ATROF MUHIT HOLATINI BAHOLASH

Yuklangan vaqt

2024-11-15

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

27,3 KB


 
 
 
 
 
 
ATROF MUHIT HOLATINI BAHOLASH 
 
 
 
 
1. Ekologik vaziyat va ekologik muvozanat 
2. Ekologik vaziyatni baholash mezonlari 
3. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar 
 
Tayanch iboralar: 
Tabiatdan foydalanish, ekologik ahvol, sharoit, holat, ekologik–tang, sanitar-
gigienik sharoit, landshaftning buzilishi, kirim-chiqim, baholash mezonlari, 
miqdoriy va sifatiy ma’lumotlar, qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang, falokatli, 
o‘rtacha ko‘rsatkich, gravitatsion jarayonlar. 
 
Inson bilan tabiat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kuchayishi natijasida 
tabiiy muhitda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tabiatdan foydalanish tamoyillarining 
buzilishi nafaqat atrof muhitda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga ta’sir etmay, balki 
jamiyatda ham aks ta’sir shakllanadi, boshqacha aytganda jamiyat tabiiy 
boyliklardan qanchalik asoslangan holda foydalanishiga qarab shunchalik naf 
ko‘radi. Bu jarayonda tabiiy muhitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. Vujudga 
kelgan ekologik vaziyatlarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega.  
Mutaxassislar u yoki bu joy (hudud)ning ekologik holatini turli so‘zlar bilan 
tavsiflaydilar. Masalan sharoit, ahvol, holat, vaziyat va boshqalar. Bu so‘zlarning 
o‘rtasida keskin farq deyarlik yo‘q, ular bir ma’noni anglatadi yoki sinonim deb 
hisoblash mumkin. Lekin bu so‘zlar orasida vaziyat ekologik ahvolni aniq 
ATROF MUHIT HOLATINI BAHOLASH 1. Ekologik vaziyat va ekologik muvozanat 2. Ekologik vaziyatni baholash mezonlari 3. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar Tayanch iboralar: Tabiatdan foydalanish, ekologik ahvol, sharoit, holat, ekologik–tang, sanitar- gigienik sharoit, landshaftning buzilishi, kirim-chiqim, baholash mezonlari, miqdoriy va sifatiy ma’lumotlar, qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang, falokatli, o‘rtacha ko‘rsatkich, gravitatsion jarayonlar. Inson bilan tabiat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kuchayishi natijasida tabiiy muhitda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tabiatdan foydalanish tamoyillarining buzilishi nafaqat atrof muhitda o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga ta’sir etmay, balki jamiyatda ham aks ta’sir shakllanadi, boshqacha aytganda jamiyat tabiiy boyliklardan qanchalik asoslangan holda foydalanishiga qarab shunchalik naf ko‘radi. Bu jarayonda tabiiy muhitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. Vujudga kelgan ekologik vaziyatlarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega. Mutaxassislar u yoki bu joy (hudud)ning ekologik holatini turli so‘zlar bilan tavsiflaydilar. Masalan sharoit, ahvol, holat, vaziyat va boshqalar. Bu so‘zlarning o‘rtasida keskin farq deyarlik yo‘q, ular bir ma’noni anglatadi yoki sinonim deb hisoblash mumkin. Lekin bu so‘zlar orasida vaziyat ekologik ahvolni aniq  
 
