ATMOSFERA SIRKULYATSIYASI. SHAMOLLAR
Yer yuzasidagi yoki yuqoriroqdagi ikki nuqtaning atmosfera bosimidagi farq
havo massalarining gorizontal harakatiga, ya’ni shamollarga sabab bo’ladi.
Bosimdagi farq havo qarsxiligini yenga oladigan va uni harakatga keltira oladigan
darajada katta bo’lgandagina shamol hosil bo’ladi. Albatta, bosim farqi ma’lum bir
masofaga nisbatan olinishi lozim. Bosimning past bosim tomonga qarab har 100 km
da mb hisobida kamayishi gorizontal barik gradient deb ataladi.
Shunday qilib, barik gradient bosim farqining o’lchovi va havo oqimi
kuchining ko’rsatkichidir. Shamolning tezligi barik gradientga to’g’ri proporsional
bo’ladi. Shamol tezligi m/sek hisobida, ba’zan esa, masalan, aviatsiyada km/soat
hisobida o’lchanadi. Yer yuzasi yaqinida shamolning tezligi 0 m/sek dan 12-15
m/sek gacha, ko’pincha 4-8 m/sek bo’ladi, bo’ron turgan ayrim paytlarda 100 m/sek
ga ham yetishi mumkin. Shamolni 12 ballga bo’lish qabul qilingan (4-jadval).
Shamoldagi havo oqimi turbulent harakterga ega, turbulent oqimda
shamolning tezligi va yo’nalishi tez o’zgarib turadi. Shuning uchun shamol ikki
asosiy ko’rsatkich bilan ifodalanadi: shamol harakatining yo’nalishi va uning tezligi.
Shamolning yo’nalishi ufqning qaysi tomonidan (ya’ni qaysi rumbda)
esayotganiga qarab belgilanadi; agar shamol shimoldan essa, u shimoliy, g’arbdan
essa, u g’arbiy deb ataladi.
Meteorologiyada shamol yo’nalishini belgilashda odatda 8 yoki 16 rumbdan
foydalaniladi va ularning nomi o’zbek yoki lotin alifbosidagi harflari bilan yoziladi.
To’rt asosiy rumblar quyidagi harflar bilan belgilanadi: Sh - shimol, Shq - sharq, J -
janub, G’ - g’arb. Yoki N - nort (shimol), E - ost (sharq), S - zyuyd (janub) va W -vest
(g’arb) (40–rasm).
4-jadval
Shamol teziligi bo’yicha Boffort shkalasi
Bofort
balliari
Shamolning
kuchi
bo’yicha
turlari
Shamolning
o’rtacha
tezligi, m/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, km/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, uzlov
Shamol harakati
0
Shtil
0—0,2
< 1
0—1
Shamolsiz. Tutun
tiklik bo’ylab
ko’ratiladi.
Daraxtlarning
bargi
qimirlamaydi.
1
Tinch
0,3—1,5
1—5
1—3
Shamol harakatini
flyuger sezmasada,
lekin tutun
yo’nalishi nisbatan
o’zgaradi.
2
Engil
1,6—3,3
6—11
4—6
Shamol yo’nalishi
yuzga seziladi,
barglar shtirlaydi,
flyuger harakatga
keladi.
3
Kuchsiz
3,4—5,4
12—19
7—10
Shamol yengil ri-
vojlanadi, daraxt-
larning barg va
novdalari tebra-
nadi.
4
Mo’’tadil
5,5—7,9
20—28
11—16
Daraxtlarning
ingichka novdalari
harakatga keladi,
shamol chang-
Bofort
balliari
Shamolning
kuchi
bo’yicha
turlari
Shamolning
o’rtacha
tezligi, m/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, km/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, uzlov
Shamol harakati
to’zonni yuzaga
keltiradi.
5
Svejiy
8,0—10,7
29—38
17—21
Shamol harakati
qo’lga seziladi,
daraxtlarning
ingichka novdalari
harakatga keladi.
