1
ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
Reja:
2.1.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar
2.2.
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
2.3.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
2.4.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi
nisbat
2.5.
Nominal va real yalpi ichki mahsulot
2.6.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
2.1.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy
ko‘rsatkichlar
Mamlakat
iqtisodiyoti
rivojlanishini
tahlil
qilish,
milliy
iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi.
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va
iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi.8 Alohida firmalar faoliyatiga
baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‘rsatkichlar milliy
iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy
tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida raqobatga bardoshliligi
darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
11 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 21-23
2
❖
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy
daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy
tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi
va o‘sish sur’atlari;
❖
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
❖
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish
suratlari;
❖
resurslardan
foydalanishning
samaradorligini
xarakterlovchi
ko‘rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
❖
davlat
budjeti
taqchilligi,
deflator,
iste’mol
baholari
indeksi,
inflatsiyaning o‘sish sur’atlari;
❖
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
❖
aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning
jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD,
ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini
tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi.
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib
chiqqan
holda
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni
hisoblash,
mamlakatlararo
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish
uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda
bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
2.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning
asosiy shartlari
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot
va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala
11 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 21-23
3
agregat ko‘rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada
kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o‘zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‘llaydigan deyarli barcha
davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich
sifatida tan olindi.
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo‘llanilgan
resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug‘rofiy hududida
yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‘indisi deb ta’rif berib
kelingan.
1993 yilda qabul qilingan (2008 yilda yangi tahrir) BMT MHTning yangi
talqiniga ko‘ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
Yangicha talqiniga ko‘ra:
Yalpi ichki mahsulot - mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig‘indisidan
iborat.1
YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan
yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari
tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan
ortiq faoliyat yuritsa o‘sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
«Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning
iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati
bilan shug‘ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha
iqtisodiy birliklar(korxonalar, uy xo‘jaliklari) rezident hisoblanishadi» 2.
Elchixonalar va harbiy bazalar o‘zlari tegishli bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy
makoni bo‘lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va
jug‘rofiy hudud o‘rtasidagi farq deb qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1)
ishlab chiqarish usuli;
1 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 21
2Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-10-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “МФПУ Синергия”, 2013.
25-с.
11 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 21-23
4
2)
xarajatlar usuli;
3)
daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar
istisno etilganda o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM
ko‘rsatkichni hisoblashda o‘ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.11
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi;
-bozor baholarida hisoblanadi;
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga
oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o’z ichiga olmaydi.
2.3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash. Ishlab chiqarish usulida
hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli
bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda
aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga
amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini
YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan
tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina
mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu
sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik
uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar
esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki
ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun
foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va
xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.
Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab
11 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 21-23
5
chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan
xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.12
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko‘rsatkichinig strukturasini va undagi
siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat
iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o‘zgarishi
bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish
imkonini beradi.
Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradrligi oshib borishi
bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalarining YaIMdagi ulushi ortib borilishi
jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir. O‘zbekiston Respublikasida 2000-2018
yillarda sanoat tarmoqlarining YaIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv
tarkibiy siljishdan dalolat beradi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida
olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat o‘zgarishlariga erishildi. Bu
avvalambor YAIMning tarmoq tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.
2.1-
jadval
ma’lumotlariga
tayangan
holda
O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilgan YalMning tarmoq tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Mustaqillik yillarida xomashyo resurslarini chuqurroq qayta ishlash, yuqori
qo‘shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga
oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi
ulushining pasayishi va sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushini ortishi
kuzatilmoqda.
