AYRIM TERGOV HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISHNING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2025-03-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
90,5 KB
1
AYRIM TERGOV HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISHNING ETIK VA
AXLOQIY ASOSLARI
Reja:
1. Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalari
2. Ayrim tergov harakatlarini olib borishga bo’lgan axloqiy talablar
3. Ehtiyot chorasini tanlashning axloqiy asoslari
2
1. Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalar
Sud bosqichiga qadar isbot qilishdagi dastlabki tergovni “dastlabki”
deyilishiga sabab, aksariyat hollarda, u sudda ishni ko’rib chiqishdan oldin olib
boriladi”.1 Ba’zi olimlar uni suddan oldin va sud uchun xizmat qilyotgan faoliyat2,
deb qarashadi.
Mazmunan qaralganda “dastlabki tergov”
quyidagi faoliyatlarni o’z
ichiga oladi, ya’ni protsessual qonunda belgilangan tartibda vakolarli davlat
organlari tomonidan jinoyatlarni tez va to’la ochish, aybdorlarni fosh etish, jinoyat
ishi bo’yicha ishda qatnashayotgan fuqoralarning huquq va manfaatlarini
ta’minlash va adolatli qarorlar qabul qilish shular jumlasiga kiradi.
Tergov harakatlari deb jinoyat protsessual qonunda ko’zda tutilgan va davlat
tomonidan majburiyligi ta’minlanadigan operatsiya va usullar yig’indisiga aytiladi.
Jinoyat-protsessual qonunda to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilganki, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to’la, har
tomonlama va xolisona ko’rib chiqishga asoslangan holda qonunga hamda huquqiy
onga amal qilib o’zlarining ichki ishonchlari bo’yicha dalillarga baho beradilar.
Ichki ishonch bu - kishining shunday holatiki, u mavjud dalillar yig’indisidan,
tizimidan kelib chiqadigan yagona mumkin bo’lgan xulosa borligini bildiradi.
Dalillarni qabul qilish va tekshirishni o’z ichiga olgan tergov harakatlari
qonun bilan tartibga solinadi. Jinoyat-protsessual normalardagi axloqiy mezonlar
odatda ta’qiqlar shaklida bo’ladi. Bunday taqiqlar sha’n va qadr-qimmatni
kamsitishga qaratilgan harakatni taqiqlash, ko’rsatuvlarni kuch ishlatib, qo’rqitish
va boshqa shunga o’xshash choralar orqali olishning, sir saqlanishi kerak bo’lgan
ma’lumotlarni tarqatishning ta’qiqlanishida ko’rinadi.
D. P. Kotov o’rinli ta’kidlaganidek, adolat va insonparvarlik tamoyillari,
sha’n va qadr-qimmatni hurmat qilish kabilar qatoriga quyidagi axloqiy normalarni
1 Aлексеев Н.С. tahriri ostida. Уголовный процесс. М.,1989, -209 b.
2 Строгович М.С. Курс советского уголовного процесса 2 том М.1970.-40 b.
3
kiritish lozim: har qanday qonun buzilishlariga yo’l qo’ymaslik, jinoyat
protsessual madaniyatga qatiy amal qilish, xolislik, qat’iylik, g’arazgo’ylikning,
ishochsizlikning, ayblov tomonga og’ishning, taxminiylikning bo’lmasligiga
erishish, har qanday tergov harakatlarini olib borishda ayrim shaxlar va jamoalarga
ziyon etkazmasliklarni kiritish lozim. 3
Tergov harakatlari olib borilayotganda jinoyat protsessi printsiplariga, ya’ni
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (O’z R JPK 18-m), gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash
(O’z R JPK 24-m), aybsizlik prezumptsiyasi (O’z R JPK 14-m), dalillarni
bevosita va og’zaki usulda tekshirishga (O’z R JPK 26-m) so’zsiz rioya qilinishi.
Tergov amaliyotida, afsuslar bo’lsinki, qonunga rioya qilish, suningdek etika
normalarini bajarish borasida barchaga ma’lum bo’lgan kamchiliklar mavjud.
