Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi, o’troq va erkin suzuvchi turlari. Assidiyaning tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko’payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish davrlari

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

278,4 KB


 
 
 
 
 
 
Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib 
yashovchi, o’troq va erkin suzuvchi turlari. Assidiyaning tuzilishi, ko’payishi 
va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko’payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish 
davrlari. Boshxordalilar sinfi. Kelib chiqishi. Lansetnikning tuzilishi va 
biologiyasi. 
 
 
R E J A 
1. Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi, 
o’troq va erkin suzuvchi turlari. 
2. Boshxordalilar sinfi. Kelib chiqishi.  
3. Boshqutisizlar kenja tipi,lansetnilar sinfi. 
4. Lansetnikning tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. 
Bosh suyaksizlar kenja tipi Acrania 
Bosh suyaksizlar xordalilar tipining hamma belgilarini umrbod o’zida ifoda 
etgan, dengizlarda yashaydigan hayvonlar bo’lib turlari uncha ko’p emas. Bosh 
suyaksizlar tuzilishini ularning tipik vakillari xisoblangan lanttsetnik Branciostoma 
lanceolatum misolida ko’rib chiqamiz. Lichiaka xordalilar - okean va dengizlarda 
tarqalgan tuban xordalilar. 1100 ga yaqin turi ma’lum. Kenja tipga assidiyalar va 
appendikulariyalar sinfi kiradi. Lichinkaxordalilarning asosiy qismi (1000 turi) 
assidiyalar sinfiga mansub. Assidiyalar suv ostida yopishib yashaydi. Ko’pchiJilc 
turlari-yakka, ayrim turlari-koloniya bo’lib hayot kechiradi. 
Tashqi ko’rinishi. Lantsetnik tipik xordali hayvon bo’lib gavdasi ilonsimon 
shaklda yon tomondan qisilgan. Uzunligi 5-8 sm bo’ladi. Orqa tomonida toq orqa 
suzgich qanoti, dumida keng dum suzgich qanoti bor. Gavdasining oldingi uchida 
pastga qarab turgan paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz oldi teshigi joylashgan.  
Gavdasining pastki qismida ikki yon tomoniga o’rnashgan metaplevral burma 
bor. Bu burmalar atrial teshik atrofida o’zaro qo’shiladi. 
Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi, o’troq va erkin suzuvchi turlari. Assidiyaning tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko’payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish davrlari. Boshxordalilar sinfi. Kelib chiqishi. Lansetnikning tuzilishi va biologiyasi. R E J A 1. Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi, o’troq va erkin suzuvchi turlari. 2. Boshxordalilar sinfi. Kelib chiqishi. 3. Boshqutisizlar kenja tipi,lansetnilar sinfi. 4. Lansetnikning tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. Bosh suyaksizlar kenja tipi Acrania Bosh suyaksizlar xordalilar tipining hamma belgilarini umrbod o’zida ifoda etgan, dengizlarda yashaydigan hayvonlar bo’lib turlari uncha ko’p emas. Bosh suyaksizlar tuzilishini ularning tipik vakillari xisoblangan lanttsetnik Branciostoma lanceolatum misolida ko’rib chiqamiz. Lichiaka xordalilar - okean va dengizlarda tarqalgan tuban xordalilar. 1100 ga yaqin turi ma’lum. Kenja tipga assidiyalar va appendikulariyalar sinfi kiradi. Lichinkaxordalilarning asosiy qismi (1000 turi) assidiyalar sinfiga mansub. Assidiyalar suv ostida yopishib yashaydi. Ko’pchiJilc turlari-yakka, ayrim turlari-koloniya bo’lib hayot kechiradi. Tashqi ko’rinishi. Lantsetnik tipik xordali hayvon bo’lib gavdasi ilonsimon shaklda yon tomondan qisilgan. Uzunligi 5-8 sm bo’ladi. Orqa tomonida toq orqa suzgich qanoti, dumida keng dum suzgich qanoti bor. Gavdasining oldingi uchida pastga qarab turgan paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz oldi teshigi joylashgan. Gavdasining pastki qismida ikki yon tomoniga o’rnashgan metaplevral burma bor. Bu burmalar atrial teshik atrofida o’zaro qo’shiladi.  
 
