Antimikrob moddalar. Dezinfektsiyalovchi va antiseptik moddalar

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

21,2 KB


 
 
 
 
 
 
Antimikrob moddalar. Dezinfektsiyalovchi va antiseptik moddalar 
 
 
 
Reja: 
1. Antimikrob moddalar haqida tushuncha. 
2. Galogen saqlovchi birikmalar.  
3. Alifatik qatoriga mansub va al’degidlar guruhi antiseptiklari 
4. Xlor preparatlari. Fenollar, kislotalar, ishqorlar, sovunlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Antimikrob moddalar. Dezinfektsiyalovchi va antiseptik moddalar Reja: 1. Antimikrob moddalar haqida tushuncha. 2. Galogen saqlovchi birikmalar. 3. Alifatik qatoriga mansub va al’degidlar guruhi antiseptiklari 4. Xlor preparatlari. Fenollar, kislotalar, ishqorlar, sovunlar  
 
 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Formaldegid guruxiga kiruvchi preparatlarga umumiy xarakteristika. 
Farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari xaqida.  
Kislorod beruvchi moddalarga umumiy xarakteristika. Ularning axamiyati, 
ta’sir mexanizmi to‘g‘risida. 
Xlor preparatlarining ta’sir mexanizmi, axamiyati qo‘llanilishi to‘g‘risida. 
Kislota ishqor va sovunlarning axamiyati, qo‘llanilishi saklash qoiidalari 
to‘g‘risida. 
Fenol va uning birikmalariga umumiy xarakteristika, ularning axamiyati, 
qo‘llanilishi dozalari va saqlash qoidalari haqida.  
Mikroblarga qarshi va parazitlarga qarshi vositalar. 
  Ma’lumki, yuqumli kasalliklarni turli qo‘zg‘atuvchilar chaqiradi. Bular bo‘lishi 
mumkin : mikroblar protozoylar, gelmentlar va ektoparazitlar. Bu kasalliklarga 
qarshi kurashning eng asosiy yo‘li bu kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotishdir. SHu 
maqsadda bakteriotsit dorilar, protozootsidlar, insektitsidlar va gelmentotsidlar 
qo‘llaniladi. 
  Bakteriotsidlar – mikroblarni rivojlanishini turli darajada to‘xtatadigan moddalar. 
Bu dorilarni ba’zilari o‘ldiradi – bakteriotsid, ba’zilari rivojlanishini to‘xtatadi – 
bakteriostatiklar. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari atrof muhitda, shilliq 
pardalar, teri va yaralarda hamda qon va to‘qimalarda bo‘lishi mumkin. 
  Mikroblarni o‘ldiradigan yoki ularni rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratadigan 
dori vositalariga antimikrob vositalar deyiladi. 
 Antimikrob moddalar bo‘linadi:  
1.  Dezinfeksiyalovchi moddalar – binolar,jixozlar, transport va boshqa tashqi 
muhit ob’ektlarida mikroblarni yo‘qotadi. 
   Antimikrob vositalar ta’sir mexanizmi mikrob xo‘jayralarida bioximik protsesslar 
va fiziko – kimik xususiyatlarni buzishga asoslangan, ya’ni oqsillar ivitish, 
xo‘jayrani suvsizlantirish, oksidlash, pH ni o‘zgartirish, fermentlarni buzish va h. k 
Formaldegid guruxi. 
1. Formalin – bu 40% li formaldegid eritmasi, rangsiz, tiniq suyuqlik, o‘tkir 
hidli.  
TAYANCH TUSHUNCHALAR: Formaldegid guruxiga kiruvchi preparatlarga umumiy xarakteristika. Farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari xaqida. Kislorod beruvchi moddalarga umumiy xarakteristika. Ularning axamiyati, ta’sir mexanizmi to‘g‘risida. Xlor preparatlarining ta’sir mexanizmi, axamiyati qo‘llanilishi to‘g‘risida. Kislota ishqor va sovunlarning axamiyati, qo‘llanilishi saklash qoiidalari to‘g‘risida. Fenol va uning birikmalariga umumiy xarakteristika, ularning axamiyati, qo‘llanilishi dozalari va saqlash qoidalari haqida. Mikroblarga qarshi va parazitlarga qarshi vositalar. Ma’lumki, yuqumli kasalliklarni turli qo‘zg‘atuvchilar chaqiradi. Bular bo‘lishi mumkin : mikroblar protozoylar, gelmentlar va ektoparazitlar. Bu kasalliklarga qarshi kurashning eng asosiy yo‘li bu kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotishdir. SHu maqsadda bakteriotsit dorilar, protozootsidlar, insektitsidlar va gelmentotsidlar qo‘llaniladi. Bakteriotsidlar – mikroblarni rivojlanishini turli darajada to‘xtatadigan moddalar. Bu dorilarni ba’zilari o‘ldiradi – bakteriotsid, ba’zilari rivojlanishini to‘xtatadi – bakteriostatiklar. Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari atrof muhitda, shilliq pardalar, teri va yaralarda hamda qon va to‘qimalarda bo‘lishi mumkin. Mikroblarni o‘ldiradigan yoki ularni rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratadigan dori vositalariga antimikrob vositalar deyiladi. Antimikrob moddalar bo‘linadi: 1. Dezinfeksiyalovchi moddalar – binolar,jixozlar, transport va boshqa tashqi muhit ob’ektlarida mikroblarni yo‘qotadi. Antimikrob vositalar ta’sir mexanizmi mikrob xo‘jayralarida bioximik protsesslar va fiziko – kimik xususiyatlarni buzishga asoslangan, ya’ni oqsillar ivitish, xo‘jayrani suvsizlantirish, oksidlash, pH ni o‘zgartirish, fermentlarni buzish va h. k Formaldegid guruxi. 1. Formalin – bu 40% li formaldegid eritmasi, rangsiz, tiniq suyuqlik, o‘tkir hidli.  
 