tavsiflashga juda mos keladi. Boshqacha aytganda ekologik ahvol tizimida vaziyat 
aniqlik kiritadi. Bu borada fanda mutaxassislar orasida haligacha yakdil fikrga 
kelishilganicha yo‘q (A.Kalesnik va boshqalar, 1992, A.SHestakov,1992; 
A.Rafiqov, 1998).Ekologik vaziyat turli iboralar bilan ishlatiladi; ekologik-iqtisodiy, 
ekologik– tang, sotsial–ekologik, landshaft ekologik, geovaziyat va boshqalar. 
Bizningcha ekologik vaziyat tushunchasi haqiqatga yaqinroq. CHunki, har bir 
ekotizim yoki landshaftning ekologik vaziyati mavjud bo‘ladi.  
Ekologik vaziyatni talqin qilishda ham turli fikrlar bildirilgan. A.S.SHestakov 
(1992) ekologik vaziyatni sharoit va ahvolning o‘zaro almashib kelishi natijasida 
ma’lum holatning vujudga kelishi bilan bog‘liq deb tushuntiradi. A.A.Kalesnik va 
boshqalar (1992)ning ta’kidlashicha, hohlagan geotizimning ekologik holatini 
ekovaziyatning alohida jilosi deb qarash lozim, ekovaziyat deyilganda, geotizim 
doirasida bir–birlari bilan bog‘liq bo‘lgan abiotik va biotik omillarning jamlanmasini 
tushunish kerak deb asoslaydilar. B.I.Kochurov va boshqalar (1996) ekologik 
vaziyatni turli darajada noqulayliklar vujudga keltiruvchi ekologik holat va 
insonning hayotiy tizimlari bilan bog‘liq ekologik muammolarning makon va 
zamonda almashib kelishidan iborat deb ta’kidlaydilar. 
A.S.Stepanovskix (2000) geoekologik vaziyatni faqatgina antropogen hodisa va 
jarayonlarga nisbatan, qo‘llashni taklif qilsa, A.G.Isachenko (2003) tabiiy muhitning 
ekologik holati sifatida talqin etadi. SH.M.SHaripov (2006) fikricha, ekologik 
vaziyat– muayyan ierarxik pog‘onadagi geotizimilarda jamiyat bilan tabiat 
o‘rtasidagi munosabatlar sababli tabiiy holda barqaror rivojlanayotgan bir butunlik 
hamda modda va energiya almashinuvining buzilishidan so‘ng vujudga kelgan ayni 
vaqtdagi holati: sanitar–gigienik sharoit; tabiat komponentlarining sifat va son 
jihatdan kamayishi; tabiiy landshaftlarning buzilishi hamda o‘zgarishi va hakazolar. 
  Bizningcha ekologik vaziyat ma’lum ekologik sharoitda mavjud bo‘lgan 
ekologik muvozanat, uning tadrijiy holati, komponentlarning shu vaziyatdagi 
me’yoriy xususiyatlari, o‘zgarish yo‘nalishlari, tirik tabiat bilan notirik tabiat 
o‘rtasidagi munosabatning barqarorlik holati, kishi (inson)larning turg‘un tibbiy 
holat darajasidan iborat (A.Rafiqov,2000). 
Ekologik muvozanat–ma’lum chegaralangan hudud (landshaft)da tirik va 
notirik tabiat o‘rtasidagi tenglik, to‘g‘ri munosabat, bir–birlarini taqozo qilish, 
tavsiflashga juda mos keladi. Boshqacha aytganda ekologik ahvol tizimida vaziyat aniqlik kiritadi. Bu borada fanda mutaxassislar orasida haligacha yakdil fikrga kelishilganicha yo‘q (A.Kalesnik va boshqalar, 1992, A.SHestakov,1992; A.Rafiqov, 1998).Ekologik vaziyat turli iboralar bilan ishlatiladi; ekologik-iqtisodiy, ekologik– tang, sotsial–ekologik, landshaft ekologik, geovaziyat va boshqalar. Bizningcha ekologik vaziyat tushunchasi haqiqatga yaqinroq. CHunki, har bir ekotizim yoki landshaftning ekologik vaziyati mavjud bo‘ladi. Ekologik vaziyatni talqin qilishda ham turli fikrlar bildirilgan. A.S.SHestakov (1992) ekologik vaziyatni sharoit va ahvolning o‘zaro almashib kelishi natijasida ma’lum holatning vujudga kelishi bilan bog‘liq deb tushuntiradi. A.A.Kalesnik va boshqalar (1992)ning ta’kidlashicha, hohlagan geotizimning ekologik holatini ekovaziyatning alohida jilosi deb qarash lozim, ekovaziyat deyilganda, geotizim doirasida bir–birlari bilan bog‘liq bo‘lgan abiotik va biotik omillarning jamlanmasini tushunish kerak deb asoslaydilar. B.I.Kochurov va boshqalar (1996) ekologik vaziyatni turli darajada noqulayliklar vujudga keltiruvchi ekologik holat va insonning hayotiy tizimlari bilan bog‘liq ekologik muammolarning makon va zamonda almashib kelishidan iborat deb ta’kidlaydilar. A.S.Stepanovskix (2000) geoekologik vaziyatni faqatgina antropogen hodisa va jarayonlarga nisbatan, qo‘llashni taklif qilsa, A.G.Isachenko (2003) tabiiy muhitning ekologik holati sifatida talqin etadi. SH.M.SHaripov (2006) fikricha, ekologik vaziyat– muayyan ierarxik pog‘onadagi geotizimilarda jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar sababli tabiiy holda barqaror rivojlanayotgan bir butunlik hamda modda va energiya almashinuvining buzilishidan so‘ng vujudga kelgan ayni vaqtdagi holati: sanitar–gigienik sharoit; tabiat komponentlarining sifat va son jihatdan kamayishi; tabiiy landshaftlarning buzilishi hamda o‘zgarishi va hakazolar. Bizningcha ekologik vaziyat ma’lum ekologik sharoitda mavjud bo‘lgan ekologik muvozanat, uning tadrijiy holati, komponentlarning shu vaziyatdagi me’yoriy xususiyatlari, o‘zgarish yo‘nalishlari, tirik tabiat bilan notirik tabiat o‘rtasidagi munosabatning barqarorlik holati, kishi (inson)larning turg‘un tibbiy holat darajasidan iborat (A.Rafiqov,2000). Ekologik muvozanat–ma’lum chegaralangan hudud (landshaft)da tirik va notirik tabiat o‘rtasidagi tenglik, to‘g‘ri munosabat, bir–birlarini taqozo qilish,  
 
