ANTIK DAVRDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI
Mundarija
Kirish.
I BOB. Geografik bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
1.1.Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi
2.Qadimgi Yunoniston va Rimda geografiyaning rivojlanishi.
II BOB Qadimgi Yunonistonda geografik bilimlar va tasavvurlar
2.1.Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.
2.2.Fales,
Anaksimandr,
Anaksimen
va
Gekateyning
geografik
tasavvurlari.Oykumena to’g`risida yunon olimlarining tasavvurlari.
2.3. Klassik Yunoniston davrida Yerning sharsimonligi to`g`risidagi geografik
tasavvurlar .
2.4.Ellin davri olimlarining geografik tasavvurlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz – bu
o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizdir.
Sog’lim avlodni tarbiyalash- buyuk davlat poydevorini,
faroron hayot asosini qurish, demakdir.
Bugun qanday ko’chat eksak, ertaga shunday meva olasan.
I.A. Karimov.
Mavzuning dolzarbligi: Qadimgi davrlarning tabiiy geografik sharoitini
o'rganishda yer po'stining tuzilishi va xususiyatlarini hamda tog' jinsi qatlamlarini
yotishini o'rganish juda muhim ma'lumotlarni beradi. Tektonik va vulkanik
harakatlar ham geografik qobiqning rivojlanish tarixini aniqlashda muhim o'rin
tutadi.
Geografik qobiqni yaxlit tizim sifatida rivojlanishi yerni sayyora sifatida
rivojlanishidagi
qadimgi
bosqichi
hisoblanadi.
Geografik
qobiqdagi
rivojlanishning asosiy manbai bo'lib quyosh issiqligi xosoblanadi. Quyosh
issiqligini geografik qobiqda notekis taqsimlanishi natijasida yer yuzasida xilma-
xil tabiiy geografik sharoitlar vujudga kelgan.
Geografik voqea va xodisalarning hamda ularning xilma-xilligini
kuchaytiradigan va murakkablashtiradigan, bir tomonga yo'nalgan va qaytarilmas
o'zgarishlarga geografik qobiqning rivojlanishi deb ataladi. Geografik qobiqning
rivojlanishi to'xtovsiz jarayon bo'lib uning boshlanishini aniqlash shuda shartli
xisoblanadi. Ko'p olimlar tomonidan yerni sayyora sifatida vujudga kelgan davri
uni rivojlanishini boshlanishideb qabul qilingan.
Geografik qobiqning rivojlanishi juda notekis ro'y beradi. Sekin-asta va evolyusion
o'zgarishlar keskin inqilobiy o'zgarishlar bilan almashinib turadi.
Geografik qobiqni rivojlanishini o'rganishda poleogeografiya va tarixiy geografiya,
paleontologiya va boshqa fanlarning o'rni katta.
Ushbu kurs ishida qadimdan grografiyaning qanday rivojlanganli va u
haqidagi ma’lulotlar qanday rivojlanpganligi to’g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan
bo’lib shu bilan birga geografik bilimlarni to’plamlarini dastlabki to’plamlari
haqida o’rgangan ma’lumotlarimini yoritilan . Qadimgi Yunoniston va Rimda
geografiyaning rivojlanishi tabiiyfanlarni vujudga kelishi o’sha davr allomalrining
ta’savvurlari va Ellin davri olimlarining geografik tasavvurlari haqidagi
ta’savvurlar haqida ma’lumotlar berishga harakat qilganman.
Ishni maqsadi va vazifalari : Kurs ishining asosiy maqsadi antic dunyo
geografiyasi haqidag turli fikrlarni taxlil qilishdan iborat. Ishning maqsadidan kelib
chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
Geografik bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi haqidagi bilimlarni
yoritish va ular haqida ma’lumotlarni to’la o’rganish.
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi va qadimgi Yunoniston va
Rimda geografiyaning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni yoritib berish.
Qadimgi Yunonistonda geografik bilimlar va tasavvurlar va fanlarning
vujudga kelishi haqidagi ma’lumotlarni to’la yoritish..Fales, Anaksimandr,
Anaksimen va Gekateyning geografik tasavvurlari.Oykumena to’g`risida
yunon olimlarining tasavvurlari.
Klassik Yunoniston davrida Yerning sharsimonligi to`g`risidagi geografik
tasavvurlar .Ellin davri olimlarining geografik tasavvurlari haqidagi
ma’lumotarni to’la yoritib berishga harakat qilganman.
Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar asosida atroflicha tahlil
qilindi. Asosan tarixiy ma’lumotlardan foydalangan holda va boshqa tadqiqot
usullaridan foydalanildi.
Ishning hajmi va tuzilishi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, tadqiqotning ketma–ket
bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettiruvchi kirish, 2 bob 25 sahifa, xulosa,
adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
I BOB. Geografik bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
1.1.Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi
Kishilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq o’z joyini bilish va unda
orientatsiya olish ehtiyojlari tufayli ayrim, ba’zan esa ancha keng tasavvurlarga ega
bo’lganlar. Ularning tabnatni kuzatishlari ayrim faktlarni kuzatinshdan boshlangan,
bu faktlarni idrok etishlari (tushunishlari) -esa afsonaviy xarakterda bo’lgan.
Insoniyat taraqqiyotining bu bosqichida geografik bilimlarning hech qanday
ko’rtagi bo’lganligi hamda gapirishning hojati yo’q.
Miloddan oldingi IV minginchi yillarda Misr bilan Vavilonda yerni o’lchash
san’ati – geometriya va amaliy astronomiya vujudga kelgan, vaqt hisobi hamda
kalendar paydo bo’lgan. Shundan keyin geometriya bilan astronomiya geografik
bilimlarning vujudga kelishiga yordam bergan. Yozuv ham shu yerda vujudga
kelgan.
Miloddan oldingi ikkinchi ming yillikda kritliklar: bilan finikiyaliklarning
geografik bilimi kengaydi, bularning ekonomikasi dengizda kemachilik va savdoga
asoslangan edi. O’sha vaqtda ularning kemalari butun O’rta dengiz bo’ylab suzar
va Gerkules ustunlari (Gibraltar bo’g’ozi) orqali bu dengizdan tashqariga ham
chiqar edi. Ular Janubiy Arabistondan Hindistonga suzib borar edilar. Yevropa va
Osiyo nomlari ham o’sha vaqtda paydo bo’lgan. Yevropa so’zi Finikiyaga nisbatan
g’arb, Osiyo degani sharq demakdir, Finikiyaning o’zi O’rta dengizning sharqiy
sohilida joylashgan edi. Keyinchalik bu nomlar qit’alar nomi bo’lib qolgan.
