AUDIT STANDARTLARI
REJA:
1.Auditning professional standartlari tavsifi
2.Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
3. Auditorlik standartlari tarkibi
Tayanch so’z va iboralar: Standartlar, auditning xalqaro standartlari,
auditorlik faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotlarining ichki
standartlari, xalqaro buxgalterlar va auditorlar federatsiyasi, auditorlik standartlari
kengashi, auditning malaka va etika talablari, standart talablari
1.Auditning professional standartlari tavsifi
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli
buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat
kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi
(IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli
tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga
qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik
standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasini
tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida
mijozning moliyaviy hisobotlari bo’yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki
(barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha
sub’ektlarga ham qo’llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va
birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga
muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan
tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi
lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo’yicha eng muhimi qaysiki ochiq
aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki
AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini
aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar
tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni
yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun
mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan
bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda tushunarli
formatda tayyorladi. Har bir standart bo’yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi:
- Standartning kirish izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.
- Mavzuga doir talablardan maqsad belgilanadi.
- Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning ta'riflari
- Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun talablarni aniqlasitirish.
Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan
foydalangan holda ifoda etiladi.
- Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga
mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo’yicha Auditorlik
yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil
15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador
standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni
birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun
dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali
global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir.
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi.
Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun
dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda tugallandi,
va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat
Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro standartlar quyidagi
alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa AICPA ning
standartlari formatiga juda o'xshaydi:
Kirish auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va
Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.
Amaldagi jumlalar ta’riflari kiritilgan.
Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor
bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .
Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun
talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari
amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita
audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA
o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday
qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA
standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan
chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o’xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit
ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak
kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-
jadvalda ko'rsatilgan.
1-jadval
AQSH va xalqaro Auditorlik standartlarini solishtirish
IAASB
PCAOB
AICPA
Nufuzli manba
Xalqaro
buxgalterlar
federatsiyasi
va
ushbu standartlar
amal
qiluvchi
mamlakatlar
tomonidan
AQSh
Kongressining
2002 yil Sarbanes-
Oxley qonuni
Tarixiy, o'z-o'zini
tartibga soladigan
kasb sifatida
Muhim atamalar
Auditning xalqaro Audit standartlari Audit standartlari
standartlari (ISA)
(AS) va muvaqqat
standartlari (AU)
bo’yicha Hisobot
(AU-C)
Standartlarning
qo’llanilish doirasi
Auditning xalqaro
standartlari
talab
qilinadigan
mamlakatlarda va
jumladan Evropa
va rivojlanayotgan
mamlakatlarda
AQSH
aktsiyadorlik
kompaniyalari
auditida
AQSH
aktsiyanerlik
bo’lmagan
kompaniyalari
auditida
Audit
standartlarning
uyg’unlashuvi
Xalqaro
uyg’unlashuv talab
etiladi
Joriy
vaqtda
xalqaro
uyg’unlashuvga
talab yo’q
Xalqaro
uyg’unlashuv
talab etiladi
2. Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
Amerika Qo'shma Shtatlarida audit standartlari tarixan o'n umumiy qabul
qilingan audit standartlari (odatda o'n standartlar deb ataladi ) moliyaviy hisobotlar
auditi uchun poydevor bo'lib xizmat qilgan. Ayni paytda, PCAOB standarti bu o'n
standartlarni birlashtiradigan standart tashkil etdi. AICPA etti tamoyillari bilan o'n
standartlari o'rnini almashdi. Tahriran audit standartlari farqi bo'lsa-da, asosiy
maqsad audit sifatli tarzda amalga oshirilishi kerak.
1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda
maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega
bo’lishi kerak.
2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar
mustaqil bo’lishi shart.
3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani
tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi.
Ob’ektlarning ish standartlari:
1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda
rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning
faoliyatini nazorat qilib borish lozim.
2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik
tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida
ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart.
3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash
uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar
yig’ish.
3-chizma. Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
Xulosa standartlari:
1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning
Auditning umumqabul qilingan standartlari
To’g’ri
rejalashtirish va
nazorat.
Ichki nazorat
tizimini
tushunishning
etarliligi.
Zarur dalillarning
etarli miqdori.
Ob’ektlarining ish
standartlari
Hisobotning GAAP
bilan mos kelishi.
GAAP qoidala
riga amal qilin
maydigan holat
lar.