Ta’siri. Sporo hosil qiluvchi mikroorganizmlar, viruslar va zamburug‘larga 
kuchli antimikrob ta’sir etadi. Og‘iz orqali qo‘llansa achishga qarshi ta’sir etadi. 
Konsentrlangan eritmalari to‘qimalarni qitiqlaydi va qo‘ydiradi. Teri yuzasiga 
qo‘llanganda qitiqlovchi, kuydiruvchi, antimikrob, parazitlarga qarshi va dezodorant 
ta’sir etadi.  
Qo‘llanilishi: 
formalin 
chorva 
binolarini 
dezinfeksiya 
qilish 
keng 
qo‘llaniladi.Buning uchun 1 – 3 % li eritmalari; 1-2% li eritmasi timpaniyada , 
atoniyada; instrumentlar, transportni mikrobsizlantirish; 2 – 5 % li liniment holida 
qo‘tirga qarshi va patanatomik preparatlarni konservatsiya qilish maqsadida 
qo‘llaniladi. 
2. Geksametilen tetramin (urotropin ) – oq kristall poroshok, suvda eriydi.  
Ta’siri: Organizmga tushgach, kislotali muhitda farmaldegid va ammikga 
parchalanadi va antimikrob ta’sir etadi. 
Qo‘llanilishi: buyrak, siydik pufagi va chiqaruv yo‘llari yallig‘lanishlarida 
venagayoki og‘iz orqali qo‘llaniladi.  
Doza Og‘iz orqali va venaga: ot va qoramol 5,0-20,0; qo‘y va cho‘chqa 2,0-
5,0; itga 0,5-0,2; tovuq 0,001-0,05. 
Kislorod beruvchi moddalar. 
Bu guruhga kiruvchi moddalar oksidlash xususiyatiga ega, jumladan o‘zidan 
atomar kislorod berib, kuchli ta’sir xususiyatiga ega bo‘ladi va mikroblar bilan 
uchrashganda ularni o‘ldiradi.  
Bu dorilar kuchli va tez bakteriotsid ta’sir etadi. Ularni bu xususiyati shilliq 
pardalar va yaralarda mikroblarni vegetativ shakllarni yo‘q qilishda katta ahamiyatga 
ega. Atomar kislorod yallig‘lanish mahsulotlari bilan oson birika oladi. Natijada 
dezodorant ta’sir etadi.  
Mahalliy – burushtiruvchi va qitiqlovchi ta’sirga ega. Katta konsentratsiyalarda 
mikrob xo‘jayralarni o‘ldiradi.  
1. 
Vodorod peroksid. H2O2 amaliyotda bu moddani 30% li va 3% li 
eritmalari keng qo‘llaniladi. 3% li eritmalari tashqi tomonga dezinfeksiya, 
dezodoratsiya uchun va yaralarni tozalash uchun. Konyuktivit, faringit, va 
akusherlik amaliyotida 1- 2 %li eritma qo‘llaniladi. 
Ta’siri. Sporo hosil qiluvchi mikroorganizmlar, viruslar va zamburug‘larga kuchli antimikrob ta’sir etadi. Og‘iz orqali qo‘llansa achishga qarshi ta’sir etadi. Konsentrlangan eritmalari to‘qimalarni qitiqlaydi va qo‘ydiradi. Teri yuzasiga qo‘llanganda qitiqlovchi, kuydiruvchi, antimikrob, parazitlarga qarshi va dezodorant ta’sir etadi. Qo‘llanilishi: formalin chorva binolarini dezinfeksiya qilish keng qo‘llaniladi.Buning uchun 1 – 3 % li eritmalari; 1-2% li eritmasi timpaniyada , atoniyada; instrumentlar, transportni mikrobsizlantirish; 2 – 5 % li liniment holida qo‘tirga qarshi va patanatomik preparatlarni konservatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladi. 2. Geksametilen tetramin (urotropin ) – oq kristall poroshok, suvda eriydi. Ta’siri: Organizmga tushgach, kislotali muhitda farmaldegid va ammikga parchalanadi va antimikrob ta’sir etadi. Qo‘llanilishi: buyrak, siydik pufagi va chiqaruv yo‘llari yallig‘lanishlarida venagayoki og‘iz orqali qo‘llaniladi. Doza Og‘iz orqali va venaga: ot va qoramol 5,0-20,0; qo‘y va cho‘chqa 2,0- 5,0; itga 0,5-0,2; tovuq 0,001-0,05. Kislorod beruvchi moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar oksidlash xususiyatiga ega, jumladan o‘zidan atomar kislorod berib, kuchli ta’sir xususiyatiga ega bo‘ladi va mikroblar bilan uchrashganda ularni o‘ldiradi. Bu dorilar kuchli va tez bakteriotsid ta’sir etadi. Ularni bu xususiyati shilliq pardalar va yaralarda mikroblarni vegetativ shakllarni yo‘q qilishda katta ahamiyatga ega. Atomar kislorod yallig‘lanish mahsulotlari bilan oson birika oladi. Natijada dezodorant ta’sir etadi. Mahalliy – burushtiruvchi va qitiqlovchi ta’sirga ega. Katta konsentratsiyalarda mikrob xo‘jayralarni o‘ldiradi. 1. Vodorod peroksid. H2O2 amaliyotda bu moddani 30% li va 3% li eritmalari keng qo‘llaniladi. 3% li eritmalari tashqi tomonga dezinfeksiya, dezodoratsiya uchun va yaralarni tozalash uchun. Konyuktivit, faringit, va akusherlik amaliyotida 1- 2 %li eritma qo‘llaniladi.  
 