6
Kuchli
10,8—13,8
39—49
22—27
Daraxtlarning
yo’g’on shoxlari va
elektr simlari
tebranadi.
7
Qattiq
13,9—17,1
50—61
28—33
Daraxtlarning
tanasi qimirlaydi
8
Juda qattiq
17,2—20,7
62—74
34—40
Shamolga qarshi
yurish
qiyinlashadi,
daraxtlarning shox-
larini sindiradi.
9
Dovul
20,8—24,4
75—88
41—47
Binolarning
tomlarini buza
boshlaydi, Shamol
sezilarli zarar
yetkazadi.
10
Kuchli dovul 24,5—28,4
89—102
48—55
Qurilish binolariga
yetarlicha zarar
yetkazadi,
daraxtlar-ning
Bofort
balliari
Shamolning
kuchi
bo’yicha
turlari
Shamolning
o’rtacha
tezligi, m/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, km/s
Shamolning
o’rtacha
tezligi, uzlov
Shamol harakati
ildizi bilan
qo’poradi.
11
Qattiq dovul 28,5—32,6
103—117
56—63
Kamdan-kam
kuzatilib, atrof-
muhitga katta zarar
keltiradi.
12
To’fon
> 32,6
> 117
> 64
Binolar, uy va
qurilishga jiddiy
zarar yetkazib,
daraxtlarni ildizi
bilan qo’poradi,
o’simliklar nobud
bo’ladi.
40-rasm. Shamollar guli
Shamol tezligi m/s bilan o’lchanadi, lekin ba’zi bir holat-larda km/soatda
yoki shartli miqdorda - balda berilishi mum-kin, unda bu miqdor shamol kuchi
deb ataladi.
Shamolning yo’nalishi va tezligi vaqt oralig’ida bir xil bo’lmaydi.
Shuning uchun shamolni kuzatish 2 minutdan kam bo’lmasligi kerak va shu
bilan havo oqimining yo’nalishi va tezligi bo’yicha o’rtacha miqdor olingan
deb hisoblanadi.
O’zbekiston hududida shamollar sharoiti nihoyatda turli-tuman bo’lib,
joyning
past-balandligiga
(relefiga)
bog’liq.
Yil-ning
katta
qismida
tekisliklarda shimoliy yo’nalishdagi sha-mollar ustivor bo’ladi, ya’ni qishda
shimoliy va shimoli-sharqiy, yozda esa shimoliy va shimoli-g’arbiy
yo’nalishdagi shamollar ko’proq kuzatiladi,
Shamolning o’rtacha tezligi asosan 3 - 4 m/s dan oshmaydi. Faqat
respublikaning shimoli-g’arbiy qismida - Orol dengizi atrofida u 5 m/s ga
yetadi.
Kun davomida o'z yo'nalishini ikki marta o'zgartiradigan den-giz va katta
ko'llar soxilida ko'p kuzatiladigan mahalliy shamollar - brizlar deyiladi (41-rasm).
41-rasm. Dengiz (A) va quruqlik (B) brizlari.
Bahor faslida shamol, odatda, boshqa paytlarga qaraganda kuchliroq
esadi.
O’zbekiston hududida kuchli shamollar (15 m/s va undan yuqori), asosan,
o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan joylarda kuzatiladi.
Tekisliklarda kuchli shamollarning ko’proq takrorlanadigan o’choqlari
Qizilqum cho’lining markazida bo’lib, u yerda botiqlik va tepalik joylar tor
oraliqni hosil qiladi.
Kuchli shamollar kuzatiladigan yillik kunlar soni Tomdi meteostansiyasi
atrofida 30 dan ko’proq, Qulquduqda esa 85 ga etadi. Bunda shamolning
maksimal tezligi 45 - 50 m/s ni ta shkil etadi.
Tog’ va tog’oldi hududlarda sharqiy va shimoliy-sharqiy yo’nalishdagi
shamollar ko’proq kuzatiladi. Iyulning issiq davrida bu yerda tog’-vodiy
shamollari ustivor bo’lib, kunduzi vodiy va yonbag’irlar bo’ylab yuqoriga
(vodiydan) va tunda pastga (tog’dan) qarab esadi (42-rasm). Qishda esa,
asosan, tog’ shamollari ustivorlik qiladi.
