ATMOSFERA MONITORINGI
1. Tabiatdan foydalanishdagi tabiat qonunlari va qonuniyatlari
2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari
3.Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari
Tayanch iboralar:
Tabiat
qonunlari,
geojuftlik,
paragenetik
geotizim,
resurslarning
qashshoqlanishi, Landshaft xilma-xilligi, “tabiat-jamiyat” tizimi, ekologik toza
texnologiya, ekologik toza mahsulot, me’yorga yarasha, sabab-oqibatlar zanjiri,
voha, tuproq-meliorativ ahvol, chiqitsiz texnologiya.
Tabiat boyliklaridan foydalanish murakkab jarayon. Ayniqsa, hozirgi ilmiy-
texnik taraqqiyot bosqichida resurslarni xo‘jalik muomalasiga ko‘plab kiritilayotgan
bir paytda tabiiy muhit inson omili ta’sirida kuchli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmokda.
Buning oqibatida ekologik vaziyat jiddiylashmoqda, aholining sog‘ligiga putur
etmoqda, boyliklarning qashshoqlashishi tezlashmoqda, tabiat komponentlari
ifloslanmoqda va boshqalar. Bu vaziyatda tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslari
naqadar katta ahamiyat kasb etadi. Inson-tabiatning bir qismidir. Insonning tabiat
bilan aloqasi ularning o‘zaro ta’sirida seziladi. Insonning tabiat bilan o‘zaro
ta’sirining o‘ziga xosligi uning turmushining madaniy darajasida ifodalanadi.
Ma’lumki, ekologik ong yoki savodxonlik ekologik madaniyatni belgilaydi.
Ma’rifatparvarlardan biri shunday degan ekan: agar madaniyat stixiyali rivojlansa, u
holda undan so‘ng faqat cho‘l qoladi, bu gapning ma’nosi ancha chuqur, hozirgi
vaqtda bu o‘tmish haqida darak beribgina qolmay, balki kelajakka nisbatan ogoh
bo‘lishlik to‘g‘risida ham xabar beradi.
SHuni e’tiborga olib inson faoliyati jamiyatda tabiat qonunlariga qanchalik
rioya qilsa yoki mos kelsa, bu harakat jamiyat uchun ham foydalidir va aksincha,
uning faoliyati tabiat qonunlariga mos kelmasa, u holda jamiyat uchun ham yomon,
chunki bu holda resurslarning holati va sifatiga ta’sir etuvchi noqulay tabiiy
jarayonlar tarkib topishi tezlashadi. Fanda shu narsa ravshanki, tabiat va jamiyat bir
butun tizimdan iborat, bunda ayrim hodisalar bir-birlari bilan organik bog‘liqlikda
mavjud bo‘ladi. Tabiat o‘z tarkibiga juda ham ko‘plab aniq shakllarni birlashtiradi,
ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda va bog‘liqlikda rivojlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati tabiatda sodir bo‘lar ekan, u albatta tabiat
qonunlarini hisobga olishi, qonuniyatlarga rioya qilishi lozim, aks holda uning ishlab
chiqarish faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ish unumi, barqaror tarakqiyot,
mahsulot sifatini yaxshilash va boshqa sohalarda jiddiy yutuqlarga erishishda
oldinga siljish yuz bermaydi, shuningdek ekologik va iqtisodiy–ijtimoiy oqibatlar
ko‘lami ortib boradi.
P.N.G‘ulomov (1990) fikricha, inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’sirini
o‘rganishda quyidagi 4 ta jihatga alohida ahamiyat berish zarur:
1. Insonning xo‘jalik faoliyati geografik tizim (Landshaft)ning qanday
komponentiga, komponentlar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, uning ko‘lami qanday,
qanday natijalar ko‘zda tutiladi?
2. Insonning bu ta’siri tabiat komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda
qanday o‘zgarishlarga olib keladi?
