“AVESTO” O‘RTA OSIYO VILOYATLARI IJTIMOIY TUZUMINI O‘RGANISHDAGI O‘RNI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
163,5 KB
1
KURS ISHI
“AVESTO” O‘RTA OSIYO VILOYATLARI IJTIMOIY TUZUMINI
O‘RGANISHDAGI O‘RNI
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. AVESTONING O‘RGANILISHI VA UNING TARIXIMIZDA
TUTGAN O‘RNI
1.1-§ Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi
1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari
II-BOB AVESTO – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI MUHIM
MANBA
2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida
2.2-§ Avestoda qadimgi dehqonchilik an’analari
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda vatanimiz tarixida hukmronlik
qilgan har bir davlat tarixini o‘rganish har bir tarixchining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy
nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni
yo‘ldan urush, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari
insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy
va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida
foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat,
shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu
ma’naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani
alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom
Karimov ta’kidlaganidek: “....tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz
bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”1.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi notinch va tahlikali
zamonda taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz
qoldirgan, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni
va ahamiyati beqiyosdir2.
Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni beqiyos.
Zardushtiylik dunyodagi eng qadimgi dinlardan bir bo‘lib, insoniyat madaniyatiga
katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu din juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta
Osiyoda ham uzoq vaqt asosiy dinlardan bo‘lib keldi. Zardushtiylik dinining
1 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. – Тошкент.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 14.
2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ислом ҳамкорлик ташкилотининг фан ва
технологиялар бўйича I саммитидаги нутқи. https: //president.uz/uz/lists/view/1018. – 10.09.2017.
3
muqaddas kitobi “Avesto” bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida
istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy
merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir.
Aynan Avestoda O‘rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni
yoritib berish mavzuning dolzarblik jihati sanaladi.
Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi Avestoning
paydo bo‘lishi tarixi va unda yurtimizning qadimgi viloyatlari haqidagi
ma’lumotlarni o‘rganib, mavzuni xolislik asosida yoritish hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining tadqiqot obyekti
Avesto O‘rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy tuzumini o‘rganishdagi o‘rni, predmeti
mavzuga oid o‘sha davrda yozilgan manbalar, hozirgi kunga qadar ilmiy
nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan
ilmiy adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning
Xorazmda paydo bo‘lganligi haqida B.G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov,
A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov,
G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning
maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda
paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo bo‘lganligi xususida ham arxeologik
qazishmalar davomida ajoyib natijalarga erishgan S.P.Tolstovning fikriga
qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning payg‘ambari Zaratushturaning
Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. Kurs ishining xronologik chegarasi
mil. avv I ming yillikni o‘z ichiga oladi
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, ikki bob, 4-paragraf, xulosa, foydalanilgan
manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 32 sahifani tashkil qiladi.
4
I-BOB. “AVESTO” KITOBINING O‘RGANILISHI VA UNING
TARIXIMIZDA TUTGAN O‘RNI
1.1-§ Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi
Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto” bundan XXX asr
muqaddam ikki daryo oralig‘ida istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. Avesto ayni zamonda bu qadim o‘lkada
buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi
tarixiy hujjatdir. Unda markaziy Osiyo xalqlari bundan 3 ming yil oldingi
davrlarda yoritib berilgan. Yevropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr – qadimgi
zamonlardayoq katta qiziqish uyg‘otgan, Zardo‘sht va uning ta’limoti haqida
ko‘pchilik yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar
yozishgan. Sosoniylar sulolasi davrida, III-VII asrlarda zardo‘shtiylikning
muqaddas kitobi – “Avesto” matnlari o‘rta forsiy tilga ko‘chirila boshlagan
vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi3.
Miloddan avvalgi V asr oxiri tarixshunoslarining yozishicha, Gerodotning
zamondoshi
lidiyalik
Ksanor
Zardo‘sht
nomini
tilga
olgan.
Keyingi
tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardo‘shtning ossuriyaliklardan
yengilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy
asari ancha ilgari qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiy olimlari ana shu
qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning “Kiropediya” va
“Anabasis” asarlarida Zardo‘sht haqida ma’lumot uchramaydi4.
