorganizmlar
chaqiruvchi kasallimklarga, ular ishlab chiqargan toksinlarga qarshi qo‘llaniladi. Per
os berganda tez so‘riladi, rezorbsiya qilinadi.
Qo‘llanilishi: oshqozon-ichak kasalliklarida, dizenteriyada, leptospirozda,
pasterillyozda, pullorozda, koksidioz va boshqa kasalliklarning oldiniolish,
davaolashda ko‘p qo‘llaniladi. Ularni har xil dori shakllarida chiqariladi va ishlatiladi.
Levomitsetinlarning malxam (maz), linimentlari bo‘lib, xirurgik kasalliklarning
yiringli (jaroxat, yara, absess, flegmona va boshqa) formalarda qo‘llaniladi.
Levomitsetinlar o‘rtacha berilgan dozalarda qo‘llaniladi: Per os - og‘iz orqali
– qora mollarga – 0,015-0,02/ kg, qo‘ylarga – 0,02-0,04/ kg, cho‘chqalarga – 0,03-
0,05/ kg.
IV . Streptomitsin guruxiga kiruvchi preparatlar.
Streptomitsin, amerika olimi E.Vaksman tomonidan, 1944 y. Nursimon
zamburug‘lardan ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan. U antibiotik bo‘lib ko‘p
spektrga ega bo‘lgan preparat bo‘lib chiqdi, tuberkulyoz tayoqchasi va grammanfiy
bo‘lgan
bir
necha
infeksion
kasalliklarni
chaqiruvchi
va
tarqatuvchi
mikroorganizmlarni o‘ldiradi. O‘sha davrlarda ko‘p uchragan (odamlarda) chuma
kasalligini davolovchi dori sifatida keng miqiyosida qo‘llanila boshladi va katta
natijalarga erishildi, Penitsillin esa yuqoridagi mikroorganizmlarning ko‘pchilligiga
ta’sir qilmasligi aniqlangan edi.
Streptomitsinlar murakkab birikmalardan tuzilgan bo‘lib, ularning asosini:
streptidin, streptobiozamin tashkil qiladi.
Ularning penitsillinlarga o‘xshash, lekin tuberkullyoz va brutsellyoz
tayoqchalarining
o‘sishini
to‘xtatadi.
Shuning
uchun
–
tulyaremiya,listerellioz,brutsellyoz,tuberkullyoz,
ichak
kasalliklarida
va
boshqalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Streptomitsinlarning qo‘yidagi birikmalari va unumlari mavjud:
1.
Streptomitsin sulfat
2.
Streptosulmitsin sulfat
3.
Streptomitsin – xlorkalsiyli kompleks
4.
Digidrostreptomitsin sulfat.
Ular oshqozon-ichakdan so‘rilmaydi, shuning uchun ko‘pincha
in’eksiya usulida qo‘llaniladi. Yuqoridagilardan tashqari faqat chorvachilik va
veterinariyada qo‘llaniladiganlari ham bor:
1. Grizin – Grysinum – Streptomyces gryseus Krainsky.
2. Oziqa bilan beriladigan grizin
Oziqaga: 1 tonnasiga 3-5 kg qo‘shib, ayniqsa jo‘jalarga beriladi;
Cho‘chqa bolalariga boshiga 100-200 mg dan oziqaga qo‘shib beriladi.
Shunday qilib streptomitsinli preparatlar meditsinada va veterinariyada eng
ko‘p tarmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar dori vositalari hisoblanadi. Ammo
veterinariyada tuberkullyoz va brutsellyoz kasalliklarini davolash ishlari hozirchalik
kasalliklar asosan o‘rta va surunkali kechganligi, davolash ishlari ancha qimmatga
tushishini hisobga olib, oldindan mutaxassislar bilgani uchun ushbu ishlar keng
ko‘lamda barcha xo‘jaliklarda yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Dori-darmondan tashqari
boshqa ko‘p tarmoqli, kompleks shart-sharoitlar shu kasalligi bor chorvachilik
ho‘jaliklar olib borishlari lozim bo‘ladi va bu tayyorgarligi va sharoitlar bor
xo‘jaliklar hozircha kam sondadir.
V.
Antibiotiklar – makrolidlar guruxi. Qo‘llanilishi. Preparatlari.
Makrolidlar – organik birikmalar bo‘lib, ularning asosida makrotsiklik laktam
halqasi va ko‘p sonli uglerod atomlari yotadi.
