AYIRUV ORGANLAR FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1. Ayiruv organlari va ularning ahamiyati.
2. Buyraklar fiziologiyasi, siydik hosil bo‘lishi, ajralishi va boshqarilishi.
3. Siydikning tarkibi, miqdori va xususiyatlari.
4. Diurez haqida tushuncha
Tayanch IBORALAR.
Buyraklar, ter bezlari, o‘pka, ichaklar, modda almashinuvi, oqsil,
yog‘, uglevodlar, suv, tuzlar, zaharli moddalar, limfa, to‘qima oraliq suyuqlik,
vakuola, nefridiyalar, nefron, B.Shumlyanskiy kapsulasi, Malpigiy koptokchasi,
Genle kovuzlog‘i, burama kanalchalar, filtratsiya, reabsorbsiya, pog‘anali,
pog‘anazis, nerv, gumoral, adashgan, simpatik, uzunchoq miya, gipofiz,
gipotalamus,
adrenalin,
aldesteron,
tiroksin,
paratgormon,
glyukozuriya,
gematuriya, albuminuriya, gemoglobinuriya, toq tuyoqli, osmatik, onkotik bosim,
muhit, muskulli xalqa, kechasi, kunduzi, diurez, renal, kloaka, urdak, tovuq.
1.Ayiruv organlariga buyraklar, ter bezlari, o‘pka va ichaklar kirib,
organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan keraksiz oxirgi
mahsulotlarni ayiruv organlari orqali chiqarib organizmni zaharlanishdan soqlaydi.
Organizmda moddalar almashinuvi uzluksiz kechganligi tufayli chiqindi moddalar
ham uzluksiz hosil bo‘lib turadi.
Ayiruv organlardan o‘pka suv va SO2 ni, qisman ba’zi uchuvchi moddalarni,
ichaklar og‘ir metal tuzlarini, o‘t pigmentlarining o‘zgargan va boshqa chiqindi
moddalarni chiqaradi. Organizmdagi ortiqcha N2O va tuzlarning bir qismi, oqsil
almashinuvi mahsulotlarining kam qismi ter bezlari orqali chiqariladi, ammo
organizmda hosil bo‘layotgan chiqindi moddalarning asosiy qismi buyraklar orqali
chiqariladi. Masalan: N2O, oqsil almashinuvida hosil bo‘ladigan mochevina, siydik
kislota, kreatinin, mineral moddalar va boshqa chiqindi moddalarning asosiy qismi
buyraklar orqali siydik bilan chiqariladi.
Buyraklarning organizmdagi ahamiyati katta bo‘lib, organizmni zaharli
moddalardan tozalash bilan bir vaqtda organizmni ichki muhitini tarkibini va
xossalarini bir xil darajada saqlab turadi. Masalan: qon, limfa, to‘qima ora
suyuqliklarning ion tarkibi, osmatik bosimining turg‘inligini hamda termore-
gulyasiyani bir xilda saqlashda qatnashadi.
Ayiruv organlari hayvonot olamining evolyusion taraqqiyotida o‘zgarib
murakkablashib kelgan. Masalan: bir hujayrali organizmlardan tufilkalarda ayiruv
organi-vakuola, umirtqasiz ko‘p hujayrali hayvonlarda shoxlangan ingichka
naychalar-nefridiyalar, past taraqqiy yetgan umirtqali hayvonlarda birlamchi buyrak
(bir uchi kengaygan tomirlar chigali joylashgan, ikkinchi uchi tana yuzasida yegri
bugri kanalchalardan iborat).
Birlamchi buyraklar amfibiya va reptiliyalarda mukammallashib, issiq qonli
hayvonlarda-buyrak vujudga kelgan.
2.Buyrak odamlarda va hayvonlarda juft organ bo‘lib, organizmning bel
qismida joylashib, har bir buyrak po‘stloq va mag‘iz qavatidan iborat.