2. 
Kaliy permanganat KMnO4  - to‘q binafsha rangli kristall, suvda 
eriydi. 
Antimikrob, dezodorant, marganits tuzlari esa burishtiruvchi ta’sirga ega. 0,1 – 
1% li eritmalari antiseptik, dezodorant, burishtiruvchi vosita sifatida kataral yiringli 
stomatit, faringit, endometritda; kuyganda 2 – 4% li eritmasi kompress qilinadi; 2 – 
4 %li eritmalari dezinfeksiya va dezodoratsiya sifatida bozorlarda go‘sht do‘konlari, 
idishlarga qo‘llaniladi.  
Xlor preparatlari. 
Xlor tabiatda keng tarqalgan. Xlor bizga ma’lum preparatlar Na Cl, CaCl, 
xlorofos kabi preparatlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, xlorni shunday prepartlar 
borki, ularni farmokologik aktivligi erkin holatdagi xlor bilan bog‘liq,ular hammasi 
mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. 
1. 
Kalsiy gipoxlorid ( ohak ) – oq rangli poroshok. Agar havodan namlik 
olsa, aktivligi yo‘qoladi. Tarkibida 30% gacha aktiv xlor saqlaydi.  
 Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni barcha vegetativ va 
sporalarini o‘ldiradi. Xlor suv bilan qo‘shilsa vodorod xlorid, keyin u ham 
parchalanib atomar kislorod hosil qiladi:  
Sl2+H2O =HCl+HClO   HClO = HCl + O 
Atomar kislorod antimikrob, dezodorant ta’sirga ega.  
Qo‘llash. molxonalar go‘sht saqlaydigan binolar chorva mahsulotlari 
tashiydigan transportlar, go‘ngxonalar dezinfeksiya qilinadi. Yuqimli kasalliklar 
chiqqanda dezomat va dezobarlarga qo‘shiladi. Bu preparat eritma holida 1 – 5% 
yoki quruq poroshok holida qo‘llaniladi. 
2.Xloramin B – oq poroshok . xlor hidi sezilib turadi, tarkibida 25 – 29% aktiv 
xlor saqlaydi, suvda eriydi. Bu modda ham organik moddalar bilan to‘qnashganda 
atomar kislorod ajratib, kuchli bakteriotsid ta’sirini namoyon etadi. 
Qo‘llash. 0,5 – 2% li eritmasi vet vrach qo‘llarini; 0,2 – 0,3% li eritmalari og‘iz, 
ko‘z shilliq pardalarni; 2 – 10%li eritmalari suv, jun, teri va binolarni dezinfeksiya 
qilish uchun qo‘llaniladi.  
Kislotalar. 
Dissotsiatsiyalanish darajasiga qarab: kuchli, o‘rta, kuchsiz kislotalarga 
bo‘linadi. 
2. Kaliy permanganat KMnO4 - to‘q binafsha rangli kristall, suvda eriydi. Antimikrob, dezodorant, marganits tuzlari esa burishtiruvchi ta’sirga ega. 0,1 – 1% li eritmalari antiseptik, dezodorant, burishtiruvchi vosita sifatida kataral yiringli stomatit, faringit, endometritda; kuyganda 2 – 4% li eritmasi kompress qilinadi; 2 – 4 %li eritmalari dezinfeksiya va dezodoratsiya sifatida bozorlarda go‘sht do‘konlari, idishlarga qo‘llaniladi. Xlor preparatlari. Xlor tabiatda keng tarqalgan. Xlor bizga ma’lum preparatlar Na Cl, CaCl, xlorofos kabi preparatlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, xlorni shunday prepartlar borki, ularni farmokologik aktivligi erkin holatdagi xlor bilan bog‘liq,ular hammasi mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. 1. Kalsiy gipoxlorid ( ohak ) – oq rangli poroshok. Agar havodan namlik olsa, aktivligi yo‘qoladi. Tarkibida 30% gacha aktiv xlor saqlaydi. Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni barcha vegetativ va sporalarini o‘ldiradi. Xlor suv bilan qo‘shilsa vodorod xlorid, keyin u ham parchalanib atomar kislorod hosil qiladi: Sl2+H2O =HCl+HClO HClO = HCl + O Atomar kislorod antimikrob, dezodorant ta’sirga ega. Qo‘llash. molxonalar go‘sht saqlaydigan binolar chorva mahsulotlari tashiydigan transportlar, go‘ngxonalar dezinfeksiya qilinadi. Yuqimli kasalliklar chiqqanda dezomat va dezobarlarga qo‘shiladi. Bu preparat eritma holida 1 – 5% yoki quruq poroshok holida qo‘llaniladi. 2.Xloramin B – oq poroshok . xlor hidi sezilib turadi, tarkibida 25 – 29% aktiv xlor saqlaydi, suvda eriydi. Bu modda ham organik moddalar bilan to‘qnashganda atomar kislorod ajratib, kuchli bakteriotsid ta’sirini namoyon etadi. Qo‘llash. 0,5 – 2% li eritmasi vet vrach qo‘llarini; 0,2 – 0,3% li eritmalari og‘iz, ko‘z shilliq pardalarni; 2 – 10%li eritmalari suv, jun, teri va binolarni dezinfeksiya qilish uchun qo‘llaniladi. Kislotalar. Dissotsiatsiyalanish darajasiga qarab: kuchli, o‘rta, kuchsiz kislotalarga bo‘linadi.  
 