Makrolidlar – Actinomycetales guruxiga kiruvchi mikroorganizmlardan
olinadi, chunki ular ishlab chiqaradi.
Makrolidlarning qo‘yidagi prepartlari yaxshi o‘rganib chiqarilgan va
amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi:
1. Eritromitsin
2. Eritromitsin fosfat
3. Oleandamitsin
4. Oletetrin
5. Tilozin
6. Makrolan-200
7. Farmazin-50, 200
Tilozin preparati veterinariya amaliyotida keyingi paytlarda ko‘p
qo‘llanilmoqda.
Makrolidlar kukun, tabletka va eritma shaklida ko‘p ishlatilmoqda.
Ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham o‘zining antimikrob
ta’sirini ko‘rsatadi. Ularni infeksion kasalliklarda tezroq ta’sirga ega bo‘lish uchun
vena qon tomiriga ham yuboriladi. Tilozinni – Tilosinum veterinariya amaliyotida
grammusbat va manfiy mikroorganizmlar chaqiruvchi yuqumli kasalliklardan
tashqari nafas olish organlari kasalliklarida sepsisda, jaroxatlarda, yaralanish va
boshqa har xil yiringli yallig‘lanishlarda keng qo‘llaniladi. Muskul orasiga yuborish
uchun uni qo‘yidagi miqdorlarda yuboriladi:
O‘rtacha barcha hayvonlarda – 6000-8000 TB/kg.
Tovuqlarda – 25-30.000 TB/kg
VI . Polienli – zamburug‘larga qarshi antibiotiklar preparatlari.
Kimyoviy tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, 4-kam
bo‘lmagan bog‘lamlarga ega: tetraenlar, pentaenlar, geksaenlar, geptaenlardir.
Zamburug‘lar chaqiradigan kasalliklarda ishlatiladigan dori vositalariga
qo‘yidagilar kiradi:
1. Nistatin - uni aktinomitset Streptomyces naursei ishlab chiqaradi.
2. Levorin- Streptomyces Levoris krass – produksiyasi hisoblanadi.
3. Levorinning natriy tuzi.
4. Amfoteritsin V. – aktinomitset Streptomyces nodosus – lar maxsulotidir.
5. Amfoglyukomin – kompleks tuzdir.
6. Mikogeptin
–
aktinomitset
Streptoverticillium
mycoheptinicum
mahsuloltidan tashkil topgan.
7. Grizeofulvin – mog‘or zamburug‘i Penicillium griseofulvum –
maxsulotidir.
Nistatin va boshqalar achitqisimon candidalar chaqiruvchi kandidamikoz
kasalligida qo‘llaniladi. Nistatin, levorin, amfoteritsinV, lar malxam (maz) sifatida
ham chiqariladi. Ular shilimshiq pardalar kandidamikozi, teri va ichki organlar
zaralanganda ishlatiladi.
Amfoteritsin – davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar: blastomikoz, kriptokokkoz,
koksidioz, gistoplazmoz, mog‘or mikozlarida ham davolashda effekti katta. Ularning
vena qon tomiriga ham in’eksiya qilish kerak bo‘ladi. Lekin asosan og‘iz orqali va
mahalliy surtish uchun asosan kerak bo‘ladi. Og‘iz orqali uzoqroq, kattaroq
dozalarda qo‘llaganda allergik reaksiya va boshqa ziyonli ta’sirlari ham bo‘lishi
mumkin.
VII.Antibiotiklar – oligosaxaridlar (aminoglikozidlar) – yoki
neomitsidlar.
Oligosaxaridlar yoki neomitsinlar – o‘zining asosida har xil tuzilishdagi
oligosaxaridlari bo‘ladi. Ancha antimikrob ta’siri keng bo‘lsada, streptokokklar,
pnevmokokk, enterokokk, brutsella va ko‘k yiringlatuvchi tayoqchalarga ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Asosan, parenteral qo‘llaniladi, per os yomon so‘riladi. Ushbu guruxdagi
dorilarning bir qismi tabiatda nursimon zamburug‘lardan:
1.Neomitsin
2.Kanamitsin
3.Tobramitsin
4. Gentamitsin
5.Monomitsin
6.Kanamitsinning sulfat
Ular o‘rta keng spektrga ega bo‘lgan preparatlar hisoblanadi. Grammusbat va
grammanfiylariga ham bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. YUqorida keltirilgan (penitsillin,
levomitsetin,
tetratsiklin,
streptomitsin)
guruxdagi
dorilarga
chidamli
mikroorganizmlarini ham o‘sishini tezda to‘xtatadi.