Holbuki, Ksenofont Ahomoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va
marosimlari bilan yaxshi tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida
keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib aytish mumkinki, Ahomoniylar davri
(mil.avv VI-V asrlar)da hali Zardo‘shtni hukmron din asoschisi deb
3 http://taqvim.uz/uz/library/view/167
4 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/
5
hisoblashmagan. Zardo‘shtiylik dini tadqiqotchilari E.Benvenist, A.K.Kristensen,
X.Nyuberg, V.Struve va boshqalar ham shu fikrdalar. Zardo‘shtiylik dini tarixiga
oid ko‘plab maqolalar va asarlar yaratilgan bo‘lsa-da, ammo mamlakatimiz
xalqlari tarixida zardo‘shtiylikning o‘rni va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma
asarlar yaratilmagan.
Ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan islom dini egallagan. Natijada
bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning
juda ko‘p qismi, sosoniylar davrida amalda bo‘lgan “Avesto” to‘plamining
taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan5. Avesto kitobining o‘rganilishi va
uning tariximizda tutgan o‘rni. Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy O‘rta
Osiyoga yurish qilgan davrda bu yerda yuksak sivilizatsiya mavjud edi. Haqiqatda
esa, Avestoga qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi.
Abu Rayhon Beruniy yozadi: Podshoh Doro ibn Doro xazinasida
Abisto(Avesto)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi
bor edi. Aleksandr otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni
o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri
Abistonning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz “nask” edi, majusiylar
qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’oni Karim bo‘laklarini xaftiyak
deganimizdek, nask Abisto bo‘laklaridan har bitta bo‘lakning nomidir6.
Eramizning VII-VIII asrlarida ro‘y bergan arablar bosqini O‘rta Osiyo
xalqlari boshiga misli ko‘rilmagan talofatlar olib kelgani ham ma’lum. Abu
Rayhon Beruniy yozadi: Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar
va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok
etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi7. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar ) islom
davridan keyin, haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin
Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib,
bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib,
5 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
6 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 6.
7 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abu-rayhon-beruniy-ilmlarning-foydasi
6
o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar. Uzoq zamon shunday
bo‘lgach, ular ixtilofli narsalarini unutib kelishib qolganlarini yodda saqlab
qoldilar. Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P.Tolstovning arxeologik
dalillar asosida isbot etishicha, islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyaning nodir
yodgorliklari, tarixiy adabiyot, ma’naviyat durdonalari yonib kulga aylantirilgan.
Binobarin zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas “Avesto” kitobi ham
yondirilib, yo‘q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning bu
noyob yodgorligi keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqini asosidagina
bizgacha etib kelgan. Mana shu hol zardushtiylik ta’limoti tarixi va
tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda “Avesto”
muhim manbadir. Chunki “Avesto” faqat zardushtiylik dinining urf-odatlari,
e’tiqodi jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo va
Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan. Yer
yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar
vujudga kelgan.
Amerikalik olim R.Fray, fransuz olimi E.Benvenist, belgiyalik olim
J.Dyushen – Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik
K.Barr, nemis olimi B.Xins boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Zardushtiylik tarixini o‘rganish bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ni o‘rganish muammolari quyidagilar:
1) Zardo‘shtning vatani qayer ekanligi 2) Avestoning o‘rganish masalalari
3) Zardushtiylik dinining tarqalish bosqichlarini o‘rganish.
“Avesto”ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni o‘rta asrlarda yashab, ijod qilgan
alloma Abu Rayhon Beruniy boshlab bergan bo‘lsa (alloma o‘zining “Osor
ulboqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida zardushtiylik dini
haqida ancha mufassal fikr yuritgan), Yevropada 1723-yil Jorj Bouje va ayniqsa
fransuz olimi Anketil Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi.
7
Avesto kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni juda katta.
London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar
bilan zardushtiylikning o‘rta asrlardagi va yangi zamonlardagi tarixini
o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Meri Boys 1963 – 1964-yillarda Yazd vodiysi
shimolidagi olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari
va rasm-rusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan
iborat “Zardushtiylik tarixi” nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr
etdi. Shuningdek, Meri Boys zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqida
fikrlari munozaralidir.
Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon
davom
etib
kelmoqda.