Ma’lumotlar bilan
yoritib berishning
etarliligi.
Moliyaviy hisobot
haqida fikrning to’liq
bayon etilishi.
Majburiy
tayyorgarlik va
mahoratlilik.
Mustaqillik.
Majburiy
malakaviy
ziyraklik.
Xulosa standartlari
Umumiy malaka va
etika standartlari
buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida
ma’lumot keltirib o’tiladi.
2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar
nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi
kerak.
3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi
axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar
ko’zda tutilmagan bo’lsa.
4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy
hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni
o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi
tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan
bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon
qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga
oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak.
AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab
chiqdi. Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar:
1. Auditning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning ishonch
darajasini oshirishdan iborat. Auditor moliyaviy hisobot bo’yicha xulosa bildirganda
bu maqsadga erishiladi.
2. Audit bu menejment tayyorlangan moliyaviy hisobotlar, moliyaviy hisobotlar
ustidan ichki nazoratni ta’minlash, va auditor uchun tegishli axborot bilan ta’minlash
va auditorga foydalanishga ruxsat bulishiga asoslangandir.
Majburiyatlar
3. Auditorlar tegishli vakolat va imkoniyatlarini saqlab qolish uchun audit
davomida professional shubha va axloqiy talablarga rioya qilish kerak
Taqdim etish
4. Auditor moliyaviy hisobotlardagi muhim xato mavjud bo’lganda sabablarini
bilishi lozim.
5. Asosli sabablarini olganda auditor rejalashtirish va kuzatishi, muhimlik
darajasini aniqlashi, jiddiy xatolarni riskini aniqlashi, audit dasturini tuzish va
amalga oshirish uchun risklarni baholashi.
6. Auditda auditor moliyaviy hisobotlarda mavjud jiddiy xatolar haqida mutlaq
ishonch bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan tabiiy cheklovlar mavjud.
Hisobot
7. Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobotda jiddiy xatolik
bo’yicha auditorlik xulosasida bildiradi
jadval
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni har bir bosqichning
harakatlari
Auditorlik xulosasini shakllantirish
jarayoni etapi
Etap doirasidagi harakatlar
I bosqich. Mijoz jalb qilish qilish va
uzluksizlikni ta’minlash uchun qaror
qabul qilish
Audit uchun zamin hozirlash
Mijoz
bilan
umumiy
audit
tushunchasini rivojlantirish
II bosqich. Riskni baholashni amalga
oshirish
Muhimlikdarajasi
va
risklarni
baholash
Aniqlangan risklarga javob berish
III bosqich. Ichki nazoratning samarali
ishlashi bo’yicha dalil to’plash
Agar mavjud bo’lsa nazorat testini
tanlash
Agar mavjud bo’lsa nazorat testini
bajarish
Agar mavjud bo’lsa nazorat testi
natijlarini hisobga olish
IV bosqich. Hisob yozuvlari bo’yicha
mohiyatan dalillar to’plash, axborotni
ochib berish va tasdiqlash
Mustaqil
jarayonlarga
tegishli
amallarni bajarish
V bosqich. Auditni yakunlash va
auditorlik xulosasini tuzish
Auditorlik tekshiruvni yakunlash
Xulosa turini aniqlashtirish
Auditor sifatida faqat bir tashkilotning moliyaviy hisoboti auditni amalga
oshirish mumkin, yoki tashkilot moliyaviy hisobotlari auditi va moliyaviy
hisobotlarni ustidan ichki nazorat integratsiyasini amalga oshirish mumkin.
Kompleks audit AQShda yirik aktsiyadorlik kompaniyalari uchun talab qilinib,
uning asosiy tamoyillari har qanday moliyaviy hisobotlar auditi uchun amal qiladi.
"Kompleks auditning ijobiy tomoni” amaliy auditda ko'rsatilishicha, moliyaviy
hisobot auditi va ichki nazorat integratsiyasi auditda samaradorlikka olib keladi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va kompleks
audit uchun bir xil bo'ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy hisobot
ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy hisobotlar
bo’yicha xulosa berishda qo'shimcha audit ishini amalga oshiradi. Xususan,
mijozning balans sanasidagi ichki nazorat tizimida jiddiy xatolik mavjud bo’lganda
auditorning amalga oshiradigan ishi ortadi.
