AUDITORLIK TANLASH
REJA:
1.Auditorlik tanlash haqida umumiy tushuncha va uning mohiyati
2.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va
natijalarini baholash
3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan
dasturiy ta’minot sharhi
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari
Tayanch so’z va iboralar:Auditorlik tanlash, reprezentativ tanlash, statistik
tanlash, tasodifiy tanlash, ichki nazorat tizimi, ichki audit bo’limi, tanlashdagi
xatolar, auditor etikasi va tajribasi, mos kelishini tanlab tekshirish, mohiyatan tanlab
tekshirish, yoppasiga tekshirish, tekshiruv ob’ektlari.
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor
tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining
garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat
o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida
tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob
registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi,
buxgalteriya xodimlarining bilim darajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga
qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda
sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijoz-
korxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-
lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab
qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga
tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya
hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat
tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada
ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil
etilganligi,
malakali
mutaxassislar
tomonidan
amalga
oshirilayotganligi,
avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari
tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha
esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin. Aynan hisobot
ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik
tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi
tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab
olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash»
(Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning
mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli
Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun
ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik
tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda
olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni
ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb
ko’rsatilgan qoidalardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy
hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:
1.
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish
2.
Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot davri
ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat.
Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet
tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat
etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni nomlari, miqdori va
sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat
ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish
deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki
hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik
faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini
ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga
erishishni ta’minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor
ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’plash talab qilinadigan zarur dalil-
isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini
aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar
yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini
tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng
samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tanlash ko’lami;
- kuzatish birligi;
- tanlash birligi;
- tanlash uslublari;
- saylab olish hajmi;
- salmoqli (reprezentativ) tanlash;
- tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.
Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni
aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga
taalluqli bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda
buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari
sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha
hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik
izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi.
Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni
to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan,
ammo belgilangan (shart qilib qo’yil-gan) summadan kam bo’lmagan barcha
buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami tekshiriladigan to’plam
bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu
mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan
hujjatlaridir. Tanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish
birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har
qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi
mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin.
Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi
oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.
2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash
risklari va natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining
katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga
oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik
tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda
auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari
va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash tekshiriladigan
to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini
qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning
qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni
tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon
beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar
tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti
moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish
tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni
alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari
bir-biriga o’xshaydi. To’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli
ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb
nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z nav-batida auditor
ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri- reprezentativlik,
ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish
ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun
quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:
1)
Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi
mumkin.
2)
Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir
sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam
elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan,
mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami
qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik
qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.
3)
Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan
tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu
maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab
qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha
murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish
chog’ida vujudga keladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar
o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan
qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni
sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda
qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda
saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan
olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar tomonidan
raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq
muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini
qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi
raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa mijoz-
korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi statistik tanlashni to’g’ri
amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda
stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada
buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda
tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara
bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan
ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya
hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat
tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh
to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan
holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami
muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past
bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti
quyidagilarni bajarishi lozim:
tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga
tarqatish (ekstrapolyatsiya);
tanlash risklarini baholash.
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi
navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha
tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish
uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish
uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga
bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga
oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash
risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar
asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi
bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Tanlash riski
nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va
oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini batafsil tekshirishda
ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazish va
schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning to’g’riligini tekshirish uchun tanlash
risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi
turlari mavjud:
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan
dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri gipotezani
chiqarib tashlash riski;
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan
dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani
qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig
to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar
yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud
bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning
natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
3. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va
umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi
Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning
tasdiqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida
amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to’liq tekshirish imkoni bo’lmaganda
qo’llaniladi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan muomalalarning
murakkabligi hamda qo’pligidan, mazkur muomalalarni tekshirish iqtisodiy jihatdan
imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob – kitoblarni takror
bajarish yoki tasdiqlarni jo’natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan
foydalanish maqsadga muvofik bo’ladi. Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki
boshqa auditorlik amallaridan, jumladan so’rov, ko’zatish va ko’pchilik tahliliy
amallaridan
foydalanishda
tanlashdan
foydalanish
maqsadga
muvofiq
hisoblanmaydi.