Kuchli kislotalar – qitiqlovchi, kuydiruvchi va antimikrob, kuchsizlar esa 
yallig‘lanishlarga qarshi va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi. 
Kislotalar ishqorlarni neytrallaydi, oqsillar parchalanishini tezlashtiradi, 
albuminatlar hosil qiladi, to‘qimalardan suvni tortib oladi.  
1.Xlorid kislota ( NSl ) – rangsiz tiniq suyuqlik. 
Ta’siri. Bu kislota doim oshqozon shirasi tarkibida bo‘ladi. U oqsillarni 
parchalaydi, va oshqozonda mikroblarni rivojlanishini to‘xtatadi. oshqozon osti bezi 
va o‘t sekretsiyasini kuchaytiradi. Oshqozonda achish holatlarini oldini oladi. 
Bakteriostatik va bakteriolitik ta’sirga ega. 
Qo‘llanilishi. Oshqozon shirasi kislotaligi pasayganda, oshqozonda achish 
holatlarida, ishqorlar bilan zaharlanganda, ovqat hazm qilish buzilganda 0,1 – 0,4 % 
li eritma holida qo‘llaniladi. 
Doza. Suyultirilgan holda  otlarga 10,0-20,0; qoramol 15,0-20,0;  qo‘y 2,0-5,0; 
cho‘chqa 1,0-2,0; itlarga 0,1-0,5. 
2. Sut kislota – siropga o‘xshash sariq suyuqlik, suvga aralashadi.  
Ta’siri. Og‘iz orqali qo‘llanilganda antimikrob va achishga qarshi ta’sir etadi, 
oshqozon sfinktrlari spazmini bo‘shatadi va gaz chiqishiga yordam beradi. Tashqi 
tomonga qo‘llaganda dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sir etadi.  
Qo‘llanilishi. 
Otlarni 
oshqozoni 
o‘tkir 
kengayishida, 
kavshovchilar 
oshqozonida gaz to‘planganda 2% li eritma holida qo‘llaniladi. 
Doza. Otlarga 5,0-15,0; qoramol 8,0-15,0; qo‘y 1,0-3,0; itlarga 0,2-0,1 
3.Sirka kislota – rangsiz suyuqlik. Bu kislota antiseptik va achishga qarshi 
vosita hisoblanadi. 
Qo‘llanilishi. Davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bu kislota amaliyotda 0,2 – 1% 
li eritmasi bitlashga qarshi tashqi tomonga, 2 – 3% li eritmasi antiseptik va 
yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida og‘izda ovsil bilan shikastlansa, ishqorlar bilan 
zaharlanganda, ovqat hazm qilishni yaxshilash, timpaniyada qo‘llaniladi. 
Doza. Suyultirilgan shaklda  ot va qoramol 10,0-40,0; qo‘y 5,0-10,0; cho‘chqa 
2,0-5,0; itlarga 1,0-2,0. 
Ishqorlar 
Ishqorlar gidroksil anion ( ON ) saqlaydi, asosiy ta’sir unga bog‘liq. Ishqorlar 
ichida gidrooksidlar aktiv bo‘lib, terini kuydiruvchi va antimikrob ta’sirga ega, 
Kuchli kislotalar – qitiqlovchi, kuydiruvchi va antimikrob, kuchsizlar esa yallig‘lanishlarga qarshi va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi. Kislotalar ishqorlarni neytrallaydi, oqsillar parchalanishini tezlashtiradi, albuminatlar hosil qiladi, to‘qimalardan suvni tortib oladi. 1.Xlorid kislota ( NSl ) – rangsiz tiniq suyuqlik. Ta’siri. Bu kislota doim oshqozon shirasi tarkibida bo‘ladi. U oqsillarni parchalaydi, va oshqozonda mikroblarni rivojlanishini to‘xtatadi. oshqozon osti bezi va o‘t sekretsiyasini kuchaytiradi. Oshqozonda achish holatlarini oldini oladi. Bakteriostatik va bakteriolitik ta’sirga ega. Qo‘llanilishi. Oshqozon shirasi kislotaligi pasayganda, oshqozonda achish holatlarida, ishqorlar bilan zaharlanganda, ovqat hazm qilish buzilganda 0,1 – 0,4 % li eritma holida qo‘llaniladi. Doza. Suyultirilgan holda otlarga 10,0-20,0; qoramol 15,0-20,0; qo‘y 2,0-5,0; cho‘chqa 1,0-2,0; itlarga 0,1-0,5. 2. Sut kislota – siropga o‘xshash sariq suyuqlik, suvga aralashadi. Ta’siri. Og‘iz orqali qo‘llanilganda antimikrob va achishga qarshi ta’sir etadi, oshqozon sfinktrlari spazmini bo‘shatadi va gaz chiqishiga yordam beradi. Tashqi tomonga qo‘llaganda dezinfeksiyalovchi va kuydiruvchi ta’sir etadi. Qo‘llanilishi. Otlarni oshqozoni o‘tkir kengayishida, kavshovchilar oshqozonida gaz to‘planganda 2% li eritma holida qo‘llaniladi. Doza. Otlarga 5,0-15,0; qoramol 8,0-15,0; qo‘y 1,0-3,0; itlarga 0,2-0,1 3.Sirka kislota – rangsiz suyuqlik. Bu kislota antiseptik va achishga qarshi vosita hisoblanadi. Qo‘llanilishi. Davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bu kislota amaliyotda 0,2 – 1% li eritmasi bitlashga qarshi tashqi tomonga, 2 – 3% li eritmasi antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida og‘izda ovsil bilan shikastlansa, ishqorlar bilan zaharlanganda, ovqat hazm qilishni yaxshilash, timpaniyada qo‘llaniladi. Doza. Suyultirilgan shaklda ot va qoramol 10,0-40,0; qo‘y 5,0-10,0; cho‘chqa 2,0-5,0; itlarga 1,0-2,0. Ishqorlar Ishqorlar gidroksil anion ( ON ) saqlaydi, asosiy ta’sir unga bog‘liq. Ishqorlar ichida gidrooksidlar aktiv bo‘lib, terini kuydiruvchi va antimikrob ta’sirga ega,  
 
