ATMOSFERANING NAMDORLIGI
Atmosferaning namdorligi namlik aylanishining muhim xarakteristikasi
bo’lib,
bug’lanish,
bulutlilik,
tumanlar
va
yog’inlar
kabi
iqlimiy
xarakteristikalarning vaqt va fazo bo’yicha taqsimlanishi unga bog’liq.
Havo vertikal ustuning namdorligi suv hosil qilgan qatlamning mm da
o’lchangan qalinligida o’lchanadi (mm). Yetarlicha katta aniqlik bilan suvning
asosiy miqdori atmosferaning quyi 7-8 km li qatlamida joylashgan, deb hisoblash
mumkin.
Namdorlikning geografik taqsimoti 1-rasmda keltirilgan.
Umuman, Yer shari bo’yicha namdorlikning taqsimoti zonal xarakterga ega.
Yer sharining ekvatorial va ekvatorga yaqin mintaqalarida namdorlikning eng katta
qiymatlari kuzatiladi. Tinch okeanining g’arbiy qismi, Amazonka daryosi havzasi,
ekvatorial Afrika, Janubi-SHarqiy Osiyoning ekvatorial va tropik mussonlar
zonasida namdorlik 45-50 mm gacha yetadi. Quyi kengliklarda okeanlar va
quruqliklarning namdorliklari katta farq qilmaydi.
1-rasm. 0-7 km li atmosfera qatlamining o’rtacha yillik namdorligi (mm)
Yuqori kengliklar tomon atmosfera namdorligi kamayib, qutb hududlarida
minimumga erishadi. Grenlandiyada u 2 mm, Antarktidada 0,5 mm gacha pasayadi.
Subtropik
antitsiklonlarning
ta’sir
zonasida,
ayniqsa
quruqliklar
ustida,
namdorlikning kichik qiymatlari kuzatiladi. Masalan, SHimoliy va Janubiy
Afrikadagi tropik sahrolarda (Sahroi Kabir, Kalaxara) namdorlik 15 mm dan
ortmaydi. O’rta Osiyodagi subtropik sahrolarda u yanada kichik va 5-5,5 mm ni
tashkil etadi. Arktika, Antarktida muzliklari va sahro hududlaridagi namdorlik
minimumlari bu yerlarda bug’lanishning kamligiga bog’liq.
Iliq va sovuq dengiz oqimlari, shuningdek yirik tog’ tizmalari ustida
namdorlikning zonal taqsimotidan sezilarli chetlanishlar kuzatiladi. Tog’
yonbag’irlarining shamolga qaragan tomonida okeandan kelayotgan namlik ushlanib
qolib, yomg’ir ko’rinishida yog’adi va namdorlikni orttiradi. SHamolga teskari
yonbag’irlarda havo namdorligi kamayadi.
Ikkala yarimsharlarda okeanlar ustidagi namdorlik quruqliklar ustidagi
namdorlikka nisbatan yuqoriroq. Biroq, yozda, quruqliklarda bug’lanishning ortishi
bilan (sahro landshaftlaridan tashqari) namdorlik okeanlardagiga nisbatan kattaroq
bo’lishi mumkin.
Ekvatorga yaqin zonalardan tashqari, barcha kengliklar uchun namdorlikning
mavsumiy farqlari xarakterli. O’rta kengliklardagi quruqlik hududlarida va
ekvatorial mussonlar hududida ular eng kuchli ifodalangan bo’ladi.
O’rta Osiyoda yozda namdorlik 15-18 mm dan (sahrolarda) 28-30 mm gacha
(vohalarda) o’zgaradi. Qishda u tahminan 1,5-2,0 marotaba kamayadi.
Umuman Yer shari uchun atmosferaning o’rtacha namdorligi 25,3 mm ga
teng. SHunday qilib, atmosfera namligining tez almashishini hisobiga (har 8,1
sutkada) atmosfera yirik bevosita suv resurslariga ega. Bu resurslar daryolar va
vohalar hamda boshqa chuchuk suv havzalaridagi barcha suv zahiralaridan ko’p
marotaba katta.
Bug’lanish va bug’lanuvchanlik
Bug’lanuvchanlik deb, namlik zahirasi bilan cheklanmagan, mumkin bo’lgan
maksimal bug’lanishga aytilishini eslatib o’tamiz. Suv havzasi yoki ortiqcha
namlangan tuproq yuzasidan bug’lanish kattaligi bug’lanuvchanlik kattaligiga mos
keladi.
Yer shari bo’yicha bug’lanuvchanlikning miqdoriy qiymatini ko’rib chiqamiz.
Okeanlar uchun bu qiymat haqiqiy bug’lanish bilan mos keladi, quruqlik uchun u
bug’latgich ma’lumotlari bo’yicha hisoblangan.
Qutb hududlarida, bug’lantiruvchi sirt harorati past bo’lganda to’yingan suv
bug’i bosimi Yes va suv bug’ining haqiqiy bosimi ye kichik va ular bir-biriga yaqin.
SHu sababli Yes-e ayirma kichik va shu sababli bug’lanuvchanlik kichik.
SHpitsbergenda uning bir yillik qiymati 80 mm xolos, Angliyada 400 mm atrofida,
SHimoliy Yevropada 450 mm atrofida. Rossiyaning Yevropa qismida to’yinish
defitsiti shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon ortib borishi bilan bug’lanuvchanlik
ham ortib boradi. Sankt-Peterburgda uning yillik miqdori 320 mm, Moskvada 420
mm, Luganskda 740 mm. O’rta Osiyoda yozgi yuqori harorat va to’yinish
defitsitining kattaligi sababli bug’lanuvchanlik yuqori: Toshkentda 1340 mm va
Nukusda 1800 mm.
Tropiklarda qirg’oq yaqinida bug’lanuvchanlik nisbatan kichik va qit’a
ichkarisiga tomon ortib boradi, cho’llarda ancha katta. SHunday qilib, Saxroi
Kabirning Atlantika qirg’oqlari hududida bir yillik bug’lanuvchanlik 600-700 mm,
qirg’oqdan 500 km uzoqlikda esa bug’lanuvchanlik 3000 mm. Arabistonning
qurg’oq hududlarida va Kolorado cho’llarida u 3000 mm dan ko’p. Faqat SHimoliy
Amerikada yillik bug’lanuvchanlik miqdori 2500 mm dan yuqori bo’lgan hududlar
yo’q.
Ekvator yaqinida to’yinish defitsiti kamligi sababli bug’lanuvchanlik nisbatan
kichik – 700-1000 mm. Peru, CHili va Janubiy Afrikaning qirg’oqqa yaqin
cho’llarida yillik bug’lanuvchanlik 600-800 mm dan ortmaydi.
O’simlik bilan qoplangan nam tuproq suv yuzasiga qaraganda ko’proq namni
yo’qotishi mumkin, chunki bu yerda bug’lanishga transpiratsiya ham qo’shiladi.
Albatta, kam namlangan tuproqli hududlarda bug’lanish kam, ya’ni u yomg’ir yoki
erigan qor orqali olgan suv miqdoridan ortmaydi.
Haqiqiy
bug’lanishning
geografik
taqsimotini
ko’ramiz
(3-rasm).
Okeanlardan bug’lanish (u yerda bug’lanuvchanlik bilan teng) quruqlik
ustidan bug’lanishdan ancha ortiq. O’rta va quyi kengliklardagi dunyo okeanlari
akvatoriyasining katta qismida u 600 dan 2500 mm, maksimumi esa 3000 mm gacha
yetadi. Qutb suvlarida muz mavjudligida bug’lanish nisbatan kichik.
Quruqlik ustida bug’lanishning yillik summasi qutb va cho’l hududlarida
(Antarktidada bundan ham kam) 100-200 mm, nam tropik va subtropik hududlarda
(Osiyo janubi, Gvineya ko’rfazi davlatlari, Kongo, AQSHning janubi-sharqi,
Indoneziya orollari, Madagaskar) 800-1000 mm gacha. Quruqlikdagi maksimum
qiymat birmuncha yuqori 1000 mm (Amazonka daryosi havzasi).
Alohida kenglik zonalari bo’yicha bug’lanishning taqsimoti 1-jadvalda
keltirilgan.
2-rasm. To’shalgan sirtdan bug’lanish. O’rtacha yillik qiymatlar (mm/yil).
1-jadval
SHimoliy yarimsharning turli mintaqalarida bug’lanishning o’rtacha
qiymatlari, sm da (M.I.Budiko bo’yicha)
Hudud
Kenglik 0
0-10º
10-20º
20-30º
30-40º
40-50º
50-60º
60-90º
0-90º
Quruqlik
Okean
112
110
57
135
37
130
41
115
37
70
23
60
10
15
41
101
SHimoliy
yarimshar
110
114
95
83
53
39
12
77
SHimoliy yarimsharda tahminan 12-40º sh.k. da okean hududlari atmosfera
uchun suv bug’ining asosiy manbai hisoblanadi. Bu ortiqcha suv bug’ining sarfi
asosan ekvatoroldi hududining shimoliy tomoni – 40º shimoliy kengligi tomonga
sarflanadi. Janubiy yarimshar kengliklari bo’yicha ham bug’lanish huddi shunday
taqsimlanadi. Bu yarimsharda okean bilan qoplangan maydonning kattaligi sababli
bug’lanishning o’rtacha yillik qiymati 125 sm atrofida, shimoliy yarimsharda esa 77
sm. Butun Yer shari uchun o’rtacha yillik bug’lanish 100 sm atrofida.
3. Havo namligining geografik taqsimoti
Havo namligining geografik taqsimoti har bir hududdagi bug’lanish va
Yerning bir joyidan boshqa joyiga ko’chayotgan havo massasi bilan namlikning olib
kelinishiga bog’liq.
Bug’lanish to’yinish defitsitiga proportsional, to’yinish defitsiti harorat
qancha katta bo’lsa shuncha katta. SHu sababli namlik (bug’ bosimi, bug’ning massa
ulushi yoki mutlaq namlik) taqsimoti umuman olganda harorat taqsimotiga bog’liq.
Iqlim kartalarida namlik izochiziqlarining joylashishi harorat izochiziqlarining
joylashishiga yaqin (3, 4-rasmlar).
Havo namligi ko’p yillik o’rtacha oylik bug’ bosimi 20 gPa dan yuqori bo’lgan
ekvator atrofida eng yuqori, bir qator joylarda u ekstremal qiymatlarga (30-35 gPa)
yetadi. Quruqlikda ekvator o’rmonlari hududida katta namlik kuzatiladi.
3-rasm. Suv bug’i partsial bosimining (gPa) o’rtacha taqsimoti. Yanvar.
Havo namligi ham harorat kabi kenglik bo’yicha kamayib boradi. Undan
tashqari u qishda huddi harorat kabi qit’alarda okeandagiga nisbatan kam. SHu
sababli qishda bug’ bosimi yoki mutlaq namlik izochiziqlari izoterma chiziqlariga
o’xshash, ya’ni qit’alar ustida ekvator tomonga egilgan. Markaziy va SHarqiy
Osiyoning keskin sovuq ichki hududlari ustida juda past bug’ bosimli yopiq
izochiziqli maydonlar yuzaga keladi. Yoqutiston sovuq qutbi hududida bug’ bosimi
0,1 gPa dan kichik; Antarktidaning ichki hududlarida u yanada kichik.
4-rasm. Suv bug’i partsial bosimining (gPa) o’rtacha taqsimoti. Iyul.
Biroq, yozda harorat va bug’ miqdori orasidagi moslik kichik. Qit’alar
ichkarisida yozda harorat yuqori, biroq haqiqiy bug’lanish namlik zahirasi bilan
cheklangan va havoga suv bug’ining kelishi okeandagidan yuqori emas. Haroratning
yuqoriligiga qaramay qit’alar ustida bug’ bosimi okean ustidagiga qaraganda kichik.
SHu sababli izoterma chiziqlaridan farqli o’laroq bug’ bosimi izochiziqlari qit’alar
ustida yozda yuqori kengliklarga qarab egilib emas, balki kenglik doiralariga yaqin
o’tadi. Saxroi Kabir yoki O’rta va Markaziy Osiyo cho’llari hatto past bug’
bosimining yopiq izochiziqli hududi hisoblanadi.
Aksariyat hollarda yil davomida okeanlar havosi keladigan qit’alar sohasida,
masalan, G’arbiy Yevropada bug’ miqdori yetarlicha yuqori va, qishda ham, yozda
ham okean ustidagiga yaqin. Osiyoning sharqi va janubi kabi musson sohalarida
havo oqimlari yozda dengizdan, qishda quruqlikdan yo’nalganda, bug’ miqdori
yozda katta va qishda kichik.
Janubiy yarimsharda bug’ bosimi va mutlaq namlikning qiymatlari shimoliy
yarimsharning mos kengliklardagi qiymatlariga yetarlicha yaqin. O’rtacha yillik eng
yuqori namlik ekvatorga to’g’ri keladi. Biroq, u shimoliy yarimsharning qishida 6º
j.k. da, shimoliy yarimsharning yozida esa 7º sh.k. da kuzatiladi. Barcha kenglik
zonalarida qishki qiymatlar yozgi qiymatlardan kichik.