To’liq auditorlik tekshiruvi tanlashni o’z ichiga oladi, chunki auditor hisobot
davrida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud
emas. Lekin auditor schetlar qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi
(akkuratnost) xaqida xulosalar qilishi lozim. Har bir auditorlik tekshiruvida ichki
nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini bevosita tekshirish uchun tanlab olishning
ayrim shakllari mavjud bo’ladi, chunki auditor doimiy ravishdan mumkin qadar
etarlicha ishonchli dalillar yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida
ishonchli xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam
uchun reprezentativ bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini
oshirish uchun u etarlicha miqdorga ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh
to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy
ta’minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh
to’plamnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish
mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum soxalarga yoki
operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy ta’minoti
ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar
AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda
foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan
ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi,
ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun
foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funktsiyalari
tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar, sanalar orasida
uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron jadvaliga
o’hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga
qo’shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda AUDT, Excel elektron
jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa zamonaviy vositalaridan deyarli
hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
17-jadval.
Tasdiqlar to’g’risida yig’iladigan auditorlik dalillarini to’plashda
yondoshuvlar
Moliyaviy
xisobotni
tasdiqlash
Dalillar yig’ish uchun
tanlashdan foydalanish
Dalillar yig’ish uchun
AUDTdan foydalanish
Mavjudlik
yoki
yuzaga kelish
Hisobga
olingan
operatsiyalardan tanlashni
amalga
oshiring
va
tanlangan
elementlardan
tegishli dalillarni tekshiring
yoki tasdiqlashga jo’nating
Eng katta elementlarni, eng
kichik
elementlarni,
yil
davomidagi
oxirgi
operatsiyalar (o’z vaqtidalikni
testlash uchun) yoki faylda tez
tez
foydalaniladigan
elementlarni
sortirovkalash;
shuningdek
noodatiy
operatsiyalarni izlash uchun
foydali
To’liqlik
Hisobga
olinmagan
majburiyatlarni
izlash
Eng
qo’p
foydalanilgan
sotuvchilarni, yoki eng kam
uchun navbatdagi to’lovlar
uchun
tanlab
olishni
bajarish
foydalanilgan
sotuvchilarni
yoki o’tkan yilgi sotuvchilar
ro’yhatini joriy yil sotuvchilar
ro’yhati
bilan
solishtirish
maqsadida
sotuvchilarni
sortirovka qilish
Xuquq
va
majburiyatlar
Boshlang’ich
hujjatlarni
hisobga
olgan
holda,
mavjudligi
bo’yicha
testlashni amalga oshirish
Noodatiy
bo’lgan
operatsiyalarni ko’rib chiqish
uchun
fayllarni
sortirovka
qilish
Baholash
yoki
taqsimlash
Elementlani tanlab oling
harid xaqida kelishuv yoki
schet fakturaga o’xshash
hujjatlar
manbalarigacha
ko’zating
Fayllarni
jamlang
va
hisoblashlarni tekshiring
Taqdim etish va
ochish berish
Tegishli
ochib
ko’rish
uchun
baholarni
yoki
boshqa
elmentlarni
tekshiring
Yuqoridagi 17-jadval moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tasdiqlash uchun
auditorlik dalillarini to’plash bo’yicha alternativ yondoshuvni aks ettiradi,
shuningdek to’planadigan mahsus auditorlik dalillari na’munalarini o’z ichiga oladi.
4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar
Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki nazorat
tizmi samarali ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar ular samarali
ishlamasa, auditor mustaqil protseduralarni konstruktsiyalayotganda boshqaruvning
ichki vositalari muxokamasi haqida qaror qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim.
Schetlar saldosini testlashda tanlashning maqsadi bu schetlar saldosini buzib
yozishlar sonini baholashdir. Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa,
auditor schetlar saldosini to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni
istaydi. Biroq tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha
miqdordagi elementlarni ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim uchun
reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, auditorlar ular tekshirayotganlar xaqidagi
noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi tanlab olishlarni kurib chiqishlari
kerak.