13 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
6
2000-2018 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 16,2 foizdan 26,3 foizgacha
(qurilish tarmog‘ini ham qo‘shib hisoblaganda 32
2.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida YalM ishlab chiqarish tarkibi13
Yillar
YAI
M
Sanoa
t
Qishloq
xo‘jaligi
Quri
lish
Transpor t
va aloqa
Savdo va
umumiy
ovqatla
nish
Boshq
alar
Sof
Soliqlar
2000
100
16,2
34,4
6,9
8,8
12,3
21,4
12,5
2001
100
16,0
34,0
6,6
8,6
13,3
21,5
11,9
2002
100
16,6
34,5
5,6
9,4
12,6
21,3
12,6
2003
100
18,3
33,0
5,4
10,9
11,7
20,7
13,7
2004
100
20,4
30,8
5,6
11,9
11,2
20,1
14,1
2005
100
23,7
29,5
5,4
11,8
9,8
19,8
10,6
2006
100
24,2
27,9
5,6
12,3
10,0
20,0
10,1
2007
100
23,3
25,9
6,6
12,6
10,5
21,1
10,1
2008
100
26,0
21,9
6,2
13,9
9,6
22,4
9,9
2009
100
26,1
20,6
7,5
12,8
9,8
23,2
9,6
2010
100
20,2
32,9
5,8
11,3
9,3
20,5
12,8
2011
100
18,7
35,9
5,2
11,1
8,9
20,2
12,0
2012
100
19,3
34,9
5,3
11,2
8,5
20,8
11,9
2013
100
19,7
33,1
5,7
11,4
8,7
21,4
11,0
2014
100
20,2
33,8
5,7
10,7
8,7
20,9
10,4
2015
100
20,2
34,1
6,0
10,0
8,5
21,2
9,6
2016
100
20,6
34,0
6,0
9,6
8,5
21,3
9,2
2017
100
22,2
34,0
5,7
9,5
8,0
20,6
11,5
2018
100
26,3
32,4
5,7
8,3
7,3
20,0
11,2
15 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 27
7
foizgacha) o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi,
bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor
tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
natijasi hisoblanadi. Bu avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotida industrial sanoat
tarmoqlari va xizmatlarning jadal rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi.
Qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof
bilvosita soliqlar, ya’ni davlat budjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i va bojxona boji to‘lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat budjetidan ishlab
chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o‘rtasidagi farq ham qo‘shiladi.
Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasida 12,5
foizni, 2018 yilda esa 11,2 foizni tashkil etdi. Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi
kamayib borishini ijobiy tendensiya deb baholash mumkin.
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining
yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,2 %) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida
qishloq xo‘jaligining ulushi 34,4 foizdan 32,4 foizgacha o‘zgardi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning
g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o‘zimizda ishlab
chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi
qo‘yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta
qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla,
meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari etishtirila boshladi.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik,
neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati,
temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-
ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak
shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar,
Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan
26
hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga
tushirildi. Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo‘rtan
16 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
8
gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va
bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Mustaqillik yillarida xizmatlar ko‘rsatish sohasi O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi.
Barchamizga ayonki, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Jahon tajribasi bugun
aynan ushbu soha yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash,
odamlarning farovonligini oshirishda etakchi o‘rin tutishini ko‘rsatmoqda.
Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 42,5 foizni
tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi 18 yil mobaynida mazkur sohaning jadal tarkibiy
siljishlari (o‘rtacha o‘sish sur’ati 114%) ushbu sohaning YAIMdagi ulushini 2005
yildagi 41,4 %dan 2018 yilda 35,6 %gacha o‘zgarishini ta’minladi (2.2- jadval).
2.2-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi bo‘yicha iqtisodiyot
Qayd etish joizki, 2019 yil yanvar oyida Davlat statistika qo'mitasi tomonidan
tarmoqlari bo‘yicha YaIM tuzilmasi (yakunga nisbatan% da)14
Ko‘rsatkichlar
2000 2005 2010
2015 2016 2017 2018
1. YaIM, jami
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
Tarmoqlarning yalpi
qo'shilgan qiymati
87,5
89,4
87,2
90,4
90,8
88,5
88,8
Mahsulotlarga sof soliqlar 12,5
10,6
12,8
9,6
9,2
11,5
11,2
2. Tarmoqlarning yalpi
qo'shilgan qiymati
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
Qishloq, o'rmon va baliq
xojaligi
34,4
29,5
32,9
34,1
34,0
34,0
32,4
Sanoat (qurilishni
qo'shgan holda)
23,1
29,1
26,0
26,2
26,6
27,9
32,0
Xizmatlar
42,5
41,4
41,1
39,7
39,4
38,1
35,6
14 O‘zbekiston iqtisodiyoti. 2018 yil uchun axborot tahliliy byulleten, Toshket-
2019., 17 b.