ma’lum darajadagi o‘lchamlari (kirim-chiqim, biomasssa va boshqalar) bilan 
tavsiflanadigan xususiyatlari, tirik organizmlarning o‘zaro munosabatlaridan iborat. 
Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. 
Buzilish natijasida avvalo o‘simlik guruhlarining tarkibi va tuzilmasi zararlanadi. 
Ta’sir qisqa muddatli va barqaror bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli ta’sir makonda 
vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi. Barqaror ta’sir natijasida ekotizim (geotizim) 
favqulotda, ba’zan bir tekis o‘zgarishga uchraydi (bu hol ta’sir xarakteriga bog‘liq). 
3.2.Ekologik vaziyatni baholash mezonlari 
Ekologik vaziyatni baholash (yoki tasniflash) mezonlarini ishlab chiqish 
ancha murakkab masala. Bu borada ma’lum omillar va mezonlarni hisobga olishga 
to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar tomonidan turli mezonlar taklif qilingan, lekin bu 
borada yakdil fikrga kelingani yo‘q. Birinchi marta nashr etilgan “O‘zbekiston 
ekologik xaritasi”, (masshtabi 1:1 mln, 1991)da mezonlar darajasi berilgan. 
O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xizmatchilari (V.L.Savello, 
1998) ekologik vaziyatlarni baholash uchun 18 indikatordan iborat mezonlar 
darajasini ishlab chiqdi. G.A.Tolkacheva va boshqalar (1998) bu borada atmosfera 
havosini, G.A.Tinina va boshqalar (1998) suv sifatini baholashning yangi 
mezonlarini taklif qilishgan. R.M.Razaqov (2000) respublika hududini ekologik 
jihatdan rayonlashtirish uchun 20 ta mezondan iborat darajaning zarurligini 
o‘qtiradi. SH.T.Iskandarova (2000) er usti suvlarining genetik jihatdan baholash 
uslubiyotini ishlab chiqdi va uni ekologik vaziyatlarni baholashda qo‘llanilishini 
ta’kidladi. O‘zbekistonda mavjud ekologik vaziyatlarni aniq baholash uchun ko‘plab 
ta’riflar ishlab chiqilgan, lekin ulardan amaliy jihatdan foydalanish murakkab, 
avvalo ko‘plab miqdoriy va sifatiy ma’lumotlar zarur bo‘ladi, ulardan foydalanish 
uchun ko‘p ma’lumotlarni qayta ishlash lozim.  
SHularni e’tiborga olib hozirgi vaqtda yangi mezonlar darajasi taklif qilingan 
(A.Rafiqov, 1999). U soddaligi va ko‘plab mayda ko‘rsatgichlardan xolisligi bilan 
ajralib turadi.  
Ekologik vaziyatlarning darajalari: qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang va 
falokatli bo‘lishi mumkin (14-jadval). 
(14-jadval) 
ma’lum darajadagi o‘lchamlari (kirim-chiqim, biomasssa va boshqalar) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, tirik organizmlarning o‘zaro munosabatlaridan iborat. Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Buzilish natijasida avvalo o‘simlik guruhlarining tarkibi va tuzilmasi zararlanadi. Ta’sir qisqa muddatli va barqaror bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli ta’sir makonda vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi. Barqaror ta’sir natijasida ekotizim (geotizim) favqulotda, ba’zan bir tekis o‘zgarishga uchraydi (bu hol ta’sir xarakteriga bog‘liq). 3.2.Ekologik vaziyatni baholash mezonlari Ekologik vaziyatni baholash (yoki tasniflash) mezonlarini ishlab chiqish ancha murakkab masala. Bu borada ma’lum omillar va mezonlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar tomonidan turli mezonlar taklif qilingan, lekin bu borada yakdil fikrga kelingani yo‘q. Birinchi marta nashr etilgan “O‘zbekiston ekologik xaritasi”, (masshtabi 1:1 mln, 1991)da mezonlar darajasi berilgan. O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xizmatchilari (V.L.Savello, 1998) ekologik vaziyatlarni baholash uchun 18 indikatordan iborat mezonlar darajasini ishlab chiqdi. G.A.Tolkacheva va boshqalar (1998) bu borada atmosfera havosini, G.A.Tinina va boshqalar (1998) suv sifatini baholashning yangi mezonlarini taklif qilishgan. R.M.Razaqov (2000) respublika hududini ekologik jihatdan rayonlashtirish uchun 20 ta mezondan iborat darajaning zarurligini o‘qtiradi. SH.T.Iskandarova (2000) er usti suvlarining genetik jihatdan baholash uslubiyotini ishlab chiqdi va uni ekologik vaziyatlarni baholashda qo‘llanilishini ta’kidladi. O‘zbekistonda mavjud ekologik vaziyatlarni aniq baholash uchun ko‘plab ta’riflar ishlab chiqilgan, lekin ulardan amaliy jihatdan foydalanish murakkab, avvalo ko‘plab miqdoriy va sifatiy ma’lumotlar zarur bo‘ladi, ulardan foydalanish uchun ko‘p ma’lumotlarni qayta ishlash lozim. SHularni e’tiborga olib hozirgi vaqtda yangi mezonlar darajasi taklif qilingan (A.Rafiqov, 1999). U soddaligi va ko‘plab mayda ko‘rsatgichlardan xolisligi bilan ajralib turadi. Ekologik vaziyatlarning darajalari: qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang va falokatli bo‘lishi mumkin (14-jadval). (14-jadval)  
 
O‘zbekiston ekologik vaziyatlar darajasini aniqlovchi mezonlar 
Mezonlar 
Geotizimlarning ekologik vaziyatlari 
Falokatli 
Tang 
Keskin 
O‘rtacha 
Qanoatlan
arli 
1 
2 
3 
4 
5 
6 
1. 
Geotizimlar 
holati 
Geotizimlarni
ng 
buzilishi, 
tiklanmaydiga
n 
jarayonlar 
kuchayadi 
Buzilgan 
geotizimlar 
tiklanmaydig
an 
xususiyatlarg
a ega bo‘ladi 
Tabiatning 
ayrim 
komponentl
arida 
buzilish 
kuzatiladi 
Tuproq 
va 
o‘simliknin
g 
buzilish 
belgilari 
kuzatiladi 
Ayrim 
o‘simlik 
va 
hayvonlar
ning 
miqdoriy 
kamayishi 
kuzatiladi 
2.Tabiat 
komponentlarining 
holati: 
2.1.Atmosfera 
3,3 dan yuqori 
(API 
eng 
yuqori bo‘lgan 
mintaqa) 
3,0-3,3 (API 
yuqori 
bo‘lgan 
mintaqa) 
2,7-3,0 
(API baland 
bo‘lgan 
mintaqa) 
2,4-2,7 (API 
O‘rtacha 
bo‘lgan 
mintaqa) 
2,4 gacha
(API past
bo‘lgan 
mintaqa) 
2.2. Er usti 
suvlarining sifati 
(suvlarnning 
ifloslanish indeksi, 
SII) 
6-10 va udan 
ko‘p 
(juda 
iflos 
va 
haddan 
tashqari iflos) 
4-6 (iflos) 
2-4 
(ifloslangan
) 
1-2 
(o‘rtacha 
ifloslangan) 
1 
gacha
toza 
2.3. Er usti 
suvlarininng 
minerallashuvi       
( har l da g) 
Juda 
baland     
(3-5) 
Baland (2-3) 
O‘rtacha (1-
2) 
Ruxsat 
etilgan (0,5-
1) gacha 
Me’yorda  
(0,3-0,5) 
2.4. Ichimlik 
suvining davlat 
75-90 
50-75 
35-50 
20-35 
10-20 
O‘zbekiston ekologik vaziyatlar darajasini aniqlovchi mezonlar Mezonlar Geotizimlarning ekologik vaziyatlari Falokatli Tang Keskin O‘rtacha Qanoatlan arli 1 2 3 4 5 6 1. Geotizimlar holati Geotizimlarni ng buzilishi, tiklanmaydiga n jarayonlar kuchayadi Buzilgan geotizimlar tiklanmaydig an xususiyatlarg a ega bo‘ladi Tabiatning ayrim komponentl arida buzilish kuzatiladi Tuproq va o‘simliknin g buzilish belgilari kuzatiladi Ayrim o‘simlik va hayvonlar ning miqdoriy kamayishi kuzatiladi 2.Tabiat komponentlarining holati: 2.1.Atmosfera 3,3 dan yuqori (API eng yuqori bo‘lgan mintaqa) 3,0-3,3 (API yuqori bo‘lgan mintaqa) 2,7-3,0 (API baland bo‘lgan mintaqa) 2,4-2,7 (API O‘rtacha bo‘lgan mintaqa) 2,4 gacha (API past bo‘lgan mintaqa) 2.2. Er usti suvlarining sifati (suvlarnning ifloslanish indeksi, SII) 6-10 va udan ko‘p (juda iflos va haddan tashqari iflos) 4-6 (iflos) 2-4 (ifloslangan ) 1-2 (o‘rtacha ifloslangan) 1 gacha toza 2.3. Er usti suvlarininng minerallashuvi ( har l da g) Juda baland (3-5) Baland (2-3) O‘rtacha (1- 2) Ruxsat etilgan (0,5- 1) gacha Me’yorda (0,3-0,5) 2.4. Ichimlik suvining davlat 75-90 50-75 35-50 20-35 10-20  
 