Teri qoplagichlari: Hamma xordalilar singari lantsentnikning terisi ham ikki 
qismdan tashqi epidermisdan va ichki chin teridan iborat. Lekin lantsetnikning 
epidyermisi bir qavatliligi bilan farq qiladi. Chin terisi yopishqoq to’qimadan 
tuzilgan. Muskul sistemasi. Butun gavda bo’ylab qator-qator o’rnashgan muskul 
segmentlaridan-miomyerlardan hosil bo’lgan. Miomyerlar bir-biridan biriktiruvchi 
to’qima pardalari-mioseptalar bilan ajraladi. Skeleti. Asosan xordadan tashkil 
topgan. Xorda butun gavda bo’ylab joylashadi. Xordani va uning ustida joylashgan 
Nerv nayini biriktiruvchi to’qimali parda o’rab turadi. Markaziy Nerv sistemasi 
sodda tuzilgan bo’lib, nay shakliga ega va xorda ustida joylashadi. Nerv nayining 
oldingi qismi kengayib, bu qism umurtqalilarning bosh miya qorinchasiga 
o’xshatiladi. Nerv nayining yuzasi bo’ylab Gesse ko’zchalari joylashadi. Bular 
yorug’likning sezuvchi xujayralar xisoblanadi. Nerv nayidan juft-juft bo’lib xarakat 
va sezuvchi orqa hamda qorin Nervlari chiqadi. Lantsetniklarning orqa va qorin 
Nervlari o’zaro bog’lanmagan. Sezuv organlari juda sodda. Yorug’lik ta’sirotlarini 
Gesse ko’zchalari qabul qiladi. Og’iz oldi paypaslagichlari xis-tuyg’u funktsiyasini 
bajaradi. Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari ancha sodda. Ichak nayi 
paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz oldi teshigidan boshlanadi. Uning tagida og’iz 
joylashgan bo’lib, u halqumga ochiladi. Halqumning usti va tagi bo’ylab kiprikli 
epiteliyli ariqchalar joylashadi. Pastki ariqcha yoki endostilning kiprikchalarini 
xarakati bilan halqumga tushgan ovqat zarrachalari, avvaliga oldinga qarab, keyin 
halqumning ustki ariqchasi bilan ichakka boradi. Endostil umurtqali hayvonlarda 
ichki sekretsiya bezlarining qalqonsimon beziga aylanadi. Ichak kanali halqumdan 
to anal teshigigacha davom etadi. Oshqozon shakllanmagan. Ichak kanalining 
oldingi qismidan umurtqali hayvonlarning jigariga gomolog bo’lgan jigar o’simtasi 
chiqadi. Halqumi katta va uning devorida qiya o’rnashgan bir nechta jabra yoriqlari 
joylashadi. Bu yoriqlar bevosita tashqariga ochilmasdan jabra oldi (atrial) bo’shliqqa 
ochiladi. Atrial bo’shliq embrionda qorinning o’rta qismida ikkita yon teri 
burmalarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Suv halqumdan jabra yoriqlari orqali 
atrial bo’shliqqa tushadi va u yerdan atriopor orqali gavdaning qorin tomonidan 
tashqariga chiqariladi.  
Qon aylanish sistemasi. Umurtqali hayvonlardagidek tutash bo’ladi, lekin 
yuragi yo’qligi bilan ulardan farq qiladi.  
Teri qoplagichlari: Hamma xordalilar singari lantsentnikning terisi ham ikki qismdan tashqi epidermisdan va ichki chin teridan iborat. Lekin lantsetnikning epidyermisi bir qavatliligi bilan farq qiladi. Chin terisi yopishqoq to’qimadan tuzilgan. Muskul sistemasi. Butun gavda bo’ylab qator-qator o’rnashgan muskul segmentlaridan-miomyerlardan hosil bo’lgan. Miomyerlar bir-biridan biriktiruvchi to’qima pardalari-mioseptalar bilan ajraladi. Skeleti. Asosan xordadan tashkil topgan. Xorda butun gavda bo’ylab joylashadi. Xordani va uning ustida joylashgan Nerv nayini biriktiruvchi to’qimali parda o’rab turadi. Markaziy Nerv sistemasi sodda tuzilgan bo’lib, nay shakliga ega va xorda ustida joylashadi. Nerv nayining oldingi qismi kengayib, bu qism umurtqalilarning bosh miya qorinchasiga o’xshatiladi. Nerv nayining yuzasi bo’ylab Gesse ko’zchalari joylashadi. Bular yorug’likning sezuvchi xujayralar xisoblanadi. Nerv nayidan juft-juft bo’lib xarakat va sezuvchi orqa hamda qorin Nervlari chiqadi. Lantsetniklarning orqa va qorin Nervlari o’zaro bog’lanmagan. Sezuv organlari juda sodda. Yorug’lik ta’sirotlarini Gesse ko’zchalari qabul qiladi. Og’iz oldi paypaslagichlari xis-tuyg’u funktsiyasini bajaradi. Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari ancha sodda. Ichak nayi paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz oldi teshigidan boshlanadi. Uning tagida og’iz joylashgan bo’lib, u halqumga ochiladi. Halqumning usti va tagi bo’ylab kiprikli epiteliyli ariqchalar joylashadi. Pastki ariqcha yoki endostilning kiprikchalarini xarakati bilan halqumga tushgan ovqat zarrachalari, avvaliga oldinga qarab, keyin halqumning ustki ariqchasi bilan ichakka boradi. Endostil umurtqali hayvonlarda ichki sekretsiya bezlarining qalqonsimon beziga aylanadi. Ichak kanali halqumdan to anal teshigigacha davom etadi. Oshqozon shakllanmagan. Ichak kanalining oldingi qismidan umurtqali hayvonlarning jigariga gomolog bo’lgan jigar o’simtasi chiqadi. Halqumi katta va uning devorida qiya o’rnashgan bir nechta jabra yoriqlari joylashadi. Bu yoriqlar bevosita tashqariga ochilmasdan jabra oldi (atrial) bo’shliqqa ochiladi. Atrial bo’shliq embrionda qorinning o’rta qismida ikkita yon teri burmalarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Suv halqumdan jabra yoriqlari orqali atrial bo’shliqqa tushadi va u yerdan atriopor orqali gavdaning qorin tomonidan tashqariga chiqariladi. Qon aylanish sistemasi. Umurtqali hayvonlardagidek tutash bo’ladi, lekin yuragi yo’qligi bilan ulardan farq qiladi.  
 