G‘arb
olimlaridan
A.Meye
va
P.Tedeskolar
zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston) degan farazni bildiradilar,
Daristetir, Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfel’d esa Midiyada paydo
bo‘lgan deydilar. I.Markvart, B.A.To‘raev, X.Nyuberg, E.Benvenist, E.E. Bertels,
Gayger, Bartold, Shpigellar fikriga qaraganda, zardushtiylik Baqtriyada paydo
bo‘lgan, E.Gersveld o‘zining dastlabki arxeologik qazilmalariga binoan hamda
V.V.Struve,
K.V.Trever,
Yu.A.Rapoport,
S.F.Oldenburg,
V.M.Lukonin,
B.I.Avdiev singari olimlarning fikricha, zardushtiylik Turonzamin (Xorazm,
Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona)da paydo bo‘lib, so‘ngra Eron va boshqa
mamlakatlarga tarqalgan8.
Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning
bundan uch ming besh yuz yillar ilgari paydo bo‘lgani va boshqa dinlarning
shaklllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siridan tashqari, oliyjanob din
ekanligini, asrlar mobaynida quvg‘inlikka uchrasada, unga e’tiqod qo‘yganlar
sa’y-harakati tufayli bizgacha etib kelganligini ta’kidlaydi. Meri Boys ham
otashparaslar dinining muqaddas kitobi Avesto qadimgi Xorazm vohasida paydo
bo‘lganini qayd etadi9.
8 https://abiturtest.uz/mavzular/avesto-kitobining-organilishi-va-uning-tariximizda-tutgan-orni/
9 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 18.
8
Zardushtiylik ta’limoti va Avestoning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqidagi
faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov,
M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov,
A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini
topgan. Zardo‘shtiylik dinining qayerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo
bo‘lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga
erishgan S.P.Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning
payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi.
Avesto ham boshqa ko‘plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko‘p
qatlamlidir – deb yozadi S. P. Tolstov, – biroq unda, shubhasiz, O‘rta Osiyo
tarixining arxaik davriga borib taqaluvchi ma’lumotlar ustunlik qiladi, hozir
bizning qo‘limizda bor materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi
1 ming yillikning birinchi yarmiga mansub deb hisoblash mumkin.
Zardushtiylik bilan bog‘liq etnografik va lingivistik tadqiqotlar ham juda
ko‘p
narsalarni
oydinlashtirishi
mumkin.
Masalan
B.I.Avdievning
zardushtiylikning
Xorazm
bilan
bog‘liqligini
quyidagicha
izohlaydi:
zardushtiylikning birinchi muqaddas olovi Xorazmda yoqilgan. Avestoda
tasvirlangan Aryonam Vayjo degan mamlakat Xorazm bo‘lishi ehtimol.
Avestoning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 1324-yili ko‘chirilgan
nusxasi Kopengagen shahrida saqlanadi. 1771-yilda Avestoni tarjima qilgan
A.Dyupperon 1288-yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasidan foydalangan.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sosoniylar davridan Avestoning 21 kitobi (nask)
saqlanib qolgan10.
Zardushtiylik paydo bo‘lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik
davri endi paydo bo‘layotgan davr edi. U urug‘-qabilachilik tuzumiy yemirilib
aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo‘linayotgan davr bo‘lgan. Bu
din eng avval O‘rta Osiyo, so‘ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun
10 Авеста. Хордэ Авеста (Младшая Авеста) / Подготовка авестийского текста, перевод, предисловие,
комментарий М.В.Чистякова. – СПб., 2005. – Б. 24.
9
O‘rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u
yerda yashagan turkiy elatlar bo‘lgan, shulardan o‘zbek elati tashkil topgan11.
Zardushtiylik eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo‘lgan din sifatida
undan oldingi urug‘ qabilachilik dinlari negizida paydo bo‘lgan yakka xudolik dini
bo‘lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so‘ng o‘rnini islom
egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o‘rta Sharqqacha
tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga
kelgan dindir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita
eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ilohiy hukm
amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta
tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din
doirasida fikr yuritildi.
Keyingi asrlarda bu g‘oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar
tarafidan o‘zlashtirildi. Aytib o‘tish joizki, ushbu din paydo bo‘lgan davr va uning
vatani – hali fanda oxirigacha to‘liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini
payg‘ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi.
Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda
“Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so‘zni “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilish
mumkin. Mazda so‘zi “donish, donishmand, oqil” kabi talqin etiladi12.
Zardushtiylik yana Behdin, ya’ni “eng yaxshi din” deb ham ulug‘langan.
Uning ta’limotiga ko‘ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan.