andozasiga mos 
kelmasligi, % 
2.5. Voha 
tuproqlarining 
pestitsidlar bilan 
ifloslanishi (har ga 
da kg) 
10 dan ortiq 
5-10 
3-5 
1,3-3,0 
1,3 
dan
kam 
2.6. Tuproq 
sho‘rlanishi 
SHo‘rxok 
Kuchli 
O‘rtacha 
Kuchsiz 
SHo‘rlan
magan 
2.7. Tuproqlarning 
eroziyaga 
berilganligi 
Juda 
kuchli 
(jar eroziyasi) 
Kuchli 
O‘rtacha 
Kuchsiz 
Eroziyaga 
berilmaga
n 
2.8. Erlarning 
deflyasiyaga 
berilganligi 
Juda 
kuchli   
(barxan 
re’lefi)    
Kuchli 
(haraktdagi 
qumlar 
vujudga 
keladi) 
O‘rtacha 
(botiqlar 
25-50% 
maydonda 
tarkib 
topadi) 
Kuchsiz 
(botiqlar 25 
% gacha 
maydonda 
tarkib 
topadi) 
Deflyasiya
yuz 
bermaydi 
(botiqlar 
10 % 
gacha 
maydonda 
tarkib 
topadi) 
2.9. 
O‘simlik 
qoplami 
ahvoli 
(mahsuldorlik 
darajasi, %) 
15 dan kam 
15-30 
30-60 
60-90 
90 dan 
yuqori 
2.10. YAylovlar 
degradatsiyasi 
(buzilgan 
yaylovlar 
7,5 dan ko‘p 
5,0-7,5 
2,5-5,0 
1,5-2,5 
1,5 gacha 
andozasiga mos kelmasligi, % 2.5. Voha tuproqlarining pestitsidlar bilan ifloslanishi (har ga da kg) 10 dan ortiq 5-10 3-5 1,3-3,0 1,3 dan kam 2.6. Tuproq sho‘rlanishi SHo‘rxok Kuchli O‘rtacha Kuchsiz SHo‘rlan magan 2.7. Tuproqlarning eroziyaga berilganligi Juda kuchli (jar eroziyasi) Kuchli O‘rtacha Kuchsiz Eroziyaga berilmaga n 2.8. Erlarning deflyasiyaga berilganligi Juda kuchli (barxan re’lefi) Kuchli (haraktdagi qumlar vujudga keladi) O‘rtacha (botiqlar 25-50% maydonda tarkib topadi) Kuchsiz (botiqlar 25 % gacha maydonda tarkib topadi) Deflyasiya yuz bermaydi (botiqlar 10 % gacha maydonda tarkib topadi) 2.9. O‘simlik qoplami ahvoli (mahsuldorlik darajasi, %) 15 dan kam 15-30 30-60 60-90 90 dan yuqori 2.10. YAylovlar degradatsiyasi (buzilgan yaylovlar 7,5 dan ko‘p 5,0-7,5 2,5-5,0 1,5-2,5 1,5 gacha  
 
maydonini 
ko‘payishi, %) 
2.11. Umurtqali 
hayvonlar 
faunasinng ahvoli 
Qayta 
o‘zgargan 
(sinantrop va 
keltirlgan 
turlar 50 % 
dan ortiq) 
Kuchli 
o‘zgargan 
(sinantrop va 
keltirlgan 
turlar 50 % 
gacha) 
O‘rtacha 
o‘zgargan 
(sinantrop 
va 
keltirlgan 
turlar 10 % 
gacha) 
Kuchsiz 
o‘zgargan 
(sinantrop 
va keltirlgan 
turlar oz) 
Tabiiy 
fauna 
(hayvon 
turlari) 
o‘zgarmag
an 
3. Aholi sog‘ligi 
holati 
Barcha 
yoshdagi 
va 
ijtimoiy 
guruhdagi 
aholining 
ahvoli 
qo‘rqinchli 
holda 
Barcha 
yoshdagi 
aholining 
sog‘ligi 
hamma joyda 
yomonlashad
i 
Aholining 
ayrim 
guruhlarini
ng sog‘ligi 
yomonlasha
di 
Aholi 
sog‘ligi 
yomonlashu
v 
belgilari 
vujudga 
keladi 
Me’yorda
gi holat 
3.1. Umumiy 
o‘lim 
Juda ko‘p 
(1,3) 
Ko‘p (1,2) 
Ko‘proq 
(1,1) 
Respublika 
o‘rtacha 
ko‘rsatkichi
ga 
mos 
keladi 
(1,0)xx 
Respublik
a o‘rtacha
ko‘rsatkic
hi-dan past
(-1,2xxx) 
3.2. YOsh bolalar 
o‘limi 
Juda ko‘p 
(1,6)x 
Ko‘p (1,4)x 
Ko‘proq 
(1,2)x 
Respublika 
o‘rtacha 
ko‘rsatkichi
ga 
mos 
keladi (1,0) 
Respublik
a o‘rtacha
ko‘rsatkic
hidan past
(-1,4 xxx) 
3.3.Aholining 
kasallanishi 
Juda ko‘p 
(1,3-1,4)x 
Ko‘p (1,2-
1,3)x 
Ko‘proq     
(1,1-1,2)x 
Respublika 
o‘rtacha 
Respublik
a o‘rtacha
maydonini ko‘payishi, %) 2.11. Umurtqali hayvonlar faunasinng ahvoli Qayta o‘zgargan (sinantrop va keltirlgan turlar 50 % dan ortiq) Kuchli o‘zgargan (sinantrop va keltirlgan turlar 50 % gacha) O‘rtacha o‘zgargan (sinantrop va keltirlgan turlar 10 % gacha) Kuchsiz o‘zgargan (sinantrop va keltirlgan turlar oz) Tabiiy fauna (hayvon turlari) o‘zgarmag an 3. Aholi sog‘ligi holati Barcha yoshdagi va ijtimoiy guruhdagi aholining ahvoli qo‘rqinchli holda Barcha yoshdagi aholining sog‘ligi hamma joyda yomonlashad i Aholining ayrim guruhlarini ng sog‘ligi yomonlasha di Aholi sog‘ligi yomonlashu v belgilari vujudga keladi Me’yorda gi holat 3.1. Umumiy o‘lim Juda ko‘p (1,3) Ko‘p (1,2) Ko‘proq (1,1) Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi ga mos keladi (1,0)xx Respublik a o‘rtacha ko‘rsatkic hi-dan past (-1,2xxx) 3.2. YOsh bolalar o‘limi Juda ko‘p (1,6)x Ko‘p (1,4)x Ko‘proq (1,2)x Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi ga mos keladi (1,0) Respublik a o‘rtacha ko‘rsatkic hidan past (-1,4 xxx) 3.3.Aholining kasallanishi Juda ko‘p (1,3-1,4)x Ko‘p (1,2- 1,3)x Ko‘proq (1,1-1,2)x Respublika o‘rtacha Respublik a o‘rtacha  
 