karbanotlar esa kuchsiz antimikrob va qitiqlovchi ta’sirga, gidrokarbanatlar esa 
yallig‘lanishlarga qarshi va qisman antimikrob ta’sirga ega. 
 Ishqorlar tashqi tomonga qo‘llanganda terini yog‘lar va iflosliklardan tozalaydi. 
Teri epiteliysini yumshatadi, ichirilganda esa kislotalarni neytrallaydi, oshqozon va 
ichaklarda ozuqani harakatini tezlashtiradi, o‘pka orqali chiqib, balg‘am 
ko‘chiruvchi sifatida ta’sir etadi. 
1. Natriy gidrooksid ( NaOH ) – kaustik soda, oq rangli silindrsimon shaklda 
Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni sporo va vegetativ 
shakllarini o‘ldiradi ( 3 – 5 % li eritmalari vegetativ, 5 – 6 % li eritmalari sporalarni 
o‘ldiradi). Erituvchini harorat baland bo‘lsa va NaCl tuz qo‘shilsa yana ham ta’siri 
oshadi. 
Qo‘llanilishi. Molxona anjomlari, dezomat va dezobarer va chorva mahsulotlari 
saqlanadigan omborxonalar yuqumli kasalliklar chiqqanda 5-10% li eritmalari bilan 
dezinfeksiya qilinadi. 
2.Natriy karbonat ( Na2CO3 ) oq rangli poroshok.  
Ta’siri.  Antimikrob ta’sirga ega, yuvish xususiyati kuchli teri va boshqa 
predmetlarni kirlanishdan tozalaydi va kir yuvuvchi vositalar (soda) tarkibiga kiradi.  
Qo‘llanilishi: 3 – 6% li eritmalari go‘sht va sut mahsulotlari saqlanadigan 
binolarni, vagonlar, avtomashinarni dezinfeksiya va yuvish uchun qo‘llaniladi. 
3.Natriy gidrokarbonat ( NaHCO3 ) - chaynaya soda, oq rangli poroshok.  
Ta’siri. Kuchsiz antimikrob, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Og‘iz orqali 
qo‘llanganda kislotalarni neytrallaydi, shilliqlarni eritadi, oshqozon – ichak 
sekretsiyasini tiklaydi va o‘pka orqali chiqib balg‘am ko‘chiradi. 
Qo‘llanilishi. 1- 3%li eritmalari og‘iz, burun, ko‘z shilliq pardalari 
yallig‘lanishida, og‘iz orqali esa kislotalar bilan zaharlanganda, oshqozon shirasi 
kislotaligi oshganda qo‘llaniladi. 
Doza. Otlarga 15,0-75,0; qoramol 15,0-10,0; qo‘y 2,0-15,0; cho‘chqa 2,0-6,0; 
Sovunlar 
Sovunlar ham dezinfeksiyalovchi va yuvuvchi xususiyatga ega bo‘lganligi 
uchun operatsiya maydoni va qo‘lni mikrobsizlantirish uchun, dermatitlarda, 
hayvonlarni klizma qilish maqsadida, xalat va boshqa inventarlarni yuvish uchun 
qo‘llaniladi. 
karbanotlar esa kuchsiz antimikrob va qitiqlovchi ta’sirga, gidrokarbanatlar esa yallig‘lanishlarga qarshi va qisman antimikrob ta’sirga ega. Ishqorlar tashqi tomonga qo‘llanganda terini yog‘lar va iflosliklardan tozalaydi. Teri epiteliysini yumshatadi, ichirilganda esa kislotalarni neytrallaydi, oshqozon va ichaklarda ozuqani harakatini tezlashtiradi, o‘pka orqali chiqib, balg‘am ko‘chiruvchi sifatida ta’sir etadi. 1. Natriy gidrooksid ( NaOH ) – kaustik soda, oq rangli silindrsimon shaklda Ta’siri. Kuchli antimikrob ta’sirga ega, mikroblarni sporo va vegetativ shakllarini o‘ldiradi ( 3 – 5 % li eritmalari vegetativ, 5 – 6 % li eritmalari sporalarni o‘ldiradi). Erituvchini harorat baland bo‘lsa va NaCl tuz qo‘shilsa yana ham ta’siri oshadi. Qo‘llanilishi. Molxona anjomlari, dezomat va dezobarer va chorva mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar yuqumli kasalliklar chiqqanda 5-10% li eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi. 2.Natriy karbonat ( Na2CO3 ) oq rangli poroshok. Ta’siri. Antimikrob ta’sirga ega, yuvish xususiyati kuchli teri va boshqa predmetlarni kirlanishdan tozalaydi va kir yuvuvchi vositalar (soda) tarkibiga kiradi. Qo‘llanilishi: 3 – 6% li eritmalari go‘sht va sut mahsulotlari saqlanadigan binolarni, vagonlar, avtomashinarni dezinfeksiya va yuvish uchun qo‘llaniladi. 3.Natriy gidrokarbonat ( NaHCO3 ) - chaynaya soda, oq rangli poroshok. Ta’siri. Kuchsiz antimikrob, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Og‘iz orqali qo‘llanganda kislotalarni neytrallaydi, shilliqlarni eritadi, oshqozon – ichak sekretsiyasini tiklaydi va o‘pka orqali chiqib balg‘am ko‘chiradi. Qo‘llanilishi. 1- 3%li eritmalari og‘iz, burun, ko‘z shilliq pardalari yallig‘lanishida, og‘iz orqali esa kislotalar bilan zaharlanganda, oshqozon shirasi kislotaligi oshganda qo‘llaniladi. Doza. Otlarga 15,0-75,0; qoramol 15,0-10,0; qo‘y 2,0-15,0; cho‘chqa 2,0-6,0; Sovunlar Sovunlar ham dezinfeksiyalovchi va yuvuvchi xususiyatga ega bo‘lganligi uchun operatsiya maydoni va qo‘lni mikrobsizlantirish uchun, dermatitlarda, hayvonlarni klizma qilish maqsadida, xalat va boshqa inventarlarni yuvish uchun qo‘llaniladi.  
 