Bular qatoriga birgina taxminni ishlab chiqish bilan bog’liq ayblov tomonga og’ish,
tergovda ishtirok etayotganlarning huquqini ta’minlamaslik, tergovni yuzaki olib
borish, jinoyatning ochilmasligiga olib keluvchi sustkashlik, tergov harakatlarini oli
borishda va ular bo’yicha bayonnoma yuritishda ifodalanadi. Ayrim tergov
hujjatlarini qalbakilashtirish hollari ham uchrab turadi. Bu kabi kamchiliklarga yo’l
qo’ymaslik uchun ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni bartaraf qilishni talab
qiladi.
Tergovchining faoliyati u tomonidan protsessual qonunga rioya qilish qat’iy
ta’minlanganda, u ishda barcha ishtirok etayotganlarning qadr-qimmatini hurmat
qilib sog’lom axloqiy muhitni yaratgan holda tergov harakatlarini olib borganda,
ob’ektiv harakat qilganda muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.
Ko’rinib turibdiki, tergovchi yuqori darajadagi axloqiy va psixologik
sifatlarga ega bo’lishi lozim, aksincha unining shaxsi va xulq-atvoridagi axloqiy
nuqsonlari xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tergovchi o’z faoliyati
davomida uch turli, ya’ni protsessual, kriminalistik va axloqiy qoidalarga
asoslanadi. Protsessual normalar tergovchidan tergov olib borish jarayonida
3 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Указ. соч. С.110.
4
tergovni
qaysi
shakllarda,
qanday
tartibda
olib
borishlikni
ko’rsatadi.
Kriminalistika tomonidan islab chiqilgan tavsiyalar tergovchiga terovni olib
borishning taktik yo’nalishini belgilab olish, dastlabki tergov oldida turgan
jinoyatni tez va to’la ochish, aybdorlarni fosh qilishdek muhim vazifalarni eng
samarali amalga oshirishning uslub va yo’l-yo’riqlarini izlab topish imkoniyatini
beradi. Axloqiy normalar tergov olib borishdagi u yoki bu usullarining axloq nuqtai
nazaridan maqbulligini baholashga imkon beradi. Barcha tartib-qoidalar bir-biri
bilan uzviy bog’liqlikda bo’lsada lekin qonun ular orasida yuqori turadi. Tergovchi
o’z kasbiy burchi uchun hamda dastlabki tergov oldida turgan vazifalarning ijrosi
uchun shaxsan axloqiy javobgar hisoblanadi. Buning uchun u xolis, beg’araz,
adolatli, insonparvar va xushyor bo’lishi kerak. Xizmat faoliyatini amalga
oshirayotganda chidamlilik, bosiqlik, xushmuomalalikka rioya qilishi lozim.
Jinoyatni tergov qilayotganda tergovchi sodir etilgan jinoyatga yoki jinoyat ish
bo’yicha tergov harakatklarini olib borishga u yoki bu shaklda daxldor bo’lgan
fuqarolarning keng doirasi bilan axloqiy munosabatlar tizimida harakat qiladi.
Umuman olganda tergovchining faoliyatga yuqori axloqiy talablar qo’yiladi. Bu
fuqarolar jinoyat ishining yakunidan manfaatdor bo’lgan, o’zlarining huquq va
manfaatlarini himoya qiluvchi protsess ishtirokchilari hisoblanadi. Ular qatoriga
qonun ayblanuvchi, jabrlanuvchi, ularning vakillari, ayblanuvchining himoyachisi,
fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillarini kiritadi.
Tergovchida o’z vakolatlarini amalga oshirayotganida xuddi shu shaxslar bilan
munosabatlarda birinchi navbatda axloqiy huquq va axloqiy majburiyatlar yuzaga
keladi.