ko‘rsatkichi
ga 
mos 
keladi 
(1,0)xx 
ko‘rsatkic
hidan past
(-1,3-2,0 
xxx) 
“x” Respublika o‘rtacha ko‘rsatgichidan shuncha marta katta. 
3.3. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar 
YUqoridagi tasniflash O‘zbekiston hududi uchun o‘rtacha olingan, ayrim 
hududlar uchun boshqa bir tizimga ega bo‘lish mumkin. Masalan, tog‘li qismlarda 
(G‘arbiy Tyan-SHan, Hisor va h.k.) eng qulay qanoatlanarli, o‘rtacha va boshqalar. 
Tekislik qismida esa o‘rtacha, kuchli, keskin, tang va boshqalar tarzida ham bo‘lishi 
mumkin. Ushbu darajalar ma’lum mezonlar asosida aniqlanadi. Masalan, geotizim 
(ekotizim)larning holati, tabiat komponentlarining holati, aholi sog‘ligi holati kabilar 
e’tiborga olinadi.  
Qanoatlanarli ekologik vaziyat uchun aynan ayrim o‘simlik va hayvonlarning 
miqdoriy kamayishi xarakterli. O‘rtacha vaziyatda esa, tuproq va o‘simlik 
qoplamining buzilish belgilari kuzatiladi. Keskin vaziyatda-tabiatning ayrim 
komponentlari buzilishi yuz beradi. Tang vaziyatda–buzilgan geotizimlar 
tiklanmaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Falokatli vaziyatda–geotizimlarning 
buzilishi va tiklanmaydigan jarayonlar kuchayadi. 
Aholi sog‘ligi holati bo‘yicha qanoatlanarli vaziyat me’yordagi holatga ega. 
O‘rtacha vaziyatda–sog‘ligi bo‘yicha yomonlashuv belgilari vujudga keladi, keskin 
vaziyatda–barcha yoshdagi aholining sog‘ligi hamma joyda yomonlashadi, falokatli 
vaziyatda–barcha yoshdagi va ijtimoiy guruhdagi aholining ahvoli qo‘rqinchli holda 
bo‘ladi. 
Ekologik 
vaziyat 
to‘g‘risida 
to‘liq 
ma’lumot 
A.A.Rafiqovning 
“O‘zbekistonda ekologik vaziyatlar darajasini aniqlovchi mezonlar” nomli 
maqolasida berilgan (Geografik ekologiya va tabiatdan foydalanish muammolari. T.: 
Universitet, 1999, 40-43 betlar). 
Ekologiyada ko‘proq ikki vaziyatga e’tibor beriladi: ofatli va halokatli. Ofatli 
vaziyatda organizmlar populyasiyasida turlarning tanlanishi kuchayadi, buning 
natijasida populatsiyadagi xususiyatga ega bo‘ladi, keyingi ofatli vaziyatda kamroq 
ko‘rsatkichi ga mos keladi (1,0)xx ko‘rsatkic hidan past (-1,3-2,0 xxx) “x” Respublika o‘rtacha ko‘rsatgichidan shuncha marta katta. 3.3. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar YUqoridagi tasniflash O‘zbekiston hududi uchun o‘rtacha olingan, ayrim hududlar uchun boshqa bir tizimga ega bo‘lish mumkin. Masalan, tog‘li qismlarda (G‘arbiy Tyan-SHan, Hisor va h.k.) eng qulay qanoatlanarli, o‘rtacha va boshqalar. Tekislik qismida esa o‘rtacha, kuchli, keskin, tang va boshqalar tarzida ham bo‘lishi mumkin. Ushbu darajalar ma’lum mezonlar asosida aniqlanadi. Masalan, geotizim (ekotizim)larning holati, tabiat komponentlarining holati, aholi sog‘ligi holati kabilar e’tiborga olinadi. Qanoatlanarli ekologik vaziyat uchun aynan ayrim o‘simlik va hayvonlarning miqdoriy kamayishi xarakterli. O‘rtacha vaziyatda esa, tuproq va o‘simlik qoplamining buzilish belgilari kuzatiladi. Keskin vaziyatda-tabiatning ayrim komponentlari buzilishi yuz beradi. Tang vaziyatda–buzilgan geotizimlar tiklanmaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Falokatli vaziyatda–geotizimlarning buzilishi va tiklanmaydigan jarayonlar kuchayadi. Aholi sog‘ligi holati bo‘yicha qanoatlanarli vaziyat me’yordagi holatga ega. O‘rtacha vaziyatda–sog‘ligi bo‘yicha yomonlashuv belgilari vujudga keladi, keskin vaziyatda–barcha yoshdagi aholining sog‘ligi hamma joyda yomonlashadi, falokatli vaziyatda–barcha yoshdagi va ijtimoiy guruhdagi aholining ahvoli qo‘rqinchli holda bo‘ladi. Ekologik vaziyat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot A.A.Rafiqovning “O‘zbekistonda ekologik vaziyatlar darajasini aniqlovchi mezonlar” nomli maqolasida berilgan (Geografik ekologiya va tabiatdan foydalanish muammolari. T.: Universitet, 1999, 40-43 betlar). Ekologiyada ko‘proq ikki vaziyatga e’tibor beriladi: ofatli va halokatli. Ofatli vaziyatda organizmlar populyasiyasida turlarning tanlanishi kuchayadi, buning natijasida populatsiyadagi xususiyatga ega bo‘ladi, keyingi ofatli vaziyatda kamroq  
 
