ATMOSFERA UYURMALARI. SIKLON VA ANTISIKLON

Yuklangan vaqt

2025-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

51,4 KB


 
 
 
 
ATMOSFERA UYURMALARI. SIKLON VA ANTISIKLON 
 
Atmosferadagi eng notinch sohalar hisoblangan havo massalarining 
chegaralarida ko’pincha katta uyurmalar vujudga keladi. Bu uyurmalar bizdagi ob-
havoning tinmay o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Endi ana shu atmosfera uyurmalari - 
siklon va antisiklonlar bilan tanishib o’taylik. 
Siklon. Agar turli zichlikka ega bo’lgan sovuq va iliq havo massalari front bo’ylab 
qarama-qarshi tomonga surilsa, front chizig’i egiladi va unda atmosfera to’lqinlari hosil 
bo’ladi. Bunda iliq havo sovuq havo ustiga chiqa boshlaydi. Sovuq havo esa iliq havo 
ostiga kira boshlaydi. Natijada doiraviy havo harakati -uyurma hosil bo’ladi. Bunday 
uyurma markazida iliq va sovuq frontning bir qismi joylashgan bo’ladi. Havo bosimi 
markazida minimal qiymatiga ega bo’lib, chekkasiga qarab ortib boradigan uyurmaga 
siklon («siklon» - doiraviy) deyiladi (46-rasm). 
 
 
 
Siklonlar 
 
Siklonning markazida havo bosimi past bo’lganligi uchun uning 
chekkalaridagi havo to’ppa-to’g’ri uning markaziga qarab intilishi kerak edi. 
Logotip
ATMOSFERA UYURMALARI. SIKLON VA ANTISIKLON Atmosferadagi eng notinch sohalar hisoblangan havo massalarining chegaralarida ko’pincha katta uyurmalar vujudga keladi. Bu uyurmalar bizdagi ob- havoning tinmay o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Endi ana shu atmosfera uyurmalari - siklon va antisiklonlar bilan tanishib o’taylik. Siklon. Agar turli zichlikka ega bo’lgan sovuq va iliq havo massalari front bo’ylab qarama-qarshi tomonga surilsa, front chizig’i egiladi va unda atmosfera to’lqinlari hosil bo’ladi. Bunda iliq havo sovuq havo ustiga chiqa boshlaydi. Sovuq havo esa iliq havo ostiga kira boshlaydi. Natijada doiraviy havo harakati -uyurma hosil bo’ladi. Bunday uyurma markazida iliq va sovuq frontning bir qismi joylashgan bo’ladi. Havo bosimi markazida minimal qiymatiga ega bo’lib, chekkasiga qarab ortib boradigan uyurmaga siklon («siklon» - doiraviy) deyiladi (46-rasm). Siklonlar Siklonning markazida havo bosimi past bo’lganligi uchun uning chekkalaridagi havo to’ppa-to’g’ri uning markaziga qarab intilishi kerak edi.
Lekin Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli vujudga keluvchi kuch 
ta’sirida shimoliy yarim sharda harakatlanuvchi hamma jismlar o’ngga 
buriladi. Bunga misol qilib, daryolarning o’ng qirg’oqlarining shu sababga 
ko’ra ko’proq yuvilib ketishi, temiryo’llarning o’ng tomondagi relslarining 
tezroq yeyilib siyqalanishini keltirish mumkin. Xuddi shunday hodisa siklonda 
ham ro’y beradi, ya’ni shamol o’ngga buriladi. Natijada, siklon markaziga 
yo’nalgan havo markaz tevaragida soat millariga qarshi yo’nalishda aylanuvchi 
uyurmalarni hosil qiladi. 
Siklon diametrining kattaligi har xil bo’ladi. Ba’zan siklon diametri bor-
yo’g’i bir necha yuz kilometr bo’lsa, ba’zan 4000 - 5000 km keladigan 
maydonni - butun bir materikni egallashi mumkin (47-rasm). 
 