Mazda so‘zi oldiga ulug‘lash ma’nosini anglatuvchi “Axura” qo‘shilib,
zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo‘lgan. Bu – Janob Mazda
yoki Iloh demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr
ko‘rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Zardushtning tarixda
11 Асқар Маҳкам. Авесто – Тарихий адабий ёдгорлик. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 20.
12 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
10
bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs
deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar13.
Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida
yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M.Boys ta’kidlashicha, u
mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida
mavjud bo‘lgan ko‘pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni
isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini
boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – G‘arb nazariyasi bo‘lib,
unga
ko‘ra
Midiya
(hozirgi
Eron
hududida)
Zardushtning
vatani
va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili
shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi
bo‘lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin
yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo‘lganligidir.
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi –
Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. avv. XI asrdan to
mil. XII asrgacha ketma-ket aynan Yaqin va O‘rta Sharqda davlat dini maqomida
bo‘lgan. Ikkinchisi, Sharq nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra, Zardusht vatani va
zardushtiylikning
ilk
tarqalgan
joyi
Xorazm
hisoblanadi.
Ko‘pchilik
manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar.
Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan
va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi
hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: Birinchi bor muqaddas
olov – “Ozarxurra”, “Airyanem-Vaeja” (ba’zi manbalarda – Eran-vej)da yoqildi,
deyiladi. Airyanem-Vaejaning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to‘g‘ri
keladi14. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan “Barakot va najot” sohibi
bo‘lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, “dunyoda
hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja”, keyin esa odamlar va
13 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 17.
14 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
11
chorva podalariga mo‘l Sug‘d (So‘g‘d), qudratli va muqaddas Mouru (Marv),
baland ko‘tarilgan bayroqlar mamlakati Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi15.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, hajmi g‘oyat katta bo‘lgani uchun
undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak,
Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto
O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy
madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir.
Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib,
avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus
olguniga qadar Avestoning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida
tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari
deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila
boshlangan.
15 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 78.
12
1.2-§ Avestoning tarkibiy qismlari
Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab
to‘plam. Avestoning saqlanib qolgan to‘rtta kitobidan birinchisining nomi
“Videvdat” (vi-dayevodatam – Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. Ushbu kitob
Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U
yigirma ikki bob bo‘lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi,
vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha
yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to‘g‘risida bo‘lib, ular orasida Xorazm,
So‘g‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor.
Ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar
bo‘lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi.
Uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida. Shuningdek,
Videvdatning
boshqa
fragardlaridan
Zardusht
bilan
Axura-Mazdaning
savol-javoblari va muloqotlari ham o‘rin olgan. Ikkinchi kitob Yasna deb atalib,
Avestoning e’tiborli bo‘limi sanaladi. Yasna – yaz o‘zagidan bo‘lib, “sajda,
topinch, namoz” ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo‘lgan. Boblari
ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o‘rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda
kohinlar tomonidan o‘qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar.
Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o‘zi ijod qilgan targ‘ibot she’rlari
ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo‘lib, 17 ta hasini
tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha
13
“bashorat” demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti
ha Haptanxati Yasna – Yetti bob Yasna deb nomlangan. Ular orasida olovning
muqaddasligi haqida bob bo‘lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod
qilish, dinning esa otashparatslik deb atalishi shunga bog‘liq. Binobarin, olov
Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb
hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o‘z ifodasini topgan. Olov haqni
nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rotsdan ajratib bergan.
Yolg‘on esa chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so‘zi fonetik
o‘zgarib, datslab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob
“Vispered” deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida
karde deb atalib, ma’budlar sha’niga o‘qilgan duolar va ibodat utsida ularga
murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat
namozlari yig‘indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo‘shimcha
hisoblanadi.
To‘rtinchi kitob “Yasht” deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami
bo‘lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va
uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan
iborat16. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning
yig‘ma parchalar to‘plami “Xo‘rdak Avesto” kitobida jamlangan. Masalan,
Exrpatatsan kitobidan ma’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv
tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi
qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan.
Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari)
asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to‘la ta’riflab berilgan17. Bu ta’riflar savobli
ishlar yo‘riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi, zardushtiylik
ta’limoti asoslari, dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va
16 Исхоқов М. Авесто - Яшт китоби. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 88.
17 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 68.