Miloddan oldingi VIII asrda madaniyat markazi (Xitoy bilan hindistonni,
shuningdek, yevropaga o’sha vaqtda noma’lum bo’lgan Markaziy Amerika
mamlakatlarini chetda qoldirib) Yunoniston bo’lib qoladi. Bu davr kishilarining
geografik tasavvurlari Gomerning she’riy asarlarida aks ettirilgan (miloddan
oldingi VIII – VII asrlar). U Odisseyaning sarson – sargardonlyagini tasvirlab,
qadimgi greklarga ma’lum bo’lgan dunyoni ko’rsatgan.
1.2.Qadimgi
Yunoniston
va
Rimda
geografiyaning
rivojlanishi
(miloddan oldingi VII asrdan eramizning IV asrigacha). Yunonistonda VI asrda
fanlar paydo bo’la boshlaydi. Madaniyat o’z rivojining yangi bosqichiga kiradi.
Tabiatni kuzatish, shu jumladan, geografik ma’lumotlar ham, yangi, ancha yuqori
sifatga ega bo’lib qoladi. Shu bilan bir vaqtda greklar bilan karfagenlar o’z
geografik bilimlarini kengaytira boradilar.
Miloddan oldingi VI asrda Karfagenlik admiral Gannon Afrikaning g’arbiy
qirg’og’i bo’ylab Gvineya qo’ltig’igacha dengiz orqali harbiy yurish qiladi.
Greklardan Marseldan chiqqan Pifey miloddan oldingi IV asrda Atlantika okeanida
yevropa sohillari bo’ylab sayohat qilib, yorug’ tunlar bo’ladigan «yengliklargacha
yetib boradi, Britaniya orollari ma’lum bo’ladi, turli geografik kengliklardagi
iqlimlarying farq qilishi haqida ma’lumot olinadi. Aleksandr Makedonskiy
yurishlari munosabati bilan (miloddan oldingi IV asr) turli o’lkalar haqidagi
bilimlar ancha kengaydi. Uning qo’shinlari bilan birga olimlar ham sayohat
qilishgan.
Miloddan avvalgi VI asrgacha yer haqidagi tushuncha hayoliy tasavvur
doirasidan chikib keta olmagan, yerni atrofini suv o’rab olgan yassi barkash
shaklida deb bilishgan, yerni o’rab olgan suvni Okean nomli «keng daryo deb
tushunishgan. Pifagorning shogirdlari (miloddan oldingi VI asr) yer sharsimon
bo’lsa kerak, degan fikrni aytishgan, lekin uni isbot qila olmaganlar. Bu buyuk fikr
edi. Bu yangi fikr yer haqidagi tasavvurda burilish yasadi: chunki yer barkash
shaklida deyilganda, o’lkalar haqidagi bilim kengaymas edi, sharda esa quruqlik
shar yuzasining bir kismi bo’ladi, boshqa joylarni esa tekshirish kerak bo’ladi.
Ikkita gipoteza — quruqlik va okean gipotezasi vujudga keldi. Birinchi gipotezada
yerda quruqliklar ko’p va katta maydonni egallaydi deyilsa, ikkinchisida okean
ko’p deyilar edi.
Qadimgi Yunonistonda geografik ma’lumotlar falsafa tarkibida edi. U
vaqtdagi falsafani xozirgi ma’noda emas, balki kengroq, umuman fan ma’nosida
tushunish kerak. Ko’pchilik faylasuflar tabiatni tushuntirish bilan, ya’ni tabiat
falsafasi bilan shug’ullanishgan. Shunisi ajoyibki, o’sha vaqtdayoq geografiyaning
har ikki tarmog’i – yer bilimi va regional geografiya paydo bo’lgan. Yer bilimining
vakili Anaksimandr (miloddan oldingi VI asr) bo’lgan, u o’sha tarihda ma’lum
bo’lgan dunyoning kartasini chizgan va taxmin qilishlaricha, yerning butunicha
tasvirini yozgan. Eng yirik grek faylasufi Aristotelh (miloddan oldingi IV asr)
yerning sharsimonligini isbot qilgan1, «Meteorologiya’ kitobini yozgan va
ko’pchilik tabiiy hodisalarni, chunonchi, vo’lkanizm, yer osti suvlarining paydo
bo’lishi, daryolarning vujudga kelishini tushuntirib berishga urinib ko’rgan
Aristotel fikriga ko’ra, yer Olamning ko’zg’almas markazidir va, hatto Filolay
(miloddan oldingi V asr) yerning markaziy olov atrofida aylanishi haqida gapirgan,
Aristrax (miloddan oldingi III asr) esa yerning Quyosh atrofida va o’z o’qi atrofida
aylanishi haqida ishonch bilan yozgan bo’lsa ham, Aristotelning fikrini
Kopernikka qadar hech kim rad eta olmagan.
Qadimda geografiyaning yer bilimi yo’nalishi Eratosfen (miloddan oldingi
III asr) asarlarida eng yuqori darajaga yetdi. U yerning kattaligini o’lchagan.
Buning uchun u Iskandariya (Aleksandriya) bilan Siena (Asvon) geografik
kengligini aniqladi, bu kengliklarning gradus hisobida farqini topdi va bular
orasida yer yuzasidagi masofani o’sha vaqtdagi uzunlik o’lchovi birligida,
stadiylarda aniqladi. Bosqichlar hisobidagi masofani graduslar soniga taqsimlab,
yoyning uzunligini va butun aylana uzunligini topdi. yerning aylanasi unda 250000
stadiy chiqqan (Misr stadiysi 158 m, greklar stadiysi 189,7 m; Eratosfen qaysi
biridan foydalangani ma’lum emas). Bu natija garchi yer o’lchamlarini aslida katta
qilib ko’rsatsada, ajoiib yutuq edi.
