Applikatsiya bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
18,4 KB
Applikatsiya bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Reja:
1. Applikatsiya san’ati haqida tushuncha
2. Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi
3. Applikatsiya usulida kapalak yasash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va
mozaika bilan ishlash texnologiyasi, applikatsiya va mozaika tarbiyaviy ahamiyat.
Tasvirlash texnikasining turli shakllari mavjud bo’lib ulardan bir – applikatsiyadir.
Applikatsiya - rang-barang qog’oz yoki mato parchalarini biror narsaga yopishtirib
yoki tikib naqsh, gul hosil qilish usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga
aytiladi. Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini qirqish va
ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi) tarzida qabul qilingan
materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
«Applikatsiya» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra xilma-xil bo’lgan,
lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni
yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir material applikastiyasi bajarish ish
usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon,
daraxtlar po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi. Applikatsiya
tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib unga tabiiy buyumlar bialn
ishlov berish mumkin. Asosiy material qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va
kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material
bilan bir qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak, barglardan ham keng
foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan-barxat,
kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik kabi bir qator qog’oz navlari
applikatsiya uchun foydalansa applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya ustida
ishlash jarayoni ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra
kerakli detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum tartibda
joylashtirilib yopishtiriladi.
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir.
Applikatsiya eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dnyoda birinchi florist rassomlar
jamiyati tashkil etiladi.
Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohidaalohida tasvirlardan
tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan
iborat bo’lishi mumkin. Eng oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan
qilingan ornamental applikatsiyalardir.
Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, ko’rgazmali
qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar,
devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash
maqsadlarida ham keng foydalaniladi. Applikastiya san’atining manzarali
bezash(dekorativ) turi naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg,
shox, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan tarkib topuvchi
predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi syujetdan iborat bo’lishi
mumkin.Dekorativ applikastiya o’zining naqshinligi, shaklining umumlashganligi,
rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ
apshshkatsiya
keng
qo’llaniladi.
Applikatsiyaning
bu
turi
bilan
tabrik
telegrammalari, taklifnomalar, albom va shu kabilar bezatiladi. Gazlama
applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh
yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar gazlamadan yasalgan applikastiya bilan
kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish
applikastiyasi san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar
qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak
sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod
xalqda – visinanki deb ataladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodini rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni
boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash
va rangni sezishni o’stiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda
applikatsiya ishlaridan foydalanishda turli metod va usullardan unumli
foydalansagina dars samaradorligini oshirishiga imkon yaratilgan bo’ladi.
Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya ishini bajarishda asosiy
e’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan
kompozitsiya,
ya’ni
tasvirlash
lozim
bo’lgan
narsalarni
joylashtirish
applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar
yordamida shakl va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning
uyg’unligiga erishiladi.
Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni
chizmaslik kerak. Tayyorlangan qisml(detal)lar yelimlanadigan sath, yangi fonga
joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa
qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik
uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli
holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya
o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va fon
tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni
tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.
Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element bo’lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun tabriknoma yasashlari
mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik
qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan
ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan
doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham
qo’lda qirqiladi. 1-rasm Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va
bunda sovg’a masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan
sovg’adir.
Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi
mumkin. Shundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari,
kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami uzunasiga,
tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida
kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi,
bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bukish
chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi
qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek
yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi. Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar
gullarni shoxlarga o’zlari mustaqil joylashtiradilar.
Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki
tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi. 4-sinf Texnologiya darsligida
“Tabiiy materiallardan applikatsiya usulida gul yasash” mavzusi berilgan (2-rasm).
Bunda o’quvchilar applikatsiya tayyorlashni bilishadi, faqat turli tabiiy materiallar
jamlanadi va ijodkorlik bilan applikatsiya tayyorlashadi. Masalan, turli
mahsulotlarning ( tarvuz, qovoq) urug’lari, daraxt barglari va shu kabi boshqa turli
xildagi tabiiy materiallardan applikatsiya usulida gullar tayyorlashadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Aplikatsiya turlarini ayting.
2. Aplikatsiya bilan ishlashni qanday turlarini bilasiz?
3.Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi qoidalari mavjud?
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar:
1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi».
Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.
2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.