Badiiy asar ritmikasi
Reja:
1. Badiiy asar maromiyligi. Ritm va ritmika munosabati.
2. Nasriy va dramaturgik asarlar ritmik xususiyatlari. She’riy nutq ritmikasi.
3. Poetik tizimlar. Metrika (vazn tushunchasi). Kvalitativ va kvintativ vaznlar.
4. Aruz, barmoq, erkin (sarbast, verlibr) vaznlar. Oq she’r.
5. Qofiya va radif. Qofiya turlari. Qofiyasiz she’r (harora). She’r tahlili
tajribalari.
Tayanch so‘zlar: mumtoz poetika, ritmik birliklar, nasr ritmikasi, sheriy nutq,
aruz va barmoq vaznlari, badiiy matn, yozuvchi uslubi, asar uslubi, zamon uslubi,
milliy uslub, uslubni o‘rganish tamoyillari.
Ritm, ritmika kabi tushunchalar nutqning tashkillanishi va she’riy/nasriy nutqni
o‘rganish, farqlashda asos bo‘ladi. YUnoncha: rhythmos (sorazmernost) teng
o‘lchovlilik, butkunlik ma’nolariga yaqin keladi. Arab musiqa istilohidagi iyqo –
o‘zbekchaga zarb, marom deb tarjima etilgan.
Ritm – muayyan harakat yoki holatning ma’lum vaqt birligi ichida takrorlanishi,
maromiylikir. Ritm matn biror koponenti takroriga asoslanadi. Tovush takrori, bo‘g‘in
takrori, so‘z takrori, sintagma yoki birikma takrori, misra yoki gap takrori, bayt takrori
va boshqalar ritmik asosga quriladi.
Ritm asosida takroriylik, nutq birliklarining maromiyligi yotadi, bunda
elementlarning bir xilligi asos bo‘ladi. SHe’rda ritmika turli elementlarning bir xil
pozitsiyadagi takroridir. Bu jarayonda notengliklar tenglashtiriladi, birxilliklarning
mohiyatini anglash orqali struktural tahlilga kirishiladi, deb yozadi... Har qanday
she’rshunoslikda she’rning ritmik tashkillanishi uning tovush jihatdan qurilishiga
bog‘liq. Buning grafik shakli (yozuvdagi) va akustik shakli (talaffuzdagi) bor.
Qadimgi turk tilidagi matnlarda nisbiy tengbo‘g‘inlilik bor. Ritmika va turli
islomgacha bo‘lgan matnlarning tovush qurilishi.
ILK
MUMTOZ
DAVRIda
SHE’Rning
ritmik
va
tovush
jihatidan
tashkillanishidir.
“Qutadg‘u bilig” asari ritmikasi. Dastlab qofiya tizimi beriladi, so‘ng turk
she’riyatida aruz va uning amal qilinishi. CHo‘ziq va qisqa hijolar; Juzvlar –
element: sabab, vatad, fosila.
Buning natijasida hosil bo‘lgan vaznlar ikki xil: Bir xil ruknli, har xil ruknli (62 b).
Asar mutaqorib vaznida, masnaviy janrida yozilgan.
Faulun, faulun, faulun, faul.
V - - | v - - | v - - | v –
“Devonu lug‘otit turk”da aruz.
Tungutlar bilan jang:
Murabba’ shakli, vazni: mafoiylun, mafoiylun.
V - - - | v - - - Hasaji murabbai solim
Alp Erto‘nga marsiyasi
Murabba’ shakli, vazni: mustaf’ilun / failun.
- - v - | - v – Rajazi murabbai marfu
Arab-fors qofiya nazariyasi XI turk she’rida
“Qutadg‘u bilig”da masnaviy shakli: aa bb vv...
“Devon...”da murabba’ shakli: aaaa, aaav; avas, sssv, dddv – qat’iy shaklga
ega emas.
Agar qadimgi davrda (islomgacha)she’rning tovush qurilishi (alliteratsion
tizim) uning ritmik tashkillanishi bilan munosabatga kirishsa, aruzga o‘tish
jarayonida bunday tovush qurilishidan she’rda voz kechilgan, yangi ritmik asos
bo‘yicha amalga oshirilgan.
Turk-klassik poetikasi XV-XVI asrlarda.
Navoiy va Boburning aruzga oid risolalarining vujudga kelishi turkiy tilning
adabiy til sifatidagi doirasi kengaygani bildiradi.
M.Stebleva Navoiy tomonidan umumiy tarzda aytilgan turkiy janrlarning
metrik xususiyatlarini aniqlagan:
1. Tuyuq: ramali musaddasi maqsur.
2. Turki: ramali musammani maqsur.
3. Qo‘shiq: madidi musammani solim
4. CHinga: munsarixi musammani matvii mavquf
5. Muhabbatnoma: hazaji musaddasi maqsur.
6. Mustazod: hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf.
7. Arzvoriy ikki xil (Iroq turkmanlari qo‘shig‘i): hazaji musammani solim;
ramali musammani mahzuf (bu ikkinchi vazn qo‘shiq vazniga mos keladi).