Bundan tashqari tergovchida axloqiy huquq va axloqiy majburiyatlar ishda
ishtirok etayotgan guvohlar, exspertlar, tarjimonlar, xolislar, mutaxassislar va
haqiqatni aniqlash yoki tergov harakatlarini tashkil etishda qatnashayotgan boshqa
shaxalar bilan ham munosabatlarda ham yuzaga keladi4.
4 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
5
2. Ayrim tergov harakatlarini olib borishga bo’lgan axloqiy talablar
Asosiy tergov harakatklarini olib borishda rioya qilinishi talab etiladigan
axloqiy talablar to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda rioya qilinishi talab
etiladigan axloqiy talablar.
Tergovchining huquqiy majburiyati jinoyatni tez va to’liq ochishga va
aybdorlarni fosh qilishdan iborat. Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish
aynan shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqidagi
ma’lumotlar bo’lgan taqdirda kechiktirib bo’lmaydigan tergov harakatlarini olib
borish haqidagi kriminalistik uslub qoidasi chuqur axloqiy ahamiyatga ega.
Kechiktirib bo’lmaydigan tergov harakatlarini o’z vaqtida olib borish
tergovchiga o’z vaqtida jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash va uni ushlash
chorasini ko’rish, sodir bo’lgan hodisaning sharoiti, sodir bo’lish mexanizmi va
boshqa holatlarni aniqlash, jinoyatning moddiy izlarini va predmetlarini topish,
qayd qilish va olish, olingan narsalar, jinoyat qurollari, predmetlarni ko’zdan
kechirish borasida ularni saqlash choralarini ko’rish imkonini beradi.
Amaliyotda uchrab turadigan hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishni
sustkashlik bilan amalga oshirish yoki bo’lmasa zarur bo’lganda uni o’tkazishdan
bosh tortish tergovchining kasbiy va axloqiy burchlariga zid harakat hisoblanadi.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish bunday qaraganda biron-bir
axloqiy muammolarni keltirib chiqarmaydi, chunki unda faqat tergovchi va xolislar
ishtirok etishadi. Ammo bu tergov harakati ham turli xil odamlar bilan
munosabatga kirishishni taqozo etadi va axloqiy jihatlarga ega bo’ladi. O’z R JPK
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan turar joyni ko’zdan kechirish
alohida tartib o’rnatadi. Turar joyni ko’zdan kechirish O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 27-moddasi talablariga qat’iy amal qilish zarurligi bilan
bog’liq bo’lib, unga ko’ra hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan
6
tashqari birovning turar joyiga kirishi mumkin emas. Bundan kelib chiqib,
dastlabki terovni olib borayotgan shaxs turar joyni ko’zdan kechirishga zarurat
bo’lganda unda istiqomat qilayotgan barcha shaxslardan rozilik olishi kerak. Bu
o’rinda turar joyni ko’zdan kechirishni tuntuv o’tkazish bilan almashtirmaslik
zarur. Tergovchi voqeaga bevosita dahldor bo’lgan ob’ektlarnigina ko’zdan
kechirishi lozim.
Xolislar, mutaxassislar, ko’pchilik hollarda militsiya xodimlari ishtirokida
hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda ushbu jarayonida barcha ishtirok
etayotganlar bilan o’zaro to’g’ri munosabatlarni ta’minlash muhim hisoblanadi.
Tergovchi ko’zdan kechirishning barcha ishtirokchilari harakatlariga rahbarlik
qiladi, hodisa sodir bo’lgan joydan begonalarni ketkazib yuborish choralarini
ko’radi. Ko’zdan kechirish jarayonida u yoki bu shaxs hayotining sirli tomonlarini
oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Yashash joyi bo’lmagan, shuningdek turli yuridik
shaxslar joylashgan binolarni ko’zdan kechirish yuridik shaxs vakilining ishtirokida
amalgam oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 138-moddasida
murdani ko’zdan kechirishning alohida qoidalari belgilangan. Murdani ko’zdan
kechirish odatda u topilgan joyni ko’zdan kechirish bilan bir vaqtda amalga
oshiriladi va bu holatda murdani ko’zdan kechirish hodisa sodir bo’lgan joyni
ko’zdan kechirish bayonnomasida qayd etiladi.
