Badiiy asar haqida ta’limot

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

21,9 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiy asar haqida ta’limot 
 
1. Badiiy asar haqida tushuncha 
2. Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi 
3. Adabiy asar yaxlitligi va uni yuzaga chiqaruvchi omillar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Badiiy asar haqida ta’limot 1. Badiiy asar haqida tushuncha 2. Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi 3. Adabiy asar yaxlitligi va uni yuzaga chiqaruvchi omillar  
 
Tayanch tusunchalar: Badiiy asar, ijodiy niyat, badiiy matn, adabiy asar, 
yaxlitlik. 
 
Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga 
qaratilgan, badiiy butunlikdagi timsollarning mazmunan bog‘langan qismi; ijodkor 
va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy asar – adabiyot va san’atning 
yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy butunlikdagi timsollar 
mazmunan bog‘langan tizimi, shuningdek, ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy 
muloqot vositasi. Badiiy Adabiyot ko‘plab Badiiy asarlarning majmuasi bo‘lib, 
ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb etadi va ijodkor adabiy 
faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi nafis san’atning hamma 
turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo‘llaniladi. Adabiyotda esa so‘z 
vositasida ifodalangan, adabiy talablar asosida shakllantirilgan, o‘ziga xos shakl va 
mazmunga ega badiiy butunlikdagi ijod namunasi.  
Badiiy lik tushunchasi adabiy asarning san’at turiga tegishli ekaniga ishora 
qiladi. Badiiy asar, birinchi navbatda, mazmunan va shakl jihatidan tugallangan matn 
bo‘lib, u muallif ijodiy mehnati natijasida yuzaga chiqadi va muayyan milliy-adabiy 
tilda ifodalangan bo‘ladi. Badiiy asar o‘z tarkibiga ko‘ra, sarlavha (ayrim she’riy 
asarlar sarlavhasi bo‘lishi, ayrimlari birinchi misra bilan sarlavhalanishi ham 
mumkin), matn va muallif ismi-sharifi yoki taxallusidan iborat. Ayrim asarlarda 
tagsarlavha (mazmun yo‘nalishiga ishora yoki janriy belgi) bo‘lishi ham mumkin. 
Asar sarlavhasini o‘qish b-n uning mazmuniga kiriladi. Asar mazmuni matn bilan 
tanishish natijasida o‘zlashtiriladi. Matnning esa o‘z chegarasi, shakllantirish 
vositasi, janriy va shakliy ko‘rinishlari bo‘ladi. Bularning hammasi badiiy asarda 
yaxlitlikda, jonli butunlikda tasvirlanadi. Badiiy asar janr belgilari uning ichki 
birliklarini tutashtirish barobarida shu tipdagi boshqa mualliflar asarlari bilan ham 
bog‘lanadi. Bundan tashqari, asarni badiiy butunlikda tutib turuvchi muallif niyati, 
mavzu, g‘oya, muammo, muallif konsepsiyasi; timsollar olami, syujet, 
kompozitsiya, badiiy nutq va uning vositalari kabi bir qator komponentlar borki, 
ularning har biri badiiy asar muayyan estetik vazifani bajaradi. Ulardan birining 
ifodasi sust yoki oqsoq bo‘lsa, tabiiyki, butun jonli organizm hisoblangan asar 
(matn)ning badiiyligiga putur etkazishi mumkin. SHunday ekan, badiiy asar ijodiy 
Tayanch tusunchalar: Badiiy asar, ijodiy niyat, badiiy matn, adabiy asar, yaxlitlik. Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan, badiiy butunlikdagi timsollarning mazmunan bog‘langan qismi; ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy butunlikdagi timsollar mazmunan bog‘langan tizimi, shuningdek, ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy Adabiyot ko‘plab Badiiy asarlarning majmuasi bo‘lib, ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb etadi va ijodkor adabiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi nafis san’atning hamma turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo‘llaniladi. Adabiyotda esa so‘z vositasida ifodalangan, adabiy talablar asosida shakllantirilgan, o‘ziga xos shakl va mazmunga ega badiiy butunlikdagi