Fenol va uni unumlari. 
1.Toza fenol yoki karbol kislota – rangsiz kristall holatda, suv, spirt va moyda 
eriydi. 
Ta’siri. Antimikrob , parazitga qarshi va insektitsid ta’sirga ega: 2 – 5% li fenol 
eritmasi mikroblarni bir necha minutda o‘ldiradi. 
Qo‘llanilishi. Molxona va anjomlarni dezinfeksiya qilishda 3 – 4 % li 
eritmalari, instrumentlar, terini tozalashda 3 – 5% li eritmalari qo‘llaniladi. 
Go‘sht, sut saqlanadigan omborlar, so‘yiladigan mollarga qo‘llash taqiqlanadi, 
hidi bor. 
2.Kreolin – qoramtir rangli, suyuqlik, suv qo‘shilsa emulsiya hosil qiladi, 
o‘ziga xos hidli. 
Amaliyotda 3 xil kreolin qo‘llaniladi. 
1. 
Davolovchi kreolin – cho‘miltirish uchun. 
2. 
Dezinfeksiyalovchi – fenolkreolin. 
3. 
Geksaxloranli kreolin – bit va kanaga qarshi. 
Bakteriotsid, akaratsid va insektotsid ta’sirga ega. 
Qo‘llanilishi. Molxona va predmetlarni dezinfeksiya qilish uchun 5% li 
eritmalari, qo‘tirga qarshi 1% li eritmada vanna qilinadi, mahalliy davolash uchun 
2,5% li emulsiya, yiringli yaralarga 2 -3 % li emulsiya shaklida qo‘llaniladi. 
Qoramollarga oshqozon oldi atoniyasida va timpaniyada ichiriladi ( 15,0- 20,0 ).  
Bundan tashqari fenollarga ixtiol, krezol, lizol, degotlar kiradi.  
Bo‘yoqlar 
Bo‘yoqlar 
ham 
farmakologik 
aktiv moddalar 
bo‘lib, veterinariyada 
antiprotozoy, antimikrob va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi. 
Agar kasallik boshlanishida preparatlar qo‘llanilsa, davolash samarasi yuqori 
bo‘ladi.  
1.Azidin – sariq rangli, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar 
kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li 
eritma holida 1 marta yuboriladi. 
Doza: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg.  
Fenol va uni unumlari. 1.Toza fenol yoki karbol kislota – rangsiz kristall holatda, suv, spirt va moyda eriydi. Ta’siri. Antimikrob , parazitga qarshi va insektitsid ta’sirga ega: 2 – 5% li fenol eritmasi mikroblarni bir necha minutda o‘ldiradi. Qo‘llanilishi. Molxona va anjomlarni dezinfeksiya qilishda 3 – 4 % li eritmalari, instrumentlar, terini tozalashda 3 – 5% li eritmalari qo‘llaniladi. Go‘sht, sut saqlanadigan omborlar, so‘yiladigan mollarga qo‘llash taqiqlanadi, hidi bor. 2.Kreolin – qoramtir rangli, suyuqlik, suv qo‘shilsa emulsiya hosil qiladi, o‘ziga xos hidli. Amaliyotda 3 xil kreolin qo‘llaniladi. 1. Davolovchi kreolin – cho‘miltirish uchun. 2. Dezinfeksiyalovchi – fenolkreolin. 3. Geksaxloranli kreolin – bit va kanaga qarshi. Bakteriotsid, akaratsid va insektotsid ta’sirga ega. Qo‘llanilishi. Molxona va predmetlarni dezinfeksiya qilish uchun 5% li eritmalari, qo‘tirga qarshi 1% li eritmada vanna qilinadi, mahalliy davolash uchun 2,5% li emulsiya, yiringli yaralarga 2 -3 % li emulsiya shaklida qo‘llaniladi. Qoramollarga oshqozon oldi atoniyasida va timpaniyada ichiriladi ( 15,0- 20,0 ). Bundan tashqari fenollarga ixtiol, krezol, lizol, degotlar kiradi. Bo‘yoqlar Bo‘yoqlar ham farmakologik aktiv moddalar bo‘lib, veterinariyada antiprotozoy, antimikrob va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi. Agar kasallik boshlanishida preparatlar qo‘llanilsa, davolash samarasi yuqori bo‘ladi. 1.Azidin – sariq rangli, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi. Doza: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg.  
 