27
16 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
9
2017 yil uchun YaIM ko'rsatkichi keng miqyosda qayta korib chiqildi va bu asosan
qishloq xojaligi tarmog'i ma'lumotlaridagi ozgarishlar natijasida kelib chiqdi. Bu
ozgarishlar, bir necha yillar davomida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish hajmini
hisoblashda bozor narxlariga nisbatan sezilarli darajada past bo'lgan narxlardan
foydalanilganligi bilan izohlanadi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida qishloq xo jaligi mahsulotlarining
barcha turlari boyicha ortacha yillik narxlar qayta ko rib chiqilib, bozor narxlariga
o'tkazildi. Bunda qishloq xo jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdori, ya'ni natura
ko'rinishidagi hajmlari o'zgarmadi. Masalan, 2017 yil uchun qayta baholashga qadar 1
kg donning ortacha yillik narxi 648 so'mni tashkil qilgan bo'lsa, qayta baholashdan
keyin 1686 so'mni, sabzavotlar qayta baholashga qadar - 895 so'mni, qayta
baholashdan keyin - 2547 so'mni, poliz ekinlari qayta baholashga qadar - 865 so'mni,
qayta baholashdan keyin - 1128 so'mni, tirik vazndagi mol go'shti qayta baholashga
qadar - 5986 so'mni, qayta baholashdan keyin - 17470 so'mni; sut qayta baholashga
qadar - 577 so'mni, qayta baholashdan keyin - 1678 so'mni tashkil etdi.
Qishloq xo jaligi mahsulotlarining o rtacha yillik narxlari qayta hisoblab
chiqilganidan song ushbu tarmoqning yalpi qo'shilgan qiymati hajmi 43,1 trln.
so'mdan 91,0 trln. so'mga va mos ravishda, YaIM hajmi
254.0
trln. so'mdan 302,5 trln. so'mga oshdi (+47,9 trln. so'm qishloq xojaligi
hisobiga, +0,6 trln. so'm boshqa tarmoqlarga kiritilgan aniqliklar hisobiga). Shu bilan
birga, qayta hisoblash natijasida YaIMning o'sish sur'atlari 5,2 % dan 4,5 % gacha
pasaydi. Shuningdek, qishloq xo'jaligining YaIM tarmoqlari boyicha tarkibidagi
ulushi 19,7 % dan
34.0 % gacha o'sdi, sanoatning ulushi 27,2 % dan 22,2 % gacha, qurilishning ulushi
6,9 % dan 5,7 % gacha, xizmatlar sohasining ulushi
46,2 % dan 38,1 % gacha kamaydi.
Qayd etib o'tish lozimki, mahsulotlarga sof soliqlar ko'rsatkichidagi o zgarishlar
Milliy hisoblar tizimi va Davlat moliyasi statistikasi ma'lumotlari o'rtasidagi o'zaro
muvofiqlikni ta'minlash maqsadida amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Jahon
tajribasida qabul qilinganidek, dinamik qatorlarda o zaro muvofiqlikni ta'minlash
maqsadida 2014-2016 yillar uchun YaIMni qayta baholash ishlari amalga oshirildi.
16 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
10
Ta kidlash lozimki, uzoq davrlar uchun statistik ko rsatkichlarni bunday qayta
hisoblash
ishlari
tez-tez
amalga
oshirilmaydi
va
ular,
odatda,
uslubiy
yondashuvlardagi sezilarli ozarishlar bilan bogliqdir.
YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb
ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga
qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha
guruhlanadi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C):
a)
uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b)
kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
v) iste’mol xizmatlari to‘loviga.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a)
asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b)
korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
v) tovar zahiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o‘zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari
tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil
yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi)
xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat
transfert to‘lovlari kiritilmaydi.15
Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha
xarajatlar o‘rtasidagi farq.
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM = C + I + G + Xn
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga
ko‘ra) tarkibi tahlili (2.3-jadval) shuni ko‘rsatadiki uy
xo‘jaHklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan.
Bu ko‘rsatkichning YalMdagi ulushiga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi,
Yaponiya va Ispaniya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi jamg‘arish, yoki yalpi
investitsiyalar ulushi kattaligi bo‘yicha ikkinchi komponent bo‘lib 2017 yilda
16 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma’lumotlari
11
YaIMning 27,6 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 26,1
%ni, zahiralarning o‘zgarishi 1,5 % ni tashkil etgan. Taqqoslov uchun maqlumotlar
keltiradigan bo‘lsak, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi investitsiyalarning YaIMdagi
ulushi Rossiya Federatsiyasida 24,1 %ni, Yaponiyada 24,0 foizni, Ispaniyada
20,6%ni, Xitoy Xalq Respublikasida esa 44,4 foizni tashkil etgan.