14
undagi hisob-kitob, falakiyot, ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, Zardushtning
tug‘ilishi va bolaligi, haq yo‘lini tutish, jamiyat a’zolarining haq-huquqlari, devlar,
jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o‘qiladigan duolar, amallar va boshqalardan
iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil Dyuperron juda
qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Masalan, Anketil Dyuperron 1755-yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u
yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini
yaxshi o‘rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima
1771-yilda nashr etilgan18.
Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto
G‘arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi
nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to‘g‘ri kelmaydi. Avestoda turkona
jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o‘rganish hozirgi kunlarda ham faol olib
borilyapti. Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O‘zbekiston uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko‘p qatlamli diniy tajribada
mazkur dinning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Avestoning eng qadimiy qismi Gat (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto
tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil (miloddan avval 3000 yillik
ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o‘tgan davrda) yuzaga
kelib, avloddan-avlodga og‘zaki ko‘chirib olingan, uning ko‘p qismi yo‘qolgan,
yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi III asrda Arshakiylar sulolasi
davrida to‘plangan19.
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1) eng qadimiy
qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir, ularda
urug‘chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko‘p xudolik tasavvurlari tasvirlangan.
2) Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar
yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3) Qadimiy ko‘pxudolik va
18 https://znanio.ru/media/avesto_ilmiy_madaniy_manba_sifatida-267650
19 Маковельский А.О. Авесто. – Баку., 1969. – Б. 25.
15
keyingi yakkaxudolik g‘oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi
V asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning
oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.
Hozirgi dinshunoslikka xos bo‘lgan Avestoning VI asrlarda Eronda
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib
tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy yozuviga ko‘plab
sharhlar berilgan. Bular “Zend” nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol
terisiga yozilib, hajmi g‘oyat katta bo‘lgani uchun undan foydalanish
osonlashtirish niyatida “kichik avesto” yaratildi.
VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O‘rta
Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar
quvg‘in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi
yo‘qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy-falsafiy tizimining qoida
dasturlari bayon etilgan20. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy,
axloqiy, tamoyil qoidalarini o‘z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi,
kosmogoniya, tarix, etika doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy
tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o‘rin olgan. Hokim va
zolimlar ulug‘langan, ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak
deb da’vo qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblangan,
2000 yil davomida yaratilgan 3/5 qismi yo‘qolib ketgan u yakka hudolikni targ‘ib
etgan, olovga sig‘inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan21. Avesto
zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak,
Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto
O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy
madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir.
20 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 24.
21 Жабборов.И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 72.
16
Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib,
avloddan-avlodga og‘zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus
olguniga qadar Avestoning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida
tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari
deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila
boshlangan. Bular Zardushtning o‘limidan keyin kitob holida jamlangan va Avesto
– O‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar deb nom olgan. Bu qadimiy
yozma manba bizgacha to‘liq holda etib kelmagan.
Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: Yilnoma kitoblarida
bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida Avestoning 12 ming qoramol
terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron
qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning
uchun o‘sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Avestoning
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo
matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan
zardushtiylik adabiyotida (Bundahishn, Shahrihoi Eron, Dinkard, IX asr Arda
Viraf-namak, Tansar xatlari, al-Mas’udiyning Muruj az-zahab, Forsnoma)
ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari,
ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib
ketganliklari haqida yoziladi.
Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining
beshdan ikki qismi xolos. U Avesto 30 “nask” edi, majusiylar (zardushtiylar)
qo‘lida 12 nask chamasi qoldi – deb yozgan. Yozma manbalarga ko‘ra, haqiqatan
ham Avestoni mo‘badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib o‘tib, asrlar
osha saqlaganlar. Buning sababi mo‘badlar mag‘lub xalqlar (Yaqin va Sharq
xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt
jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto
qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243)
17
davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va
falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu
asosiy matn to‘ldirib borilgan. Avestoning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki
to‘liq qo‘lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning
madaniy markazi bo‘lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi
davlat kutubxonasida.
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini
boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, “bu mamlakatning
ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov
va suvlari bilan go‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo‘l,
chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o‘z to‘lqinlarini Iskata
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so‘g‘dlar yashaydigan
yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor”.
Shubhasiz, keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar bu Amudaryo va Sirdaryo
bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki
daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani,
zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm,
tarqalish yo‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avestoning “Yasna” kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari
unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib,
qo‘shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo‘shni
davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng bu
ta’limot xalqlar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‘ra,
Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o‘n ikki ming mol terisiga
yozib olingan.
