Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

27,7 KB


 
 
 
 
 
 
 
Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi 
 
 
Ma’lumki, er usti va er osti suvlari hosil bo‘lishining asosiy manbayi 
atmosfera yog‘inlaridir. Ushbu mavzu atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining 
shakllanish bosqichlarini hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish  
masalalariga bag‘ishlangan. 
Reja: 
1.  Er atmosfera havosi va uning kimyoviy tarkibi; 
2. Atmosfera yog‘inlarini  kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlash; 
3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlari; 
4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillar.  
 
Ma’lumki, Er atmosferasi havosi gazsimon moddalardan tarkib topgan bo‘lib. 
Uning tarkibida massasi bo‘yicha azot (N)  78 % ni, kislorod (O2)  20,95 % ni, argon  
0,93 % ni (Ar), uglerod ikki oksidi (CO2) 0,03 % ni tashkil etadi.  Ulardan tashqari 
atmosfera tarkibida vodorod (H), neon (Ne), geliy (He), kripton (Kr), ksenon (Xe), 
radon (Rn), changlar va suv bug‘lari ham ishtirok etadi. Atmosferadagi suv 
bug‘larining miqdori havo harorati bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, havo 
harorati +30 0S ga teng bo‘lganda, undagi suv bug‘larining miqdori 30 g/m3 gacha 
bo‘ladi. Havo harorati pasaya borishi bilan undagi suv bug‘larining miqdori ham 
kamaya boradi. Jumladan, +10 0S haroratda havodagi suv bug‘lari miqdori 8 g/m3 
atrofida bo‘lsa, 30 0S  da esa 0,3 g/m3 gacha kamayadi.  
 
Ta’kidlash lozimki, er usti va er osti suvlari kimyoviy tarkibi shakllanishining 
birinchi bosqichi atmosferada kechadi. Hozirgi kunda atmosferadagi suvlarning 
kimyoviy tarkibi tabiatdagi barcha suvlar orasida eng kam o‘rganilgan hisoblanadi. 
Ayni paytda ular kimyoviy tarkibining makon va zamonda tez o‘zgaruvchanligi 
Atmosfera yog‘inlari gidrokimyosi Ma’lumki, er usti va er osti suvlari hosil bo‘lishining asosiy manbayi atmosfera yog‘inlaridir. Ushbu mavzu atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlarini hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan. Reja: 1. Er atmosfera havosi va uning kimyoviy tarkibi; 2. Atmosfera yog‘inlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruhlash; 3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlari; 4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillar. Ma’lumki, Er atmosferasi havosi gazsimon moddalardan tarkib topgan bo‘lib. Uning tarkibida massasi bo‘yicha azot (N) 78 % ni, kislorod (O2) 20,95 % ni, argon 0,93 % ni (Ar), uglerod ikki oksidi (CO2) 0,03 % ni tashkil etadi. Ulardan tashqari atmosfera tarkibida vodorod (H), neon (Ne), geliy (He), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn), changlar va suv bug‘lari ham ishtirok etadi. Atmosferadagi suv bug‘larining miqdori havo harorati bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, havo harorati +30 0S ga teng bo‘lganda, undagi suv bug‘larining miqdori 30 g/m3 gacha bo‘ladi. Havo harorati pasaya borishi bilan undagi suv bug‘larining miqdori ham kamaya boradi. Jumladan, +10 0S haroratda havodagi suv bug‘lari miqdori 8 g/m3 atrofida bo‘lsa, 30 0S da esa 0,3 g/m3 gacha kamayadi. Ta’kidlash lozimki, er usti va er osti suvlari kimyoviy tarkibi shakllanishining birinchi bosqichi atmosferada kechadi. Hozirgi kunda atmosferadagi suvlarning kimyoviy tarkibi tabiatdagi barcha suvlar orasida eng kam o‘rganilgan hisoblanadi. Ayni paytda ular kimyoviy tarkibining makon va zamonda tez o‘zgaruvchanligi  
 
 
bilan ajralib turadi.   
 
Atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi er usti va er osti 
suvlarinikidan kichik bo‘ladi. Ayni paytda ular turli geografik kengliklarda turlicha 
qiymatlarda 
kuzatiladi. 
Masalan, 
Osiyo 
qit’asining 
shimolida 
atmosfera 
yog‘inlarining o‘rtacha minerallashuv darajasi 10 mg/l bo‘lsa, uning janubiga qarab 
30 mg/l gacha, janubiy rayonlarida esa 60 mg/l gacha ortadi. Ushbu hududlarning 
cho‘l va yarim cho‘l rayonlarida esa undan ham yuqori bo‘ladi. Lekin, barcha 
holatlarda ham atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi aynan shu 
hududlardagi daryolar suvining minerallashuvidan kichik bo‘ladi .  
 
Kuzatish ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, atmosfera yog‘inlari er usti va er 
osti suvlaridan nafaqat minerallashuv darajasi bilan, balki tarkibidagi ionlar va 
organik moddalar miqdori bilan ham keskin farq qiladi. Jumladan, atmosfera 
yog‘inlari tarkibida SO42- ionlari miqdori ko‘p bo‘ladi. SHuningdek, asosiy anionlar 
orasida SO42- > HCO3- > Cl- munosabat mavjud bo‘ladi. 
 
Evroosiyo materigiga yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibini 
A.A.Matveev, O.I.Bashmakov va boshqa olimlar o‘rganganlar. Ular atmosfera 
yog‘inlarini  tarkibidagi ionlar miqdorining ustuvorligiga bog‘liq holda quyidagi 6 
ta guruhga ajratganlar:  
1) xlorli - natriyli (Cl- , Na+); 
2) sulfatli - natriyli (SO42- , Na+); 
3) sulfatli - kalsiyli (SO42- , Ca2+ );  
4) sulfatli - girokarbonatli - kalsiyli (SO42-, HCO3- , Ca2+ );   
5) gidrokarbonatli - kalsiyli (HCO3- , Ca2+ ); 
6) gidrokarbonatli - natriyli (HCO3- , Na+).  
Birinchi guruhga mansub bo‘lgan atmosfera yog‘inlari Qora dengiz 
sohillarida va SHarqiy evropaning shimoliy qismlarida yog‘adi. Ikkinchi, ya’ni 
sulfatli - natriyli (SO42- , Na+) atmosfera yog‘inlari esa Osiyo qit’asining shimoliy va 
shimoliy-sharqiy hududlari uchun xosdir. Osiyoning markaziy rayonlarida esa 
uchinchi guruhga, uning janubi va SHimoliy Kavkazda to‘rtinchi guruhga tegishli 
yog‘inlar yog‘adi. Kavkazning tog‘li qismida beshinchi guruhga, Kaspiy dengizi va 
Qora dengizbo‘yi hududlariga yog‘adigan yog‘inlar oltinchi guruhga to‘g‘ri keladi. 
 
Quyida O‘rta Osiyo hududiga yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining kimyoviy 
bilan ajralib turadi. Atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi er usti va er osti suvlarinikidan kichik bo‘ladi. Ayni paytda ular turli geografik kengliklarda turlicha qiymatlarda kuzatiladi. Masalan, Osiyo qit’asining shimolida atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha minerallashuv darajasi 10 mg/l bo‘lsa, uning janubiga qarab 30 mg/l gacha, janubiy rayonlarida esa 60 mg/l gacha ortadi. Ushbu hududlarning cho‘l va yarim cho‘l rayonlarida esa undan ham yuqori bo‘ladi. Lekin, barcha holatlarda ham atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi aynan shu hududlardagi daryolar suvining minerallashuvidan kichik bo‘ladi . Kuzatish ma’lumotlarining tahliliga ko‘ra, atmosfera yog‘inlari er usti va er osti suvlaridan nafaqat minerallashuv darajasi bilan, balki tarkibidagi ionlar va organik moddalar miqdori bilan ham keskin farq qiladi. Jumladan, atmosfera yog‘inlari tarkibida SO42- ionlari miqdori ko‘p bo‘ladi. SHuningdek, asosiy anionlar orasida SO42- > HCO3- > Cl- munosabat mavjud bo‘ladi. Evroosiyo materigiga yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibini A.A.Matveev, O.I.Bashmakov va boshqa olimlar o‘rganganlar. Ular atmosfera yog‘inlarini tarkibidagi ionlar miqdorining ustuvorligiga bog‘liq holda quyidagi 6 ta guruhga ajratganlar: 1) xlorli - natriyli (Cl- , Na+); 2) sulfatli - natriyli (SO42- , Na+); 3) sulfatli - kalsiyli (SO42- , Ca2+ ); 4) sulfatli - girokarbonatli - kalsiyli (SO42-, HCO3- , Ca2+ ); 5) gidrokarbonatli - kalsiyli (HCO3- , Ca2+ ); 6) gidrokarbonatli - natriyli (HCO3- , Na+). Birinchi guruhga mansub bo‘lgan atmosfera yog‘inlari Qora dengiz sohillarida va SHarqiy evropaning shimoliy qismlarida yog‘adi. Ikkinchi, ya’ni sulfatli - natriyli (SO42- , Na+) atmosfera yog‘inlari esa Osiyo qit’asining shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlari uchun xosdir. Osiyoning markaziy rayonlarida esa uchinchi guruhga, uning janubi va SHimoliy Kavkazda to‘rtinchi guruhga tegishli yog‘inlar yog‘adi. Kavkazning tog‘li qismida beshinchi guruhga, Kaspiy dengizi va Qora dengizbo‘yi hududlariga yog‘adigan yog‘inlar oltinchi guruhga to‘g‘ri keladi. Quyida O‘rta Osiyo hududiga yog‘adigan atmosfera yog‘inlarining kimyoviy  
 