Po‘stloq qavati nefronlardan iborat bo‘lib, 1872 yil Shumlyanskiy tomonidan
tasvirlanib berilgan, ya’ni siydik hosil bo‘lish jarayonlari nefronda yuzaga kelishi
aniqlangan. Har bir nefron qo‘sh devorli kapsuladan boshlanib, ichida kapillyarlar
chigali bor bo‘lib, Malpigiy koptokchasi deyiladi. Qo‘sh devorli kapsula
(B.Sh.kapsulasi) devorlari orasidagi bo‘shliqdan kanalchalar boshlanadi. Kanalcha
kapsulaga yaqinlashib 2-3 martaba yegilib, birinchi tarktibli burama kanalcha hosil
qilib, buyrakning po‘stloq va mag‘iz qvatlari chegarsida to‘g‘rilanib torayib mag‘iz
qavatiga tushib chiqib Genli qavuzlog‘ini hosil qilib, po‘stloq qavatiga o‘tib yana 2-
3 marta yegilib ikkinchi tarktibli burama kanalcha hosil qiladi va yig‘uvchi
kanalchaga quyiladi. Shunday qilib, bir necha nefronlarning yig‘uvchi kanalchalari
qo‘shilib, umumiy chiqaruv kanalini hosil qiladi va mag‘iz qavatidan o‘tib buyrak
jomiga quyiladi.
Buyraklarda yukstamedulyar nefronlar bo‘lib, ularning koptokchalari po‘st
va mag‘iz qavatlarining oralig‘ida, Genli qavuzlog‘i buyrak jomi atrofida
joylashgan. Yukstamedullyar nefronlar kapsulasiga kirayotgan va chiqayotgan
arteriola yo‘g‘onligi teng bo‘lib, kapsuladan chiqgach kanalchalar atrofida
kapillyarlar to‘rini hosil qilmaydi.
Turli xildagi hayvonlarning buyragidagi nefronlarning miqdori turlicha
bo‘lib, qoramollarda ikkita buyrakda 8 000 000, faol yuzasi 39,2 m kvadrat,
cho‘chqalarda 1 400 000 nefron bo‘lib, faol yuzasi 7,2 m kvadrat, qo‘ylarda 1 000
000 nefron bo‘lib, faol yuzasi 3,5 m kvadratni tashkil yetadi. Itda 700 000, odamda
4 000 000, baqada 2000.
Buyrakga aortadan buyrak arteriyasi kelib, arteriolalarga tarmoqlanib, har
qaysi kapsulaga tarmoqcha beradi. Kapsulada arteriolalar kapillyarlar chiga-li-
malpigiy koptokchasini hosil qilib chiqayotgan joyda birmuncha torayib, kapsuladan
chiqqan arteriola 1-2 tartibli burama kanalchalar atrofida yana kapillyarlarga
tarmoqlanib kapillyarlar kanalchalarini o‘rab olib, kapillyar venalarga aylanib,
mayda venalar qo‘shilib, buyrak venasini tashkil yetadi.
Siydik ajralishini 1883 yil I.P.Pavlov kovuq (siydik pufagi)ning ichki siydik
yo‘llari quyiladigan joyini kesib tashqariga qorin terisining yuzasiga chiqarib tikish
usulini yaratdi. Keyinchalik Orbeli bu usulni mukammallashtirib tovuqning har
ikkala siydik yo‘llari quyiladigan qismini alohida tashqariga chiqarib tikib har bir
buyrakdan siydik ajralishini kuzatdi.
Siydik buyrakda nefronlarda hosil bo‘lib, nefronlarda siydikning hosil
bo‘lishini filtratsiya, reabsorbsiya nazariyasi asosida tushuntiriladi.
1. Filtratsiya fazasida koptokcha kapillyarlarida oqayotgan qon plazmasida
yerigan moddalar Shumlyanskiy - Bauman kapsulasiga shimilib, filtrlanadi.
Kapillyarlar yendoteliysi va kapsula ichki devori kichik teshikcha va yoriqcha-lardan
tuzilganligi tufayli, plazma oqsillari filtrlanib o‘tmasdan balki molekula og‘irligi
kichik bo‘lgan albuminlarning oz qismi filtrlanib o‘tadi, Koptokcha kapillyarlarida
qon bosimi baland bo‘lib, 90 mm simob ustunini tashkil yetadi, bu bosim filtratsiyani
kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. (1924 yil AQSh olimi A.N.Richards).
Plazma oqsillari tashkil qilgan onkotik bosim filtratsiyaga qarshilik ko‘rsatib,
u kam bo‘lgani uchun, ya’ni 20-30 mm simob ustunidan oshmaganligi uchun
filtratsiyaga salmoqli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Natijada kapillyarlardan kapsula va
kanalchalarga suyuqlik filtirlanib o‘tib unga birlamchi yoki provi-zor siydik
deyiladi. Birlamchi siydik tarkibida oqsillar bo‘lmasligi bilan qon plazmasidan
farq qiladi. 1844 yil K.Lyudvig kapsulida hosil bo‘ladi deb tasvirlagan yedi.