Eratosfen «Geografika» nomli birinchi kitobni yozgan. Bizgacha bu
kitobning ayrim parchalarigina yetib kelgan, lekin bunday parchalar soni ancha
ko’p. Bu kitobning mazmuni hozirgi vaqtdagi geografiyaning, aniqrog’i, umumiy
yer bilimining mazmuniga yaqinlashib keladi. Kitobning birinchi bo’limida
geografiyaning tarixi bayon qilinadi; ikkinchi bo’limida yerning shakli va kattaligi,
okeanlar, quruqlik chegaralari, iqlimlar tasvirlanadi; uchinchi bo’limida
quruqlikning qit’alarga bo’linishi, sfragidlar (tabiat zonalarining dastlabki
tasvirlari) berilgan hamda ayrim mamlakatlar tasvirlangan. Grek geografiyasidagi
regional yo’nalishini logotaflar rivojlantirishgan. Bularning eng yirigi miletlik
Gekatey bo’lgan; uning kartasi bizgacha yetib kelgan. Biroq mamlakatshunoslik
keyinrok – Rimda taraqqiy qilgan. Greklarga G’arbiy yevropa bilan Shimoliy
Afrika oraligidagi hindistongacha bo’lgan o’lkalar va dengizlar ma’lum edi. Usha
vaqtda ma’lum bo’lgan yer, ya’ni eykumena kartalarda g’arbdan sharqqa
cho’zilgan polosa shaklida tasvirlangan; uzoqlik hisobi uning uzunligi;
(uzokligi)dan kelib chiqqan. Eykumenaning kengligi janubdan shimolga tomon
o’lchangan; «kenglik» termini ana shundan kelib chikqan.
Miloddan oldingi II asrda Yunoniston Rimning viloyati bo’lib qoladi va
qadimgi geografiyaning bundan keyingi rivojlanishi Rim imperiyasida davom
etadi. Bu vaqtda geografiyaning eng yirik vakillari Strabon bilan Klavdiy Ptolemey
bo’lgan. Eski era bilan yangi era chegarasida yashagan geograf hamda tarixchi
Strabon 17 jildli «Geografiya» asarini yozgan. Bu asarda mamlakatshunoslik
g’oyalari ayniqsa yaqqol aks etgan. Ptolemey (miloddan avvalgi II asr). - qadimgi
dunyoning mashhur olimlaridan biri, astronom va geograf. Uning asarlarida antik
(qadimgi) dunyo olimlarining astronomiya va geografiya sohalaridagi, ayniqsa
Olam, yer haqidagi umumiy tasavvurlariga doir yutuklar yakunlangan hamda
sistemaga solingan. Uning astronomiyaning XV kitobda bayon qilingan buyuk
matematik asoslari asari - «Almagesto nomi bilan kengroq tanilgan. Ptolemeyning
sakkiz kitobdan iborat ikkinchi asari – «Geografiya»ning ahamiyati ham benihoya
kattadir.
«Geografiya»da va unga ilova qilingan kartalarda ikkita kartografik
proeksiya – konusli va stereografik proeksiyalar birinchi marta qo’llanilgan;
kartalarda shimolni yuqorida ko’rsatish usuli mustahkamlangan; kartalar aniqligi
ancha oshgan; Atlantika okeani bilan Hind okeani orasidagi 8000 nuqta kartaga
kordinatalar bo’yicha tushirilgan; bu nuqtalardan ba’zilarining o’rni astronsmik
usulda aniqlangan, ko’pchiligi marshrut bo’yicha tushirilgan; nuqtalar marshrut
bo’yicha tushirilganda qirg’oq chiziqlarining egri bugriligi va uzoqlikni aniqlay
bilishmaganligi sababli kartada quruqliklar sharqqa tomon cho’ziq qilib
tasvirlangan; Osiyoning sharqiy qirg’og’i ko’rsatilmagan, u noma’lum edi; bu hol
quruqlik sharqqa tomon noaniq katta masofaga cho’zilgan deb o’ylashga olib
kelgan. O’sha vaqtda ma’lum bo’lgan mamlakatlar yer aylanasining yarmida
joylashtirilgan, ya’ni go’yo G’arbiy yevropa qirg’oqlaridan g’arbga tomon yurib,
Sharqiy Osiyoga borish mumkin bo’lgan. Janubiy yarim sharda Noma’lum janubiy
yer (lotincha Tegga australis incognita) deb nomlangan juda katta quruqlik
tasvirlangan. Hind okeani berk ichki dengiz tarzida ko’rsatalgan.
Ptolomey
«Geografiya»si buyuk geografik kashfiyotlar davriga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bu
asar o’sha vaqtda 42 marta qayta nashr qilindi.
Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan
bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish
Gresiyani esa Ellada deb atashardi.
Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv
birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning
oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar.
Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning
yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini
yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh
tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan
yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.
Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon
qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat
qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari
havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina
olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli
hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar.
Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit
davom ettirdi.
Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan
tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan
dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning
dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida
xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining
abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari
va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad
qilolmaganlar, biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl
etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa
fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar.
Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom
ettirdi.
Gippokratning ta'limotiga ko'ra, vrach kasalni odamdan quvish kerak emas,
balki kasalni yengishda odam organizmiga yordam berishi lozim, - deb hisoblagan.
Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri ovqatlanish, dori-darmon va operasiyalar
haqidagi asarlari zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qo'shilgan munosib
hissa bo'lib xizmat qildi.
Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qadimgi yunon mutafakkiri Arastu
g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z
zamonasida to'plangan barcha ilmiy bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib chiqdi va
mustaqil fanlarga birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat yunonlar fanini rivojiga,
balki jahon fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu bir
qator fanlarga nomlar berdi: yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan botaniqa,
“tabiat” so'zidan olingan fiziqa, “davlat” so'zidan olingan siyosat shular
jumlasidandir.
Eramizdan avvalgi IV asrning boshqa ilgor olimlari qatori Arastu ham, Yer
–shar shaklida deb ta'kidlab, u butun olamning markazidir, Quyosh va yulduzlar
esa Yerning atrofida aylanadi deb hisoblardi.
“Gresiya – Eron urushlari tarixi” nomli asar yozgan Gerodot ham qadimgi
yunon mutafakkiri edi. Gerodot miloddan avvalgi 490-480 yillar orasida tug'ilgan.