Murdani ko’zdan kechirish mustaqil tergov harakati hisoblanadi, qachonki u
tergovchi kelgunga qadar hodisa sodir bo’lgan joydan boshqa joyga ko’chirilgan
bo’ladi, masalan, murdani ko’zdan kechirish o’likxonada (morg) da amalgam
oshiriadi va natijada alohida bayonnoma tuziladi. Murdani ko’zdan kechirish aynan
tergovchi tomonidan, ya’ni O’zR JPK 345-moddasi 1-qismi 2- bandi talabiga
asosan prokuratura organining tergovchisi tomonidan xolislar, sud-tibbiyot experti
ishtirokida olib boriladi. Shuningdek murdani ko’zdan kechirishda kriminalistlar,
kimyochilar, biologlar va b. mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Agarda vafot etgan shaxs aniqlanmagan bo’lsa, bunday murdalarni
krematsiya qilish - maxsus pechlarda murdani kuydirish mumkin emas. Chunki,
7
kelgusida bu murdani tanib olish uchun tergov harakatlari o’tkazilishi mumkin.
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilan ko’miladi.5
O’zbekiston
Respublikasi
JPK
148-152-moddalarida
esa
murdani
exgumatsiya qilish asoslari, tartibi va unga oid protsessual harakatlar belgilangan.
Exgumatsiya qilish murdani qabrdan chiqarib olishni o’zida ifodalaydi. Murda
komilgan joy deb olganlarni komish uchun ajratilga maxsus joy, ya’ni qabristonni
yoki bo’lmasa jinoyatchi yoki bo’lmasa jinoyatchilar tomonidan yashirincha
murda ko’milgan joyni tushunish lozim. Murdani exgumatsiya qilish tergovchining
maxsus qarori asosida amalgam oshiriladi. Marhumning yasin qarindoshlari yoki
qarindoshlari murdani exgumatsiya qilishga qarsi bo’lganlarida uni o’tkaziishlik
uchun sudning qarori zarur bo’ladi.
Exgumatsiya qilishlik zarurat tugilganda, ya’ni ko’milgan murdani birinch
yoki ikkinch marotaba ko’zdan kechirishda, murdani tanib olish uchun korsatishda,
birinchi yoki ikkinch marotaba expertiza o’tkazishda amalga oshiriladi. Expertiza
tergovchi tomonidan xolislar, sud-tibbiyot experti ishtirokida, sud-tibbiyot
expertini ta’minlashning imkoniyati bo’lmaganda shifokorning ishtirokida, boshqa
mutaxassislar, shuningdek murdani qabrdan olib chqish uchun erni qazish ishlarini
amalgam oshiruvchi shaxslar ishtirokida6 o’tkaziladi. Tergovchining qaroriga
binoan exgumatsiya qilish paytida boshqa shaxslar ham, masalan, gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sud tomonidan bunday qaror chiqarilganda esa
sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlar ishtirok etishlari, tanib olish maqsadi
ko’zlanganda marhumning qarindoshlari ham qatnoshishi mumkin bo’ladi.
Exgumatsiya o’tkazilgandan keyin murdani ko’mish va murda ko’milgan
joyni tartibga keltirish mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi. Shu sababli
ham exgumatsiya o’tkazish paytida mahalliy hokimiyat vakillari, ya’ni mahalla,
qishloq fuqarolar yig’inlari vakillari ishtiroki maqsadga muvofiq bo’ladi. Murdani
ko’mish unga nisbatan hurmat-ehtirom qoidalariga amal qilgan holda, diniy talablar
5 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -245-247 b.
6 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
8
va mahalliy urf-odatlarga rioya qilib hamda vafot etgan shaxsning yaqinlari
bildirgan istaklarni e’tiborga olib bajarilishi kerak7.