 
 
47-rasm. 2004-yil 26-martda kuzatilgan janubiy Atlantikadagi 
Katarina sikloni. 
O’rta Osiyoga keladigan janubiy Kaspiy va Murg’ob siklonlari 
Yevropaga, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismiga janubdan va janubi 
g’arbdan kelayotgan siklonlardan diametrining kichikligi, jadallik darajasining 
pastligi bilan ajralib turadi. 
Siklonda iliq va sovuq front bo’lganligi sababli uning hamma joyida bir 
xil bulutlar paydo bo’lmaydi. Sovuq front iliq frontdan tezroq harakat qilishi 
sababli ikki front oralig’idagi siklonning iliq havo egallagan sektori asta-sekin 
toraya boradi. Nihoyat siklonning sovuq hamda iliq frontlari bir-biriga 
qo’sxilib ketadi, ya’ni okklyuziya fronti hosil bo’ladi. 
Logotip
Lekin Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi tufayli vujudga keluvchi kuch ta’sirida shimoliy yarim sharda harakatlanuvchi hamma jismlar o’ngga buriladi. Bunga misol qilib, daryolarning o’ng qirg’oqlarining shu sababga ko’ra ko’proq yuvilib ketishi, temiryo’llarning o’ng tomondagi relslarining tezroq yeyilib siyqalanishini keltirish mumkin. Xuddi shunday hodisa siklonda ham ro’y beradi, ya’ni shamol o’ngga buriladi. Natijada, siklon markaziga yo’nalgan havo markaz tevaragida soat millariga qarshi yo’nalishda aylanuvchi uyurmalarni hosil qiladi. Siklon diametrining kattaligi har xil bo’ladi. Ba’zan siklon diametri bor- yo’g’i bir necha yuz kilometr bo’lsa, ba’zan 4000 - 5000 km keladigan maydonni - butun bir materikni egallashi mumkin (47-rasm). 47-rasm. 2004-yil 26-martda kuzatilgan janubiy Atlantikadagi Katarina sikloni. O’rta Osiyoga keladigan janubiy Kaspiy va Murg’ob siklonlari Yevropaga, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismiga janubdan va janubi g’arbdan kelayotgan siklonlardan diametrining kichikligi, jadallik darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Siklonda iliq va sovuq front bo’lganligi sababli uning hamma joyida bir xil bulutlar paydo bo’lmaydi. Sovuq front iliq frontdan tezroq harakat qilishi sababli ikki front oralig’idagi siklonning iliq havo egallagan sektori asta-sekin toraya boradi. Nihoyat siklonning sovuq hamda iliq frontlari bir-biriga qo’sxilib ketadi, ya’ni okklyuziya fronti hosil bo’ladi.
Siklonlar havo massalari chegarasida qayta-qayta hosil bo’ladi. Bir siklon 
so’nayotganda ikkinchi siklon yaxshi rivoj-langan, uchinchi siklon esa vujudga 
kela boshlagan bo’ladi. Sik-lon-lar 5 - 6 kun yashaydilar va shu vaqt ichida 
g’oyat katta ma-sofani bosib o’ta oladilar. Siklon bizga yaqinlashganda, bosim 
pasaya boradi, shamol kuchayadi. Oldin bizga siklonning iliq fronti 
yaqinlashgani uchun bulutlar paydo bo’ladi, ayrim paytlari yomg’ir yog’a 
boshlaydi. Iliq front, ya’ni keyin siklon-ning iliq sektori keladi, harorat 
ko’tariladi, bosimning pasayishi deyarli to’xtaydi. 
Siklonning sovuq fronti yaqinlashganda esa baland paxta xirmonlariga 
o’xshash yomg’irli to’p-to’p bulutlar hosil bo’ladi va kuchli yog’in yog’a 
boshlaydi. Harorat keskin pasayib, bosim orta boradi. Siklonning turli 
sektorida ob-havo har xil bo’ladi. Siklonlar bizga ko’pincha yog’inli ob-havoni 
olib keladi. 
Siklonlar bizning hududimizga ko’pincha janubi-g’arbdan, kamroq 
g’arbdan keladi. O’rta Osiyoda yirik siklonlar kamdan-kam uchraydi. Siklon 
olib keladigan shamollar kuchli bo’lsa ham, uncha zarar yetkazmaydi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, kuzatiladigan siklonlarning 57% i O’rta 
Osiyo hududidan o’tadi, 37% i esa shu yerda tashkil topadi va bor-yo’g’i 6% i 
tarqalib ketadi . 
O’rta Osiyoda kuzatiladigan siklonlarning o’rtacha yillik tezligi soatiga 
31 km (10 yillik kuzatish natijasiga asosan) ga teng. Ayrim vaqtlarda 