2. Reabsorbsiya fazasida birlamchi siydik kanalchalardan oqaborib qayta
so‘riladi, natijada ko‘pchilik moddalar qonga so‘rilib quyuqlashgan xaqiqiy siydik
hosil bo‘ladi. Turli hayvonlarning kanalchalarining umumiy yuzasi 3,5 m kvadratdan
to 40,0 m kvadratgacha, uzunligi 100 kmdan ortiq bo‘lib, kanalchalar-ning ichki
yuzasida mikrovorsinkalar bo‘lib, mikrovorsinkalar hisobiga kanal-chalar yuzasi
kengayadi. Reabsorbsiya davrida birlamchi siydik tarkibidagi aminokislotalar,
glyukoza batamom so‘riladi. Bulardan tashari Na, K. Ca,Cl va boshqa ionlar ham
kanalchalardan sezilarli darajada so‘rilib, kanalchalar devori bu moddalarni tanlab
o‘tkazadi. Moddalarning rearbsorbsiyalanishiga qarab pog‘onali va pog‘onasiz
moddalar farq qilinadi.
Pog‘onasiz moddalar deb, plazmadagi konsentrasiyasi ko‘p bo‘lishidan qat’iy
nazar rearbsorbsiyalanmaydigan yoki juda kam reabsorbsiyalanib siydik orqali
chiqib ketadigan moddalarga aytiladi. Pog‘onasiz moddalarga mochevina kreatinin,
sulfatlar kirib, ajralayotgan siydik tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pog‘onali moddalar deb, reabsorbsiyalanishi natijasida ajralayotgan siydik
tarkibida uchramaydigan moddalarga aytiladi, ularga glyukoza, aminokis-lotalar va
turli ionlar kiradi.
Pog‘onali moddalarning ajralib chiqish pog‘onasi deb, kanalchalarda to‘la
reabsorbsiyalana olmagan konsentrasiyadagi moddalarning siydik bilan chiqishiga
aytiladi. Bu konsentrasiya odatdagi qondagi shu moddalarning konsentrasiyasidan
farq qiladi yoki ko‘p bo‘ladi. Masalan: glyukoza fiziologik va patologik holatda
ko‘payib, siydik bilan ajraladi.
Pog‘onali moddalar bo‘lgan mineral moddalarning (konsentrasiyasi) ion-
larining miqdori oshib kesa, osmatik bosim o‘zgaradi, oshish xavfi tug‘ilsa bu
moddalarning ma’lum qismi siydik bilan chiqarilib, qonning osmatik bosimi bir
xilda saqlanadi. Reabsorbsiyaning mexanizmini birqancha tajribalarda kuzatish
mumkin. Masalan: Na, K, Cl ionlari, glyukoza va aminokislotalar kanalchalar
epiteliysining aktiv faoliyati tufayli qayta so‘rilib, to‘qima oraliq suyuqligining
osmatik bosimi oshib, suvning passiv ravishda ko‘p so‘ri-lishiga sabab bo‘ladi. Xlor
va boshqa anionlar manfiy zaryadlanganligi tufayli Na+, K+, Cl+ ionlari bilan
so‘riladi.
Kuzatishlarda Genli qovuzlog‘ining pastga tushuvchi qismidan suvning,
yuqoriga ko‘tariluvchi qismidan Na ionlarining so‘rilishi kuzatilib, qayta so‘rilish
ikkinchi tartibli burama kanalchalarda ham davom yetib, ionlarning so‘rilishi
ularning konsentrasiyasiga bog‘liq, ya’ni o‘tayotgan qon tarkibida K va Na ning
miqdori qondagidan kam bo‘lsa so‘rilib, agarda teng bo‘lsa so‘rilmaydi. Demak
kanalchalarda reabsorbsiya oqibatida qolgan siydik yig‘uvchi va umumiy
kanalchalar orqali haqiqiy siydik xaltasiga buyrak jomiga quyiladi.
Birlamchi siydikdan qancha oxirgi siydik hosil bo‘lishini qator usullar
yordamida o‘rganish mumkin.