Arterial sistemasi halqum ostida joylashgan qorin aortasidan boshlanadi. Qorin 
aortasidan oldinga qarab bir talay juft jabra arterialari chiqadi, bularda venoz qon 
bo’ladi. Jabralarda venoz qon suvda yerigan kislorodga to’yinadi. Kislorodga 
to’yingan arterial qon jabralardan olib ketuvchi arteriallar orqali juft orqa aorta 
ildizlariga to’planadi. Orqa aorta ildizlarining oldingi qismidan boshni toza qon bilan 
ta’minlaydigan bittadan uyqu arterialari chiqadi. Halqumning keyingi qismida aorta 
ildizlari qo’shilib orqa aortani hosil qiladi. Bu aorta xorda ostiga joylashgan bo’lib, 
hayvon gavdasining oxirgi uchiga qadar davom etadi va yo’l-yo’lakay xar xil 
organlarga shoxchalar chiqaradi.  
Venoz sistemasi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qon keyingi juft kordinal 
venalarga, bosh tomonidan oldingi juft kordinal venalarga to’planadi. Bu venalar 
keyindan oldingi, oldinidan keyingi tomonlarga qarab oqadi va halqumning orqasida 
o’zaro qo’shilib, kyuv’e yo’llari hosil qiladi. Kyuve yo’llari vena sinusiga quyiladi. 
Ichki organlardan venoz qon ichak osti venasiga quyiladi. Bu vena jigar o’simtasiga 
borib, kapilyarlarga bo’linadi, ya’ni jigar qopqa sistemasini hosil qiladi. Jigardan qon 
jigar venasi nomi bilan chiqib vena sinusiga quyiladi. Vena sinusidan qon qorin 
aortasiga o’tadi.  
Ayirish sistemasi. Halqumning ustiga o’rnashgan ko’p sonli (90) juft 
nefridiylardan iborat. Ular bir qancha teshiklar (nefrostoma) orqali jabra oldi 
bo’shlig’iga ochiladi. Umuman lantsetniklar nefridiylari halqali chuvalchanglarning 
nefridiylariga juda o’xshash bo’ladi. 
Ko’payish organlari. Segmentlar tipida joylashgan bir nechta jinsiy bezlardan 
iborat. 
Urg’ochilarining 
tuxumdoni 
va 
yerkaklarining 
urug’doni 
gavda 
bo’shlig’ining jabra yoriqlarida joylashadi. Jinsiy xujayralar atreal bo’shliqqa 
tushadi, u yerda atriopor orqali tashqariga chiqariladi. 
Lantsetnikning 
embrional 
rivojlanishini 
birinchi 
marta 
rus 
olimi 
A.O.Kovalevskiy o’rgangan va bu masala avvalo shu bilan qiziqarliki, 
lantsetnikning rivojlanishi boshqa xordali hayvonlarning embrional rivojlanishining 
soddalashgan sxemasidir. 
Lantsetnikning urug’lanishi tashqi bo’lib, bu protses suv tagida, odatda 
kechqurun yuz byeradi. Urug’langan tuxum xujayra (zigota) ancha kichik (diametri 
0,1 mm) sariq moddasi kam bo’lganligi sababli to’liq va teng yo’l bilan bo’linadi. 
Arterial sistemasi halqum ostida joylashgan qorin aortasidan boshlanadi. Qorin aortasidan oldinga qarab bir talay juft jabra arterialari chiqadi, bularda venoz qon bo’ladi. Jabralarda venoz qon suvda yerigan kislorodga to’yinadi. Kislorodga to’yingan arterial qon jabralardan olib ketuvchi arteriallar orqali juft orqa aorta ildizlariga to’planadi. Orqa aorta ildizlarining oldingi qismidan boshni toza qon bilan ta’minlaydigan bittadan uyqu arterialari chiqadi. Halqumning keyingi qismida aorta ildizlari qo’shilib orqa aortani hosil qiladi. Bu aorta xorda ostiga joylashgan bo’lib, hayvon gavdasining oxirgi uchiga qadar davom etadi va yo’l-yo’lakay xar xil organlarga shoxchalar chiqaradi. Venoz sistemasi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qon keyingi juft kordinal venalarga, bosh tomonidan oldingi juft kordinal venalarga to’planadi. Bu venalar keyindan oldingi, oldinidan keyingi tomonlarga qarab oqadi va halqumning orqasida o’zaro qo’shilib, kyuv’e yo’llari hosil qiladi. Kyuve yo’llari vena sinusiga quyiladi. Ichki organlardan venoz qon ichak osti venasiga quyiladi. Bu vena jigar o’simtasiga borib, kapilyarlarga bo’linadi, ya’ni jigar qopqa sistemasini hosil qiladi. Jigardan qon jigar venasi nomi bilan chiqib vena sinusiga quyiladi. Vena sinusidan qon qorin aortasiga o’tadi. Ayirish sistemasi. Halqumning ustiga o’rnashgan ko’p sonli (90) juft nefridiylardan iborat. Ular bir qancha teshiklar (nefrostoma) orqali jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Umuman lantsetniklar nefridiylari halqali chuvalchanglarning nefridiylariga juda o’xshash bo’ladi. Ko’payish organlari. Segmentlar tipida joylashgan bir nechta jinsiy bezlardan iborat. Urg’ochilarining tuxumdoni va yerkaklarining urug’doni gavda bo’shlig’ining jabra yoriqlarida joylashadi. Jinsiy xujayralar atreal bo’shliqqa tushadi, u yerda atriopor orqali tashqariga chiqariladi. Lantsetnikning embrional rivojlanishini birinchi marta rus olimi A.O.Kovalevskiy o’rgangan va bu masala avvalo shu bilan qiziqarliki, lantsetnikning rivojlanishi boshqa xordali hayvonlarning embrional rivojlanishining soddalashgan sxemasidir. Lantsetnikning urug’lanishi tashqi bo’lib, bu protses suv tagida, odatda kechqurun yuz byeradi. Urug’langan tuxum xujayra (zigota) ancha kichik (diametri 0,1 mm) sariq moddasi kam bo’lganligi sababli to’liq va teng yo’l bilan bo’linadi.  
 