Veterinariyada ko‘pdan beri monomitsinlar ishlatilib kelinmoqda. Uni muskul
orasiga yuboriladi: qoramollarga 4-6 ming TB/kg, cho‘chqalarga – 2-4 ming TB/kg,
qo‘ylarga – 6-8 ming TB/kg, tovuqlarga – 50 ming TB/kg. Ularning tashqi, ichki,
jaroxatlarda ham keng masshtabda qo‘llanilmoqda.
VIII . Polipeptid va polimikinlar guruxidagi preparatlar:
Ularni har xil turdagi Bacillus polymyxa lar ishlab chiqaradigan
maxsulotlardan olinadi. Ularning turiga qarab harflar yoki raqamlar bilan
belgilanadi. Qo‘yidagi prepartlari bor:
1. Polimiksin M-sulfat,
2. Polimiksin V- sulfat,
3. Batsitratsin – A –guruxga kiradi.
4. Batsillixin – 10, 20 va 30.
Ularning ko‘plari ayniqsa gramanfiy mikroblarga kuchliroq ta’sir qiladi.
Veterinariya amaliyotida ayniqsa batsitratsin ko‘p qo‘llaniladi, ular ko‘pgina
infeksion kasalliklardan tashqari: sekin tuzilayotgan jaroxatlarda, nekrozli yaralarda,
absess, flegmona, kolit, gastro enterit va boshqa kasalliklarda ko‘p qo‘llaniladi.
Batsillinxin preparatlari – polufabrikat sifatida hayvonlarning o‘sishini,
semirishni tezlatish va vaqtini qisqartirish uchun ko‘p qo‘llaniladi. Sifrlar esa
preparat tarkibidagi antibiotikning miqdorini ko‘rsatadi.
IX . Xar xil guruxlarga kiruvchi antibiotiklarning preparatlari.
Olinishi yoki farmakognoziyasi xar xil bo‘lgan antibiotiklarga qo‘yidagi
preparatlar kiradi:
1.
Fumagillin – poli efir oktitetradi karbon kislotasining maxsulidir. Uning
yuqoridagi ko‘rsatilganlardan tashqari – amebatsid ta’siri bo‘lgani uchun –amyobiaz
kasalligida, asalarilarning nozematozida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Asalarilarda 1
oilasiga 20-25 mg qo‘llaniladi.
2.
Albomitsin - uzoq ta’sir qiluvchi, ham grammusbat va grammanfiylariga
ta’sir qiladi. Prolangatsiya qilingan preparat hisoblanadi.
3.
Linkomitsin - Streptomyces Lincolniesis lar ishlab chiqqan mahsulidan
tayyorlangan. Asosan grammusbat mikroblarga ta’sir qiladi. Har xil yo‘llar bilan
yuboriladi.
4.
Ristomitsin
sulfat
–
Proactinomycini
nidan
olingan
bo‘ladi.
Grammusbatlarda ta’sir ko‘rsatib, grammanfiy mikroblarga va zamburug‘larga ta’sir
qilmaydi. Asosan venaga yuboriladi.
5.
Fuzidin – natriy –Fusidium coccineium zamburug‘idan tayyorlanadi.per
os beriladi.
6.
Gramitsidin – spora xosil qiluvchi Basillus brevis. 2% spirt eritmasi
chiqariladi, venada gemoliz chaqiradi. Gramitsidinning pastasi, tabletkasiham bor.
Asosan nosog‘lom joyga qo‘yiladi.
7.
Geliotitsin mazi (malxam) –nurli zamburug‘dan olinadi. Tubalarda
chiqariladi. Har xil terikasalliklarida qo‘llaniladi, jaroxatlarda 4% li mazi ishlatiladi.
Infeksiya tushgan ekzemada, dermatit, yara, piodermiya, elin tilganda ishlatiladi.
8.
Ekmolin – griprotamindagi eritmasi qo‘llaniladi, baliqlardan birinchi
bo‘lib Ermoleva tomonidan olingan.
Gigramitsin B- hayvonlarning, ayniqsa o‘sishini ta’minlaydi, semirishini
tezlao‘tiradi va ushbu maqsadlarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari veterinariya va
meditsinada askaridoz kasalliklarining oldini olish va davolashda qo‘llanilmoqda.