AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

30,9 KB


 
 
 
 
 
 
AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari. 
 
 
REJA 
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. 
2. Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. 
3. Tomas Peynning siyosiy qarashlari. 
4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari
AQSh mustaqillik uchun kurash davrida siyosiy mafkuralari. REJA 1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. 2. Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. 3. Tomas Peynning siyosiy qarashlari. 4.A.Gamilton, J.Adams, J.Medisonning siyosiy qarashlari
 
 
 
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. 
XVIII asr ikkinchi yarmida Amerika qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun 
kurashi keskin tus oldi. Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol namoyon 
bo’ldi. Metropoliya zulmiga qarshi harakatlar demokratik g’oyalarni rivojlanishiga, 
tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi. 
Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan 
Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida axamiyat kasb 
etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo’lish va havf-hatarsiz 
turmush kechirish tabiiy huquqlariga egadirlar, xalq hokimiyat manbaidir, 
suverenitet xalqqa tegishlidir, xukumat xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq 
manfaatlari uchun xizmat qiladi, hokimiyat bo’linish printsipini joriy qilish kabi 
g’oyalar o’z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda siyosiy 
ta’limotlarning asosiy g’oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g’oyasi davlatning amaliy 
printsiplari sifatida birinchi bo’lib e’lon qilingandir. 
 Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g’oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy 
tajribaga joriy qilishda Amerika qo’shma Shtatlari demokratlari T. Djefferson, T. 
Peyn katta rol o’ynadilar. 
2.Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. 
  Tomas Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arbob, Amerika 
qo’shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir.  
Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib 
monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g’oyasini asoslab 
chiqdi. Uning fikricha, qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan hosil bo’lgan, unga 
qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish 
xuquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas. 
Agar hokimiyat halq huquqlarini oyoq osti qilguday bo’lsa, xalq bunday xukumatni 
almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan tortib olishga xech kimni 
haqqi yo’q, bularning barchasi begona qilinmaydigan tabiiy huquqlardir.  
"Dunyoda inson huquqlaridan boshqa barcha narsa o’zgaradi", deydi Djefferson. 
Uning fikricha, tabiiy huquqlar davlat chiqargan qonunlardan ustundir. Ular
1.AQShda siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida. XVIII asr ikkinchi yarmida Amerika qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashi keskin tus oldi. Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol namoyon bo’ldi. Metropoliya zulmiga qarshi harakatlar demokratik g’oyalarni rivojlanishiga, tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi. Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida axamiyat kasb etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo’lish va havf-hatarsiz turmush kechirish tabiiy huquqlariga egadirlar, xalq hokimiyat manbaidir, suverenitet xalqqa tegishlidir, xukumat xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi, hokimiyat bo’linish printsipini joriy qilish kabi g’oyalar o’z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda siyosiy ta’limotlarning asosiy g’oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g’oyasi davlatning amaliy printsiplari sifatida birinchi bo’lib e’lon qilingandir. Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g’oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy tajribaga joriy qilishda Amerika qo’shma Shtatlari demokratlari T. Djefferson, T. Peyn katta rol o’ynadilar. 2.Tomas Djeffersonning siyosiy qarashlari. Tomas Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arbob, Amerika qo’shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir. Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g’oyasini asoslab chiqdi. Uning fikricha, qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan hosil bo’lgan, unga qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish xuquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas. Agar hokimiyat halq huquqlarini oyoq osti qilguday bo’lsa, xalq bunday xukumatni almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan tortib olishga xech kimni haqqi yo’q, bularning barchasi begona qilinmaydigan tabiiy huquqlardir. "Dunyoda inson huquqlaridan boshqa barcha narsa o’zgaradi", deydi Djefferson. Uning fikricha, tabiiy huquqlar davlat chiqargan qonunlardan ustundir. Ular
 