Natijada sharsimon tipik blastula hosil bo’ladi. Keyinchalik blastulaning pastki 
qutbidagi katta xujayralar ichkariga blastotselga botib kiradi va shu tariqa tipik 
invaginatsion yo’l bilan gastrula yuzaga keladi. So’ngra gastrula bo’yiga cho’ziladi 
va gastropor degan teshik orqali tashqi muhit bilan tutashadi. Gastrulaning ichida esa 
gastrotsel degan bo’shliq hosil bo’ladi. Gastrula shu paytda ikki qavatdan-tashqi 
ektodyerma va ichki entodyerma qavatlaridan tashkil topgan bo’ladi. Ektodyerma 
gastroporga qadar, orqa tomonining bor bo’yiga botib kirib Nerv plastinkasini hosil 
qiladi. Nerv plastinkasining chetlari yuqoriga ko’tarilib chiqadi va bir-biri bilan 
qo’shilib, Nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi ancha vaqt oldingi tomonda tashqi muhit 
bilan nevropor orqali keyingi qismi Nerv-ichak kanali orqali gastrula bo’shlig’i ya’ni 
birlamchi ichak bilan tutashib turadi. Keyinchalik Nerv-ichak kanali umuman 
yo’qolib ketadi. Nevroporning o’rnida xidlov chuqurchasi hosil bo’ladi.  
 