 
tarkibiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Ta’kidlash lozimki, atmosfera yog‘inlari O‘rta 
Osiyoning janubiy-sharqiy, aniqrog‘i tog‘li qismida nisbatan ko‘proq o‘rganilgan. 
Ushbu hududlarga yog‘adigan yog‘inlar beshinchi, ya’ni  gidrokarbonatli-kalsiyli 
guruhga mansubdir. Ularning tarkibidagi ionlarning miqdoriy qiymatlari orasida 
quyidagi munosabatlar mavjud: HCO3->Cl->SO42- va Ca2+>Mg2+>Na+>NH+4>K+.  
O‘rta Osiyoning tog‘ va tog‘oldi hududlarida atmosfera yog‘inlarining 
o‘rtacha yillik minerallashuv darajasi 20-60 mg/l atrofida tebranib turadi. 
Minerallashuv miqdori yilning issiq davrlarida sovuq davrlarga nisbatan 1,5 marta 
yuqori bo‘ladi. Kuchli shamollar natijasida hosil bo‘ladigan chang-bo‘ronli 
davrlarda atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi 150 mg/l va undan ham 
yuqori bo‘lishi mumkin.  
Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanishi quyidagi ikki 
bosqichda sodir bo‘ladi:  
1) tuman va bulutlarning hosil bo‘lishi jarayonida; 
2) atmosfera yog‘inlari - yomg‘ir va qorning yog‘ish jarayoni davomida.  
Har ikkala bosqichda ham atmosferada mavjud bo‘lgan aerozollarning 
ahamiyati katta. Ma’lumki, aerozollarga galit, kalsit, gips, dolomitlarning juda 
mayda kristallari, tutun va gazlar aralashmalarining hamda organik moddalarning 
zarrachalari kiradi. 
Birinchi bosqichda, ya’ni havoning namligi 100 foizga etganda bulut va 
tumanlar shakllanadi. Ulardagi namlikning bir qismi aerozollarda kondensatsiyalana 
boshlaydi. Bu jarayonda aerozollar tarkibidagi tuzlar namlik ta’sirida erib, atmosfera 
yog‘inlarining kimyoviy tarkibini dastlabki bosqichda shakllantiradi.  
Ikkinchi bosqich esa tuman va bulutlardan shakllangan tomchilar, qor 
zarrachalarining quyi tomon harakatlanishida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda ular, 
ya’ni tomchilar va qor zarrachalari erga tushayotganda o‘zlariga aerozollarni 
biriktirib ola boshlaydi. Natijada ularning minerallashuvi yanada ortadi. 
Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibi kosmik, Dunyo okeani va 
dengizlar, iqlimiy, tuproq-geologik, orografik, fizik-kimyoviy, biologik va 
antropogen omillar ta’sirida shakllanadi. Kosmik omillarga kosmosdan erga 
tushadigan meteoritlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan aerozollar va 
boshqa jarayonlar misol bo‘ladi. SHuningdek, quruqlik va Dunyo okeani o‘rtasida 
tarkibiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Ta’kidlash lozimki, atmosfera yog‘inlari O‘rta Osiyoning janubiy-sharqiy, aniqrog‘i tog‘li qismida nisbatan ko‘proq o‘rganilgan. Ushbu hududlarga yog‘adigan yog‘inlar beshinchi, ya’ni gidrokarbonatli-kalsiyli guruhga mansubdir. Ularning tarkibidagi ionlarning miqdoriy qiymatlari orasida quyidagi munosabatlar mavjud: HCO3->Cl->SO42- va Ca2+>Mg2+>Na+>NH+4>K+. O‘rta Osiyoning tog‘ va tog‘oldi hududlarida atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha yillik minerallashuv darajasi 20-60 mg/l atrofida tebranib turadi. Minerallashuv miqdori yilning issiq davrlarida sovuq davrlarga nisbatan 1,5 marta yuqori bo‘ladi. Kuchli shamollar natijasida hosil bo‘ladigan chang-bo‘ronli davrlarda atmosfera yog‘inlarining minerallashuv darajasi 150 mg/l va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanishi quyidagi ikki bosqichda sodir bo‘ladi: 1) tuman va bulutlarning hosil bo‘lishi jarayonida; 2) atmosfera yog‘inlari - yomg‘ir va qorning yog‘ish jarayoni davomida. Har ikkala bosqichda ham atmosferada mavjud bo‘lgan aerozollarning ahamiyati katta. Ma’lumki, aerozollarga galit, kalsit, gips, dolomitlarning juda mayda kristallari, tutun va gazlar aralashmalarining hamda organik moddalarning zarrachalari kiradi. Birinchi bosqichda, ya’ni havoning namligi 100 foizga etganda bulut va tumanlar shakllanadi. Ulardagi namlikning bir qismi aerozollarda kondensatsiyalana boshlaydi. Bu jarayonda aerozollar tarkibidagi tuzlar namlik ta’sirida erib, atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibini dastlabki bosqichda shakllantiradi. Ikkinchi bosqich esa tuman va bulutlardan shakllangan tomchilar, qor zarrachalarining quyi tomon harakatlanishida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda ular, ya’ni tomchilar va qor zarrachalari erga tushayotganda o‘zlariga aerozollarni biriktirib ola boshlaydi. Natijada ularning minerallashuvi yanada ortadi. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibi kosmik, Dunyo okeani va dengizlar, iqlimiy, tuproq-geologik, orografik, fizik-kimyoviy, biologik va antropogen omillar ta’sirida shakllanadi. Kosmik omillarga kosmosdan erga tushadigan meteoritlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan aerozollar va boshqa jarayonlar misol bo‘ladi. SHuningdek, quruqlik va Dunyo okeani o‘rtasida  
 