 2.Gemosporidin – oq kukish rangli poroshok suvda eriydi. Qon parazitar 
kasalliklarda davolash maqsadida muskulga yoki teri ostiga yuboriladi. 1- 2%li 
eritma holida. 
Doza: 1 kg tirik og‘irlikka: ot 0,0002, qoramol 0,0005 kunni quyoshli paytida 
qo‘llash taqiqlanadi. 
3.Naganin – binafsha rangli poroshok. Ot va tuyalarda tripanamoz 
kasalliklarida davolash va oldini olish maqsadida qo‘llaniladi vena tomiriga 
10% li konsentratsiyada. 
Doza : 1kg og‘irlikga ot – 0,01, tuya – 0,06. 
4.Diamidin – och binafsha rangli poroshok, qon – parazitar kasalliklarda 4% li 
eritma shaklida teri ostiga yuboriladi. 
   5.DATS. ( diminazin atseturant ) – sariq rangli poroshok, suvda yaxshi eriydi, 
achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish 
maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi. 
Doza: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg.  
6.Butachem – suyuq holda. Qon parazitar kasalliklarda davolashda muskulga 
qo‘llaniladi. 
Doza. 20 kg tirik vaznga 1ml  
  7.Etakridin laktat (rivanol) – sariq rangli, achchiq ta’mli, suvda eriydi. Kuchli 
antimikrob dori. U kokklar, difteriya palochkasi, stafilokokklarni o‘sishini 
to‘xtatadi.  
Qo‘llanilishi. Og‘iz, burun ko‘z nafas yo‘llari jinsiy organlar yallig‘lanishlarida 
qo‘llaniladi. Uni eritma holida 1 :500 – 2000 nisbatda yoki 1-2% li maz holida 
qo‘llaniladi 
 