1. Keng tarqalgan usul siydik va plazma tarkibidagi sulfatlar konsentrat-siyasini
aniqlab hisoblash. Chunki sulfatlar kanalchalardan mutlaqo so‘rilmay-di yoki
ularning qondagi konsentrasiyasi birlamchi siydik konsentrasiyasiga teng bo‘lib,
so‘rilmaganligi sababli siydik bilan chiqib ketadi. Masalan: plazmada, birlamchi
siydikda sulfatlar 0,002% bo‘lib, oxirgi siydikda 0,18% ga teng bo‘lsa, u vaqtda 0,18
: 0,002=90 demak oxirgi siydikda birlamchi siydik-dagiga qaraganda sulfatlar 90
marta ko‘p ekan.
Buyrakda filtratsiya va reasorbsiyadan tashqari kanalchalar epiteliysida
benzoat kislota bilan glikokol aminokislotasidan gippur kislota sintezlana-di,
aminokislotalarning dezaminlanishi tufayli hosil bo‘lgan NN2 guruhidan ammak
sintezlanadi, fosfataza va boshqa fermentlar ta’sirida fosfatlar va sulfatlar hosil
bo‘ladi. shuning bilan birga bir qancha biologik aktiv moddalar ham hosil qiladi.
1.Arteriya qonida bosim pasayganida va Na+ kamayganida renin gormoni hosil
bo‘ladi.
2.Plazmada eritropoetinogenni eritropoetinga aylantiruvchi eritrogen hosil
bo‘ladi.
3.Kininogenin nefronning distal qismining zich dog‘ qismining hujayralari
tomonidan hosil bo‘lib, kininogenni kininga aylantiradi.
4. Medulin (prostaglandin A2) buyrak mag‘iz moddalari tomonidan hosil
qilinadi. U buyrakdagi kappillyarlarga qon oqib kelishini kuchaytiradi va qonni
po‘stloq va mag‘iz qismlariga bo‘linishini boshqarib, Na+ ajralishini kuchaytiradi,
angiotenzinning qon tomirlarini toraytirish xususiyatini zaiflashtirib, qon tomirini
kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
5. Urakinaza, plazminogenni faollashtiradi.
6. Vitamin D3 buyrak kanalchalarida kalsiy va anorganik fasfatni qayta
so‘rilishini boshqaradi. Ichaklarda kalsiy so‘rilishini va suyaklarni minerillashishini
ta’minlaydi.
Buyrakda siydik hosil bo‘lishida nerv va gumoral sistemaning o‘rni
muhimdir. Nerv tolalari buyrak qon tomirlari bilan birgalikda kanalchalar-ning
epiteliy hujayralariga borib tomirlarning sig‘imini, epiteliy hujayra-lar faoliyatini
(ya’ni filtratsiya va reabsorbsiyani) o‘zgartirib siydik hosil bo‘lishini boshqarib
turadi. Masalan: adashgan nerv tolasi ta’sirlanganda suv ajralishi tezlashib siydik
miqdori ko‘payadi, azotli moddalar kamayadi. Simapatik nerv tolasi ta’sirlanganda
siydik ajralishi kamayib NaS1 ko‘paya-di. Agarda uzunchoq miyadagi 4 miya
qorinchasining tubi, oraliq miyadagi kul rang do‘mboq ta’sirlansa siydik ajralishi
kuchayadi. Siydik hosil bo‘lishida po‘stloqning o‘rni katta bo‘lib, siydik hosil
bo‘lishini shartli reflekslar yo‘li bilan boshqarilishini I.M.Bikov laboratoriyasida
itning to‘g‘ri ichagiga sovuq suv yuborilib siydik hosil bo‘lishi va chiqarilishini
tezlashganligi aniqlangan. Agar sovuq suv shartli ta’sirotchi bilan birga qo‘shilib
birnecha marta takroran ta’sir yetdirilib turilsa, keyinchalik birgina shartli ta’sirning
o‘zi siydik hosil bo‘lishi va ajralishini tezlashtiradi.