zarar ko‘radi. Falokat natijasida barcha populatsiya qiriladi, ulardan genentik esdalik 
saqlanib qolmaydi.  
O‘zbekistonda ekologik vaziyat umuman olganda o‘rtacha barqaror, joylarda 
turlicha: qanoatlanarli vaziyatdan tortib falokatli vaziyatgacha mavjud. Baland va 
o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning suv ayirg‘ich qismlari eng qulay va qulay 
vaziyatga ega, chunki bu geotizimlarda insonning xo‘jalik faoliyati deyarli amalga 
oshirilmaydi. Tabiiy sharoit deyarli buzilmagan. Tog‘larning yonbag‘irlarida inson 
ta’siri sezila boshlaydi, yuqori qismlarida ekotizimlarning tuzilmasi va faoliyatida 
buzilishlar kuzatiladi. O‘simlik qoplami, hayvonot olami, qisman tuproqda 
o‘zgarishlar uchraydi. YOnbag‘irlarning quyi qismlarida gravitatsion jarayonlar 
rivojlangan, ko‘p joylarda o‘simlik qoplami zichligi nihoyatda siyrak, suksessiya 
jarayonida o‘zgarishlar kuzatiladi. SHularni e’tiborga olib vaziyat darajasini 
qanoatlanarli, joylarda o‘rtacha deb baholash mumkin. 
Tog‘ oldi va adir mintaqasi inson ta’siri natijasida kuchli o‘zgargan ayniqsa, 
o‘simlik, tuproq, hayvonot olami, re’lef sharoitlarida o‘zgarishlar kuzatiladi, 
xususan turli tabiiy jarayonlar sodir bo‘lgan (eroziya, sel, jarliklar va boshqalar), bu 
hududlarga o‘rtacha ekovaziyat xos. Vohalar turlicha vaziyatga molik, lekin keskin 
vaziyat hukmron, chunki suv havzalari inson ta’sirida ifloslangan, tuproq eroziya va 
sho‘rlanishga berilgan, erlarning mahsuldorligi nisbatan pasayib ketgan. Aholi 
ichimlik suvi va shahar kanalizatsiya bilan to‘liq ta’minlanmagan. Binobarin, turli 
kasalliklar tarqalgan, o‘lim ko‘rsatgichlari yuqori.  
Tang ekovaziyat Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Buxoro vohalarining bir qismini 
egallaydi. Bu vohalarda avvalo aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish masalasi 
murakkab, shu asosda kasalliklar tarqalishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar hukmron, 
aholi orasida o‘lim ko‘rsatkichlari baland. Tuproqlarning sho‘rlanishi, vohalarda 
gurunt suvlari sathining ko‘tarilib ketganligi, sug‘orishda ishlatiladigan suvning 
sho‘rlik darajasi yuqoriligi asosiy omillardan hisoblandi. Orol dengizi sathining 
pasayib borayotganligi, suvning taqchilligi ham jiddiy ahamiyatga ega. 
Falokatli vaziyat Orolbo‘yida, xususan Mo‘ynoq tumanida rivojlangan, bu 
mintaqa ichimlik suvi, toza daryo suvining taqchilligi, dengizning qurigan qismidan 
tuzlar yog‘ilib turishi, shamollar harakati, cho‘llanish hodisasi ekologik hayotni 
murakkablashtiradi. Aholining kasallanish koeffitsenti va o‘lim ko‘rsatgichi yuqori 
zarar ko‘radi. Falokat natijasida barcha populatsiya qiriladi, ulardan genentik esdalik saqlanib qolmaydi. O‘zbekistonda ekologik vaziyat umuman olganda o‘rtacha barqaror, joylarda turlicha: qanoatlanarli vaziyatdan tortib falokatli vaziyatgacha mavjud. Baland va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning suv ayirg‘ich qismlari eng qulay va qulay vaziyatga ega, chunki bu geotizimlarda insonning xo‘jalik faoliyati deyarli amalga oshirilmaydi. Tabiiy sharoit deyarli buzilmagan. Tog‘larning yonbag‘irlarida inson ta’siri sezila boshlaydi, yuqori qismlarida ekotizimlarning tuzilmasi va faoliyatida buzilishlar kuzatiladi. O‘simlik qoplami, hayvonot olami, qisman tuproqda o‘zgarishlar uchraydi. YOnbag‘irlarning quyi qismlarida gravitatsion jarayonlar rivojlangan, ko‘p joylarda o‘simlik qoplami zichligi nihoyatda siyrak, suksessiya jarayonida o‘zgarishlar kuzatiladi. SHularni e’tiborga olib vaziyat darajasini qanoatlanarli, joylarda o‘rtacha deb baholash mumkin. Tog‘ oldi va adir mintaqasi inson ta’siri natijasida kuchli o‘zgargan ayniqsa, o‘simlik, tuproq, hayvonot olami, re’lef sharoitlarida o‘zgarishlar kuzatiladi, xususan turli tabiiy jarayonlar sodir bo‘lgan (eroziya, sel, jarliklar va boshqalar), bu hududlarga o‘rtacha ekovaziyat xos. Vohalar turlicha vaziyatga molik, lekin keskin vaziyat hukmron, chunki suv havzalari inson ta’sirida ifloslangan, tuproq eroziya va sho‘rlanishga berilgan, erlarning mahsuldorligi nisbatan pasayib ketgan. Aholi ichimlik suvi va shahar kanalizatsiya bilan to‘liq ta’minlanmagan. Binobarin, turli kasalliklar tarqalgan, o‘lim ko‘rsatgichlari yuqori. Tang ekovaziyat Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Buxoro vohalarining bir qismini egallaydi. Bu vohalarda avvalo aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish masalasi murakkab, shu asosda kasalliklar tarqalishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar hukmron, aholi orasida o‘lim ko‘rsatkichlari baland. Tuproqlarning sho‘rlanishi, vohalarda gurunt suvlari sathining ko‘tarilib ketganligi, sug‘orishda ishlatiladigan suvning sho‘rlik darajasi yuqoriligi asosiy omillardan hisoblandi. Orol dengizi sathining pasayib borayotganligi, suvning taqchilligi ham jiddiy ahamiyatga ega. Falokatli vaziyat Orolbo‘yida, xususan Mo‘ynoq tumanida rivojlangan, bu mintaqa ichimlik suvi, toza daryo suvining taqchilligi, dengizning qurigan qismidan tuzlar yog‘ilib turishi, shamollar harakati, cho‘llanish hodisasi ekologik hayotni murakkablashtiradi. Aholining kasallanish koeffitsenti va o‘lim ko‘rsatgichi yuqori  
 