Ellinlarning qudratli Eron shohlari ustidan erishgan g'alabalari to'g'risidagi xotirani
kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga haraqat qilgan. Gerodot o'z oldiga faqat
harbiy harakatlar haqida hiqoya qilibgina qolmay, balki urushda qatnashgan
halqlarning tarixini yoritishni ham maqsad qilib qo'ygan edi. U o'z kitobi uchun
ma'lumotlar to'plar ekan, tabiiy holda ko'pgina mamlakatlarni sayohat qilgan.
Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarini, o'sha mamlakatlarning
odamlardan eshitganlarini, yaqin va o'zoq o'tmishda bo'lgan voqealarni yozib
bordi.
Gerodot miloddan avvalgi 455-477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik
Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning “Tarix”
kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa
xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar bor. Gerodotning “Tarix” asari Gresiyaning
qadimgi tarixi hamda Old Osiyo, Misr va hamdo'stligimiz janubida yashagan
halqlar to'g'risida ma'lumot beruvchi eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu
xizmatlari uchun Gerodotga o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb nom berganlar.
Yana bir atoqli yunon faylasuf donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u
miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug'ilgan. Leqin u o'z umri davomida birorta
ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars ham bermagan, hech qayerda
ma'ro'zalar o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarni
haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas, deb
o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb
hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni
haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina kuldorlik
demokratiyasi namoyondalariga ёqmagan. Shuning uchun u demokratiya
to'zumining dushmaniga aylanib sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399 yilda
zahar ichib o'lgan.
Qadimgi Yunonistonda yaratilgan ilmiy bilimlar asosida qadimgi yunon
adabiyoti muhim o'rin tutadi.
II BOB Qadimgi Yunonistonda geografik bilimlar va tasavvurlar
2.1.Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi.
Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni
ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani
eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib
borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli
holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va
iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy
oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval
Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda
bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z
zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski
diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan
abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar
aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.
Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning
ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.
Y-asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish
ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo
bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.
Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan
ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan
laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar”
shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini
tashviq qilardilar.
Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z
zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish
bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini
xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan
jarchilari bo'lishgan.
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham
juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri
bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi
kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi
o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.
Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan
Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning
nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod
qiluvchi yozuvchidir.
Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida
uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham
o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining
kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning
karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha
qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari
bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi
faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.
Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan
yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar
bilan boyitgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur
olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo
halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon
dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan
avvalgi YI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi
Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va
Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni
yanada rivojlantirganlar.
Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya
podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda
tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb
baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar
yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda
ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil
fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika,
fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u
butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb
hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z
davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan
ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora
aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa,
asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi.
Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga
tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va
boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har
tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da
faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun
Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish
mumkin.
2.2.Fales,
Anaksimandr,
Anaksimen
va
Gekateyning
geografik
tasavvurlari.Oykumena to’g`risida yunon olimlarining tasavvurlari
Miloddan avvalgi VIII-VII asrdan melodning V asrning o`rtasigacha bo`lgan
davr (o`n uch asrga yaqin) antik davr deb nom olgan va u klassik yunon, ellin
(ellinizm) va Rim imperiyasi davrlariga ajratiladi (Ditmar, 1973).
Sokratga qadar bo`lgan falsafiy an`ana geografiyaning tarkib topishi uchun
anchagina shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Geografik dunyoqarash antik davrda
yuqori darajada bo`lgan. Fan va madaniyat yuksalgan. O`rta Yer dengizi
sohillaridagi bu sivilizatsiyada Yerning sharsimonligi, Yer Qo`yosh tizimidagi
sayyora ekanligini yaxshi bilishgan.
“Ioniya
(millet)”
maktabining
namoyondalari
Fales,
Anaksimandr,
Anaksimen va Gekateyning geografik tasavvurlari. Kichik Osiyoning Ioniya
sohilida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan “ioniya” yoki “millet”
falsafiy maktabining mutafakkirlari (“naturfaylasuflar”) Fales, Anaksimandr va
Anaksimen barcha tabiat hodisalari va jarayonlarining negizida qandaydir moddiy
modda turadi, deb hisoblaganlar. Tabiat hodisalari va jarayonlarini (quruqlik va
dengizning almashinishi, zilzilalar, Nil daryosining toshishi va b.) batamom
mushohidaga (empirik) asoslangan holda tabiiy-ilmiy jihatdan tushuntirishga
harakat qilganlar.
Aristotelning yozishicha, Falesning (mil.av. 624-548-y.lar atrofida) Yerning
shakli to`g`risidagi tasavvurlari aniq emas. Ammo Aristotelning yozishicha, Fales
Yer (quruqlik massivi)ni suvda suzib yuradigan daraxt bo`lagiga o`xshatgan,
A.Hunboldt, E.Banburi, M.Ostroumov va boshqa mualliflarning yozishicha, Fales
suvda suzib yuradigan Yerni yassi disk ko`rinishida tasavvur qilgan.
Falesning shogirdi Anaksimandr (mil.av.610- 546- y.lar atrofida) Olam -
makonda va zamonda cheksiz bo`lgan son-sanoqsiz “olamlar”ning majmuasi, Yer
o`zining atrofidagi osmon yoritgichlari bilan birgalikda shu “olamlar”ning biridir,
deb hisoblagan. Uning tasavvurida, Yer aylana kolonnaning bo`lagi shakliga ega
bo`lib, “olam”ning markazida joylashgan va hech qanday asosga ega emas.
Anaksimandr o`zining bu farazi bilan Olamning geliosentrik tizimiga asos solgan.
Anaksimandr Yer yuzasini ko`plab jarayonlar va hodisalar kechadigan
joydir.U o`zining Olamning doimiy rivojlanishi to`g`isidagi ta’limotidan kelib
chiqqan holda mavjud dengizlarni bir paytlar butun Yer yuzasini qoplagan suvning
qoldig`i bo`lgan. Bundan tashqari, Anaksimandr gnomon, Quyosh soati va
asboblardan foydalangan va ekliptika qiyaligini, gorizont tomonlarini aniqlagan.
