ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

514,0 KB


 
 
 
 
 
 
ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK 
EKINLARI UCHUN AHAMIYATI 
 
 
 
Mashg‘ulotning 
maqsadi: 
Atmosfera 
yog‘inlari 
haqida 
umumiy 
tushunchaga ega bo‘lish. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchaydigan asboblarni va 
yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish. 
Topshiriqlar: 
1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish; 
2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan 
tanishish; 
3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish; 
4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish. 
Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 
Tretyakov yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala 
yomg‘ir o‘lchagichi. 
 
1.1. Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati 
 
Atmosfera yog‘inlariga yomg‘ir, qor, do‘l v.h.lar kiradi. Bulutlardagi 
namlikning ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristalchalari 
muallaq holda tura olmaydigan og‘irlikka yetganda yerga tushadi. Bulutlardagi 
tomchilar bir–biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri 0,1–0,2 mm ga 
yetganidan boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi. 
ATMOSFERA YOG‘INLARINI VA ULARNING QISHLOQ XO`JALIK EKINLARI UCHUN AHAMIYATI Mashg‘ulotning maqsadi: Atmosfera yog‘inlari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchaydigan asboblarni va yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Atmosfera yog‘inlari va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish; 3. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi bilan yog‘inlarni o‘lchashni o‘rganish; 4. Dala yomg‘ir o‘lchagichining tuzilishi va undan hisob olishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: darslik va o‘quv qo‘llanmalari, Tretyakov yog‘in o‘lchagichi, o‘lchov silindrik shisha idish, maxsus chelak, dala yomg‘ir o‘lchagichi. 1.1. Atmosfera yog‘inlari va ularning ahamiyati Atmosfera yog‘inlariga yomg‘ir, qor, do‘l v.h.lar kiradi. Bulutlardagi namlikning ortishi natijasida og‘irlashgan suv tomchilari yoki muz kristalchalari muallaq holda tura olmaydigan og‘irlikka yetganda yerga tushadi. Bulutlardagi tomchilar bir–biri bilan qo‘shilib, yiriklashadi va ularning diametri 0,1–0,2 mm ga yetganidan boshlab yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.  
 
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq 
yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi. 
Yoppasiga katta maydonlarni egallab yog‘adigan yog‘inlar asosan qatlamli–
yomg‘ir bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab–to‘xtab yog‘adi. 
Jala yomg‘iri to‘p yomg‘irli bulutlardan yog‘adi, uzoq davom etmaydi. 
Tomchilarning kattaligi 6–7 mm gacha yetadi. Uncha katta maydonni egallamaydi. 
Polosa bo‘ylab, ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. Shivot yomg‘irga 0,5 
mm dan kichik tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi. 
Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbayi hisoblanadi. Ba’zi 
hududlarda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi natijasida tuproqda nam kamayib, 
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda 
ham tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning 
urug‘lanmay qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rim–yig‘im davrida yomg‘irning 
me’yoridan ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini 
yomonlashtiradi. Jala yomg‘iri tuproq strukturasini yomonlashtiradi. Yoki 
nihollarni nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi. 
Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida 
muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1 
mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik m3/ga, 
meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm 
o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga 
teng bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi. 
Meteorologik stansiya va postlarda atmosfera yog‘inlarining miqdori va 
intensivligini 
aniqlashda 
Tretyakov 
yog‘in 
o‘lchagichidan, 
dala 
yog‘in 
o‘lchagichlaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari, meteorologik stansiyalarda 
yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi. 
Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir 
o‘lchagichlar o‘rnatiladi. 
 