ijod namunasi. Badiiy lik tushunchasi adabiy asarning san’at turiga tegishli ekaniga ishora qiladi. Badiiy asar, birinchi navbatda, mazmunan va shakl jihatidan tugallangan matn bo‘lib, u muallif ijodiy mehnati natijasida yuzaga chiqadi va muayyan milliy-adabiy tilda ifodalangan bo‘ladi. Badiiy asar o‘z tarkibiga ko‘ra, sarlavha (ayrim she’riy asarlar sarlavhasi bo‘lishi, ayrimlari birinchi misra bilan sarlavhalanishi ham mumkin), matn va muallif ismi-sharifi yoki taxallusidan iborat. Ayrim asarlarda tagsarlavha (mazmun yo‘nalishiga ishora yoki janriy belgi) bo‘lishi ham mumkin. Asar sarlavhasini o‘qish b-n uning mazmuniga kiriladi. Asar mazmuni matn bilan tanishish natijasida o‘zlashtiriladi. Matnning esa o‘z chegarasi, shakllantirish vositasi, janriy va shakliy ko‘rinishlari bo‘ladi. Bularning hammasi badiiy asarda yaxlitlikda, jonli butunlikda tasvirlanadi. Badiiy asar janr belgilari uning ichki birliklarini tutashtirish barobarida shu tipdagi boshqa mualliflar asarlari bilan ham bog‘lanadi. Bundan tashqari, asarni badiiy butunlikda tutib turuvchi muallif niyati, mavzu, g‘oya, muammo, muallif konsepsiyasi; timsollar olami, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va uning vositalari kabi bir qator komponentlar borki, ularning har biri badiiy asar muayyan estetik vazifani bajaradi. Ulardan birining ifodasi sust yoki oqsoq bo‘lsa, tabiiyki, butun jonli organizm hisoblangan asar (matn)ning badiiyligiga putur etkazishi mumkin. SHunday ekan, badiiy asar ijodiy  
 
mehnat mahsuli sifatida tushunilganda ham, badiiy muloqot vositasi sifatida idrok 
etilganda ham uning yaxlit jonli organizm ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak.  
 Badiiy asar ijodiy muloqot vositasi sifatida muallif bilan kitobxonni 
yaqinlashtiradi, muayyan bir maqsad yo‘lida harakatga soladi. CHunki muallifda 
ijodiy niyat paydo bo‘lishi bilan birga u o‘z o‘quvchisini ko‘z oldiga keltiradi, uning 
bilan xayoliy suhbatga kirishadi, nimanidir uqtirmoqchi bo‘ladi, xayoldagi kitobxon 
savollariga javob beradi v.h. Kitobxon badiiy asarni o‘qish bilan ijodiy muloqotni 
davom ettirishga kirishadi. O‘sha asardan ta’sirlanadi, uning qahramonlari bilan 
birga “yashaydi”, ayrimlarini yoqtiradi, ayrimlariga bo‘lgan munosabatini 
yashirmaydi. Qisqasi, mana shu asar vositasida muallifning ijod dunyosiga yo‘l 
topadi. Bu muloqot jarayonida badiiy asar o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu 
muloqotning davomiyligi yoki kitobxonlarga asqаtishi mana shu “ko‘prik”ning qay 
darajada badiiy jihatdan mustahkam qurilganligiga bog‘liq. 
Demak, badiiy asar ilmiy, diniy, axloqiy, publitsistik v.b. asarlardan farqli 
ravishda, asosan, go‘zallik qonunlariga bo‘ysungan holda badiiy timsollar orqali 
ifodalanadi. Badiiy asar ta’sir kuchi, kitobxonlar va adabiy jamoatchilik tomonidan 
e’tirof etilishi, milliy adabiyotdagi va badiiy tafakkur tarixidagi o‘rni mana shu 
badiiy timsollarning naqadar hayotiyligi, badiiy mushakkalligi va jonliligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Badiiy ijod – ijodiy jarayon mahsuli bo‘lib, dastlabki ma’noda yangi badiiy 
voqelikni vujudga keltirishdan iborat. San’at asari hayotdan nusxa ko‘chirish, 
takrorlash yoki unga taqlid qilish bilangina o‘zining mavjudlik shaklini 
belgilamaydi, balki yangi, avval bilinmagan badiiy voqelik yaratadi. U muayyan 
ijodkor tomonidan istalgan vaqtda yozilgani uchun rejalashtirilgan, hayotning 
dasturiy ifodasi emas, balki tasodifiy yaratilgan voqelik hisoblanadi. Badiiy ijod 
jarayonida (Sinergetika nazariyasi, Prigojin) tarixda amal qiladigan tasodifiylik va 
kutilmaganlik yanada murakkabroq va sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi. “San’at 
asari, – deb yozadi V.E.Xalizev, – avvalo, ijodiy (yaratuvchanlik) xarakteriga ega. 