Eratosfenning aytganlariga asoslanib, Strabon va Agafemer dastlabki
geografik kartaning ham Anaksimandr tomonidan mashtabni qo`llagan holda
taxtada tuzilganligi haqida ma’lumot beradilar.Anaksimandrning kartasida
markazida Yunoniston joylashtirilgan bo`lib, uni Yevropa va Osiyoning shu paytda
greklarga ma’lum bo`lan qismlari o`rab turgan; karta aylana shaklda bo`lib, butun
aylana disk ko`rinishidagi quruqlik okean bilan o`raglan holda ko`rsatilgan.
Anaksimandrning bu kartasi miletlik Gekatey tomonidan batafsilroq kartaning
tizishga asos bo`lgan.Anaksimandrning kartasida quruqlik qit’alarga ajratilmagan
va Yerning diskini dengizlar bilan bir-biridan ajralib turadigan teng shimoliy va
janubiy qismlarga ajratilgan; kartada Quyosh turishlari kunlaridagi chiqsh va
botish nuqtalari belgilangan va Quyosh teng kunliklaridagi chiqsh va botish
nuqtalari orqali o`tadigan va quruqlikni teng bo`lib turadigan to`g`ri chiziq
(“Ioniya ekvatori”) o`tkazilgan (Ditmar, 1973).
Fales va Anaksimandr geografiyada matematik yondashuvning asoschilari
hisoblanadi (Jeyms, Marten, 1981).
Anaksimenga (mil.av.582 - 525- y.lar atrofida) ko`ra, Yer aylanasimon
shaklga ega bo`lib, barcha joyda aholi yashagan. Uning an’anaviy “Tabiat
to`g`risida” deb nomlanadigan asarida falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari bayon
qilingan.
Ayni paytda Qadimiy Yunonistonda dengizda suzish va savdoning
rivojlanishi tufayli quruqlik va dengiz sohillarini tasvirlash zaruriyati tug`ildi. Usha
davrda dengiz tasviri – periplam, quruqlik sayohatlari tasviri esa pereegesam deb
atalgan.
Anaksimenning kenja zamondoshi miletlik Gekatey (mil.av. 546-480-y.lar
atrofida) sayyoh – tarixchi bo`lgan. Gekatey o`zining “Yer tasviri” (yunoncha “Ges
periodos” – “Yerni kezib chiqish”) she’riy asarida asarida nafaqat yunonlarga
ma’lum bo`lgan joylarni, balki ularga mona`lum bo`lgan joylar to`g`risidagi
ma`lumotlarni to`plagan va tasnif qilgan. Gekatey Yerni boshqa ioniyalik
faylasuflar kabi aylana orol ko`rinishida tasavvur qilgan Bundan tashqari, u mis
tunukasida Yerning kartasini ham chizgan. Bu kartada barcha tomomdan suv bilan
o`raglan quruqlikda shu davrda ma`lum bo`lgan Yevropa, Osiyo va Livanning
geografik ob’yektlari ifodalangan; Yerni o`rab turgan okean quruqlikka qo`ltiqlar
orqali kirib turgan. Kartada disksimon Yer doirasida oykumena oblastlari
ko`rsatilgan. Oykumena shimolda va janubda yozgi va qishki Quyosh turishi
kunlaridagi chiqish va botish nuqtalarini birlashtiruvchi chiziqlarr bilan
chegaralangan
to`g`ri
burchak
ko`rinishida
ko`rsatilgan.
Oykumenaning
chegaralari yil davomida Quyosh harakat-lanadigan yozgi va qishki tropiklar
(“burilish” aylanalari)ning chiziqlarini ifodalagan.
Gekateyning “Ges perodos” asari va kartasi Herodotning “Tarix” asari
uchun muhim geografik manbalardan biri bo`lgan
Shunday qilib, mil.av. VI asr fanida ikkita mustaqil geografik yo`na-lish –
bo`linmagan Ioniya fani doirasidagi umumiy Yer bilimi yoki tabiiy-geografik
hamda tabiat falsafasi (naturfalsafa) konsepsiyalari bilan bevosita bog`liq bo`lgan
tasviriy-empirik sajiyadagi mamlakatshunoslik namoyon bo`ldi.
Milet maktabida umumiy qonuniyatlarni shakllantirishga harakat qilgan
olimlarning hamda ayrim jarayon va hodisalarni tasvirlash bilan shug`ullangan
olimlarning ilmiy yondashuvida farqlar yaqqol ko`rinadi. P. Jeymas va
J.Martinning (1981) fikricha, bu ikkala qarash hozirgi paytda nomotetik va
ideografik yondashuvlarda ifodalanadi.
Oykumena
to’g`risida
yunon
olimlarining
tasavvurlari.
Oykumena
(yun.oykumenë
<
oikeö
egallayman,
yashayman)
to`g`risidagi
ta’limot
yunonlarning forslar bilan bo`lgan janlardagi g`alabasidan so`ng ancha
rivojlandi.Ioniya shaharlari ilgarigi iqtisodiy va madaniy ahamiyatini yo`qotgach,
Sitsiliya, Spart va ayniqsa Afina shaharlari barca tomondan ravnaq topdi va shu
sababli ilmiy bilimlaqrning astronomiya, fizika,vatematika, geografiya kabi
tarmoqlarining rivojlanishi uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Bu davrning
Anaksagor, Levkip, Herodot, Hippokrat, Demokrit, Agafemer kabi olimlari
geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar.
Anaksagor ( mil. av. 500 – 428-y.lar atrofida) va Levkip ( mil. av. 500 –
440-y.lar atrofida) Yerning shakliga nisbatan yassi aylana yoki baraban shakliga
ega degan an’anaviy tasavvurda bo`lishgan. Ularning har ikkalasi oykumena va uni
o`rab turadigan aholisiz joylar ekanligi to`g`risidagi ustuvor tasavvurga
qo`shilganlar, ammo bu hodisani Yerning shimoliy va janubiy qismlarining
Quyoshga nisbatan turli uzoqlikda bo`lganligi bilan bog`lashga harakat qilganlar.
2.3. Klassik Yunoniston davrida Yerning sharsimonligi to`g`risidagi geografik
tasavvurlar
Herodot (mil.av. 484 - 428-y.lar artofida) garchi tarixchi hisoblansada,
geografik g`oyalarning rivojlanishida uning salmoqli xizmati bor. Uning “To`qqiz
kitobdagi tarix” asarida usha davrning hududiy saviyasining kengligi va geografik
bilimlarining darajasi to`g`risida fikr yuritishga imkon beradigan geografik
ma’lumotlar juda ko`p.