1.2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi 
Yog‘inlar fizik holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va aralash holda bo‘ladi. Suyuq yomg‘irlar yoppasiga qoplab yog‘adigan, jala va shivot yomg‘irlariga bo‘linadi. Yoppasiga katta maydonlarni egallab yog‘adigan yog‘inlar asosan qatlamli– yomg‘ir bulutlaridan yog‘adi. Uzoq vaqt to‘xtovsiz yoki to‘xtab–to‘xtab yog‘adi. Jala yomg‘iri to‘p yomg‘irli bulutlardan yog‘adi, uzoq davom etmaydi. Tomchilarning kattaligi 6–7 mm gacha yetadi. Uncha katta maydonni egallamaydi. Polosa bo‘ylab, ko‘pincha kuchli shamol bilan yog‘ib o‘tadi. Shivot yomg‘irga 0,5 mm dan kichik tomchilar kiradi. Odatda qalin qatlamli bulutlardan yog‘adi. Yomg‘ir tuproqdagi tabiiy namlikning asosiy manbayi hisoblanadi. Ba’zi hududlarda uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masligi natijasida tuproqda nam kamayib, o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Aksincha, yomg‘ir ko‘p yoqqanda ham tuproq eroziyasiga, o‘simliklarning yotib qolishiga, gullash davrida gullarning urug‘lanmay qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rim–yig‘im davrida yomg‘irning me’yoridan ortiqcha bo‘lishi hosilni yig‘ib olishga xalaqit beradi va hosil sifatini yomonlashtiradi. Jala yomg‘iri tuproq strukturasini yomonlashtiradi. Yoki nihollarni nobud qiladi, ekinzorlarni suv bosadi, tuproq eroziyaga uchraydi. Yomg‘ir miqdori va uning yog‘ish jadalligi (intensivligi) qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Yomg‘ir miqdori mm da hisoblanadi. Aniqlik darajasi 0,1 mm dan kam bo‘lmasligigi lozim. Qishloq xo‘jaligida ko‘pincha namlik m3/ga, meteorologiyada esa mm o‘lchov birligi ishlatiladi. Uzunlik o‘lchov birligini hajm o‘lchov birligiga aylantirsak 1 mm qalinlikdagi suv 1 ga maydonda 10 m3 suvga teng bo‘ladi (0,001 m x 10000 m2). Yomg‘ir intensivligi mm/min bilan o‘lchanadi. Meteorologik stansiya va postlarda atmosfera yog‘inlarining miqdori va intensivligini aniqlashda Tretyakov yog‘in o‘lchagichidan, dala yog‘in o‘lchagichlaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari, meteorologik stansiyalarda yog‘in miqdorini o‘zi yozib borishga mo‘ljallangan plyuviograf ham o‘rnatiladi. Borish qiyin bo‘lgan stansiyalarda avtomatik ravishda ishlaydigan radioyomg‘ir o‘lchagichlar o‘rnatiladi. 1.2. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishi  
 
 
Bu asbob (9.2.1–rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob 
hisoblanadi. Usti yopiq silindrdan iborat (chelak) bo‘lib, qopqog‘i ochib 
qo‘yilganda yog‘in ichiga tushadi va ichiga tushgan yog‘inning miqdori 
shkalalarga bo‘lingan silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning 
balandligi 40 sm yog‘in qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus 
voronka o‘rnatilgan, voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik 
chelakning tagiga tushgan suv bug‘lanib ketishining oldini oladi. 
 
 
9.1.2.1–rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi 
 
Yoz oylarida bug‘lanishni kamaytirish uchun chelakning og‘zi qopqoq bilan 
yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jo‘mragi bo‘lib, jo‘mrak orqali 
shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq 
holdagi atmosfera yog‘inlari quyiladi. Jo‘mrak og‘zini yopish uchun maxsus 
zanjirga bog‘langan qopqoq jo‘mrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan, 
chelak joyiga o‘rnatilgandan so‘ng jo‘mrak og‘zi qopqoq bilan yopiladi. 
Shamolning ta’sirini kamaytirish uchun chelakning atrofi shamolni to‘suvchi 
Bu asbob (9.2.1–rasm) suyuq va qattiq yog‘inlarni o‘lchashda asosiy asbob hisoblanadi. Usti yopiq silindrdan iborat (chelak) bo‘lib, qopqog‘i ochib qo‘yilganda yog‘in ichiga tushadi va ichiga tushgan yog‘inning miqdori shkalalarga bo‘lingan silindrik shisha stakan yordamida aniqlanadi. Chelakning balandligi 40 sm yog‘in qabul qiluvchi yuzasi 200 sm2. Chelakning ichiga maxsus voronka o‘rnatilgan, voronkaning pastki qismi juda kichik teshik bo‘lib, bu teshik chelakning tagiga tushgan suv bug‘lanib ketishining oldini oladi. 9.1.2.1–rasm. Tretyakov yog‘in o‘lchagichi Yoz oylarida bug‘lanishni kamaytirish uchun chelakning og‘zi qopqoq bilan yopib qo‘yiladi. Chelakning pastki yon qismida jo‘mragi bo‘lib, jo‘mrak orqali shishadan yasalgan silindr idishga (o‘lchagich) o‘tadi. Chelakda yig‘ilgan suyuq holdagi atmosfera yog‘inlari quyiladi. Jo‘mrak og‘zini yopish uchun maxsus zanjirga bog‘langan qopqoq jo‘mrakning og‘zini yopib turishga mo‘ljallangan, chelak joyiga o‘rnatilgandan so‘ng jo‘mrak og‘zi qopqoq bilan yopiladi. Shamolning ta’sirini kamaytirish uchun chelakning atrofi shamolni to‘suvchi  
 