 
doimo tuz almashinishi sodir bo‘ladi. Bunday tuz almashinishi nafaqat suv, balki 
havo orqali ham sodir bo‘ladi. SHuning uchun okeanlar va dengizlar yuzasiga 
tushadigan yog‘inlarda quruqlikda shakllangan tuzlar miqdori ko‘p bo‘ladi. Buning 
aksicha, quruqlikka tushadigan yog‘inlarda esa  dengiz tuzlarining miqdori ko‘p 
bo‘ladi.  
 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1.  Atmosfera havosi qanday  gazsimon moddalardan tarkib topgan? 
2. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibi bo‘yicha nechta guruhga ajratiladi? 
3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlarini 
tushuntirib bering. 
4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibi er usti va er osti suvlarining 
kimyoviy tarkibidan farq  qiladimi? 
5. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni sanab 
o‘ting.  
 
doimo tuz almashinishi sodir bo‘ladi. Bunday tuz almashinishi nafaqat suv, balki havo orqali ham sodir bo‘ladi. SHuning uchun okeanlar va dengizlar yuzasiga tushadigan yog‘inlarda quruqlikda shakllangan tuzlar miqdori ko‘p bo‘ladi. Buning aksicha, quruqlikka tushadigan yog‘inlarda esa dengiz tuzlarining miqdori ko‘p bo‘ladi. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Atmosfera havosi qanday gazsimon moddalardan tarkib topgan? 2. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibi bo‘yicha nechta guruhga ajratiladi? 3. Atmosfera yog‘inlari kimyoviy tarkibining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bering. 4. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibi er usti va er osti suvlarining kimyoviy tarkibidan farq qiladimi? 5. Atmosfera yog‘inlarining kimyoviy tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni sanab o‘ting.