Badiiy ijod tashabbuskor kishilarning zavq-shavq beruvchi, ilhomli faoliyatidirki, 
ular mavjud qadriyatlar (madaniy va tabiiy)ni saqlab qolishgina emas, balki ularning 
boyitilishiga xizmat qiladi”. Mumtoz adabiyotshunoslik tarixi badiiy ijodning 
estetik, ma’ri-fiy va yaratuvchanlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi. Badiiy voqelik 
mehnat mahsuli sifatida tushunilganda ham, badiiy muloqot vositasi sifatida idrok etilganda ham uning yaxlit jonli organizm ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Badiiy asar ijodiy muloqot vositasi sifatida muallif bilan kitobxonni yaqinlashtiradi, muayyan bir maqsad yo‘lida harakatga soladi. CHunki muallifda ijodiy niyat paydo bo‘lishi bilan birga u o‘z o‘quvchisini ko‘z oldiga keltiradi, uning bilan xayoliy suhbatga kirishadi, nimanidir uqtirmoqchi bo‘ladi, xayoldagi kitobxon savollariga javob beradi v.h. Kitobxon badiiy asarni o‘qish bilan ijodiy muloqotni davom ettirishga kirishadi. O‘sha asardan ta’sirlanadi, uning qahramonlari bilan birga “yashaydi”, ayrimlarini yoqtiradi, ayrimlariga bo‘lgan munosabatini yashirmaydi. Qisqasi, mana shu asar vositasida muallifning ijod dunyosiga yo‘l topadi. Bu muloqot jarayonida badiiy asar o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu muloqotning davomiyligi yoki kitobxonlarga asqаtishi mana shu “ko‘prik”ning qay darajada badiiy jihatdan mustahkam qurilganligiga bog‘liq. Demak, badiiy asar ilmiy, diniy, axloqiy, publitsistik v.b. asarlardan farqli ravishda, asosan, go‘zallik qonunlariga bo‘ysungan holda badiiy timsollar orqali ifodalanadi. Badiiy asar ta’sir kuchi, kitobxonlar va adabiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi, milliy adabiyotdagi va badiiy tafakkur tarixidagi o‘rni mana shu badiiy timsollarning naqadar hayotiyligi, badiiy mushakkalligi va jonliligiga bog‘liq bo‘ladi. Badiiy ijod – ijodiy jarayon mahsuli bo‘lib, dastlabki ma’noda yangi badiiy voqelikni vujudga keltirishdan iborat. San’at asari hayotdan nusxa ko‘chirish, takrorlash yoki unga taqlid qilish bilangina o‘zining mavjudlik shaklini belgilamaydi, balki yangi, avval bilinmagan badiiy voqelik yaratadi. U muayyan ijodkor tomonidan istalgan vaqtda yozilgani uchun rejalashtirilgan, hayotning dasturiy ifodasi emas, balki tasodifiy yaratilgan voqelik hisoblanadi. Badiiy ijod jarayonida (Sinergetika nazariyasi, Prigojin) tarixda amal qiladigan tasodifiylik va kutilmaganlik yanada murakkabroq va sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi. “San’at asari, – deb yozadi V.E.Xalizev, – avvalo, ijodiy (yaratuvchanlik) xarakteriga ega. Badiiy ijod tashabbuskor kishilarning zavq-shavq beruvchi, ilhomli faoliyatidirki, ular mavjud qadriyatlar (madaniy va tabiiy)ni saqlab qolishgina emas, balki ularning boyitilishiga xizmat qiladi”. Mumtoz adabiyotshunoslik tarixi badiiy ijodning estetik, ma’ri-fiy va yaratuvchanlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi. Badiiy voqelik  
 
tarixiy voqelikka parallel holda yaratilishi mumkin, ammo chinakam san’at asari 
hech qachon real hayotdan nusxa ko‘chirmaydi, chunki san’atda betakror asar ijod 
qilishning o‘z qonuniyatlari bor. San’atda har gal yangicha natija tug‘iladi. Uning 
o‘z ildizi, taraqqiyot yo‘li, o‘z mantiqi va istiqboli bor. U tarixga parallel holda 
yaratilganda ham har gal yangicha estetik, badiiy voqelik hosil qiladi. 