2.Gemosporidin – oq kukish rangli poroshok suvda eriydi. Qon parazitar kasalliklarda davolash maqsadida muskulga yoki teri ostiga yuboriladi. 1- 2%li eritma holida. Doza: 1 kg tirik og‘irlikka: ot 0,0002, qoramol 0,0005 kunni quyoshli paytida qo‘llash taqiqlanadi. 3.Naganin – binafsha rangli poroshok. Ot va tuyalarda tripanamoz kasalliklarida davolash va oldini olish maqsadida qo‘llaniladi vena tomiriga 10% li konsentratsiyada. Doza : 1kg og‘irlikga ot – 0,01, tuya – 0,06. 4.Diamidin – och binafsha rangli poroshok, qon – parazitar kasalliklarda 4% li eritma shaklida teri ostiga yuboriladi. 5.DATS. ( diminazin atseturant ) – sariq rangli poroshok, suvda yaxshi eriydi, achchiq ta’mga ega. Qon parazitar kasalliklarda davolash va oldini olish maqsadida, muskul yoki teri ostiga 7% li eritma holida 1 marta yuboriladi. Doza: 1 kg og‘irlik davolovchi 3 mg, profilaktika 1,5 mg. 6.Butachem – suyuq holda. Qon parazitar kasalliklarda davolashda muskulga qo‘llaniladi. Doza. 20 kg tirik vaznga 1ml 7.Etakridin laktat (rivanol) – sariq rangli, achchiq ta’mli, suvda eriydi. Kuchli antimikrob dori. U kokklar, difteriya palochkasi, stafilokokklarni o‘sishini to‘xtatadi. Qo‘llanilishi. Og‘iz, burun ko‘z nafas yo‘llari jinsiy organlar yallig‘lanishlarida qo‘llaniladi. Uni eritma holida 1 :500 – 2000 nisbatda yoki 1-2% li maz holida qo‘llaniladi