Gerodot yunonlarga savdo va siyosiy aloqalari sababli yaxshi ma’lum
bo`lgan joylarga ko`p sayyohat qilgan. Ayni paytda u oykumenaning o`zi
bormagan, masalan, Hindiston, Elefantinadan janubroqdagi Meroe, hozirgi Sahroi
Kabirning ichki va g`arbiy rayonlari, Atlas tog`lari va boshqa joylar to`g`risida
ma’lumotlar to`pladi. Bu ma’lumodlar Gerodotga o`zidan oldingi va zamondosh
olimlarning ayrim fikriga tanqidiy qarash imkonini berdi. Xususan, u shakliga
ko`ra aylanani eslatadigan va barcha tomomdan Okean bilan o`raglan quruqlik, bu
quruqlikni uchga – Yevropa, Liviya (Afrika) va Osiyoga bo`lish to`g`risidagi
tasavvurlarni tanqid qiladi. U quruqlikni Anaksimandr fikriga qo`shilgan holda
ikki katta qismga – shimoliy va janubiy qismlarga ajratadi va ular orasida O`rta
yer, Marmar va Qora dengizlarni joylashtiradi, Kaspiy dengizini Okean bilan
bog`lanmagan alohida dengiz deb hisoblaydi.
Gerodot quruqlik doirasida to`g`ri burchak ko`rininshiga ega bo`lgan
oykumenani ajratadi. Oykumenaning chekkalarida boy tabiiy oblastlar (Hindiston,
Janubiy Arabiston, Efiopiya, Simoliy Yevropa), ulardan tashqarida esa yashash
uchun yaroqsiz sovuq yoki issiq bo`lgan aholi yashamaydigan oblastlar ajratiladi;
oykumenaning shimoliy chegarasini Qora dengiz sohillaridan 4000 stadiya (700
km ga yaqin) shimolroqda, sharqiy chegarasini Skifiyadan g`arbroqda, Dunayning
o`rta oqimi bo`yicha , janubiy chegarasini Arabistondan janubroqda va
Efiopiyadan janubi - garbroqda o`tkazadi. Oykumenaning shimoliy chegarasi
“yozgi” tropikka, janubiy chegarasi esa “qishki” tropikka to`g`ri keladi.
Herodot oykumena doirasida uchta kenglik mintaqasini ajratadi. Simoliy
mintaqaga hosildor tuproqlarga, yirik daryolari, o`t bilan qoplangan daraxtli
o`simligi bo`lmagan ulkan tekislikni o`z ichiga oladigan Skifiya kiradi. Skifiya
uchun salqin yomg`irli yoz va sakkiz oygacha cho`ziladigan sobuq qorli qish xos.
Bu mintaqadan janubroqda eng qulay tabiiy sharoitga va xilma-xil o`simlikka ega
bo`lgan O`rta yer dengizi sohillarini o`z ichiga oladigan ikkinchi mintaqa
joylashgan.Uchinchi mintaqaga oykumenaning Misr, Efiopiya va Arabistonni o`z
ichiga oladigan janubiy oblastlari kiradi.
Bundan tashqari, Herodot Liviyaning unga ma’lum bo`lgan shimoliy qismi
doirasida kenglik bo`yicha cho`zilgan, o`ziga xos tabiiy xususiyatlarga ega bo`lgan
polosalarni yoki zonalarni ajratadi: shimoliy polosada bir yilda uch marta hosil
yig`adigan dehqonlar yashaydi; u yerdagi sohilbo`yi qirlarida dorivor silfiy (Ferula
tinginata), dengiz sohilida esa ovqatga ishlatiladigan nilufar (lotos) o`sadi.
Janubroqda ko`plab yovvoyi hayvonlar tarqalgan zona cho`zilgan bo`lib, g`arbda
qalin o`rmonlar bilan qoplangan baland tog`lar bilan tutashadi; undan ham
janubroqda butun Liviya bo`ylab tog` qirlari orqali bo`laklarga ajratilgan qumli
cho`llar zonasi joylashgan; bu zonada hech qachon yomg`ir bo`lmaydi. Bu polosa
ortida botqoqlar va daraxtlar bilan band bo`lgan oblastlar joylashgan. U yerlarda
qora past bo`yli odamlar yashaydi.
P.Jeyms va J.Martinning (1988) fikrlaricha, Herodot bizga hozirgi paytda
tarixiy geografiya deb ataladigan sohadagi tadqiqotlar uchun bir qancha ajoyib
namunalar qoldirgan. Shuningdek, Herodot “Etnografiyaning otasi” sifatida ham
mashhur. Chunki, u qadimiy yunonlarga notanish bo`lgan xalqlarning an’analarini
ishonchli va yorqin qilib tasvirlagan.
Herodotning oykumena doirasidagi uchta tabiat mintaqasi uning zamondoshi
mashhur shifokor Hippokratning (mil.av. 460 - 377-y.lar artofida) tabiat to`g`risida
yozgan ishlarida ham o`z aksini topgan. U Kichik Osiyoning g`arbiy sohillari,
Skifiya, Kolxida pasttekisligi va Liviyaning shimoliy sohili to`g`risida yozadi.
Gippokrat oykumena tabiatini qisqacha ta’riflagan holda unda uchta polosa
(zona)ni ajratadi.
Herodotning zamondoshlari Arxelay va Demokrit (mil.av. 460 - 359-y.lar
artofida) tasavvurlaricha Yer botiq disk shakliga ega va shu sababli
QuyoshYerning hamma joyida bir vaqtda chiqmaydi va botmaydi.Bundan tashqari,
Demokrit oykumena – bu Okean bilan o`raglan cho`zinchoq orol, deb hisoblagan.
Shunday qilib, qadimiy geografiya rivojlanishining bu davrida geografik
tasavvurlar Yer yassi yoki botiq disk sifatida tasavvur qilingan tabiiy-ilmiy
kosmogoniya bilan chambarchas bog`liq bo`lgan, Yer yuzasidagi zonallik
to`g`risidagi g`oya vujudga kelgan.