darajada. Tirik tabiat falokatga uchrashi oqibatida ekologik muvozanat buzilgan. 
Orolning qurigan qismi ham shu mintaqaga xos.  
Ekologik vaziyatlar barqaror emas, ular doimo dinamik o‘zgarishda, bu hol 
inson omili ta’siri darajasi va miqyosi bilan bog‘liq. SHuningdek vaziyat inson 
tomonidan boshqarilib turilganligi tufayli qayta o‘zgarishlar ularning turg‘un holda 
bo‘lishliligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshqarish miqyosi va ta’sir doirasi, kuchiga qarab, 
ayniqsa, vohalarda vaziyatlar rejimi kuchli darajada boshqarilmaydi, bu hol asosan 
geotizimlarning tuzilmaviy–tadrijiy holatiga bog‘liq, tog‘ etaklarida voha 
geotizimlarini boshqarish nisbatan qulayroq va osonroq. Bu mintaqada asosan 
eroziyaning oldini olish, qisman tuproqda tuz to‘planishi va suvning zaminga 
shimilishi, sel hodisalari boshqarilishi lozim. Tekislik mintaqada deltalardagi voha 
geotizimlarini boshqarish ancha murakkab va og‘ir. CHunki guruntning suv 
o‘tkazmaslik sharoitida sug‘oriladigan erlarning suv-tuz rejimini rostlab turish 
uchun katta hajmda meliorativ ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu masala hozirgi 
sharoitda eng og‘ir, shunday bo‘lsada chora-tadbirlar qo‘llanmoqda. 
Sanoat shaharlari (Olmaliq, CHirchiq, Angren, Navoiy, SHo‘rtan, Muborak, 
Uchquduq va boshqalar)ning atrof muhitga ta’siri etarli darajada katta, ularning 
ta’siri tufayli tabiiy muhit ifloslanadi, xususan suv va havo havzalari zararlanadi. 
Farg‘ona, Olmaliq, Navoiy sanoat korxonalari, Surxandaryoda Uzun va Sariosiyo 
tumanlari Tursunzoda alyuminiy korxonasi ta’sirida katta miqyosda vaziyat og‘ir 
zararlanmoqda. Buning oqibatida aholi orasida turli kasalliklar tarqalgan, yosh 
bolalar (1 yoshgacha)ning o‘limi o‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan 1,5-2 marta 
ko‘p, 
qariyalarning 
kasallanishi, 
aholini 
sog‘lomlashtirish 
muassasalariga 
murojatlari soni ortgan. 
O‘zbekistonda suv havzalarining ifloslanganligi, buning oqibatida aholining 
toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishining sekin bajarilayotganligi, ekin dalalarini 
sho‘r suv bilan sug‘orilayotganligi murakkab ekologik vaziyatlarning tarkib 
topishiga olib kelmoqda. Aholining katta qismi hali ham ochiq suv havzalaridan 
ichimlik manbai sifatida foydalanayotganligi achinarli hol, chunki bu toifadagi 
suvlar davlat standarti andozalariga to‘g‘ri kelmaydi, shuningdek ba’zi shahar va 
qishloqlarning kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmaganligi aholi sog‘ligi 
uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
darajada. Tirik tabiat falokatga uchrashi oqibatida ekologik muvozanat buzilgan. Orolning qurigan qismi ham shu mintaqaga xos. Ekologik vaziyatlar barqaror emas, ular doimo dinamik o‘zgarishda, bu hol inson omili ta’siri darajasi va miqyosi bilan bog‘liq. SHuningdek vaziyat inson tomonidan boshqarilib turilganligi tufayli qayta o‘zgarishlar ularning turg‘un holda bo‘lishliligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshqarish miqyosi va ta’sir doirasi, kuchiga qarab, ayniqsa, vohalarda vaziyatlar rejimi kuchli darajada boshqarilmaydi, bu hol asosan geotizimlarning tuzilmaviy–tadrijiy holatiga bog‘liq, tog‘ etaklarida voha geotizimlarini boshqarish nisbatan qulayroq va osonroq. Bu mintaqada asosan eroziyaning oldini olish, qisman tuproqda tuz to‘planishi va suvning zaminga shimilishi, sel hodisalari boshqarilishi lozim. Tekislik mintaqada deltalardagi voha geotizimlarini boshqarish ancha murakkab va og‘ir. CHunki guruntning suv o‘tkazmaslik sharoitida sug‘oriladigan erlarning suv-tuz rejimini rostlab turish uchun katta hajmda meliorativ ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu masala hozirgi sharoitda eng og‘ir, shunday bo‘lsada chora-tadbirlar qo‘llanmoqda. Sanoat shaharlari (Olmaliq, CHirchiq, Angren, Navoiy, SHo‘rtan, Muborak, Uchquduq va boshqalar)ning atrof muhitga ta’siri etarli darajada katta, ularning ta’siri tufayli tabiiy muhit ifloslanadi, xususan suv va havo havzalari zararlanadi. Farg‘ona, Olmaliq, Navoiy sanoat korxonalari, Surxandaryoda Uzun va Sariosiyo tumanlari Tursunzoda alyuminiy korxonasi ta’sirida katta miqyosda vaziyat og‘ir zararlanmoqda. Buning oqibatida aholi orasida turli kasalliklar tarqalgan, yosh bolalar (1 yoshgacha)ning o‘limi o‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan 1,5-2 marta ko‘p, qariyalarning kasallanishi, aholini sog‘lomlashtirish muassasalariga murojatlari soni ortgan. O‘zbekistonda suv havzalarining ifloslanganligi, buning oqibatida aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishining sekin bajarilayotganligi, ekin dalalarini sho‘r suv bilan sug‘orilayotganligi murakkab ekologik vaziyatlarning tarkib topishiga olib kelmoqda. Aholining katta qismi hali ham ochiq suv havzalaridan ichimlik manbai sifatida foydalanayotganligi achinarli hol, chunki bu toifadagi suvlar davlat standarti andozalariga to‘g‘ri kelmaydi, shuningdek ba’zi shahar va qishloqlarning kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmaganligi aholi sog‘ligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.  
 