 
 
Qumga ko’milib yashaydigan lantsetnik. 
Markaziy Nerv sistemasining rivojlanishi bilan bir vaqtda entodyerma ham 
diffyerentsiyalashib boradi. Birlamchi ichakning ustki tomoni bo’rtib chiqib, 
xordaga aylanadi. So’ngra xordaning ikki yonida yotgan ichak burmalari ichakdan 
ajralib, bir qator tsellomik xaltachalarga aylanadi. Bu xaltachalar devori 
mezodyermadan ichidagi bo’shlig’i esa tsellomdan iborat. Xar bir tsellomik xaltacha 
ustki-somit va pastki yonbosh plastinkalari degan ikkita bo’limlarga ajraladi. 
Somitlardan miomyer deb ataladigan muskul segmentlari miotomlar va chin teri 
hosil bo’ladi. Yonbosh plastinkalardan esa qorin plastinkasining varaqlari, yonbosh 
plastinkalarning oralaridagi plastinkalarning bo’shliqlaridan tsellom hosil bo’ladi. 
Natijada sharsimon tipik blastula hosil bo’ladi. Keyinchalik blastulaning pastki qutbidagi katta xujayralar ichkariga blastotselga botib kiradi va shu tariqa tipik invaginatsion yo’l bilan gastrula yuzaga keladi. So’ngra gastrula bo’yiga cho’ziladi va gastropor degan teshik orqali tashqi muhit bilan tutashadi. Gastrulaning ichida esa gastrotsel degan bo’shliq hosil bo’ladi. Gastrula shu paytda ikki qavatdan-tashqi ektodyerma va ichki entodyerma qavatlaridan tashkil topgan bo’ladi. Ektodyerma gastroporga qadar, orqa tomonining bor bo’yiga botib kirib Nerv plastinkasini hosil qiladi. Nerv plastinkasining chetlari yuqoriga ko’tarilib chiqadi va bir-biri bilan qo’shilib, Nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi ancha vaqt oldingi tomonda tashqi muhit bilan nevropor orqali keyingi qismi Nerv-ichak kanali orqali gastrula bo’shlig’i ya’ni birlamchi ichak bilan tutashib turadi. Keyinchalik Nerv-ichak kanali umuman yo’qolib ketadi. Nevroporning o’rnida xidlov chuqurchasi hosil bo’ladi. Qumga ko’milib yashaydigan lantsetnik. Markaziy Nerv sistemasining rivojlanishi bilan bir vaqtda entodyerma ham diffyerentsiyalashib boradi. Birlamchi ichakning ustki tomoni bo’rtib chiqib, xordaga aylanadi. So’ngra xordaning ikki yonida yotgan ichak burmalari ichakdan ajralib, bir qator tsellomik xaltachalarga aylanadi. Bu xaltachalar devori mezodyermadan ichidagi bo’shlig’i esa tsellomdan iborat. Xar bir tsellomik xaltacha ustki-somit va pastki yonbosh plastinkalari degan ikkita bo’limlarga ajraladi. Somitlardan miomyer deb ataladigan muskul segmentlari miotomlar va chin teri hosil bo’ladi. Yonbosh plastinkalardan esa qorin plastinkasining varaqlari, yonbosh plastinkalarning oralaridagi plastinkalarning bo’shliqlaridan tsellom hosil bo’ladi.  
 