San’atkor tasavvurida hayotdan parallel ravishda olingan ilk unsurlar: taassurot, 
fantaziya, shaxsning individual va ijtimoiy xususiyatlari kabilar birikib, badiiy tasvir 
(obraz) yaratilishi orqasida badiiy voqelik tug‘iladi. Mana shu bosqichda turli 
qahramonlar, personajlar va hayotiy holatlardan ijodkor o‘z estetik didiga 
muvofiqlarini tanlab oladi, boshqalarini “o‘chiradi”. Tasodifiy hayot hodisasidan 
muallifning go‘zallik qonunlari bo‘yicha harakati natijasida go‘zal, kutilmagan 
badiiy voqelik paydo bo‘ladi. Bu ijodiy jarayonni muallifning o‘zi to‘liq boshqara 
olmaydi. Badiiy voqelikning kutilmaganligi, avvaldan ma’lum emasligi “San’at – 
san’at uchun” va “San’atning tendensiozligi” (tarafkashligi) kabi tushunchalarning 
o‘zaro mohiyati badiiy ijodning murakkabligi bilan izohlanadi. 
Har qanday badiiy matnning tarixiy ildizlari qad. madaniyatga borib ulanadi. 
Inson hali tabiatni o‘zlashtirmagan vaqtida ham san’atga o‘xshash narsalarni ijod 
qiladi (qoyatoshlarga rasmlar chizadi, ovda o‘lja mo‘lligini tilash va kasalliklarni 
haydash so‘zlarini o‘rganadi). Farq shundaki, hoz. badiiy matnlar xalq o‘qishi, 
tinglashi uchun yaratilgan bo‘lsa, qadimgisi magiya uchun xizmat qilgan. 
Badiiy asar yozish jarayoni ijodkorning g‘oyaviy niyat, maqsadi bilan 
boshlanadi. Ijodiy maqsadning muhim yoki arzimasligi ijodkor shaxsining olamni 
qanday idrok etishi, iste’dodi tabiati, hayotiy tajribasi, umumiy madaniy saviyasi 
bilan bog‘liqdir. Badiiy ijodda aksariyat muallif o‘quvchi, tinglovchiga qanday qilsa, 
etib borishini o‘ylaydi, ya’ni ijodning oxiri boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan, ammo asarning 
umumiy g‘oyasi aniqlangan bo‘ladi; ijodiy niyat bo‘lg‘usi badiiy matnning shakl-
shamoyilida ko‘rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi. 
Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so‘zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni 
kuzatiladi. Ijodiy niyatning tug‘ilishi va uning betakror o‘ziga xosligi shaxs 
ruhiyatining teran qatlamlaridan kelib chiqadi. Mana shu kreativ (ruhiy teran qatlam) 
ijodkorning barcha asarlarida sezilib turadi. Badiiy asar ildizlarini quyidagi holatlar 
tarixiy voqelikka parallel holda yaratilishi mumkin, ammo chinakam san’at asari hech qachon real hayotdan nusxa ko‘chirmaydi, chunki san’atda betakror asar ijod qilishning o‘z qonuniyatlari bor. San’atda har gal yangicha natija tug‘iladi. Uning o‘z ildizi, taraqqiyot yo‘li, o‘z mantiqi va istiqboli bor. U tarixga parallel holda yaratilganda ham har gal yangicha estetik, badiiy voqelik hosil qiladi. San’atkor tasavvurida hayotdan parallel ravishda olingan ilk unsurlar: taassurot, fantaziya, shaxsning individual va ijtimoiy xususiyatlari kabilar birikib, badiiy tasvir (obraz) yaratilishi orqasida badiiy voqelik tug‘iladi. Mana shu bosqichda turli qahramonlar, personajlar va hayotiy holatlardan ijodkor o‘z estetik didiga muvofiqlarini tanlab oladi, boshqalarini “o‘chiradi”. Tasodifiy hayot hodisasidan muallifning go‘zallik qonunlari bo‘yicha harakati natijasida go‘zal, kutilmagan badiiy voqelik paydo bo‘ladi. Bu ijodiy jarayonni muallifning o‘zi to‘liq boshqara olmaydi. Badiiy voqelikning kutilmaganligi, avvaldan ma’lum emasligi “San’at – san’at uchun” va “San’atning tendensiozligi” (tarafkashligi) kabi tushunchalarning o‘zaro mohiyati badiiy ijodning murakkabligi bilan izohlanadi. Har qanday badiiy matnning tarixiy ildizlari qad. madaniyatga borib ulanadi. Inson hali tabiatni o‘zlashtirmagan vaqtida ham san’atga o‘xshash narsalarni ijod qiladi (qoyatoshlarga rasmlar chizadi, ovda o‘lja mo‘lligini tilash va kasalliklarni