Tog’li vodiylarda bir necha kun davomida uzluksiz ravish-da pastga
yo’nalgan shamollar tez-tez uchraydi.
Bu shamollarning tezligi, odatda, unchalik katta emas, ya’ni 3-5 m/s ni
tashkil etadi. Lekin ularning yo’lida tor oraliqlar uchrasa, ma’lum bir sharoitda
shamolning kuchayishi dovul darajasiga yetadi.
42-rasm. Tog’-vodiy shamollari
Bunga misol qilib Farg’ona vodiysining g’arbga qaragan tor joyidan
chiqadigan, «ursatev» deb nomlangan shamolni keltirish mumkin. Yangiyer va
Bekobod tumanlarida uning tezligi 40 m/s gacha yetadi.
Kuchli shamollar, asosan, ma’lum bir sinoptik jarayonlarda vujudga
keladi. Hatto ular o’z nomlariga ega, ya’ni bahorda ko’proq uchraydigan
tog’oldi kuchli g’arbiy yo’nalishdagi «Qo’qon», «Afg’on» shamollari shular
jumlasidandir.
Shamolni kuzatishlarga quyidagilar kiradi:
a) o’rtacha shamol tezligini 2 min yoki 10 min vaqt oralig’ida
(kuzatishlarda foydalanayotgan asbobning texnika imkoniyatlariga bog’liq
holda) o’lchash;
b)
yuqorida ko’rsatilgan vaqt oralig’idagi oniy shamol tezligining
maksimal qiymatini (shamolning birdan kuchayishi paytidagi tezligi) aniqlash;
c) shamolning 2 min davomidagi o’rtacha yo’nalishi.
Tadqiqotlarning vazifasiga qarab shamolni o’lchaydigan turli asboblar va
kuzatish usullaridan foydaniladi.
Masalan, shamol yo’nalishi flyuger orqali o’rganiladi.
Flyuger (niderlancha Vleugel – so’zidan olingan) - shamol
yo’nalishining o’zgarishini aniqlashga yordam beruvchi meteo-rologik asbob
(43-rasm).
Meteorologik stansiyalarda shamolning tezligi va yo’nali-shini uzluksiz
yozilishi natijasida 1 soat davomidagi shamol tezligining o’rtacha qiymati, 1
soat ichidagi oniy tezlikning qiy-mati va 1 soat davomidagi o’rtacha tezlikka
tegishli shamol-ning yo’nalishi aniqlanadi.
Dala sharoitida havoning yer ustki qatlamidagi shamol tez-ligini
aniqlashda anemometrlarning har xil, ya’ni kosali, kon-taktli yoki induksiyali
turlaridan foydalaniladi (44-45 rasmlar).
43-rasm. Zamonaviy flyuger va shamol yo’nalishini aniqlagich.
Kosali va kontaktli anemometrlar odatda atmosferaning quyi qatlamidagi
issiqlik va namlikning turbulent oqimini hi-soblash uchun zarur gradient
o’lchashlarida qo’llaniladi. Ular yordamida kerakli vaqt oralig’i: bir necha
daqiqadan 1 - 3 soat-gacha shamolning o’rtacha tezligini o’lchash mumkin.
Induksiyali anemometrlar oniy tezlikni (2-3 daqiqa davo-mida) aniqlash
uchun
qo’llaniladi.
Bunday
kuzatishlar,
misol
uchun,
balansomer
ko’rsatmasiga kiritiladigan shamolga tuzat-mani aniqlash uchun zarur.
Qo’l anemometri - ayrim vaqt oralig’idagi shamolning o’r-tacha tezligini
o’lchash uchun xizmat qiladi (45-rasm).
44-rasm. Kosachali anemometr
45-rasm. Qo’l va cho’ntak anemometrlari.