Og‘riq siydik ajralishini sekinlashtiradi. Agarda og‘riq ta’sirini shartli ta’sirot
bilan quvvatlab turilsa, u vaqtda shartli ta’sirotchi ham siydik ajralishini
sekinlashtiradi. Agarda buyrakni operatsiya yo‘li bilan olib tananing boshqa qismiga
o‘rnatib tegishli qon tomirlari bilan ta’minlansa buyrak odatdagiday ishlayveradi. Bu
buyrakning nerv sistemasi uzilgan bo‘lsa ham uning gumoral boshqarilishining
ahamiyati katta ekanligini ko‘rsata-di. Masalan: gipofizning antidiuretik gormoni,
qalqonsimon bezning tiroksin, buyrak usti bezining adrenalin, aldosteron
gormonlari, qon tarkibidagi mochevina, mineral moddalar, NaCl siydik hosil
bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Buyrak faoliyatida nerv va gumoral sistemalar funksiyalari bir-biri bilan
mahkam bog‘liq ya’ni gipotalamus yadrosidan chiqqan impulslar gipofizning orqa
bo‘lagidan antidiuretik gormon ishlab chiqarishni kuchaytirib, bu gormon qonga
o‘tib siydikni qayta so‘rilishini kuchaytiradi va siydik miqdori keskin kamayadi.
Gipofiz orqa bo‘lagining faoliyati pasaysa, antidiuretik gormon kam ishlab chiqarilib
siydik suv hisobiga ko‘payib qandsiz diabet hosil bo‘ladi. Agarda buyrakning nerv
sistemasi bilan, gipofizning miya po‘stlog‘i bilan aloqasi uzilsa shartli reflektor yo‘l
bilan siydik ajralishi kuzatilmaydi. Demak, miya po‘stlog‘i gipotalo-gipofizar
sistema orqali buyrak faoliyatiga ta’sir etar ekan.
Adrenalin - siydik ajralishini kamaytiradi.
Aldosteron-kanalchalar epiteliysiga ta’sir etib, natriyni qayta so‘rilishiga
yordam beradi.
Tiroksin- suv va tuzlarning to‘qimalar bilan bog‘lilikligini kamaytirib, ularni
qonga o‘tishini kuchaytiradi va siydik hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Paratgormon-Sa va R ning suyaklardan qonga chiqarilishiga ta’sir qilib, siydik
bilan chiqarilishini ta’minlaydi.
3. Hosil bo‘lgan va tashqariga chiqarilayotgan siydikning 96% suv, 4% quruq
modda bo‘lib, quruq modda: anorganik va organik moddalardan iborat.
Anorganik tuzlardan Na, K tuzlari sulfatlar, fasfatlar ham siydik bilan
chiqariladi.
Organik moddalarning ko‘pchiligi oqsillarning parchalanishi natijasida hosil
bo‘lgan-mochevina (siydikchil), siydik kislota, purin asoslari (guanin, adenin,
gipoksantin, ksantin) kreatindan iborat.
Siydikdagi azotning 90% ni mochevina N ti bo‘lib, bulardan tashqari
ichaklarda oqsillarning chirishidan hosil bo‘lan indol, skatol, fenol, krezol moddalari
ham siydikda uchraydi. Bu moddalar ichaklardan so‘rilib qon orqali jigarga borib
sulfat kislota bilan zararsizlantiriladi. Shuning uchun ham
siydikda indoksil-sulfat, skatoksil sulfat, oksifenol asetat va oksifenil propianat
kislotalar shaklida uchraydi.
Siydikda o‘t pigmentlaridan ichakda hosil bo‘ladigan uroxrom va urobilin va
buyrakda sintezlanadigan gipur kislota bo‘ladi.
Sog‘lom hayvon siydigida oqsillar va glyukoza odatda uchramay ba’zi
paytlarda masalan: og‘ir jismoniy ish bajarganda siydikda oqsil ajraladi. Agarda
surinkali ravishda oqsil siydik bilan ajralib turilsa-albuminuriya, glyukozaning
siydik tarkibida chiqarilishiga-glyukozuriya, siydik tarkibida qon ajralishiga
gematuriya va infeksion, invazion kasalliklar davrida siydikda gemoglobin
uchrashiga gemoglobinuriya deyiladi. Ajralib chiqayotgan siydik hayvonning
turiga, jinsiga, oziqalanish harakteriga, jismoniy ish bajari-shiga, organizmning
umumiy holatiga bog‘liq. Ko‘pchilik hayvonlarning siydigi tiniq, sarg‘ish tusda
bo‘lib, siydikning rangi o‘z tarkibidagi pigmentlarga (uroxrom, urabilin, iste’mol
qilinayotgan oziqa pigmentlariga) siydikning miqdoriga, konsentrasiyasiga bog‘liq.
