ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING MOLIYAVIY ASPEKT (JIHAT)LARI
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
41,5 KB
ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING
MOLIYAVIY ASPEKT (JIHAT)LARI
10.1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va
samaradorligi
Umumlashtirilgan ko'rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar,
inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va
foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadi-gan boshqa vositalar) qo'yilgan
(joylashtirilgan) avanslashtirilgan kapitaliy qiymatning bir qismidir. XYuSning
buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks
ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktivlarning boshqa
elementlari, ya'ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga
daromadli qo'yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, bevosita
yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig'imli ishlab chiqarishga
xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab
chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal
qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo'lgan qiymatning
quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi:
pulli;
unumli;
tovarli.
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat
vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta'minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o'laroq
asosiy kapital o'zining iste'mol shaklini birdaniga yo'qotmaydi, ya'ni davomli
muddatda eskiradi. Yangidan yarati-layotgan mahsulotga u o'zining qiymatini asta-
sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o'tkazadi va to'liq qayta tiklanganga qadar
ko'plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon
amortizatsiya deb ataladi va u o'rnatilgan me'yorlarga muvofiq ravishda har oyda
hisoblanadi.
Ma'naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari boshlang'ich
qiymatini to'liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan
so'ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o'z aylanishini tugatadi va yana
mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar o'tkazilayotgan qiymat asta-
sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko'rinishida jamg'arilib
boriladi hamda iste'mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashda foydalaniladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida
asosiy fondlar — uzoq vaqt davomida natural-iste'molli shaklda ishlab chiqarish
jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig'indisi — maydonga chiqadi.
Iqtisodiy mo'ljallangan-ligiga ko'ra asosiy fondlar quyidagilarga bo'linadi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan va
ko'plab ishlab chiqarish sikllari davomida o'zining qiymatini tayyor mahsulotga
qismlarga bo'lib o'tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari
deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning balansida bo'lgan
va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mo'ljallangan XYuSning
mulklari kiradi. Ular bo'yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati
ularning eski-rishi munosabati bilan XYuSning foydasi hisobidan takror ishlab
chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik,
ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan bo'lishi mumkin. Tarmoq
tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining
butun iqtisodiyot bo'yicha shu fondlar qiymatidagi salmog'ini xarakterlaydi. Asosiy
ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilmasi alohida guruh ichidagi turli
ko'rinishlarining salmog'ini ko'rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab
chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko'rinishlarining
nisbatidan iborat bo'lib, investitsiyalarning texnologik ilg'orligi va ularning oqilona
joylashtirilganligini aks ettiradi. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati jihatidan
tarkibiy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish
sur'atlari bo'yicha ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning yetarli darajada
faol takror ishlab chiqaril-maganligi uchun ularning yoshi va eskirishi ortib
bormoqda.
Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgalteriya
hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlanadi (belgilanadi). Ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
binolar;
inshoatlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, transport xo'jaligi inshootlari
va boshqalar);
uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);
ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;
o'lchovchi va tartibga soluvchi (o'zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar;
uy-joylar;
hisoblash texnikasi va orgtexnika;
transport vositalari;
instrumentlar;
ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari va buyumlari;
ishchi va mahsulli qoramollar;
ko'p yillik o'simliklar.
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarkibiga yana tashkilotning
mulkida bo'lgan yer maydonlari, tabiatdan foydalanish ob'ektlari (suv, qazilma
boyliklari va boshqa tabiiy resursiar), asosiy vositalarning ijaraga olingan ob'ektlari
ham kiradi.
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, o'lchovchi va tartibga soluvchi
qurilmalar hamda priborlar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, instrumentlar,
ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga
kiritilib, ular mehnat predmetlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ularning qolgan
qismlari esa asosiy fondlarning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi eng muhim
vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Asosiy kapital doiraviy aylanishining
samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy
resurslar tegishli fondlarining tashkil etilishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning o'zida
ham asosiy kapital va ham aylanma kapital aylanishiga to'liq tegishlidir;
shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy resurslardan
foydalanish samaradorligini baholash muhim hisoblanadi;
amal qilayotgan (ishlayotgan) ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va
eskirgan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o'z vaqtida amalga
oshirilishi samaradorligini baholash kerak.
XYuSning moliyaviy resurslari tarkibida o'zlik va jalb qilingan pul mablag'lari
bo'lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy
aylanishi iste'mol qilingan asosiy fondlarni almashtirish uchun amortizatsiya
mablag'larining amortizatsiya fondida jamg'arilishini ko'zda tutadi. Hisobot davri
davomida asosiy vositalar ob'ektlari bo'yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni
qo'llash usullariga bog'liq bo'lmagan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab
chiqarishda ham asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik
summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi.