2.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasida YaIMning foydalanish tarkibi16 (%)
Davr
Yakuniy iste’mol
xarajatlari jami, %
Yalpi jamg‘arish
Sof
eksport
Xususiy
Davlat
Asosiy kapitalga
yalpi ichki
investitsiya
Zahiralarning
o‘zgarishi va
boshqalar
2000
61,9
18,7
24,0
-4,4
-0,2
2001
61,5
18,5
27,9
-6,8
-1,1
2002
60,2
18,0
22,1
-0,9
0,6
2003
55,6
17,4
21,5
-0,7
6,2
2004
51,9
16,2
23,5
1,0
7.4
2005
48.4
15.9
22.0
6.0
7.7
2006
48.2
15.3
21.6
8.0
6.9
2007
47,9
15.6
23.5
4,7
8,3
2008
47,1
17,5
25,5
5,5
4,4
12
Mamlakatda 2000-2017 yillarda iste’mol ulushi o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lib,
uning tarkibidagi 2017 yilda davlat xarajatlari ulushi o‘rtacha 16,7%, xususiy
iste’mol ulushi esa o‘rtacha 53,2% ga teng bo‘lgan.
YalMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni
daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida
rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan,
to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi.
YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn) - bilvosita soliqlar(qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq;
-
yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat
kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi
to‘lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga
nisbatan hisoblanib to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. O‘zbekiston
Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo‘lgan
bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi, 2017 yildan boshlab 15-25 %
atrofida qilib belgilandi.
-
Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi
(R).
2009
48,3
18,9
28,6
-1,7
5,9
2010
49,0
15,8
27,3
-1,8
9,7
2011
50,3
15,4
25
1,5
7,8
2012
52,2
15,8
25,4
3,5
3,1
2013
54,5
15,8
23,2
4,4
2,1
2014
56,0
15,9
23,0
4,8
0,3
2015
55,3
17,6
26,9
-0,1
0,3
2016
56,5
18,1
26,2
-0,9
0,0
2017
53,2
16,7
26,1
1,5
2,5
13
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo‘jaliklariga tegishli korxonalar
bo‘lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o‘zaro
qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‘llashga sabab bo‘ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof
daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YaIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch
guruhga bo‘lib topish mumkin:
YaIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta,
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko‘rinishidagi
daromadlar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‘rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada,
daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‘lish ko‘zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
-
bilvostia soliqlar (T);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
-
ijara haqi to‘lovi va renta ko‘rinishidagi daromadlar(R1);
-
kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi)
(P1);
-korporatsiya foydasi (P2).
Korporatsiyalar foydasi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
a)
korporatsiyasi foydasidan to‘lanadigan soliqlar (P2.1);
b)
hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(P2.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko‘ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‘zaro mos
keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday
xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi.
14
2.4. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular
o‘rtasidagi nisbat
Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish
uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi.
Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot
(YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat
tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich
daromadlari yig‘indisidir.
YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni quyidagi formula ko‘rinishida
tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari
- norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.3
YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat
rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini
o‘lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‘ich daromadlarni o‘lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko‘rsatkichlariYaIM
va YaMD ko‘rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi
miqdoriga farq qiladi.4
SIM = YaIM - A SMD
= YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD)
ko‘rsaikichi ham qo‘laniladi.
ShD = SMD -[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) +
(R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan
foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar
3 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard
University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 29
4 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard
University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 30
33
20 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 24
16
ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad19
Foizlar ko‘rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo‘yicha olingan foiz
daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to‘laydigan daromad solig‘i, mulk solig‘i va ayrim
nosoliq to‘lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD)
ko‘rsatkichi topiladi.
ShTD uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun
ishlatiladi.
ShTD =C + S
Makroiqtisodiy tahlilda uy xo‘jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi
daromad (YaMTD) ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi.
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar -
Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armish
uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari
hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
2.5. Nominal va real Yalpi ichki mahsulot
Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni
qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni
bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki,
inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish,
muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu
vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas,
20 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 24
17
balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish
zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga
taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil
etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar
indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
-
deflator (Paashe indeksi);
-
iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-
sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Nominal YaIM
Deflator = 100
Real YaIM
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM
esa doimiy narxlarda baholaydi.20
Nominal YaIM
Real YaIM = 100
Deflator
Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan
oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham
oshishi mumkin.