haydash so‘zlarini o‘rganadi). Farq shundaki, hoz. badiiy matnlar xalq o‘qishi, tinglashi uchun yaratilgan bo‘lsa, qadimgisi magiya uchun xizmat qilgan. Badiiy asar yozish jarayoni ijodkorning g‘oyaviy niyat, maqsadi bilan boshlanadi. Ijodiy maqsadning muhim yoki arzimasligi ijodkor shaxsining olamni qanday idrok etishi, iste’dodi tabiati, hayotiy tajribasi, umumiy madaniy saviyasi bilan bog‘liqdir. Badiiy ijodda aksariyat muallif o‘quvchi, tinglovchiga qanday qilsa, etib borishini o‘ylaydi, ya’ni ijodning oxiri boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan, ammo asarning umumiy g‘oyasi aniqlangan bo‘ladi; ijodiy niyat bo‘lg‘usi badiiy matnning shakl- shamoyilida ko‘rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi. Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so‘zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni kuzatiladi. Ijodiy niyatning tug‘ilishi va uning betakror o‘ziga xosligi shaxs ruhiyatining teran qatlamlaridan kelib chiqadi. Mana shu kreativ (ruhiy teran qatlam) ijodkorning barcha asarlarida sezilib turadi. Badiiy asar ildizlarini quyidagi holatlar  
 
tashkil qiladi: a) ijodkor kreativi (shaxsning ruhiy olami teranligi) u ijod qiladigan 
barcha asarlar matniga ta’sir ko‘rsatadi; b) ijodkorning fikrlash usuli (uslubi) matn 
strukturasini, ichki bog‘lanishlarini tashkil etadi; v) shaxsning faolligi, xalq bilan 
muloqot ehtiyoji, qobiliyati qanchalik kuchli bo‘lsa, uning asar-lari xalqqa, 
jamiyatga shunchalik ta’sir ko‘rsatadi. 
Badiiy ijod – ijodiy niyatning, fikrning matnda shakllantirilishi va ijodiy 
niyatning o‘zidan “ayrilib”, xalqqa, o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabinga etib borish 
jarayonidir. Demak, badiiy ijod (xususan, adabiy ijod) boshqa ijod turlaridan 
o‘zining kutilmaganligi (favquloddaligi), go‘zallik qonuniyatlari asosida bino 
qilinishi va muallif ijodiy mehnatining o‘ziga xosligi b-n ajralib turadi. 
Ijodiy niyat – asarning yaratilishi haqidagi fikr va g‘oyaning paydo bo‘lishi, 
badiiy mazmunni yuzaga chiqaruvchi ilk omil bolib, u badiiy shakl komponentlari 
orqali yuzaga chiqadi. 
Badiiy niyat amalga oshishi uchun hayot materiali saralanib, yozilajak asarning 
rejasi tuziladi. Reja qaysi janr orqali yozilishi aniqlanadi. Asarning mavzusi taxmin 
qilinadi, asar orqali ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr oldindan taxminiy belgilanadi. 
Asarda aks etishi mumkin bo‘lgan muammolar uning echim yo‘llari, ijro davomida 
amal qilinadigan hodisalar, tendensiya, an’analar davomiyligi, asarning ifoda uslubi 
belgilanadi. Ko‘rinadiki, badiiy niyat asar hayot materialining qayta ishlanishidan 
tortib asar yozilib bo‘lgunga qadar kechgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning 
voqelik b-n munosabati, voqelikni o‘zicha (o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, 
sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug‘ma iste’dodi 
kuvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga keladi. Ijodiy 
niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga 
tashlanib turadi, boshqacha aysak, ijodiy niyatasarning san’atkor ongidagi xomaki 
eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor ijodiy 
niyatdayok o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni maqsad ijroga 
ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Zero, san’atkorning estetik ideali bilan mavjud 
voqelik orasidagi nomuvofiklik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga 
yaqinlashish uning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan uning ijrosi, ijod motivi 
bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. 