Agar asosiy vositalarning ob'ektlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda
bo'lsa, yoki ular uch oydan ko'proq muddatga konservatsiya qilishga o'tkazilgan
bo'lsa, bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining
qaroriga muvofiq to'xtalishi mumkin.
Amortizatsiyalashtiriladigan mol-mulkJar o'zlarining foydali foydalanish
muddatlariga bog'liq ravishda konkret amortizatsiya guruhlariga birlashtiriladi.
Birinchi guruhga foydali foydalanish muddati 1 yildan 2 yilgacha bo'lgan mol-
mulklar kiritilsa, oxirgi guruhga esa foydali foydalanish muddatlari 30 yildan ortiq
bo'lgan mol-mulkJar kiritiladi.
Amortizatsiya
guruhlariga
kiritiladigan
asosiy
vositalarning
klassifikatsiyalanishini
har
bir
mamlakatning
hukumati
aniqlab
beradi.
Amortizatsiya guruhlari ko'rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bo'yicha ularning
foydali foydalanish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va
texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq toiovchining o'zi tomonidan
o'rnatiladi.
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning ikki
asosiy metodidan foydalaniladi:
chiziqli;
nochiziqli.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi binolar, inshootlar,
uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish muddatlariga
bog'liq bo'lmagan holda qo'llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa
ob'ektlariga nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning yuqoridagi
ikki metodidan — chiziqli va nochiziqli — biri qo'llanilishi mumkin.
Chiziqli metod qo'llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning
summasi shu ob'ekt uchun aniqlangan amortizatsiya normasi va ob'ektning dastlabki
qiymati nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
Ne = (1/m) x 100%
amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk ob'ektining boshlang'ich
(tiklash) qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda);
amortizatsiyalashtirilayotgan mol-mulk shu ob'ektining foydali
foydalanish muddati (oyda).
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash quyidagicha amalga
oshiriladi:
Bu yerda: Na
—
m —
Ne = (2/m) x 100%
Bu yerda: 2 —tezlashtirish koeffitsienti.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o'z moliyaviy
resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar
va turli tushilmalar ham kiradi:
foyda, shuningdek moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda hissali ishtirok
etishdan olinadigan daromadlarni ham qo'shib hisoblaganda tadbirkorlik
faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag'lari;
mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag'lari;
XYuSga tegishli bo'lgan ijara haqi, lizing to'lovlari, dividendlar, aksiyalar,
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar bo'yicha foizlar, realizatsiyadan tashqari
boshqa daromadlar, asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
ishlab chiqarish quwatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda.
Ish navbatini o'zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsienti-ning oshirilishi,
intensiv foydalanishning o'sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv
o'zgarishlar, kiritilgan quwatlarning tez o'zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab
chiqarish-iqtisodiy ko'rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag'larining
manbalarini ikki guruhga bo'lish mumkin:
maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;
banklarning o'rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS tomonidan texnikaviy
qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini
yaratish uchun milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar.
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagilar kiradi:
hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag'lari;
taraqqiyotning strategik yo'nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida
investitsiyalar ko'rinishidagi byudjet assignovaniyalari;
kichik
tadbirkorlikni
moliyaviy
qo'llab-quwatlovchi
byudjet-dan
tashqari
fondlarning mablag'lari;
Ms = (AF : Mr) x 100%
Bu yerda: AF — Foydaning o'sgan qismi Ms — foydaning o'sgan
qismi;
Mr — moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta'minlanishini
boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini
baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko'p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng awalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xodim (ishchi)lar
manfaatlarini birgalikda qarash aspekti (jihati) juda muhimdir. Davlat manfaatlari,
bir tomondan, XYuSlarning soliq to'lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans
foydaning maksimallashtirilishini ko'zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan
soliq to'lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta
investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog'i lozim.
Juda ko'p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos keladi.
Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aksiyaga to'g'ri keluvchi
foyda summasining o'sishi orqali aksionerlar daromadlarini maksimallashtirish
maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi. U rentabellik va
mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma
mablag'lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning
yangilanishi, yangi texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan
bog'liq.