 
o’rtasida paydo bo’ladigan ziddiyatlar har doim tabiiy huquq foydasiga hal qilinishi 
kerak. Davlat tabiiy huquqlarning taminlash uchun yaratilgandir. 
Djefferson siyosiy ta’limotining asosiy muammosi shaxs huquqlari va hokimiyatni 
demokratik usulda tuzish muammosidir. Shaxs huquqlarini xukumat huquqlariga 
nisbatan ustuvor qo’yish orqali Djefferson shaxsni hokimiyat o’zboshimchaligidan 
muhofaza kilmoqchi bo’ladi. Djeffersonning siyosiy ideali davlatni xalq saylagan 
vakillar orqali boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi demokratik respublika 
edi. 
Barcha mansabdor shaxslar ma’lum bir muddatga saylanishi va xalq nazorati ostida 
bo’lishi shart, deydi Djefferson, va shu nuqtai nazardan Montesk’ening monarxiya 
xaqidagi fikrlarini tanqid ostiga oladi. Djefferson tashabbusi bilan 1787 yilda qabul 
qilingan AQSh Konstitutsiyasiga o’nta qo’shimcha kiritilishi zarur deb topildi. Bu 
qo’shimchalar so’z erkinligi, matbuot erkinligi kabi demokratik huquq va 
erkinliklarni o’z ichiga olgan edi. Bu qo’shimchalarning barchasi 1791 yil kuchga 
kirgan AQSh Konstitutsiyasida o’z aksini topdi. 
3. Tomas Peynining siyosiy qarashlari. 
AQSh mustaqilligi uchun kurashni nazariy asoslab chiqqan siyosiy mutafakkirlardan 
yana biri Tomas Peyn edi (1727-1809). U ingliz qirol hokimiyatini AQSh xalqiga 
nisbatan olib borgan mustamlakachilik siyosatini tabiiy huquq nuqtai nazaridan 
tanqid qiladi, unga qarshi ozodlik kurashi zarurligini asoslaydi. Uning fikricha, 
mustaqillik uchun kurash har bir xalqning begonalashtirib bo’lmaydigan tabiiy 
huquqidir. 
Peyn inson erki va huquqlarining ta’minlash masalalariga katta ahamiyat beradi. 
"Barcha odamlar nasl-nasabi bilan birdirlar, demak, ularning barchasi teng 
tug’iladilar va teng tabiiy huquqlarga egadirlar". Peyn so’z erkinligi, matbuot, vijdon 
erkinligi, tenglik, faravon xayot va baxtga erishish, kabi xuquqlarni tabiiy tug’ma 
xuquqlar deb biladi. Tabiiy xuquq asosida fuqaroviy xuquq paydo bo’ladi. Bu xuquq 
odamlarning tabiiy huquqlariga zid bo’lmasligi kerak. Peynning aytishicha, tabiiy 
huquq asosida paydo bo’lgan hokimiyat hech qachon yakka shaxs qo’lida va inson 
tabiiy huquqlariga zid bo’lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Peyn xalq 
suvereniteti g’oyasini asoslaydi. Hokimiyat man’bai-xalqning o’zidir. Qonun 
chiqaruvchi hokimiyatning xalq tomonidan tashkil qilish xalqning begonalashtirib
o’rtasida paydo bo’ladigan ziddiyatlar har doim tabiiy huquq foydasiga hal qilinishi kerak. Davlat tabiiy huquqlarning taminlash uchun yaratilgandir. Djefferson siyosiy ta’limotining asosiy muammosi shaxs huquqlari va hokimiyatni demokratik usulda tuzish muammosidir. Shaxs huquqlarini xukumat huquqlariga nisbatan ustuvor qo’yish orqali Djefferson shaxsni hokimiyat o’zboshimchaligidan muhofaza kilmoqchi bo’ladi. Djeffersonning siyosiy ideali davlatni xalq saylagan vakillar orqali boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi demokratik respublika edi. Barcha mansabdor shaxslar ma’lum bir muddatga saylanishi va xalq nazorati ostida bo’lishi shart, deydi Djefferson, va shu nuqtai nazardan Montesk’ening monarxiya xaqidagi fikrlarini tanqid ostiga oladi. Djefferson tashabbusi bilan 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasiga o’nta qo’shimcha kiritilishi zarur deb topildi. Bu qo’shimchalar so’z erkinligi, matbuot erkinligi kabi demokratik huquq va erkinliklarni o’z ichiga olgan edi. Bu qo’shimchalarning barchasi 1791 yil kuchga kirgan AQSh Konstitutsiyasida o’z aksini topdi. 3. Tomas Peynining siyosiy qarashlari. AQSh mustaqilligi uchun kurashni nazariy asoslab chiqqan siyosiy mutafakkirlardan yana biri Tomas Peyn edi (1727-1809). U ingliz qirol hokimiyatini AQSh xalqiga nisbatan olib borgan mustamlakachilik siyosatini tabiiy huquq nuqtai nazaridan tanqid qiladi, unga qarshi ozodlik kurashi zarurligini asoslaydi. Uning fikricha, mustaqillik uchun kurash har bir xalqning begonalashtirib bo’lmaydigan tabiiy huquqidir. Peyn inson erki va huquqlarining ta’minlash masalalariga katta ahamiyat beradi. "Barcha odamlar nasl-nasabi bilan birdirlar, demak, ularning barchasi teng tug’iladilar va teng tabiiy huquqlarga egadirlar". Peyn so’z erkinligi, matbuot, vijdon erkinligi, tenglik, faravon xayot va baxtga erishish, kabi xuquqlarni tabiiy tug’ma xuquqlar deb biladi. Tabiiy xuquq asosida fuqaroviy xuquq paydo bo’ladi. Bu xuquq odamlarning tabiiy huquqlariga zid bo’lmasligi kerak. Peynning aytishicha, tabiiy huquq asosida paydo bo’lgan hokimiyat hech qachon yakka shaxs qo’lida va inson tabiiy huquqlariga zid bo’lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Peyn xalq suvereniteti g’oyasini asoslaydi. Hokimiyat man’bai-xalqning o’zidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning xalq tomonidan tashkil qilish xalqning begonalashtirib