tashkil qiladi: a) ijodkor kreativi (shaxsning ruhiy olami teranligi) u ijod qiladigan barcha asarlar matniga ta’sir ko‘rsatadi; b) ijodkorning fikrlash usuli (uslubi) matn strukturasini, ichki bog‘lanishlarini tashkil etadi; v) shaxsning faolligi, xalq bilan muloqot ehtiyoji, qobiliyati qanchalik kuchli bo‘lsa, uning asar-lari xalqqa, jamiyatga shunchalik ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy ijod – ijodiy niyatning, fikrning matnda shakllantirilishi va ijodiy niyatning o‘zidan “ayrilib”, xalqqa, o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabinga etib borish jarayonidir. Demak, badiiy ijod (xususan, adabiy ijod) boshqa ijod turlaridan o‘zining kutilmaganligi (favquloddaligi), go‘zallik qonuniyatlari asosida bino qilinishi va muallif ijodiy mehnatining o‘ziga xosligi b-n ajralib turadi. Ijodiy niyat – asarning yaratilishi haqidagi fikr va g‘oyaning paydo bo‘lishi, badiiy mazmunni yuzaga chiqaruvchi ilk omil bolib, u badiiy shakl komponentlari orqali yuzaga chiqadi. Badiiy niyat amalga oshishi uchun hayot materiali saralanib, yozilajak asarning rejasi tuziladi. Reja qaysi janr orqali yozilishi aniqlanadi. Asarning mavzusi taxmin qilinadi, asar orqali ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr oldindan taxminiy belgilanadi. Asarda aks etishi mumkin bo‘lgan muammolar uning echim yo‘llari, ijro davomida amal qilinadigan hodisalar, tendensiya, an’analar davomiyligi, asarning ifoda uslubi belgilanadi. Ko‘rinadiki, badiiy niyat asar hayot materialining qayta ishlanishidan tortib asar yozilib bo‘lgunga qadar kechgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning voqelik b-n munosabati, voqelikni o‘zicha (o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug‘ma iste’dodi kuvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga keladi. Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi, boshqacha aysak, ijodiy niyatasarning san’atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayok o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni maqsad ijroga ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Zero, san’atkorning estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiklik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga yaqinlashish uning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan uning ijrosi, ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi.  
 
SHunga ko‘ra, ijod – ijodiy niyatni amalga oshirish, san’atkorning o‘y-fikrlari, 
baxosi, badiiy konsepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtirish 
jarayoni demakdir. Albatta, ijodiy niyat turg‘un tushuncha emas, ya’ni u ijod 
jarayonining boshida paydo bo‘lganicha qolmaydi, aksincha, bevosita ijod 
jarayonida saykallanib, konkretlashib boradi, muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. 
YAna bir tomoni, ijodiy niyat turli darajada amalga oshadi va bu tabiiy ham. CHunki 
ijodiy niyatning qay darajada amalga oshishi qator omillar (muallifning ijodiy 
tajribasi, badiiy maxorati, konkret davr sharoiti va sh.k.) bilan bog‘liqdir.  
Badiiy to‘qima – ijodiy tafakkurning o‘ziga xos tarkibiy qismi bo‘lib, asarga olib 
kiriladigan real faktlar, hayot hodisalalri, arxetip va prototiplarning muayyan badiiy 
shaklga “joylashtirilishi”dir. Bundan tashqari, badiiy to‘qima tarkibiga ijodkor 
taxayyuli, uning fantaziyasiga ko‘ra asarga jalb qilingan hodisa, obraz va 
kechinmalar ham kiradi. “SHoir aynan hayotda shunday bo‘lganini emas, balki 
shunday bo‘lishi mumkinligini yozadi” (Arastu). Muallif badiiy to‘qima natijasida 
hosil bo‘lgan model turmushning ayni bir hodisasi emas, uning varianti bo‘lishi 
mumkin. Ijodkor iste’dodining yaratuvchanlik tabiatiga ko‘ra, badiiy to‘qima ijodiy 
tafakkur atributi bo‘lib, uning konsepsiyaga muvofiq estetik talablar asosida 
shakllantiriladi va bir butun poetik birlik – yaxlit badiiy asar holiga keltiriladi. 