18
II-BOB “AVESTO” – QADIMGI O‘LKAMIZ TARIXI HAQIDAGI
MUHIM MANBA
2.1-§ Avestoda o‘lkamiz viloyatlari haqida
Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn, ko‘pincha “Zend-Avesto”,
ya’ni “Tafsir qilingan matn” deb ataladi) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari
to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan
Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan22. Avesto
da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, Xudo
yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi
Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga
olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti)
tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va
Zarafshon vodiysi bo‘lgan. Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan.
Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi
2-ming yillik oxiri 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda
avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-
odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazolar qo‘shilib borgan.
Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi
esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi23. U Persepolda saqlangan.
Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib
22 https://milliycha.uz/ru/avesto/
23 Ҳамидова.M. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Ўқув қўлланма. Тошкент., 2005. Б . 88.
19
yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davrida qayta kitob qilingan, lekin u
saqlanmagan. Sosoniylar davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan.
Avesto 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Avesto hajmi katta kitob
bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning
ixchamlashtirilgan shakli — “Kichik Avesto” (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar
Eronni fath etgach zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib
o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha
Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron
zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib
nashr etgan. Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir
qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan
yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi. Avestoda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra,
olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik
bilan yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat.
Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma
tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu
Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu
kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni
ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir.
Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham
tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat.
Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va
Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu
hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.
Avesto ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam, forscha
Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin
davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor
yaratgan. Kishilar bekamu kust, Baxtiyor yashagan24. 900 yil o‘tgach shoh Yima
24 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 83.
20
g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu
hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda
amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var)
qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin
davri tugagach, Hayr bilan sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri
bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib,
ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi.
Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati “Ezgu fikr”, “Ezgu so‘z” va “Ezgu
amal” kabi muqaddas uchlikda o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat
oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. Avesto o‘zbek,
umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari,
urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba.
“Bu Nodir kitob ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan
ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir”.
Avesto asarida Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d tuprog‘ida paydo bo‘lgan.
Avestoning eng qadimgi geografik nomlari O‘rta Osiyo va unga chegaradosh
viloyatlari bilan bog‘lanadi. Avesto kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar
nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining
rivojlanishi haqida ma’lumotlar25. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan
avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O‘rta Osiyo xalqlarining
tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu borada O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsada, juda aniq
ma’lumotlar beruvchi Gerodotning Tarix kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir.
Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri
bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot tarixning otasi deb nom olgan26.
25 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 85.
26 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 28.
21
Avesto qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon
tarixshunoslarining asarlarida O‘rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi
tartibda ko‘rsatib berilgan: Mouru tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona yerlari
Murg‘ob vohasi, So‘g‘diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona
(Baqtriya) - Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va
Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o‘rta va quyi qismidagi yerlarini
o‘z ichiga olgan.Saklar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari va
cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalaridir.
Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: saka
tigraxauda tigra - bu o‘tkir, xauda - bosh kiyim, saka-xaumovarka - xaomani
ulug‘lagan saklar (xaoma - muqaddas ichimlik), saka tiay darayyo - daryo, dengiz
narigi yog‘idagi saklar.
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo‘rg‘onlar juda
keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash
ko‘ligacha, pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo
erlarida). Saklar xo‘jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu
kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko‘plab urchitganlar. Saklarning
yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat
qurollari va sopol idishlar uchraydi.
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O‘rta
Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganishda Avestodagi
ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning
ma’lumotlari asos bo‘lib xizmat qildi. Ilmiy adabiyotlarda O‘rta Osiyoda
ahamoniylar davrigacha mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z
yuritganlar: 1) Arshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi
2) Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va
Marg‘iyonada bo‘lgan Katta Xorazm yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm
davlati.
22
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona Avestoda tilga olingan Kavi
Vishtasining podsholigi bo‘lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana,
Satagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryo va o‘rta oqimidagi viloyatlarni
birlashtirgan. G‘arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining
davlati Marv va Hirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaganlar.