Siydik ko‘p va tez ajralsa. rangi och sariq bo‘ladi, hayvon ko‘p terlashi ajralayotgan
siydikning miqdorini kamaytirib, konsentrasiyasi oshsa rangi to‘q sariq tusga kiradi.
Toq tuyoqli hayvonlar siydigida kalsiy karbonat kristallari ko‘p bo‘lganligi uchun
ularning siydigi loyqaroq bo‘ladi.
Turli hayvonlar siydigining solishtirma og‘irligi turlicha bo‘lib, otlar-da
1,040, qoramollarda 1,032, qo‘ylarda 1,042, cho‘chqalarda 1,013, itda 1,025,
mushukda 1,035, quyonlarda 1,015 ga teng.
Ichilayotgan suv ajralayotgan siydikning solishtirma og‘irligini o‘zgarti-radi.
Osmatik aktivmoddalar siydik bilan ajralganligi uchun siydikning osmo-tik bosimi
baland bo‘lib, 25-30 atmosferaga teng.
Siydik muhit hayvon iste’mol qilayotgan ozuqalarning xiliga va tarki-biga,
organizmning holatiga bog‘liq bo‘lib, o‘txo‘r hayvonlarda ishqoriy muhitga yega rN
7,1-8,7 o‘txo‘r hayvonlarda ko‘p oqsil iste’mol qilganligi uchun siydik kislotali
muhitga yega rN 5,7-7,0 teng. Aralash ozuqalanadigan hayvonlarda istemol qilingan
ozuqa turiga qarab yo ishqoriy yo kislotalidir. Onasini emadigan buzoqlar siydigi
kislotali rN 5,7 bo‘lib, yoshi ulg‘aygan sari ratsionda o‘simlik mahsulotlari ko‘payib,
siydik ishqoriy muhitga o‘tadi. Og‘ir jismoniy ish vaqtida siydikning kislotaligi
oshadi.
Uzluksiz hosil bo‘lib turgan siydik buyrak jomiga quyilib, uni to‘ldirgach jom
qisqaradi va ichki siydik yo‘llari orqali siydik qovuqqa haydaladi. Ichki siydik
yo‘llarida siydikni harakatlanishiga siydik yo‘llarini chuvalchangsimon-
peristaltik harakati qulaylik tug‘dirib har daqiqada 1-5 martadan takroralanib 20-
30 mm/sek tezlik bilan harakatlanadi. Qovuq siydikga to‘lgandan keyin vaqti-vaqti
bilan tashqariga chiqarib turadi. Siydikning yig‘ilishi va ichki siydik yo‘llariga
o‘tmasligi uchun qovuqdan siydik chiqarish kanali boshlanadigan joyda muskulli -
qovuq sifinktori undan pastroqda siydik chiqarish sfinktori joylashgan. Qovuq
to‘layotganda bu sfinktorlar yopiq bo‘lib siydikning tashqariga chiqarilmasligini
ta’minlaydi. Ichki siydik yo‘llarining qovuqqa quyiladigan joyida yesa shilliq parda
burmasi bo‘lib siydikni qovuqdan hatto qisqarish paytida ham ichki siydik yo‘llariga
chiqishga yo‘l qo‘ymaydi.
Qovuq devori bir me’yorda tonik qo‘zg‘alib tarang holda bo‘lib, buyrakdan
kelayotgan siydik miqdoriga qarab o‘zgarib, qovuq to‘laborishi bilan siydikni
tashqariga chiqarishga extiyoji tug‘ilib, siygi qistaydi. Qovuq qisqarishi va qovuq
kanallarining sfinktorlarining bo‘shashi siydikni siydik chiqaruv kanaliga haydab
tashqariga chiqaradi. Siydik tugagach sfinktorlar yopilib yana siydik to‘plana boradi.
Qovuq tonusi pasayib kengayaboshlaydi va yangi porsiya siydik qabul qilina
boshlaydi. Siydik chiqarilishi reflektor jarayon bo‘lib, sfinktorlar faoliyati simpatik
va parasimpatik nerv tolalari orqali boshqariladi.