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
I Qi0 Pi1
INI = 100
I Qi0 Pi0
Bu yerda:
18
Qi0- bazis yilda iste’mol savatiga kiritilgan i - tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 - i - tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 - i - tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
-
iste’mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida
o‘zgarmaydi;
-
iste’mol savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
-
iste’mol savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol
xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
YaIM deflyatori indeksi (2018 yil yakunlari boyicha - 128,1 %) boyicha shuni
ta'kidlash kerakki, bu ko'rsatkich mohiyatan iste'mol narxlari indeksi (2018 yil
yakunlari boyicha - 114,3 %)) ko'rsatkichidan farq qiladi. Iste’mol narxlari indeksi
faqatgina iste'mol savatiga kiritilgan cheklangan sonli tovarlar va xizmatlar
narxlarining o'zgarishini ifodalasa, YaIM deflyatori indeksi iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar, jumladan, investitsion tovarlar, eksport
qilinadigan tovar va xizmatlar hamda bozorga xos bo'lmagan (bepul ko'rsatilgan)
xizmatlarni ham qamrab oladi. Shuningdek, iste’mol narxlari indeksi import
qilinadigan tovarlarni ham qamrab olsa, YaIM deflyatori indeksi hisob- kitoblarida
faqatgina milliy iqtisodiyot rezidentlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar
hisobga olinadi.
Iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichining kamchiligi shundaki iste’mol
savati tarkibi o‘zgarmas bo‘lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va
xizmatlar ulushining o‘zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro‘y
bergan o‘zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi. Shu sababli bu indeks baholar
darajasini biroz oshirib ko‘rsatadi.
YaIM deflatori esa tarkibga joriy yilda kiritilmay qolgan tovarlar baholarining
oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib
ko‘rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o‘rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher
indeksi hisoblanadi:
19
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari
hisoblanadi. Lekin tarkibga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda
hisoblanadi.
2.6. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi
aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki
shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning
yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo
mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy
jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste’mol
va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1
proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.
Shu
bilan
birga
iqtisodiyotda
muvozanat
bo‘lishi
uchun ayrim
ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki
mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy
ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining
o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi
tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka
erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech
qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng
(G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD
ga teng bo‘ladi. Ya’ni:
20
YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I Bu yerda makroiqtisodiy
ayniyat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
C + I = C + S yoki I = S Ushbu ayniyatdan ko‘rinib
turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari tadbirkorlikning qancha
miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va
yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat
darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga
qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud
bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga
ega bo‘ladi:21
S = Sp + Sg + Sx Bu
yerda: Sp - xususiy jamg‘armalar;
Sg - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat
zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari
yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) - C Davlat
jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:
Sg = (T - TR - N) - G Agar davlat jamg‘armalari
nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori
budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT - budjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz
hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini
ayirib topiladi.
Sx =M - X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga
nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va
keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va
21
moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi
investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N -T ) -C + (T - TR - N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G - Xn S = C +
I + G +Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar
hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-
sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan
biridir.
2.4-jadval
O‘zbekiston iqtisodiyotida jamg‘arma va investitsiyaning
Keynschilar fikriga ko‘ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida
tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o‘zaro
mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashi shart.
Qisqacha xulosalar
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S,
muvozanat tahlili, YaIMga nisbatan foizda22
Yil
Jamg‘arma (S)
Investitsiya (I)
Muvozanat S =
I
Sof jamg‘arma
(2 ust. - 3 ust.)
1
2
3
4
5
2011
31.7
22.5
S>I
9.2
2012
24,4
22.9
1.5
2013
26.2
23.2
3.0
2014
23.5
23.3
0.2
2015
27.1
24.4
2.7
2016
25.1
24.1
1.0
2017
30.1
22.6
7.5
22
INI,YaIM deflatori kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan
iborat.
YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari
mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi.
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun
uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni
hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya,
davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno
etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy
bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan
ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va
mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan
boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham
yuritiladi.
Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash uchun
baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar?
1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan
ko‘rsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi?
2. Qo‘shilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot
ko‘rsatkichlarini tavsiflab bering.
3.
Nima uchun YaIM ko‘rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bo‘lish
23
zarur va bunga qanday erishiladi?
4. YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladigan
komponentlar tarkibini sanab o‘ting.
5. O‘zbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish
strukturasiga tahliliy sharh bering.
6.
YaIMni taqsimot usulida aniqlashda MHTning yangi talqinida keltirilgan
hamda iqtisodiy adabiiyotlarda qo‘llab kelinayotgan uslublardagi farqlarni tushuntirib
bering.
7.
YaMD ko‘rsatkichi qanday hisoblanadi va YaIM ko‘rsatkichidan nimasi
bilan farq qiladi?
8.
ShD, ShTD, YaMTD ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlar
nimada?
9.
Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering?
10.
YaIM deflatori va iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarining farqlarini
izohlang.