Boburning asari bo‘yicha: tuyuq, turki, qo‘shiq, o‘lang (Navoiyda – chinga)
Navoiy belgilagan vaznlarga mos keladi; Tarxoniy esa Navoiyda tilga olinmaydi,
uning vazni: rajazi musammani solim.
Boburda tuyuqning qit’a shaklidagi qofiyasi uchraydi: avsv. YOki taronai
ruboiydagi kabi aaaa.
Bu bilan muallif turkiy she’riyatga xso bo‘lgan janrlarning vazn xususiyatlarini
aniqlashga erishdi.
XV-XVI asrlardagi turk tilli she’riyatda aruz.
Lutfiy g‘azali tahlilida ramal bilan hazaj ko‘p qo‘llanilganini qayd etgandan
so‘ng:
Alliteratsiya, qofiya va radif.
Qofiyadosh so‘zlar: qilmag‘ay, ochilmag‘ay, sanchil mag‘ay, aytilmag‘ay,
ayrilmag‘ay.
Raviy (qofiya hosil qiladi): Qil – ochil – sanchil – aytil – ayril (ma – takror;
g‘ay – takror).
Ikkilangan holatdagi alleteratsiya matnda kelishi:
Ko‘rub dardim tarahhum qilmading hech,
To‘kub ashkim tabassum qilmading hech.
V - - - | v - - - | v - -
Tabassum – tarahhum – tavahhum – takallum – tazallum – tana’um – tarannum.
Bu erda raviy “m”; qilmading hech – radif.
SHe’rda radifning vazifasi: Ritmni kuchaytiradi; ma’noni qayta-qayta esga oladi;
Mumtoz turk she’rining janrlar tizimi
1) Masnaviy,
2) G‘azal,
3) qasida,
4) qit’a,
5) ruboiy,
6) fard,
7) tuyuq,
8) musammat,
9) tarjiband,
10) tarkibband,
11) muvashshax,
12) muammo,
13) munozara.
Alohida shakliy janr:
Murabba – kvadrat she’r.
Mudavvar – segmentli she’r.
Muaqqad – besh – olti yulduzli she’r
Mushajjar – darxt shaklidagi she’r.
Mulamma – shiru shakar, shahdu shiru shakar.
Nasr esa ikki xil:
Nasri murajjas – ritmli nasr;
Nasri musajja – qofiyali nasr (saj’)
Nasri oriy – erkin nasr.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida (Hamid Olimjon, Muhammad YUsuf):
Ritmika, bandshunoslik, qofiya ilmi, alliteratsiya
Qozoq, qirg‘iz, tatar, ozarboyjon, turk she’riyatida ritmika va boshqa fanlar.
Shayx Ahmad Tarozida qofiya va radif.
AL-FANNU-S-SONIY FI-L-QOFIYA VA-R-RADIF1
(26a) Bilgilkim, majmu’i ulamo va fuzalo mazhabinda ahli tab’g‘a qofiya ilmin
bilmak muhimdir. Zeroki, tab’ning natijasi she’rdur. Va she’rning asli qofiya. Va
qofiyasiz she’r mumkin ermas. Magar bir tariqa she’r bo‘lurkim, oni harora2 derlar,
anda qofiya bo‘lmas. Va zurafo baytni xaymag‘a nisbat qilibturlar va qofiyani
stung‘a. YA’ni xayma stun birla barpoydur. Va qofiya fanida ulamo ko‘p ixtilof
qilipturlar. Va ba’zi harfi ravi3ni yalg‘uz va ba’zi so‘ngg‘i misra’ni tamom qofiya
sanarlar va ba’zi baytning oxir juzvin, netokkim, bahri tavil-din "mafoiylun"ni. Va
rajazdin "mustaf’ilun"ni. Va ramaldin "foilotun"ni. Va lekin arab va ajam
ulamosining jumhurining va Mavlono Xalil4ning (rahmatillohi alayhi) ittifoqinda
uldurkim, sokinikim, "harfi raviy"5g‘a yo "harfi ridf"6qa yovuqtur, "mo qablu"ning
harakati birla oxir harfqacha bir qofiya tutarlar.
Fasl. Arab ulamosining jumhuri qofiyani besh qism qilib-turlar. Avval –
mutavotir7. Ikkinchisi – mutarodif8. Uchinchi – mutarokib9. To‘rtinchi –
mutadorik10. Beshinchi – (27a) mutakovis. Va ajam fuzalosining mashhuri yana uch
qism ziyoda qilibturlar. Avval – mutasovi. Ikkinchi – mutarojih. Uchinchi –
mutazoyid.