3. Ma’lumki, tabiat komponetlarigina o‘zaro bog‘langan bo‘lmay, qo‘shni
geografik tizim (Landshaft)lar ham o‘zaro bir–biriga ta’sir ko‘rsatib turadi.
Binobarin, inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan geografik tizim qo‘shni
tizimlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
4. Geografik tizimlarga, Landshaftlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir
ularda muntazam ro‘y beradigan o‘zgarishlarga olib boradi.
Tabiatning tub qonunlaridan biri mavjud moddiy tizim va uni o‘rab turgan
atrof muhitning bir butunligi hisoblanadi. Bu holatni jamiyatga nisbatan qo‘llanilsa,
u holda uning geografik muhit bilan bir butunlik qonuni deb qarash mumkin.
Tabiatda, odatda bir hodisaning o‘zgarishi qo‘shni geotizimdagi huddi shunday
hodisaning o‘zgarishiga ta’sir etadi, bunda ular orasidagi bog‘liqlik qanchalik yaqin
bo‘lsa, o‘zaro ta’sir ham shunchalik kuchli bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun
tabiatdan foydalanishda bu qonunga rioya qilish naqadar muhim, ayniqsa geojuftlik,
paragenetik tizimlar (Orolbo‘yi va Orol dengizi, Balxashbo‘yi va Balxash ko‘li)da
bu tabiiy hodisa jiddiy kuzatiladi. Orol sathining tez sur’atlarda tushib ketishi tufayli
Orolbo‘yida sodir bo‘layotgan antropogen cho‘llanish hodisasi Amudaryo va
Sirdaryo
deltalarida
tabiiy
muhitning
tiklab
bo‘lmaydigan
darajada
o‘zgarishiga
olib
kelmoqda.
Tabiiy
muhitning
tezkorlik
bilan
taraqqiy
qilishida
Landshaft
(geotizim)larning xilma-xilligi qonuni ta’siri ustuvorlik qiladi. Aniqlanishicha,
hududda tabiiy muhit va resurslarning xilma – xilligi qanchalik ko‘p bo‘lsa,
jamiyatning rivojlanishi uchun ham qulay sharoit vujudga keladi. Aksincha, tabiiy
sharoit bir xil bo‘lib, boyliklar ham kambag‘al bo‘lsa, ishlab chiqarish quchlarining
rivojlanishi uchun imkoniyatlar kam bo‘ladi. Tabiiy muhit xilma-xil bo‘lgan
hududlarda insonniig xo‘jalik faoliyati ham faolroq yoki kuchli sodir bo‘lishligi
tufayli geotizimlarning o‘zgarishi ham tezligi bilan ajralib turadi. Bu jarayonda
moddiy tizim va atrof muhit birligi qonuni, Landshaftlar xilma-xilligi qonuni bir-
birini to‘ldiradi hamda ularning bir vaqtdagi harakati yuz berishi mumkin. Bu hodisa
Landshaftlarning tuzilmali-tadrijiy holati murakkab bo‘lgan hududlarda tabiiy
muhitning tezkorlik bilan o‘zgarishi natijasida rivojlanadi. U hududda tabiiy
geografik sharoitning xilma-xilligi va shu munosabat bilan tabiiy majmualarning bir-
biridan keskin farq qilishi bilan bog‘liq. Ushbu qonunlarning ta’siri natijasida katta
hududlarda tabiiy (ekologik) sharoitlarning o‘zgarishi kuzatiladi.
Tabiiy qomponentlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik, aloqa, hamjihatlik
munosabatda bo‘lish qonuni muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tashqi ta’sir
natijasida biror komponentning o‘zgarishi boshqa komponetlarga ham ta’sir etadi,
binobarin bu jarayonda geotizim ham ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi. SHu
munosabat
bilan
tabiatdan
foydalanish
jarayonida
bu
qonunga
amal
qilmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tabiatdan foydalanish murakkab va serqirra jarayon, bunda ko‘pgina
omillarga muntazam ahamiyat berish talab etiladi. Avvalo me’yor, qo‘llaniladigan
texnologiya, ish rejimi, chiqindilarni ushlab qolish (yig‘ish) va ularni majmuali qayta
ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish texnologiyasi
jarayonining murakkabligiga qarab kam chiqindili yoki berk texnologiyaga o‘tish
masalalarini bosqichma-bosqich hal qilish asosiy maqsad bo‘lishi lozim. Bunday
vaziyatda atrof muhitning korxonalar chiqindilari hisobiga ifloslanishi kamayib
boradi.