Boshqaruv qarorlarida oqilona dividend siyosatini shakllantirish muhim ahamiyatga
egaki, u sof foydani dividendlar to'lashga va uni jamg'arishga yo'naltirishga oqilona
taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYuS xodimlari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina moliyaviy natija emas,
balki o'zining tarkibiga mehnat haqi va uning o'sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYuS harajatlari hisobidan vujudga keladigan
moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy
samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo'jalik
faoliyatining
natijaliligini
ochib
beruvchi
umumiy
moliyaviy-iqtisodiy
ko'rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va
aniqlovchi ko'rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko'rsatkichi
maydonga chiqadi. U samaradorlikni baholashning mezoni bo'lib xizmat qiladi va
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R = (BF : F ) x 100%
u
x
aa'
Bu yerda: R — ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;
BF — balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga qadar);
Faa — asosiy ishlab chiqarish fondlari va normaiashtirilgan aylanma
mablag'laming yillik o'rtacha qiymati.
Fond qaytimi ko'rsatkichi XYuS asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish
samaradorligining darajasini xarakterlaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: Fk — fond qaytimi;
T — realizatsiyadan olingan sof tushum; Faich — asosiy ishlab
chiqarish fondlarining yillik o'rtacha qiymati.
Fond sig'imi fond qaytimiga nisbatan teskari ko'rsatkich hisoblanadi va bir
so'mlik realizatsiya qilingan mahsulotga to'g'ri keluvchi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining qiymatini ko'rsatadi. Shuning uchun bu ko'rsatkichni quyidagicha
aniqlash mumkin:
F = (Faich: T) x 100%
Bu yerda: ¥s — fond sig'imi;
Ffli.cA— asosiy ishlab chiqarish fondlarining
yillik o'rtacha qiymati. T — realizatsiyadan olingan sof
tushum;
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik koeffitsienti ulardan
foydalanish va ularning yuklanganlik darajasini ifodalab, yil, chorak, oy va kun
davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada
ishlaganligini ko'rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
К = R : D yoki К = H : S
s
к
и J
s
s
max
Bu yerda: Ks — smenalik koeffitsienti;
Hk — kun davomida haqiqatda ishlangan dastgoh
(mashina)/soatlar; DB — dastgoh (mashina)larning umumiy
soni; H^ — bir smenada haqiqatda ishlangan dastgoh
(mashina)/soatlar soni; S — bir smenada maksimal ishlanishi
mumkin
max
bo'lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni;
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti yangidan yaratilgan
mahsulotga o'tkazilishi natijasida ular iste'mol qiymatining kamayishini xarakterlaydi va
u quyidagicha aniqlanadi:
К = (A : F .J x 100%
Bu yerda: Ke — eskirish koeffitsienti;
A
a
r
n — foydalanishda bo'lgan davr mobaynida asosiy ishlab chiqarish
fondlarining renovatsiyasi (qayta tiklanishi)ga hisoblangan
amortizatsiya ajratmalarining summasi;
F.cA. — asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlang'ich qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsienti XYuS investitsion
talabini qondirishning intensivligini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:
К = (Q . „: Qh „) x 100%
Bu yerda: К а — yangilanish koeffitsienti;
Qa!ch/ — yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining
qiymati;
Qbaich — barcha asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil oxiridagi qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish koeffitsienti esa eskirgan ishlab
chiqarish apparatining foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u
quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: Qch — chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti; Qaich/i ~yd davomida
likvidatsiya qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
Qalek/t — asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati.
Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko'p jihatdan
amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining
rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya
qilinishini oldindan aniqlab (belgilab) beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda, yangi
texnologik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalikdarajasi,
asosiy ishlab chiqarish fondlarining o'z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi,
moliyalashtirishning mumkin bo'lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim
ahamiyat kasb etadi.
10.2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi
Aylanma
kapital
XYuS
aylanma
(o'zgaruvchan,
mobil)
aktiv-lariga
avanslashtirilgan kapital qiymatini o'zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining
«Aylanma aktivlar» deb nomlangan ikkinchi bo'limida aks ettiriladi. Odatda,
aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:
takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funksional
mo'ljallanganligi bo'yicha;
shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko'ra;
lividlilik darajasiga qarab;
va boshqa belgilariga muvofiq.
Aylanma kapital juda ko'p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan quyidagilarni
alohida ajratib ko'rsatish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag'batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta'minlash;
ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta'minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o'z funksiyalarini ham pulli va ham natural— buyum shakllarida
amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan quyidagi ikki
tashkil etuvchi belgilab beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilmajihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, eng
awalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo'lgan quyidagilarkiradi:
xom-ashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg'i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo'jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o'z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining
tarkibi quyidagilardan iborat:
•
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo'ljallangan tovarlar, ortib jo'natilgan
tovarlar;
•
pul mablag'lari — kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta hisob varaqlaridagi
pullar, bankdagi maxsus hisob varaqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit
hisob varaqlari, boshqa to'lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo'lmagan muddatda) moliyaviy quyilmalar —
boshqa XYuSlar qimmatli qog'ozlariga investitsiyalar, davlat va mahalliy
zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYuSlarga berilgan zayomlar,
aksionerlardan o'z aksiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko'rinishlari, sotib oluvchilar va buyurtmachilarning
qarzlari, olinuvchi veksellar, «qiz» va bo'ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav
kapitaliga badallar bo'yicha ta'sischilarning qarzlari, berilgan avanslar, boshqa
debitorlarning mablag'lari.
Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko'rinishda shakllantiriladi va aylanma
fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish
ko'rinishida doiraviy aylanishda bo'ladi. Pul mablag'larining doiraviy aylanishi
XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo'lgan moddiy resurslar qiymatining
to'lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni realizatsiya qilishdan
olingan tushum ko'rinishida qaytishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida
saqlanib qolsa-da, o'z tarkibiy qismlarining funksional shakllarini uzluksiz ravishda
quyidagi ketma-ketlikda o'zgartiradi: pul mablag'lari — xom-ashyo va materiallar
zaxiralari tayyor mahsulot — debitorlik qarzlari - tushum ko'rinishida tushadigan
pul mablag'lari. Bunda aylanma kapital kompaniya moliyaviy holatining
o'lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi. Aylanma mablag'larni shakllantirish
va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
o'zlik va ularga tenglashtirilgan mablag'lar;
qarziy va jalb qilingan mablag'lar.
O'z navbatida, aylanma mablag'lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning
o'z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta'sischilik foydasi deb ham yuritiladi. O'zlikka
tenglashtirilgan manbalar qat'iy passivlardan, ya'ni XYuS aylanmasida doimiy
ravishda mavjud bo'ladigan jalb qilingan mablag'lardan iborat. Ish haqi va
ijtimoiysug'urta bo'yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo'yicha garovlar, kelgusi
davr xarajatlarini qoplash bo'yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi
mumkin.
Qarziy mablag'lar o'z aylanma mablag'larining yetmagan qismini to'ldirishga
mo'ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo'sh mablag'lari kiradi. Jalb qilingan mablag'lar:
mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari;
to'lanuvchi vekseilar;
«qiz» XYuSlar va bo'ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar;
olingan avanslar;
•
va boshqa kreditorlar ko'rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi umumlashtiruvchi
ko'rsatkichlar aylanma mablag'lar aylanishining soni va aylanma mablag'lar bir
marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
A = T : Q ,
am
^-u '
U, = К . А
la
s am
aylanma mablag'larning aylanuvchanligi;
realizatsiyadan olingan tushum;
aylanma mablag'larning yillik o'rtacha qoldig'i;
aylanma mablag'lar bir marta aylanishining uzunligi;
tahlil davridagi kunlar soni.
Bu yerda:
A
J
ar
T
Q
„
\a
К -
Zaxiralarning aylanuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
A =T :Q
z
sm ^*- zu
Bu yerda: Az — zaxiralarning aylanuvchanligi; Tjm — sotilgan mahsulot
tannarxi; Qzii — zaxiralarning o'rtacha qiymati.
Debitorlik qarzlarini to'lashning kunlardagi o'rtacha davomiyligi sotib oluvchilarning
schyotlar bo'yicha to'lash tezligini aks ettiradi va u quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: DQ^ — debitorlik qarzlarini to'lashning kunlardagi o'rtacha davomiyligi;
DQr — debitorlik qarzining o'rtacha summasi; Tk — realizatsiyadan
olingan kunlik o'rtacha tushum.
Bu ko'rsatkichning past darajasi XYuS debitorlardan pulni undirish bo'yicha
ishining samaradorligidan darak beradi. Biroq, ayrim hollarda, bu narsa XYuS kredit
siyosatining haddan ziyod qattiqligini ham ko'rsatib, realizatsiya qilingan
mahsulotlarning uncha katta bo'lmagan qismi kreditga sotilganligini ham anglatadi.
XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini ta'minlashda va moliyaviy
tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o'ynaydi. Umumiy
ko'rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar
o'rtasidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasida kelgusi
davr daromadlari ham kiritilib, ular XYuSning o'zlik pul mablag'lari bo'lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash
mumkin:
Sa4 = AA-QP
Bu yerda: Sak — sof aylanma kapital; AA — aylanma aktivlar; QP —
qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlari dan tashqari).
Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish
koeffitsienti xarakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi:
К =T : Sfr
Bu yerda: Ke — sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti; Ts — realizatsiyadan
olingan sof tushum; Sak — sof aylanma kapitalning o'rtacha qiymati.