Simpatik nerv qo‘zg‘alganda qovuq kengayadi sfinktorlar yopiladi va siydik
yig‘ilishi uchun qovuqda sharoit tug‘iladi. Parasimpatik nerv qo‘zg‘alganda yesa
qovuq tonusi oshadi va qisqaradi, sfinktor bo‘shashib ochiladi va siydik chiqishi
uchun sharoit yaratiladi. Siydik chiqarilishini boshqaradigan markaz orqa miyaning
bel-do‘mg‘aza sohasida joylashgan bo‘lib siydik ajralish refleksi quyidagicha sodir
bo‘ladi. Qovuq to‘lishi retseptorlarni qo‘zg‘atib, impulslar siydik chiqarish
markaziga borib markaz qo‘zg‘aladi, javob parasimpatik nerv tolasi orqali qovuqqa
berilib qovuq qisqarib sfinktorlar bo‘shashib siydik tashqariga chiqariladi.
Siydik chiqarilishini boshqaradigan orqa miyadagi markaz uzunchoq miya,
o‘rta miya va bosh miya yarimsharlar po‘stlog‘i nazoratida bo‘lib, bu siydikni
to‘xtatib turish yoki kuchaytirish, ya’ni ixtiyor, xoxishiga qarab siyish bilan
namoyon bo‘ladi. Bir yo‘la tashqariga chiqarilgan siydik miqdoriga diurez deyilib
bir qator faktorlar ta’sirida o‘zgarib turadi va o‘rtacha bir kecha kunduzda otlar 5,0,
qoramol 6-20, cho‘chqalarda 2-5, qo‘y 0,5, itlar 0,5-2,0, mushuk 0,05-0,2, quyon
0,04-0,1 litr siydik ajratib ajralayotgan siydikning miqdori ichilgan suv, iste’mol
qilingan ozuqaning xili va tarkibiga, organizmning holatiga, iqlim, sutkaning
davriga, hayvonlarning turi va boshqa faktorlar ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda
kunduzi kechasiga nisbatan moddalar almashinuvi bir qancha tez kechganligi tufayli
siydik miqdori ko‘p bo‘lib, suv ko‘p ichganda yoki sersuv ozuqalar ko‘piste’mol
qilganda diurez miqdori ortadi. Agar hayvon ko‘p terlasa diurez kamayadi. Siydik
hosil bo‘lishiga buyrak faoliyatiga ta’sir yetadigan renal faktorlar va boshqa organlar
orqali unga ta’sir yetadigan ekstrorenal faktorlar ta’sir yetib ajraladigan siydik
miqdorini o‘zgartiradi. Bu faktorlar filtratsiyaga va reabsorbsiyaga ta’sir yetadi.
Filtratsiyaga ta’sir ko‘rsatadigan renal faktorlarga faol koptokchalar miqdori,
ularning kapillyarlaridagi qon, bosimi kapsuladagi bosim, koptokcha kapillyarlari va
kapsula devorining o‘tkazuvchanligi kiradi. Plazma onkotik bosimi, to‘qimalarning
gidrotatsiya darajasi, qon aylanish sistemasi va ter bezlarining faollik darajasi
filtratsiyaga ta’sir ko‘rsatadigan yekstrarenol faktorlar hisoblanadi.
Qushlarning buyragi tuzilishi va ishalashi sut emizuvchiilar buyragiga
o‘xshasada qushlarning buyragida siydik hosil bo‘lishi o‘rganilmagan, ularning
qovug‘i yo‘qligi tufayli ichki siydik yo‘llari kloakaga ochiladi. Siydigini tekshirish
uchun siydik yo‘llari kloakaga yetmasdan bog‘lanib, tashqariga chiqarilib siydik
tekshiriladi, aks xolda siydik axlat bilan aralashgan bo‘ladi.
Turli qushlar siydigi bir biridan farq qiladi. O‘rdaklar siydigida 0,84%g
organik 0,12%g anorganik modda, tovuqlar siydigida 2,09%g organik 0,39%g
anorganik moddalar bo‘ladi..
Qushlar siydigida mochevina, siydik kislota, ammiak, guanin kabi azotli
moddalar uchrab siydik kislotasi 70% gachasini tashkil qiladi va shu kislotaning
ko‘pligi bilan sut emizuvchiilardan farq qiladi va bunday tafovut qushlar embrional
taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.