Tabiat boyliklaridan foydalanishda hududning geografik sharoitini hisobga
olish naqadar ahamiyatli, ko‘p hollarda bunga amal qilmaslik oqibatida nomaqbul
hodisalarning shakllanishi sodir bo‘lishi natijasida tabiat va jamiyat jiddiy zarar
ko‘radi. Bu borada hududiy va mahalliy sharoitlar hamda qonuniyatlarni e’tiborga
olish eng zaruriy shart hisoblanadi. (Tabiatdan foydalanishning turli nazariy
jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar: Rafiqov A.A., Abirqulov Q.N., Xojimatov A.N.
tomonidan yozilgan “Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti”. T, 2004. O‘quv
qo‘llanmasida ham batafsil yoritilgan).
V.A.Anuchin (1978)ning ta’kidlashicha, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir qonunlarini bilmaslik biosfera resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishga
olib keladi. Uning fikricha, tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liqlik qonuniga
ko‘ra birorta komponentning o‘zgarishi tabiiy muhitning o‘zgarishiga sababchi
bo‘ladi.
«Tabiat—jamiyat» tizimidagi o‘zgarishda ikki qonuniyatni kuzatish
mumkin: 1) jamiyatning tabiatga ta’siri borgan sari oshib bormoqda;
2) jamiyat borgan sari tabiiy muhitga qaram bo‘lib bormoqda. Bunda birinchi
qonuniyatning kuchayib borayotganligi ikkinchi qonuniyatni keltirib chiqarmoqda.
6.2. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari
Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat-ekologik toza
texnologiya va mahsulot-ekologik tozalik va salomatlik tizimlarida ishlab
chiqarishni tashkil qilish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan
geoekologik asoslar geografik tamoyillarga yaqin turadi yoki ularni to‘ldiradi, ular
bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqada rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanishda shunday
ilmiy tamoyillarga asoslanish zarurki, bunda tabiat ham, jamiyat ham aziyat
chekmasligi lozim. Biosferada tabiiy komponentlarning bir-birlari bilan o‘zaro
muvozanatda bo‘lishi bilan birga, tirik tabiat bilan notirik tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
ekologik muvozanat tamoyiliga ko‘ra har bir tabiiy chegaralangan hududda ikki
turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat mavjud bo‘ladiki, bunda ular bir-
birlarini ma’lum muvozanatda bo‘lishligini taqazo qiladi. Lekin ulardan birining
tashqi
ta’sir natijasida buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) muvozanatning ishdan
chiqishiga olib keladi. Ushbu buzilishning parametrlari asosida sodir bo‘lgan hodisa
boshqa bir necha hodisalarning tarkib topishiga ta’siri bilan belgilanadi (sabab-
oqibatlar zanjirining bir-birlari bilan tutashib ketishi). Ekologik muvozanat juda ham
mo‘rt bo‘lib, ko‘p hollarda Landshaftlarning suv maromi, o‘simlik olamining
qashshoqlashishi, tuproq qoplamining buzilishi bilan bog‘liq (Orolbo‘yi,
Balxashbo‘yi va boshqalar).
Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar
echimida amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va kundalik
turmushda, vujudga kelgan turli qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning atmosfera
va suv havzalari, tuproqqa chiqarishdan oldin ularni obdon tozalab, butunlay
zararsizlantirilganidan so‘ng tabiiy muhitga chiqarish zarurligini asoslaydi. Mazkur
tamoyilning amaliyotda tatbiq etilishi atrof muhit ifloslanishini to‘xtatish va uni
barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi. Bizningcha, avvaliga qisman,
keyinchalik vaqt mobaynida to‘liq amal qilishga bosqichma-bosqich o‘tish bilan
tabiiy muhitning tozalanishiga erishish mumkin bo‘ladi.