Guvohlantirish
surishtiruvchi, tergovchining
guvohlantirish o’tqazish
to’g’risidagi asoslantirilgan qarori yoki sudning shu to’gridagi ajrimiga asosan
inson tanasida alohida belgilar, tan jarohatlari, mastlik darajasi va boshqa xususiyat
hamda belgilar, suningdek jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo’lgan holatlarni
aniqlashlik uchun o’tkaziladi. Guvohlantirish sud-tibbiyot expertizasi o’tkazilishi
talab etilmaydigan va tanada jinoyat izlarining bor-yo’qligini aniqlashgina etarli
deb hisoblangan holatlarda amalga oshiriladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirishi mumkin. O’z R JPK 146-moddasi
bilan guvohlantirishning barcha ishtirokchilarining konstitutsiyaviy huquqlari
himoyalangan. Guvohlantirish chog’ida aniqlangan tanadagi alohida belgilarni sir
saqlash zarurligi haqida ogohlantirilishlari lozim. Shaxsni yalang’ochlash yoki
uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni g’liq bo’lgan, shuningdek,
ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish
surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshrig’iga binoan shifokor yoki boshqa
mutaxassis tibbiy xodim tomonidan guvohlantirilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi
shaxslar huzurida o’tkaziladi. Bunday hollarda guvohlantirilayotgan shaxsning or-
nomusi, sha’ni, qadr-qimmati toptalmasligi uchun tegishli choralar ko’rilishi
lozim.8
Olib qo’yish va tintuv muhim tergov amallaridan hisoblanadi. Olib qo’yish
bu-qaerdaligi va kimdaligi ma’lum hamda jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo’lgan
predmet va hujjatlarni majburan olib qo’yishdan iborat bo’lib, avval ularni ixtiyoriy
ravishda tergovchiga topshrilishi so’raladi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
predmet va hujjatlarni saqlayotgan shaxs tomonidan ular ixtiyoriy topshrilsa bu
haqda bayonnomada ko’rsatiladi va qonunga binoan ashyoviy dalil deb e’tirof
etiladi.
7 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -260-264 b.
8 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -256-257 b.
9
Jinoyat uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va
qaerdaligi sud muhakomasi chog’ida ma’lum bo’lib qolsa, sud ham ularni olib
qo’yishga haqli va bu haqda tegishli ajrim chiqaradi.
O’zida davlat va harbiy sirni saqlaydigan hujjatlar va narsalarni olib
qo’yishda shu sirlar bilan tanishishga ruxsati bo’lgan xolislar taklif qilinadi va ular
tegishli tartibda ogohlantiriladi.
Tintuv bu-turar joylarda yoki boshqa joy yoxud xizmat, ishlab chiqarish
binolarida jinoyat ishiga aloqador bo’lgan, ish uchun ahamiyatli narsa va hujjatlar
bor deb o’ylashga asosli ma’lumotlarga ega bo’lganda, ularni izlash, toppish va
ishga qo’shish uchun amalgam oshiriladigan harakat hisoblanadi. Qonun bo’yicha
tintuv shaxsga xizmat yoki boshqacha tarzda qonuniy aloqasi bo’lmagan yoki
uning huquqi bo’lmagan, shu jumladan, qidirilayotgan shaxslarni va murdalarni
toppish maqsadida ham amalgam oshiriladi. Tintuv – tintuv o’tkazilayotgan
shaxsning ixtiyoridan qat’i nazar, majburiy o’tkaziladigan harakat hisoblanadi va
fuqarolarning shaxsiy erkinligi, uy-joyining daxlsizligiga oid huquqlariga ta’sir
etishi bilan ajralib turadi.9 Qidiruv fuqaroning huquqini yuqori darajada cheklaydi
va axloqiy normalarga alohida aniq amal qilishlikni talab qiladi. Bu o’rinda
A.F.Koni “Bu tergob harakatlari halol kishining hayotiga notinchlik keltiradi va
atrofidaglarning unga bo’lgan munosabatiga nifoq soladi, shu sababli ular katta
ehtiyotkorlik bilan qollanilishi lozim”, deb o’rinli ta’kidlagan.10
Odatda tintuv gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan o’tkaziladi.