Badiiy to‘qima istilohi rus t.dan kalkalab tarj. etilgan, turk va ozarboyjon t.larida 
“badiiy uydurma” deb yuritiladi.   
 
Badiiy umumlashma – tasvir ob’ektining muhim jihati bo‘lib, badiiy asar uchun 
to‘plangan materiallarning betakror badiiy shaklda taxayyulda birlashtiri-lishi, 
san’atkorona 
qayta 
ishlanib, 
adresatga 
etkazish 
usuli. 
Ilmiy 
asar-dagi 
umumlashtirish 
usulidan 
farqli 
ravishda 
B.u. 
badiiy 
obraz 
yaratishga 
yo‘naltirilganligidadir. Badiiy umumlashma jarayonida barcha estetik kategoriyalar, 
jumla-dan, muallifning badiiy asar uchun belgilagan hayotiy materialdan tortib, 
mavzu, g‘oya, badiiy shakl unsurlari: syujet va kompozitsiya, badiiy nutq va uslubiy 
jihatlar ishtirok etadi. Bu jarayonda muallif niyati muayyan badiiy butunlikda 
shakllantiriladi. Badiiy umumlashma jarayonida me’yor va muvofiqlikni his qilish 
salohiyati muhim natija beradi.  
 
SHunga ko‘ra, ijod – ijodiy niyatni amalga oshirish, san’atkorning o‘y-fikrlari, baxosi, badiiy konsepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtirish jarayoni demakdir. Albatta, ijodiy niyat turg‘un tushuncha emas, ya’ni u ijod jarayonining boshida paydo bo‘lganicha qolmaydi, aksincha, bevosita ijod jarayonida saykallanib, konkretlashib boradi, muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. YAna bir tomoni, ijodiy niyat turli darajada amalga oshadi va bu tabiiy ham. CHunki ijodiy niyatning qay darajada amalga oshishi qator omillar (muallifning ijodiy tajribasi, badiiy maxorati, konkret davr sharoiti va sh.k.) bilan bog‘liqdir. Badiiy to‘qima – ijodiy tafakkurning o‘ziga xos tarkibiy qismi bo‘lib, asarga olib kiriladigan real faktlar, hayot hodisalalri, arxetip va prototiplarning muayyan badiiy shaklga “joylashtirilishi”dir. Bundan tashqari, badiiy to‘qima tarkibiga ijodkor taxayyuli, uning fantaziyasiga ko‘ra asarga jalb qilingan hodisa, obraz va kechinmalar ham kiradi. “SHoir aynan hayotda shunday bo‘lganini emas, balki shunday bo‘lishi mumkinligini yozadi” (Arastu). Muallif badiiy to‘qima natijasida hosil bo‘lgan model turmushning ayni bir hodisasi emas, uning varianti bo‘lishi mumkin. Ijodkor iste’dodining yaratuvchanlik tabiatiga ko‘ra, badiiy to‘qima ijodiy tafakkur atributi bo‘lib, uning konsepsiyaga muvofiq estetik talablar asosida shakllantiriladi va bir butun poetik birlik – yaxlit badiiy asar holiga keltiriladi. Badiiy to‘qima istilohi rus t.dan kalkalab tarj. etilgan, turk va ozarboyjon t.larida “badiiy uydurma” deb yuritiladi. Badiiy umumlashma – tasvir ob’ektining muhim jihati bo‘lib, badiiy asar uchun to‘plangan materiallarning betakror badiiy shaklda taxayyulda birlashtiri-lishi, san’atkorona qayta ishlanib, adresatga etkazish usuli. Ilmiy asar-dagi umumlashtirish usulidan farqli ravishda B.u. badiiy obraz yaratishga yo‘naltirilganligidadir. Badiiy umumlashma jarayonida barcha estetik kategoriyalar, jumla-dan, muallifning badiiy asar uchun belgilagan hayotiy materialdan tortib, mavzu, g‘oya, badiiy shakl unsurlari: syujet va kompozitsiya, badiiy nutq va uslubiy jihatlar ishtirok etadi. Bu jarayonda muallif niyati muayyan badiiy butunlikda shakllantiriladi. Badiiy umumlashma jarayonida me’yor va muvofiqlikni his qilish salohiyati muhim natija beradi.