Tabiat resurslaridan me’yoriga yarasha foydalanish tamoyilining oldingi
tamoyil bilan birgalikda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini
taqazo etadi. Tabiat va uning resurslari cheksiz emas, ular o‘z o‘lchamiga ega.
Ularning ifloslanishi esa foydalanish jarayonini murakkablashtiradi, su’niy
taqchilliklarga sabab bo‘ladi. Binobarin, tabiiy boyliklardan ehtiyoj va me’yorga
katta e’tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish ayni muddao. Bu borada
tiklanadigan, tiklanmaydigan, ikkilamchi resurslarning barcha o‘lchamlarini hisobga
olgan holda me’yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha turdagi ishlab
chiqarish jarayonida va insonning kundalik turmushida qo‘llanilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualiligi va bu borada tadbirlarni
ekologik jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy
ta’sirini iloji boricha kamaytirishga, muhitning tozalanishiga, aholining turli
kasalliklarga mubtalo bo‘lmasligiga ijobiy ta’sir etadi. Tabiiy resurslardan
foydalanish chog‘ida barcha texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan atrof
muhitga ta’siri eng kichik ko‘rsatkichlarga qadar pasaytirilishi ekologik
muammolarning
echimini
tezlashtiradi.
Bunga
chiqindisiz
texnologiya,
biotexnologiya, innovatsion texnologiya kabi ishlab chiqarish jarayonlarini
qo‘llashga o‘tish bilan erishiladi.
Ikkilamchi resurslarni majmuali to‘liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish
bilan ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag‘darmalar va
boshqalarni, maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash
bilan atrof muhitning ifloslanishini va yaylovlarning band bo‘lishini oldi olinadi.
6.3. Tabiiy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari
Tabiiy muhitni optimallashtirish-tabiat bilan hamkorlik tamoyilini hayotga
tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u
a) tabiiy muhitni hayot, jamiyatning faoliyati va rivojlanishining optimal
sharoitlarini ta’minlash uchun maqsadli o‘zgartirish (turli meliorativ tadbirlarni,
halokatli stixiyaviy jarayonlarni kuchsizlantirish, himoyalanish va ularni bartaraf
qilish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish);
b) insonning tabiatga ta’sirini cheklash va tartibga solish (ishlab chiqarish
chiqindilarini zararsizlantirish, suv, havo va tuproqlarning ifloslanishiga, biotaning
zarar ko‘rishi va yo‘qolishiga qarshi kurashish va boshqalar)ni nazarda tutadi.
Tabiatdan oqilona foydalanishda optimallashtirishning har ikkala vazifasi o‘zaro
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Tabiatdan foydalanishda muhim bo‘g‘inni
tabiatni maqsadli o‘zgartirish ishlari tashkil etadi. Tabiatni o‘zgartirishning umumiy
maqsadi Landshaftlarning mahsuldorligini oshirish va inson hayotining ekologik
sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Masalan, cho‘l Landshaftlaridan sug‘oriladigan
dehqonchilikda foydalanish jarayonida tabiiy Landshaftlarga nisbatan biologik
mahsuldorligi va ekologik sharoitlari ko‘p marta yuqori va qulay bo‘lgan voha
Landshaftlari shakllanadi.
Kishilarning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati ko‘p jihatdan muhitning
holatiga bog‘liq. Kishilarning turli faoliyatida atrof muhit moddiy ishlab
chiqarishning asosini tashkil etadi va ayni bir paytda yashash muhiti sifatida
namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish deyarli to‘liq tabiiy resurslarga asoslanadi.