Texnogen omillar ta’sirida yaylovlarning buzilishi, ishdan chiqishi, 
mahsuldorlikning pasayib ketganligi, harakatdagi qumlar maydonining kengayib 
borayotganligi endilikda aniq sezilmoqda. Qizilqum, Ustyurt platosi, Qarshi cho‘li, 
(Ko‘kdumaloq, O‘rta buloq, Zevarda) va boshqa gaz hamda neft konlarining ishga 
tushirilishi atrof muhit, yaylov holatlarini yaxshilash uchun, maxsus tadbirlar 
majmuasini amalga oshrishni talab qiladi. 
 
Adabiyotlar 
1. Abbosov.S.B. Tabiatdan foydalanishning geoekologik shakl va tamoyillari // 
O‘zGJ Axboroti. T., 2003, 23-jild, 59-60-b. 
2. Abdullaev S.I. va b. Geoekologiya ilmiy va o‘quv fani sifatida // O‘zGJ Axboroti. 
T., 2010, 35-jild, 68-71-b. 
3. Bogucharskov V.T. Istoriya geografii. M.-Rostov n/d.: MART, 2004. 
4. Zokirov SH.S. Ekologik vaziyatlar va Landshaftlarni o‘rganishning ba’zi nazariy 
masalalari // Istiqlol va geografiya. II qism. T.: O‘zRGJ, 1995, 141-142-b. 
5. Zokirov SH.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T.: Universitet, 1999. 
6. Isachenko A.G. Vvedenie v ekologicheskuyu geografiyu. SPb., 2003. 
7. Makunina G.S. Geoekologiicheskie kompleksы regionalnogo urovnya: 
konsepsiya, klassifikatsiya, sistemnaya struktura, otsenka i prognoz // Geografiya i 
prirodne resursy. 1990, № 3. 
8. Mirakmalov M.T., SHaripov SH.M. Professor A.A.Rafiqovning geoekologiya 
ilmiy maktabi // O‘zGJ Axboroti. T., 2012, 41-jild, 59-62-b. 
9. Nazarov I.Q. Geoekologiya prioretetnoe integralnoe geograficheskoe nauchnoe 
napravlenie // O‘zGJ Axboroti. T., 1998, 19-jild, 14-17 b. 
10. Nazarov I.Q. va boshqalar. Geografiya va hududlar ekologiyasi: muammolar va 
vazifalar // O‘zGJ Axboroti. T. 2012, 40-jild, 10-13 b. 
11. Nazarov I.Q. Geografiya fanining asosiy muammolari. T.: Muharrir, 2013. 
12. Nigmatov N.A., Rasulov A.B. Geografik ekologiyaning ilmiy – nazariyasiga doir 
mulohazalar // O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. 
Samarqand, 2013, 14-15-b. 
 
Texnogen omillar ta’sirida yaylovlarning buzilishi, ishdan chiqishi, mahsuldorlikning pasayib ketganligi, harakatdagi qumlar maydonining kengayib borayotganligi endilikda aniq sezilmoqda. Qizilqum, Ustyurt platosi, Qarshi cho‘li, (Ko‘kdumaloq, O‘rta buloq, Zevarda) va boshqa gaz hamda neft konlarining ishga tushirilishi atrof muhit, yaylov holatlarini yaxshilash uchun, maxsus tadbirlar majmuasini amalga oshrishni talab qiladi. Adabiyotlar 1. Abbosov.S.B. Tabiatdan foydalanishning geoekologik shakl va tamoyillari // O‘zGJ Axboroti. T., 2003, 23-jild, 59-60-b. 2. Abdullaev S.I. va b. Geoekologiya ilmiy va o‘quv fani sifatida // O‘zGJ Axboroti. T., 2010, 35-jild, 68-71-b. 3. Bogucharskov V.T. Istoriya geografii. M.-Rostov n/d.: MART, 2004. 4. Zokirov SH.S. Ekologik vaziyatlar va Landshaftlarni o‘rganishning ba’zi nazariy masalalari // Istiqlol va geografiya. II qism. T.: O‘zRGJ, 1995, 141-142-b. 5. Zokirov SH.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T.: Universitet, 1999. 6. Isachenko A.G. Vvedenie v ekologicheskuyu geografiyu. SPb., 2003. 7. Makunina G.S. Geoekologiicheskie kompleksы regionalnogo urovnya: konsepsiya, klassifikatsiya, sistemnaya struktura, otsenka i prognoz // Geografiya i prirodne resursy. 1990, № 3. 8. Mirakmalov M.T., SHaripov SH.M. Professor A.A.Rafiqovning geoekologiya ilmiy maktabi // O‘zGJ Axboroti. T., 2012, 41-jild, 59-62-b. 9. Nazarov I.Q. Geoekologiya prioretetnoe integralnoe geograficheskoe nauchnoe napravlenie // O‘zGJ Axboroti. T., 1998, 19-jild, 14-17 b. 10. Nazarov I.Q. va boshqalar. Geografiya va hududlar ekologiyasi: muammolar va vazifalar // O‘zGJ Axboroti. T. 2012, 40-jild, 10-13 b. 11. Nazarov I.Q. Geografiya fanining asosiy muammolari. T.: Muharrir, 2013. 12. Nigmatov N.A., Rasulov A.B. Geografik ekologiyaning ilmiy – nazariyasiga doir mulohazalar // O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari. Samarqand, 2013, 14-15-b.