Ammo tintuv guvohga, jabrlanuvchiga va boshqa hech bir protssessual maqomga
ega bo’lmagan shaxslarga nisbatan ham o’tkazilishi mumkinligi istisno etilmaydi.
Tintuv uni o’tqazish uchun etarli huquqiy asoslar bo’lganda, ish holatlari bo’yicha
u zarur bo’lganda, demakki axloqan ma’qullanganda o’tkazilishi mumkin.
9 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -275-276 b.
10 Кони А. Ф. Избранные произведения. М., 1959. Т. 1. С. 607.
10
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo’yish yoki tintuv o’tkazishga kirishishdan
oldin olib qo’yish yoki tintuv o’tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan
tanishtirib unga imzo qo’ydirishi shart. Ushbu tergov harakatlarini o’tkazish ertalab
soat 06 dan kech soat 22 ga qadarli amalgam oshirilishi lozim.
Noqonuniy tintuv o’tqazish fuqaroning konstitutsiyaviy huquqining qo’pol
buzilishi hisoblanadi. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda va kechasi tegishli
ruxsatsiz tintuv o’tqazishga bunday ruxsatni olish murakkab bo’lganda yoki tintuv
o’tqazishni paysalga solish uning samarasiz bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan
hollarda yo’l qo’yiladi.
Agar ertalab soat 06 dan kech soat 22 ga qadar tintuv yoki olib qo’yish
tergov harakatini joy va xonalarning ko’pligi, kech bo’lganligi va yorug’lik etarli
emasligi sababli tergov harakatini to’xtatib, qidirilayotgan xonani muhrlab, uni
tergov harakatini davom ettirishgacha muhofaza qilish choralari ko’rilishi kerak,
muhofaza qilish imkoniyati bo’lmasa tergov harakatini tungi vaqtda ham yoritish
choralarini ko’rgan holda amalga oshirilishi va tergov harakati yakunlanishi lozim.
Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda tintuv prokurorning sanktsiyasisiz o’tkazilishi
mumkin, lekin bunday holda o’tkazilgan tintuv haqida yigirma to’rt soat ichida
prokurorga xabar qilinadi, bunday yozma xabarnoma asoslantirilgan bo’lishi
kerak.11
Tergovchi tintuv o’tkazilayotganda tintuv kimnikida o’tkazilayotgan bo’lsa
u shaxsning ishtirokini ta’minlashga majbur, shuningdek tintuv o’tkazilayotgan
xonada yashayotgan bolalarni boshqa joyga o’tkazib turishlikni taa’minlashi lozim,
agarda oilada bemorlar bo’lsa tintuv ularning ahvoliga bevosita ta’sir qilmasligi
uchun ularni boshqa joyga olib o’tish zarur.12
Tintuv o’tkazilayotganda xolislar ishtiroki haqida har xil fikrlar bildirilgan.
Amaliyot korsatilishicha bu muhim institutga alohida etibor qaratilishi kerak.
Tintuv tergov harakatining ishning pirovard natijasiga muhim ta’sirini ko’zlagan
11 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -280-281 b.
12 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
11
holda, tintuv qilinayotganga notonish bolgan kishilarni xolis tariqasida jalb qilishlik
kerak, aslo uning qo’shnilarini emas.
Tintuv
tergov
harakatini
o’tkazilayotganida
tergovchi
tintuv
o’tkazilayotgan shaxsning shaxsiy hayotiga, shaxsiy va oilviy sirlarining oshkor
bo’lib ketmaslik choralarini imkon qadar ko’rishi kerak. Bunday talab uning yaqin
kishilari, hatto ishga dahli bo’lmagan boshqa shaxslarga tegishli ma’lumotlarga
ham tegishli hisoblanadi.