CHunki, tabiatning kishilar ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishda
foydalaniladigan hamda uning xom ashyo va energiya manbasini tashkil etadigan
barcha elementlari tabiiy resurslarni tashkil etadi. YUqorida ta’kidlanganidek,
tabiatdan foydalanish jarayonida kishilarning hayotiy faoliyati uchun noma’kbul
oqibatlar ham yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. SHu sababli tabiatdan
foydalanishning tarkibiy qismi bo‘lgan atrof muhitni muhofaza qilish tushunchasi
atrof muhitning texnologik hamda maishiy chikindilar bilan ifloslanishiga bog‘liq
bo‘lgan muammolarga ham qo‘llaniladi.
Tabiatdan oqilona foydalanish yuqori ijtimoiy-iqtisodiy va noiqtisodiy
(antropoekologik, estetik, ahloqiy, gigienik va boshqalar) samara olishni taqazo
etadi. SHunday qilib, tabiatdan foydalanish-jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sirni optimallashtirishni ta’minlaydigan tadbirlar tizimidir. CHunki, tabiatdan
foydalanishning asosiy muammosini undan har tomonlama va eng samarali
foydalanish maqsadida jamiyatning tabiatga ta’sirini optimallashtirish tashkil etadi.
Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish muammosining echimi tabiiy
resurslardan (birinchi navbatda mineral xom ashyo, suv resurslaridan), tejamkorona,
majmuali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ishlab chiqarish
tarmoqlarining noxush ta’sirini bartaraf qilish yoki cheklash bilan bevosita bog‘liq.
(S.Abdullaev va boshqalar, 2013).
Tabiiy boyliklardan foydalanish ma’lum strategiya va taktikaga asoslanishi
lozim, chunki ularning ba’zilari tugallanadigan, (tiklanmaydigan) guruhlarga oid
bo‘lsa, qolganlari tugamaydigan va tiklanish xususiyatiga ega. Ba’zan tugamaydigan
resurslar juda kuchli darajada foydalanishi tufayli ma’lum davrgacha sifatsiz holga
kelishi mumkin. Mineral xom ashyolardan foydalanishda ma’lum ilmiy tamoyilga
asoslanish o‘ta zarur. Bu borada majmualik tamoyili juda ham asqotadi. Tabiatda
faqat bir elementdan tashkil topgan qazilma boylik kamdan-kam uchraydi, ko‘p
holatlarda 2-3 va undan ko‘p, ba’zan 15-20 xil foydali elementlardan tashkil topgan
konlar uchraydi. Konlardan foydalanishda aksariyat kerakli boylik ajratib olingan
holda qolganlari (masalan, sochilma elementlar) ag‘darma sifatida terrikonlarda
to‘plana boradi. Bu jarayonda ularning sifati buziladi, isrof bo‘ladi, atrof muhitga
zarar keltiradi. Ushbu noxush hodisaning oldini olish va ko‘proq iqtisodiy samara
olish maqsadida konlardan majmuali foydalanish, ya’ni barcha foydali elementlarni
bir vaqtda ajratib olishni yo‘lga qo‘yish ayni muddaodir, bu hamma jihatdan ham
foydalidir, atrof muhit zarar ko‘rmaydi, ortiqcha terrikonlar vujudga kelmaydi,
yaylovlar maydoni qisqarmaydi. Demak, mineral xom ashyolardan foydalanishda
majmualik tamoyili ustuvor bo‘lgan holda unga hamma konlarda muntazam rioya
qilinishi maqsadga muvofiq.
Sug‘oriladigan erlar iqtisodiy jihatdan eng samarali ekanligi barchaga ayon.