Aylanma mablag'larni boshqarishda ularni likvidlik darajasi bo'yicha strukturizatsiya
qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadlar uchun likvidlilikning quyidagi ikki
ko'rsatkichidan faol foydalaniladi:
• joriy likvidlik koeffitsienti;
• absolyut likvidlik koeffitsienti.
Joriy likvidlik koeffitsienti ma'lum bir sana uchun aniqlanib, uning aniqlanish
tartibi quyidagicha:
K, = A : Q P > 2
Bu yerda: Kv — joriy likvidlik koeffitsienti;
Aa — aylanma aktivlar (balansning 2-bo'limi); QP — qisqa muddatli
passivlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
• Joriy likvidlik koeffitsie ntining darajasi ikkidan kichik bo' 1 masligi lozim. Shunday
bo'lishiga qaramasdan, g'arb iqtisodiyotida uning darajasiga birdan kichik bo'lmagan
hollargacha yo'l qo'yiladi.
Absolyut likvidlik koeffitsienti eng likvidli aktivlarning (pullar va qisqa muddatli
moliyaviy quyilmalar) qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi va
uning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ka, = (PM + MQ) : QP > 0,2
absolyut likvidlik koeffitsienti; pul mablag'lari;
qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar; qisqa muddatli
majburiyatlar (kelgusi davfdaromadlarisiz).
Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi >. 0,2 dan iborat bo'lib, biroq amaliyotda bu
narsa o'z faoliyatining turli davrlarida XYuSning moliyaviy siyosati va ishining
samaradorligiga bog'liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi
Bu yerda: К ,
—
PM-
MQ-
QP-
juda ko'p omillarga bog'liq. U, eng awalo, to'lov intizomining ahvoli, aylanma
mablag'larning turli funksional dementlariga joylashtirilgan quyilmalarning hajmi
bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan
samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiya-larga
asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala
xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini
oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruvlashtirishni hisobga olgan holda),
albatta, o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruv-chilar va
iste'molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo'jalik aloqalaridan foydalanish,
zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish
va uning realizatsiya qilini-shini tezlashtirish kabilar kiradi. To'lov qobiliyatini
ta'minlash va mablag'larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik
qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o'rinda alohida ahamiyat
kasb etadi.
10.3. Aylanma mablag'lami normalashtirish
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga
nisbatan bo'lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va rejalashtirish tizimini ishlab
chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ularning zaxiralari harakatini boshqarish
tizimini avtomatlashtirish xususida o'ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish
manbalari bilan to'g'ri manyovr qilish, materiallarning sarflanishi va ularning
saqlanishi ustidan nazoratni ta'minlash kerak.
Yuqoridagilami amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma
mablag'lar quyidagi ikki ikki guruhga bo'linadi:
norma (me'yor)lashtiriladigan aylanma mablag'lar;
norma
(me'yor)lashtirilmaydigan
aylanma
mablag'lar.
Norma
(me'yor)lashtiriladigan aylanma mablag'larga aylanma
ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari
kiradi. Norma (me'yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag'lar esa ombordagi tayyor
mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab
oladi. Aylanma kapitalning o'lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma
mablagiarning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag'larni rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil
etadi. Unga ko'ra aylanma mablag'laming normativi belgilanadi, transport, sug'urta,
tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo'shgan holda zaxiralar
normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko'rinishlari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o'rnatiladi.
Aylanma mablag'larni norma (me'yor)lashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan
iborat. Dastlab, aylanma mablag'larning har bir dementi bo'yicha ishlab chiqarish
zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining normasi
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlovchi ularning ilmiy asoslangan
rejali hajmidan iborat bo'lib, u eng awalo, quyidagilarni o'z ichiga oluvchi XYuS ish
sharoitiga bog'liq:
• ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi;
• ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
• mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;
• mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
• materiallar sifati;
• hisob-kitoblar tizimi;
• va boshqalar.
Norma (me'yor) norma (me'yor)lashtiriladigan moddiy resurs-larga (ularning har bir
turi bo'yicha) bo'lgan o'rtacha kunlik ehtiyoj-larning hajmi va mol yetkazib berishlar
o'rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda
o'rnatiladi. De-mak, agar ana shu interval (oraliq), masalan, 24 kunga teng bo'lsa,
shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig'ida ishlab chiqarish siklining
sog'lom rivojlanishini ta'minlashga yetarli bo'lmog'i lozim.
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma'lum bir ko'rinishdagi tovar-moddiy boyliklar
xarajatlarining normasi (me'yori) asosida norma (me'yor)lashtiriladigan zaxiralarni
yaratish uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'larning hajmi aniqlanadi. Agar norma
kunlarda belgilansa, u holda aylanma mablag'larning normativi XYuSning sog'lom