Nixoyat, gavda oldingi uchining devori o’pirilib og’iz teshigi hosil bo’ladi. Natijada 
lichinka hosil bo’ladi. Lichinkalik davri 3 oyga davom etadi. Lichinka dastlab suvda 
suzib yuradi. Keyinchalik u suvning tagiga tushadi. Lichinkaning og’zi jabra 
yoriqlari ilk davrida assimetrik bo’ladi, jabra yoriqlari kam bo’ladi, atrial bo’shlig’i 
bo’lmaydi. Keyinchalik og’zi va jabralari o’z o’rnini egallaydi, jabra yoriqlari soni 
oshadi, atrial bo’shliq va metalplevral burmalar hosil bo’lib, lichinka lantsetnikka 
aylanadi. Shunday qilib lantsetnikda umurtqasiz hayvonlardagi singari ayrish va 
ko’payish organlari orasida xech qanday bog’lanish yo’q. Lantsetnik asosan 
Atlantik, tinch va xind okeanlarining mo’’tadil va issiq dengizlarida tarqalgan. Ular 
Qora va Yapon dengizlarida ham yashaydi. Suvning tempyeraturasi 17-30 S. 
sho’rligi 20-30% bo’lganda lantsetniklar o’zlarini yaxshi xis qiladi. Asosan diatom 
o’simliklari va ba’zi xollarda zooplankton bilan oziqlanadi. Lantsetniklar may 
oyining oxiri va avgust oylarining boshlarida ko’payadi. Janubiy sharkiy Osiyo 
qirg’oqlarining ba’zi yerlarida lantsetniklar ozuqa sifatida ishlatiladi. Lantsetniklar 
anatomik tuzilishi bilan umurtqali hayvonlarga o’xshash bo’ladi. 
Xordalilarning kelib chiqishi. Lansetniklar tuban xordalilarga mansub. Ular bir 
tomondan umurtqasiz hayvonlarga (ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi), 
ikkinchi tomondan tipik xordali hayvonlarga (xorda, nerv nayi va halqum devoridagi 
nafas olish yoriqlarining bo’lishi) xos xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan. 
Lekin hozirgi lansetniklar xordalilarning bevosita ajdodi bo’lolmaydi. Ko’pchilik 
olimlarning fikricha xordalilar lansetnikka o’xshash bo’lgan qadimgi tuban 
xordalilardan kelib chiqqan. Lansetniklarni xordalilar bilan umurtqasiz hayvonlar 
o’rtasida tura-digan oraliq formalar ekanligini birinchi marta atoqli rus embriologi 
A.O. Kovalevskiy aniqlagan. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Xordalilar tipiga hos hususiyatlarni ayting. 
2. Lansetnikning yashash muhiti va tashqi tuzilishini tushuntiring. 
3. Lansetnikning qon aylanish va ayrish sistemasi qanday tuzilgan? 
4. Lansetnik qanday ko’payadi? 
5. Lansetnik umurtqalilardan qaysi belgisi bilan farq qiladi? 
6. Lansetnikning o’rganish qanday ahamiyatga ega bo’ldi?  
7.Assidiyaning hazm qilish va qon aylanish sistemasini tushuntiring. 
Nixoyat, gavda oldingi uchining devori o’pirilib og’iz teshigi hosil bo’ladi. Natijada lichinka hosil bo’ladi. Lichinkalik davri 3 oyga davom etadi. Lichinka dastlab suvda suzib yuradi. Keyinchalik u suvning tagiga tushadi. Lichinkaning og’zi jabra yoriqlari ilk davrida assimetrik bo’ladi, jabra yoriqlari kam bo’ladi, atrial bo’shlig’i bo’lmaydi. Keyinchalik og’zi va jabralari o’z o’rnini egallaydi, jabra yoriqlari soni oshadi, atrial bo’shliq va metalplevral burmalar hosil bo’lib, lichinka lantsetnikka aylanadi. Shunday qilib lantsetnikda umurtqasiz hayvonlardagi singari ayrish va ko’payish organlari orasida xech qanday bog’lanish yo’q. Lantsetnik asosan Atlantik, tinch va xind okeanlarining mo’’tadil va issiq dengizlarida tarqalgan. Ular Qora va Yapon dengizlarida ham yashaydi. Suvning tempyeraturasi 17-30 S. sho’rligi 20-30% bo’lganda lantsetniklar o’zlarini yaxshi xis qiladi. Asosan diatom o’simliklari va ba’zi xollarda zooplankton bilan oziqlanadi. Lantsetniklar may oyining oxiri va avgust oylarining boshlarida ko’payadi. Janubiy sharkiy Osiyo qirg’oqlarining ba’zi yerlarida lantsetniklar ozuqa sifatida ishlatiladi. Lantsetniklar anatomik tuzilishi bilan umurtqali hayvonlarga o’xshash bo’ladi. Xordalilarning kelib chiqishi. Lansetniklar tuban xordalilarga mansub. Ular bir tomondan umurtqasiz hayvonlarga (ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi), ikkinchi tomondan tipik xordali hayvonlarga (xorda, nerv nayi va halqum devoridagi nafas olish yoriqlarining bo’lishi) xos xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan. Lekin hozirgi lansetniklar xordalilarning bevosita ajdodi bo’lolmaydi. Ko’pchilik olimlarning fikricha xordalilar lansetnikka o’xshash bo’lgan qadimgi tuban xordalilardan kelib chiqqan. Lansetniklarni xordalilar bilan umurtqasiz hayvonlar o’rtasida tura-digan oraliq formalar ekanligini birinchi marta atoqli rus embriologi A.O. Kovalevskiy aniqlagan. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Xordalilar tipiga hos hususiyatlarni ayting. 2. Lansetnikning yashash muhiti va tashqi tuzilishini tushuntiring. 3. Lansetnikning qon aylanish va ayrish sistemasi qanday tuzilgan? 4. Lansetnik qanday ko’payadi? 5. Lansetnik umurtqalilardan qaysi belgisi bilan farq qiladi? 6. Lansetnikning o’rganish qanday ahamiyatga ega bo’ldi? 7.Assidiyaning hazm qilish va qon aylanish sistemasini tushuntiring.  
 