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash
birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat
protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim
xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi
operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga
ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor
tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak.
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va qanday
xususiyatlari tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ?
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab olish
hajmi)?
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ?
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish
mumkin (baholash)?
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor umumiy
to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, chunki yo a)
auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki muammolarni
noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga nisbatan reprezentativ
bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq auditorlik firmalari bu
risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi.
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk. Faraz qilinadiki auditorlar tanlashda
hamma elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning to’g’riligini
baholash uchun dalil yig’ishda audit amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor
bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash riski bilan bog’liq bo’lmagan
risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan
bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk,
shuningdek
auditorlik
protseduralarni
bajarayotgan
auditorning
malakasi
etishmasligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar
ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni
bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab
chiqilgan va bajarilgan audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.
Tanlash bilan bog’liq risk. Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan
har qanday tanlovlar agar auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri
bo’la olmaydi. Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab
olish natijalari umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi.
Tanlab olish miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish
miqdori qancha katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi. Tanlash bilan bog’liq
risk shunday riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda auditorlik
protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval qilingan
xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash yordamida auditor
agar tanlash umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda riskning miqdori
qancha bo’lishini baholaydi. Tanlash bilan bog’liq risk tanlashning nostatistik
yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash uchun o’lchanishi mumkin.
Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari. Auditor ichki
nazoratni integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida samaradorligini baholash
uchun dalillarni yig’ishda ko’pincha tanlashdan foydalanadi. Nazorat pasayishga
uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini talab qiladi; masalan, agar nazorat
vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu axborotdan nazorat samaradorligi
haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil nazorat amallar miqdori yoki ichki
nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish uchun foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha
ayrim noaniqliklarga ega bo’ladi, shu bilan birga auditor yomon senariyni
boshqarishga urinadi; masalan, auditor nazorat vaqtning 8% dan ortig’iga pand
bermaydi deya 95% ishonishni xohlaydi. Auditor hamisha tanlab olishning uncha
katta bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar chiqarish bo’yicha risklarni
boshqarishga xarakat qiladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari 18-jadvalda keltirilgan.
Ichki nazorat ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat
riskining o’ta past yoki ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi
risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini samarali deb topganda haqiqatda esa ichki
nazorat
tizimi
samarsiz
bo’lganligi
riski
hisoblanadi.
Ichki
boshqaruv
ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta
yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor
nazoratning ichki vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa nazoratning
ichki vositalari samaralidir.
18-jadval
Nazorat protseduralarini testlash bilan bog’liq tanlash risklar
Auditor
tomonidan
nazorat
riskining
bahosi
To’liq umumiy to’plamga nisbatan ichki nazorat tizimining
hozirgi holati
Samarali
Samarasiz
Past
To’g’ri xulosa
Ichki
nazorat
ishonchliligini
noto’g’ri qabul qilinganlik riski
Umumiy to’plamda nazoratning
pasayishi
tanlashda
ko’rsatilganligaga
nisbatan
yuqori(shuningdek, nazorat riskinin
baholash riski deb nomlanuvchi o’ta
past yoki o’ta yuqorilik riski).
Auditni samarasizlikka olib keladi
Yuqori
Umumiy
to’plamda
nazoratning
pasayishi
tanlashda
ko’rsatilganligaga
nisbatan
past(shuningdek,
nazorat riskinin baholash riski
deb nomlanuvchi o’ta yuqori
yoki o’ta past riski). Auditni
samarasizlikga olib keladi.
To’g’ri xulosa
Schetlar sal’dolari tafsilotlari testlash bilan bog’liq tanlash riski.Tanlashdan,
shuningdek schetlar saldosidagi buzib ko’rsatish (xato) lar miqdorini baholashda
ham foydalanilishi mumkin. Auditor, masalan, moddiy zahiralar elementlaridan