Geografiya uchun Yerning shakli haqidagi tasavvur juda muhim bo`lib,
uning sharsimon shaklga ekanilgi haqida dastlab kim g`oya bildirganligi to`g`risida
ikki xil fikr mavjud: ba`zi olimlar Yerning shar shaklda ekanligi to`g`risida
birinchi bo`lib Parmenid (mil.av. 515 – 445-yillar) fikr bildirgan, deb hisoblasalar,
boshqa olimlar bu tasavvurni birinchi bo`lib Pifagor (mil. av. 570 – 500-yillar)
aytganligini tasdiqlaydilar. Parmenid shar butun borliq timsoli, deb hisoblagan.
2.4.Ellin davri olimlarining geografik tasavvurlari
Miloddan avvalgi IV asrdan melodiy V asrga qadar qadimiy qomusiy
olimlar tevarak atrof olamning paydo bo`lishi va tuzilishi to`g`risidagi nazariyani
yaratishga, o`zlariga ma`lum bo`lgan mamlakatlarni chizma ko`rinishida
tasvirlashga harakat qilganlar. Yerning shar shaklda ekanligi to`g`risidagi
mushohadaviy tasavvur (Aristotel), kartalar va tarhlarning yaratilishi, geografik
koordinatalarning
aniqlanishi,
parallellar
va
meridianlarning,
kartografik
proyeksiyalarning rusumga kiritilishi bu izlanishlarning natijalaridir.
Ellinlar davrida umumiy Yer bilimi yo`nalishining eng yirik vakili Aristotel
(384 – 322) bo`lgan.Uning “Meteorologiya” deb nomlangan asarida Yer
qobiqlarining va suv va havo aylanma harakatining o`zaro bir-biriga kirib turishi
g`oyasi mavjud. Aristotel Oy tutuilganda Yerning soyasi dumaloq bo`lishi,
tog`larga ko`tarilgan sari ufqning kengayib borishi kabi dalillar asosida Yerning
shar shaklida ekanligi isbotlagan. Aristotel bir yunon olimi Yevdois fikrlariga
asoslanib, Yer shar shaklida bo`lsa, uning yuzasiga tushadigan Qo`yosh nurlari
turli burchak orqali tushadi, deb hisoblaydi. Bu hol issiklik Yer sharining har xil
qismiga turlicha miqdorda tushishiga olib keladi, deb hisoblagan holda Yer sharida
Arktika – qutb doirasini, shimoliy tropik doirasini o`tkazadi. Ularning orasida
Yernig odamlar yashaydigan mintaqasi – oykumenani joylashtiradi. Garchi
oykumena tushunchasi Aristoteldan oldin yashagan miletlik Goloteyga tegishli
bo`lsada, Yer sharining mintaqalarini o`tkazgani uchun Aristotel birinchi
geograflar
qatoriga
kiritiladi.
Umuman
Aristotelni
analitik
–
tahliliy
geografiyaning asoschisi, deb hisoblash mumkin. U o`zining “Meteorologika” deb
nomlangan asarida Yerning havo qobigi atmosferani alohida qobiq sifatida ajratib,
unga suv qobigini ham kiritadi va bu majmuali qobiqda suvning aylanma
harakatining mavjudligini asoslab beradi. Y.G. Saushkinning (1973) fikricha,
Aristotel hidrologiya, meteorologiya, okeanologiya fanlarining asoschisidir.
Garchi, Ariyatotel davrida «geografiya» atamasi bo`lmasada, tabiat (fizika)
haqidagi fan tarkibida geografik mazmun bo`lgan, chunki tarixda birinchi bo`lib
fanlarni tasniflagan bu olim barcha bilimlarni jamiyat (etika), tabiat (fizika) va
mantiq (logika) kabi uch sohaga bo`lgan.
Ellinizm davrida (mil.av.3—2-asrlar) Aleksandriya maktabining olimlari
(Dikearx, Eratosfen, Gipparx) tomonidan matematik geografiya (Yer shari
o`lchamlari va uning yuzasidagi nuqtalar holatining aniqlanishi, kartografik
proyeksiyalar) shakllantirildi. Ko`pchilik olimlarning e`tiroficha, geografiya
fanining asoschisi Eratosfendir (mel. av.276 – 194-yillar). U O`rta Yer dengizi
janubiy sohilidigi Kiruna shahida tug`ilib o`sgan (bu shahar hozirgi Liviya davlati
hududida bo`lgan) va Aleksandriya kutubxonasiga boshchilik qilib, fanlarda juda
katta meros qoldirgan. Eratosfen o`zining “Geografiya” deb nomlangan asarida
barcha geografik yo`nalishlarni birlashtirishga harakat qildi va birinchi bor, Yer
yuzasidagi geografik predmet va ob`ektlarning tasvirini «geografiya» so`zi bilan
ifodalagan. Bu asarga Yerning bir muncha aniq kartasi ilova qilingan. Karta
muallifi, unda paralel va meridianlarni o`tkazib, parallellar orasida turli
uzunlikdagi kenglik polosalari – klimatlarni – iqlimlarni joylashtirgan; iqlimlarni
tabiiy geografik bo`laklarga – rayonlarga bo`lib, ularni «sfegrada»lar deb atagan.
Qo`yoshning Aleksandriya bilan Seyena shaharlari oralig`idagi zenitda turish
burchagini o`lchash orqali Yerning o`lchamlarini aniqlashga, xususan Yer
aylanasining uzunligini birinchi marta o`lchashga muyassar bo`lgan. Eratosfenning
hisob natijasi hozirgidan atigi 310 kmga farq qiladi.
Antik geografiya milodning 1-2-asrlarida Strabon va Ptolomeyning
asarlarida nihoyasini topdi. Mamlakatshunoslik yo`nalishining namoyondasi
bo`lgan Strabonning tasviriy sajiyadagi va toponomik-tyopografik, etnografik,
siyosiy-tarixiy ma’lumotlar ustuvorlik qilgan “Geografiya”sida makondagi
hodisalarning
kechishiga
batamom
asoslanadigan
bo`lg`usi
xorologik
konsepsiyaning belgilari ko`rinadi. Strabon (mil.av. 63 - 23 yangi era) uzining 17
jildli «Geografiya» va 43 kitobdan iborat tarixga oid asarlarida Yer yuzasi doimo
o`zgarib turadi, mavjud quruqlik va suvlik maydonlari Yer yuzasining ko`tarilish
va cho`kish jarayoning natijasi ekanligini ko`rsatgan. Demak, Strabonni
geomorfologiya va paleografiyaning asoschisi deb hisoblash mumkin. Strabon
sharsimon Yerda 5 ta geografik zona (mintaqa) mavjud deb hisoblagan. “Okean”
termini ham dastlab Strabon tomonidan qo`llanilgan.