8.Assidiya lichinkasining qaysi organlari voyaga yetish davrida regressiv 
o’zgarishga uchraydi? 
Glossariy 
1. Gesse ko’zchalar -  lansetnikda yorug’lik ta’sirotlarini qabul qiluvchi sezgi 
organi. 
2. Miomyer- (muskul sistemasi) butun gavda bo’ylab qator-qator o’rnashgan 
muskul segmentlari. 
3. Kyuv’e yo’llari- ( lansetnik venoz sistemasida) venalar keyindan oldingi, 
oldinidan keyingi tomonlarga qarab oqadi va halqumning orqasida o’zaro 
qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
4. Nefrostoma- bu nefridiyalarning (ayirish organi) jabra oldi bo’shlig’iga ochilish 
yo’llari (teshikchalari). 
5. Atriopor-  bu arterial bo’shliqqa tushgan jinsiy hujayralarnitashqi muhitga 
chiqarish yo’li 
 
8.Assidiya lichinkasining qaysi organlari voyaga yetish davrida regressiv o’zgarishga uchraydi? Glossariy 1. Gesse ko’zchalar - lansetnikda yorug’lik ta’sirotlarini qabul qiluvchi sezgi organi. 2. Miomyer- (muskul sistemasi) butun gavda bo’ylab qator-qator o’rnashgan muskul segmentlari. 3. Kyuv’e yo’llari- ( lansetnik venoz sistemasida) venalar keyindan oldingi, oldinidan keyingi tomonlarga qarab oqadi va halqumning orqasida o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladi. 4. Nefrostoma- bu nefridiyalarning (ayirish organi) jabra oldi bo’shlig’iga ochilish yo’llari (teshikchalari). 5. Atriopor- bu arterial bo’shliqqa tushgan jinsiy hujayralarnitashqi muhitga chiqarish yo’li