Bu masala ko‘plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo‘lgan bo‘lsada, katta
Xorazm muammosi to‘la yechimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning
Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo
bo‘lgan. Gerodot yozadi: Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan
o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga
qarashli bo‘lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning
chegaradosh yerlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlangach vodiy fors
podshosi hukmronligiga o‘tgan. Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik
daryo boshlanadi. Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan
oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo‘nalishda Kopetdog‘
yonbag‘irlarida joylashganlar.
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu davlatni
forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng xorazmliklar Quyi
Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko‘chib borganlar deb faraz qilingan.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan
miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar.
S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib, xorazmliklar O‘rta
Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar. Xorazm davlati Quyi Amudaryoda
qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu
davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lgan.
O‘rta Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab xalqlarning qo‘shni-
qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda
yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining
Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi.
23
Agar ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to‘g‘ri bo‘lsa, qabilalarning
ko‘chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda
boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo‘shilish
natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu
vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va xususan
O‘zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillikning
boshlarida ancha taraqqiy topgan.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o‘rta oqimi
qismidan tortib Orolga yaqin bo‘lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning
to‘g‘riligi tasdiqlandi. Bu davlat Marg‘iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan,
chunki manbalarga ko‘ra, Marg‘iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati
bo‘lgan27. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O‘rta Amudaryo
oqimidagi erlar orqali o‘tgan. Shu erlarda bir-biriga ro‘para holatda ikkita qadimgi
istehkom - Odoytepa va Qushqal’a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar
So‘g‘diyona, Marg‘iyona va Baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan Balki
shuning uchun ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda
joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari chegaradosh
bo‘lgan deb ko‘rsatgan.
Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari
bilan o‘ralganligidir. Devorlar suv to‘ldirilgan chuqur xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib,
bu mudofaa tizimi ancha mustahkam edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari,
hunarmandchilik ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat
bo‘lgan. Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo‘ylarida dehqonlarning uy-
qo‘rg‘onlari joylashib, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan edi. Dehqon
xo‘jaliklarini asosan katta ota urug‘i oilalarning vakillari tashkil etgan. Ular
alohida uy-joylar, xo‘jalik va tomorqa binolarga hamda hosildor yerlariga egalik
qilganlar. Bundan uy-qo‘rg‘onlar, Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha)
va Samarqand atrofida (Qo‘rg‘oncha) topib tekshirilgan.
27 Сагдуллаев.А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент., 2002. – Б. 29.
24
Avesto ma’lumotlariga ko‘ra, urug‘-vis (ayrim qishloq jamoasi 185 ta katta
oila a’zolaridan iborat bo‘lgan (75-90 kishi)28. Surxondaryodagi Qiziltepa shahri
atrofida to‘rtburchak shaklida qurilgan qadimiy uy-qo‘rg‘onlar (Qizilcha) 3-4
qo‘shni uylardan iborat bo‘lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil
qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va yerga egalik
qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan.
2.2-§ Avestoda qadimgi dehqonchilik an’analari
Tarixdan ma’lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo
bo‘lishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil bo‘lgan. Dunyo
sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan Sharqda dehqonchilik
madaniyatining
shakllanishi
va
rivojlanishi
sug‘orma
dehqonchilikka
asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki O‘rta Osiyo zaminidagi
eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun madaniyati bo‘lib milodgacha
bo‘lgan 6-4 ming yilliklarda shakllanganligidan dalolat beradi.
Dehqonchilik tarixini o‘rganish tarixning turli bosqichlarida xalqlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
tizimini
va
ishlab
chiqarish
kuchlari
rivojlanishini
xo‘jalik-madaniy tiplar tarixi muammolarini ilmiy tahlil qilishda g‘oyat muhimdir.
Qadimga dehqonchilik madaniyati, an’anaviy dehqonchilik xo‘jaligi va u bilan
bog‘liq marosimlar hamda tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo
dolzarb va qiziqarli muammolardan biri bo‘lib kelgan va bu borada
mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma’lum amaliy
natijalarga ham erishilgan. Ayniqsa bu borada O‘zbekiston hududidagi
dehqonchilik va dehqonchilik madaniyati tarixi, sug‘orma dehqonchilikning
shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan urbanistik
jarayonlar doimo dolzarb muammolardan hisoblangan.
Vatanimiz hududidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati tarixi,
dehqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o‘tmish
ajdodlarimiz turmush tarzini o‘rganishda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya
28 Махмудов.T. Авесто ҳақида. – Т.: Шарқ, 2001. – Б. 86.