siklonlarning tezligi soatiga 70 - 80 km ham bo’ladi. 
Antisiklon. Markazida havo bosimi maksimal qiymatga ega bo’lib, 
chekkasiga qarab asta-sekin kamayib boradigan uyurmaga antisiklon deyiladi. 
Shuning uchun ham havo uyurma markazidan chetga qarab harakat 
qiladi. Uning o’rnini yuqoriroq qatlamdagi havo massasi egallay boshlaydi. 
Havo pastga tushganda qisiladi va buning natijasida isiydi, undagi bulutlar 
asta-sekin tarqaladi. Shuning uchun ham antisiklonlar bizning hududimizdan 
o’tayotganda yozda ochiq va issiq, qishda esa sovuq havoni olib keladi. 
O’rta Osiyo hududida kuzatiladigan antisiklonlarning 70% i shu 
hududdan o’tib ketadi, 22% i shu yerda tashkil topadi va bor-yo’g’i 8% i shu 
hudud ustida yo’qolib ketadi . 
Logotip
Siklonlar havo massalari chegarasida qayta-qayta hosil bo’ladi. Bir siklon so’nayotganda ikkinchi siklon yaxshi rivoj-langan, uchinchi siklon esa vujudga kela boshlagan bo’ladi. Sik-lon-lar 5 - 6 kun yashaydilar va shu vaqt ichida g’oyat katta ma-sofani bosib o’ta oladilar. Siklon bizga yaqinlashganda, bosim pasaya boradi, shamol kuchayadi. Oldin bizga siklonning iliq fronti yaqinlashgani uchun bulutlar paydo bo’ladi, ayrim paytlari yomg’ir yog’a boshlaydi. Iliq front, ya’ni keyin siklon-ning iliq sektori keladi, harorat ko’tariladi, bosimning pasayishi deyarli to’xtaydi. Siklonning sovuq fronti yaqinlashganda esa baland paxta xirmonlariga o’xshash yomg’irli to’p-to’p bulutlar hosil bo’ladi va kuchli yog’in yog’a boshlaydi. Harorat keskin pasayib, bosim orta boradi. Siklonning turli sektorida ob-havo har xil bo’ladi. Siklonlar bizga ko’pincha yog’inli ob-havoni olib keladi. Siklonlar bizning hududimizga ko’pincha janubi-g’arbdan, kamroq g’arbdan keladi. O’rta Osiyoda yirik siklonlar kamdan-kam uchraydi. Siklon olib keladigan shamollar kuchli bo’lsa ham, uncha zarar yetkazmaydi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, kuzatiladigan siklonlarning 57% i O’rta Osiyo hududidan o’tadi, 37% i esa shu yerda tashkil topadi va bor-yo’g’i 6% i tarqalib ketadi . O’rta Osiyoda kuzatiladigan siklonlarning o’rtacha yillik tezligi soatiga 31 km (10 yillik kuzatish natijasiga asosan) ga teng. Ayrim vaqtlarda siklonlarning tezligi soatiga 70 - 80 km ham bo’ladi. Antisiklon. Markazida havo bosimi maksimal qiymatga ega bo’lib, chekkasiga qarab asta-sekin kamayib boradigan uyurmaga antisiklon deyiladi. Shuning uchun ham havo uyurma markazidan chetga qarab harakat qiladi. Uning o’rnini yuqoriroq qatlamdagi havo massasi egallay boshlaydi. Havo pastga tushganda qisiladi va buning natijasida isiydi, undagi bulutlar asta-sekin tarqaladi. Shuning uchun ham antisiklonlar bizning hududimizdan o’tayotganda yozda ochiq va issiq, qishda esa sovuq havoni olib keladi. O’rta Osiyo hududida kuzatiladigan antisiklonlarning 70% i shu hududdan o’tib ketadi, 22% i shu yerda tashkil topadi va bor-yo’g’i 8% i shu hudud ustida yo’qolib ketadi .
Antisiklonda shamollar soat millari bo’yicha harakatlanadi. Antisiklonlar 
bizning hududimizga ko’pincha shimoli-g’arbdan keladi. 
Siklon va antisiklonlar, asosan, yuqori frontal zonalarning siklogenetik 
va antitsiklogenetik qismi tagida tashkil topadilar. 
XIX asrning o’rtalaridan boshlab atmosferadagi uyurma-larning hosil 
bo’lishi, rivojlanishini tushuntirib beradigan bir necha nazariyalar ishlab 
chiqilgan. Lekin hozirgi paytgacha sik-lon va antisiklonlarning vujudga kelish 
va rivojlanish jarayonini to’g’ri va to’liq ifodalovchi, fizik xususiyati 
tushuntirilgan nazariya yaratilgani yo’q. 
XX asrning 20-yillarida norvegiyalik meteorologlar V. Berknes, Ya. 
Berknes, T.Berjeron va boshqalar tomonidan yara-tilgan frontologik prishpil 
nazariyasi asosida siklonlarning rivojlanishini to’lqinsimon  xususiyatga ega 
