1
ATMOSFERA YOG‘INLARINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Atmosfera yog‘inlari haqida umumiy tushunchaga
ega bo‘lish. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchaydigan asboblarni va yog‘inlarni
o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish;
3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish;
4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qullanmalar, Tretyakov
yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala yomg‘ir
o‘lchagich.
1.1. Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati
Atmosfera yog‘inlariga yomg‘ir, qor, do‘l v.h.lar kiradi. Bulutlardagi namlikning
ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristallchalari muallaq holda
turaolmaydigan og‘irlikka etganda yerga tomon tushadi. Bulutlardagi tomchilar bir-
biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri 0,1-0,2 mm ga etganidan
boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq
yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi.
Yoppasiga katta maydonlarni egallab yog‘adigan yog‘inlar asosan qatlamli-yomg‘ir
bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab-to‘xtab yog‘adi. Jala
yomg‘irlar to‘p yomg‘irli bulutlardan yog‘adi, uzoq davom etmaydi. Tomchilarning
kattaligi 6-7 mm gacha etadi. Uncha katta maydonni egallamaydi. Polosa bo‘ylab,
2
ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. SHivot yomg‘irga 0,5 mm dan kichik
tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi.
Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbai hisoblanadi. Ba’zi
hududlarda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi natijasida tuproqda nam kamayib,
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda ham
tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning
urug‘lanmay qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rim-yig‘im davrida yomg‘irning me’yoridan
ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini
yomonlashtiradi. Jala yomg‘ir tuproq strukturasini yomonlashtiradi. Yoki nihollarni
nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi.
Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida
muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1
mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik m3/ga
meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm
o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga teng
bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi.
Meteorologik stansiya va postlarda atmosfera yog‘inlarining miqdori va
intensivligini
aniqlashda
Tretyakov
yog‘in
o‘lchagidan,
dala
yog‘in
o‘lchagichlaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari meteorologik stansiyalarda
yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi.
Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir
o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
1.2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi
Bu asbob (9.2.1-rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob
hisoblanadi. Usti yopiq silindrdan iborat (chelak) bo‘lib, qopqog‘i ochib qo‘yilganda
yog‘in ichiga tushadi va ichiga tushgan yog‘inning miqdori shkalalarga bo‘lingan
silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning balandligi 40 sm yog‘in
qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus voronka o‘rnatilgan,
voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik chelakning tagiga
tushgan suvning bug‘lanib ketishini oldini oladi.
3
9.1.2.1-rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi
Yoz oylarida chelakning og‘zi bug‘lanishni kamaytirish uchun qopqoq bilan
yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jumragi bo‘lib, jumrak orqali
shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq
holdagi atmosfera yog‘inlari quyiladi. Jumrak og‘zini yopish uchun maxsus zanjirga
bog‘langan qopqoq jumrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan, chelak joyiga
o‘rnatilgandan so‘ng jumrak og‘zi qopqoq bilan yopiladi. Shamolning ta’sirini
kamaytirish uchun chelakning atrofi shamolni to‘suvchi trapetsiyasimon metall
plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning yuqori qismi tashqariga
qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana simga 1 mahkamlab chiqiladi.
Agar xona o‘lchash vaqtida issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun barcha
choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5 o‘lchov
bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har-bir bo‘lak hajmi 1 sm3 ga teng. Demak
stakan ichida har-bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng. Chelakning tag
qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi kerak.
O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan
yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va
4
daraxtlarning balandligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Chelakni almashtirishda
norvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900,
1500, 2100 da chelak joyidan olinib og‘zi qopqoq bilan birdan mahkamlanadi va
o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi.
Agar chelak ichida suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p
bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi.
O‘lchash chelakdagi suyuqlik tugaguncha davom etadi. Suvning balandligi
(miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. SHuni aytib o‘tish kerakki, har safar
o‘lchov stakaniga suv qo‘yayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv
miqdori hisoblanmay qoladi. Shuning uchun chelakni namlash uchun ketgan suv
miqdorini hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan
tashqari yomg‘ir suvi o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning
yarmi bilan ikkinchi yarim o‘rtasida yoki o‘rtasidan balandroqda
bo‘lsa, hisoblangan yog‘in miqdoriga +0,2 mm, suvning sathi chiziq
o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi.
1.3.
Dala yomg‘ir o‘lchagich M-99
Dala sharoitida yomg‘ir o‘lchashga mo‘ljallangan. Ochiq dalada,
o‘simliklar orasida yomg‘irni ulchash uchun qulay (9.3.1-rasm).
Dala yomg‘ir o‘lchagichi darajalangan shisha stakandan iborat.
Balandligi 34 sm, stakanning og‘zi kengroq, yuzasi 30 sm2, o‘lchagich stakan
gorizontal chiziqlar bilan mm larga 1 bo‘lingan. Stakandan suv bug‘lanmasligi
uchun shisha varonka 2 bilan stakanning og‘zi yopiladi.
9.3.1-rasm. Dala yomg‘ir o‘lchagich
Dala yomg‘ir o‘lchagichining qabul qiluvchi qismi yerdan 2 m baland (taglik
asos)ga o‘rnatiladi. Dala sharoitida o‘simliklar orasiga, juyak ustiga o‘rnatish
mumkin. Stakandagi shkalaning har bir bo‘lagi 1 mm ga teng. Olingan ma’lumotlar
9.3.1-jadvalga yoziladi.
9.3.1-jadval
5
Dala yomg‘ir o‘lchagich ma’lumotlari jadvali
Yomg‘irning
boshlanishi,
soat,min.
O‘lchagich
stakanining
bo‘laklar soni
ko‘rsatkichi
Tuzatma
YOg‘in
miqdori
YOg‘in jadalligi,
mm/min
Boshlanishi
tugashi
mm
m3/ga
Misol: O‘lchagich stakanni birinchi to‘ldirishda shkala bo‘yicha 80-yozuvli
chiziq suvga to‘lgan bo‘lsa, ikkinchi o‘lchaganda 40 yozuvli chiziq suvga to‘lgan
bo‘lsa, jami 120 ga teng bo‘ladi. Stakan 100 bo‘lakli (chiziqdan) iboratligini hisobga
olib, ularni mm ga aylantirish uchun 120:10 bo‘lamiz va unga 0,2 mm ni qo‘shamiz
shunda yog‘in miqdori 12,2 mm ga teng bo‘ladi,
ya’ni:
mm
mm
2
,
12
2
,
0
10
120
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Atmosfera yog‘inlari haqida tushuncha bering;
2. Yog‘inlarning ahamiyatini tushuntiring;
3. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchash usullarini tushuntiring;
4. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishini tushuntiring;
5. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining ishlash prinsipini tushuntiring;
6. O‘lchov stakanidagi suv sathi qanday qilib mm ga aylantiriladi ?
7. Dala yomg‘ir o‘lchagichdan qanday foydalaniladi ?
8. Yog‘in yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi ?