ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI

Yuklangan vaqt

2024-12-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

32,7 KB


 
 
 
 
 
 
ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI 
 
Reja: 
1. Yerga tutash havo qatlamining tarkibi 
2. Tuproq havosining tarkibi 
3. Havo tarkibidagi asosiy gazlarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi 
ahamiyati 
4. Aerozollar. Atmosfera ifloslanishi va unga qarshi kurash choralari 
 
1. Yerga tutash havo qatlamining tarkibi 
 
Odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning yashashi uchun eng zaruriy shartlardan 
biri – Yerni o‘rab olgan havo qatlamining mavjudligidir. Odamlar ovqatsiz bir oydan 
ko‘proq, suvsiz bir necha kun yashasa, havosiz esa bir necha daqiqa yashay oladi, 
xolos. 
Atmosfera Quyoshdan Yerga tushayotgan nuriy energiyaning, ya’ni quyosh 
radiatsiyasining yerdagi hayot uchun zarur qismini o‘tkazib, uning tirik organizmlar 
uchun zararli qismini to‘sib qoladi. 
Yerni o‘rab olgan havo qatlami – atmosfera bo‘lmaganida yer yuzi quyosh 
radiatsiyasining ta’sirida kunduzi +100S gacha isigan, kechasi esa -100S gacha 
sovigan bo‘lar edi. Atmosfera borligi sababli yer yuzi kunduzi ortiqcha isib, kechasi 
esa keskin sovib ketmaydi. Atmosfera borligidan Yer yuzining o‘rtacha yillik 
harorati 15S ga teng. 
Atmosfera Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofidagi harakatida ishtirok etadi. 
Bundan tashqari havo yer yuziga nisbatan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda 
uzluksiz harakat qiladi.  
Yer sharini o‘rab turgan havo qobig‘i atmosfera deyiladi. Atmosferaning butun 
massasi 5,157∙1018 kg ga teng bo‘lib, Yer massasi (5,9787∙1024 kg) ning milliondan
ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI Reja: 1. Yerga tutash havo qatlamining tarkibi 2. Tuproq havosining tarkibi 3. Havo tarkibidagi asosiy gazlarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyati 4. Aerozollar. Atmosfera ifloslanishi va unga qarshi kurash choralari 1. Yerga tutash havo qatlamining tarkibi Odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning yashashi uchun eng zaruriy shartlardan biri – Yerni o‘rab olgan havo qatlamining mavjudligidir. Odamlar ovqatsiz bir oydan ko‘proq, suvsiz bir necha kun yashasa, havosiz esa bir necha daqiqa yashay oladi, xolos. Atmosfera Quyoshdan Yerga tushayotgan nuriy energiyaning, ya’ni quyosh radiatsiyasining yerdagi hayot uchun zarur qismini o‘tkazib, uning tirik organizmlar uchun zararli qismini to‘sib qoladi. Yerni o‘rab olgan havo qatlami – atmosfera bo‘lmaganida yer yuzi quyosh radiatsiyasining ta’sirida kunduzi +100S gacha isigan, kechasi esa -100S gacha sovigan bo‘lar edi. Atmosfera borligi sababli yer yuzi kunduzi ortiqcha isib, kechasi esa keskin sovib ketmaydi. Atmosfera borligidan Yer yuzining o‘rtacha yillik harorati 15S ga teng. Atmosfera Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofidagi harakatida ishtirok etadi. Bundan tashqari havo yer yuziga nisbatan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda uzluksiz harakat qiladi. Yer sharini o‘rab turgan havo qobig‘i atmosfera deyiladi. Atmosferaning butun massasi 5,157∙1018 kg ga teng bo‘lib, Yer massasi (5,9787∙1024 kg) ning milliondan
 
 
bir qismini tashkil qiladi. 
Atmosfera butun massasining 50 foizga yaqin qismi yer yuzasidan 5 km gacha, 
75 foizi esa 10 km gacha, 90 foizi esa 16 km gacha, 99 foizi yer yuzidan 30–35 km 
gacha balandliklardagi qatlamlarda to‘plangan. 
Bu hisobdan ko‘rinadiki, yer yuzidan 30–35 km balandlikdan yuqoridagi havo 
qatlamlarining massasi nihoyatda oz bo‘lib, atmosfera butun massasining 1% inigina 
tashkil qiladi. 
Atmosferaning yuqoridan aniq chegarasi yo‘q, yuqoriga chiqqan sari atmosfera 
siyraklasha borib, qalinligi bir necha ming km ga cho‘ziladi. Ba’zi ma’lumotlarda 
atmosferaning vertikal cho‘zilganligi 60–70 ming km gacha yetadi va oxiri kosmik 
muhitga o‘tadi deb ko‘rsatilgan.  
Atmosfera Yerdagi barcha tirik organizmlarning yashash mu-hitidir (bunga 
kislorodsiz anaerob yashaydigan bakteriyalar kirmaydi). Atmosferaning hozirgi 
vaqtdagiday tarkibi million yillar ilgari vujudga kelgan. Atmosfera bilan biosfera 
orasida tabiiy ravishda ta’minlangan dinamik muvozanat mav-jud. Insonlar va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari havoning hozirgi vaqtdagi mavjud 
tarkibiga moslashgan. 
Atmosferaning yer yuzidan 50–100 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini yerga 
tutash qatlami deb yuritiladi. Bu qatlamning, ayniqsa uning yer yuziga juda yaqin 
qismining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ahamiyati katta. Chunki bu 
qatlamda o‘tuvchi atmosfera hodisalari o‘simliklar va hayvonot dunyosiga har doim 
ta’sir qiladi, yanada aniqroq qilib aytganda o‘simliklar (hayvonlar) shu qatlamdagi 
havoning turli fizik xossalari ta’sirida o‘sadi va rivojlanadi. 
Atmosferani tashkil qilgan gazlarning mexanik aralashmasiga havo deb 
yuritiladi. 
Havoni asosan azot (N2), kislorod (O2), argon (Ar), karbonat angidrid gazi (SO2) 
lari tashkil etadi. 
Bundan tashqari, atmosfera tarkibiga asosiy bo‘lmagan juda oz miqdordagi 
kripton (Kr), ksenon (Xe), neon (Ne), geliy (Ne), vodorod (N2), ozon (O3), iod (J2), 
radon (Rn), metan (SN4), ammiak (NH3), is gazi (SO), oltingugurt (IV) oksid 
(SO2),vodorod peroksid (N2O2) va boshqa gazlar kiradi. 
Atmosfera tarkibida yuqorida aytilganlardan tashqari muallaq holatdagi tabiiy
bir qismini tashkil qiladi. Atmosfera butun massasining 50 foizga yaqin qismi yer yuzasidan 5 km gacha, 75 foizi esa 10 km gacha, 90 foizi esa 16 km gacha, 99 foizi yer yuzidan 30–35 km gacha balandliklardagi qatlamlarda to‘plangan. Bu hisobdan ko‘rinadiki, yer yuzidan 30–35 km balandlikdan yuqoridagi havo qatlamlarining massasi nihoyatda oz bo‘lib, atmosfera butun massasining 1% inigina tashkil qiladi. Atmosferaning yuqoridan aniq chegarasi yo‘q, yuqoriga chiqqan sari atmosfera siyraklasha borib, qalinligi bir necha ming km ga cho‘ziladi. Ba’zi ma’lumotlarda atmosferaning vertikal cho‘zilganligi 60–70 ming km gacha yetadi va oxiri kosmik muhitga o‘tadi deb ko‘rsatilgan. Atmosfera Yerdagi barcha tirik organizmlarning yashash mu-hitidir (bunga kislorodsiz anaerob yashaydigan bakteriyalar kirmaydi). Atmosferaning hozirgi vaqtdagiday tarkibi million yillar ilgari vujudga kelgan. Atmosfera bilan biosfera orasida tabiiy ravishda ta’minlangan dinamik muvozanat mav-jud. Insonlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari havoning hozirgi vaqtdagi mavjud tarkibiga moslashgan. Atmosferaning yer yuzidan 50–100 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini yerga tutash qatlami deb yuritiladi. Bu qatlamning, ayniqsa uning yer yuziga juda yaqin qismining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ahamiyati katta. Chunki bu qatlamda o‘tuvchi atmosfera hodisalari o‘simliklar va hayvonot dunyosiga har doim ta’sir qiladi, yanada aniqroq qilib aytganda o‘simliklar (hayvonlar) shu qatlamdagi havoning turli fizik xossalari ta’sirida o‘sadi va rivojlanadi. Atmosferani tashkil qilgan gazlarning mexanik aralashmasiga havo deb yuritiladi. Havoni asosan azot (N2), kislorod (O2), argon (Ar), karbonat angidrid gazi (SO2) lari tashkil etadi. Bundan tashqari, atmosfera tarkibiga asosiy bo‘lmagan juda oz miqdordagi kripton (Kr), ksenon (Xe), neon (Ne), geliy (Ne), vodorod (N2), ozon (O3), iod (J2), radon (Rn), metan (SN4), ammiak (NH3), is gazi (SO), oltingugurt (IV) oksid (SO2),vodorod peroksid (N2O2) va boshqa gazlar kiradi. Atmosfera tarkibida yuqorida aytilganlardan tashqari muallaq holatdagi tabiiy
 
 
yoki sun’iy ravishda (antropogen) kelib chiqqan qattiq yoki suyuq holatdagi 
zarralar bor. Ularni aerozollar deb yuritiladi.  
Quruq havo deb tarkibida suv bug‘i bo‘lmagan havoga aytiladi. Suv bug‘i, 
chang va boshqa aralashmalardan tozalangan va yer yuziga yaqin joylashgan quruq 
havo tarkibi 2.1–jadvalda keltirilgan. 2.1-jadvalda quruq va toza havoning tarkibini 
hajmga nisbatan foizlarda ko‘rsatilgan.  
Buning ma’nosi shuki, butun atmosfera hajmini 100% ga teng deb olsak, azot 
uning 78,084%, kislorod 20,946%, argon esa 0,934 % qismini egallaydi. Yana 2.1-
jadvaldan ko‘rinadiki, atmosfera umumiy hajmining 99,96 foizi asosiy gazlar (N2, 
O2, Ar) ga to‘g‘ri kelib, qolgan boshqa gazlarning hammasi hajmning 0,04% inigina 
egallaydi. 
Atmosferaning pastki qismida har doim gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda 
havo massalarining harakati ro‘y berib turganligi uchun havo yaxshi aralashib turadi. 
Natijada atmosferaning pastki qismida (25 km balandlikkacha) butun yer shari yuzi 
bo‘ylab havo tarkibi bir xil saqlanadi. 
Biz 2.1-jadvalda quruq va barcha aralashmalardan tozalan-gan havo tarkibini 
ko‘rsatdik. Real sharoitda esa havo tarkibiga yana suv bug‘i ham kiradi. Shuning 
uchun ham havo har doim oz yoki ko‘p darajada namlangan bo‘ladi. 
1-jadval  
Quruq havo tarkibi 
 
Gaz 
Nisbiy 
moleku
lyar 
massa 
Hajmga 
nisbatan 
miqdori, 
% 
hisobida 
Quruq 
havoga 
nisbatan  
zichligi 
Azot (N2) 
28,106 
78,084 
0,967 
Kislorod (O2) 
32,000 
20,946 
1,105 
Argon (Ar) 
39,944 
0,934 
1,379 
Karbonat 
angidrid 
gazi (SO2) 
44,010 
0,033 
1,529
yoki sun’iy ravishda (antropogen) kelib chiqqan qattiq yoki suyuq holatdagi zarralar bor. Ularni aerozollar deb yuritiladi. Quruq havo deb tarkibida suv bug‘i bo‘lmagan havoga aytiladi. Suv bug‘i, chang va boshqa aralashmalardan tozalangan va yer yuziga yaqin joylashgan quruq havo tarkibi 2.1–jadvalda keltirilgan. 2.1-jadvalda quruq va toza havoning tarkibini hajmga nisbatan foizlarda ko‘rsatilgan. Buning ma’nosi shuki, butun atmosfera hajmini 100% ga teng deb olsak, azot uning 78,084%, kislorod 20,946%, argon esa 0,934 % qismini egallaydi. Yana 2.1- jadvaldan ko‘rinadiki, atmosfera umumiy hajmining 99,96 foizi asosiy gazlar (N2, O2, Ar) ga to‘g‘ri kelib, qolgan boshqa gazlarning hammasi hajmning 0,04% inigina egallaydi. Atmosferaning pastki qismida har doim gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda havo massalarining harakati ro‘y berib turganligi uchun havo yaxshi aralashib turadi. Natijada atmosferaning pastki qismida (25 km balandlikkacha) butun yer shari yuzi bo‘ylab havo tarkibi bir xil saqlanadi. Biz 2.1-jadvalda quruq va barcha aralashmalardan tozalan-gan havo tarkibini ko‘rsatdik. Real sharoitda esa havo tarkibiga yana suv bug‘i ham kiradi. Shuning uchun ham havo har doim oz yoki ko‘p darajada namlangan bo‘ladi. 1-jadval Quruq havo tarkibi Gaz Nisbiy moleku lyar massa Hajmga nisbatan miqdori, % hisobida Quruq havoga nisbatan zichligi Azot (N2) 28,106 78,084 0,967 Kislorod (O2) 32,000 20,946 1,105 Argon (Ar) 39,944 0,934 1,379 Karbonat angidrid gazi (SO2) 44,010 0,033 1,529
 
 
Neon (Ne) 
20,183 
18,18∙10-
4 
0,695 
Geliy (Ne) 
4,003 
5,24∙10-4 
0,138 
Kripton (Kr) 
83,700 
1,14∙10-4 
2,868 
Vodorod (N2) 
2,016 
0,5∙10-4 
0,070 
Ksenon (Xe) 
131,30
0 
0,087∙10-
4 
4,524 
Ozon (O3) 
48,00 
10∙10-4 
1,624 
Quruq havo 
28,96 
100 
1,000 
 
Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ozon va suv bug‘la-rining miqdori 
vaqtga nisbatan va geografik kenglikka qarab o‘zgaradi.  
Karbonat angidrid gazi odamlar va hayvonlarning nafas chiqarishida, mineral 
yoqilg‘i (ko‘mir, neft, tabiiy gaz) larning yonishida, organik moddalarning chirishi 
va parchalanishida ajraladi hamda turlicha yo‘llar bilan atmosferaga ko‘tariladi. 
Natijada, yillar o‘tgan sari atmosferadagi SO2 miqdori ko‘paya boradi. Ammo 
o‘simliklar fotosintez jarayonida havodan SO2 ni yutib, uning atmosferadagi 
miqdorining oshib ketishiga to‘s-qinlik qiladi. 
Insonlar sanoatning turli tarmoqlarida energiyaning qay-tadan tiklanmaydigan 
manba (ko‘mir, neft, tabiiy gaz) larini qanchalik ko‘p yoqib ishlatsa, atmosferadagi 
SO2 gazining miqdo-ri ham shunchalik ko‘payadi.  
Keyingi 70-80 yil davomida atmosferadagi SO2 ning ulushi 1900 yildagi 0,029% 
dan, 1980 yilga kelib 0,033% gacha oshgan yoki uning ulushi shu o‘tgan davrda 10 
– 12% ga ko‘paygan. Agar havodagi SO2 miqdori 0,1% gacha oshsa, odamlarning 
nafas olishi juda qiyinlashadi.  
Ma’lumotlarga qaraganda 1987 yili butun dunyo davlatlari atmosferaga faqat 
SO2 ning o‘zidan 22 mlrd. t. chiqargan, shuning 23% ini – AQSH da, 19% ini – sobiq 
Ittifoqda, 13% ini - G‘arbiy Yevropada, 8.7% ini – Xitoyda, 7% ini Sharqiy Yevropa 
mamlakatlari, 23% ini qolgan barcha davlatlar tomonidan chiqarilgan. 
Atmosferadagi SO2 gazi quyoshning nuriy energiyasini Yerga tomon miqdor 
jihatdan biroz kamaytirib o‘tkazadi. 
Ammo Yer yuzining katta to‘lqin uzunlikli infraqizil nurlanishini yutib,
Neon (Ne) 20,183 18,18∙10- 4 0,695 Geliy (Ne) 4,003 5,24∙10-4 0,138 Kripton (Kr) 83,700 1,14∙10-4 2,868 Vodorod (N2) 2,016 0,5∙10-4 0,070 Ksenon (Xe) 131,30 0 0,087∙10- 4 4,524 Ozon (O3) 48,00 10∙10-4 1,624 Quruq havo 28,96 100 1,000 Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ozon va suv bug‘la-rining miqdori vaqtga nisbatan va geografik kenglikka qarab o‘zgaradi. Karbonat angidrid gazi odamlar va hayvonlarning nafas chiqarishida, mineral yoqilg‘i (ko‘mir, neft, tabiiy gaz) larning yonishida, organik moddalarning chirishi va parchalanishida ajraladi hamda turlicha yo‘llar bilan atmosferaga ko‘tariladi. Natijada, yillar o‘tgan sari atmosferadagi SO2 miqdori ko‘paya boradi. Ammo o‘simliklar fotosintez jarayonida havodan SO2 ni yutib, uning atmosferadagi miqdorining oshib ketishiga to‘s-qinlik qiladi. Insonlar sanoatning turli tarmoqlarida energiyaning qay-tadan tiklanmaydigan manba (ko‘mir, neft, tabiiy gaz) larini qanchalik ko‘p yoqib ishlatsa, atmosferadagi SO2 gazining miqdo-ri ham shunchalik ko‘payadi. Keyingi 70-80 yil davomida atmosferadagi SO2 ning ulushi 1900 yildagi 0,029% dan, 1980 yilga kelib 0,033% gacha oshgan yoki uning ulushi shu o‘tgan davrda 10 – 12% ga ko‘paygan. Agar havodagi SO2 miqdori 0,1% gacha oshsa, odamlarning nafas olishi juda qiyinlashadi. Ma’lumotlarga qaraganda 1987 yili butun dunyo davlatlari atmosferaga faqat SO2 ning o‘zidan 22 mlrd. t. chiqargan, shuning 23% ini – AQSH da, 19% ini – sobiq Ittifoqda, 13% ini - G‘arbiy Yevropada, 8.7% ini – Xitoyda, 7% ini Sharqiy Yevropa mamlakatlari, 23% ini qolgan barcha davlatlar tomonidan chiqarilgan. Atmosferadagi SO2 gazi quyoshning nuriy energiyasini Yerga tomon miqdor jihatdan biroz kamaytirib o‘tkazadi. Ammo Yer yuzining katta to‘lqin uzunlikli infraqizil nurlanishini yutib,
 
 
atmosferadan tashqariga chiqarmaydi. Boshqacha aytganda, SO2 gazi ham issiqxona 
oynasi kabi vazifani bajarib, atmosferada «issiqxona effekti» ni vujudga keltiradi va 
Yerning nurlanish sababli ortiqcha sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Bundan atmosferadagi SO2 gazi miqdori ko‘paygan sari Yerning isishi 
kuchayadi, degan xulosani ayta olamiz. 
Ma’lumotlarga qaraganda XXI asrda yer sirtidagi o‘rtacha harorat o‘tgan asr 
oxiridagiga nisbatan 2020 yillarda 2,5 ga, 2050 yillarda esa 3-4 ga oshishi 
kutilmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymas-lik uchun insonlar atmosferadagi SO2 miqdorini 
kamaytirish choralarini jiddiy ravishda amalga oshirishi kerak. Yerning ortiqcha 
isishi quruqlik, dengiz va okean muzliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Muzliklarning me’yoridan ko‘p erishi sababli maydoni kamayadi, shuningdek, 
abadiy muzgarchilik hududlar maydoni ham qisqaradi. Natijada toshqinlar ko‘payib, 
insonlar hayotiga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. 
Masalan, keyingi yillarda Yevropada, jumladan Fransiyada kuchli toshqinlar 
ro‘y berib, aholiga juda katta zarar yetkazdi. Umuman olganda, havo tarkibidagi 
karbonat angidrid gazining ortishi, kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik 
organizmlar zarar ko‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik 
funksiyalarning buzilishiga olib keladi. 
Havo tarkibidagi suv bug‘i okeanlar, ko‘llar, daryolar, katta-kichik anhorlar, suv 
havzalari, nam tuproq, o‘simliklarning bug‘lanishi (transpiratsiyasi) dan hosil 
bo‘ladi va havoning is-siqlik konveksiyasi va turbulentligi yordamida atmosferada 
bir muncha balandliklarga ko‘tariladi. 
Bunda balandlik oshgan sari uning miqdori kamaya boradi. Yer yuzidan 10-15 
km balandlikda suv bug‘ining miqdori juda ham kamayib ketadi. 
Yerga yaqin havodagi suv bug‘ining miqdori eng ko‘pi bilan atmosfera umumiy 
hajmining 4 foizgacha ortadi. Uning o‘rtacha miqdori qutb kengliklarida 0,02%, 
tropik kengliklarda esa 2,5% ga teng. 
Suv 
bug‘ining 
atmosferadagi 
biror 
balandlikda 
kondensatsiyasi 
va 
sublimatsiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi va sharoit yetarli bo‘lganda u yoki 
bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. Bundan tashqari suv bug‘i infraqizil radiatsiyani yaxshi 
yutadi va o‘zi ham uzun to‘lqinli infraqizil nurlarni chiqaradi. 
Suv bug‘i (umuman atmosfera) nurlanishining Yerga tomon yo‘nalgan qismi
atmosferadan tashqariga chiqarmaydi. Boshqacha aytganda, SO2 gazi ham issiqxona oynasi kabi vazifani bajarib, atmosferada «issiqxona effekti» ni vujudga keltiradi va Yerning nurlanish sababli ortiqcha sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan atmosferadagi SO2 gazi miqdori ko‘paygan sari Yerning isishi kuchayadi, degan xulosani ayta olamiz. Ma’lumotlarga qaraganda XXI asrda yer sirtidagi o‘rtacha harorat o‘tgan asr oxiridagiga nisbatan 2020 yillarda 2,5 ga, 2050 yillarda esa 3-4 ga oshishi kutilmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymas-lik uchun insonlar atmosferadagi SO2 miqdorini kamaytirish choralarini jiddiy ravishda amalga oshirishi kerak. Yerning ortiqcha isishi quruqlik, dengiz va okean muzliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Muzliklarning me’yoridan ko‘p erishi sababli maydoni kamayadi, shuningdek, abadiy muzgarchilik hududlar maydoni ham qisqaradi. Natijada toshqinlar ko‘payib, insonlar hayotiga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan, keyingi yillarda Yevropada, jumladan Fransiyada kuchli toshqinlar ro‘y berib, aholiga juda katta zarar yetkazdi. Umuman olganda, havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining ortishi, kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Havo tarkibidagi suv bug‘i okeanlar, ko‘llar, daryolar, katta-kichik anhorlar, suv havzalari, nam tuproq, o‘simliklarning bug‘lanishi (transpiratsiyasi) dan hosil bo‘ladi va havoning is-siqlik konveksiyasi va turbulentligi yordamida atmosferada bir muncha balandliklarga ko‘tariladi. Bunda balandlik oshgan sari uning miqdori kamaya boradi. Yer yuzidan 10-15 km balandlikda suv bug‘ining miqdori juda ham kamayib ketadi. Yerga yaqin havodagi suv bug‘ining miqdori eng ko‘pi bilan atmosfera umumiy hajmining 4 foizgacha ortadi. Uning o‘rtacha miqdori qutb kengliklarida 0,02%, tropik kengliklarda esa 2,5% ga teng. Suv bug‘ining atmosferadagi biror balandlikda kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi va sharoit yetarli bo‘lganda u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. Bundan tashqari suv bug‘i infraqizil radiatsiyani yaxshi yutadi va o‘zi ham uzun to‘lqinli infraqizil nurlarni chiqaradi. Suv bug‘i (umuman atmosfera) nurlanishining Yerga tomon yo‘nalgan qismi
 
 
kechasi Yerning uzun to‘lqinli nurlanishdan sovishini kamaytiradi.  
Suvning bug‘lanishida energiya sarflanadi, yoki bug‘lanayotgan suyuqlik soviydi, 
natijada uning ustidagi havo qatlamlari ham soviydi. Suv bug‘ining kondensatsiyasi 
va sublimatsiyasi hodisala-rida esa, aksincha issiqlik ajraladi. Bulutli kunlari havoning 
bir muncha iliq bo‘lishining sababi ham shunda. 
Atmosfera havosi tarkibining yana bir o‘zgaruvchan qismi uch atomli kislorod 
molekulalari (O3) dan tashkil topgan ozon gazidan iboratdir. Ozon rangsiz, o‘tkir hidli 
gaz. Uning atmosferadagi umumiy massasi 3,2·1012 kg ga teng va atmosfera butun 
massasi (5,157∙1018 kg) ning 6·10-7% ulushini tashkil qiladi. 
Atmosfera tarkibida ozonning miqdori g‘oyat oz bo‘lishiga qaramasdan Yerdagi 
organik hayot uchun uning ahamiyati juda katta. 
Ozon atmosferada yer yuzidan 70 km balandlikkacha uchraydi, ammo uning eng 
ko‘p miqdori atmosferaning yer yuzidan 20-55 km balandliklardagi qatlamlarida 
to‘plangan. 
Ozonning atmosferadagi taqsimoti g‘oyat qiziq. Yuqorida ko‘rsatganimizdek yer 
yuzida uning miqdori juda oz. Balandlik oshgan sari uning miqdori (yoki zichligi) 
orta borib, 20-26 km balandliklarda maksimal qiymatga erishadi. So‘ngra uning 
miqdori balandlik bo‘ylab yana kamaya boshlaydi va yer yuzidan 70 km balandlikda 
esa deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. 
Ozonning 0-70 km qatlamdagi o‘rtacha zichligi 9·10-8 kg/m3 (yoki 90 mkg/m3), 
maksimal zichligi esa 6·10-7 kg/m3 (yoki 600 mkg/m3) ga teng. 
Kisloroddan ozonning hosil bo‘lish jarayoni atmosferaning 70 dan 15 km gacha 
qatlamlarida kislorod molekula (O2) lariga quyosh ultrabinafsha radiatsiyasining 
fotokimyoviy ta’-siri natijasida vujudga keladi. Bu jarayonda ikki atomli kislorod 
(O2) molekulalarining bir qismi atomlarga parchalanadi (dissotsiatsiyalanadi) va bu 
uyg‘ongan atomlar saqlanib qol-gan (dissotsiatsiyalanmagan) boshqa O2 
molekulalari bilan birikib O3 (ozon) molekulasini hosil qiladi. 
Ayni shu vaqtda ozonning spektr ultrabinafsha, binafsha va ko‘rinadigan 
qismlarida nur yutishi natijasida teskari jarayon - ozonning kislorod molekulasi va 
atomlariga parchalanish jarayoni ham ro‘y beradi. Agar ozon hosil bo‘lish jarayoni, 
ozonning parchalanishidan afzal bo‘lsagina atmosferada ozon miqdori ortadi. 
Ozon molekulalarining parchalanishi boshqacha yo‘l bilan o‘tishi mumkin.
kechasi Yerning uzun to‘lqinli nurlanishdan sovishini kamaytiradi. Suvning bug‘lanishida energiya sarflanadi, yoki bug‘lanayotgan suyuqlik soviydi, natijada uning ustidagi havo qatlamlari ham soviydi. Suv bug‘ining kondensatsiyasi va sublimatsiyasi hodisala-rida esa, aksincha issiqlik ajraladi. Bulutli kunlari havoning bir muncha iliq bo‘lishining sababi ham shunda. Atmosfera havosi tarkibining yana bir o‘zgaruvchan qismi uch atomli kislorod molekulalari (O3) dan tashkil topgan ozon gazidan iboratdir. Ozon rangsiz, o‘tkir hidli gaz. Uning atmosferadagi umumiy massasi 3,2·1012 kg ga teng va atmosfera butun massasi (5,157∙1018 kg) ning 6·10-7% ulushini tashkil qiladi. Atmosfera tarkibida ozonning miqdori g‘oyat oz bo‘lishiga qaramasdan Yerdagi organik hayot uchun uning ahamiyati juda katta. Ozon atmosferada yer yuzidan 70 km balandlikkacha uchraydi, ammo uning eng ko‘p miqdori atmosferaning yer yuzidan 20-55 km balandliklardagi qatlamlarida to‘plangan. Ozonning atmosferadagi taqsimoti g‘oyat qiziq. Yuqorida ko‘rsatganimizdek yer yuzida uning miqdori juda oz. Balandlik oshgan sari uning miqdori (yoki zichligi) orta borib, 20-26 km balandliklarda maksimal qiymatga erishadi. So‘ngra uning miqdori balandlik bo‘ylab yana kamaya boshlaydi va yer yuzidan 70 km balandlikda esa deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Ozonning 0-70 km qatlamdagi o‘rtacha zichligi 9·10-8 kg/m3 (yoki 90 mkg/m3), maksimal zichligi esa 6·10-7 kg/m3 (yoki 600 mkg/m3) ga teng. Kisloroddan ozonning hosil bo‘lish jarayoni atmosferaning 70 dan 15 km gacha qatlamlarida kislorod molekula (O2) lariga quyosh ultrabinafsha radiatsiyasining fotokimyoviy ta’-siri natijasida vujudga keladi. Bu jarayonda ikki atomli kislorod (O2) molekulalarining bir qismi atomlarga parchalanadi (dissotsiatsiyalanadi) va bu uyg‘ongan atomlar saqlanib qol-gan (dissotsiatsiyalanmagan) boshqa O2 molekulalari bilan birikib O3 (ozon) molekulasini hosil qiladi. Ayni shu vaqtda ozonning spektr ultrabinafsha, binafsha va ko‘rinadigan qismlarida nur yutishi natijasida teskari jarayon - ozonning kislorod molekulasi va atomlariga parchalanish jarayoni ham ro‘y beradi. Agar ozon hosil bo‘lish jarayoni, ozonning parchalanishidan afzal bo‘lsagina atmosferada ozon miqdori ortadi. Ozon molekulalarining parchalanishi boshqacha yo‘l bilan o‘tishi mumkin.
 
 
Masalan, ozon molekulalari o‘zaro bir-biri bilan yoki O2 molekulalari bilan 
to‘qnashuvida ham ro‘y beradi. Bunda ozon molekulalarini parchalash tezligi 
haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat oshgan sari tezlashadi. 
Ozonning atmosferada 15 km dan pastki qatlamlarga o‘tishi yuqori 
qatlamlarning pastki qatlam bilan aralashuvidan kelib chiqadi. Ozon miqdorining 
balandlik bo‘ylab ortishi (26 km gacha) atmosfera tarkibidagi azot va kislorod 
ulushiga ta’sir qilmaydi, chunki ozonning miqdori ularning miqdoridan juda-juda oz. 
Agar ozonning umumiy miqdorini tik yo‘nalishda 0S haroratda normal bosim (1013 
gPa) da to‘plansa, hosil bo‘lgan ozon qatlamining qalinligi o‘rtacha 3 mm ga teng 
bo‘lar edi (uni ozon qatlamining keltirilgan qalinligi deb yuritiladi). 
Ozon miqdorining maksimumi bahorda, minimumi esa qish-da ro‘y beradi. 
Bunda yillik amplituda geografik kenglik oshi-shi bilan orta boradi. 
Ozon 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunlikdagi ultrabinafsha radiatsiyani to‘liq yutadi. 
Shuning uchun ham to‘lqin uzunligi λ=0,29 mkm dan kichik quyosh ultrabinafsha 
radiatsiyasi atmosferada yutilib yer yuziga yetib kelmaydi. To‘lqin uzunligi λ<0,29 
mkm dan kichik ultrabinafsha radiatsiya yuqori biologik aktivlikka ega bo‘lib, tirik 
organizmlarni halokatga olib borish ta’sirini ko‘rsatadi. Yer yuziga to‘lqin uzunligi 
0,29 mkm dan 0,39 mkm gacha bo‘lgan ultrabinafsha radiatsiyaning atmosferada 
yutilishidan qolgan juda oz qismigina yetib keladi. 
Shunday qilib, atmosferadagi ozon qatlami to‘lqin uzunligi λ = 0,29 mkm dan 
kichik ultrabinafsha radiatsiyani yutib, uning zararli ta’siridan yer yuzidagi tirik 
organizmlarni saqlaydi. 
Ozon qatlamining muhim ahamiyati xuddi shunda o‘z ifodasini topgan. 
 
2. Tuproq havosining tarkibi 
Barcha tuproqlarda oz yoki ko‘p havo bor. Tuproqning nam bo‘l-magan 
g‘ovakliklari va bo‘shliklarini to‘ldirib turadigan turli-cha gazlar aralashmasiga 
tuproq havosi deb yuritiladi. Tuproq havosidagi asosiy gazlar bo‘lib kislorod va 
karbonat angidrid gazi hisoblanadi. 
Tuproqdagi havo o‘simlik hayoti uchun zarur omillardan biri bo‘lib, o‘simlik 
ildizlarining nafas olishini va tuproqdagi har xil mikroorganizmlar hamda 
jonivorlarni kislorod bilan ta’minlaydi, tuproqda havo yetarli bo‘lgandagina
Masalan, ozon molekulalari o‘zaro bir-biri bilan yoki O2 molekulalari bilan to‘qnashuvida ham ro‘y beradi. Bunda ozon molekulalarini parchalash tezligi haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat oshgan sari tezlashadi. Ozonning atmosferada 15 km dan pastki qatlamlarga o‘tishi yuqori qatlamlarning pastki qatlam bilan aralashuvidan kelib chiqadi. Ozon miqdorining balandlik bo‘ylab ortishi (26 km gacha) atmosfera tarkibidagi azot va kislorod ulushiga ta’sir qilmaydi, chunki ozonning miqdori ularning miqdoridan juda-juda oz. Agar ozonning umumiy miqdorini tik yo‘nalishda 0S haroratda normal bosim (1013 gPa) da to‘plansa, hosil bo‘lgan ozon qatlamining qalinligi o‘rtacha 3 mm ga teng bo‘lar edi (uni ozon qatlamining keltirilgan qalinligi deb yuritiladi). Ozon miqdorining maksimumi bahorda, minimumi esa qish-da ro‘y beradi. Bunda yillik amplituda geografik kenglik oshi-shi bilan orta boradi. Ozon 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunlikdagi ultrabinafsha radiatsiyani to‘liq yutadi. Shuning uchun ham to‘lqin uzunligi λ=0,29 mkm dan kichik quyosh ultrabinafsha radiatsiyasi atmosferada yutilib yer yuziga yetib kelmaydi. To‘lqin uzunligi λ<0,29 mkm dan kichik ultrabinafsha radiatsiya yuqori biologik aktivlikka ega bo‘lib, tirik organizmlarni halokatga olib borish ta’sirini ko‘rsatadi. Yer yuziga to‘lqin uzunligi 0,29 mkm dan 0,39 mkm gacha bo‘lgan ultrabinafsha radiatsiyaning atmosferada yutilishidan qolgan juda oz qismigina yetib keladi. Shunday qilib, atmosferadagi ozon qatlami to‘lqin uzunligi λ = 0,29 mkm dan kichik ultrabinafsha radiatsiyani yutib, uning zararli ta’siridan yer yuzidagi tirik organizmlarni saqlaydi. Ozon qatlamining muhim ahamiyati xuddi shunda o‘z ifodasini topgan. 2. Tuproq havosining tarkibi Barcha tuproqlarda oz yoki ko‘p havo bor. Tuproqning nam bo‘l-magan g‘ovakliklari va bo‘shliklarini to‘ldirib turadigan turli-cha gazlar aralashmasiga tuproq havosi deb yuritiladi. Tuproq havosidagi asosiy gazlar bo‘lib kislorod va karbonat angidrid gazi hisoblanadi. Tuproqdagi havo o‘simlik hayoti uchun zarur omillardan biri bo‘lib, o‘simlik ildizlarining nafas olishini va tuproqdagi har xil mikroorganizmlar hamda jonivorlarni kislorod bilan ta’minlaydi, tuproqda havo yetarli bo‘lgandagina
 
 
o‘simliklar yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Tuproq havosining tarkibidagi kislorod va 
karbonat angidrid gazining miqdori, ularning atmosfera tarkibidagi miqdoridan farq 
qiladi. 
Tuproq havosidagi SO2 miqdori, atmosfera havosidagi miqdori (0,033%) dan 
o‘nlab, hattoki yuzlab marta ham ortiq bo‘-lishi, kislorod miqdori esa atmosferadagi 
miqdori (20,946%) dan kamayib 15-10% largacha tushib qolishi mumkin. Tuproq ha-
vosida O2 va SO2 lardan tashqari oz miqdorda ammiak, vodorod, vodorod sulfid, 
metan, argon, geliy va boshqa gazlar uchraydi. 
Ma’lumotlarga qaraganda fizik xossalari qulay bo‘lgan va havo yaxshi kirib 
turadigan sharoitda tuproq havosidagi SO2 miqdori o‘simliklarning vegetatsiyasi 
davrida 1-2% dan oshmaydi, O2 ning miqdori esa 18% dan kam bo‘lmaydi. Tuproq 
havosidagi O2 ning miqdori 20% ga yaqin bo‘lganida o‘simlik uchun eng qulay 
sharoit yaratiladi. 
Agar tuproq tarkibidagi karbonat angidrid gazi ko‘payib ketsa, kislorodni siqib 
chiqarib ildizning nafas olishini qi-yinlashtiradi. 
Atmosfera bilan tuproqning gaz almashinish hodisasiga aeratsiya deyiladi. 
Tuproqda SO2 ning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuproq aeratsiyasini yaxshilash 
uchun ekinlarda qator oralarini o‘z vaqtida ishlash kerak. 
Gaz almashinish omillariga: diffuziya, yog‘inlar yoki sug‘o-rish hisobiga 
namning tuproqqa kirishi, atmosfera bosimi va tuproq haroratining o‘zgarishi, 
shamolning ta’siri va sizot suvlarning ko‘tarilishlari kiradi. 
Diffuziya hodisasi gaz hajmining bir qismi zichligi katta, ikkinchi qismi zichligi 
kam bo‘lganda ro‘y beradi. Bunda zichligi katta tomondan kam tomonga ma’lum 
miqdordagi gaz massasi ko‘-chadi va bu jarayon yopiq idishdagi gaz zichligi bir xil 
bo‘lguncha davom etadi. 
Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida kislorod kam bo‘lgani uchun O2 
diffuziyalanib tuproqqa uzluksiz kirib turadi, SO2 esa atmosferada kam bo‘lganidan 
uzluksiz ravishda tuproqdan atmosferaga chiqadi.  
Qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq ravishda atmosfera bilan tuproq 
havosining almashinish tezligi har xil bo‘-ladi. Yerlarni o‘z vaqtida haydash, 
sug‘orish, qator oralariga ishlov berish havo almashishni tezlashtiradi. 
Haydalgan va qator oralari ishlangan ekinzorlarda, hay-dalmagan va qator oralari
o‘simliklar yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Tuproq havosining tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazining miqdori, ularning atmosfera tarkibidagi miqdoridan farq qiladi. Tuproq havosidagi SO2 miqdori, atmosfera havosidagi miqdori (0,033%) dan o‘nlab, hattoki yuzlab marta ham ortiq bo‘-lishi, kislorod miqdori esa atmosferadagi miqdori (20,946%) dan kamayib 15-10% largacha tushib qolishi mumkin. Tuproq ha- vosida O2 va SO2 lardan tashqari oz miqdorda ammiak, vodorod, vodorod sulfid, metan, argon, geliy va boshqa gazlar uchraydi. Ma’lumotlarga qaraganda fizik xossalari qulay bo‘lgan va havo yaxshi kirib turadigan sharoitda tuproq havosidagi SO2 miqdori o‘simliklarning vegetatsiyasi davrida 1-2% dan oshmaydi, O2 ning miqdori esa 18% dan kam bo‘lmaydi. Tuproq havosidagi O2 ning miqdori 20% ga yaqin bo‘lganida o‘simlik uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Agar tuproq tarkibidagi karbonat angidrid gazi ko‘payib ketsa, kislorodni siqib chiqarib ildizning nafas olishini qi-yinlashtiradi. Atmosfera bilan tuproqning gaz almashinish hodisasiga aeratsiya deyiladi. Tuproqda SO2 ning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuproq aeratsiyasini yaxshilash uchun ekinlarda qator oralarini o‘z vaqtida ishlash kerak. Gaz almashinish omillariga: diffuziya, yog‘inlar yoki sug‘o-rish hisobiga namning tuproqqa kirishi, atmosfera bosimi va tuproq haroratining o‘zgarishi, shamolning ta’siri va sizot suvlarning ko‘tarilishlari kiradi. Diffuziya hodisasi gaz hajmining bir qismi zichligi katta, ikkinchi qismi zichligi kam bo‘lganda ro‘y beradi. Bunda zichligi katta tomondan kam tomonga ma’lum miqdordagi gaz massasi ko‘-chadi va bu jarayon yopiq idishdagi gaz zichligi bir xil bo‘lguncha davom etadi. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida kislorod kam bo‘lgani uchun O2 diffuziyalanib tuproqqa uzluksiz kirib turadi, SO2 esa atmosferada kam bo‘lganidan uzluksiz ravishda tuproqdan atmosferaga chiqadi. Qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq ravishda atmosfera bilan tuproq havosining almashinish tezligi har xil bo‘-ladi. Yerlarni o‘z vaqtida haydash, sug‘orish, qator oralariga ishlov berish havo almashishni tezlashtiradi. Haydalgan va qator oralari ishlangan ekinzorlarda, hay-dalmagan va qator oralari
 
 
ishlanmaydigan ekinzorlarga nisbatan tuproq havosi ko‘p bo‘ladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda o‘simlik tuproqning umumiy g‘o-vakligi 25-40% ni 
havo, 75-60% ni suv egallaganda yaxshi o‘sadi. Strukturali tuproqlarda havo rejimi 
eng qulay bo‘ladi va      g‘ovakliklarda  havo  bilan  suvning  qulay  nisbati  uzoq  
vaqt davom etadi.  
Tuproqning havo rejimini yaxshilash uchun ishlab chiqarish sharoitida yerni 
chuqur va sifatli shudgorlash, boronalash, kul-tivatsiyalash va boshqa agrotexnik 
tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘l-lash kerak. Ekinlarning o‘sishi davrida esa tuproqning 
havo rejimini yaxshilash uchun hosil bo‘lgan qatqaloqni yumshatish, ekin ekilgan 
egatlarning esa qator oralariga vaqti-vaqti bilan kerakli muddatlarda ishlov berib 
turish kerak. 
Ekinlarni sug‘organdan keyin haydalma qatlamning zichlashib, aeratsiyasi 
yomonlashishidan qutilish uchun kultivatsiya o‘t-kazib turish lozim. 
Shunday qilib, tuproq havosi ham ekinlardan mo‘l-ko‘l hosil olishda ahamiyatga 
ega. 
 
3. Havo tarkibidagi asosiy gazlarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi 
ahamiyati 
Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi barcha gazlardan qish-loq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi uchun azot, kislorod, karbonat angidrid gazi va suv bug‘i eng katta 
ahamiyatga ega. Shuning uchun ularning har biriga to‘xtalamiz. 
Azot. Ma’lumki, o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, 
issiqlik, suv va havo qanchalik zarur bo‘l-sa, oziq moddalar ham o‘shancha zarurdir. 
O‘simliklarning oziq moddalarning har biriga talabi qondirilsa va boshqa hayot 
omillari ham yetarli bo‘lsa, yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Azot o‘simliklarning 
tuproqdan o‘zlashtiradigan eng asosiy elementlaridan biri. O‘simliklar va hayvonlar 
oqsili tarkibida azot bor. O‘simliklar rivojlanishning dastlabki fazalarida azotga juda 
talabchan bo‘ladi. Agar azot yetishmasa o‘simlik sekin o‘sa-di, barglari och yashil, 
ba’zan sariq rangda bo‘lib qoladi. Agar yerlarga azotni me’yoridan ko‘p solib 
o‘simlikka oshiqcha azot berilsa, o‘simlik g‘ovlab ketadi, pirovardida hosili 
kamayadi. 
Ma’lumki, atmosfera havosi tarkibida azot miqdori ko‘p bo‘lsada yuksak
ishlanmaydigan ekinzorlarga nisbatan tuproq havosi ko‘p bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda o‘simlik tuproqning umumiy g‘o-vakligi 25-40% ni havo, 75-60% ni suv egallaganda yaxshi o‘sadi. Strukturali tuproqlarda havo rejimi eng qulay bo‘ladi va g‘ovakliklarda havo bilan suvning qulay nisbati uzoq vaqt davom etadi. Tuproqning havo rejimini yaxshilash uchun ishlab chiqarish sharoitida yerni chuqur va sifatli shudgorlash, boronalash, kul-tivatsiyalash va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘l-lash kerak. Ekinlarning o‘sishi davrida esa tuproqning havo rejimini yaxshilash uchun hosil bo‘lgan qatqaloqni yumshatish, ekin ekilgan egatlarning esa qator oralariga vaqti-vaqti bilan kerakli muddatlarda ishlov berib turish kerak. Ekinlarni sug‘organdan keyin haydalma qatlamning zichlashib, aeratsiyasi yomonlashishidan qutilish uchun kultivatsiya o‘t-kazib turish lozim. Shunday qilib, tuproq havosi ham ekinlardan mo‘l-ko‘l hosil olishda ahamiyatga ega. 3. Havo tarkibidagi asosiy gazlarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyati Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi barcha gazlardan qish-loq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun azot, kislorod, karbonat angidrid gazi va suv bug‘i eng katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ularning har biriga to‘xtalamiz. Azot. Ma’lumki, o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va havo qanchalik zarur bo‘l-sa, oziq moddalar ham o‘shancha zarurdir. O‘simliklarning oziq moddalarning har biriga talabi qondirilsa va boshqa hayot omillari ham yetarli bo‘lsa, yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Azot o‘simliklarning tuproqdan o‘zlashtiradigan eng asosiy elementlaridan biri. O‘simliklar va hayvonlar oqsili tarkibida azot bor. O‘simliklar rivojlanishning dastlabki fazalarida azotga juda talabchan bo‘ladi. Agar azot yetishmasa o‘simlik sekin o‘sa-di, barglari och yashil, ba’zan sariq rangda bo‘lib qoladi. Agar yerlarga azotni me’yoridan ko‘p solib o‘simlikka oshiqcha azot berilsa, o‘simlik g‘ovlab ketadi, pirovardida hosili kamayadi. Ma’lumki, atmosfera havosi tarkibida azot miqdori ko‘p bo‘lsada yuksak
 
 
o‘simliklar uni atmosferadan bevosita o‘zlash-tirishga moslashgan emas. Biroq, 
atmosfera azotini ba’zi turdagi o‘simliklar, o‘zlarining ildizida va ildiz rizosferasida 
erkin yoki bog‘liq holatda yashaydigan bakteriyalar yordamida to‘p-lay oladilar. 
Masalan, dukkakli o‘simliklar ildizida, ildiz rizosferasida simbiotik usulda oziqlanib, 
erkin yashaydigan azotobakter va klostridium bakteriyalar yordamida atmosfera 
molekulyar azotini yaxshi to‘playdi. Bundan tashqari, dukkakli o‘simliklarning 
ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalar ham atmosfera azotini yaxshi 
o‘zlashtiradi. 
Atmosfera azoti ham o‘simlik bargiga SO2 gazi bilan aralashib diffuziyalanadi. 
Ammo 
bu 
azotni 
o‘simlikning 
o‘zi 
o‘z-lashtirmaydi, 
balki 
yuqorida 
ko‘rsatganimizdek ildizdagi turli bakteriyalar o‘zlashtiradi va ular azotni o‘simlik 
o‘zlashtira-oladigan holatga o‘tkazib to‘playdi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, dukkakli o‘simliklardan biri bo‘lgan uch yillik 
bedaning har gektar maydoni tuproqda bir yilda 300-400 kg gacha azot to‘playdi. Bu 
azot miqdori bedadan bo‘shagan yerga ekilgan ekinlarni bir necha yil davomida 
yuqori hosil olish uchun yetarli bo‘ladi. 
Azot tuproqqa yog‘inlar bilan oz bo‘lsada tushadi. Azot har gektar yerga yog‘in 
bilan bir yilda 3-4 kg nitrat va ammiak ko‘ri-nishida tushadi. 
Shunday qilib, azot tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. 
Kislorod. O‘simlik hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri-fotosintez 
jarayonidir. 
O‘simliklarning yashil bargida karbonat angidrid gazi va suvdan quyosh 
yorug‘ligi ta’sirida organik moddalarning hosil bo‘lishi jarayoniga fotosintez 
deyiladi. Bu jarayonda havoga erkin kislorod ajralib chiqadi. Tabiatdagi 
kislorodning yagona manbai yashil o‘simliklardir. Demak, qayerda yashil 
o‘simliklar qalin bo‘lsa, o‘sha yerning havosida kislorod shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Tabiatdagi kislorod o‘simliklar va hayvonlarning nafas olishiga, tuproqdagi organik 
moddalarning chirishiga va yonishiga sarflanadi. 
O‘simliklar uzluksiz nafas oladi va u jarayon to‘xtasa o‘simlik nobud bo‘ladi. 
O‘simliklarda nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga teskari bo‘lib, bu jarayonda 
organik moddalar anaerob sharoitda oksidlanib, karbonat angidrid gazini va suvni 
hosil qiladi va energiya ajralib chiqadi. Ajralgan bu energiya o‘simlikning o‘sish,
o‘simliklar uni atmosferadan bevosita o‘zlash-tirishga moslashgan emas. Biroq, atmosfera azotini ba’zi turdagi o‘simliklar, o‘zlarining ildizida va ildiz rizosferasida erkin yoki bog‘liq holatda yashaydigan bakteriyalar yordamida to‘p-lay oladilar. Masalan, dukkakli o‘simliklar ildizida, ildiz rizosferasida simbiotik usulda oziqlanib, erkin yashaydigan azotobakter va klostridium bakteriyalar yordamida atmosfera molekulyar azotini yaxshi to‘playdi. Bundan tashqari, dukkakli o‘simliklarning ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalar ham atmosfera azotini yaxshi o‘zlashtiradi. Atmosfera azoti ham o‘simlik bargiga SO2 gazi bilan aralashib diffuziyalanadi. Ammo bu azotni o‘simlikning o‘zi o‘z-lashtirmaydi, balki yuqorida ko‘rsatganimizdek ildizdagi turli bakteriyalar o‘zlashtiradi va ular azotni o‘simlik o‘zlashtira-oladigan holatga o‘tkazib to‘playdi. Ma’lumotlarga qaraganda, dukkakli o‘simliklardan biri bo‘lgan uch yillik bedaning har gektar maydoni tuproqda bir yilda 300-400 kg gacha azot to‘playdi. Bu azot miqdori bedadan bo‘shagan yerga ekilgan ekinlarni bir necha yil davomida yuqori hosil olish uchun yetarli bo‘ladi. Azot tuproqqa yog‘inlar bilan oz bo‘lsada tushadi. Azot har gektar yerga yog‘in bilan bir yilda 3-4 kg nitrat va ammiak ko‘ri-nishida tushadi. Shunday qilib, azot tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Kislorod. O‘simlik hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri-fotosintez jarayonidir. O‘simliklarning yashil bargida karbonat angidrid gazi va suvdan quyosh yorug‘ligi ta’sirida organik moddalarning hosil bo‘lishi jarayoniga fotosintez deyiladi. Bu jarayonda havoga erkin kislorod ajralib chiqadi. Tabiatdagi kislorodning yagona manbai yashil o‘simliklardir. Demak, qayerda yashil o‘simliklar qalin bo‘lsa, o‘sha yerning havosida kislorod shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tabiatdagi kislorod o‘simliklar va hayvonlarning nafas olishiga, tuproqdagi organik moddalarning chirishiga va yonishiga sarflanadi. O‘simliklar uzluksiz nafas oladi va u jarayon to‘xtasa o‘simlik nobud bo‘ladi. O‘simliklarda nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga teskari bo‘lib, bu jarayonda organik moddalar anaerob sharoitda oksidlanib, karbonat angidrid gazini va suvni hosil qiladi va energiya ajralib chiqadi. Ajralgan bu energiya o‘simlikning o‘sish,
 
 
rivojlanish, harakatlanish jarayonlari va boshqalarga sarflanadi. 
Ekinlarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproqqa kis-lorodning kirish 
sharoitini yaxshilash kerak. Bunga tuproqning aeratsiyasini kuchaytirish orqali 
erishiladi. Tuproqda kislorod qanchalik ko‘p va oziq moddalar yetarli bo‘lsa, 
tuproqdagi bakteriyalarning faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi. 
Karbonat angidrid gazi. Karbonat angidrid gazi yashil o‘simliklardagi 
fotosintez jarayoni uchun zarur. Bu jarayonda o‘simlik havodagi SO2 gazini iste’mol 
qiladi, havoga esa erkin kislorod ajralib chiqadi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, Yer sharidagi barcha o‘simliklar yil davomida 
fotosintez natijasida 450 milliard tonna organik modda hosil qiladi. Bu jarayonda 
o‘simliklar 174 milliard tonna SO2 ni o‘zlashtirib, havoga 500 milliard tonnaga yaqin 
erkin kislorod ajratadi. 
Karbonat angidrid gazi qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining shakllanishida muhim 
omil hisob-lanadi. O‘simliklar, hayvonlarning nafas olishida, tuproqdagi organik 
moddalarning chirishida, yoqilg‘ilar yonishida havoga karbonat angidrid gazi 
ajraladi. 
Masalan, V.N. Makarov ma’lumotiga binoan 1 gektar yerdan sutkasiga 400-600 
kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. 
Tuproq yuzasidagi havoda SO2 miqdori, o‘simliklar qopla-mi ustidagi havodagi 
SO2 miqdoridan 2-3 marta ko‘p bo‘ladi. Karbonat angidridning bunday 
taqsimlanishi fotosintez jarayonining faol o‘tishiga yordam beradi. 
Suv bug‘i. Suv bug‘i tabiatdagi suv aylanishning muhim qis-mi. Suv bug‘ining 
atmosferadagi kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi, 
muayyan sharoitlarda esa bulutlardan u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. 
O‘simliklar yozda ko‘proq bug‘lanib o‘zining haroratini boshqaradi. Bundan 
tashqari suv bug‘i atmosferada «issiqxona effekti» ni yaratishda ham ishtirok etadi. 
Havodagi suv bug‘ining miqdori havo namligi deb ataladi (6-bobga qarang). 
Havoning ortiqcha yoki kam namligi o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, g‘alla ekinlaridan bug‘doy pishib yetilayotgan davrda uzoq vaqt havoning 
harorati yuqori va nisbiy namligi 30% dan kam bo‘lib tursa, yetishtirilgan donning 
ancha qismi puch bo‘lib qoladi. Ortiqcha nisbiy namlik esa o‘simliklarning turlicha 
kasallanishiga sabab bo‘ladi.
rivojlanish, harakatlanish jarayonlari va boshqalarga sarflanadi. Ekinlarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproqqa kis-lorodning kirish sharoitini yaxshilash kerak. Bunga tuproqning aeratsiyasini kuchaytirish orqali erishiladi. Tuproqda kislorod qanchalik ko‘p va oziq moddalar yetarli bo‘lsa, tuproqdagi bakteriyalarning faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi. Karbonat angidrid gazi. Karbonat angidrid gazi yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayoni uchun zarur. Bu jarayonda o‘simlik havodagi SO2 gazini iste’mol qiladi, havoga esa erkin kislorod ajralib chiqadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yer sharidagi barcha o‘simliklar yil davomida fotosintez natijasida 450 milliard tonna organik modda hosil qiladi. Bu jarayonda o‘simliklar 174 milliard tonna SO2 ni o‘zlashtirib, havoga 500 milliard tonnaga yaqin erkin kislorod ajratadi. Karbonat angidrid gazi qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining shakllanishida muhim omil hisob-lanadi. O‘simliklar, hayvonlarning nafas olishida, tuproqdagi organik moddalarning chirishida, yoqilg‘ilar yonishida havoga karbonat angidrid gazi ajraladi. Masalan, V.N. Makarov ma’lumotiga binoan 1 gektar yerdan sutkasiga 400-600 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Tuproq yuzasidagi havoda SO2 miqdori, o‘simliklar qopla-mi ustidagi havodagi SO2 miqdoridan 2-3 marta ko‘p bo‘ladi. Karbonat angidridning bunday taqsimlanishi fotosintez jarayonining faol o‘tishiga yordam beradi. Suv bug‘i. Suv bug‘i tabiatdagi suv aylanishning muhim qis-mi. Suv bug‘ining atmosferadagi kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi, muayyan sharoitlarda esa bulutlardan u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. O‘simliklar yozda ko‘proq bug‘lanib o‘zining haroratini boshqaradi. Bundan tashqari suv bug‘i atmosferada «issiqxona effekti» ni yaratishda ham ishtirok etadi. Havodagi suv bug‘ining miqdori havo namligi deb ataladi (6-bobga qarang). Havoning ortiqcha yoki kam namligi o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, g‘alla ekinlaridan bug‘doy pishib yetilayotgan davrda uzoq vaqt havoning harorati yuqori va nisbiy namligi 30% dan kam bo‘lib tursa, yetishtirilgan donning ancha qismi puch bo‘lib qoladi. Ortiqcha nisbiy namlik esa o‘simliklarning turlicha kasallanishiga sabab bo‘ladi.
 
 
 
4. Aerozollar. Atmosfera ifloslanishi va unga qarshi kurash choralari 
Real sharoitlarda atmosfera tarkibida asosiy va juda oz miqdordagi boshqa asosiy 
bo‘lmagan gazlar, suv bug‘i, turli xil qattiq va suyuq zarralar bor. 
Atmosferada muallaq holatda mavjud bo‘lgan qattiq va suyuq zarralarga 
aerozollar deyiladi. Atmosfera, aerozollarning borligi sababli doimo oz yoki ko‘p 
darajada ifloslangan bo‘ladi. 
Kelib chiqishiga qarab aerozollar quyidagi turlarda uchraydi: 
Tabiiy aerozollar. Ularga: 
a) suv bug‘ining atmosferada kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida hosil 
bo‘lgan suv tomchilari va muz kristallchalari; 
b) o‘rmonlarning yonishidan atmosferaga ko‘tarilgan tutun, qurum va kul 
zarralari; 
v) cho‘llar va tuproqlardan atmosferaga ko‘tarilgan qum va chang zarralari; 
g) kosmik fazodan kelgan va vulqonlarning portlashidan hosil bo‘lgan qum va 
chang zarralari; 
d) okean va dengiz suvlari to‘lqinlanganda yuqoriga sachragan suv tomchilarining 
bug‘lanishidan keyin qolgan tuz zarralari; 
j) atmosferadagi turli-tuman bakteriyalar, o‘simliklar guli changlari, sporalar va 
boshqalar kiradi. 
Insonlarning 
xo‘jalik 
faoliyati 
natijasida 
(antropogen) 
hosil 
bo‘lgan 
aerozollarga: 
a) ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalar, ko‘mir, metallurgiya, kimyo 
sanoati korxonalari, sement, ohak, neftni qay-ta ishlash va boshqa zavodlar, isitish 
tizimlari qozonlaridan atmosferaga ko‘plab miqdorda turli xildagi aerozollar ko‘ta-
riladi. Ularning asosiylariga quyidagilarni ko‘rsatsak bo‘la-di: azot oksidlari, 
ammiak, uglerod oksidi, ftor, ftoridlar, oltingugurt dioksidi, oltingugurt uglerodi, 
oltingugurt vodorodi, sulfat kislotasi, vodorod ftoridi (freon), oltingugurt oksidi, rux, 
mis, xlor, xrom, kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, kremniy va boshqalar; 
b) avtotransport vositalaridan chiqadigan is gazi, azot oksidi, sulfat angidrid va 
qo‘rg‘oshin zarralari kiradi. 
Atmosferaning ifloslanishi odamlarning sog‘ligiga, ekin-larning o‘sishi va
4. Aerozollar. Atmosfera ifloslanishi va unga qarshi kurash choralari Real sharoitlarda atmosfera tarkibida asosiy va juda oz miqdordagi boshqa asosiy bo‘lmagan gazlar, suv bug‘i, turli xil qattiq va suyuq zarralar bor. Atmosferada muallaq holatda mavjud bo‘lgan qattiq va suyuq zarralarga aerozollar deyiladi. Atmosfera, aerozollarning borligi sababli doimo oz yoki ko‘p darajada ifloslangan bo‘ladi. Kelib chiqishiga qarab aerozollar quyidagi turlarda uchraydi: Tabiiy aerozollar. Ularga: a) suv bug‘ining atmosferada kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan suv tomchilari va muz kristallchalari; b) o‘rmonlarning yonishidan atmosferaga ko‘tarilgan tutun, qurum va kul zarralari; v) cho‘llar va tuproqlardan atmosferaga ko‘tarilgan qum va chang zarralari; g) kosmik fazodan kelgan va vulqonlarning portlashidan hosil bo‘lgan qum va chang zarralari; d) okean va dengiz suvlari to‘lqinlanganda yuqoriga sachragan suv tomchilarining bug‘lanishidan keyin qolgan tuz zarralari; j) atmosferadagi turli-tuman bakteriyalar, o‘simliklar guli changlari, sporalar va boshqalar kiradi. Insonlarning xo‘jalik faoliyati natijasida (antropogen) hosil bo‘lgan aerozollarga: a) ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalar, ko‘mir, metallurgiya, kimyo sanoati korxonalari, sement, ohak, neftni qay-ta ishlash va boshqa zavodlar, isitish tizimlari qozonlaridan atmosferaga ko‘plab miqdorda turli xildagi aerozollar ko‘ta- riladi. Ularning asosiylariga quyidagilarni ko‘rsatsak bo‘la-di: azot oksidlari, ammiak, uglerod oksidi, ftor, ftoridlar, oltingugurt dioksidi, oltingugurt uglerodi, oltingugurt vodorodi, sulfat kislotasi, vodorod ftoridi (freon), oltingugurt oksidi, rux, mis, xlor, xrom, kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, kremniy va boshqalar; b) avtotransport vositalaridan chiqadigan is gazi, azot oksidi, sulfat angidrid va qo‘rg‘oshin zarralari kiradi. Atmosferaning ifloslanishi odamlarning sog‘ligiga, ekin-larning o‘sishi va