degan g’oya olg’a surildi. Bu nazariya siklonlarning hosil bo’lishi atmosferada 
har xil zichlikka ega bo’lgan havo massalari orasidagi frontal sirtda 
to’lqinsimon (tebranuvchi) harakat natijasida vujudga keladi, degan fikrga 
asoslangan. Lekin Tugarin nazariyasi siklonlarning keyingi rivojlanishi haqida 
ko’rsatma bera olmaydi. 
O’tgan asrning 30-yillarning ikkinchi yarmida balandlik-lardagi 
atmosfera 
holatini 
ko’rsatadigan 
xaritalar, 
ya’ni 
barik 
topografiya 
xaritalarining qo’llanilishi natijasida troposferaning o’rta va 
yuqori 
qatlamlarida ham bosim, harorat va namlik maydonlarini o’rganish bilan 
bog’liq bo’lgan ilmiy ishlarni baja-rish uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu 
xaritalarning yerga ship ob-havo xaritasi bilan birgalikdagi tahlili atmosferik 
jara-yonlar rivojlanishining avval ma’lum bo’lmagan bir qator xusu-siyatlarini 
aniqlashga imkon berdi. Jumladan, siklon va antisik-lonlar 5 - 6 km 
balandlikdagi havo oqimlari bo’ylab harakat qilishi aniqlandi. Bu va boshqa 
qoidalar asosida siklon va anti-siklonlar rivojlanishining advektiv-dinamik 
nazariyasi yaratildi. 
Antisiklonning rivojlaiishida uchta bosqich bo’ladi: a) atmosfera frontida 
yangi vujudga kelgan antisiklon tropo-sferaning yerga yaqin qisminigina o’z 
ichiga oladi, bu havo frontida harorat farqi oshib, siklonlar kuchaygan sari 
antisiklon o’sa boradi, barqaror bo’lib qoladi va katta maydonga yoyiladi, 
Logotip
Antisiklonda shamollar soat millari bo’yicha harakatlanadi. Antisiklonlar bizning hududimizga ko’pincha shimoli-g’arbdan keladi. Siklon va antisiklonlar, asosan, yuqori frontal zonalarning siklogenetik va antitsiklogenetik qismi tagida tashkil topadilar. XIX asrning o’rtalaridan boshlab atmosferadagi uyurma-larning hosil bo’lishi, rivojlanishini tushuntirib beradigan bir necha nazariyalar ishlab chiqilgan. Lekin hozirgi paytgacha sik-lon va antisiklonlarning vujudga kelish va rivojlanish jarayonini to’g’ri va to’liq ifodalovchi, fizik xususiyati tushuntirilgan nazariya yaratilgani yo’q. XX asrning 20-yillarida norvegiyalik meteorologlar V. Berknes, Ya. Berknes, T.Berjeron va boshqalar tomonidan yara-tilgan frontologik prishpil nazariyasi asosida siklonlarning rivojlanishini to’lqinsimon xususiyatga ega degan g’oya olg’a surildi. Bu nazariya siklonlarning hosil bo’lishi atmosferada har xil zichlikka ega bo’lgan havo massalari orasidagi frontal sirtda to’lqinsimon (tebranuvchi) harakat natijasida vujudga keladi, degan fikrga asoslangan. Lekin Tugarin nazariyasi siklonlarning keyingi rivojlanishi haqida ko’rsatma bera olmaydi. O’tgan asrning 30-yillarning ikkinchi yarmida balandlik-lardagi atmosfera holatini ko’rsatadigan xaritalar, ya’ni barik topografiya xaritalarining qo’llanilishi natijasida troposferaning o’rta va yuqori qatlamlarida ham bosim, harorat va namlik maydonlarini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy ishlarni baja-rish uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu xaritalarning yerga ship ob-havo xaritasi bilan birgalikdagi tahlili atmosferik jara-yonlar rivojlanishining avval ma’lum bo’lmagan bir qator xusu-siyatlarini aniqlashga imkon berdi. Jumladan, siklon va antisik-lonlar 5 - 6 km balandlikdagi havo oqimlari bo’ylab harakat qilishi aniqlandi. Bu va boshqa qoidalar asosida siklon va anti-siklonlar rivojlanishining advektiv-dinamik nazariyasi yaratildi. Antisiklonning rivojlaiishida uchta bosqich bo’ladi: a) atmosfera frontida yangi vujudga kelgan antisiklon tropo-sferaning yerga yaqin qisminigina o’z ichiga oladi, bu havo frontida harorat farqi oshib, siklonlar kuchaygan sari antisiklon o’sa boradi, barqaror bo’lib qoladi va katta maydonga yoyiladi,