Audit xulosasini shakllantirish jarayonining muhim jihati mijozning ichki
nazorat tizimi va moliyaviy hisobotlar bilan bog'liq majburiyatlari hisoblanadi. Bu
munosabatlar rejalashtirish va audit o'tkazish uchun muhim ahamiyatga ega.
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
I bosqich. Mijoz jalb qilish qilish va uzluksizlikni ta’minlash uchun qaror
qabul qilish
II bosqich. Riskni baholashni amalga oshirish
III bosqich. Ichki nazoratning samarali ishlashi bo’yicha dalil to’plash
IV bosqich. Hisob yozuvlari bo’yicha mohiyatan dalillar to’plash, axborotni
ochib berish va tasdiqlash
V bosqich. Auditni yakunlash va auditorlik xulosasini tuzish.
Har bir bosqich doirasida auditor moliyaviy hisobot auditi yoki kompleks
auditini amalga oshirishda turli amallarni bajaradi. 6-jadvalda ushbu amallar
ko'rsatilgan. Ushbu amallar auditorlik kasbi, qonunchilik va professional
javobgarlikka ta'sir qiladi. 6-jadvaldagi har bir amalni bajarishda, auditor sifatli
professional faoliyat va axloqiy qarorlar qabul qilishni xoxlaydi.
3. Auditorlik standartlari tarkibi
1999-2012 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan.
7-jadval
Amaldagi auditorlik faoliyatining milliy standartlari
№
Standartning № va nomi
O’z. R. MV
tasdiqlagan sana va
№
1.
№3- AFMS «Auditni rejalashtirish»
14. 10. 1999 №54
2.
№4- AFMS "Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish"
20.07.1999 y. N 57
3.
№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»
04. 08. 1999 №62
4.
№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»
04. 08. 1999 №61
5.
№9- AFMS «Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi»
04. 08. 1999 №63
6.
№10- AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa
axborotlar»
09. 09. 1999 №75
7.
№11- AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash
(MKI) sharoitida audit o’tkazish»
09. 09. 1999 №76
8.
№12- AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonida
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»
26.12. 2006 №108
9.
№13- AFMS «Tahliliy amallar»
04. 08. 1999 №64
10.
№14- AFMS «Auditorlik tanlash»
27. 07. 1999 №59
11.
№16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»
27. 07. 1999 №60
12.
№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-
tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilo-ti-ning ish
tutishi»
31. 05. 2001 №49
13.
№25-AFMS-«Auditorlik
tekshiruvi
o’tkazilishda
normativ
huquqiy
hujjatlarga
rioya
etilishini
tekshirish»
27.01.2003 №14
14.
№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati
(biznesi) bilan tanishish»*
30. 05. 2001 №48
15.
№50- «Auditorlik dalillar»
03. 04. 2002№ 48
16.
№55 AFMS – «O’zaro bogliq shaxslar o’rtasidagi
bitimlar
bo’yicha
auditorlik
dalillarini
olish
bosqichlari»
27.01.2003. №15
17.
№56 AFMS–«Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi
hodisalar»
9.04.2003. №54
18.
№60 AFMS-«Boshqa auditor ishi natijalaridan
foydalanish»
27.01.2003. №16
19.
№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviy
hisobot haqidagi auditorlik xulosasi»
14. 02. 2001 №20
20.
№80 AFMS –«Maxsus masalani tekshirish natijalari
bo’yicha auditor hisoboti»
27.01.2003. №13
21.
№90- AFMS "Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir
xizmatlari"
14 fevral 2001 №19
Auditorlik xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
Kirish
Sifat nazorati, audit, ko’rib chiqish, boshqa ishonch bildirish va turdosh
xizmatlarning standartlariga muqqadima
Atamalar glossariysi
Sifat nazoratining xalqaro standartlari (SNXS)
200–299 UMUMIY PRINTSIPLAR VA MAJBURIYATLAR
AXS 200, «Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni Auditning
xalqaro standartlariga muvofiq o’tkazish»
AXS 210, «Audit kelishuvi shartlarini kelishish»
AXS 220, «Moliyaviy hisobotlar auditi sifatini nazorat qilish»
AXS 230, «Auditni hujjatlashtirish»
AXS 240, «Moliyaviy hisobotlar auditidagi firibgarlikka nisbatan auditor
majburiyatlari»
AXS 250, «Moliyaviy hisobotlar auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni
e’tiborga olish»
AXS 260, «Boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan axborot almashinuvi»