Biroq sug‘orma erlardan olinadigan yalpi mahsulot miqdori va ularning tannarxi turli
vohalarda turlicha, boshqacha aytganda iqtisodiy samara bir-biridan keskin farq
qiladi. Bunday ahvolni tahlil qilish natijalariga ko‘ra hamma gap erlarning meliorativ
holatida ekanligiga kelib taqaladi. Darvoqe, iqtisodiy samara ustun bo‘lgan
vohalarda tuproq-meliorativ sharoit ekinlarni o‘sishi uchun qulayligi bilan
tavsiflanadi va aksincha. Meliorativ ahvol og‘ir bo‘lgan viloyatlarda suvdan
foydalanish ham izdan chiqqan, ya’ni gektar hisobiga sarf qilinadigan suv miqdori
kattaligi bilan ajralib turadi. Er-suvdan omilkorlik bilan foydalanish va iqtisodiy
samaraga erishish uchun eng avvalo erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash,
suvdan rasamadiga yarasha foydalanish texnologiyasini joriy etish va shundan so‘ng
agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarni qo‘llashga o‘tish ma’qul. CHunki, erlarni
obdon sho‘rsizlantirmaguncha ularga mineral o‘g‘it solish va boshqa tadbirlar
samaradorligi mutlaqo sezilmaydi.Vohalarda erdan foydalanish eng avvalo tuproq-
meliorativ
ahvolni
tubdan
yaxshilash,
ekinlarni
sug‘orishning
me’yoriy
ko‘rsatkichlar
asosida
amalga
oshirish
(sug‘orish
texnikasini
yanada
takomillashtrish) ustuvor yo‘nalish bo‘lishi lozim. Mazkur yo‘nalishdagi taraqqiyot
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutiladi, ishlarni meliorativ sharoit
og‘ir bo‘lgan Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘lidan
boshlanishi maqsadga muvofiq.Tabiatdan foydalanish jarayonida barcha resurslar
bo‘yicha ham eng ustuvor yo‘nalishlar aniqlanishi va hayotga tatbiq etilishi bozor
iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, tabiatdan foydalanishda
dunyo andozalariga asoslanish (namunalilariga) yuqori iqtisodiy samara beradi,
tabiat salohiyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish imkoniga ega bo‘linadi.
Adabiyotlar
1. Abbosov.S.B. Tabiatdan foydalanishning geoekologik shakl va tamoyillari //
O‘zGJ Axboroti. T., 2003, 23-jild, 59-60-b.
2. Abdullaev S.I. va b. Geoekologiya ilmiy va o‘quv fani sifatida // O‘zGJ Axboroti.
T., 2010, 35-jild, 68-71-b.
3. Bogucharskov V.T. Istoriya geografii. M.-Rostov n/d.: MART, 2004.
4. Zokirov SH.S. Ekologik vaziyatlar va Landshaftlarni o‘rganishning ba’zi nazariy
masalalari // Istiqlol va geografiya. II qism. T.: O‘zRGJ, 1995, 141-142-b.
5. Zokirov SH.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T.: Universitet, 1999.
6. Isachenko A.G. Vvedenie v ekologicheskuyu geografiyu. SPb., 2003.
7. Makunina G.S. Geoekologiicheskie kompleksы regionalnogo urovnya:
konsepsiya, klassifikatsiya, sistemnaya struktura, otsenka i prognoz // Geografiya i
prirodne resursy. 1990, № 3.
8. Mirakmalov M.T., SHaripov SH.M. Professor A.A.Rafiqovning geoekologiya
ilmiy maktabi // O‘zGJ Axboroti. T., 2012, 41-jild, 59-62-b.
9. Nazarov I.Q. Geoekologiya prioretetnoe integralnoe geograficheskoe nauchnoe
napravlenie // O‘zGJ Axboroti. T., 1998, 19-jild, 14-17 b.
10. Nazarov I.Q. va boshqalar. Geografiya va hududlar ekologiyasi: muammolar va
vazifalar // O‘zGJ Axboroti. T. 2012, 40-jild, 10-13 b.
11. Nazarov I.Q. Geografiya fanining asosiy muammolari. T.: Muharrir, 2013.
12. Nigmatov N.A., Rasulov A.B. Geografik ekologiyaning ilmiy – nazariyasiga doir
mulohazalar // O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari.
Samarqand, 2013, 14-15-b.