Fasl. Bu to‘qquz hurufkim, zikr qilduq, andin boshqa qofiya-din so‘ngra kalima
keltirurlar (39a) kim, oni radif derlar. Va bu ajam shuarosining maxsusidir va muni
arab bilmas. Va bu aningtek bo‘lurkim, bir g‘azalda boshdin ayoq har baytning oxi-
rinda qofiyadin so‘ngra bir kalimani takror qilurlarkim, barchasi surat va ma’noda
muttafiq bo‘lg‘ay.
“Fununu-l-balog‘a”da aruz.
1 Ал-фанну-с-соний фи-л-қофия ва-р-радиф – Иккинчи фан: қофия ва радиф.
2 Ҳарора – қофиясиз шеър, унда радиф келтириш билан чекланилади.
3 Равий - луғавий маъноси «арқон», байтда қофияни боғловчи товуш.
4 Мавлоно Халил – тўлиқ номи Абдураҳмон ал-Халил ибн Аҳмад ал-Аздий (718-786). Ироқнинг Басра
шаҳрида туғилган. Араб арузининг асосчиси. Тилшунос ва муҳаддис. «Айн китоби»да арузнинг
назарий асосларини ишлаб чиққан. Ритм, оҳанг ва мусиқага доир китоблар ҳам ёзган.
5 Ҳарфи равий – мумтоз қофия таркибидаги ҳарфлардан бири. Луғавий маъноси «арқон», байтда
қофияни шу товуш билан боғлайдилар. Одатда чўзиқ унлилар (о, у, ў) ва ҳаракатсиз ундошлар равий
бўлиб келади.
6 Ҳарфи ридф – «отга мингашиш» маъносини билдиради. Қофиядош сўзларда (ёпиқ бўғинда)
ундош равийдан олдин келган чўзиқ унли.
7 Мутавотир – пайдарпай, кетма-кет.
8 Мутародиф – ридфли (қофия).
9 Мутарокиб – бандли, боғланган. И.Жеменейда мураккаб.
10 Мутадорик – етишувчи, орқадан келиб қўшилувчи.
Bilgilkim, arab ulamosining ittifoqi birla bahr o‘n olti kelibtur. Ajam ulamosi
so‘ngra oriy turub, yigirma to‘rt qilib-turlar. Faammo, bu zaif tiladikim, ul
azizlarning paydo qil-g‘an bahrlarini qalamg‘a keltursa va turkiy iborat birla bayon
aylab, har vazng‘a turkiy bayttin misol keltursa.
Bu havastin ko‘p nusxalarni mutolaa qildiq, netokkim "Aruzi Qustos"11 va "Aruzi
Andalusiy"12 va "Me’yoru-l-ash’or"13 va bu tariqa nusxalarning bahrlarinda ko‘p
g‘avvosliq qildiq.
Fasl. Bilgilkim, bahrning binosi arkon uzadur. Va arkon aslidin qo‘par. Va aruz
ahlining istilohi birla asl olti kelibtur. Oni usuli sitta o‘qurlar. Ondin ikkisini sabab
derlar. Va ikkisin vatad o‘qurlar. Va ikkisini fosila.
Fi asmoru-l-buhur: mutaqorib, mutadorik, hazaj, ramal, rajaz, vofir, komil,
saqil, muqorin, muvofiq, tavil, jazil, farid, mazid, mutarokib, mutadovil, mutaloyim,
mutanosif, jadid, madid, muhit, basit, muzore’, mushokil, sahih, sarih, xafif,
mujannas, ajib, g‘arib, muntaxab, muqtazab, muzhar, muzmar, munsarij, mundarij,
sare’, bade’, qarib, salib.
Savol va topshiriqlar
1. Badiiy asar maromiyligi nima?
2. Ritm va ritmika munosabatini tushuntiring.
3. Nasriy va dramaturgik asarlar ritmik xususiyatlarini farqlang.
4. She’riy nutq ritmikasi haqida ma’lumot bering.
5. Poetik tizimlar deganda nimani tushunasiz?
11 “Арузи Қустос” (“Аниқ ўзлчов”) – Маҳмуд Замаҳшарий асари. Тўлиқ номи: “Ал-Қустос ал-
мустақийм фи илму-л-аруз” («Аруз илмида тў\ри ўлчовлар»). (А.Ҳ.)
12 “Арузи Андалусий” – испаниялик номаълум муаллифнинг араб тилидаги асари (А.Ҳ.).
13 “Меъёру-л-ашъор” (“Шеър меъёрлари) – Носируддин Тусий (1201-1274)нинг аруз ва қофия
ҳақидаги асарининг номи (А.Ҳ.).