G.A.Vasil’eva
o’rinli
ta’kidlaganidek,
tintuv
tergov
harakatini
o’tkazilayotganida tergovchidan sabr-toqat va matonat talab etiladi, yopiq bino va
narsalar turgan xonalarni majburan ochish chorasini qo’llahga shoshilmasdan
ularning egalari, vakolatli shaxslar tomonida o’z ixtiyorlari bilan ochilishiga
erishish, tintuvdan keyin sodir etilgan tartibsizlikdan oldingi holatiga keltirish
choralarini ko’rishi lozim. Fuqaronikida tintuv o’tkazilishining o’zi, natijasidan
qat’i nazar, uning obro’siga putur etkazadi. Su sababli bunday shaxslarning
qaysidir ma’noda obro’-e’tiborlarini tiklash lozimligi haqidagi fikr bilan kelishish
maqsadga muvofiq.
V. V. Leonenko bu borada, ya’ni ularning obro’-e’tiborlarini tiklash
maqsadida mahalliy hokimiyat organlarini, uy-joy boshqaruv organlarini, ular
ishlayotgan tashkilotlarni ularning jinoyatga dahldor emasliklari haqida rasmiy
ravishda xabardor qilishni o’rinli taklif etgan.13
3. Ehtiyot choralari qo’llanilishining axloqiy asoslari.
Ehtoyot
choralari
bu-ayblanuvchining,
alohida
hollarda
gumon
qilinuvchining shaxsiy erkinligini cheklshning protsesual usuli hisoblanadi va o’z
oldiga dastlabki tergovdan va suddan bo’yin tovlashining, kelgusida sodir etish
ehtimoli bo’lgan jinoiy faoliyatining oldini olish, ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga
halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, hukmning ijro etilishini ta’minlash
maqsadlarini qo’yadi.
13 Леоненко В. В. Указ. соч. С. 71.
12
Umuman
olganda
ehtoyot
choralari
gumon
qilinuvchining
yoki
ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo’lishni ta’minlaydi. Munosib xulq-
atvorda bo’lish tushunchasi O’z R JPK 250-moddasiga sharhda yoritilgan, unga
ko’ra munosib xulq-atvorda bo’lish haqidagi tilxat ayblanuvchi yoki sudlanuvchi
tomonidan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga berilgan: tergov va
suddan yashirinmaslik; jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashga to’sqinlik
qilmaslik; jinoiy faoliyat bilan shug’ullanmaslik; tergovchi, prokuror va sudning
chaqiruviga binoan etib kelish; ularning ijozatisiz o’zi istiqomat qilayotgan aholi
punktidan chiqib ketmaslik; shu aholi punkti doirasida o’z istiqomat joyini
o’zgartirsa, bu haqda tergovchi, prokuror yoki sudni xabardor qilish to’g’risidagi
yozma ogohlantirish majburiyatidir.14
O’z R JPK 237-moddasida ehtiyot choralarining turlari belgilangan, unga
ko’ra ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi:
- munosib xulq-atvorda bo’lish to’g’risida tilxat;
- shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi;
- garov;
-
qamoqqa olish;
-
voyaga etmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish;
-
harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo’mondonlik kuzatuvi.
Ehtiyot chorasining qo’llanishini ehtoyot chorasi haqida qaror qabul qilish
deb tushiniladi.
Ehtiyot chorasini qo’llanishning umumiy asoslari quyidagilar hisoblanadi:
-
qo’zg’atilgan jinoyat ishining mavjudligi;
-
ehtiyot chorasini qo’llashga vakolatli bolgan sub’ektning mavjudligi;
-
xizmat immuniteti bo’lmagan tegishli ob’ektning mavjudigi, yani jinoyat-
protsessual qonun harakatlari tadbiq etiladigan shaxsning mavjudligi.
Ehtiyot choralari oldini oluvchi-ta’minlovchilik xususiyatiga ega. Ehtiyot
choralarini qo’llashning asosi bo’lib ayblanuvchi tomonidan protsessual buzilishga
14 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -413 b.