trapetsiyasimon metall plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning 
yuqori qismi tashqariga qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana 
simga 1 mahkamlab chiqiladi. 
Agar o‘lchash vaqtida xona issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun 
barcha choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5 
o‘lchov bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lak hajmi 1 sm3 ga 
teng. Demak, stakan ichida har bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng. 
Chelakning tag qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi 
kerak.  
O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan 
yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va 
daraxtlarning balandligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Chelakni almashtirishda 
narvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900, 
1500, 2100 da chelak joyidan olinib, og‘zi darrov qopqoq bilan mahkamlanadi va 
o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi. 
Agar chelak ichidagi suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p 
bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi. 
O‘lchash chelakdagi suyuqlik tugaguncha davom yetadi. Suvning balandligi 
(miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, har safar 
o‘lchov stakaniga suv quyayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv 
miqdori hisoblanmay qoladi. Shu sababli chelakni namlashga ketgan suv miqdorini 
hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan tashqari, yomg‘ir suvi 
o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning yarmi bilan ikkinchi yarmi o‘rtasida yoki 
o‘rtasidan balandroqda bo‘lsa, hisoblangan yog‘in miqdoriga +0,2 mm, suvning 
sathi chiziq o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi. 
 
1.3. Dala yomg‘ir o‘lchagichi M–99 
 
trapetsiyasimon metall plastinkalar 3 bilan o‘raladi (16 dona). Bu plastinkalarning yuqori qismi tashqariga qarab biroz egilgan maxsus quloqchalar orqali aylana simga 1 mahkamlab chiqiladi. Agar o‘lchash vaqtida xona issiq bo‘lsa, bug‘lanishni oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish va o‘lchov ishlarini tez bajarish lozim. Stakanning 5 o‘lchov bo‘laklari 100 ta bo‘lakdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lak hajmi 1 sm3 ga teng. Demak, stakan ichida har bir 0,1 mm suyuqlik qalinligi 2 sm3 suvga teng. Chelakning tag qismi yerdan 2 metr balandlikda maxsus taglik asosga 2 o‘rnatilishi kerak. O‘lchagich o‘rnatilgan joyga binolar yoki daraxtlar va boshqa predmetlardan yomg‘ir tomchilari tushmasligi kerak. Yomg‘ir o‘lchagich atrofidagi binolar va daraxtlarning balandligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Chelakni almashtirishda narvoncha 4 dan foydalaniladi va bir sutkada to‘rt marta o‘lchanadi. Ya’ni 300, 900, 1500, 2100 da chelak joyidan olinib, og‘zi darrov qopqoq bilan mahkamlanadi va o‘rniga ikkinchi bo‘sh chelak qo‘yiladi. Agar chelak ichidagi suyuqlik miqdori o‘lchov stakanchasi hajmidan ko‘p bo‘lsa, bir necha marta o‘lchanadi va o‘lchov natijalari birga qo‘shib hisoblanadi. O‘lchash chelakdagi suyuqlik tugaguncha davom yetadi. Suvning balandligi (miqdori) oxirida mm larga aylantiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, har safar o‘lchov stakaniga suv quyayotganimizda chelak sathini namlash uchun ketgan suv miqdori hisoblanmay qoladi. Shu sababli chelakni namlashga ketgan suv miqdorini hisobga olish uchun maxsus tuzatma kiritiladi. Bundan tashqari, yomg‘ir suvi o‘lchagich stakan shkalasidagi chiziqning yarmi bilan ikkinchi yarmi o‘rtasida yoki o‘rtasidan balandroqda bo‘lsa, hisoblangan yog‘in miqdoriga +0,2 mm, suvning sathi chiziq o‘rtasidan pastda bo‘lsa, +0,1 mm qo‘shish kerak bo‘ladi. 1.3. Dala yomg‘ir o‘lchagichi M–99  
 
Dala sharoitida yomg‘ir o‘lchashga mo‘ljallangan. Ochiq dalada, o‘simliklar 
orasida yomg‘irni o‘lchash uchun qulay (9.3.1–rasm). Dala yomg‘ir o‘lchagichi 
darajalangan shisha stakandan iborat. 
Balandligi 34 sm, stakanning og‘zi kengroq, yuzasi 30 sm2, o‘lchagich 
stakan gorizontal chiziqlar bilan mm larga 1 bo‘lingan. Stakandan suv 
bug‘lanmasligi uchun stakanning og‘zi shisha voronka 2 bilan stakanning og‘zi 
yopiladi. 
 
9.3.1–rasm. Dala yomg‘ir o‘lchagichi. 
 
