ASAR BADIIY TAHLILI YO’NALISHLARI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

15,6 KB


 
 
 
 
 
 
ASAR BADIIY TAHLILI YO’NALISHLARI 
 
 
REJA: 
1. Tahlil yo’nalishi tushunchasining mohiyati va mazmuni. 
2. Badiiy matnni o’rganishda tahlil yo’nalishini to‘g‘ri belgilash. 
3. Genetik va tipologik yo’nalishga xos xususiyatlar. 
4. Funksional va falsafiy yo’nalish sifatlari 
5. Tahlilning psixologik va filologik yo’nalishi. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
   Tayanch yo’nalishi , Genetik yo’nalish , Tipologik yo’nalish, Funksional 
yo’nalish,  Falsafiy yo’nalish , Psixologik yo’nalish , Filologik yo’nalish. 
 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. Arastu. Poetika. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2004 yil 
3. O. Sharafuddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004 yil 
4. B. Karimov. Abdulla Qodiriy. – Toshkent: Fan, 2003 yil 
5. U. Jo’raqulov. Hududsnz jilva. – Toshkent: Fan, 2006 yil 
6. Ginzburg L. O psigologicheskoy proze. – M.,1974 
7. A. Rasulov. Tanqid, talqin, baholash. – T., 1983 yil 
Badiiy tahlilda qat'iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so’zdan obrazga, 
obrazdan g‘oyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy so’zning 
estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni qaysi jihatdan 
ASAR BADIIY TAHLILI YO’NALISHLARI REJA: 1. Tahlil yo’nalishi tushunchasining mohiyati va mazmuni. 2. Badiiy matnni o’rganishda tahlil yo’nalishini to‘g‘ri belgilash. 3. Genetik va tipologik yo’nalishga xos xususiyatlar. 4. Funksional va falsafiy yo’nalish sifatlari 5. Tahlilning psixologik va filologik yo’nalishi. Tayanch tushunchalar: Tayanch yo’nalishi , Genetik yo’nalish , Tipologik yo’nalish, Funksional yo’nalish, Falsafiy yo’nalish , Psixologik yo’nalish , Filologik yo’nalish. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. Arastu. Poetika. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2004 yil 3. O. Sharafuddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004 yil 4. B. Karimov. Abdulla Qodiriy. – Toshkent: Fan, 2003 yil 5. U. Jo’raqulov. Hududsnz jilva. – Toshkent: Fan, 2006 yil 6. Ginzburg L. O psigologicheskoy proze. – M.,1974 7. A. Rasulov. Tanqid, talqin, baholash. – T., 1983 yil Badiiy tahlilda qat'iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so’zdan obrazga, obrazdan g‘oyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy so’zning estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni qaysi jihatdan  
 
o’rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uning yo’nalishini tayin etadi. Badiiy 
asar tahlilning to’laqonli bo’lishi, ko’p jihatdan tahlilchining matnni qanday 
yo’nalishda tekshirishni aniq bilishiga bog‘liqdir. Adabiy asar tahlili bilan maxsus 
shug‘ullangan mutaxassislarning ko’rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, 
tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga 
oshiriladi. Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, 
odatda badiiy tahlil jarayonida bu yo’nalishlardan biri ustuvor o‘rin tutishi mumkin 
bo’lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo’llanilmaydi. Chunki 
o’rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi. 
Badiiy asarni genetik yo’nalishda tahlil etishda asarning yuzaga kelish jarayoni, 
variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda 
muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning ko’rsatilishiga alohida e'tibor 
qaratilgan. Tipologik yo’nalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy 
ta'sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil 
etilayotgan asarning o’sha davrda yaratilgan boshqa asarlarga o’xshash hamda farqli 
jihatlari singari jihatlarga e'tibor qaratilishi lozim. Funksional yo’nalishda amalga 
oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat 
qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat 
ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy 
jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan 
davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat 
qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o’zbek 
adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega 
bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy 
xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy 
jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi. 
Falsafiy yo’nalishda yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan 
asarda adib e'tiqodining: olamni ko’rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish 
tarzining namoyon bo’lishi tekshiriladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ayri 
falsafiy mushohadalardangina iborat bo’lib qolmasligiga e'tibor qilinishi kerak. 
Chunonchi, badiiy matnga bog‘lanmagan, ijodkorning ayni o’rganilayotgan asaridan 
kelib chiqmaydigan har qanday "chuqur ma'noli" xulosa tahlil uchun mutlaqo 
o’rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uning yo’nalishini tayin etadi. Badiiy asar tahlilning to’laqonli bo’lishi, ko’p jihatdan tahlilchining matnni qanday yo’nalishda tekshirishni aniq bilishiga bog‘liqdir. Adabiy asar tahlili bilan maxsus shug‘ullangan mutaxassislarning ko’rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga oshiriladi. Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, odatda badiiy tahlil jarayonida bu yo’nalishlardan biri ustuvor o‘rin tutishi mumkin bo’lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo’llanilmaydi. Chunki o’rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi. Badiiy asarni genetik yo’nalishda tahlil etishda asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning ko’rsatilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Tipologik yo’nalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta'sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o’sha davrda yaratilgan boshqa asarlarga o’xshash hamda farqli jihatlari singari jihatlarga e'tibor qaratilishi lozim. Funksional yo’nalishda amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi. Falsafiy yo’nalishda yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib e'tiqodining: olamni ko’rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish tarzining namoyon bo’lishi tekshiriladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ayri falsafiy mushohadalardangina iborat bo’lib qolmasligiga e'tibor qilinishi kerak. Chunonchi, badiiy matnga bog‘lanmagan, ijodkorning ayni o’rganilayotgan asaridan kelib chiqmaydigan har qanday "chuqur ma'noli" xulosa tahlil uchun mutlaqo  
 
ahamiyat kasb etmaydi va o’rganilayotgan matnning na badiiy va na falsafiy jihatini 
ochib beradi. Psixologik yo’nalishda adibning ijodkor shaxs sifatidagi o’ziga xosligi 
jarayon psixologiyasi, asar ustida ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va 
ularning tahlillanayotgan asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko’rsatgan ta'siri 
kabilar o’rganiladi. Bunday tahliliy yo’nalishda yo‘qorida sanalgan jihatlarning qay 
yo’sinda badiiy uslubga aylangani badiiy haqiqat shakliga kirganligi tekshiriladi. 
Filologik yo’nalishda asosiy e'tibor o’rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini 
har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda o’rganilayotgan asar 
filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari hamda ular o’rtasidagi 
davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So’zning o’z va badiiy 
ma'nosi konstekstdagi jozibasi, badiiy matn zamiriga yashirilgan mazmun va bu 
yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga 
ustuvor e'tibor qaratiladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. Badiiy tahlilda usul va yo’nalishlar rang- barangligi. 
2. Asar yozilish jarayoni va hayotiy materiallar tahlili. 
3. Asarda falsafiylik va ruhiyat tahlili. 
4. Asarga tipologik, genetik va psixologik yondashish. 
5. Badiiy asar tili va tasviriy vositalar. 
 
ahamiyat kasb etmaydi va o’rganilayotgan matnning na badiiy va na falsafiy jihatini ochib beradi. Psixologik yo’nalishda adibning ijodkor shaxs sifatidagi o’ziga xosligi jarayon psixologiyasi, asar ustida ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va ularning tahlillanayotgan asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko’rsatgan ta'siri kabilar o’rganiladi. Bunday tahliliy yo’nalishda yo‘qorida sanalgan jihatlarning qay yo’sinda badiiy uslubga aylangani badiiy haqiqat shakliga kirganligi tekshiriladi. Filologik yo’nalishda asosiy e'tibor o’rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda o’rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari hamda ular o’rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So’zning o’z va badiiy ma'nosi konstekstdagi jozibasi, badiiy matn zamiriga yashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga ustuvor e'tibor qaratiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Badiiy tahlilda usul va yo’nalishlar rang- barangligi. 2. Asar yozilish jarayoni va hayotiy materiallar tahlili. 3. Asarda falsafiylik va ruhiyat tahlili. 4. Asarga tipologik, genetik va psixologik yondashish. 5. Badiiy asar tili va tasviriy vositalar.