Antik davr geografiyasining rivojlanishini aleksandriyalik qomusiy olim
Klavdiy Ptalomey (melodiy 90 – 168-yillar) ishlarisiz tasavvur etish qiyin. U usha
davr yunon fanining deyarli barcha sohalarida barakali ijod etgan. Ptalomey
geografiya fanini insoniyat bilimlarining mustaqil sohasi darajasiga ko`tardi. U
geografiyani astranomiya va matematika fanlari yutuqlariga tayanadigan
matematik geografiya va kartografiya tarmoqlaridan iborat umumiy geografiyaga
va xorografiyaga (mamlakatshunoslikka) ajratgan. Ptolomey kartografiya fanining
asoschisi sifatida gradus turi, geografik kenglik, geografik uzunlik tushunchalarni
ilmiy izohlaydi va ularni amalda qo`llaydi. Kartalarni kartografik proyeksiyalar
asosida tuzadi. Ptolomeyning kartografiya sohasidagi ishlari keyingi davrlar uchun
kartalar tuzishning asosi bo`lib keldi. Bu olimning geografiya sohasidagi merosi
arab va sharq geografiyasining o`rta asrlarda rivojlanishiga ta`sir ko`rsatdi.
Klavdiy Ptolomeyning 8 jildlik “Geografiya bo`yicha qo`llanma”sida 8000
dan ziyod geografik nomlar va deyarli 400 nuqtaning koordinatalari to`g`risida
ma`lumotlar mavjud bo`lgan. Qo`llanmada kartografik proyeksiyalarni trusish
usullari, ya’ni Yerning kartasini tuzish uchun material ham muqaddima qilinadi.
Ptolomey Yerning kartasini tuzish geografiyaning vazifasi deb bilgan.
Ptolomeyning kartasida okean janubda quruqlik bilan o`raglan. Ptolomey
tomondan qadimgi dunyoning eng mukammal kartasi tuzilgan. Bu karta o`rta
asrladda ham bir necha marta nashr qilingan.
Aristotel va Eratosfendan keyin tabiiy-geografik yo`nalish antik fanda
sezilarli darajada rivojlanmadi.Uning so`ngi mashhur namoyondasi suriyalik
Posidoniy (mel.av. 135 – 51-y.lar) edi. Posidoniy Yer yuzasida 9 ta zonani
ajrtatadi. U zonalarni ajratishda nafaqat Qo`yoshning turli darajada yoritish
mintaqalarini, balki odamlarning yashash sharoitini ham husobga olgan.
Shunday qilib, antik davrda asosiy geografik g`oya va tushunchalar paydo
bo`ldi va ular ilmiy jihatdan ancha mufassal izohlandi.
Xulosa
Ushbu kurs ishini yozishda davomida shuni guvohi bo’ldimki geografiya
eng qadimgi fan ekanligi va shu bilan birga insonlarda tabiat atrof muhit haqidagi
dastlabki fan desak bo’laverdi. Biz geografiya fanini o’rganishidan avval albatta
geografiya fani qanday vujudga kelganligin bilishim zarur ekan. Yuqridagi
ma’lumotlarni yortish davomida ularni qanday tassavurlar asosida kelinganligini
asoslashga harakat qilganman. Geografik bilimlar haqida turli ma’lumotlar yig’ish
mobaynida shuni guvohi bo’ldimki, bazi bir geografik bilimlarni yig’ilishida juda
mahfiy holatda yig’ishgan chunki u paytda diniy va dunyoviy bilimlarni asoslab
berishga va uni ochiqdan ochiq aytishga turli to’siqlar bo’lganligi uchun ular o’z
ma’lumotlarini to’g’ridan to’g’ri aytisha qo’rqganlar bazi aytganlari ham o’ldirib
yuborilgan. Sunday ekan biz bugungi kunimizga shukurona aytishimiz va shunday
fikr erkinligi davrida yashayotganligimizdan hursand bo’lishimiz va yaratgangan
shukur aytishimiz kerak
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I. A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taroqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirish. – T.: “O‘zbekiston”, 2010.
2.alonov B.H.,Mamatov A,M. Ommabop geografiya. T.,2006.
Kalesnik S.V. Umumiy yer bilimi qisqa kursi. T., 1967.
3. О.Аbdug’aniyev "Umumiy yer bilimi" fanidan muammoli ma’ruzalar
matni.FARG‘ОNA – 2009
4.SHubayev L.G. Umumiy yer bilimi. T., 1975.
5. Vaxobov X. va b. Umumiy yer bilimi. T., 2005.
6.. Baratov P. Yer bilimi va ulkashunoslik. T., 1990.
7. G’ulomov, R. Qurboniyozov. «Tabiiy geografiya» Tosh. 2005.
8.R. Musaev A. Baxromov. «Tabiiy geografiya» Tosh. 2005.
9. Z.Fatxullaev va V.O.Usmonov “Iqlimshunoslik” T.:Yangi asr 2007
10. Nizomov A . Alimqulov N tilllaxo’jayeva Z “Tabiiy geografik jarayonlar ”
Toshkent 2015.
11. Nazarov I.Q. Geografiya faninig asosiy muommolari Toshkent 2013 212bet
Muharrir. 12. Soatov A va Abulqosimov A “Tabiy geografiya” Toshkent 2006-
yil.
13. Vahobov H, Abdunazarov O’, Zayniddinov A “Umumiy yer bilimi” Toshkent
2004 yil 256 bet.
14. Chinniqulov X, Jo’lieva A.X Umumiy giologiya .Toshkent 2010 423 bet
15. Muhtorov T.M. Ertangi kun Ob-havosi. Toshkent- O‘OITGMI, 1999-154 b
16 . .Xromov S.P. Meteorologiya va klimatalogiya giyagrafik fakultetlar uchun.
L.Gidrometizdat 455 b.