Dala yomg‘ir o‘lchagichining qabul qiluvchi qismi yerdan 2 m baland 
(taglik asos)ga o‘rnatiladi. Dala sharoitida o‘simliklar orasiga, jo‘yak ustiga 
o‘rnatish mumkin. Stakandagi shkalaning har bir bo‘lagi 1 mm ga teng. Olingan 
ma’lumotlar 9.3.1–jadvalga yoziladi. 
 
9.3.1–jadval 
Dala yomg‘ir o‘lchagich ma’lumotlari 
 
Yomg‘irning 
O‘lchagich 
T
u
za
t
m
a 
Yog‘in 
Y
o
g‘
in 
ja
d
al
li
gi
, 
m
Dala sharoitida yomg‘ir o‘lchashga mo‘ljallangan. Ochiq dalada, o‘simliklar orasida yomg‘irni o‘lchash uchun qulay (9.3.1–rasm). Dala yomg‘ir o‘lchagichi darajalangan shisha stakandan iborat. Balandligi 34 sm, stakanning og‘zi kengroq, yuzasi 30 sm2, o‘lchagich stakan gorizontal chiziqlar bilan mm larga 1 bo‘lingan. Stakandan suv bug‘lanmasligi uchun stakanning og‘zi shisha voronka 2 bilan stakanning og‘zi yopiladi. 9.3.1–rasm. Dala yomg‘ir o‘lchagichi. Dala yomg‘ir o‘lchagichining qabul qiluvchi qismi yerdan 2 m baland (taglik asos)ga o‘rnatiladi. Dala sharoitida o‘simliklar orasiga, jo‘yak ustiga o‘rnatish mumkin. Stakandagi shkalaning har bir bo‘lagi 1 mm ga teng. Olingan ma’lumotlar 9.3.1–jadvalga yoziladi. 9.3.1–jadval Dala yomg‘ir o‘lchagich ma’lumotlari Yomg‘irning O‘lchagich T u za t m a Yog‘in Y o g‘ in ja d al li gi , m  
 
boshlanishi, 
soat, min. 
stakanining 
bo‘laklar soni 
ko‘rsatkichi 
miqdori 
boshlanishi 
tugashi 
mm 
m3/ga 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Misol: O‘lchagich stakanni birinchi to‘ldirishda shkala bo‘yicha 80–yozuvli 
chiziq suvga to‘lgan bo‘lsa, ikkinchi o‘lchaganda 40 yozuvli chiziq suvga to‘lgan 
bo‘lsa, jami 120 ga teng bo‘ladi. Stakan 100 bo‘lakli (chiziqdan) iboratligini 
hisobga olib, ularni mm ga aylantirish uchun 120:10 bo‘lamiz va unga 0,2 mm ni 
qo‘shamiz, shunda yog‘in miqdori 12,2 mm ga teng bo‘ladi,  
 
ya’ni: 
mm
mm
2
,
12
2
,
0
10
120


 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.  Atmosfera yog‘inlari haqida tushuncha bering. 
2.  Yog‘inlarning ahamiyatini tushuntiring. 
3.  Atmosfera yog‘inlarini o‘lchash usullarini tushuntiring. 
4.  Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishini tushuntiring. 
5.  Tretyakov yog‘in o‘lchagichining ishlash prinsipini tushuntiring. 
6.  O‘lchov stakanidagi suv sathi qanday qilib mm ga aylantiriladi? 
7.  Dala yomg‘ir o‘lchagichidan qanday foydalaniladi? 
8. Yog‘in yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi? 
boshlanishi, soat, min. stakanining bo‘laklar soni ko‘rsatkichi miqdori boshlanishi tugashi mm m3/ga Misol: O‘lchagich stakanni birinchi to‘ldirishda shkala bo‘yicha 80–yozuvli chiziq suvga to‘lgan bo‘lsa, ikkinchi o‘lchaganda 40 yozuvli chiziq suvga to‘lgan bo‘lsa, jami 120 ga teng bo‘ladi. Stakan 100 bo‘lakli (chiziqdan) iboratligini hisobga olib, ularni mm ga aylantirish uchun 120:10 bo‘lamiz va unga 0,2 mm ni qo‘shamiz, shunda yog‘in miqdori 12,2 mm ga teng bo‘ladi, ya’ni: mm mm 2 , 12 2 , 0 10 120   Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Atmosfera yog‘inlari haqida tushuncha bering. 2. Yog‘inlarning ahamiyatini tushuntiring. 3. Atmosfera yog‘inlarini o‘lchash usullarini tushuntiring. 4. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining tuzilishini tushuntiring. 5. Tretyakov yog‘in o‘lchagichining ishlash prinsipini tushuntiring. 6. O‘lchov stakanidagi suv sathi qanday qilib mm ga aylantiriladi? 7. Dala yomg‘ir o‘lchagichidan qanday foydalaniladi? 8. Yog‘in yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi?